Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Ijod maktablari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan ta’lim dasturlari ishlab chiqildi
⚡️Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod maktablari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Dasturlarning asosiy maqsadi:
▶️ o’quvchilarda tahliliy va ijodiy matnlar yaratish kompetensiyalarini shakllantirish;
▶️ularni milliy va umuminisoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
👉Batafsil saytimizda o’qing.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

👍6
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhokamalarning “sevimli” savoli: sentabrmi yoki sentyabr?
Yangi darsliklarda nimaga asoslanib "sentyabr", oktyabr" ko'rinishida yozilyapti?
Respublika ta'lim markazi mutaxassisi Orif Tolib javob beradi.
👉Matn ko'rinishida o'qish
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

👍4👎2👏1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Эълон
❗️DIQQAT! DIQQAT!
Hurmatli ota-onalar va o'quvchilar!
⚡️Ertadan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlarining o'tgan yilgi test namunalarini e'lon qilishni boshlaymiz.
Test namunalaridan foydalanib, keyingi o'quv yili uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.
❕Bizni kuzatishda davom eting!
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
❗️DIQQAT! DIQQAT!
Hurmatli ota-onalar va o'quvchilar!
⚡️Ertadan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlarining o'tgan yilgi test namunalarini e'lon qilishni boshlaymiz.
Test namunalaridan foydalanib, keyingi o'quv yili uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.
❕Bizni kuzatishda davom eting!
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Ba'zan atrofdagilarning munosabatini, bosimini koʻrib negayam shu ishlarga bosh qoʻshdim, menga nima zarur edi, hammaga oʻxshab qoida yodlatib dars oʻtib yurishga qurbim yetardi, 50-60ta bola ovolib repititorlik qilsam hozirgidan ancha koʻp pul topardim-u deb oʻylab qolaman.
Yaxshiyam ustozlarim, doʻstlarim bor. Meni bunday xayollardan qaytarib turishadi. Eng quvonarlisi turli tomonlardan kelayotgan videolar, rasmlar bor. Bolajonlarning gaplari, yozganlarini oʻqib kuch olib turaman. Agar shular boʻlmasa, bu talashlar ichida allaqchon singan boʻlarmidim.
Ustozjonlar, men bir narsani sezyapmanki, bizda pedagogik kvalifikatsiya beradigan OTMlar deyarli ishlamay qoʻygan. Juda koʻpchilik, yaqinda bitirganlar ham, elementar nazariy bilimlarga ega emas. Eng kerakli tadqiqotlar qilinmagan. Bilmadim, bu oliy ta'limni oʻnglab boʻlarmikin.
Bu yerda kimnidir, qaysidir tomonni ayblashdan yiroqman, shunchaki, hamma oʻz ishini qilsa yaxshi edi. Ha mayli, hammasi mana shu bolajonlar uchun-ku, oʻzimni jiyanlarim, boʻlajak farzandlarim uchun-ku hech boʻlmasa.
Kanalga ulanish: @birgap

👍13👏2
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Test_namunalari_1_qism
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
❗️Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o'tgan yilgi qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilishni boshladik.
⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul imtihonlarining 5-sinf MATEMATIKA fanidan test namunalari.
✔️Bilimingizni biz bilan sinab ko'ring!
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
❗️Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o'tgan yilgi qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilishni boshladik.
⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul imtihonlarining 5-sinf MATEMATIKA fanidan test namunalari.
✔️Bilimingizni biz bilan sinab ko'ring!
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍3
Bugun bir ajoyib maslahat bermoqchiman, bu aslida talabalar uchun, lekin buni hamma qoʻllayversa boʻladi.
Siz har doim biror nimani reja qilganingizda aniq, konkret rejalashtiring, imkon boʻlsa yozib qoʻying,
Masalan:
❌ Men ertaga maqola oʻqiyman
emas
✅ Men ertaga soat 7-00da uygʻonaman, ish stolimda oʻtirib, Duglas Braunning "English Language Teaching in the "Post-method" Era: Toward Better Diagnosis, Treatment and Assessment" maqolasini 1 soat davomida oʻqiyman.
Reja qilganda imkon qadar barchasini aniq belgilash kerak, miya ham oʻzini shu rejalarga mos dasturlab ishga tayyor turadi.
⚠️ Diqqatni jamlash haqida ham bir kichik maslahat:
Agar diqqatni bir joyga qarata olmayotgan boʻlsangiz, sham oling, uni yoqib 5-8 daqiqa davomida unga termulib turing (olovga juda yaqin turmang, koʻzga zarar yetmasin). Olovning yonishiga qarab turgan vaqtingizda keraksiz xayollardan bir-bir voz keching.

👍15❤1
Avloniy ilmiy tekshirish institutida qilayotgan ishimiz haqida qisqacha...
https://uza.uz/oz/posts/zamonaviy-yondashuv-oqib-eshitib-tushun-fikrni-ogzaki-va-yozma-bayon-qil_346451

Uza.uz
Zamonaviy yondashuv: o‘qib, eshitib tushun, fikrni og‘zaki va yozma bayon qil
Ta’lim tizimida barcha fanlarning o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, har bir fan shaxs kamolotining u yoki bu maqsadlari amalga os
#kayfiyat #mood
Ayb toʻlaligicha oʻzingda ekanini bilish, ich-ichingdan his qilish ogʻir. Inson odatda bunaqa qilmaydi.
Yuqoridagi hisdan ham ogʻirrogʻi bor, menimcha, inson tuya oladigan eng ogʻir his shu boʻlsa kerak:
vaziyatda toʻliq sen aybdorligingni his qilasan, lekin vaziyatni oʻnglash imkonsiz. Goʻyo poyezd ketib boʻlgan-u sen chiptaxonaga borib chipta soʻrayapsan. Sizni bilmadim-u, menimcha, bu juda ogʻir.
Aytishingiz mumkin, bir poyezd ketsa keyingisi keladi, ozroq sabr kerak deb. Bu borada sizga hamfikr boʻlolmayman. Toʻgʻri, boshqa poyezd keladi, lekin u poyezd boshqa, tushunyapsizmi, umuman boshqa.
P.S.: bu gaplarning darslikka umuman aloqasi yoʻq

👍2
Forwarded from Baxtiyor ABDUG'AFUR
Olimning tovar belgisi
Olimning tovar belgisi – bu uning ismi-sharifi. Olim zo’r bo’lsa, ilmiy ishlari mashhur bo’lsa, albatta, uning ismi-sharifi fanning muayyan sohasida brendga aylanadi. Nufuzli nashrlar o’sha olimning taqrizlari, fikrlari uchun pul to’laydilar; katta-katta gonorarlarga ma’ruzalarga chaqiradilar. Ilmiy loyihalar olish imkoniyati keskin oshadi (bizdaku noyob hodisa, kerak bo’lsa, Nobel sovrindori ham yillab kutadi...).
Olim ismi-sharifini qanday qilib brendga aylantiradi? Albatta, ilmiy ishlarini nufuzli jurnallarda chop etish orqali! Ya’ni, bizda og’riqli masalaga aylanib borayotgan Scopus yoki Web of Science (WOS) jurnallarida.
Horijda PhD qilayotgan har bir kishi 2-3 yil umrini bir ilmiy muammo yechimiga bag’ishlab, ilmiy maqola yozadi va uni imkoni boricha impakt faktori yuqori jurnalda e’lon qilishga harakat qiladi. Nashr ettiradi. Shu bilan o’sha olimning H-indeksi ochiladi. Yana izlanadi, yana maqolalar, H-indeksining oshishi... H-indeksi osha-osha nafaqat olimning salohiyati oshadi, balki uning ismi-sharifi brendga aylanadi. Brend endi o’sha olimga ham ishlaydi. Ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan.
Horijda (O’zbekistonda emas!) ilmga qadam tashlayotgan har bir yosh tadqiqotchining bitta maqsadi bo’ladi: brend sohibi bo’lish!
Shuning uchun yosh olimlarimizga bir maslahatim bor: ilmga kirdingizmi, shaxsiy brendingizni yaratishni maqsad qiling! Buning uchun zamonaviy ilm va uni nufuzli jurnallarda chop etish, kifoya. Aksariyat yosh olimlarning ilmiy rahbarlari Scopus yoki WOS jurnallarida maqola e’lon qilmagan. Bunday maqolalar uchun qanday ilmiy ishlar qilishni ham bilmaydi. Tabiiyki, bu borada shogirdiga yordam berishi dargumon.
Shunday sharoitda yosh olimlarga maslahatim. Ilmiy rahbaringizdan yordam kutmang, doktorantura muddati tugashi bilan endi o’zingiz yolg’iz qolasiz, ilmiy rahbaringiz oladiganini olib bo’ladi.
Sohangizda nufuzli bo’lgan uch-to’rt jurnal saytlariga kirib, maqolalarning resume’larini ko’zdan kechiring, keyingi yillarda qaysi mavzular e’lon qilingan. Trenddagi tadqiqot mavzulari haqida tasavvur hosil bo’ladi.
O’sha maqolalardagi tadqiqot usullarini (protocols) belgilab oling. Tajribani qanday qilishni You-tube’dan o’rganing. Har biri batafsil ko’rsatilgan. Sizga boshqa narsa kerak emas.
Jurnallarda maqola chiqarish pullik deydiganlar, xuddi o’sha jurnal bepul chiqarishini ham bilmaydi. Chunki ular bu jurnallarda maqola chiqarmagan. Maqola qabul bo’lganda jurnal so’raydi: “open-access”mi yoki yo’q? “Yo’q” desangiz tekin, jurnal saytida maqolaning faqat “abstract”i qo’yiladi, to’liq matnni o’quvchi sotib oladi. O’sha matnni to’liq ko’rinadigan qilib qo’yishi uchun pul to’lanadi. Pullik degani shu! Farqiga borganimizda, bunchalik qarshiliklar bo’lmasdi.
Bir narsa esingizdan chiqmasin: olim nafaqat boy bo’lishi, balki ishbilarmon-millioner bo’lishi ham mumkin! Bu faqat sizga bog’liq.

Bugun soat 18:30da "Oʻzbekiston" telekanalida "Munozara maydoni" koʻrsatuvida qatnashaman. Olim boʻlish osonmi? degan mavzuda munozara qilamiz.
Menimcha, Bobek haqida yozganlarim sabab chaqirishgan.
Koʻrsatuvni yaxshi koʻraman, tahlilga va fikr aytishga imkon berishadi.
Rasmda koʻrsatuv boshlovchisi Nilufar Jumayeva
Kanalga ulanish: @birgap
Menimcha, Bobek haqida yozganlarim sabab chaqirishgan.
Koʻrsatuvni yaxshi koʻraman, tahlilga va fikr aytishga imkon berishadi.
Rasmda koʻrsatuv boshlovchisi Nilufar Jumayeva
Kanalga ulanish: @birgap
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Televideyaga borganimda bitta yaxshi va bitta yomon tomonini his qilaman doim.
Yaxshi tomoni:
aytadigan gapingni kengroq ommaga yetkazishing mumkin. Bu esa sen kabi fikrlovchilarni koʻpaytirishi yoki senga boshqacha qarashlarni ham kuzatish imkonini berishi mumkin.
Yomon tomoni:
yuzingga pudra surtishlari🙃 Ochigʻi birinchi marta pudra surtmoqchi boʻlgan qizni urishib berishdan sal beri boʻlganman (shunday chiroyli qiz edi-ya), keyin rejissyor chiroq tushirsam peshonangiz yaltirab qolyapti (peshonayam keng boʻlsa qiyin), bundan boshqa iloj yoʻq degan. Shundan beri har borsam grimchi qiz kelsa indamay yuzimni tutib beraman, chunki u yerda injiqligimdan koʻra aytadigan gapim muhimroq.
Menimcha, bugungi koʻrsatuvda ham kerakli gaplarimni ayta oldim. Koʻrsatuvni koʻrgan yoshlar oʻzlari uchun xulosalar chiqarib olishiga imkon yaratib bera oldik deb oʻylayman. Koʻrsatuvning 52 daqiqasi Facebook tarmogʻida yozib olingan ekan, shuni joylayapman. Toʻligʻi YouTubeda chiqqach uni ham ulashaman.
@birgap

😁11👍9
Forwarded from IT taʼlim
“Ona tili va oʻqish savodxonligi”ni baholashda nima oʻzgaradi? Ovozli chat orqali savollaringizga javob oling!
❓Uyga vazifa bermasak oʻquvchi qanday qilib oʻrgatganlarimizni mustahkamlaydi?
❓Oʻquvchilarga har kuni baho qoʻyib bormasak, ular fanni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini yoʻqotmaydimi?
❓Biz 5 baho qoʻyib yurgan oʻquvchi, summativ davriy baholashda past baho olsa oʻqituvchi notoʼgʻri baholab yurgan boʻlib chiqadimi?
⚡️Shu va shu kabi savollarga 16-fevral 15:00 da Respublika taʼlim markazi Standart va baholash boʻlimi metodisti, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligi mualliflaridan biri Shokir Tursun bilan boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun @edurtm_uz da boʻlib oʻtadigan ovozli chat orqali javob oling!

Forwarded from Digital Generation Uzbekistan
👩💻Raqamli Avlod Qizlari 2022 - Ro'yxatdan o'tish boshlandi!
IT sohasiga qiziquvchi qizlar uchun ajoyib yangilik! Raqamli Avlod Qizlari loyihasining bu yilgi mavsumiga start beramiz! Loyiha davomida Dasturlash (mobil) 👩💻, Raqamli Dizayn (fashion) 🎨, SMM&PR, Branding 💻 va Biznes Analitika 📊 bo'yicha tajribali mentorlarimiz tomonidan professional darslar va xalqaro kompaniyalar ekspertlarining mahorat darslari tadbir ishtirokchilarini kutmoqda!
Qiziqyapsizmi? Unda, ro'yxatdan o'ting va dasturchi qizlarning eng yirik hamjamiyatiga qo'shiling! 🤩🙋♀
📍Tadbir manzili:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab
✅Ro'yxatdan o'tish muddati:
24-fevral, 2022-yil
📝Ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot👇
ladies.digitalgeneration.uz
PS: 🎁Tadbir yakunida har bir yo'nalishning eng faol va g'olib ishtirokchilarini qimmatbaxo sovg'alar kutmoqda (noutbuk, televizor, v.h.k)
_______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
IT sohasiga qiziquvchi qizlar uchun ajoyib yangilik! Raqamli Avlod Qizlari loyihasining bu yilgi mavsumiga start beramiz! Loyiha davomida Dasturlash (mobil) 👩💻, Raqamli Dizayn (fashion) 🎨, SMM&PR, Branding 💻 va Biznes Analitika 📊 bo'yicha tajribali mentorlarimiz tomonidan professional darslar va xalqaro kompaniyalar ekspertlarining mahorat darslari tadbir ishtirokchilarini kutmoqda!
Qiziqyapsizmi? Unda, ro'yxatdan o'ting va dasturchi qizlarning eng yirik hamjamiyatiga qo'shiling! 🤩🙋♀
📍Tadbir manzili:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab
✅Ro'yxatdan o'tish muddati:
24-fevral, 2022-yil
📝Ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot👇
ladies.digitalgeneration.uz
PS: 🎁
_______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Audio
“Ona tili va oʻqish savodxonligi”ni baholashda nima oʻzgaradi? Ovozli chat orqali savollaringizga javob oling!
❓Uyga vazifa bermasak oʻquvchi qanday qilib oʻrgatganlarimizni mustahkamlaydi?
❓Oʻquvchilarga har kuni baho qoʻyib bormasak, ular fanni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini yoʻqotmaydimi?
❓Biz 5 baho qoʻyib yurgan oʻquvchi, summativ davriy baholashda past baho olsa oʻqituvchi notoʼgʻri baholab yurgan boʻlib chiqadimi?
⚡️Shu va shu kabi savollarga 16-fevral 15:00 da Respublika taʼlim markazi Standart va baholash boʻlimi metodisti, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligi mualliflaridan biri Shokir Tursun bilan boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun @edurtm_uz da boʻlib oʻtgan ovozli chat orqali javob oling!

Bu qiz Lucy Bella Earl. Hozir Lucy Bella Simkins boʻldi. 2019-yili Uil Simkins ismli fermer yigitga turmushga chiqqandi. Oʻzi Milton Keynes (Angliya)da tugʻilib oʻsgan. Vestminister universitetini tamomlagan. Italyan va Ispan tillarini ham biladi (oʻsha davlatlarga borib oʻrganib kelgan). Ingliz tilida suhbat qilishga oʻrgatuvchi frilanser sifatida ham faoliyat yuritadi. Yoshi 27 da
Shu qizning YouTube'da ingliz tilini oʻrgatadigan kanali bor. https://englishwithlucy.ck.page/9258b8611a mana shu joydan obuna boʻlib qoʻysangiz elektron pochtangizda har hafta yangi PDF faylda topshiriqlar yuborib turadi. Har hafta yangi topshiriq oʻylab topishga erinmaydi. Darslari qiziq, samimiy ruhda oʻtadi. Menga eng yoqadigani uning talaffuzi. Talaffuzini sevaman-da, oʻylashimcha, YouTubeda "edubloger"lar ichida talaffuzi eng "toza"si shu. Linguamarina ham bor, lekin u juda tez gapiradi tushunishga sal qiynalaman.
Shuncha gapni gapirib aslida nima demoqchi edim, kimdir ingliz tilini oʻrganayotgan boʻlsa ana sizga sof britancha talaffuzga ega, har hafta kuzatuvchilariga yangi topshiriqlar tayyorlashga erinmaydigan oʻqituvchi. Qoʻshimcha manba-da bu ham. Kanaliga yoʻnaltma:
English with Lucy kanali:
https://www.youtube.com/channel/UCz4tgANd4yy8Oe0iXCdSWfA
Lucy Bella kanali (bu yerda til oʻrgatmaydi onlayn kundalik desa ham boʻladi):
https://www.youtube.com/channel/UCF6eEVtJokEFdaTDL5BKT4w

👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#achichiq_kulgu
Bir maza qilib kulib olaylik, yigʻlash ham mumkin...
Hojiboy Tojiboyev muammolarni kulgiga aylantirishga usta edi.

👍12😁2