Boshim qoʻyib ostonangga,
Quloq tutsam afsonangga,
Gar aylansan devonangga,
Meni sevarmiding, ey dil?!
Tuproq boʻlsam, sen rayhonim,
Quyosh gar boʻlsam, osmonim,
Men majnunga boʻlib jonim
Meni sevarmiding, ey dil?!
Sochlaringga taroq boʻlsam,
Yoʻling uzra buloq boʻlsam,
Qaro tunda chiroq boʻlsam,
Meni sevarmiding, ey dil?!
Toʻlsam dilga yogʻdu boʻlib,
Sen entikkan tuygʻu boʻlib,
Ohu boʻlsang, men togʻ boʻlib,
Meni sevarmiding, ey dil?!
She'rni kim yozganini bilmayman, lekin Malika Egamberdiyeva hamda Elmurod Mirzayev juda yaxshi duetga aylantira olgan ekan:
https://www.youtube.com/watch?v=34J-Lph16FE
P.S.: lirik chekinishlar zarar qilmaydi-ku toʻgʻrimi?
Kanalga ulanish: @birgap

YouTube
Malika Egamberdiyeva va Elmurod Mirzayev - Ey dil | Малика ва Элмурод - Эй дил
RizaNova ilovasini yuklab oling @ https://rizanova.uz/apps
Obuna bo'ling @ https://www.youtube.com/RizaNovaUZ
RizaNova @ Instagram https://instagram.com/RizaNovaUZ
RizaNova @ Telegram https://telegram.me/RizaNovaUZ

#tavsiya
Mana bu narsa Bluetooth speaker (blyutuz kalonka) deyiladi. Mana shu narsani telefonga simsiz ulash mumkin.
Oʻqituvchilar, audiomateriallarni qoʻyib berishda shundan foydalansangiz boʻladi. Ovozi ancha baland. Narxi ham qimmat emas, 55.000 dan 1.000.000 soʻmgacha bor ekan.
Telefonga quloqchin, yoki televizorga uskunalar sotadigan doʻkonlardan topish mumkin. Arzonrogʻini olib bor ovozida ishlatmasangiz anchaga chidab bera oladi.
Shuni mikrofonlilariyam chiqqan, gapirsangiz ovozingizni balandlatib beradi.

👍18🔥3🤩2
Forwarded from Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligi majmuasi
🔹Darslikning 1-qismi 7 tilda;
🔹Darslikning 2-qismi 7 tilda;
🔹Darslik uchun audio materiallar;
🔹Mashq daftari 7 tilda;
🔹O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma 7 tilda.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

👍1
Ushbu rasmda oʻqib tushunish jarayoni modeli tasvirlangan.
Ya'ni inson biror nima oʻqiganda uning miyasida mana shunaqa jarayonlar kechadi. Bu jarayonlar juda katta tezlikda sodir boʻladi.
Model Charlz Perfettining qarashlari asosida ishlab chiqilgan.
Kanalga ulanish: @birgap
Ya'ni inson biror nima oʻqiganda uning miyasida mana shunaqa jarayonlar kechadi. Bu jarayonlar juda katta tezlikda sodir boʻladi.
Model Charlz Perfettining qarashlari asosida ishlab chiqilgan.
Kanalga ulanish: @birgap
👍4
Kanalimda chiqadigan mana shunaqa reklamalarga ishonmanglar!
Buni men tarqatmayman, telegramni oʻzi qiladi, hech bir admin bu jarayonga aralasha olmaydi.
Aytishlaricha, menga koʻrinmas ham ekan bu.
Meni ogohlantirmadi demanglar keyin.
Kanalga ulanish: @birgap
Buni men tarqatmayman, telegramni oʻzi qiladi, hech bir admin bu jarayonga aralasha olmaydi.
Aytishlaricha, menga koʻrinmas ham ekan bu.
Meni ogohlantirmadi demanglar keyin.
Kanalga ulanish: @birgap
👍17🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Mahalla" telekanalida Zulfiqor Musoqov rejissyorlik qilgan kinolar haftaligi boʻlarkan.
10-yanvardan 16-yanvargacha.
Toʻgʻri, ularning hammasini koʻrganmiz, lekin yana koʻrishga arziydigan bari.
Kanalga ulanish: @birgap
10-yanvardan 16-yanvargacha.
Toʻgʻri, ularning hammasini koʻrganmiz, lekin yana koʻrishga arziydigan bari.
Kanalga ulanish: @birgap
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana shu videoni koʻrib maktab davrlarimiz, anketachi qizlar, ular bergan daftarlar esga tushdi.
Kanalimni oʻqiyotganlar ichida sinfdoshlarim boʻlsa, anketalar turibdimi?
Ustozlar, hozirgi oʻquvchilarda ham anketa bormi?
Kanalga ulanish: @birgap
Kanalimni oʻqiyotganlar ichida sinfdoshlarim boʻlsa, anketalar turibdimi?
Ustozlar, hozirgi oʻquvchilarda ham anketa bormi?
Kanalga ulanish: @birgap
2-sinfning birinchi yarmida oʻzini maktab direktori sifatida tasavvur qilgan oʻquvchilar endi 2-sinfning 2-yarmida Xalq ta'limi vaziriga xat yozishadi.
Xat tarkibi yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Oʻquvchida Xalq ta'limi vaziri kim? U nima ish qiladi? kabi savollar tugʻilishi mumkin. Oʻqituvchilar esa buni erinmay tushuntirib berishlari maqsadga muvofiq. Zero oʻquvchilar yoshlikdanoq davlatda ma'lum sohalarning rivoji, faoliyati uchun javobgar shaxs borligini, oʻsha shaxs sohadagi hamma narsaga mas'ul boʻlishini anglab yetsinlar.
Birgina mana shu topshiriq bilan oʻquvchiga xat yozishni, gʻoyasini yozma bayon qilishni hamda yuqoridagi ijtimoiy bilimni oʻrgatish mumkin.
Oʻquvchilarimiz haqqini talab qila oladigan, fikrini samarali ifodalay oladigan boʻlsin!
Ustozlar, oʻquvchilaringiz yozgan xatlarni toʻplab Xalq ta'limi vaziriga yuborsangiz boʻladi☺️

👍4❤3
Tanlov uchun kelgan maqolalarni saralab ulgurmadim. Afsusdaman, lekin ertalabgacha natijalarini eʼlon qilishga harakat qilaman.
Kanalga ulanish: @birgap
Kanalga ulanish: @birgap
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turmush qurgan sinfdosh yoki kursdoshlar uchun.
Bir-biriga oshiq sinfdosh, kursdoshlar ham koʻrib qoʻysin.
Kanalga ulanish: @birgap
Bir-biriga oshiq sinfdosh, kursdoshlar ham koʻrib qoʻysin.
Kanalga ulanish: @birgap
👍1
Assalomu alaykum! Maqolalar tanlovini eʼlon qilgan edim. Unda gʻoliblar aniqlanishi hamda pul mukofotlarini olishlari kerak edi.
Men tanlovni qayta eʼlon qilishga qaror qildim.
Garchi bu qarorga kelish oson boʻlmagan esada, shunday qilishga majburman.
Menga yuborilgan maqolalarning birortasini tanlov shartlariga mos deb ayta olmayman. Hech birida shartlar bajarilmagan. Hozir birorta yaxshisini tanlab mana deb oʻrin berib yuborsam boʻlardi. Afsuski, bunga vijdon yoʻl qoʻymadi. Keyin oʻsha gʻolib boʻlgan odam butun umr oʻz ishini toʻgʻri deb oʻylab yurishi mumkin. Men shundan choʻchiyman.
Bundan tashqari, ikkita yoʻnalishga umuman maqola kelmagan.
Xullas, bir necha soatdan keyin tanlovni qayta eʼlon qilaman. Mukofot ham oʻzgaradi, tabiiy.
Qatnashuvchilar meni toʻgʻri tushunadi hamda kelasi safar xatolarga yoʻl qoʻyishdan tiyilishadi deb oʻylayman.

👍9
Bugundan boshlab oʻquv-seminarlari boshlandi
Mana erta tong Toshkent markazidan Chimyon togʻlari tomon yoʻlga chiqdik. Biz 200ga yaqin odammiz - Respublika taʼlim markazi xodimlari, darslik mualliflari, seminar trenerlari, viloyat fan metodistlari hamda oʻqituvchilar.
Maqsadimiz oʻzgargan darsliklar asosida darslarni tashkil etish boʻyicha bilim ulashish. Viloyatdan kelganlar oʻz hududiga bizning gaplarimizni yetkazadi.
Oʻquv-seminari 13 - 15-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi. Bugun birinchi kun edi. Ertadan jiddiy mavzular boshlanadi.
Men Ona tili va oʻqish savodxonligi fanidan trenerman.
Alloh xayrli qilsin!

👍7
DIQQAT! Oʻquv-seminarini jonli tinglamoqchimisiz?
Siz ham uyingizdan turib Toshkent viloyatidagi oʻquv-seminarida qatnashishingiz mumkin. Men sizlar bunga loyiqsizlar deb oʻylayman.
Ertaga, 14-yanvar kuni seminar qatnashchilariga bir nechata mavzuda dars oʻtaman (qanaqa seminar ekanini yuroqidagi bildirgida yozdim). Oʻsha darslarni sizlar ham eshitib koʻrishingiz mumkin. Buni ta'minlash uchun men kanalimda ovozli chat ochaman oʻsha ovozli chatga kirib tinglashingiz yoki yozib olingan ovozni eshitib koʻrishingiz mumkin boʻladi.
14-yanvarda kunning birinchi qismini nazariy bilimlarni mustahkamlashga ikkinchi yarmini amaliyotga bagʻishlashga harakat qilaman.
Audiodarsni jonli tinglash uchun havola👇
https://t.me/birgap?livestream=b794e157d24ceff866

Telegram
Shokir Tursun qarashlari
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.
Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari (yuqori sinflar uchun)
Metodikaga oid ilmiy ishlarga taqriz
Kanalda reklama berilmaydi

👍12
Seminar davomida, "3-sinf darsligida flamingo haqida maʼlumot hamda uning rasmi bor. Bu qush Oʻzbekistonda bormi?", - degan savol yangragandi.
Quyidagi havolalar orqali oʻtib ular haqida maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.
10 yillik diydor: flamingolar Qoraqalpogʻistonga qaytdi👇
https://kun.uz/uz/news/2017/04/12/10-jillik-dijdor-flamingolar-korakalpogistonga-kajtdi
Falmingo Qoraqalpogʻistonga nega uchib keladi?👇
https://kun.uz/uz/news/2018/01/30/flamingo-korakalpogistonga-nega-ucib-keladi
Flamingo nima uchun pushti rangda?👇
https://kun.uz/uz/news/2019/01/29/flamingo-nima-uchun-pushti-rangda-ular-oqarib-ketmasligi-uchun-hayvonot-boglarida-nima-bilan-oziqlantiriladi

Kun.uz
10 yillik diydor: flamingolar Qoraqalpog‘istonga qaytdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani hududida joylashgan Sudoche ko‘lida ayni paytda qushlar saltanati hukm surmoqda.
👍7
Mana 13 - 15-yanvar kunlari Chimyon togʻlari bagʻrida boʻlib oʻtgan oʻquv-seminari nihoyasiga yetdi. Uyga eson-omon kelib oldik.
Oʻsha uch kun davomida qayta-qayta eshitgan, har safar eshitganimda ichimni it tirnagan soʻz haqida bir-ikki ogʻiz gapirib qoʻymasan boʻlmaydi.
"oddiy oʻqituvchi". Bu soʻz hammaning tilidan qayta-qayta yangradi. Oʻqituvchilarning oʻzi ham bizday "oddiy oʻqituvchilarga" deb bot-bot aytishdi.
Oʻqituvchi bu insonning hayot kinosidagi muhim obrazlardan biri. Har bir muyilish-u qayrilishda uning hissasi boʻladi. Uning birgina harakati bolani yo lider qiladi yo qul. Juda koʻp narsa bogʻliq boʻlgan kasb nomi oldiga oddiy soʻzini qoʻshish qanchalik toʻgʻri?
Aziz oʻqituvchi! Siz qachondan boshlab oddiy "maqom"ga tushib qoldingiz? Qachon sizni buyuklikdan oddiylikka itarib yuborishdi? Siz emasmi meni "Prezident oʻgʻlim-da bu" deb maqtagan, menga motivatsiya bergan? Siz emasmi men yutuqqa erishganimda koʻziga yosh olgan? Bugun nimagaki erishgan boʻlsam sizning ham hissangiz bor-ku!
Bilaman, orangizda buyuklik toʻniga ravo koʻrilmaydiganlari ham bor. Ularni safdan chiqarish aynan sizning yelkangizda ekanini his qiling. Ularni tarbiyalash ham sizning zimmangizda.
Ustingizdagi oddiy deb atalgan libosni yechish vaqti kelmadimikin? Nimalarga qodir ekaningizni hoziroq isbotlash vaqti kelmadimikin?
P.S.: yana ba'zilarning "oooddiy" deb "o"ni choʻzib aytishiga oʻlaymi😡

👍15
Yuragingni kuydirgan
Sevgi – qizilcho‘g‘ ekan.
Yashnar ekan uf tortsang.
Puf deganda yo‘q ekan.
Azob chekkin, ataylab
Qo‘lingdan suv ichmayman.
Ko‘ylagimning tugmasi
Botmasin, deb quchmayman.
Iqbol Mirzo
She'rni toʻliq biladiganlar bormi? Bu she'rni 7-sinfligimda oʻz tugʻilgan kunimga sovgʻa sifatida sotib olgan kitobdan yodalagan edim. Haliyam esimda... Nimagadir bir oʻqishda yoqqan, ikki oʻqishda yodlab olganman.

👍3
📣 Maqolalar tanlovi!
Tanlov 3 asosiy va bir bonus yoʻnalishda oʻtkaziladi:
1. Oʻqib tushunish koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
2. Yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
3. Lingvistik bilimni kontekstda oʻqitish haqidagi eng yaxshi maqola.
BONUS. Olmoshning mustaqil soʻz emasligini/ekanligini hamda taqlid soʻzning mustaqil soʻz turkumi ekanligi/emasligini isbotlab bergan eng yaxshi ilmiy maqola.
Tanlovda barcha qatnashishi mumkin.
👉 Maqolalarni @maqolaga_bot orqali yuborishingiz mumkin.
⌛️ Maqolalarni 20.02.2022 soat 23:59 gacha yuborish mumkin. Muddat qatʼiy.
🎉 Gʻoliblarni 23.02.2022. da, eʼlon qilaman.
Maqola oʻzbek tilida boʻlishi shart, unda annotatsiya (faqat oʻzbek tilida), kalit soʻzlar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati qismlari boʻlishi shart. Foydalanilgan adabiyotlarning betlari ham koʻrsatilsin!
Maqola 3 betdan kam boʻlmasligi lozim. Iltimos, oʻzbek tilining buyuk til ekani, Navoiy unga qanday hissa qoʻshgani, bugungi kundagi eʼtibor, Prezidentning til haqida nimalar degani va shunga oʻxshash pafosli gaplar hamda suv maʼlumotlar bilan maqolani toʻldirmang.
Yoʻnalishlar nomi maqola mavzusi emas, mavzuni shu yoʻnalish doirasida istaganingizdek tanlashingiz mumkin.
Gʻoliblarga 300.000 soʻmdan pul mukofoti bor! Homiylar qoʻshilsa mablagʻ ortishi mumkin.

👍24