Shokir Tursun qarashlari
5.93K subscribers
859 photos
139 videos
220 files
1.06K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
Audio
2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi (2-qism) darsligi uchun tayyorlangan audio matn

🎧Alla 87-bet

Kanalga ulanish: @birgap
👍3
Tovushlar.wav
19.9 MB
2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi (2-qism) darsligi uchun tayyorlangan audio matn

🎧Tovushlar 87-bet

Kanalga ulanish: @birgap
👍2😁1
Qoida bilmas yalmog'iz.wav
58.7 MB
2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi (2-qism) darsligi uchun tayyorlangan audio matn

🎧Qoida bilmas yalmog'iz 95-bet

Kanalga ulanish: @birgap
👍2
Audio
2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi (2-qism) darsligi uchun tayyorlangan audio matn

🎧Ikki yo'l 106-bet

Kanalga ulanish: @birgap
👍2
Ota-ona, oʻquvchi yoki boshqa begona shaxs oʻqituvchining faoliyatiga aralashsa oʻqituvchini himoya qiladigan qonun bormi?

Albatta, “Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksning 197 prim 5 moddasida quyidagilar aytilgan:

- taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish;

- taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ya’ni oʻqituvchining kasbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish turlicha boʻlishi mumkin masalan,
- qaysidir oʻquvchining bahosini oʻzgartirish boʻyicha topshiriq, buyruq, tahdid;
- oʻquvchiga qoʻyilgan bahodan norozilik bildirish davomida oʻqituvchini kamsitish, haqoratlash;
- oʻquvchining toʻgʻridan toʻgʻri xizmat vazifasi hisoblanmaydigan ishlarga jalb qilish orqali darsini tashlab ketishga majburlash;
- dars vaqtida darsni samarali tashkil etishga qattiq toʻsqinlik qilish orqali darsni tashkillashga imkon bermaslik;

Bilib qoʻygan yaxshi-da!

Kanalga ulanish: @birgap
👍12
Boshim qoʻyib ostonangga,
Quloq tutsam afsonangga,
Gar aylansan devonangga,
Meni sevarmiding, ey dil?!

Tuproq boʻlsam, sen rayhonim,
Quyosh gar boʻlsam, osmonim,
Men majnunga boʻlib jonim
Meni sevarmiding, ey dil?!

Sochlaringga taroq boʻlsam,
Yoʻling uzra buloq boʻlsam,
Qaro tunda chiroq boʻlsam,
Meni sevarmiding, ey dil?!

Toʻlsam dilga yogʻdu boʻlib,
Sen entikkan tuygʻu boʻlib,
Ohu boʻlsang, men togʻ boʻlib,
Meni sevarmiding, ey dil?!

She'rni kim yozganini bilmayman, lekin Malika Egamberdiyeva hamda Elmurod Mirzayev juda yaxshi duetga aylantira olgan ekan:
https://www.youtube.com/watch?v=34J-Lph16FE

P.S.: lirik chekinishlar zarar qilmaydi-ku toʻgʻrimi?

Kanalga ulanish: @birgap
#tavsiya

Mana bu narsa Bluetooth speaker (blyutuz kalonka) deyiladi. Mana shu narsani telefonga simsiz ulash mumkin.

Oʻqituvchilar, audiomateriallarni qoʻyib berishda shundan foydalansangiz boʻladi. Ovozi ancha baland. Narxi ham qimmat emas, 55.000 dan 1.000.000 soʻmgacha bor ekan.

Telefonga quloqchin, yoki televizorga uskunalar sotadigan doʻkonlardan topish mumkin. Arzonrogʻini olib bor ovozida ishlatmasangiz anchaga chidab bera oladi.

Shuni mikrofonlilariyam chiqqan, gapirsangiz ovozingizni balandlatib beradi.

Kanalga ulanish: @birgap
👍18🔥3🤩2
Ushbu rasmda oʻqib tushunish jarayoni modeli tasvirlangan.

Ya'ni inson biror nima oʻqiganda uning miyasida mana shunaqa jarayonlar kechadi. Bu jarayonlar juda katta tezlikda sodir boʻladi.

Model Charlz Perfettining qarashlari asosida ishlab chiqilgan.

Kanalga ulanish: @birgap
👍4
Kanalimda chiqadigan mana shunaqa reklamalarga ishonmanglar!

Buni men tarqatmayman, telegramni oʻzi qiladi, hech bir admin bu jarayonga aralasha olmaydi.

Aytishlaricha, menga koʻrinmas ham ekan bu.

Meni ogohlantirmadi demanglar keyin.

Kanalga ulanish: @birgap
👍17🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Mahalla" telekanalida Zulfiqor Musoqov rejissyorlik qilgan kinolar haftaligi boʻlarkan.

10-yanvardan 16-yanvargacha.

Toʻgʻri, ularning hammasini koʻrganmiz, lekin yana koʻrishga arziydigan bari.

Kanalga ulanish: @birgap
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana shu videoni koʻrib maktab davrlarimiz, anketachi qizlar, ular bergan daftarlar esga tushdi.

Kanalimni oʻqiyotganlar ichida sinfdoshlarim boʻlsa, anketalar turibdimi?

Ustozlar, hozirgi oʻquvchilarda ham anketa bormi?

Kanalga ulanish: @birgap
2-sinfning birinchi yarmida oʻzini maktab direktori sifatida tasavvur qilgan oʻquvchilar endi 2-sinfning 2-yarmida Xalq ta'limi vaziriga xat yozishadi.

Xat tarkibi yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Oʻquvchida Xalq ta'limi vaziri kim? U nima ish qiladi? kabi savollar tugʻilishi mumkin. Oʻqituvchilar esa buni erinmay tushuntirib berishlari maqsadga muvofiq. Zero oʻquvchilar yoshlikdanoq davlatda ma'lum sohalarning rivoji, faoliyati uchun javobgar shaxs borligini, oʻsha shaxs sohadagi hamma narsaga mas'ul boʻlishini anglab yetsinlar.

Birgina mana shu topshiriq bilan oʻquvchiga xat yozishni, gʻoyasini yozma bayon qilishni hamda yuqoridagi ijtimoiy bilimni oʻrgatish mumkin.

Oʻquvchilarimiz haqqini talab qila oladigan, fikrini samarali ifodalay oladigan boʻlsin!

Ustozlar, oʻquvchilaringiz yozgan xatlarni toʻplab Xalq ta'limi vaziriga yuborsangiz boʻladi☺️

Kanalga ulanish: @birgap
👍43
Tanlov uchun kelgan maqolalarni saralab ulgurmadim. Afsusdaman, lekin ertalabgacha natijalarini eʼlon qilishga harakat qilaman.

Kanalga ulanish: @birgap
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turmush qurgan sinfdosh yoki kursdoshlar uchun.

Bir-biriga oshiq sinfdosh, kursdoshlar ham koʻrib qoʻysin.

Kanalga ulanish: @birgap
👍1
Assalomu alaykum! Maqolalar tanlovini eʼlon qilgan edim. Unda gʻoliblar aniqlanishi hamda pul mukofotlarini olishlari kerak edi.

Men tanlovni qayta eʼlon qilishga qaror qildim.

Garchi bu qarorga kelish oson boʻlmagan esada, shunday qilishga majburman.

Menga yuborilgan maqolalarning birortasini tanlov shartlariga mos deb ayta olmayman. Hech birida shartlar bajarilmagan. Hozir birorta yaxshisini tanlab mana deb oʻrin berib yuborsam boʻlardi. Afsuski, bunga vijdon yoʻl qoʻymadi. Keyin oʻsha gʻolib boʻlgan odam butun umr oʻz ishini toʻgʻri deb oʻylab yurishi mumkin. Men shundan choʻchiyman.

Bundan tashqari, ikkita yoʻnalishga umuman maqola kelmagan.

Xullas, bir necha soatdan keyin tanlovni qayta eʼlon qilaman. Mukofot ham oʻzgaradi, tabiiy.

Qatnashuvchilar meni toʻgʻri tushunadi hamda kelasi safar xatolarga yoʻl qoʻyishdan tiyilishadi deb oʻylayman.

Kanalga ulanish: @birgap
👍9
Bugundan boshlab oʻquv-seminarlari boshlandi

Mana erta tong Toshkent markazidan Chimyon togʻlari tomon yoʻlga chiqdik. Biz 200ga yaqin odammiz - Respublika taʼlim markazi xodimlari, darslik mualliflari, seminar trenerlari, viloyat fan metodistlari hamda oʻqituvchilar.

Maqsadimiz oʻzgargan darsliklar asosida darslarni tashkil etish boʻyicha bilim ulashish. Viloyatdan kelganlar oʻz hududiga bizning gaplarimizni yetkazadi.

Oʻquv-seminari 13 - 15-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi. Bugun birinchi kun edi. Ertadan jiddiy mavzular boshlanadi.

Men Ona tili va oʻqish savodxonligi fanidan trenerman.

Alloh xayrli qilsin!

Kanalga ulanish: @birgap
👍7
Live stream scheduled for
DIQQAT! Oʻquv-seminarini jonli tinglamoqchimisiz?

Siz ham uyingizdan turib Toshkent viloyatidagi oʻquv-seminarida qatnashishingiz mumkin. Men sizlar bunga loyiqsizlar deb oʻylayman.

Ertaga, 14-yanvar kuni seminar qatnashchilariga bir nechata mavzuda dars oʻtaman (qanaqa seminar ekanini yuroqidagi bildirgida yozdim). Oʻsha darslarni sizlar ham eshitib koʻrishingiz mumkin. Buni ta'minlash uchun men kanalimda ovozli chat ochaman oʻsha ovozli chatga kirib tinglashingiz yoki yozib olingan ovozni eshitib koʻrishingiz mumkin boʻladi.

14-yanvarda kunning birinchi qismini nazariy bilimlarni mustahkamlashga ikkinchi yarmini amaliyotga bagʻishlashga harakat qilaman.

Audiodarsni jonli tinglash uchun havola👇
https://t.me/birgap?livestream=b794e157d24ceff866

Kanalga ulanish: @birgap
👍12
Live stream started