Kichikligimdan olovga oshiqman. Qishloqdagi toʻylarda ham meni doim oʻchoq boshidan topish mumkin edi. Oʻchoqqa oʻt qalashni yaxshi koʻrardim.
Olovga soatlab tikilib tura olaman. Nega shunaqa, bilmayman. Balkim har doim harakatda boʻlgani, shakl-shamoyilini tinimsiz oʻzgartirib turgani eʼtiborimni tortar. Eng goʻzal raqqos, eng jilvakor raqs bu olov.
Nima deb oʻylaysiz, odam nima uchun olovga tikilib zerikmaydi? Nima sehr bor bu olovda?
P.S.: rasmni oʻzim olganman
@birgap

🔥4👍1
Darslik yozish juda yoqimli va oʻta qiyin jarayon. Bunda miyang bor kuchi bilan ishlashi kerak. Yoqimli tomoni esa miya qanchalik koʻp ishlasa, shunchalik kuchayib boraverishidir.
Mana hozir 6-sinflar uchun darslik yozyapman. Yuqori sinflarda boshlangʻich sinflardan farqli oʻlaroq grammatik qoidalar salmogʻi ortadi. Oʻquvchilarga tilning amaliy jihatlari chuqurroq oʻrgatiladi, kengroq tushuntirib beriladi. Yuqori sinflarda boshlangʻichda boʻlgani kabi badiiy matnlar va sheʼrlar koʻp emas, chunki edi "Adabiyot" degan alohida fan bor.
Har bir mavzu ortida oʻquvchiga maʼlum matn turini yozishni oʻrgatishni maqsad qilganmiz. Masalan, sayohat haqida mavzu bor, unda oʻquvchilar tasviriy matn sirasiga kiruvchi shaharlarni tasvirlashni oʻrganadilar. Bunda qanday til birliklaridan foydalanish yaxshi samara berishini, matn strukturasi qanday boʻlishi kerakligini, qaysi soʻz qaysi soʻz bilan bogʻlanib kela olishini oʻrganadilar. Buyuk Ipak yoʻli haqidagi mavzuda esa oʻquvchilar koʻproq yoʻnalish va joylashuvni tushuntirish, xarita bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantiradilar.
P.S.: duo qilib turinglar, Alloh oʻzi bergan ilhom, sabr, matonat va aqlni olib qoʻymay tursin.

👍23👏2🔥1
Qalam yaxshimi yoki ruchkami?
Bu savol qanday vaziyatda berilishiga qarab javobim oʻzgarib turadi. Masalan, men uchun ruchkaning ustunlik tomonlari koʻproq, chunki men kam xato qilaman, yozganimda boʻyab tashlamayman. Qalam bilan ham shunday, lekin qalamni har doim uchlab turishim kerak. Faqatgina shu jihatiga koʻra qalamni kam ishlataman.
Agar bu masala “boshlangʻich sinflarda qalam ishlatgan yaxshimi yoki ruchkami?” shaklida berilsa, men qalam degan boʻlardim.
1. Oʻchirish mumkinligi
Yosh bola hali yozishni bilmaydi, koʻp xato qiladi, qalamni esa doim oʻchirish mumkin. Yaʼni xatolarni oʻchirib qayta yozish mumkin. Hammamizga ayon haqiqat bor – xatolar kashfiyotlarga yetaklaydi. Biz buni rasmana kashfiyot sifatida emas, oʻzi bilmagan narsalarni kashf qilish maʼnosida tushunishimiz kerak. Yaʼni qalam ishlatgan bola oʻz xatosini oʻzi toʻgʻrilay olish oʻrganish jarayoning eng muhim bosqichi hisoblanadi.
Oʻchirish mumkinligining daftarni toza saqlash, siyohni bola kiyimiga tegib ketishi kabi gigiyenik, xatoni tuzata olish kabi pedagogik tomonlaridan tashqari psixologik jihat ham bor deb oʻylayman. Tan olaylik qoʻlimizda qalam turganda kamroq qoʻrqamiz. Qoʻrquv esa oʻrganish jarayonini maksimal yomonlashtiradigan qurol hisoblanadi.
2. Turli ranglar
Ruchka asosan 4 xil rangda boʻladi – koʻk, yashil, qizil, qora. Qalamda esa kamalakning barcha ranglarini topsa boʻladi. Baʼzi toʻplamlar 24 xil ranggacha qalamlarni taklif qila oladi. Bu hali ijodkor bolalar uchun juda ham qulaydir. Yaʼni boshlangʻich sinf oʻquvchilari hali ijodkorlik qobiliyatini yoʻqotmagan boʻladi (maktab kreativlikni oʻldirishi haqida alohida post yozaman). Bola oʻzi istagan rang bilan ijod qila olishi kerak (yozish ham ijod jarayoni aslida).
Qalamni ishlatishda oʻquvchilarga uning uchini chaynamaslik va doim uchlab turishni oʻrgatishimiz kerak boʻladi.
Xulosa qilib aytmoqchimanki, xatokorlik va ana shu xatoning psixologik tomonlarini hisobga olgan holda oʻzbek maktablari boshlangʻich sinfda qalamga oʻtib ketsa yaxshi boʻlardi.

👍8
Forwarded from Shunchaki... (Z R)
#forma
Bilmadim, kimga qanaqa, lekin bolaligimdan forma kiyishni jinim suymaydi.
Har kuni bir xil kiyim kiyish..juda zerikarli..
Ofitsiant, hamshira, harbiylar, o't o'chiruvchilarda fiorma bo'lishi tabiiy, buni ularning kasbi taqozo qiladi, ammo o'qituvchi nega forma kiyishi kerak?
Rasmiy kiyim kiyilsin, degan qarorning o'zi nega kifoya emas?
Tasavvur qiling, 5-sentabrdan 25-maygacha sakkiz oy har kuni bitta kiyimni kiyaverasiz, kiyaverasiz.. Balki, bugun siz uchun bayramdir, yorqin ranglarni ko'nglingiz tusar yoki aksincha, ehtimol bugun tushkun holdadirsiz, qora yoxud kulrang libos kiygingiz kelar, lekin yo'o'o'o'q, siz FORMA kiymasangiz bo'lmaydi.
Nega? Tasavvur qiling: o'quvchisiz, bugun yetti soat dars bor sizda, oldin kimyo fani ustozi shu kiyimda kiradi, keyin fizika, keyin ona tili, keyin tarix. Hamma bir xil. Bir xil. BIr xil. Har kuni!
Ilmiy asosi bormi buning, xo'sh, hamma har kuni bitta kiyimda yurganida ta'lim sifati yaxshilanadimi? Ish unumi oshadimi? Maosh tejalar, balki? Bugun nima kiysam ekan degan savolga javob topishga ketadigan vaqtni darsga tayyorlanishga sarflar?
Forma haqidagi qaror o'qituvchilarni o'ylab qilingan emas, albatta. U kiyimda o'zingizni qanday his qilishingiz emas, tashqaridan qanday ko'rinishingiz muhim.
Kiyim - bu kayfiyat, did, tanlov; shaxsiyat, qolaversa.
Ammo.. "tepadagilar" yaxshiroq bilishadi, albatta.
@suvaydo

👍18👏3👎1
- Ustoz, oq ham, qora ham rangmi?
- Ha, rang.
- Unda nega oq-qora televizorni rangsiz televizor deymiz?
P.S.: 4 yil oldingi men va Falsafa ustozning suhbatidan

👍19🔥4😁3👎1🤣1
Har kuni ertalab internetga kiraman, urush tugadimikin deb.
Ukrainada urush ketayotgan hududlarda maktablar toʻxtataganiga 1 oy boʻldi.
Kimdir odamlar oʻlyapti, sen maktabni gapirasan deyishi mumkin. Toʻgʻri, odamlar oʻlyapti, bu fojia, lekin bolalarning oʻqiyolmay qolishi ham fojia. Birinchi fojia haqida hamma aytyapti, ikkinchisini koʻpchilik unutgan.
Men siqilaman bundan! Umuman, taʼlimsiz qolgan har qanday bola mening yomon tushimdir.

👍25😢10🔥4
Ertaga 4 kunga Zominga ketyapman
Eshitdingizmi yoʻqmi sentyabr oyidan 6-7-10-sinf darsliklari yangilanadi. Men 6-7-sinflarda mualliflardan biriman. Zominda mana shu darsliklardagi yangiliklar boʻyicha oʻquvlar boʻlishi rejalashtirilgan. Yuqori sinflar uchun moʻljallangan Milliy oʻquv dasturi ham tanishtiriladi. Butun respublikadan jami 300 ta oʻqituvchi chaqirilgan.
Men, asosan, metodologiya va baholash borasida oʻquvlarda trener boʻlib ishlash uchun ketyapman.
Zominga kelayotganlar boʻlsa uchrashguncha, bormayotganlar uchun ham nimadir oʻylab topishga harakat qilaman.

👍22🔥3👎1
20-mart [uzhits.net]
Xamdam Sobirov
Yigirma yosh-da qora qosh-da,
Singlim bilan u kursdosh-da,
Hali yosh-da,
Sevgilim hali yosh-da.
Qoʻshiqning aytilish uslubi yoqdi☺️
@birgap
Singlim bilan u kursdosh-da,
Hali yosh-da,
Sevgilim hali yosh-da.
Qoʻshiqning aytilish uslubi yoqdi☺️
@birgap
👍10🔥1
Zomindagi seminar uchun taqdimot tayyorlash vaqtida shuni bildimki, oʻqituvchilarga aytadigan gaplarim juda koʻp ekan. Eng yomoni ana shu gaplarimni ajratilgan vaqtga sigʻdira olmayapman🤦♂
@birgap
@birgap
👍10
Zomindagi seminarlar ham boshlandi, bugungi kun umumiy masalalarga bagʻishlandi. Kechki ovqatdan keyin "Zakovat" oʻyini tashkil etildi. Filologlar bir jamoa shakllantirdik.
Komil Jalilov (adabiyot),
Mansur Siddiqov (ona tili),
Shohruh Abduraimov (ona tili),
Namoz Rasulov (oʻzbek tili),
Xurshid Ibrohimov (adabiyot) va men Shokir Tursun (ona tili).
Natija shu boʻldiki, 9 ball bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdik. Xalq taʼlimi vazirligi 1.500.000 soʻm bilan taqdirladi😊 Seminarlar yaxshi boshlandi🙈

👍11🎉3
Bugungi mavzularimni oʻtib boʻldim. Bugun oʻqituvchilar bilan til oʻqitish metodologiyasi haqida gaplashdik. Darslikdan namuna koʻrsatdik. Ertaga baholash haqida gaplashamiz va darslik namunasini yaratamiz.
Oʻqituvchilardan xursandman. Men qiyin deb oʻylagan nazariy bilimlarni ham oson oʻzlashtirishyapti. Asosiysi darslik namunasidan rozi boʻlishdi. Bir qarashda oldingi yondashuvdan osondek, aslida bu qiyin ekan dedi bir oʻqituvchi. Ha til oʻqitish har doim grammatikani oʻqitishdan qiyin boʻlgan.
Shunday seminarlarda doim bir gapni eshitaman, "muallifni oʻz koʻzimiz bilan koʻrayotganimiz va u yozib kelgan namunaga fikrni oʻziga qarata ayta olayotganimizdan xursandmiz", menimcha, mana shunday sharoit yaratgan Respublika taʼlim markaziga rahmat aytishimiz kerak.

👏10👍5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Seminarga kelgan oʻqituvchilar oʻqib tushunish koʻnikmasini baholashga qaratilgan testlarni yechishyapti.
@birgap
@birgap
👍4🔥2
Missiya bajarildi. Uyga ham yetib keldim. Zominda aloqa sifatsiz boʻlgani uchun seminar tafsilotlari haqida deyarli yoza olmadim. Ertaga bafurja yozaman. Xayrli tun!
@birgap
@birgap
👍8
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
O‘zbekistonda 9 va 11-sinf bitiruvchilaridan olinadigan yakuniy imtihon fanlari tasdiqlandi
Namunaviy nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi.
Batafsil — http://dy.uz/P0mGF
So‘nggi yangiliklar 👉 @Daryo

👍3🥰1
Pragmalingvistika va Sotsiolingvistika fanlarida atamalar shunday mavhum izohlanadiki, ba'zan shuni ishlab chiqqan olimlarning oʻzi ham aniq chegaralarni belgilab olishga qiynalib qolishsa kerak deb oʻylayman. Fandagi har qanday atama oʻzining aniq chegaralangan izohiga ega boʻlishi kerak menimcha.
Agar bir fandagi izohlar va tushunchalar sizga yoqimsiz va mavhum koʻrinyaptimi, demak u biz yashaydigan jamiyatda yaratilmagan. Biz yashayotgan kontekstga begona. Oʻsha fanni tarjima qilganlar ham maksimal yaqinlashtirishni eplay olishmagan boʻlishadi. Yana boshqa omillar ham boʻlishi mumkin (oʻzingizning oʻqimaganligingiz, tushunishni istamasligingiz), lekin asosiysi mana shu boʻlsa kerak,

👍7🔥1
Yuqori sinflarda ham Ona tili hamda Adabiyot fanlari qoʻshib yuborilishi mumkin ekan degan toʻqib chiqarilgan fobiyaga ishonmanglar. Bu gap yuqori tashkilotlarning xayoliga ham kelgani yoʻq. Bundan tashqari bu ikki fanni qoʻshib yuborish boʻyicha aniq ilmiy va mantiqiy asoslar mavjud emas.
Koʻnglingizni xotirjam qiling!
@birgap
Koʻnglingizni xotirjam qiling!
@birgap
👍9
Bir kulishsak zarar qilmas.
Er sotiladi.
Biror ering og'risa, darrov ayt.
Osmon yiroq, er qattiq.
Er haydasang, kuz hayda.
Eridan ayrilgan, ellik yil yig'lar.
Har erni qilma orzu...
Ona Er
© S.M.
davom ettirish mumkin...
@birgap
Er sotiladi.
Biror ering og'risa, darrov ayt.
Osmon yiroq, er qattiq.
Er haydasang, kuz hayda.
Eridan ayrilgan, ellik yil yig'lar.
Har erni qilma orzu...
Ona Er
© S.M.
davom ettirish mumkin...
@birgap
😁14🤬2🤣1
Haqqa xiyonat emasmi?
6 yildan beri Toshkentda yashayman. Shu yillar mobaynida koʻp marta piyoda yurishimga toʻgʻri kelgan. Toshkentda piyodalar yoʻlakchalari oldin yashaganim – Fargʻonadan koʻra ancha yaxshi. Bugun yoʻlakchalarning sifati, qayerda borligi-yu yoʻqligi haqida gapirmoqchi emasman. Bugun ana shu bor yoʻlakchalarni ham oʻziniki qilib olayotganlar haqida yozmoqchiman.
Siz ham hayotingizda bir marta boʻlsa ham duch kelgan boʻlsangiz kerak, yoʻlakdan yurib ketayotsangiz uni toʻsib koʻndalangiga mashina qoʻyib qoʻygan boʻladi. Yoki qaysidir doʻkon, mashina yuvish shahobchasi, avtoustaxona yoʻlakni toʻliq egallab olgan boʻladi. Natijada yoʻlakning oʻsha qismi butunlay toʻsilib qoladi. Piyodalar mashina yoʻliga chiqib, aylanib oʻtib yana qaytib yoʻlakka kirishlari kerak. Bu, menimcha birovning haqqiga xiyonat hisoblanadi.
Qarang, yoʻlak bu xalqniki, ommaniki, undan hamma foydalanishi kerak, bu degani oʻsha yerda biznes qilayotgan odam, yoki mashinasi bor odam uni boshqalar uchun foydalanishga qiyin yoki yaroqsiz qilib qoʻyishga haqli degani emas. Yoʻlakni ana shu usullar bilan band qilganlar ham omonatga xiyonat qilmoqdalar, ham birovning mulkiga xiyonat. Mana shu narsani oʻylab koʻrishimiz kerak.

👍20
Qargʻalar qoʻshigʻi haqida birinchi qarash
Ushbu qoʻshiq haqida ikki xil qarash bor. Ulardan qay biri toʻgʻri ekanini bilmayman, shuning uchun mana shunisi toʻgʻri deb aytolmayman.
Ushbu qoʻshiq koʻp yillar davomida xushovoz xonandalar tomonidan kuylab kelindi. Oʻzbekning shonli tarixini, qora sahifalarini bilmasligimiz sabab qoʻshiqning asl kelib chiqishini ham bilmaymiz.
1875-yil Oqposhsho Margʻilon uyezdini bosib olgach, erkak zotini bitta qoldirmay Margʻilon yoʻlida osib oʻldiradi. Osilgan murdalarni tushurib olishga yoʻl qoʻymaydi. Qargʻalar esa mayitlarni yeyish uchun uchib keladilar. Aka-ukasiz, otasiz, ersiz qolgan ayollar himoyachilarini himoya qilish uchun, koʻzlarida yosh bilan qargʻalarni quvadilar:
“Qargʻalar uchsa qaraylik Margʻilonning yoʻliga”
Vafot etganlarning hidi shunchalik anqigan ekanki, shamol essa uzoqlarga yetib borib, koʻzlarni yoshlatar ekan. Vafodorlar ogʻalari hidini eng totli handalakka qiyoslab shu satrlarni aytishgan:
“Hidi kelsa mast boʻlaylik handalakning boʻyiga”
Qarg‘alar uchsa qaraylik
Marg‘ilonning yo‘liga,
Marg‘ilonning yo‘liga.
Hidi kelsa mast bo‘laylik,
Hidi kelsa mast bo‘laylik
Handalakning bo‘yiga,
Handalakning bo‘yiga.
Manba

😱10🔥3😢3👍2