Shokir Tursun qarashlari
5.89K subscribers
857 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from Барно Юнусова
Yosh ijodkorlar kengashidan “101 oʻzbek ayoli” fotosuratlar tanlovi; mukofot jamgʻarmasi 10 million soʻm!

Tanlovda Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi barcha 15-30 yoshli yoshlar qatnashishi mumkin.

Saralashdan oʻtgan fotosuratlar “101 oʻzbek ayoli” koʻrgazmasida namoyish etiladi.

Mukofotlar:
– Ko’rgazmaga eng ko’p ishi kiritilgan ijodkor: 5 mln soʻm;
– Koʻrgazmaga kiritilgan eng yaxshi fotosurat muallifi: 5 mln so‘m;
– Ko'rgazmada namoyishga qo'yilgan barcha ishlar mualliflari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2022-yil 3-mart, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/101-ozbek-ayoli-fotosuratlar-tanlovi/

@grantlar
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻ va gʻ harflarini ishlatmasdan o va g tarzida yozadigan maktab oʻqituvchilarini qabul qila olmayman. oʻ, q, gʻ oʻrniga o, k, g ishlatib rus alifbosida oʻzbekcha yozadigan maktab oʻqituvchilarini esa umuman tushunmayman. Nega rus harflari bilan oʻzbekcha soʻz yozmoqchi boʻlishadi. Kirill alifbosida yuqoridagi harflar bor-ku, shunchaki telefoningizda shu klaviaturani yoqib oling. Yoqishni bilmasangiz marhamat oʻzbek lotin alifbosida yozavering, bilasiz-ku bu alifboni ham. Maktabda shu alifboda dars oʻtasizlar-ku.

Kanalga ulanish: @birgap
👍2
Forwarded from IT taʼlim
Hurmatli ota-onalar yangi 1-2-sinf darsliklari haqida qanday fikrdasiz, farzandingizning qaysi fan darsliklari sizga ko‘proq manzur bo‘ldi? Qaysi fan darsliklari bilan ular maktabda qiziqib dars olyaptilar?
Anonymous Poll
36%
Ona tili va o'qish savodxonligi
54%
Matematika
32%
Tabiiy fanlar
17%
Musiqa
24%
Tasviriy san'at
11%
O'zbek tili
21%
Rus tili
32%
Ingliz tili
7%
Nemis tili
6%
Fransuz tili
Yarim soat oldin talabalik davrini Yaponiyaning Nagoya universitetida oʻtkazgan Fargʻonalik Alisher Umirdinov yozgan "Talaba doʻstimga 78+ tavsiya" kitobini sotib oldim. Ba'zi tavsiyalarni koʻz yugurtirib chiqib angladimki, bu kitobni toʻliq oʻqib chiqishim kerak.

Ertadan boshlab kanalimda ham shu kitobdagi ba'zi tavsiyalarni berib boraman.

Muallifning aytishicha, kitob talabalik davrini qanday oʻtkazish, bu yillarning samarasini maksimallashtirish uchun nimalar qilish muhimligi haqida ekan.

Kanalga ulanish: @birgap
👍94
Bugun bir gapni aytib qoʻygim keldi.

Men qayerda nima ishga jalb qilingan boʻlsam (hakamlik, mualliflik, trenerlik, xodimlik) har doim birinchi navbatda halollikni va adolatni oʻzimga dastak qilib olib ishlaganman. Oʻzimning vijdonim oldida doim toʻgʻriman va doim uning oldida hisob beraman.

Lekin...

Odamlarimiz juda negativ, zaxar. Ikki yil ichida juda koʻp negativ energiyalar qabul qilib oldim. Hakamlik qilsam pora olgan deyishdi, xodimligimda boshliqning erkatoyiga chiqdim. Mualliflik qilishga noloyiq deyishdi, qaysiki, meni koʻrmaganlar. Xullas, men sizlarga aytib qoʻyay dedim, men har doim halol va adolatli ishlaganman.

Aslida, bu gaplar aytiladigan narsa emas, lekin tinmay olomondan nohaqlik koʻraversang tosh boʻlsang ham dodlaysan. Alloh bergan iroda tugab qolmasin.

Endi sizlarga savol: nega jamiyatimiz shunchalik negativ? Nega bu xalqqa hech nima yoqmaydi?

P.S.: 2-sinfga matn berganimizga voy dod bu bola qanday matn yozadi deb ur-sur qilgan xalq bugun 10-sinf yozgan inshoni koʻrib buni beshikdagi goʻdak ham yoza oladi deb jar solmoqda. Paradoks. Munchayam tuslanuvchan boʻlmasa-a bu xalq.

Kanalga ulanish: @birgap
👍25🔥5
"Test sizga bolani saralab beryaptimi..." — superkontrakt borligini biladimi bu janob.
"Ularni ma'nan majruh qilmay..." — talaba auditoriyada majruh bo'lyaptimikan?
"Oliy ta'limdagi muhit sababchi" deganiga qo'shilaman. OTMni ham, vazirlikni ham, administratsiyani ham nazarda tutayotgan bo'lsa.

Ertadan talabalar ishlashi birinchi planga chiqayotgan ekan, bu yog'i undan ham xarob bo'ladi. Men haftada 5 kun kutubxonaga borardim. Ishlay boshlaganimdan keyin yilda 1-2 marta borgan bo'lsam kk. "Hammaning o'ziga bog'liq. Ishlab ham zo'r o'qisa bo'ladi" degan gapga qo'shilaman va u salkam 1% talaba haqida deb bilaman.

©️ M.S

Mana shu muammolarni yechishi kerak boʻlgan odam oʻzi chiqvolib shunaqa desa, gʻalati boʻlarkan.

Professor-oʻqituvchini hali mahallaga, hali tadbirga, hali yetimxonaga yugurtiradigan tizim rahbari aytyapti shu gapni.

©️ I.A

P.S.: vazir janoblari siz bir yildan ortiq vaqt davomida tizimni tanqid qilishdan boshqa nimaga yaradingiz oʻzi?

Kanalga ulanish: @birgap
👍21👏1
Qora tun (Www.Quvonch.com)
Bonu
Mana shu musiqa eshitilsa boʻldi, xayollarim qishlogʻimga qarab ketadi. Baliq oviga chiqishlarim, tovuqlarni quvlashlar, Qoplon otli kuchugim, ketmonsopni mikrofon qilib qoʻshiq aytishlar, dala, paxta, jagʻ-jagʻli somsalar, kaaaatta qozonda pomidor qaynatib banka yopishlar, kompot, olcha shashlik... Hamma hammasini eslab ketaman.

Sizlarga ham bir bolalikni eslatay dedim.

Kanalga ulanish: @birgap
👍16
Ayolga tosh otish mumkinmi desa
Erkaklar baravar chayqaydilar bosh.
Ayolga tosh oting qurbingiz yetsa
Faqat, qimmatbaho boʻlsin oʻsha tosh.

©️ Iqbol Mirzo

Qutlayman! Aziz ayollar, Sizlar har kuni eʼzozlanishga haqlisizlar!

Kanalga ulanish: @birgap
14🥰5👏3
Baholash nima?
Taʼlimning joriy va yakuniy bosqichlarida oʻquvchilar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish jarayoni. Bunda oʻquv maqsadlari, ya'ni malaka talablari baholashga asos boʻladi.

Mezonlarga asoslangan baholash aniq belgilangan baholash mezonlari asosida baholash oʻquvchiga ham oʻqituvchiga ham quyidagi xulosalarni olish uchun xizmat qiladi:

🔸 oʻquvchi oʻrganishning qaysi bosqichida?
🔸 oʻquvchi qanday harakatlanmoqda (taʼlim jarayonida qayerga tomon yoʻnalgan)?
🔸 u kutilgan natijalarga erishishi uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozim?

Mezonlarga asosan baholashning birlamchi maqsadi oʻquvchilarning natijalari toʻgʻrisida obyektiv maʼlumotlarga ega boʻlish hamda ushbu maʼlumotlarni manfaatdor tomonlarga (maktab maʼmuriyati, oʻqituvchi, oʻquvchi, ota-ona) yetkazish.

Formativ baholash nima?
Sinfda yoki uydagi taʼlim olish jarayonida bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish darajasini aniqlashga moʻljallangan. U har xil shakllarda (ogʻzaki savol-javob, soʻrovnoma, test) olib boriladi va oʻqituvchi va oʻquvchiga oʻz faoliyatlarini tuzatishga, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga imkon beradi. Formativ baholar summativ, choraklik va yakuniy baholarni chiqarishda hisobga olinmasligi maqsadga muvofiq. Chunki bu turdagi baholash mavzu oʻtilgan vaqtning oʻzida amalga oshiriladi, oʻquvchi ma'lim koʻnikmani oʻzida shakllantirishi uchun esa koʻproq vaqt kerak boʻladi.

Summativ baholash nima?
Fanning yaxlit oʻquv boʻlimi mavzularini oʻrganish tugaganidan soʻng shakllanishi lozim boʻlgan bilim va koʻnikmalarining oʻzlashtirish darajasini aniqlash uchun moʻljallangan.

Summmativ baholash testlar, nazorat ishi, loyiha ishi kabi baholash ishlarini bajarish natijalari boʻyicha amalga oshiriladi. Summativ baholash uchun qoʻyilgan baholar fan boʻyicha choraklik, yillik yakuniy baholarini belgilash uchun asos boʻladi.

Kanalga ulanish: @birgap
👍1
Forwarded from IT taʼlim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tili_oqish_savodxonligi
#baholash
1-qism

“Ona tili va oʻqish savodxonligi”ni baholashda nima oʻzgaradi
? Formativ va summativ baholash o'rtasidagi farqlar

⚡️Video orqali batafsil ma'lumot oling!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Bolalar uchun ajoyib motivatsiya!

2024-yilda odamlar yana Oyga uchadi. Bu loyihaga Artemis nomi berildi. Ammo unga qadar (yaqin oylarda) Orion kemasi fazogirlarsiz uchiriladi. Bu sinov parvozi boʻlib, kema Oy atrofida bir marta aylanib yana yerga qoʻnadi.
Sizda Orion kemasiga chipta olish imkoni bor. Quyidagi havolaga kirib ism-familiyangizni yozing. Sizga elektron chipta beriladi va ismingiz roʻyxatga olinadi. Ismlar roʻyxati esa Oyga uchirilgan kemadagi maxsus chipda fazoni aylanib qaytadi. 👇

https://www.nasa.gov/send-your-name-with-artemis/

Matnni Bolalar yozuvchisi kanalidan oldim.

Kanalga ulanish: @birgap
👍3
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tili_oqish_savodxonligi
#baholash
2-qism

Davriy summativ baholash tizimiga qanday oʻtiladi?
Endi o'qituvchi har kuni qo'yadigan baho o'z kuchini yo'qotadimi?

⚡️Video orqali batafsil ma'lumot oling!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tili_oqish_savodxonligi
#baholash
3-qism

Oʻquvchi har kuni 5 bahoga oʻqib yursa-yu, summativ baholash jarayonida past baho olsa-chi? Oʻqituvchi aybdor boʻladimi?

⚡️Video orqali batafsil ma'lumot oling!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tili_oqish_savodxonligi
#baholash
4-qism

Ona tili va oʻqish savodxonligi fanida nega uyga vazifa yoʻq? Uyga vazifa bermasak oʻquvchi qanday qilib oʻrgatganlarimizni mustahkamlaydi?

⚡️Video orqali batafsil ma'lumot oling!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍1
Har eshikka yozilgan
"Balandlatmang ovozni!"
Qoʻshib qoʻymoq lozimdir
"Sevib qolmang ustozni!"


Ustozini yaxshi koʻrib qolganlar koʻp boʻlsa kerak-a😁

Kanalga ulanish: @birgap
🔥9
Forwarded from IT taʼlim
Boshlangʻich sinflarda bir kunda 3 yoki 4 tagacha nazorat ishlarini oʻtkazish mumkinmi?

📘Maʼlumki, boshlangʻich sinflar alohida fiziologik xususiyatga ega boʻlib, ularni o'qitishda sanitariya qoidalari va normalarida belgilangan meyorlarga rioya etish talab etiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligining “Oʻrta taʼlim maktablarda taʼlim shartlari va tashkil etilishiga qoʻyilgan sanitar-epidemiologik talablar” toʻgʻrisidagi hujjatida boshlangʻich sinflarda yozma ishlar olish tartibi belgilab qoʻyilgan.

📌Unga ko'ra, oʻquv kuni davomida bittadan ortiq nazorat ishini oʻtkazmaslik hamda nazorat ishlarini 2-4- darslarda oʻtkazish tavsiya etiladi.

Boshlangʻich sinflarda qoʻshaloq darslar oʻtkazilmaydi. Shuningdek, 1-sinflarda bir kunda 4 soatdan ortiq dars oʻtish mumkin emas, 2-4-sinflarda esa bu eng koʻpi bilan 5 soat etib belgilangan.

1-sinfda oʻqiyotganlar uchun eng qiyin fanlar 2-darsda,
2-4-sinfda oʻqiyotganlar uchun – 2-3-darslarda,
5-9-sinfda oʻqiyotganlar uchun – 2-4-darslarda oʻtkazilishi kerak.

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan ushbu, chorak oxirlagan ayni kunlarda mazkur talabga rioya qilishlarini soʻrab qolamiz.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Hozir Toshkent shahrida Sirgʻali (xalq tilida Sergeli boʻlib ketgan) tumanidaman. Aprobatsiya jarayonlarida ishtirok etyapman. Juda koʻpchilik, deyarli hamma, Sergeli tumani deb yozib beryapti. Men shu tuman nomi tarixiga qiziqdim. Quyidagi maʼlumotlarni sizga ham ulashib qoʻyay dedim:

Oʻzbek urugʻlarining eng qadimgilaridan biri yuz (juz) urugʻi boʻlib, uni forslar "sak", yunonlar "skif" deb atagan. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra turk soʻzi ham aynan shu urugʻ nomidan kelib chiqqan (yuz, bet, turq, turqmon).

Ana shu yuz urugʻi bir necha tarmoqlarga ajralgan. Radlovning 1888-yilgi maʼlumotlariga tayansak ular quyidagicha: qarabchi, tigʻiriq, quyonquloqli, tuyoqli, parcha yuz, xitoy yuz, sirgʻali, xitoy yuz (xoʻja), soʻroqli, erganakli.

Bundan xulosa qilsak Sirgʻali bu yuz urugʻlari tarkibidagi tarmoq urugʻ nomi. Bu urugʻning tamgʻasi sirgʻa shaklida boʻlganidan shunday nom olgan.

Kanalga ulanish: @birgap
👍16🔥1
Forwarded from Avtobusda
Koʻpchilik mana shu kichik choʻntakcha nima uchun kerakligini biladi. Lekin uni boshqa maqsadlarda ham ishlatish mumkin. Unga avtobus chiptasini yoki konduktor qaytim sifatida bergan tangani yoki oʻqituvchining oyligini, u ham boʻlmasa, talabaning stipendiyasini bemalol joylasa boʻladi.

@avtobusda
😁27😢6👍4🤯2🤣1
Forwarded from Uzbekonomics
Kanalimning nomiga sodiq qolgan holda navbatdagi kuzatuvim:

O’zbekistonda kutubxonalarning (+axborot resurs markazlari) soni:
2000 yilda: 6027 dona
2020 yilda: 400 dona

Bulardan, shaharlarda:
2000 yilda: 1013 dona
2020 yilda: 361 dona

qishloqlarda:
2000 yilda: 5014 dona
2020 yilda: 39 dona (!!)

Ya’ni, 20 yilda kutubxonalarimizning soni 93%ga (!) qisqargan. Bundan xulosani o’zingiz qilavering.

Kutubxona bu faqatgina kitoblar saqlanadigan, va faqat o’sha kitoblarni o’qish uchun boriladigan oddiy bino emas. Ular hatto faqat bilim olinadigan joy ham emas. Fuqarolik jamiyati rivojlanishida, kutubxonalarning, ayniqsa jamoat kutubxonalarning o'rni beqiyos.

Raqamlar Davlat statistika qo’mitasidan.

@uzbekonomics
Savol
Oʻquvchida matn yozish koʻnikmasini qanday shakllantirish mumkin?

Javob
Matn yozdirib.

P.S.: oʻquvchilarda yozish koʻnikmasini shakllantirish haqida materiallarim bor, lekin hozir juda band boʻlib ketdim. Xudo xohlasa bu haqda bafurja gaplashamiz. Hozircha mana shu javobni ayta olaman.

P.S.: haligi "Talaba doʻstimga +78 maslahat" kitobini ham tugatdim.

Kanalga ulanish: @birgap
👍3
Talabalikning oltinligi nimada?

“Talabalik – oltin davrim” degan gap hammaga tanish. Koʻpchilik bu gapni mana bunday tushunadi: bu davrda oʻynab qolish kerak, erkinlik va yodda qolarli xotiralarni boyitib olish zarur.

Toʻgʻri-da, yangi shahar, yangi doʻstlar, yangi madaniyat, yangicha darslar, qiziq-qiziq voqealar... xullas bunday yangiliklarning oxiri yoʻq.

Ana shunday qarashda yurganlar oʻziga quyidagi savollarni berib koʻrishi kerak:
˗ Men shu paytgacha nimani qoyillatdim?
˗ Qaysi fanni chuqurroq bilaman?
˗ Ertaga qanday ishni eplab keta olaman?
˗ Qaysi ishda eng zoʻri oʻzimman
?

Aminmanki, javoblaringiz qoniqarli boʻlmaydi.

Xoʻsh, talabalik davrining oltinligi nimada unda?

Aslida bu davr kelajakni oltinga aylantirish davridir. Afsonalarda oʻqiganmiz, alkimyogar hamma narsani oltinga aylantirish usulini izlaydi. Ayni mana shu formula bu talabalikdir. Siz bu davrda qunt bilan oʻqishingiz, oʻzingizni kuchli mutaxassis sifatida shakllantirishingiz kerak. Ota-onangizning yagona niyati bor – sizning baxtli va toʻkis kelajagingizni koʻrish. Siz ana shu kelajak poydevorini ayni talabalik davrida qurasiz.

Bunga oʻzimni yaqqol misol qila olaman. Men hozir ishlatayotgan bilimlarimning 70 foizini talabalik davrida vaqtdan unumli foydalanish evaziga egallaganman. Toʻgʻri hamma darslarda ham a’lochi boʻlganman deya olmayman, lekin mening maqsadim bor edi, oʻsha maqsad yoʻlida nimalar kerakligini aniqladim va oʻqidim, oʻrgandim, tajriba orttirdim.

Ishoning vaqtni toʻgʻri taqsimlasangiz oʻyin-kulgiga ham, ilmga ham vaqt yetadi.

Ha, yana bir gap, Sukerberg, Jek Ma, Eynshteyn kabilar talabalikda oʻqimagan degan afsonani miyangizdan chiqaring. Ular partada oʻtirmagan boʻlsa ham mustaqil oʻqigan, izlangan, oʻz ustida tinimsiz ishlagan.

P.S.: ushbu gaplar oʻzimning hamda Alisher Umirdinovning “Talaba doʻstimga 78+ tavsiya” kitobidagi fikrlarning qorishmasi hisoblanadi.

Kanalga ulanish: @birgap
👍15👏2