Talabalikning oltinligi nimada?
“Talabalik – oltin davrim” degan gap hammaga tanish. Koʻpchilik bu gapni mana bunday tushunadi: bu davrda oʻynab qolish kerak, erkinlik va yodda qolarli xotiralarni boyitib olish zarur.
Toʻgʻri-da, yangi shahar, yangi doʻstlar, yangi madaniyat, yangicha darslar, qiziq-qiziq voqealar... xullas bunday yangiliklarning oxiri yoʻq.
Ana shunday qarashda yurganlar oʻziga quyidagi savollarni berib koʻrishi kerak:
˗ Men shu paytgacha nimani qoyillatdim?
˗ Qaysi fanni chuqurroq bilaman?
˗ Ertaga qanday ishni eplab keta olaman?
˗ Qaysi ishda eng zoʻri oʻzimman?
Aminmanki, javoblaringiz qoniqarli boʻlmaydi.
Xoʻsh, talabalik davrining oltinligi nimada unda?
Aslida bu davr kelajakni oltinga aylantirish davridir. Afsonalarda oʻqiganmiz, alkimyogar hamma narsani oltinga aylantirish usulini izlaydi. Ayni mana shu formula bu talabalikdir. Siz bu davrda qunt bilan oʻqishingiz, oʻzingizni kuchli mutaxassis sifatida shakllantirishingiz kerak. Ota-onangizning yagona niyati bor – sizning baxtli va toʻkis kelajagingizni koʻrish. Siz ana shu kelajak poydevorini ayni talabalik davrida qurasiz.
Bunga oʻzimni yaqqol misol qila olaman. Men hozir ishlatayotgan bilimlarimning 70 foizini talabalik davrida vaqtdan unumli foydalanish evaziga egallaganman. Toʻgʻri hamma darslarda ham a’lochi boʻlganman deya olmayman, lekin mening maqsadim bor edi, oʻsha maqsad yoʻlida nimalar kerakligini aniqladim va oʻqidim, oʻrgandim, tajriba orttirdim.
Ishoning vaqtni toʻgʻri taqsimlasangiz oʻyin-kulgiga ham, ilmga ham vaqt yetadi.
Ha, yana bir gap, Sukerberg, Jek Ma, Eynshteyn kabilar talabalikda oʻqimagan degan afsonani miyangizdan chiqaring. Ular partada oʻtirmagan boʻlsa ham mustaqil oʻqigan, izlangan, oʻz ustida tinimsiz ishlagan.
P.S.: ushbu gaplar oʻzimning hamda Alisher Umirdinovning “Talaba doʻstimga 78+ tavsiya” kitobidagi fikrlarning qorishmasi hisoblanadi.
Kanalga ulanish: @birgap

👍15👏2
Hammasi baholashga bogʻliq
Biz baho va baholash jarayoniga nisbatan qarashimizni butkul oʻzgartirgan kun taʼlimning qayta tugʻilgan kuni boʻladi. Agar bir bahoni jazo yoki ragʻbat quroli sifatida qabul qilaverar ekanmi u biz uchun raqamlardan boshqa narsa emas.
Xoʻsh, baho va baholashga qaysi koʻz bilan qarashimiz kerak?
Baholash taʼlim bosqichlarida oʻquvchilarning faoliyati haqidagi maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish jarayoniga aylanishi kerak. Baho esa ana shu tahlillarni tushunarli tilda taqdim qilish quroli yaʼni oddiy simvollarga aylanishi lozim.
Baholash jarayonini oʻzimizga tutilgan koʻzgu deya qabul qilishimiz kerak. Maktablardagi bugungi baholash koʻproq oʻquvchiga koʻzgu tutish, oʻquvchiga nimani bilmasligini koʻrsatishga oʻxshaydi.
Oʻqituvchida choraklik imtihonda yomon natija koʻrsatgan oʻquvchisi aynan qaysi koʻnikmalarni egallamagan, qayerda muammolarga duch kelayotgani haqidagi maʼlumotlarni olishga sharoiti, imkoni boʻlishi kerak. Har bir oʻquvchining ana shunday xulosasini koʻra bilgan oʻqituvchi keyingi qadamlarni belgilashda qiynalmaydi. Bu baholash jarayoning yana bir xususiyati hisoblanadi. Yaʼni baholash keyingi qadamni qayerga, qanday qoʻyish kerakligini aytib turuvchi vosita (“Squid game” serialida shunaqa oʻyin boʻlardi, qadam qoʻygan oynang yupqa boʻlsa sinib ketadi va sen oʻlasan). Baholash toʻgʻri tashkil etilsa, qadamlarimiz aniq va toʻgʻri boʻladi, bu oʻz-oʻzidan ta’lim mazmuniga ta’sir qilib boradi. Oqibat esa hozirgidan yaxshi boʻlishi tayin.
Yuqorida aytilganlarning hammasi bir narsani talab qiladi - baholashni markazlashtirish, tadqiqot va tahlil tizimlarini ishlab chiqish.
Menimcha bu oy baholash haqida koʻp gaplashamiz. Hali sizlarga aytadiganlarim koʻp.

👍3
Nega choraklik va yillik baholarda kunlik baholarni hisobga olmaslik kerak deyman?
Oʻrganish davomli hamda yigʻilib boradigan jarayon. Yaʼni butun yil davomida maʼlum malakaning biror qismi oʻrganilib yakunda u koʻnikma yoki malaka darajasiga yetib boradi.
Shunda har kuni qoʻyib boradigan baholarimiz hali shakllanib ulgurmagan koʻnikmani baholash hisoblanadi. Bu esa oʻquvchiga nisbatan adolatsizlik. Qanday qilib hali shakllanmagan koʻnikmani tekshirib, unga baho qoʻyib, yana oʻsha baholarni umumlashtirib yakuniy xulosa chiqariladigan bahoga taqab qoʻyish mumkin?
Choraklik baho bu xulosalovchi baho hisoblanadi. U oʻquvchining bilimi, koʻnikmasiga xulosaviy baho beradi. Kunlik baho esa bu shakllantiruvchi xususiyatga ega boʻlib u oʻquvchidagi muammolarni aniqlash va keyingi jarayonlarda bartaraf etishiga imkon berishdir.
Oddiyroq tushuntiraman, bolaga bugun asar bosh qahramonini aniqlashni oʻrgatdingiz va ogʻzaki savol-javob yoki kichik test orqali unga baho qoʻydingiz. U hali yaxshi tushunib olmagani uchun “3” baho oldi. Endi mantiqan oʻylab koʻring, birgina 45 daqiqada 35 ta oʻquvchiga bosh qahramonni topishni oʻrgatib qoʻyish mumkinmi? U bu koʻnikmani bir nechta darsdan keyin, ayniqsa, ikkinchi darajali qahramonlarni aniqlash mavzusidan keyin yaxshiroq tushunib oladi va oʻsha paytda “5” baho oladi. Chorak oxirida esa siz oʻsha boshida qoʻyilgan "3" va keyinroq qoʻyilgan “5” ni qoʻshib ikkiga boʻlasiz va “4” qoʻyib berasiz. Mana shu adolatdanmi sizningcha, axir u endi bosh va ikkinchi darajali qahramonlarni topishni “5” bahoga bilyapti-ku!
Mana shulardan kelib chiqib men kunlik baholarni choraklik va yillik baholarda hisobga olish toʻgʻri emas deb hisoblayman va bu fikrimda sobitman.

👍8🔥1
Bugun kursdosh oʻqituvchilar orasida bir savol trendda boʻldi:
-dagi qoʻshimchasi qaysi soʻz turkumini yasovchi qoʻshimcha hisoblanadi?
Aytishlaricha, bunday tipdagi savol oʻqituvchilarning malakasini tekshiruvchi attestatsiya testlarida tushgan emish.
Oʻzi attestatsiyani tashkillaydiganlar mana shunaqa mayda-chuydalardan nariga oʻtolmay qolgan.
Men sizlarga savol bilan murojaat qilmoqchiman:
Odam -dagi qoʻshimchasi qaysi soʻz turkumini yasashini bilsa nima yutadi-yu bilmasa nima yutqazadi? Bu bilim odamga nimaga kerak oʻzi?
@birgap

👍16
Hech qachon miyangizga investitsiya kiritishdan qoʻrqmang
Kecha sahar birinchi ishxonam uchun ozgina ishladim, keyin ikkinchi ishxonamdagi vazifam yuzasidan aprobatsiyaga bordim, undan chiqib tushlik qildim-u toʻgʻri oʻqishga ketdim. Oʻqishdan chiqib uchinchi ishni (frilanserlik) bajarish uchun ketishim kerak edi, orada bir soat boʻsh ekanman. Shu bir soatni oʻzimni rivojlantirishga sarflashga qaror qildim. Oʻzni rivojlantirish uchun eng yaxshi usul kitob oʻqish, lekin oʻqiydigan yaxshi kitobim qolmagan edi. Shunda “Grand Bussiness center” biznes markazining birinchi qavatida joylashgan Oxford, Cambridge, Macmillan kitoblarini sotadigan doʻkon esimga tushib qoldi. Yaqin edim, bordim-u oʻzimni Sulaymon xazinaxonasiga tushib qolganday his qildim. Birgina kitob sotib olmoqchi edim oʻzi, lekin jami 5 ta kitob olib chiqdim. 974.000 soʻm boʻldi. Kitoblarning bittasi men havas qiladigan olim Lyle Bachmanning ilmiy-ommabop asari, yana biri oʻquvchilarda yozish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha qoʻshimcha darslik (ingliz tilida), yana biri grammatik qoidalarni kontekstda oʻqitish boʻyicha oʻqituvchilar uchun qoʻllanma boʻlib qolgani ingliz tilini oʻrgatuvchi darsliklar edi.
Qaranglar, men mana shu pulni miyamga investitsiya sifatida kiritdim. Shu kitoblardan olgan bilimim orqali koʻp ishlarni qila olaman, loyihalarda oʻz xizmatimni taklif qila olaman. Yaʼni pulimni kamida 10 barobar qilib qaytarib olaman.
Ilm ham bir biznes aslida, unga sarmoya tikmasangiz (vaqtingiz va pulingiz) foyda ham ololmaysiz. Oldinlari ham amazon.com dan bir-ikki kitob sotib olib oʻqigandim oʻsha chiqimlarni allaqachon 100 barobar qilib “chiqarib” boʻldim.
Siz ham hech qachon miyangizga investitsiya kiritishdan qoʻrqmang. Asosiy talab, oʻsha investitsiyani toʻgʻri yoʻnaltirish, bugunning trendlarini emas, ertaga trend boʻladigan mavzularni oʻrganishdir.
P.S.: orginal inglizcha kitoblardan bahramand boʻlishni xohlaganlar uchun sayt manzili: https://edupress.uz/ shu yerdan doʻkon haqida hamma maʼlumotni topish mumkin.
Bu reklama emas.

Интернет-магазин Edupress - Edupress Uzbekistan, Edupress Узбекистан, книги, учебники на английском языке
Интернет-магазин учебников по английскому языку Edupress
Интернет-магазин учебников и профессиональной литературы для изучения английского языка в Узбекистане.
👍11
Osmon yerga engashib,
Bulut sogʻdi kun boʻyi,
Yolgʻonchi yor toʻyida
Yomgʻir yogʻdi kun boʻyi.
Yomgʻir emas, bu xalqob
Kelinchak koʻz yoshidir.
Yigʻlama yor, qiz bola
Palaxmonning toshidir.
Qaygʻurmagil qoʻy, chorbogʻ
Aylanamiz yur doʻstim,
Peshonang shu ekan, bu –
Taqdir, dedi bir doʻstim...
Taqdir emas, ayirgan,
Yorning qalam qoshidir.
Qolaversa, qiz bola
Palaxmonning toshidir.
Egilmagan yerlarga
Egib yigit boshimni,
Palaxmon-ey qaylarga
Otding yoqut toshimni!
©️Muhammad Yusuf
P.S.: shu she'rni osmon teshilib qolganday tinmay yomgʻir yogʻib yotgan kunlari qoʻyaman deb saqlab qoʻygandim, esimdan chiqqan (ehtimol oʻrni topilmagan) ekan, hechdan koʻra kech...

👍13
Kichikligimdan olovga oshiqman. Qishloqdagi toʻylarda ham meni doim oʻchoq boshidan topish mumkin edi. Oʻchoqqa oʻt qalashni yaxshi koʻrardim.
Olovga soatlab tikilib tura olaman. Nega shunaqa, bilmayman. Balkim har doim harakatda boʻlgani, shakl-shamoyilini tinimsiz oʻzgartirib turgani eʼtiborimni tortar. Eng goʻzal raqqos, eng jilvakor raqs bu olov.
Nima deb oʻylaysiz, odam nima uchun olovga tikilib zerikmaydi? Nima sehr bor bu olovda?
P.S.: rasmni oʻzim olganman

🔥4👍1
Darslik yozish juda yoqimli va oʻta qiyin jarayon. Bunda miyang bor kuchi bilan ishlashi kerak. Yoqimli tomoni esa miya qanchalik koʻp ishlasa, shunchalik kuchayib boraverishidir.
Mana hozir 6-sinflar uchun darslik yozyapman. Yuqori sinflarda boshlangʻich sinflardan farqli oʻlaroq grammatik qoidalar salmogʻi ortadi. Oʻquvchilarga tilning amaliy jihatlari chuqurroq oʻrgatiladi, kengroq tushuntirib beriladi. Yuqori sinflarda boshlangʻichda boʻlgani kabi badiiy matnlar va sheʼrlar koʻp emas, chunki edi "Adabiyot" degan alohida fan bor.
Har bir mavzu ortida oʻquvchiga maʼlum matn turini yozishni oʻrgatishni maqsad qilganmiz. Masalan, sayohat haqida mavzu bor, unda oʻquvchilar tasviriy matn sirasiga kiruvchi shaharlarni tasvirlashni oʻrganadilar. Bunda qanday til birliklaridan foydalanish yaxshi samara berishini, matn strukturasi qanday boʻlishi kerakligini, qaysi soʻz qaysi soʻz bilan bogʻlanib kela olishini oʻrganadilar. Buyuk Ipak yoʻli haqidagi mavzuda esa oʻquvchilar koʻproq yoʻnalish va joylashuvni tushuntirish, xarita bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantiradilar.
P.S.: duo qilib turinglar, Alloh oʻzi bergan ilhom, sabr, matonat va aqlni olib qoʻymay tursin.

👍23👏2🔥1
Qalam yaxshimi yoki ruchkami?
Bu savol qanday vaziyatda berilishiga qarab javobim oʻzgarib turadi. Masalan, men uchun ruchkaning ustunlik tomonlari koʻproq, chunki men kam xato qilaman, yozganimda boʻyab tashlamayman. Qalam bilan ham shunday, lekin qalamni har doim uchlab turishim kerak. Faqatgina shu jihatiga koʻra qalamni kam ishlataman.
Agar bu masala “boshlangʻich sinflarda qalam ishlatgan yaxshimi yoki ruchkami?” shaklida berilsa, men qalam degan boʻlardim.
1. Oʻchirish mumkinligi
Yosh bola hali yozishni bilmaydi, koʻp xato qiladi, qalamni esa doim oʻchirish mumkin. Yaʼni xatolarni oʻchirib qayta yozish mumkin. Hammamizga ayon haqiqat bor – xatolar kashfiyotlarga yetaklaydi. Biz buni rasmana kashfiyot sifatida emas, oʻzi bilmagan narsalarni kashf qilish maʼnosida tushunishimiz kerak. Yaʼni qalam ishlatgan bola oʻz xatosini oʻzi toʻgʻrilay olish oʻrganish jarayoning eng muhim bosqichi hisoblanadi.
Oʻchirish mumkinligining daftarni toza saqlash, siyohni bola kiyimiga tegib ketishi kabi gigiyenik, xatoni tuzata olish kabi pedagogik tomonlaridan tashqari psixologik jihat ham bor deb oʻylayman. Tan olaylik qoʻlimizda qalam turganda kamroq qoʻrqamiz. Qoʻrquv esa oʻrganish jarayonini maksimal yomonlashtiradigan qurol hisoblanadi.
2. Turli ranglar
Ruchka asosan 4 xil rangda boʻladi – koʻk, yashil, qizil, qora. Qalamda esa kamalakning barcha ranglarini topsa boʻladi. Baʼzi toʻplamlar 24 xil ranggacha qalamlarni taklif qila oladi. Bu hali ijodkor bolalar uchun juda ham qulaydir. Yaʼni boshlangʻich sinf oʻquvchilari hali ijodkorlik qobiliyatini yoʻqotmagan boʻladi (maktab kreativlikni oʻldirishi haqida alohida post yozaman). Bola oʻzi istagan rang bilan ijod qila olishi kerak (yozish ham ijod jarayoni aslida).
Qalamni ishlatishda oʻquvchilarga uning uchini chaynamaslik va doim uchlab turishni oʻrgatishimiz kerak boʻladi.
Xulosa qilib aytmoqchimanki, xatokorlik va ana shu xatoning psixologik tomonlarini hisobga olgan holda oʻzbek maktablari boshlangʻich sinfda qalamga oʻtib ketsa yaxshi boʻlardi.

👍8
Forwarded from Shunchaki... (Z R)
#forma
Bilmadim, kimga qanaqa, lekin bolaligimdan forma kiyishni jinim suymaydi.
Har kuni bir xil kiyim kiyish..juda zerikarli..
Ofitsiant, hamshira, harbiylar, o't o'chiruvchilarda fiorma bo'lishi tabiiy, buni ularning kasbi taqozo qiladi, ammo o'qituvchi nega forma kiyishi kerak?
Rasmiy kiyim kiyilsin, degan qarorning o'zi nega kifoya emas?
Tasavvur qiling, 5-sentabrdan 25-maygacha sakkiz oy har kuni bitta kiyimni kiyaverasiz, kiyaverasiz.. Balki, bugun siz uchun bayramdir, yorqin ranglarni ko'nglingiz tusar yoki aksincha, ehtimol bugun tushkun holdadirsiz, qora yoxud kulrang libos kiygingiz kelar, lekin yo'o'o'o'q, siz FORMA kiymasangiz bo'lmaydi.
Nega? Tasavvur qiling: o'quvchisiz, bugun yetti soat dars bor sizda, oldin kimyo fani ustozi shu kiyimda kiradi, keyin fizika, keyin ona tili, keyin tarix. Hamma bir xil. Bir xil. BIr xil. Har kuni!
Ilmiy asosi bormi buning, xo'sh, hamma har kuni bitta kiyimda yurganida ta'lim sifati yaxshilanadimi? Ish unumi oshadimi? Maosh tejalar, balki? Bugun nima kiysam ekan degan savolga javob topishga ketadigan vaqtni darsga tayyorlanishga sarflar?
Forma haqidagi qaror o'qituvchilarni o'ylab qilingan emas, albatta. U kiyimda o'zingizni qanday his qilishingiz emas, tashqaridan qanday ko'rinishingiz muhim.
Kiyim - bu kayfiyat, did, tanlov; shaxsiyat, qolaversa.
Ammo.. "tepadagilar" yaxshiroq bilishadi, albatta.
@suvaydo

👍18👏3👎1
- Ustoz, oq ham, qora ham rangmi?
- Ha, rang.
- Unda nega oq-qora televizorni rangsiz televizor deymiz?
P.S.: 4 yil oldingi men va Falsafa ustozning suhbatidan

👍19🔥4😁3👎1🤣1
Har kuni ertalab internetga kiraman, urush tugadimikin deb.
Ukrainada urush ketayotgan hududlarda maktablar toʻxtataganiga 1 oy boʻldi.
Kimdir odamlar oʻlyapti, sen maktabni gapirasan deyishi mumkin. Toʻgʻri, odamlar oʻlyapti, bu fojia, lekin bolalarning oʻqiyolmay qolishi ham fojia. Birinchi fojia haqida hamma aytyapti, ikkinchisini koʻpchilik unutgan.
Men siqilaman bundan! Umuman, taʼlimsiz qolgan har qanday bola mening yomon tushimdir.

👍25😢10🔥4
Ertaga 4 kunga Zominga ketyapman
Eshitdingizmi yoʻqmi sentyabr oyidan 6-7-10-sinf darsliklari yangilanadi. Men 6-7-sinflarda mualliflardan biriman. Zominda mana shu darsliklardagi yangiliklar boʻyicha oʻquvlar boʻlishi rejalashtirilgan. Yuqori sinflar uchun moʻljallangan Milliy oʻquv dasturi ham tanishtiriladi. Butun respublikadan jami 300 ta oʻqituvchi chaqirilgan.
Men, asosan, metodologiya va baholash borasida oʻquvlarda trener boʻlib ishlash uchun ketyapman.
Zominga kelayotganlar boʻlsa uchrashguncha, bormayotganlar uchun ham nimadir oʻylab topishga harakat qilaman.

👍22🔥3👎1
20-mart [uzhits.net]
Xamdam Sobirov
Yigirma yosh-da qora qosh-da,
Singlim bilan u kursdosh-da,
Hali yosh-da,
Sevgilim hali yosh-da.
Qoʻshiqning aytilish uslubi yoqdi☺️
@birgap
Singlim bilan u kursdosh-da,
Hali yosh-da,
Sevgilim hali yosh-da.
Qoʻshiqning aytilish uslubi yoqdi☺️
@birgap
👍10🔥1
Zomindagi seminar uchun taqdimot tayyorlash vaqtida shuni bildimki, oʻqituvchilarga aytadigan gaplarim juda koʻp ekan. Eng yomoni ana shu gaplarimni ajratilgan vaqtga sigʻdira olmayapman🤦♂
@birgap
@birgap
👍10
Zomindagi seminarlar ham boshlandi, bugungi kun umumiy masalalarga bagʻishlandi. Kechki ovqatdan keyin "Zakovat" oʻyini tashkil etildi. Filologlar bir jamoa shakllantirdik.
Komil Jalilov (adabiyot),
Mansur Siddiqov (ona tili),
Shohruh Abduraimov (ona tili),
Namoz Rasulov (oʻzbek tili),
Xurshid Ibrohimov (adabiyot) va men Shokir Tursun (ona tili).
Natija shu boʻldiki, 9 ball bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdik. Xalq taʼlimi vazirligi 1.500.000 soʻm bilan taqdirladi😊 Seminarlar yaxshi boshlandi🙈

👍11🎉3
Bugungi mavzularimni oʻtib boʻldim. Bugun oʻqituvchilar bilan til oʻqitish metodologiyasi haqida gaplashdik. Darslikdan namuna koʻrsatdik. Ertaga baholash haqida gaplashamiz va darslik namunasini yaratamiz.
Oʻqituvchilardan xursandman. Men qiyin deb oʻylagan nazariy bilimlarni ham oson oʻzlashtirishyapti. Asosiysi darslik namunasidan rozi boʻlishdi. Bir qarashda oldingi yondashuvdan osondek, aslida bu qiyin ekan dedi bir oʻqituvchi. Ha til oʻqitish har doim grammatikani oʻqitishdan qiyin boʻlgan.
Shunday seminarlarda doim bir gapni eshitaman, "muallifni oʻz koʻzimiz bilan koʻrayotganimiz va u yozib kelgan namunaga fikrni oʻziga qarata ayta olayotganimizdan xursandmiz", menimcha, mana shunday sharoit yaratgan Respublika taʼlim markaziga rahmat aytishimiz kerak.

👏10👍5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Seminarga kelgan oʻqituvchilar oʻqib tushunish koʻnikmasini baholashga qaratilgan testlarni yechishyapti.
@birgap
@birgap
👍4🔥2
Missiya bajarildi. Uyga ham yetib keldim. Zominda aloqa sifatsiz boʻlgani uchun seminar tafsilotlari haqida deyarli yoza olmadim. Ertaga bafurja yozaman. Xayrli tun!
@birgap
@birgap
👍8