Shokir Tursun qarashlari
5.88K subscribers
856 photos
138 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Forwarded from IT taʼlim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbek tili va Adabiyotni o'qitishning zamonaviy metodikasi integratsiya, metodologiya va amaliyot" mavzusida xalqaro konferensiya materiallari

📘Mavzu: “Ona tilini o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar”
👩🏻‍💼Ma'ruzachi: Iroda Azimova

✍️Michael Swan:"Gramatikani o'rganish, tilni o'rganishdan ancha oson"

👉shu kungacha ona tilidagi asosiy kamchilik: mashqlarning amaliyotga yetarli darajada bog'lanmaganidir;
👉ona tili darslarining asosiy vazifasi mustaqil va tanqidiy fikrlash bilan bog'liq bo'lishi kerak
👉chiziqli yondashuv ta'lim samarasini tushuradi;

Batafsil: Videoda

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from IT taʼlim
Konteksda berish.pdf
1.3 MB
"O'zbek tili va Adabiyotni o'qitishning zamonaviy metodikasi integratsiya, metodologiya va amaliyot" mavzusida xalqaro konferensiya materiallari

📘Mavzu: Ona tili darslarda lingvistik bilimni konteksda berish
👩Muallif: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlari nomzodi, Iroda Azimova

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍4
Forwarded from IT taʼlim
Integrativ yondashuv.pptx
3.8 MB
"O'zbek tili va Adabiyotni o'qitishning zamonaviy metodikasi integratsiya, metodologiya va amaliyot" mavzusida xalqaro konferensiya materiallari

📘Mavzu: Ona tilini o'qitishda integrativ yondashuvni qo'llash mavzusi.
👩🏻‍💼Ma'ruzachi: Mavlonova Klaraxon Mahmudovna, Alisher Navoiy nomidagi ToshDo‘TAU Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍4
Bu dunyoda tan olmaydigan haqiqatlarimiz juda koʻp. Masalan:

baxtli boʻlish uchun baribir pul kerak.

Men baxtli yashash uchun boylik, pul kerak emas deydiganlarni utopiklar deb oʻylayman.
Oddiy misol men baxtli boʻlishim uchun, avvalo, yashashim kerak, yashashim uchun esa yeyishim, sogʻligimga qarashim kerak. Xoʻsh bular bepul yoki arzonmi? Albatta yoʻq.

Mana shundan kelib chiqib baxtli boʻlish uchun pul kerak deb oʻylayman. Inson moliyaviy jihatdan mustahkam boʻlmas ekan baxtli boʻlishligi ehtimoli ham juda kam.

Endi siz ham tan olmaydigan haqiqatlarimizdan birini yozib qoldiring. Men oʻzimnikini yozyapman:

Baxt boylikka bogʻliq.

Kanalga ulanish: @birgap
👍9👎1
Aqlli qiz edi-ku,
Hammasini bilardi:
Menga koʻzi tushganda
Miyigʻida kulardi.

Kitobimning ichidan
Uchib tushar suvrati,
Sevmaganman men uni,
Abdul yaxshi koʻradi!

Yirtaman deb suvratin,
Yirtolmayman har kuni,
Sevmaganman men uni!
Sevmaganman men uni!..

She'rni toʻliq oʻqish uchun:
https://telegra.ph/Zulfiyaga-qarama-01-30

Kanalga ulanish: @birgap
👍6🤮1
​​Ukalarim, singillarim, akalarim-u opalarim! Kuyinganimdan, achinganimdan yozyapman.

Toshkentdan vodiyga ketishda dovondan oʻtasiz. Oʻsha dovonda qurutchi xolalar bor. Toʻxtab mashinadan tushushingiz bilan “hey barno yigit”, “hov qora qosh ukam” deb rosa maqtashadi. Aslida sizning qoshingiz yoʻq, turqingiz sherni choʻchitadigan darajada boʻlsa ham shunaqa deb maqtab qurutini sotishadi. Maqsad bitta – qurutni sotish. Ular shu missiyani bajarsa boʻldi.

Xoʻsh, nega buni aytyapman, Qozogʻiston degan davlatda bir yaramas tashkilot bor – Bobek. Xuddi dovondagi qurutchi xolalarga oʻxshaydi. Sizni maqtab-maqtab, MDHning eng yaxshi yosh olimi, MDHning eng yaxshi talabasi degan unvonlar, medallarni berib sizning 50-60$ (550 – 650 ming) pulingizni olishni maqsad qilgan xolos u. Bundan boshqa dardi yoʻq. Aks holda maqola yozgan hammaga oʻsha medalni beraverarmidi? Axir tanlovda hamma gʻolib boʻlishi mumkinmi?

Endi sizga savol: siz va qurutchi xolaning “xushomad”lariga uchib qurut sotib olgan odam orasida nima farq bor? Oʻzingizni, ilmingizni yerga urmasangiz-chi. Yana oʻsha sotib olingan medal bilan maqtanishingizga oʻlaymi? Shu darajada past koʻrasizmi oʻzingizni?

Oʻsha Bobek tashkiloti aralashdimi, albatta, yolgʻon bor.

Ukalar, singillar, akalar-u opalar, shu tashkilotga pul toʻlab medal olishni bas qiling. Ular sizga yolgʻon gapiryapti-ku, siz gʻoliblikni pulga sotib olyapsiz-ku. Sizga kerakmi shu yolgʻon xushomad.

OTM rahbariyatlari, hokimiyatlardan ham iltimosim bor – Bobek emblemasini koʻrdingizmi u tomondan berilgan “lyuboy” narsani hisobga olmanglar. Sizlar ragʻbat bersangiz boshqalar ham shu xushomadgoʻylar tuzogʻiga qarab yuguradi. Oʻz farzandingizni (talabangizga ham sizga farzand) ana shunaqa xoʻrozqand bilan aldanib, oʻziga bino qoʻyib yurishiga rozimisiz? Siz hisobga olmay qoʻysangiz talabalar ham ular bilan aloqani uzadi.

Achinganimdan, kuyinganimdan yozdim. Hasad qilayotganim yoʻq. Oʻzimni unvonim bu unvondan ancha baland. Ham haqiqiy.

Quyida shu tashkilot emblemasini beryapman.

Kanalga ulanish: @birgap
👍18
Audio
Hozirgina bir qiziq bahsda qatnashdim. Sizlarga ham aytmasam boʻlmaydi.

Bir oʻqituvchi yozib qoldi, "serkaning bolasi boʻladimi?" deb. Men, yoʻq, axta qilingan boʻladi dedim. Keyin u 1-sinf Ona tili darsligidagi audioda serkaning bolalari borligini aytib qoldi.

Bu audio ertak ekanini, ertakda choʻpchaklar boʻlishi tabiiy hol ekanini har qancha tushuntirmay tushunishni istamadi.

Keling, oʻsha oʻqituvchining mantigʻi bilan oʻylab koʻramiz: gilamlar uchmaydi, xumlardan tilla qaynab chiqmaydi, tarvuz ichidan oltin chiqmaydi, daryolarimizda suv parisi yoʻq, odamlar baliq qornida yashab qololmaydi va h.k.

Shunda xalq ogʻzaki ijodi boʻlgan ertak janridan voz kechamizmi? Axir ularda mantiqsizlik bor ekan-ku.

Aslida mana shunday oʻylaganlarning miyasida mantiqsizlik bor, deb oʻylayman.

Ertak - xalq ogʻzaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan, sehrli-sarguzasht va maishiy mazmundagi epik badiiy asar; choʻpchak.

Qiziq odamlar bor-da.

Kanalga ulanish: @birgap
👍5😁3🔥2
Shokir Tursun qarashlari
Hozirgina bir qiziq bahsda qatnashdim. Sizlarga ham aytmasam boʻlmaydi. Bir oʻqituvchi yozib qoldi, "serkaning bolasi boʻladimi?" deb. Men, yoʻq, axta qilingan boʻladi dedim. Keyin u 1-sinf Ona tili darsligidagi audioda serkaning bolalari borligini aytib…
Qoʻshimcha bor edi, yuqoridagi postga sigʻmay qolgandi.

Serka echki bu bobo, podaning eng qarisi. Uning 1000 ta bolasi bor edi deganda pushti kamaridan boʻlgan bolalari emas, butun poda nazarda tutilyapti. Mana shu jihatni ham esdan chiqarmaslik kerak. Odatda, serka echki podani boshlab yuradi. Mana shularni nazarda tutib Serka boboning bolalari deyish mumkin. Xalq ham ahmoq emas, jaa unchalik.

Oʻzi shu ham gap qilib olib chiqiladigan masalami dersiz, ha, shunday masala. Oʻqituvchilarning mana shu oddiy mantiqni aql elaklaridan oʻtkaza olmayotganidan kuyib ketyapman. Oʻtkaza olganlarga tegishli emas bu gap.

Kanalga ulanish: @birgap
👍10😢1
Ota-onalar Ona tili oʻqituvchisi boʻla oladi(mi?)

Kecha bir seminarda qatnashdim, oʻqituvchilar, Ona tilida uyga vazifa yoʻq, ota-onalar nima qilishni bilmayapti, biz ham avval bunaqasini koʻrmagan edik, nima deb javob bergan boʻlardingiz, – deya savol berdi.

Javobimni sizlar ham bilib qoʻysangiz yaxshi deb oʻyladim.

Ota-onalar uyda Ona tilidan vazifa bajartirgisi kelsa, bolasiga kitob olib berishsin. 1-sinfda oʻzlari oʻqib berishsin. Birga tahlil qilishsin, qanday maʼlumotlar, qahramonlar borligi, ular nimalar qilgani, qanday qilsa toʻgʻri boʻlishi haqida suhbat qurishsin. 2-sinfdan boshlab esa, kitobni bolaning oʻzi oʻqisin, lekin baribir muhokama boʻlsin. Ota-ona har bir kitobdagi voqeani, maʼlumotni muhokamaga tortishga harakat qilsin. Oʻz xulosalarini yozishni mashq qilishsa nur a'lo nur boʻladi.

Kitoblarning mavzusi yoshga mos boʻlishini hisobga olish kerak. Bundan tashqari, faqat ertaklar ham boʻlmasin. Boshqa janrdagi kitoblar ham olib bering. Maʼlumotlar ham foydali, ham aniq boʻlsa yanada yaxshi.

Xoʻsh, kitob oʻqish, oʻqib berishni Ona tiliga nima aloqasi bor dersiz.

Miyamizda tilga javob beruvchi sohalar va neyronlar bor. Oʻshalarning aloqasi qancha yaxshi boʻlsa til ham shuncha yaxshi oʻzlashtiriladi, tushunish ham rivojlanadi. Miyamizdagi tilga javob beradigan sohalarning rivojlanishi uchun koʻproq oʻqish kerak. Oʻqiganimizda miyamiz tilning qonun-qoidalari, gap shakllari, ifodalarni, oʻzaro birika oladigan soʻzlar, tushunchalarni yodlab boradi. Biz bularni sezmasak ham jarayon amalga oshadi.

Ota-ona ana shunday qilib qaysidir ma'noda Ona tili oʻqituvchisiga aylanishi mumkin.

Kanalga ulanish: @birgap
👍14
Yaxshi boʻldi. Oʻqishlar oflaynga qaytarmish. 7-fevraldan deyishdi.

Juda ham xursandman.

Kanalga ulanish: @birgap
👍4👎2
Talabalarga yoqmaydigan gap aytishga majburman yana.

Shu kecha 7-fevraldan oʻqish ekan deyishgandan beri "oʻyin qilyapsizlarmi", "oʻyinchoqmizmi" degab gaplarni koʻp eshityapman.

Qiziq, nega unaqa deyapsizlar, axir dekabrda Yangi yil bayramiga deb ketganingizdan beri hali qaytmadingiz-ku.

Oʻyin boʻlishi uchun sizlarni yanvar oyida chaqirishlari, bir-ikki kun oʻqitib uyga qaytarishlari keyin 7-fevralda yana chaqirishlari kerak edi, lekin bunday boʻlmadi-ku. Shunda nimasi bilan oʻyin boʻldinglar, men tushunmay qoldim.

Amaliyotga chiqadigan kurslar haqida bir nima deyolmayman, bunday vaziyatda universitetlarning rahbariyati bir qarorga kelishi va amaliyotni oʻz hududida oʻtaydiganlarni boshqa viloyatdagi oʻqishga chaqirmagani maʼqul.

Kanalga ulanish: @birgap
👍15👎2👏2
#oʻzbekchasiborku

Darsliklarda batareyka soʻzi oʻrniga quvvattosh soʻzi taklif qilinganini koʻrib qolsangiz hayron boʻlmang.

Akkamulyator esa quvvatdon deyish mumkin.

Ventilyatorni yelparrak deb oʻzbekchalashtirish mumkin.

Peshexodniy perexod (xalq tilida peshexod) soʻzining oʻzbekchasi bor - piyodalar oʻtish yoʻlagi. Bu juda uzun shuning hamma peshexod yoki zebra deb qoʻya qoladi. Men esa yoʻlkesar deyishni taklif qilaman.

100% oʻzbekcha boʻlmasa ham oʻzbek tilida uzoq vaqt ishlatib kelingan soʻzdan foydalanish yaxshi-da baribir.

Bu bilan hamma soʻzni oʻzbekcha qilib tashlash kerak deyotganim yoʻq.

Kanalga ulanish: @birgap
👍20👎3🥰1👏1
Ron Uizli “ikkinchi sort” odami

“Garri Potter” asarini o‘qigan, kinosini ko‘rgan odam biladiki, Ron hech qachon o‘zidan qoniqmagan sifatida gavdalanadi. Buning sababi nimada? Bittagina o‘zi tomonidan gapirilgan gap u nima uchun o‘zidan qoniqmasligi, mukammal bo‘lishga intilishi ochib berilgan:

“Beshta akam bor. Men oltinchiman. Endi men ham ular kabi zo‘r bo‘lish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishim kerak. Bill maktabning eng yaxshi o‘quvchisi edi, Charli kviddich o‘ynar va sardorlik bog‘ichi unda edi. Persi esa sinf sardori, Fred va Jorj shumliklar qilsa ham ularning baholari yaxshi, barcha ularni yaxshi ko‘radi. Endi esa hamma mendan ulardek eng yaxshilardan bo‘lishimni kutishadi. Agar shunday bo‘lgan taqdirda ham hech narsa o‘zgarmaydi, axir men eng kichigiman. Demak, men ulardan ham yaxshiroq bo‘lishim kerak, bu qo‘limdan kelmaydi deb o‘ylayman”.

Oxirgi jumlaga e’tibor bersangiz, Ronda o‘ziga nisbatan ishonchsizlik yuqori. Chunki unga onasi akalarini o‘rnak qilib ko‘rsataverganidan, u o‘zini “ikkinchi sort” odami deb his qila boshlagan. U akalaridek, balki ulardan yaxshiroq bo‘lish uchun harakat qilishni hayotdagi maqsad deb o‘ylaydi. O‘zi bo‘lib qolishni unutadi. Kamiga yonidagi Germiona barcha fanlarda undan yaxshiroq o‘qiydi, Garri esa kundan-kunga mashhurroq bo‘lib boradi. Ronga bu ham bosim beradi. Shu tariqa u o‘zligini unutadi.

Juda ko‘p insonlarda o‘zini “ikkinchi sort” odami deb hisoblashni kuzatishimiz mumkin. Yaqinlari ularga boshqalarni o‘rnak qiladi, ulardek bo‘lish talabini qo‘yadi, taqqoslayveradi. Natijada, inson o‘zidan qoniqmay qo‘yadi. Bu fojia.

Ota-onalar farzandlariga o‘zlari bo‘lishiga qo‘yib berishi kerak. Kimdandir o‘tib ketish talabi, kimnidir o‘rnak qilishi bolaga yomon ta’sir qiladi. U hayotda musobaqalashishga harakat qilib, umrini bekorga sarflaydi. O‘zidan qoniqmay qo‘yadi. Rouling Ron Uizli misolida shunday insonlarga murojaat qilgandek, go‘yo.

Ushbu maqola https://t.me/marufjonblogi dan olindi.
👍9👎1
Jahon bankining Oʻzbekiston xalqi moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha loyiha ishlab chiqqanini eshitgan edim. Mana bu qoʻshiq va klip shu loyiha doirasida ishlangan ekan.

Jahon banki ham bizga qoʻshiq va klip yaxshiroq ta'sir qilishini. Har kuni SMS yuborish, TVda koʻrsatish befoyda ekanini tushunib qolganmi deyman.

https://www.youtube.com/watch?v=oGvRnMBRmvI

Kanalga ulanish: @birgap
😁1
Kechasi bilan darslik, oʻqituvchi kitobi hamda mashq daftari ustida ishlab uxlamagan Shokirning avtobusda mudragan holda oʻylayotgan oʻylari:

Bugun bunchayam daxsahtli kun boʻlmasa-ya? Ishxonada xizmat vazifalaringni bajar, darslik va daftarlarni dizaynerga topshir, 5 - 11-sinflar uchun malaka talablarini yana qayta koʻrib chiq, 14ta kitob 6ta dissertatsiya asosida tuzilgan 20ta mavzuli mustaqil ishni topshir, Ilmiy tadqiqot metodologiyasi (nomi uzun men qisqartirib shunaqa deyman) fanidan yakuniy nazorat topshir, OʻzMaT loyihasi uchun dialog qidir va tanla.

Bu avtobus namuncha silkinmasa, mizgʻib olishga ham qoʻymayapti...

Yakuniyni qanday topshiraman, kalla boʻm-boʻsh-ku. Yoʻq, nega boʻsh boʻlarkan, ilmiy ish yozish qoidalari-yu tartibini yaxshi bilaman, ammo kitobiy atamalar va ta'riflar borasida "nol"man. Buning ustiga men ilmiy ish yozmaydigan soha - adabiyot yoʻnalishida ilmiy ish yozish metodologiyasi boʻyicha ham imtihon boʻladi bugun...

Iye, anavi ayol qachon chiqdi, unga joy berish kerak, oʻzi nega avtobusning oldi tomoniga oʻtib olganman?..

Qiziq, ayam bizni katta qilguncha qanday chidagan ekan-a? Har kuni darsga bor, 5-6 soat dars oʻt, uy ishlari, ehhe...

Menga nima boʻlyapti oʻzi, nega oxirgi payt koʻp narsaga ulgurmayapman?..

Ha mayli, bekatim kelib qoldi, hozir shu avtobusdan tushaman-u boshqasiga chiqmayman, qolgan yoʻlni piyoda bosib oʻtaman...

Kanalga ulanish: @birgap
👍15😢8😁2
Bugunga kelib telefon va noutbuklar deyarli oʻquv quroliga aylanib boʻldi. Buyogʻiga ularga boʻlgan ehtiyoj ortsa ortadiki, hech kamaymaydi.

Oʻylashimcha, mamlakatdagi barcha oʻqituvchilarga noutbuk tarqatish (pulini boʻlib-boʻlib 2 yil davomida toʻlash evaziga) kerak.

Umuman olganda qaysidir kompaniya bu ishni qilsa pulni tagida qoladi rosti. Kelinglar, oddiy arifmetika qilamiz:

Bir firma bitta tumanni ta'minlay olsa kerak, taxminan 5 000 oʻqituvchini deylik.
Bir noutbukning tannarxi 6 000 000 soʻm (taxminan). 5000x6 000 000= 30 000 000 000.
Firma uni boʻlib toʻlash va ikki yilga berayotgani uchun ustama qoʻyadi, aytaylik 24 % qoʻysin shunda noutbuk narxi 7 500 000 soʻm boʻladi. Shunda sotuvdan 37 500 000 000 tushadi. Ya'ni ikki yilda 7,5 milliard foyda. Bu yerda inflaytsiyani ham hisobga olib 2,5 - 3 milliard ayirib tashlaymiz shunda sof foyda 4 000 000 000 boʻladi.

Toʻgʻri, bu 30 milliard pulni boshqa narsaga tiksa bundan koʻproq foyda kelishi mumkin, lekin buni ham oʻylab koʻrsa boʻladi.

Bir oʻylanib qoldim-da, amalga oshirsa boʻladi. Hech boʻlmasa davlatni oʻzi qilsa ham boʻladi. Yoki qaysidir aloqa kompaniyasi noutbuk beramiz evaziga siz bizdan sim karta sotib olib mana bu modemni ulab internet ishlatasiz degan shart bilan sal arzonroq qilib sotishi ham mumkin.

Kanalga ulanish: @birgap
👍8
Marhamatdagi uzr soʻratish sahnasini qoralayman.

Bu shunchaki ahmoqona ish. Hokimlikdagi va tuman XTBdagi vallomatlar oʻqituvchiga koʻcha tozalatib yurganingizda, paxtaga olib chiqqaningizda hech uzr soʻramagan edingiz-ku. Sizga oʻxshaganlarning qiliqlarini deb tushib ketmadimi taʼlim sifati.

Siz emasmi maktabdagi moddiy texnik bazaga javobgar. Oʻsha maktabda nechta kompyuter bor? Nechta xonada monitor oʻrnatilgan?

Xoʻp, oʻquvchilar oʻqishga kirishda yaxshi natija koʻrsatmagan ekan bunda faqat oʻqituvchi aybdormi? DTMning hech aybi yoʻqmi? Imtihonlar va taʼlim mazmuni mosligi borasida ham aql yuritsangiz boʻlardi. Oʻzi bu nima ekanini bilasizmi?

Xullas, tutab ketyapman, oʻsha hokim yordamchisi farosatsiz, tuman XTB mudiri esa oʻqituvchilar xoini, MENIMCHA.

Shunchalik zoʻr ekansan, hamma oʻqituvchini malaka oshirishga yubor, majburiy malaka oshirish kurslariga yozdir, nomard.

Kanalga ulanish: @birgap
👍17🔥2
Bir paytlar, bir yilcha oldin, mana bunaqa narsa yozgan ekanman.

Baʼzi imlo xatolari uchun uzr. Negadir yozib boʻlgach, tahrir qilolmay qolgandim oʻsha payt.

https://shokiryuldash.medium.com/aqshning-xatosini-takrorlmaslik-kerak-4bcd519055dd
Forwarded from Shunchaki... (Zulfiyaxon G'ulomjon)
Navbatdagi ahmoqlik!
Bu nima tomosha endi? Yaponlar reys qoldirilgani uchun uzr so'rashgani haqidagi maqolada ko'rgandim bunaqa rasmni.

Shermatov XTV uchun ko'p yaxshi ishlar qildi, rahmat, ammo maktablarni rangarga ajratish va bunda OTMga kirish ko'rsatkichini mezon qilib olish mutlaqo xato ish bo'ldi.

Binobarin, OTMga kirish ko'p narsaga bog'liq nafaqat maktabdagi ta'limga.
Birinchidan, DTM testlari xotira talab qiladigan tizim sifatida haqiqiy bilim va qobiliyatni tekshirish, baholashga yaroqsiz.
Ikkinchidan, bitiruvchilar soni bilan OTMlarda ajratiladigan kvotalar soni nomutanonib.
Uchinchidan, hamma hududda ham OTMga kirish eng zaruriy talab emas. Masalan, o'tgan yili Namanganga borganimda, ustozlar aytgandi "BIzda oilaviy hunarmand aksariyati, shuning uchun OTMga kirish niyati ham yo'q deb.
Eng yaxshi kostyum-shimlar, rostdan ham, Namanganda tikiladi-yu!
Bolaning shaxsiy qiziqishi, layoqati, sharoiti, viloyatlardagi universitetlar soni kabi o'nlab faktorlarni ham inkor qilib bo'lmaydi.
@suvaydo
👍12🔥1
Universitetimizda ajoyib-u gʻaroyib bir qoida bor. Talabalik guvohnomasi va tibbiy niqobing boʻlmasa oʻqish binosiga kiritilmaysan goʻyoki.

Kelishing bilan mana shu qoida asabingni buzadi.

Yoʻq-yoʻq, men niqobga qarshi emasman, shunchaki, qoidami qoida boʻlsin-da. Seni niqob taqmasang kiritmayman deb turganda bino ichidan niqob taqmagan bir gala talabalar chiqib ketadi. Qorovul koʻz oldidan taqib oʻtsang bas, ikki qadam narida yechib axlatga otsang ham it qaramaydi.

Yo ichkarida ham taqishni majburiy qilish kerak, yo rejimni bekor qilish kerak. Bu taklif butun jamiyatga ham tegishli.

Kanalga ulanish: @birgap
👍19🔥4
Ijod maktablari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan ta’lim dasturlari ishlab chiqildi

⚡️Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod maktablari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Dasturlarning asosiy maqsadi:

▶️ o’quvchilarda tahliliy va ijodiy matnlar yaratish kompetensiyalarini shakllantirish;

▶️ularni
milliy va umuminisoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.

👉
Batafsil saytimizda o’qing.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍6