Shokir Tursun qarashlari
5.87K subscribers
856 photos
137 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Yaxshi boʻldi. Oʻqishlar oflaynga qaytarmish. 7-fevraldan deyishdi.

Juda ham xursandman.

Kanalga ulanish: @birgap
👍4👎2
Talabalarga yoqmaydigan gap aytishga majburman yana.

Shu kecha 7-fevraldan oʻqish ekan deyishgandan beri "oʻyin qilyapsizlarmi", "oʻyinchoqmizmi" degab gaplarni koʻp eshityapman.

Qiziq, nega unaqa deyapsizlar, axir dekabrda Yangi yil bayramiga deb ketganingizdan beri hali qaytmadingiz-ku.

Oʻyin boʻlishi uchun sizlarni yanvar oyida chaqirishlari, bir-ikki kun oʻqitib uyga qaytarishlari keyin 7-fevralda yana chaqirishlari kerak edi, lekin bunday boʻlmadi-ku. Shunda nimasi bilan oʻyin boʻldinglar, men tushunmay qoldim.

Amaliyotga chiqadigan kurslar haqida bir nima deyolmayman, bunday vaziyatda universitetlarning rahbariyati bir qarorga kelishi va amaliyotni oʻz hududida oʻtaydiganlarni boshqa viloyatdagi oʻqishga chaqirmagani maʼqul.

Kanalga ulanish: @birgap
👍15👎2👏2
#oʻzbekchasiborku

Darsliklarda batareyka soʻzi oʻrniga quvvattosh soʻzi taklif qilinganini koʻrib qolsangiz hayron boʻlmang.

Akkamulyator esa quvvatdon deyish mumkin.

Ventilyatorni yelparrak deb oʻzbekchalashtirish mumkin.

Peshexodniy perexod (xalq tilida peshexod) soʻzining oʻzbekchasi bor - piyodalar oʻtish yoʻlagi. Bu juda uzun shuning hamma peshexod yoki zebra deb qoʻya qoladi. Men esa yoʻlkesar deyishni taklif qilaman.

100% oʻzbekcha boʻlmasa ham oʻzbek tilida uzoq vaqt ishlatib kelingan soʻzdan foydalanish yaxshi-da baribir.

Bu bilan hamma soʻzni oʻzbekcha qilib tashlash kerak deyotganim yoʻq.

Kanalga ulanish: @birgap
👍20👎3🥰1👏1
Ron Uizli “ikkinchi sort” odami

“Garri Potter” asarini o‘qigan, kinosini ko‘rgan odam biladiki, Ron hech qachon o‘zidan qoniqmagan sifatida gavdalanadi. Buning sababi nimada? Bittagina o‘zi tomonidan gapirilgan gap u nima uchun o‘zidan qoniqmasligi, mukammal bo‘lishga intilishi ochib berilgan:

“Beshta akam bor. Men oltinchiman. Endi men ham ular kabi zo‘r bo‘lish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishim kerak. Bill maktabning eng yaxshi o‘quvchisi edi, Charli kviddich o‘ynar va sardorlik bog‘ichi unda edi. Persi esa sinf sardori, Fred va Jorj shumliklar qilsa ham ularning baholari yaxshi, barcha ularni yaxshi ko‘radi. Endi esa hamma mendan ulardek eng yaxshilardan bo‘lishimni kutishadi. Agar shunday bo‘lgan taqdirda ham hech narsa o‘zgarmaydi, axir men eng kichigiman. Demak, men ulardan ham yaxshiroq bo‘lishim kerak, bu qo‘limdan kelmaydi deb o‘ylayman”.

Oxirgi jumlaga e’tibor bersangiz, Ronda o‘ziga nisbatan ishonchsizlik yuqori. Chunki unga onasi akalarini o‘rnak qilib ko‘rsataverganidan, u o‘zini “ikkinchi sort” odami deb his qila boshlagan. U akalaridek, balki ulardan yaxshiroq bo‘lish uchun harakat qilishni hayotdagi maqsad deb o‘ylaydi. O‘zi bo‘lib qolishni unutadi. Kamiga yonidagi Germiona barcha fanlarda undan yaxshiroq o‘qiydi, Garri esa kundan-kunga mashhurroq bo‘lib boradi. Ronga bu ham bosim beradi. Shu tariqa u o‘zligini unutadi.

Juda ko‘p insonlarda o‘zini “ikkinchi sort” odami deb hisoblashni kuzatishimiz mumkin. Yaqinlari ularga boshqalarni o‘rnak qiladi, ulardek bo‘lish talabini qo‘yadi, taqqoslayveradi. Natijada, inson o‘zidan qoniqmay qo‘yadi. Bu fojia.

Ota-onalar farzandlariga o‘zlari bo‘lishiga qo‘yib berishi kerak. Kimdandir o‘tib ketish talabi, kimnidir o‘rnak qilishi bolaga yomon ta’sir qiladi. U hayotda musobaqalashishga harakat qilib, umrini bekorga sarflaydi. O‘zidan qoniqmay qo‘yadi. Rouling Ron Uizli misolida shunday insonlarga murojaat qilgandek, go‘yo.

Ushbu maqola https://t.me/marufjonblogi dan olindi.
👍9👎1
Jahon bankining Oʻzbekiston xalqi moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha loyiha ishlab chiqqanini eshitgan edim. Mana bu qoʻshiq va klip shu loyiha doirasida ishlangan ekan.

Jahon banki ham bizga qoʻshiq va klip yaxshiroq ta'sir qilishini. Har kuni SMS yuborish, TVda koʻrsatish befoyda ekanini tushunib qolganmi deyman.

https://www.youtube.com/watch?v=oGvRnMBRmvI

Kanalga ulanish: @birgap
😁1
Kechasi bilan darslik, oʻqituvchi kitobi hamda mashq daftari ustida ishlab uxlamagan Shokirning avtobusda mudragan holda oʻylayotgan oʻylari:

Bugun bunchayam daxsahtli kun boʻlmasa-ya? Ishxonada xizmat vazifalaringni bajar, darslik va daftarlarni dizaynerga topshir, 5 - 11-sinflar uchun malaka talablarini yana qayta koʻrib chiq, 14ta kitob 6ta dissertatsiya asosida tuzilgan 20ta mavzuli mustaqil ishni topshir, Ilmiy tadqiqot metodologiyasi (nomi uzun men qisqartirib shunaqa deyman) fanidan yakuniy nazorat topshir, OʻzMaT loyihasi uchun dialog qidir va tanla.

Bu avtobus namuncha silkinmasa, mizgʻib olishga ham qoʻymayapti...

Yakuniyni qanday topshiraman, kalla boʻm-boʻsh-ku. Yoʻq, nega boʻsh boʻlarkan, ilmiy ish yozish qoidalari-yu tartibini yaxshi bilaman, ammo kitobiy atamalar va ta'riflar borasida "nol"man. Buning ustiga men ilmiy ish yozmaydigan soha - adabiyot yoʻnalishida ilmiy ish yozish metodologiyasi boʻyicha ham imtihon boʻladi bugun...

Iye, anavi ayol qachon chiqdi, unga joy berish kerak, oʻzi nega avtobusning oldi tomoniga oʻtib olganman?..

Qiziq, ayam bizni katta qilguncha qanday chidagan ekan-a? Har kuni darsga bor, 5-6 soat dars oʻt, uy ishlari, ehhe...

Menga nima boʻlyapti oʻzi, nega oxirgi payt koʻp narsaga ulgurmayapman?..

Ha mayli, bekatim kelib qoldi, hozir shu avtobusdan tushaman-u boshqasiga chiqmayman, qolgan yoʻlni piyoda bosib oʻtaman...

Kanalga ulanish: @birgap
👍15😢8😁2
Bugunga kelib telefon va noutbuklar deyarli oʻquv quroliga aylanib boʻldi. Buyogʻiga ularga boʻlgan ehtiyoj ortsa ortadiki, hech kamaymaydi.

Oʻylashimcha, mamlakatdagi barcha oʻqituvchilarga noutbuk tarqatish (pulini boʻlib-boʻlib 2 yil davomida toʻlash evaziga) kerak.

Umuman olganda qaysidir kompaniya bu ishni qilsa pulni tagida qoladi rosti. Kelinglar, oddiy arifmetika qilamiz:

Bir firma bitta tumanni ta'minlay olsa kerak, taxminan 5 000 oʻqituvchini deylik.
Bir noutbukning tannarxi 6 000 000 soʻm (taxminan). 5000x6 000 000= 30 000 000 000.
Firma uni boʻlib toʻlash va ikki yilga berayotgani uchun ustama qoʻyadi, aytaylik 24 % qoʻysin shunda noutbuk narxi 7 500 000 soʻm boʻladi. Shunda sotuvdan 37 500 000 000 tushadi. Ya'ni ikki yilda 7,5 milliard foyda. Bu yerda inflaytsiyani ham hisobga olib 2,5 - 3 milliard ayirib tashlaymiz shunda sof foyda 4 000 000 000 boʻladi.

Toʻgʻri, bu 30 milliard pulni boshqa narsaga tiksa bundan koʻproq foyda kelishi mumkin, lekin buni ham oʻylab koʻrsa boʻladi.

Bir oʻylanib qoldim-da, amalga oshirsa boʻladi. Hech boʻlmasa davlatni oʻzi qilsa ham boʻladi. Yoki qaysidir aloqa kompaniyasi noutbuk beramiz evaziga siz bizdan sim karta sotib olib mana bu modemni ulab internet ishlatasiz degan shart bilan sal arzonroq qilib sotishi ham mumkin.

Kanalga ulanish: @birgap
👍8
Marhamatdagi uzr soʻratish sahnasini qoralayman.

Bu shunchaki ahmoqona ish. Hokimlikdagi va tuman XTBdagi vallomatlar oʻqituvchiga koʻcha tozalatib yurganingizda, paxtaga olib chiqqaningizda hech uzr soʻramagan edingiz-ku. Sizga oʻxshaganlarning qiliqlarini deb tushib ketmadimi taʼlim sifati.

Siz emasmi maktabdagi moddiy texnik bazaga javobgar. Oʻsha maktabda nechta kompyuter bor? Nechta xonada monitor oʻrnatilgan?

Xoʻp, oʻquvchilar oʻqishga kirishda yaxshi natija koʻrsatmagan ekan bunda faqat oʻqituvchi aybdormi? DTMning hech aybi yoʻqmi? Imtihonlar va taʼlim mazmuni mosligi borasida ham aql yuritsangiz boʻlardi. Oʻzi bu nima ekanini bilasizmi?

Xullas, tutab ketyapman, oʻsha hokim yordamchisi farosatsiz, tuman XTB mudiri esa oʻqituvchilar xoini, MENIMCHA.

Shunchalik zoʻr ekansan, hamma oʻqituvchini malaka oshirishga yubor, majburiy malaka oshirish kurslariga yozdir, nomard.

Kanalga ulanish: @birgap
👍17🔥2
Bir paytlar, bir yilcha oldin, mana bunaqa narsa yozgan ekanman.

Baʼzi imlo xatolari uchun uzr. Negadir yozib boʻlgach, tahrir qilolmay qolgandim oʻsha payt.

https://shokiryuldash.medium.com/aqshning-xatosini-takrorlmaslik-kerak-4bcd519055dd
Forwarded from Shunchaki... (Zulfiyaxon G'ulomjon)
Navbatdagi ahmoqlik!
Bu nima tomosha endi? Yaponlar reys qoldirilgani uchun uzr so'rashgani haqidagi maqolada ko'rgandim bunaqa rasmni.

Shermatov XTV uchun ko'p yaxshi ishlar qildi, rahmat, ammo maktablarni rangarga ajratish va bunda OTMga kirish ko'rsatkichini mezon qilib olish mutlaqo xato ish bo'ldi.

Binobarin, OTMga kirish ko'p narsaga bog'liq nafaqat maktabdagi ta'limga.
Birinchidan, DTM testlari xotira talab qiladigan tizim sifatida haqiqiy bilim va qobiliyatni tekshirish, baholashga yaroqsiz.
Ikkinchidan, bitiruvchilar soni bilan OTMlarda ajratiladigan kvotalar soni nomutanonib.
Uchinchidan, hamma hududda ham OTMga kirish eng zaruriy talab emas. Masalan, o'tgan yili Namanganga borganimda, ustozlar aytgandi "BIzda oilaviy hunarmand aksariyati, shuning uchun OTMga kirish niyati ham yo'q deb.
Eng yaxshi kostyum-shimlar, rostdan ham, Namanganda tikiladi-yu!
Bolaning shaxsiy qiziqishi, layoqati, sharoiti, viloyatlardagi universitetlar soni kabi o'nlab faktorlarni ham inkor qilib bo'lmaydi.
@suvaydo
👍12🔥1
Universitetimizda ajoyib-u gʻaroyib bir qoida bor. Talabalik guvohnomasi va tibbiy niqobing boʻlmasa oʻqish binosiga kiritilmaysan goʻyoki.

Kelishing bilan mana shu qoida asabingni buzadi.

Yoʻq-yoʻq, men niqobga qarshi emasman, shunchaki, qoidami qoida boʻlsin-da. Seni niqob taqmasang kiritmayman deb turganda bino ichidan niqob taqmagan bir gala talabalar chiqib ketadi. Qorovul koʻz oldidan taqib oʻtsang bas, ikki qadam narida yechib axlatga otsang ham it qaramaydi.

Yo ichkarida ham taqishni majburiy qilish kerak, yo rejimni bekor qilish kerak. Bu taklif butun jamiyatga ham tegishli.

Kanalga ulanish: @birgap
👍19🔥4
Ijod maktablari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan ta’lim dasturlari ishlab chiqildi

⚡️Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod maktablari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Dasturlarning asosiy maqsadi:

▶️ o’quvchilarda tahliliy va ijodiy matnlar yaratish kompetensiyalarini shakllantirish;

▶️ularni
milliy va umuminisoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.

👉
Batafsil saytimizda o’qing.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍6
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhokamalarning “sevimli” savoli: sentabrmi yoki sentyabr?

Yangi darsliklarda nimaga asoslanib "sentyabr", oktyabr" ko'rinishida yozilyapti?

Respublika ta'lim markazi mutaxassisi Orif Tolib javob beradi.

👉Matn ko'rinishida o'qish

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍4👎2👏1
#Эълон

❗️DIQQAT! DIQQAT!

Hurmatli ota-onalar va o'quvchilar!

⚡️Ertadan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlarining o'tgan yilgi test namunalarini e'lon qilishni boshlaymiz.

Test namunalaridan foydalanib, keyingi o'quv yili uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Ba'zan atrofdagilarning munosabatini, bosimini koʻrib negayam shu ishlarga bosh qoʻshdim, menga nima zarur edi, hammaga oʻxshab qoida yodlatib dars oʻtib yurishga qurbim yetardi, 50-60ta bola ovolib repititorlik qilsam hozirgidan ancha koʻp pul topardim-u deb oʻylab qolaman.

Yaxshiyam ustozlarim, doʻstlarim bor. Meni bunday xayollardan qaytarib turishadi. Eng quvonarlisi turli tomonlardan kelayotgan videolar, rasmlar bor. Bolajonlarning gaplari, yozganlarini oʻqib kuch olib turaman. Agar shular boʻlmasa, bu talashlar ichida allaqchon singan boʻlarmidim.

Ustozjonlar, men bir narsani sezyapmanki, bizda pedagogik kvalifikatsiya beradigan OTMlar deyarli ishlamay qoʻygan. Juda koʻpchilik, yaqinda bitirganlar ham, elementar nazariy bilimlarga ega emas. Eng kerakli tadqiqotlar qilinmagan. Bilmadim, bu oliy ta'limni oʻnglab boʻlarmikin.

Bu yerda kimnidir, qaysidir tomonni ayblashdan yiroqman, shunchaki, hamma oʻz ishini qilsa yaxshi edi. Ha mayli, hammasi mana shu bolajonlar uchun-ku, oʻzimni jiyanlarim, boʻlajak farzandlarim uchun-ku hech boʻlmasa.

Kanalga ulanish: @birgap
👍13👏2
#Test_namunalari_1_qism
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o'tgan yilgi qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilishni boshladik.

⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul imtihonlarining 5-sinf MATEMATIKA fanidan test namunalari.

✔️Bilimingizni biz bilan sinab ko'ring!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍3