Toshkent viloyatida oʻquv-seminari boʻlganligi haqida bir necha marta yozgan edim. Respublikaning koʻplab boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻsha oʻquv-seminardagi mavzular yuzasidan onlayn darslar oʻtib berishimni soʻrashdi.
Kanalimda ovozli chat qilib qoʻya qolish eng toʻgʻri yechim boʻladi deb oʻyladim.
Demak, ertaga (20.01.2022) soat 15-00da oʻquv-seminaridagi birinchi - Umumiy oʻrta ta’lim mazmunidagi oʻzgarishlar va Milliy oʻquv dasturi mazmun mohiyati mavzusida ma'ruza qilib beraman. Istaganlar qatnashishi mumkin.
Ma'ruzada ishtirok etish yoʻnaltmasi:
https://t.me/birgap?livestream
Kanalga ulanish: @birgap

Telegram
Shokir Tursun qarashlari
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.
Reklama boʻyicha murojaat: @shtursunreklama_bot
Tojik tilida oʻqing: @birgap_tj
Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim

👍10❤1😱1
Forwarded from Dorilfunun
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti va talabalariga oid kanallar:
#chellenj
1.Universitet matbuot xizmati: @navoiy_uni_uz
2.O'FF rasmiy matbuot xizmati: @FILOLOGIYAMATBUOT
3.AMF rasmiy kanali: @Amaliy_filologiya_fakulteti
4. YoI kanali: @universitet_yoshlari
5. Yosh olimlar kanali: @yosholimlarjamiyati
6. Butun universitet tolibi ilmlarini jamlagan auditoriya: @fakultetFilologiya
6.Bir qator talabalarimiz tashkil qilgan ijodiy kanal: @bizyoshlarmiz
✍️Talabalarimizning shaxsiy (ijod,fikr) kanallari:
• Metodist,magistr Shokir Tursun kanali: @birgap
• Talaba,reportyor Mahliyo Ozodovna blogi: @Sinchalak_blog
• Filolog,bloger Katta oğa blogi: @BigBroBlog
• Jurnalist,shoir Abdulaziz Ahmedov kanali: @Ijoddardi
• Mobil dasturchi Sarvar Davronov kanali: @Tsuullapp
• Shoir, tarjimon Shohro'z Mo'minzoda kanali: @ShohruzMominzoda
• Zulfiya mukofoti sohibasi E'zoza Obidjonova blogi: @ezoza_obidjonova
• Zakovatchi Muhammadxo'ja Ahmedov blogi: @Muhammadkhodja
• Yosh kitobxon tanlovi g'olibasi Maftuna Umarova kanali: @yosh_kitobxon_kundaligi
• Tarjimon va shoir Shohrux Usmonov kanali: @sheriston
• Innovator, bo'lajak kompyuter lingvisti Mohiyaxon Uzoqova kanali: @komp_ling_uz
• Zulfiya mukofoti sohibasi, shoira Parizoda Ro'ziboyeva kanali: @parizodaruziboyeva
• Shoir, tarjimon Rahmat Bobojon ijod kanali: @Rahmat_Bobojon
🔥 Tolibi ilmlar uchun arzon narxdagi PDF, word, pptx axborotlar, kitoblar chop etish markazi: @iMaxPrintGroup
❗Barchasi universitetimiz va tolibi ilmlarimiz kanali. Ta'limga oid xabarlar, fikrlar, ijod mahsullari, ko'nikma va tajribalar jamlangan foydali kontent!
🚀 Bizning auditoriya: @fakultetFilologiya

👍9
Doʻstlar, koʻcha toʻla virus. Oʻzingizni ehtiyot qiling. Zarurat boʻlmasa, koʻchaga chiqmang. Oddiy gripp ham yaxshigina yiqitib qoʻyishi mumkin.
Imkoningiz boʻlsa jamoat transportlaridan foydalanmang, chunki ular kasallik tarqalishi uchun eng qulay joy.
Oʻzingizni ehtiyot qiling, siz bizga sogʻlom keraksiz!
Kanalga ulanish: @birgap
Imkoningiz boʻlsa jamoat transportlaridan foydalanmang, chunki ular kasallik tarqalishi uchun eng qulay joy.
Oʻzingizni ehtiyot qiling, siz bizga sogʻlom keraksiz!
Kanalga ulanish: @birgap
👍6
😁17🔥1
Darslarning onlayn yoki oflayn ekani ahamiyatsiz. Hammasi ta'lim beruvchi hamda ta'lim oluvchining ishtiyoqiga bogʻliq.
Ta'limning yomon boʻlishida hech qachon vaziyat aybdor boʻlmaydi. Uning ishtirokchilari ishtiyoqli boʻlsa hammasini hal qilish mumkin deb oʻylayman.
Kanalga ulanish: @birgap
Ta'limning yomon boʻlishida hech qachon vaziyat aybdor boʻlmaydi. Uning ishtirokchilari ishtiyoqli boʻlsa hammasini hal qilish mumkin deb oʻylayman.
Kanalga ulanish: @birgap
👍26🔥4🤩2
Prinsip soʻzining oʻzbekchasi tuturiq boʻladi. Endi tuturiqsiz odamlar haqida bir-ikki ogʻiz.
1. UzAutoMotorsni erinmay yomonlaymiz, lekin shu jonivor sotadigan moshinlarga navbat hech kamaymaydi.
2. Oʻzimiz behayo kinolarni koʻrvolamiz-da, yana dod-voy solamiz. Oʻsha behayo joylarini saqlab olib tarqatishimiz ham bor.
3. Korrupsiyani qoralaymiz. Ishni esa tanish-bilish qidirishdan boshlaymiz.
4. Navbatni umuman hurmat qilmaymiz-da yana oqibatdan gapirib qoʻyamiz.
5. Hokimni orqasidan memlar yasaymiz-da, koʻchada koʻrsak ikki qoʻllab salomlashamiz.
6. Musaffo osmon deb kalaka qilamiz-da, qoʻshnilardagi notinchlikni koʻrib, tinch yashayotganimizga ham shukr deymiz.
Sizda yana qanday tuturiqsizliklar haqida maʼlumot bor?

👍16🔥2
Quyida berilgan rasmdagi holatlardan juda charchadim
Ushbu gaplar meni nazarda tutib aytilgan.
Maʼlumot uchun, men universitetni tamomlaganman. Diplomimga pedagog, oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi deb yozib qoʻyilgan.
Bundan tashqari, Ona tilidan Milliy oʻquv dasturi va darsliklarni yaratishda mendan tashqari yana 11ta odam qatnashgan. Ularning hammasi kamida filologiya fanlari nomzodi hamda 5 yildan 30 yilgacha pedagogik stajga ega mutaxassislar.
Shu gaplarni aytayotgan shaxs bir paytlar menga dars bergan. Agar men layoqatsiz mutaxassis boʻlsam, bunda uning ham qoʻli bor.
Toʻgʻrisi, menga dars berganlardan shunaqa taʼna eshitish jonimga tegdi.
Mana shunaqa gap qiladiganlar bilan til oʻqitish, oʻquv natijalarini baholash sohalarida sof ilmiy bahsga kirishishga tayyorman. Buni bot-bot aytyapman.
P.S.: mening tilim zahar emas, oʻzlari mana shunaqa zaharli gap soʻrab olishadi. Koʻnglim boʻsh, soʻralgan narsani bervoraman.

👍19😁2
Oʻylashimcha, oʻqituvchining ta'lim berishga boʻlgan ishtiyoqi maktabdagi muhitga bogʻliq. Ya'ni maktabda muhit sogʻlom boʻlsa oʻqituvchi ham alamzada boʻlmaydi, oʻzini baxtli his qiladi. Oʻz-oʻzidan buni oʻquvchilarga ham yuqtiradi. Ularni seva oladi.
Muhit yomon boʻlsa-chi?
Hammasi oʻzgaradi, oʻqituvchi maktabga kelganda uy tashvishlarini unutishi kerak, lekin muhitning yomonligi boshqa dardlarni ham oʻqituvchi yelkasiga qoʻyadi. Shu yuk bilan kirib dars oʻtib boʻladimi, qorakoʻz bolajonlarni sevib boʻladimi, toʻpolonchilarning toʻpolonini koʻtarib boʻladimi? Yoʻq, albatta.
Xoʻsh, maktabda muhit yomon boʻlishiga kim aybdor?
Direktor bosh aybdor boʻlsa, "zavuch" keyingi aybdor boʻladi.
Bugungi kunda juda koʻp direktor va "zavuch"lar maktabni oʻz mulki hisoblaydi. Oʻqituvchini ta'tilda ishga chaqiradi, xizmat vazifasi boʻlmagan ishlarni yuklaydi, darsdan qisadi, majlislarda baqir-chaqir qiladi. Bu oxir-oqibatda ta'lim sifatiga salbiy ta'sir qiladi. Oʻqituvchilar hafsalasiz ishlaydi. Oylik va ustamalarni choʻntaklaridan toʻlayotganday muomala qilishlarini-yu umuman tushunolmayman.
Ha, hamma oʻqituvchi ham "tilla" demoqchi emasman, shunaqa munosabatga loyiqlari ham bor, lekin mana shunaqa umumiy munosabat butun ta'limni ortga tortyapti.
Birinchi navbatda direktorlar oʻzgarishi kerak, ular xoʻjayin emas, lider boʻlishlari kerak. Kerak paytda oʻqituvchini aqlsiz ota-ona hujumidan himoya qila olishi, vaqtida kichik narsalar bilan boʻlsa ham ragʻbatlantirib turishi, yuqori tashkilotlardan maktabi uchun mablagʻ undirishga urinishi lozim.
Undan keyin XTBlar ham oʻzgarishi kerak. Oʻquv yili boshida ayam ishga kirmoqchi boʻldi, undan 200$ pul soʻrashdi. 150$ rozi qilgan joylarida men yoʻq, ishlamaysiz dedim. Ana shunaqa rahbarlarni ta'limdan tezroq chiqarib tashlash kerak, aks holda islohotlarning hammasi bir tiyin.
Bir hasratlarim kelib qoldi-da! Sizning maktabingizda muhit qanday?

👍15
Bilasizlarmi, har qanday soʻz faqat kontekstdagina (vaziyatda) ma'noga ega. Istalgan soʻzni vaziyatdan yulib oling u oʻz ma'nosini yoʻqotadi.
Masalan, Nahide Babashlining "Benim hikayem" degan qoʻshigʻi bor. Bir tinglashda sevganidan ayrilgan qizning soʻzlari deb oʻylaysiz, lekin Nahide qoʻshiqqa shunday klip ishlaganki, qoʻshiq soʻzlari endi butkul boshqa ma'no tashiy boshlaydi. Endi Nahide ayriliq, hijron, ishqdan kuyish haqida emas, turmushidan bezgan ayol tilidan kuylayotganday boʻladi. Bu yerda klip qoʻshiqdagi soʻzlarga kontekst boʻlib xizmat qilmoqda.
Yana bir misol keltiraman, quyidagi matnni oʻqib koʻring:
Ular shunday betartib joylanganki, hammasini tartibga keltirish uchun ancha vaqt kerak. Keyin ularni saralash kerak boʻladi. Menimcha, rangiga qarab saralagan ma’qul. Rangiga qarab saralab olgach yana bir ichki saralash oʻtkazish va mavsumiy koʻrsatkich asosida guruhlab chiqish mumkin. Agar bu saralashni amalga oshirmasak, boshlagan ishimiz muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, koʻzlagan maqsadimizga yeta olmaymiz.
Xoʻsh, nima tushundingiz, gap nima haqida ekanini angladingizmi?
Yoʻq, shundaymi?
Endi shu matnga sarlavha qoʻyamiz, ya'ni kontekst yuklaymiz. Sarlavha "Kir yuvishdan oldin". Matnni yana bir marta qayta oʻqib koʻring.
Birdan hamma soʻzlarni tushunib qoldingizmi?
Mana shu narsa kontekstning kuchi deyiladi. Endi avvalgi til oʻqitishda qoʻllaydigan materiallarimiz, topshiriqlarimizni eslang, deyarli hammasi kontekstdan yulib olingan soʻz va gaplardan iborat edi.
Ana shunaqa gaplar.

YouTube
Nahide Babashlı - Benim Hikayem
Nahide Babashlı'nın, 3 Adım Müzik etiketiyle yayınlanan "Benim Hikayem" isimli tekli çalışması, video klibiyle netd müzik'te.
Söz & Müzik: Nahide Babashlı
Düzenleme: Barbod Hozouri
Yönetmen: Nicat Zeynallı
netd müzik'te bu ay http://bit.ly/nd-buay
Yeni…

👍8❤🔥1
Hozir sizlarga odam ajratishning dahshatli koʻrinishlaridan birini aytaman. Bu nafaqat odam ajratish, balki, katta adolatsizlikdir.
Ushbu roʻyxatda OTMga imtihonsiz yoki qandaydir imtiyoz bilan qabul qilinadigan abituriyentlar keltirilgan.
1. Hokimlarning mahalladagi yordamchilari (grant)
2. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureatlari (grant)
3. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari (grant)
4. “Nihol” mukofotiga sazovor boʻlgan yoshlar (grant)
5. Yosh tasviriy sanʼat ustalari (grant)
6. Yosh filologlar (grant)
7. Yoshlar ittifoqi faollari (grant)
8. Harbiy soha kadrlarining farzandlari (grant)
9. Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari (grant, shartli)
10. Imkoniyati cheklangan yoshlar (grant)
11. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari (grant)
12. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar (grant)
13. Xalqaro olimpiadalar gʻoliblari (grant)
14. “Tarbiyachi” koʻrik-tanlovi gʻoliblari (grant)
15. “Zakovat” intellektual oʻyini sovrindorlari (kontrakt)
16. Olis choʻl tumanlari yoshlari (grant, maqsadli qabul)
17. Soʻxlik maktab bitiruvchilari uchun (grant, maqsadli qabul)
18. “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari (imtiyozli ball)
19. Prezident maktablarining bitiruvchilari (grant)
20. "Yil hamshirasi" tanlovi gʻoliblari (grant)
OTMga qabuldagi har qanday imtiyoz adolatsizlikdir. Agar imtiyoz tizimini bekor qila olishmasa (aslida bir deganda qilsa boʻladi) unda oʻqituvchi hamda shifokorlarning farzandlariga ham qandaydir imtiyoz oʻylab topish lozim deb oʻylayman. Rais koʻp aytadigan "odolat" boʻlsin-da axir.
Roʻyxatni Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi Mirolim Isajonov sahifasidan oldim. Nimadir qolib ketgan, nimadir ortiqcha boʻlishi mumkin. Aniqlasangiz izohlarda aytib qoʻyarsiz...

👍14
Bir paytlar qiziq maʼlumot oʻqigan edim. Nega IIB xodimlari hamda harbiylarning farzandlarida imtiyoz mavjud? degan savolga, "bu ish ularning vatanga chin dildan xizmat qilishlarini taʼminlash, ularning sadoqatiga nisbatan oʻrinli javob" qabilidagi gap aytishgandi.
"Odolat" katta buvisinikiga ketvordi shu gapdan keyin.
Nima, harbiy yo "melisa" vatan uchun tekin xizmat qilyaptimi? Unga oylik yoʻqmi? Sadoqatiga javob emish.
Oʻqituvchi va shifokorning mehnati ahamiyatsiz-a? Ular vatan uchun xizmat qilmaydilar-a? Mantigʻingiz qayerda qolib ketgan?
Shu gapni kim aytganini eslolmadim-da, rasmiy saytdan oʻqigandim, hozir topolmadim. Shunaqa oʻylaydigan odamlarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasini oʻqib beringlar.
P.S.: men har qanday imtiyozga qarshiman. Hamma imtihonga kirib keyin talaba boʻlsin. Bilim birinchi oʻrinda boʻlsagina "odolat" boʻladi.

👍16
YouTubeda Mariya Gorskaya degan qiz bor ekan. Til oʻqitish metodikasi haqida videolar qoʻyib turarkan, Kanalidagi ba'zi videolarni koʻrib chiqdim. Kommunikativ yondashuvning boshqa yondashuvlardan ustun tomonlarini tushuntirishga harakat qilarkan. Videolaridan birida Ingliz tilini oʻrganayotgan deyarli barcha murojaat qiladigan Raymond Murphy (Raymoʻnd Myoʻrfiy)ning "Grammar in Use" kitobini ortiqcha baho berib yuborilganini aytarkan, koʻpchilik bu kitobni ingliz tilini oʻrgatadigan darslik deb oʻylaydi, lekin bu darslik emas, uni axborotnoma deyish toʻgʻri boʻlardi deydi.
Aynan mana shu gapidan keyin men ham oʻylanib qoldi. Darslikka qoʻyiladigan talablardan biri u oʻquvchida koʻnikma shakllantirishi kerak. Rostdan ham Raymoʻnd Myoʻrfiyning kitobi koʻnikma shakllantirishga qaratilmagan. Bir qoidani beradi va shu qoidaga oid uch-toʻrt mashq bajarasiz. Bunday usulda koʻnikma shakllanmaydi.
Axborotnoma shunday narsaki, u biror nima haqida ma'lumot va bir ikki misol beradi. Shu fanga oid biror nima esingizdan chiqib qolgan paytda ochib yodga solib olasiz.
Keyin oʻzim oʻqigan, hozir amalda boʻlgan maktab darsliklarini eslay boshladim, fizika, zoologiya, kimyo, botanika, odam va uning salomatligi, geografiya, huquqshunoslik, dinlar tarixi, milliy istiqlol gʻoyasi, ona tili, adabiyot va h.k.
Yuqorida sanalgan fanlarning darsliklari Marina aytgandek axborotnoma-ku! Ularning birortasida koʻnikma shakllantirish nazarda tutilmagan, ayniqsa, aniq fanlar kesimida. Hatto ona tili va adabiyot darsliklari ham axborotnomalik darajasidan chiqib keta olmagan.
Ana shundagina oʻzim oʻqigan "darslik"larni nima deb atashni bilib olgandek boʻldim. Ular shunchaki fanga oid ma'lumotlar ombori, axborotnoma (ruschasiga spravochnik). Masalan, ona tilidan moslashuv yoʻli bilan soʻzlarning bogʻlanishi haqidagi qoida esingizdan chiqib qolsa 8-sinf darsligini ochib koʻrib olaverasiz. Bir ikki misol hamda 2-3 ta mashq ham bor. Men ularni topshiriq ham deya olmayman. Darslikda topshiriqlar ham boʻlishi kerak.
Ana shundagina nega bizning oʻquvchilarda bilim boʻlgani bilan koʻnikma shakllanmasligining sababini tushunib yetgandek boʻldim.
Men shu paytgacha darslik yozgan olimlar, ustozlar mehnatini hurmat qilgan holda aytmoqchimanki, sizlar bizga darslik emas, axborotnoma bergansiz. Biz ham oʻshalarni darslik deb yuraverganmiz. Bilimlarni olganmiz-u koʻnikmasiz qolib ketaverganmiz. Nega shu paytgacha bu narsalar haqida oʻylamagansizlar? Nima halal bergandi? Shunda oʻquvchilarni "koʻrsogʻot" (bir oʻqituvchi menga bu darsliklaringiz bolalarni koʻrsogʻot qiladi deb yozgandi) qilayotgan bizmi, sizlarmi? Tafakkur qilib koʻring, iltimos! Axir hammamiz bir maqsadda - Oʻzbekistonning yaxshiroq kelajagi va bolalarning baxtli boʻlishi uchun harakat qilyapmiz-ku!

мерфи переоценён? | учебник английского Мёрфи
хочешь выучить английский? давай с нами: https://marinagorskaya.ru/
____________________
вы много спрашивали про учебник английского языка Мёрфи. у English Grammar in Use (синий мерфи) и Essential Grammar in Use (красный мерфи) действительно есть много…

Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbek tili va Adabiyotni o'qitishning zamonaviy metodikasi integratsiya, metodologiya va amaliyot" mavzusida xalqaro konferensiya materiallari
👩🏻💼Ma'ruzachi: UNICEFning taʼlim boʻyicha xalqaro eksperti, Buyuk Britaniya – Syuzan Lannutssi.
👉Biz tilga oid siyosat bilan nima maqsadni ko'zlayapmiz, qayerga yetib bormoqchimiz?
👉Boshlang'ich nuqtamiz qayerda edi va qanday vaziyatda edik?
Batafsil: Videoda
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

👍4
Forwarded from IT taʼlim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbek tili va Adabiyotni o'qitishning zamonaviy metodikasi integratsiya, metodologiya va amaliyot" mavzusida xalqaro konferensiya materiallari
📘Mavzu: “Ona tilini o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar”
👩🏻💼Ma'ruzachi: Iroda Azimova
✍️Michael Swan:"Gramatikani o'rganish, tilni o'rganishdan ancha oson"
👉shu kungacha ona tilidagi asosiy kamchilik: mashqlarning amaliyotga yetarli darajada bog'lanmaganidir;
👉ona tili darslarining asosiy vazifasi mustaqil va tanqidiy fikrlash bilan bog'liq bo'lishi kerak
👉chiziqli yondashuv ta'lim samarasini tushuradi;

Konteksda berish.pdf
1.3 MB
"O'zbek tili va Adabiyotni o'qitishning zamonaviy metodikasi integratsiya, metodologiya va amaliyot" mavzusida xalqaro konferensiya materiallari
📘Mavzu: Ona tili darslarda lingvistik bilimni konteksda berish
👩Muallif: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlari nomzodi, Iroda Azimova

Integrativ yondashuv.pptx
3.8 MB
"O'zbek tili va Adabiyotni o'qitishning zamonaviy metodikasi integratsiya, metodologiya va amaliyot" mavzusida xalqaro konferensiya materiallari
📘Mavzu: Ona tilini o'qitishda integrativ yondashuvni qo'llash mavzusi.
👩🏻💼Ma'ruzachi: Mavlonova Klaraxon Mahmudovna, Alisher Navoiy nomidagi ToshDo‘TAU Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
📘Mavzu: Ona tilini o'qitishda integrativ yondashuvni qo'llash mavzusi.
👩🏻💼Ma'ruzachi: Mavlonova Klaraxon Mahmudovna, Alisher Navoiy nomidagi ToshDo‘TAU Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍4
Bu dunyoda tan olmaydigan haqiqatlarimiz juda koʻp. Masalan:
baxtli boʻlish uchun baribir pul kerak.
Men baxtli yashash uchun boylik, pul kerak emas deydiganlarni utopiklar deb oʻylayman.
Oddiy misol men baxtli boʻlishim uchun, avvalo, yashashim kerak, yashashim uchun esa yeyishim, sogʻligimga qarashim kerak. Xoʻsh bular bepul yoki arzonmi? Albatta yoʻq.
Mana shundan kelib chiqib baxtli boʻlish uchun pul kerak deb oʻylayman. Inson moliyaviy jihatdan mustahkam boʻlmas ekan baxtli boʻlishligi ehtimoli ham juda kam.
Endi siz ham tan olmaydigan haqiqatlarimizdan birini yozib qoldiring. Men oʻzimnikini yozyapman:
Baxt boylikka bogʻliq.

👍9👎1
Aqlli qiz edi-ku,
Hammasini bilardi:
Menga koʻzi tushganda
Miyigʻida kulardi.
Kitobimning ichidan
Uchib tushar suvrati,
Sevmaganman men uni,
Abdul yaxshi koʻradi!
Yirtaman deb suvratin,
Yirtolmayman har kuni,
Sevmaganman men uni!
Sevmaganman men uni!..
She'rni toʻliq oʻqish uchun:
https://telegra.ph/Zulfiyaga-qarama-01-30

👍6🤮1