Shokir Tursun qarashlari
5.9K subscribers
857 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Bugungi seminarda vaqtim kam boʻlgani (iftorlik yaqin qolgandi) uchun juda qisqa gapirdim. Deyarli yarim gapim ichimda qoldi desam ham boʻladi. Iftorlik qilib olgach slaydimdagi barcha boʻlimlarga alohida toʻxtalib, shu kanalda yozib chiqaman.

Bu degani yaqin 2 - 2.5 soat ichida bir nechta xabar joylanadi va hammasi maqolani qanday yozish / yozmaslik haqida boʻladi. Imkon qadar maqolaning qaysi qismida nimani yozish kerakligini ham qistirib ketishga harakat qilaman.

@birgap
👍10
Maqola yozish haqida nimalarni bilib olmoqchiligingizni savol tariqasida shu bildirgi izohida qoldirishingiz mumkin. Imkonim va salohiyatim yetgani qadar javob beraman.

@birgap
🔥9👍1
#ilmiy_maqola_haqida

1-QISM

Maqola
- toʻplam, jurnal, gazeta va shu kabilar uchun yozilgan yoki ularda bosilgan, hajmi uncha katta boʻlmagan ilmiy yoki publitsistik asar (Oʻzbek tilining izohli lugʻatidagi izoh).

Ilmiy maqola – biror dolzarb ilmiy muammo boʻyicha mustaqil (yoki buyurtma asosida) tadqiqot olib borib, oʻz fikrlarini bayon qilish.

Ilmiy maqolaning qismlari:
sarlavha;
annotatsiya (abstrakt);
kalit soʻzlar;
kirish;
asosiy qism:
a) adabiyotlar tahlili;
b) tadqiqot usuli va yoʻsini;
d) tadqiqot natijalari;
xulosa;
foydalanilgan manbalar (adabiyotlar) roʻyxati.

Oʻzbekiston ilmiy jurnallari, odatda, asosiy qismni yana kichik boʻlaklarga boʻlishni talab qilmaydi. ya’ni adabiyotlar tahlili, tadqiqot usuli va yoʻsini, tadqiqot natijalari qismlarini ajratib alohida boʻlak sifatida yozish talab emas. Ba’zi jurnallar alohida qismga ajratishni soʻramasa ham mazmunda shu ma’lumotlar boʻlishini talab qiladi, lekin ba’zi jurnallar bu ma’lumotlarning mazmunda ham aks etishi kerakligi haqidagi talabda sobit emaslar. Bunday jurnallarni pul uchun, biznes yoʻlida yoki xoʻjakoʻrsinga ochilgan deb atashimiz mumkin.

@birgap
👍10
#ilmiy_maqola_haqida

2-QISM. Sarlavha

Sarlavha
– maqolaning yarmi, chunki sarlavhani hamma oʻqiydi. Sarlavhaning qanchalik yaxshi tanlangan boʻlishi maqolani oʻquvchilar soniga taʼsir qiladi.

Sarlavha maqolangizdagi asosiy masalani aks ettirishi lozim. Yaʼni maqolada nima haqida soʻz borishi sarlavhadanoq ayon boʻlib turishi lozim. Bundan tashqari u potensial oʻquvchilarni qiziqtirishi, maqolani oʻqib chiqishlariga majbur qilmogʻi ham foydadan holi emas. Sarlavhada aytilgan masalaning maqola matnida ochilmay qolishi koʻp kuzatiladigan holat. Ayni mana shu holat sizning akademik olamdagi obroʻyingizga qattiq zarba boʻladi.

Sarlavhalarning turlari

Oʻrganilgan omillarni aks ettirgan
Bu turdagi sarlavhalarda siz nimalarni oʻrgangan boʻlsangiz shularni sarlavhaga olib chiqasiz. Quyidagi sarlavhada ham maqolada koʻrib chiqiladigan asosiy omillar aytib oʻtilgan. Yaʼni ushbu maqolada olmoshlar va taqlid soʻzlar mustaqil soʻzlar paradigmasi jihatidan tahlil qilib chiqilgan ekan:

Mustaqil soʻz turkumi paradigmasi jihatidan taqlid soʻzlar va olmoshlar

Oʻrganilgan maydon (kontekst)ni aks ettirgan
Bunda maqoladagi mavzu qaysi kontekstda oʻrganilgani ham qoʻshib qoʻyiladi. Masalan:

15 yoshli oʻquvchilarda oʻqib tushunish koʻnikmasining rivojlanganlik darajasini oʻrganish boʻyicha tadqiqot

Bu turdagi sarlavhalarda yosh koʻrsatish shart ekan degan tushuncha paydo boʻlmasin. Boshqacharoq koʻrinishlar ham boʻlishi mumkin:

Xususiy va davlat maktablaridagi Adabiyot fani oʻquv dasturlarining farqli jihatlari

Qoʻllangan metodni aks ettiradigan
Bunda maqola koʻtarilgan muammoning yechimini izlashda qanday metod yoki metodologik yondashuvdan foydalanilgani kiritib ketiladi:

“Oʻtkan kunlar” romanining biografik metod asosidagi tahlili

Koʻplab jurnallarda sarlavhalar uchun soʻz cheklovi bor. Baʼzi jurnallar sarlavha 12, baʼzilari 14 soʻzdan oshmasligi haqida talab qoʻyganini koʻrganman.

Qisqa qilib aytganda maqola sarlavhasi maqola mazmunining juda ham qisqartirilgan koʻrinishidir.

P.S.: namunadagi sarlavlar misol uchun keltirildi, ular mavjud maqolalarning sarlavhalari emas

@birgap
👍11
Mandarin mavsumi tugabdi. Ikki safardan beri na bozordan, na "Korzinka"dan chirimagan mandarin topa olmayapman.

Suyukligim bilan keyingi mavsumgacha xayrlashdim.

Qulupnaychilar esa hozircha odamni mensimayapti. Mayli, dedim shunday dimogʻdor qulupnay olibsotarlaridan biriga, yana bir haftadan keyin gaplashamiz, kim kimga yalinarkin😏

@birgap
😁20👍4
#ilmiy_maqola_haqida

3-QISM. Annotatsiya (abstrakt)

Maqolaning annotatsiyasi (ba’zi jurnallar abstrakt deb yuritadi) maqolaning qisqacha mazmunini oʻzida aks ettiradi. Odatda, jurnallar annotatsiyani 150ta soʻzdan 300 soʻzgacha boʻlgan hajmda qabul qiladi. Hamma jurnal, konferensiyaning annotatsiyadagi soʻz soni boʻyicha oʻz oʻlchovi boʻladi. Axborot xatini oʻqiyotgan mana shu qismga ham alohida diqqat qilish lozim.

Annotatsiya yozganda 4ta savolga albatta javob berish kerak:

Maqola nima haqida yozilgan?
Maqola qaysi uslubdagi tadqiqotni oʻz ichiga oladi?
Tadqiqot qanday amalga oshirilgan?
Qanday xulosaga kelindi?

Koʻpchilik maqola annotatsiyasida bir necha gap orqali maqola nima haqida ekanini aytish bilan cheklanadi. Bu katta xato. Yaxshi yozilmagan annotatsiyalar haqida mana bu va mana bu maqolalarda oʻqishingiz mumkin.

Agar ruxsat etilgan soʻzlarning maksimal soni 250 tani tashkil etsa va siz atigi 100 soʻzdan foydalansangiz, demak, annotatsiya maqolaning mazmunini toʻliq aks etmagan bo'ladi,Bundan tashqari, annotatsiyaning mazmuni kelitirilgan 4 boʻlimni yetarli darajada koʻrsatish kerak. Maqolada keltirilgan Tadqiqot maqsadini tavsiflash uchun 200 ta soʻz, maqolaning qolgan barcha (3 ta) boʻlimlarining mazmunini yetkazish uchun 50 ta soʻzni ishlatish mumkin emas. Maqola matnida mavjud boʻlmagan maʼlumotlarni Annotatsiyada keltirilmaydi (ushbu xatboshi olingan manba).

@birgap
👍6
Oliy taʼlim talabalarni baholashni qachon oʻzgartiradi?

Oʻqishga kiribmanki imtihonlardan dod deyman. Yevropa va AQSHda talabalar fanlardan ilmiy maqola, tezis yozib, loyiha tayyorlab baho olayotgan bir paytda bizning OTMlar haliyam eski uslub – odamning xotirasini sinaydigan test usulidan butkul voz kecha olmayapti. Toʻgʻri, test eng shaffof tizim, unda korrupsiya aralashish ehtimoli keskin pasayadi dersiz, bunda qaysidir maʼnoda haqsiz, lekin bu talabalarni notoʻgʻri baholashda davom etish kerak degani emas-da.

Yozma imtihonlarda ham koʻp qatnashganman, ularda ham aynan qaysidir atama, qaysidir yondashuv, qaysidir olim fikri HAQIDA yozish soʻraladi. Ha, faqat HAQIDA yozamiz. Shuning uchun ham talabalarda amaliy koʻnikmalar deyarli rivojlanmagan. Hey, baraka topgurlar, nazariy bilimlarning berdingiz, rahmat, endi imtihonda oʻsha nazariy bilimni toʻtiday takrorlab berishimizni emas, undan olgan bilimimizni qoʻllashimizni soʻranglar, ana shu koʻnikmamizga qarab baho beringlar, iltimos!

Nazariy bilimga ega boʻlish yaxshi, lekin siz imtihonda soʻrayotgan narsalar hayotda umuman kerak boʻlmaydi. Qaysidir olimning bir nima haqida nima deganini eslab qolish amalda hech nima bermaydi. Ana shu gʻoyani amalda qanday qoʻllash mumkinligini soʻrasangiz “vot” mana shu hayotda kerak boʻladi.

Masalan, bakalavr ikkinchi kursligimda Zulxumor Mirzayeva va Iroda Azimova oʻtkazadigan imtihonlarda maza qilardim. Birinchidan berilgan savollar oʻrganilgan nazariyani amalda qoʻllashga qaratilgan boʻlsa, ikkinchidan, hech qachon test berishmagan. Imtihonlarda aniq bir amaliy topshiriq olib bajarardik. Men bilan birga oʻqiganlar kanalda boʻlsa tasdiqlasa kerak.

Hozir mana bunaqa savollar "moda" boʻlgan: bitta olimning bir atama haqida nima degani haqidagi savol qoʻyiladi-da variantlar faqatgina bitta soʻz bilan farqlanadi. Baraka topgur, bunaqa test bilan mening nimamga baho qoʻyyapsiz, xotiramgami? Xotiramni qanchalik kuchli ekani menga nima beradi? Kuchli xotira faqat eslab qolishga kerak, xolos. Oliy taʼlim eslab qolishni emas QOʻLLASHni, YARATISHni, BAHOLASHni oʻrgatishi kerak-ku.

Imtihonda savollar Blum taksonomiyasi asosida tuzilishi maʼqul. Ana shu Blum taksonomiyasida eng quyida turadigan koʻnikma bu bilimga ega boʻlish, biror nima bilish, eslab qolish hisoblanadi. Undan keyin analiz, keyin, qoʻllash, keyin baholash va eng yuqorida yaratish turadi. Bizning OTMlar faqatgina eng quyi darajadagi savol-topshiriqlar bilan cheklanib qolyapti. Yana sizlar maqola yozishni bilmaysizlar, bitta narsa qoʻlingizdan kelmaydi deb talabaga oʻdagʻaylashlariga oʻlaymi!

Yana imtihonlar yaqinlashayotgan paytda dardlarim qoʻzgʻab qoldi-da, xafa boʻlmaysizlar. Xullas biz HAQIDA oʻqitish va HAQIDA soʻrashdan voz kechmas, risoladagidek baholashni oʻrganmas ekanmiz yuksak salohiyatli kadrlar barmoq bilan sanarli chiqaveradi, chunki undaylarga Xudo yuqtirgan boʻladi, MENIMCHA.

P.S.: yuqoridagi gaplarni aynan birovlarga tegishi uchun yozmadim, umumiy gapirdim.

@birgap
👍29
Sizlar ham iftorlik oʻtsa-da suv ichishdan oldin bir marta toʻxtab, oʻylanib qolyapsizlarmi?

@birgap
😁33👍4
Forwarded from IT taʼlim
#Ayni_vaqtda
Ilk bor Matematika va Ona tili fanidan muqobil darsliklar tayyorlandi

Xalq taʼlimi vazirligi rahbarligida AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligi (USAID) va Respublika taʼlim markazi 1-4-sinflar uchun ona tili va oʻqish savodxonligi hamda matematika fanlari boʻyicha mahalliy mualliflar bilan xalqaro ekspertlar ishtirokida yangi darsliklar va oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar tayyorlandi.

Yangi oʻquv-metodik majmualar 2022-2023- oʻquv yilida Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 918 ta maktabda tajriba-sinovdan oʻtkaziladi.

📌Ayni vaqtda “Yangi mahsulotlarni taqriz qilish” mavzusida seminar o'tkazilmoqda.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍2
Mana Oʻzbekiston ham muqobil darsliklar masalasiga yetib keldi. Men mana shunday oʻzgarishlarning ichida ekanimdan faxr tuyyapman. Dastlabki muqobil darsliklar Ona tili oʻqish savodxonligi hamda Matematika fanlaridan tayyorlanmoqda.

Muqobil darsliklarni AQSHning USAID tashkiloti homiyligida RTI (Research Triangle Institute) xalqaro tashkiloti ishlab chiqmoqda. Mualliflarning barchasi oʻzbek mutaxassislari, lekin ekspertlar xalqaro darajadagi mutaxassislar.

Men ushbu muqobil darsliklarning taqriz guruhida ish boshladim. Hozircha, faqatgina muqobil darsliklarni amalga joriy qilish gʻoyasining oʻzidan xursandman.

@birgap
🔥4👍2
Ona tili va oʻqish savodxonligidan muqobil darsliklarning birinchi nashrini oldim.

@birgap
👍6🔥1
Hurmatli ustozlar! Muqobil darslik degani shunday narsaki, bunda bitta fandan bir nechta jamoa darslik yozadi. Vazirlik ularning hammasini tasdiqlaydi. Taʼlim ishtirokchilari boʻlgan oʻqituvchilar esa istagan bir darsligini tanlab oʻsha asosda dars oʻtaveradi.

Bu taʼlim uchun juda ham foydali. Sifatni oshirish uchun yaxshi instrument.

Milliy oʻquv dasturida belgilab berilgan malaka talablar shundayki, u asosda turlicha darsliklar yozish mumkin, hamma darslikning maqsadi bitta boʻladi - malaka talabini shakllantirish.

Muqobil darslik degani amaldagini bekor qilib yangisini kiritish degani emas.

@birgap
👍3
Koʻpchilik mendan muqobil darsliklarni koʻrsak boʻladimi deb soʻrayapti. Afsuski, buning hozircha imkoni yoʻq.

Ushbu darsliklar hozircha tajriba sinov uchun ishlab chiqilgan boʻlib, oxirgi nuqta emas. Muqobil darsliklarni ham XTV tasdiqlashi kerak, ana shundan keyingina ommaviy e'lon qilishim mumkin boʻladi. Shuning uchun elektron nusxasini soʻrashdan foyda yoʻq. Tajriba sinov uchun Sirdaryo hamda Namangan maktablari tanlangan ekan, sentabr oyida shu hududlarga borib qoladi.

P.S.: aynan qaysi maktablarga borishini bilmayman.

@birgap
👍6
Hayotga qarashimni oʻzgartirgan voqea

Talabalikda nimalarni koʻrmaydi odam. Men ham turli yutuqlar, quvonchli kunlar qatori qiyinchiliklarni ham boshdan oʻtkazganman.

Bir safar ana shunday qiyin kunlarning birida na bir soʻm pulim, na yeyishga narsam qoldi. Yotoqxonada turardim, xonadoshlarning ham choʻntagi qurigan payt ekan. Boshqalardan qarz olishni yoqtirmayman, gʻurur yoʻl qoʻymaydi. Shu payt bir kursdoshimdan “Humo” arenasida oʻgʻil bolalarni mardikor sifatida ishlatishayotganini eshitganimni eslab qoldim. Ertalabdan “Humo”ga borishni reja qilib och qoringa uyquga ketdim.

“Humo”ga borsam odam juda koʻp. Bir nima qilib roʻyxatdan oʻrin oldim. Oʻzlari tushlik berishlarini eshitib bir quvongan boʻlsam 8 soat ishlaganing uchun 50.000 berishlarini eshitib sal oʻylandim. Boshqa nima iloj bor, ishga kirishdim.

Ish juda ham oddiy – ustalardan qolgan narsalarni tashib tashqariga olib chiqib mashinaga ortish kerak. “Humo” arenasi ochilishiga oz qolgan, quruvchilar esa ulgurmayotganidan shunday usulda ishlatisha boshlashgan ekan. Bundan foydalangan “tadbirkor”lar esa qurilish kompaniyasi bilan “shartnoma” tuzgan, unga koʻra u ishchi topib keladi, evaziga har bir ishchi uchun 70.000 dan oladi. “Tadbirkor” esa 20.000 ni oʻziga olib qolgan 50.000 ni ishchiga beradi. Eng yomon koʻrgan ishim shu.

Tushlik payti boʻldi. Hammani tushlik tarqatilayotgan joyga chaqirishga. Bordim. Qoʻlimga yarim “palka” dudlangan kolbasa, bitta non va yarim litr gazsiz suv tutqazishdi. Hamma istagan joyiga oʻtirib “totli” tushlikni uryapti. Men chetroqqa, odamlar koʻzidan nariga oʻtdim. Tushlik qilishga tutindim-u qoʻlimdagi kolbasini tanib qoldim. Doʻkonda sotuvchilik qilgan paytlarimda oʻris xolalar shu kolbasini iti, mushugi uchun olib ketardi. Negadir boʻgʻzim qizib ketdi, koʻzimdan yosh chiqib ketdi. Xoʻrligim keldi.

Oʻsha payt oʻzimga vaʼda bergandim, hamma kuchimni miyaga yoʻnaltiraman, bitta sohani tanlayman-da hamma narsani yigʻishtirib shu sohani egallayman. Men kuchimni emas, aqlimni sotaman. Mana bilak kuchini sotishning ahvoli. Bu ish men uchun emas.

Xudoga shukr, oʻsha kunlar ham oʻtib ketdi, lekin bugungi kunlarim ham oʻtib ketadi, shuning uchun oʻrganishdan toʻxtamasligim kerak. Sizga ham shuni maslahat beraman.

@birgap
👍558🔥5😢2👎1
Lingvodidaktikaning dolzarb masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu konferensiyaning ilk ishi 2022-yil 18-may kuni boshlanadi. Tashkilotchilarning xabar berishicha, bu har yili takrorlanadigan konferensiyaga aylanadi.

Lingvodidaktika - til oʻqitish demakdir.

Til oʻqitish metodikasi yangi bosqichga chiqayotgan bugungi kunda mana shunday ilmiy konferensiyalar tashkil etilishi juda quvonarli.

Ushbu konferensiya tilni ona tili, chet tili va ikkinchi til sifatidagi oʻqitish masalalariga bagʻishlanadi.

P.S.: barcha ma'lumotlarni yuqoridagi rasm va quyida yuboriladigan axborot xatidan olishingiz mumkin,

@birgap
Lingvodidaktika_xalqaro-konf_Axborot-xati.pdf
504.5 KB
Yuqoridagi xalqaro konferensiyaning axborot xati

P.S.: Konferensiyada umumta'lim maktabi oʻqituvchilari, magistrantlar, mana shu yoʻnalishda ilmiy ish olib borayotgan izlanuvchilar, professor-oʻqituvchilar bakalavr talabalar (ilmiy rahbari bilan birgalikda) qatnashishlari mumkin.

@birgap
👍7
Bugundan boshlab uch kun davomida Vestminster xalqaro universitetida oʻqiyman. Bu yerda Kembridj tajribasi asosida yangi pedagogik bilimlarni oʻzlashtirishni reja qilganman. Oʻsha bilimlarni umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilariga yetkazish vazifam boʻladi.

Shu yerda bir maslahat berib ketay:

Hech qachon oʻrganishdan qochmang, oʻrganish va savollarga javob topish miyaning quvvatini oshiradi, uning foydali ish koeffitsiyenti koʻtariladi.

P.S.: har bir maʼlumot bu pul. Bugun oʻrgangan narsangiz qiymatingizni oshishiga xizmat qiladi.

@birgap
👍29🔥13
Juda uzun hikoya

...Uning toʻyi boʻlyapti...

@birgap
😢33😁10👏3😱3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Doʻstlar, TEDTalks (TEDSuhbatlar) nimaligini bilsangiz kerak. 2016-yilda Hindistonlik Sima Bansal “How to fix a broken education system ... without any more money” (Buzilgan taʼlim tizimini qanday tiklash mumkin ... katta mablagʻ sarflamasdan) degan maʼruzasi bilan qatnashgan ekan. Juda yaxshi gaplar aytilgan. Tarjima qilib chiqdim. Faqat u ayol kishi boʻlgani uchun ovozlashtira olmadim. Taglavha sifatida joylashtirib chiqqandim, hozir shu videoni topib oldim. Sizlarga ham ilindim.

Hindistonda ham bizdagiday holat ekan, undan chiqish uchun juda oddiy yechimlarini biz bilan oʻrtoqlashmoqda.

P.S.: Tarjima soʻzma-soʻz qilinmadi, oʻzbekchalashtirildi.

@birgap
👍10
Shokir Tursun qarashlari
Doʻstlar, TEDTalks (TEDSuhbatlar) nimaligini bilsangiz kerak. 2016-yilda Hindistonlik Sima Bansal “How to fix a broken education system ... without any more money” (Buzilgan taʼlim tizimini qanday tiklash mumkin ... katta mablagʻ sarflamasdan) degan maʼruzasi…
Oʻylashimcha, bizga ham mana shunday bir jamoa kerak, byurokratiyadan holi qilingan, erkin ishlay oladigan, tadqiqotlar uchun maydonga ega.

Ta'limni oʻzgartirish juda ham qiyin ish, lekin yetib boʻlmas choʻqqi emas.

Hozir Respublika ta'lim markazida ishlayman, ish jarayonini ichkaridan bilganim uchun bu tashkilotni doim maqtayman (ishchisi boʻlganim uchun emas, gʻoyalari uchun, harakatlari uchun). Ta'lim markazi ikki yildirki, ta'lim mazmunini oʻzgartirish haqida bosh qotiradi (moliyaviy tomonni bu tashkilot hal qila olmaydi). Asosiy urgʻu darsliklarga qaratilgan, chunki bizning ta'lim kontekstimizda darsliklarning oʻrni katta.

Normal ishlaydigan ta'lim tizimida darslik degan tushuncha mavjud boʻlmaydi, lekin bizga yana 10 - 12 yil darslik kerak, busiz iloji yoʻq.

Ta'lim mazmunini oʻzgartirishga hissa qoʻshayotgan barchaga, shu jumladan, RTMdagi jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Ular bilan faxrlanaman. Ular nimaniki qilayotgan boʻlsa hammasini yaxshi niyatda, kelajakda hozirgidan yaxshiroq boʻlishini oʻylab qilishadi. Men mana shu jamoada ekanimdan xursandman.

Yana 20 yildan keyin bugungi oʻzgarishlar natijasini koʻrish barchamizga nasib etsin.

@birgap
👍17👏1