Pragmalingvistika va Sotsiolingvistika fanlarida atamalar shunday mavhum izohlanadiki, ba'zan shuni ishlab chiqqan olimlarning oʻzi ham aniq chegaralarni belgilab olishga qiynalib qolishsa kerak deb oʻylayman. Fandagi har qanday atama oʻzining aniq chegaralangan izohiga ega boʻlishi kerak menimcha.
Agar bir fandagi izohlar va tushunchalar sizga yoqimsiz va mavhum koʻrinyaptimi, demak u biz yashaydigan jamiyatda yaratilmagan. Biz yashayotgan kontekstga begona. Oʻsha fanni tarjima qilganlar ham maksimal yaqinlashtirishni eplay olishmagan boʻlishadi. Yana boshqa omillar ham boʻlishi mumkin (oʻzingizning oʻqimaganligingiz, tushunishni istamasligingiz), lekin asosiysi mana shu boʻlsa kerak,
@birgap

👍7🔥1
Yuqori sinflarda ham Ona tili hamda Adabiyot fanlari qoʻshib yuborilishi mumkin ekan degan toʻqib chiqarilgan fobiyaga ishonmanglar. Bu gap yuqori tashkilotlarning xayoliga ham kelgani yoʻq. Bundan tashqari bu ikki fanni qoʻshib yuborish boʻyicha aniq ilmiy va mantiqiy asoslar mavjud emas.
Koʻnglingizni xotirjam qiling!
@birgap
Koʻnglingizni xotirjam qiling!
@birgap
👍9
Bir kulishsak zarar qilmas.
Er sotiladi.
Biror ering og'risa, darrov ayt.
Osmon yiroq, er qattiq.
Er haydasang, kuz hayda.
Eridan ayrilgan, ellik yil yig'lar.
Har erni qilma orzu...
Ona Er
© S.M.
davom ettirish mumkin...
@birgap
Er sotiladi.
Biror ering og'risa, darrov ayt.
Osmon yiroq, er qattiq.
Er haydasang, kuz hayda.
Eridan ayrilgan, ellik yil yig'lar.
Har erni qilma orzu...
Ona Er
© S.M.
davom ettirish mumkin...
@birgap
😁14🤬2🤣1
Haqqa xiyonat emasmi?
6 yildan beri Toshkentda yashayman. Shu yillar mobaynida koʻp marta piyoda yurishimga toʻgʻri kelgan. Toshkentda piyodalar yoʻlakchalari oldin yashaganim – Fargʻonadan koʻra ancha yaxshi. Bugun yoʻlakchalarning sifati, qayerda borligi-yu yoʻqligi haqida gapirmoqchi emasman. Bugun ana shu bor yoʻlakchalarni ham oʻziniki qilib olayotganlar haqida yozmoqchiman.
Siz ham hayotingizda bir marta boʻlsa ham duch kelgan boʻlsangiz kerak, yoʻlakdan yurib ketayotsangiz uni toʻsib koʻndalangiga mashina qoʻyib qoʻygan boʻladi. Yoki qaysidir doʻkon, mashina yuvish shahobchasi, avtoustaxona yoʻlakni toʻliq egallab olgan boʻladi. Natijada yoʻlakning oʻsha qismi butunlay toʻsilib qoladi. Piyodalar mashina yoʻliga chiqib, aylanib oʻtib yana qaytib yoʻlakka kirishlari kerak. Bu, menimcha birovning haqqiga xiyonat hisoblanadi.
Qarang, yoʻlak bu xalqniki, ommaniki, undan hamma foydalanishi kerak, bu degani oʻsha yerda biznes qilayotgan odam, yoki mashinasi bor odam uni boshqalar uchun foydalanishga qiyin yoki yaroqsiz qilib qoʻyishga haqli degani emas. Yoʻlakni ana shu usullar bilan band qilganlar ham omonatga xiyonat qilmoqdalar, ham birovning mulkiga xiyonat. Mana shu narsani oʻylab koʻrishimiz kerak.

👍20
Qargʻalar qoʻshigʻi haqida birinchi qarash
Ushbu qoʻshiq haqida ikki xil qarash bor. Ulardan qay biri toʻgʻri ekanini bilmayman, shuning uchun mana shunisi toʻgʻri deb aytolmayman.
Ushbu qoʻshiq koʻp yillar davomida xushovoz xonandalar tomonidan kuylab kelindi. Oʻzbekning shonli tarixini, qora sahifalarini bilmasligimiz sabab qoʻshiqning asl kelib chiqishini ham bilmaymiz.
1875-yil Oqposhsho Margʻilon uyezdini bosib olgach, erkak zotini bitta qoldirmay Margʻilon yoʻlida osib oʻldiradi. Osilgan murdalarni tushurib olishga yoʻl qoʻymaydi. Qargʻalar esa mayitlarni yeyish uchun uchib keladilar. Aka-ukasiz, otasiz, ersiz qolgan ayollar himoyachilarini himoya qilish uchun, koʻzlarida yosh bilan qargʻalarni quvadilar:
“Qargʻalar uchsa qaraylik Margʻilonning yoʻliga”
Vafot etganlarning hidi shunchalik anqigan ekanki, shamol essa uzoqlarga yetib borib, koʻzlarni yoshlatar ekan. Vafodorlar ogʻalari hidini eng totli handalakka qiyoslab shu satrlarni aytishgan:
“Hidi kelsa mast boʻlaylik handalakning boʻyiga”
Qarg‘alar uchsa qaraylik
Marg‘ilonning yo‘liga,
Marg‘ilonning yo‘liga.
Hidi kelsa mast bo‘laylik,
Hidi kelsa mast bo‘laylik
Handalakning bo‘yiga,
Handalakning bo‘yiga.
Manba

😱10🔥3😢3👍2
Qargʼalar qoʼshigʼi haqida ikkinchi qarash
“Qargʻalar” qoʻshigʻi 1970-yilda “Yalla” guruhi uchun yozilgan deb oʻylaymiz. Albatta “Yalla” ijrosida qoʻshiq juda quvnoq ohangda, kayfiyatni koʻtaruvchi, raqsbop, barcha diskoteka va toʻy-hashamda yangrardi.
Ammo aslida qoʻshiq 1916-yilda Margʻilondan Sibirga poyezdda olib ketilgan yosh yigitlar tomonidan yozilgan. Ushbu qoʻshiq sogʻinch haqida.
Tarixdagi bu bosqich front orti ishlari uchun Markaziy osiyoliklarning mehnat safarbarligi deb nomlangan. Qatagʻon qurbonlari (Shahidlar maydonida) xotirasi muzeyiga koʻra, oʻsha paytda Turkistondan 123 ming kishi olib ketilgan. Albatta, shimolga bittagina choponda ketib, temir yoʻllarni shunchaki qoʻllari bilan qurishdan ozchilik omon qolgan. Keyinchalik Turkistonda xalq qoʻzgʻoloni boshlandi.
Qargʻalar uchsa qaraylik, Margʻilonning yoʻliga,
Hidi kelsa mast boʻlaylik, handalakning boʻyiga.
Handalak boʻylikkinam, sen unda zor, men bunda zor,
Toʻtiqushning bolasidek, ikkalamiz intizor.

👍8
Audio
Intizorlik torta-torta tanda toqat qolmadi,
Yoʻlchilikning holida yurarga holat qolmadi.
Yoʻlchilikning holini yoʻlda yoʻlovchidan soʻrang,
Biz gʻarib bechorani aqli raso yordan soʻrang.
Mardikor ovorani aqli raso yor bilmasa,
Koʻzyoshim daryo boʻlib oqqan baliqlardan soʻrang.
Qargʻalar turna emas, parvozidan qishlar kelur,
Biz gʻarib surgun chekib barmogʻiga nishlar kelur.
Qargʻalar uchsa qaraylik, Margʻilonning yoʻliga,
Iskobol-u Garchakop Andijonning yoʻliga.
Qoʻshiqning mana shu qatorlariga qarab qoʻshiq haqidagi 2-qarashni haqiqatga yaqin deb aytish mumkin. Sevara Nazarxon esa qoʻshiq aslida qanday kuylanishi kerakligini koʻrsatib qoʻygan edi.

👍10❤1
Deraza pardasi
Deraza pardasi yelkanday shishdi,
Yana seni oʻylab koʻnglim uvishdi.
Seni olib ketdi qaysi daryolar?
Hamrohing boʻldilar qanday sabolar?
Xonamga nastarin boʻyi boʻyladi,
Sochlari rayhonim, seni oʻyladim.
Boʻying toʻkildimi olis bogʻlarga?
Koʻngling koʻnikdimi qargʻa, zogʻlarga?
Kaptarlar bir-birin suyib oʻpishdi,
Xayolim sen tomon qush boʻlib uchdi.
Sen nechun ketding, men nechun ketkazdim?
Qanotimga oʻzim shikast yetkazdim.
Deraza raxiga boshimni qoʻyib,
Oʻyladim, yomgʻirsiz oʻtdimi toʻying?
Yigʻlamadim, faqat xoʻrsindim xolos,
Boladek jimgina oʻksindim xolos.
Iqbol Mirzo
1995

👍12❤4
Kanalga maʼlumot yetkazuvchi videolar ham qoʻyib borilishiga qanday qaraysiz? Videolarda oʻzim biror nima haqida qisqacha aytib beraman.
Anonymous Poll
16%
Farqi yoʻq
67%
Yaxshi boʻlardi
12%
Yozma boʻlgani yaxshi
5%
Kerak emas
Kommunikativ yondashuv
Mazkur yondashuvning mohiyati real vaziyatda nutqni tushunish, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatishdir. Shuning uchun har bir mavzu uchun alohida vaziyat beriladi va shu vaziyatda nutq vositasida masalani hal qilish talab qilinadi. Hayotiy ko‘nikmalar ma’lum bir nutqiy mazvular doirasida amaliy yo‘naltirilgan holda shakllantiriladi. Kommunikativ yondashuvga asoslangan darslarda faqat yozma matn bilan cheklanib qolinmaydi. Tilning og‘zaki va yozma shaklidan darslar davomida baravar foydalaniladi. Mavjud anʼanaga ko‘ra ona tili o‘qitishda yozma matn asosiy o‘rinda turadi, og‘zaki nutqqa alohida eʼtibor qaratilmaydi. Vaholanki, insonning birlamchi til ko‘nikmasi og‘zaki nutqdir. Og‘zaki nutqni rivojlantirish tilning qolgan shakllarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yozma nutq bilan ko‘p ishlash og‘zaki nutqni o‘z-o‘zidan rivojlanib qolishiga olib kelmaydi, chunki yozma nutq va og‘zaki nutq mazmun jihatidan bir nuqtaga birlashsa-da, ularning amalga oshish jarayoni inson ongida boshqa-boshqa mexanizmning ishlashi orqali taʼminlanadi. Shuning uchun ularning har biriga alohida eʼtibor berish zarur.
Og‘zaki nutqni turli ko‘rinishlarda – monolog, dialog, suhbat, bahs-munozara shakllarida to‘g‘ri tushunish ko‘nikmasiga eʼtibor qaratiladi.
Og‘zaki nutqni tushunishda og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlarini hisobga olish insonning tushunish qobiliyatini charxlaydi: tinglovchi nutqning turli qirralariga eʼtibor qilinishni o‘rganadi. Tilga oid qoidalar zaruriy holatlarda izohlab o‘tiladi va amalda qo‘llanishi birinchi o‘rinda bo‘lgani uchun qoidani o‘zlashtirish samaraliroq bo‘ladi.
Klaraxon Mavlonova
(pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent)

❤5👏3👍2
Oltinchi palata (audiodrama)
t.me/audiokitoblar_uz
Bugun avtobusda ketayotib yoʻl boʻyi Anton Chexovning "Oltinchi palata"sini eshitib ketdim. Toʻgʻri, 1 soat-u 1 daqiqalik audioning 35 daqiqasini eshitishga ulgurdim xolos, lekin oʻzimga bergan birinchi savolim nega bu asarni haligacha oʻqimaganman qabilida boʻldi.
Sizlarga ham "qattiq" tavsiya qilaman. 10-, 11-sinf oʻquvchilaringizga majburlab boʻlsa-da oʻqiting. Hech yoʻq oʻzingiz oʻqing.
Asarni ortiqcha maqatamayman.

👍4
Ertaga, 5-aprel kuni soat 16-00da ToshDOʻTAUning asosiy binosi 4-qavat 425-xonasida "Ilmiy maqola qanday yoziladi?" mavzusida seminar tashkillanmoqda. Maqola yozishga qiziqqan barchani chorlab qolaman.
Soʻzga chiquvchilar:
Zaynobiddin Abdurashidov (Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor)
Nodirbek Joʻraqoʻziyev (Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi)
Dilnavoz Najimova (Yosh filolog olimlar jamiyati raisi)
Shokir Tursun (kamina)
Ilmiy maqola yozish haqidagi barcha narsalar haqida gapirmoqchimiz (mavzu tanlashdan to ilmiylik odobigacha).
Qiziqsangiz kutamiz. Tashkilotchilarga katta rahmat, bunday seminarlar juda ham kerak.
Tashkilotchilar: @yosholimlarjamiyati

👍15👎1👏1
Shokir Tursun qarashlari
Ertaga, 5-aprel kuni soat 16-00da ToshDOʻTAUning asosiy binosi 4-qavat 425-xonasida "Ilmiy maqola qanday yoziladi?" mavzusida seminar tashkillanmoqda. Maqola yozishga qiziqqan barchani chorlab qolaman. Soʻzga chiquvchilar: Zaynobiddin Abdurashidov (Ilmiy…
OʻZGARISH
Yuqoridagi seminar manzili oʻzgaribdi. Yangi manzil: asosiy bino 208-xona.
Vaqti oʻzgarmagan.

👍5
Bugungi seminarda vaqtim kam boʻlgani (iftorlik yaqin qolgandi) uchun juda qisqa gapirdim. Deyarli yarim gapim ichimda qoldi desam ham boʻladi. Iftorlik qilib olgach slaydimdagi barcha boʻlimlarga alohida toʻxtalib, shu kanalda yozib chiqaman.
Bu degani yaqin 2 - 2.5 soat ichida bir nechta xabar joylanadi va hammasi maqolani qanday yozish / yozmaslik haqida boʻladi. Imkon qadar maqolaning qaysi qismida nimani yozish kerakligini ham qistirib ketishga harakat qilaman.

👍10
Maqola yozish haqida nimalarni bilib olmoqchiligingizni savol tariqasida shu bildirgi izohida qoldirishingiz mumkin. Imkonim va salohiyatim yetgani qadar javob beraman.
@birgap
@birgap
🔥9👍1
#ilmiy_maqola_haqida
1-QISM
Maqola - toʻplam, jurnal, gazeta va shu kabilar uchun yozilgan yoki ularda bosilgan, hajmi uncha katta boʻlmagan ilmiy yoki publitsistik asar (Oʻzbek tilining izohli lugʻatidagi izoh).
Ilmiy maqola – biror dolzarb ilmiy muammo boʻyicha mustaqil (yoki buyurtma asosida) tadqiqot olib borib, oʻz fikrlarini bayon qilish.
Ilmiy maqolaning qismlari:
sarlavha;
annotatsiya (abstrakt);
kalit soʻzlar;
kirish;
asosiy qism:
a) adabiyotlar tahlili;
b) tadqiqot usuli va yoʻsini;
d) tadqiqot natijalari;
xulosa;
foydalanilgan manbalar (adabiyotlar) roʻyxati.
Oʻzbekiston ilmiy jurnallari, odatda, asosiy qismni yana kichik boʻlaklarga boʻlishni talab qilmaydi. ya’ni adabiyotlar tahlili, tadqiqot usuli va yoʻsini, tadqiqot natijalari qismlarini ajratib alohida boʻlak sifatida yozish talab emas. Ba’zi jurnallar alohida qismga ajratishni soʻramasa ham mazmunda shu ma’lumotlar boʻlishini talab qiladi, lekin ba’zi jurnallar bu ma’lumotlarning mazmunda ham aks etishi kerakligi haqidagi talabda sobit emaslar. Bunday jurnallarni pul uchun, biznes yoʻlida yoki xoʻjakoʻrsinga ochilgan deb atashimiz mumkin.

2-QISM. Sarlavha
Sarlavha – maqolaning yarmi, chunki sarlavhani hamma oʻqiydi. Sarlavhaning qanchalik yaxshi tanlangan boʻlishi maqolani oʻquvchilar soniga taʼsir qiladi.
Sarlavha maqolangizdagi asosiy masalani aks ettirishi lozim. Yaʼni maqolada nima haqida soʻz borishi sarlavhadanoq ayon boʻlib turishi lozim. Bundan tashqari u potensial oʻquvchilarni qiziqtirishi, maqolani oʻqib chiqishlariga majbur qilmogʻi ham foydadan holi emas. Sarlavhada aytilgan masalaning maqola matnida ochilmay qolishi koʻp kuzatiladigan holat. Ayni mana shu holat sizning akademik olamdagi obroʻyingizga qattiq zarba boʻladi.
Sarlavhalarning turlari
Oʻrganilgan omillarni aks ettirgan
Bu turdagi sarlavhalarda siz nimalarni oʻrgangan boʻlsangiz shularni sarlavhaga olib chiqasiz. Quyidagi sarlavhada ham maqolada koʻrib chiqiladigan asosiy omillar aytib oʻtilgan. Yaʼni ushbu maqolada olmoshlar va taqlid soʻzlar mustaqil soʻzlar paradigmasi jihatidan tahlil qilib chiqilgan ekan:
Mustaqil soʻz turkumi paradigmasi jihatidan taqlid soʻzlar va olmoshlar
Oʻrganilgan maydon (kontekst)ni aks ettirgan
Bunda maqoladagi mavzu qaysi kontekstda oʻrganilgani ham qoʻshib qoʻyiladi. Masalan:
15 yoshli oʻquvchilarda oʻqib tushunish koʻnikmasining rivojlanganlik darajasini oʻrganish boʻyicha tadqiqot
Bu turdagi sarlavhalarda yosh koʻrsatish shart ekan degan tushuncha paydo boʻlmasin. Boshqacharoq koʻrinishlar ham boʻlishi mumkin:
Xususiy va davlat maktablaridagi Adabiyot fani oʻquv dasturlarining farqli jihatlari
Qoʻllangan metodni aks ettiradigan
Bunda maqola koʻtarilgan muammoning yechimini izlashda qanday metod yoki metodologik yondashuvdan foydalanilgani kiritib ketiladi:
“Oʻtkan kunlar” romanining biografik metod asosidagi tahlili
Koʻplab jurnallarda sarlavhalar uchun soʻz cheklovi bor. Baʼzi jurnallar sarlavha 12, baʼzilari 14 soʻzdan oshmasligi haqida talab qoʻyganini koʻrganman.
Qisqa qilib aytganda maqola sarlavhasi maqola mazmunining juda ham qisqartirilgan koʻrinishidir.
P.S.: namunadagi sarlavlar misol uchun keltirildi, ular mavjud maqolalarning sarlavhalari emas

👍11
Mandarin mavsumi tugabdi. Ikki safardan beri na bozordan, na "Korzinka"dan chirimagan mandarin topa olmayapman.
Suyukligim bilan keyingi mavsumgacha xayrlashdim.
Qulupnaychilar esa hozircha odamni mensimayapti. Mayli, dedim shunday dimogʻdor qulupnay olibsotarlaridan biriga, yana bir haftadan keyin gaplashamiz, kim kimga yalinarkin😏

😁20👍4
#ilmiy_maqola_haqida
3-QISM. Annotatsiya (abstrakt)
Maqolaning annotatsiyasi (ba’zi jurnallar abstrakt deb yuritadi) maqolaning qisqacha mazmunini oʻzida aks ettiradi. Odatda, jurnallar annotatsiyani 150ta soʻzdan 300 soʻzgacha boʻlgan hajmda qabul qiladi. Hamma jurnal, konferensiyaning annotatsiyadagi soʻz soni boʻyicha oʻz oʻlchovi boʻladi. Axborot xatini oʻqiyotgan mana shu qismga ham alohida diqqat qilish lozim.
Annotatsiya yozganda 4ta savolga albatta javob berish kerak:
Maqola nima haqida yozilgan?
Maqola qaysi uslubdagi tadqiqotni oʻz ichiga oladi?
Tadqiqot qanday amalga oshirilgan?
Qanday xulosaga kelindi?
Koʻpchilik maqola annotatsiyasida bir necha gap orqali maqola nima haqida ekanini aytish bilan cheklanadi. Bu katta xato. Yaxshi yozilmagan annotatsiyalar haqida mana bu va mana bu maqolalarda oʻqishingiz mumkin.
Agar ruxsat etilgan soʻzlarning maksimal soni 250 tani tashkil etsa va siz atigi 100 soʻzdan foydalansangiz, demak, annotatsiya maqolaning mazmunini toʻliq aks etmagan bo'ladi,Bundan tashqari, annotatsiyaning mazmuni kelitirilgan 4 boʻlimni yetarli darajada koʻrsatish kerak. Maqolada keltirilgan Tadqiqot maqsadini tavsiflash uchun 200 ta soʻz, maqolaning qolgan barcha (3 ta) boʻlimlarining mazmunini yetkazish uchun 50 ta soʻzni ishlatish mumkin emas. Maqola matnida mavjud boʻlmagan maʼlumotlarni Annotatsiyada keltirilmaydi (ushbu xatboshi olingan manba).

👍6
Oliy taʼlim talabalarni baholashni qachon oʻzgartiradi?
Oʻqishga kiribmanki imtihonlardan dod deyman. Yevropa va AQSHda talabalar fanlardan ilmiy maqola, tezis yozib, loyiha tayyorlab baho olayotgan bir paytda bizning OTMlar haliyam eski uslub – odamning xotirasini sinaydigan test usulidan butkul voz kecha olmayapti. Toʻgʻri, test eng shaffof tizim, unda korrupsiya aralashish ehtimoli keskin pasayadi dersiz, bunda qaysidir maʼnoda haqsiz, lekin bu talabalarni notoʻgʻri baholashda davom etish kerak degani emas-da.
Yozma imtihonlarda ham koʻp qatnashganman, ularda ham aynan qaysidir atama, qaysidir yondashuv, qaysidir olim fikri HAQIDA yozish soʻraladi. Ha, faqat HAQIDA yozamiz. Shuning uchun ham talabalarda amaliy koʻnikmalar deyarli rivojlanmagan. Hey, baraka topgurlar, nazariy bilimlarning berdingiz, rahmat, endi imtihonda oʻsha nazariy bilimni toʻtiday takrorlab berishimizni emas, undan olgan bilimimizni qoʻllashimizni soʻranglar, ana shu koʻnikmamizga qarab baho beringlar, iltimos!
Nazariy bilimga ega boʻlish yaxshi, lekin siz imtihonda soʻrayotgan narsalar hayotda umuman kerak boʻlmaydi. Qaysidir olimning bir nima haqida nima deganini eslab qolish amalda hech nima bermaydi. Ana shu gʻoyani amalda qanday qoʻllash mumkinligini soʻrasangiz “vot” mana shu hayotda kerak boʻladi.
Masalan, bakalavr ikkinchi kursligimda Zulxumor Mirzayeva va Iroda Azimova oʻtkazadigan imtihonlarda maza qilardim. Birinchidan berilgan savollar oʻrganilgan nazariyani amalda qoʻllashga qaratilgan boʻlsa, ikkinchidan, hech qachon test berishmagan. Imtihonlarda aniq bir amaliy topshiriq olib bajarardik. Men bilan birga oʻqiganlar kanalda boʻlsa tasdiqlasa kerak.
Hozir mana bunaqa savollar "moda" boʻlgan: bitta olimning bir atama haqida nima degani haqidagi savol qoʻyiladi-da variantlar faqatgina bitta soʻz bilan farqlanadi. Baraka topgur, bunaqa test bilan mening nimamga baho qoʻyyapsiz, xotiramgami? Xotiramni qanchalik kuchli ekani menga nima beradi? Kuchli xotira faqat eslab qolishga kerak, xolos. Oliy taʼlim eslab qolishni emas QOʻLLASHni, YARATISHni, BAHOLASHni oʻrgatishi kerak-ku.
Imtihonda savollar Blum taksonomiyasi asosida tuzilishi maʼqul. Ana shu Blum taksonomiyasida eng quyida turadigan koʻnikma bu bilimga ega boʻlish, biror nima bilish, eslab qolish hisoblanadi. Undan keyin analiz, keyin, qoʻllash, keyin baholash va eng yuqorida yaratish turadi. Bizning OTMlar faqatgina eng quyi darajadagi savol-topshiriqlar bilan cheklanib qolyapti. Yana sizlar maqola yozishni bilmaysizlar, bitta narsa qoʻlingizdan kelmaydi deb talabaga oʻdagʻaylashlariga oʻlaymi!
Yana imtihonlar yaqinlashayotgan paytda dardlarim qoʻzgʻab qoldi-da, xafa boʻlmaysizlar. Xullas biz HAQIDA oʻqitish va HAQIDA soʻrashdan voz kechmas, risoladagidek baholashni oʻrganmas ekanmiz yuksak salohiyatli kadrlar barmoq bilan sanarli chiqaveradi, chunki undaylarga Xudo yuqtirgan boʻladi, MENIMCHA.
P.S.: yuqoridagi gaplarni aynan birovlarga tegishi uchun yozmadim, umumiy gapirdim.

👍29
😁33👍4