Yana bir marta "языким"ga til tekizsang "мама"ngni koʻrsataman☺️
😁1
Bu kechalarda eng koʻp aytiladigan duo:
“Ey Alloh! Sen kechirimli Zotsan, kechirishni yaxshi koʻrasan, meni kechirgin”.
“Allohumma innaka afuvvun tuhibbul afva faʼ fu anni”.
@birgap

❤1
#susambil
Eng hayratlanarlisi, u yurtda propiska masalasi yoʻq ekan.🤔

Tabassum qilishi bilmasang doʻkon ochma (Xitoy xalq maqoli)
Soʻkinishni bilmasang hokim boʻlma (oʻzbekcha chapani maqol)
Facebookdan tikka uxlatdim
Kanalga ulanish: @birgap

Susambillik qurutchi xolaning gapiga qaraganda bu yurtda oʻqituvchilar faqat dars berish bilan shugʻullanarkan. Qiziq bu yurtda koʻchalarni kim tozalarkin, oʻtlarni kim choparkin, yoʻl chetlaridagi va oʻrtasidagi toʻsiqlarni kim boʻyarkin, saylovga varaqani kim tarqatarkin, kechalari maktablarda kim navbatchilik qilarkin, tadbirlarda kim fon boʻlib turib berarkin?
Qiziqdim-da!

#uzunpost
“Titanik” filmini tomosha qilmagan odamni topish qiyin. Film real voqealikka asoslanganligini, ya’ni rostanam shu nomli ulkan yo‘lovchi tashuvchi kema 1912-yil 14-aprel tunida Atlantika okeanida muz tog’i – aysbergga to‘qnashib ketishi natijasida halokatga uchraganini ham ko‘pchilik biladi. “Titanik” 10 aprel kuni Birlashgan Qirollikning Sautgempton shahridan Amerikaning Nyu Yorkiga qarab yo‘lga chiqqan edi. Lekin u manzilga yetib borolmaydi, yo‘lga chiqqanining 4-kuni u suvga g’arq bo‘ladi. Halokat natijasida kemadagi 2224 odamdan faqat 710 tasi tirik qolgan, 1514 kishi xalok bo‘lgan.
Endi halokatning hamma ham bilavermaydigan bir tarafi haqida eshiting. Halokat sodir bo‘lgandan keyin voqea joyiga birinchi bo‘lib “Carpathia” nomli kema yetib borgan va qutqaruv qayiqlarida jon saqlab turgan 710 odamni qutqarib, Nyu Yorkka olib ketgan. “Carpathia” ham o‘sha paytda Atlantika okeanida bo‘lgan, u “Titanik”ka eng yaqin masofadagi kemalardan biri edi. “Carpathia”dan keyin halokat joyiga yana boshqa kemalar kelishda davom etgan va ulardan eng birinchisi halokat joyiga eng yaqin bo‘lgan shahar – Halifaksdan (Galifaks) chiqib borgan “Mackay-Bennett” Kanada kemasi edi. Kema yetib kelganda “Titanik”dan tirik odamlar qolmagan edi. Lekin kema “Titanik”ning ayrim qoldiqlari va, eng muhimi, jasadlarni olib kelish maqsadida borgan edi. Qutqaruv kamzuli kiygan “Titanik” yo‘lovchilari va kema ekipaji a’zolari suvga cho‘kib ketmagan, balki suv yuzida qolgan. Shuning uchun ham ularning jasadini yig’ib olish uncha qiyin emasdi. Nega suvga cho‘kmagan bo‘lsa ular tirik qololmadi? Axir “Carpathia” halokatdan bir necha soat o‘tib yetib kelgandiku. Ular ikki holatda o‘lim topgan: ayrimlari qattiq qo‘rquvdan yuragi yorilib o‘lgan, qolganlari esa o‘ta sovuq suvda bir necha daqiqalardayoq muzlab qolgan, suv harorati −2° C edi. Ayni paytda bu sovuq suv o‘liklarni yaxshi saqlanib qolishiga ham xizmat qilgan. Kanada kemasi 328 ta jasad yig’adi. Lekin buncha o‘likni olib ketishning imkoni yo‘q edi. 200 tasini olib ketsa bo‘ladi. Nima qilish kerak? 100 ta ortiqcha o‘likni qaytadan okeanga tashlash kerak. Shunday qilishgan ham. Lekin bu holatni yumshoqroq qilib “… okeanga dafn qilindi” deb yoziladi tarixiy manbalarda. Dafn qilinganmish… Lekin bu fojeaning hammasi emas. Gap shundaki, okeanga qayta tashlab yuborilgan o‘sha 100 ta o‘lik – bu uchinchi klass yo‘lovchilari bo‘lgan. Eng kambag’al yo‘lovchilar o‘ligini bahridan o‘tishgan. Uchunchi klassni ajratib olish qiyin bo‘lmagan, yuqorida aytganimdek, o‘liklar yaxshi saqlanganligi bois, ularning kiyimidan darrov qaysi klass ekanligini farqlash qiyin emasdi. “Titanik” filmini eslasangiz, uchunchi klass yo‘lovchilari qamab qo‘yiladi, ular qutqaruvdan mosuvo qilingan holda o‘limga hammadan erta mahkum qilinadilar. Bu faqat kinodagi syujet emas, balki real hayotda ham shunday bo‘lgan. Tirikligida shunday xo‘rlangan kambag’allar o‘lgandan keyin ham izzat topmadilar, o‘liklar ham klasslarga ajratildi…
Abdurashid Mamadolimov. Kanada kundaliklari (2012)
P.S: Shunday ketishda bizda ham klasslarga ajratish avj oladiyov, yaqinda eng kam ish haqining palon baravarini to'lasangiz qabristonning suv chiqmaydigan yeridan joy olishingiz mumkin, yoki shaharning istalgan joyidan qabr kavlatishingiz mumkin degan qaror chiqsa ajablanmasdim. Masalan-da.
Ishqilib shu gaplarimni senator va "xalq deputatlari" o'qimasin-da unda aniq amalga oshirvorishadi. G'aznaga qancha pul, axir hamma ham bir kun o'ldi-ku to'g'rimi.

#makarenkodan_ilhomlandim
Qarang, quyidagi rasmda 0.25 stavka bilan kimyo fani o'qituvchisi ishga olinarkan, maoshi esa hamma o'qituvchining orzusidagidek naq 126.000 so'm ekani haqida ma'lumot keltirilgan. Ha-ha to'g'ri ko'rdingiz 126.000 so'm. Bu ko'plik qiladi, sal kamaytiringlar, o'qituvchining yuragi ushlab qolmasin buncha pulni ko'rib.
P.S: endi shu ishga kiradigan odam 4 yil universitetda 9.000.000dan kontrakt to'lab, sessiyalarda yana 300.000ladan sarflab o'qigan odam bo'ladi-da. Agar u magistraturani ham tugatgan bo'lsa 6 yil shu harajatlarni qilgan bo'ladi. Adolatni qarang.
Pora oladiganlarni ayblash oson, ularga pora olmaslik uchun sharoit yaratib berganmizmi, degan savolni o'z-o'zimizga berish esa, qiyin, juda qiyin.

#tovba
Shu kunlarda Namanganda o'qituvchilarga beton quydirishgani haqidagi gap tarqaldi. Buni eshitib bir maqolni o'zgartirishni taklif qilaman (hozir hamma bir nimani o'zgartirishni taklif qilyapti-ku, meni nimam kam?).
O'qituvchiga qirq hunar ham oz
Bundan tashqari o'qituvchi so'zining morfemik tarkibi va etimologiyasiga ham o'zgartirish kiritsa bo'larkan:
O'qituvchi - o'q yutuvchi
Sizlar nima deysizlar, o'zgartiramizmi?

#falsafada_bergan_savolim
- Ustoz, oq va qora nima?
- Rang
- Unda nega oq-qora rasmni rangsiz rasm deymiz?