«Kecha va kunduz»: Nega biz faqat tun qorong‘uligida yashayapmiz? 🌙
Hech o'ylab ko'rganmisiz, nega asar «Kecha va kunduz» deb nomlangan-u, biz qo'limizga olib o'qiydigan kitob faqat «Kecha»dan iborat? Xo'sh, «Kunduz» qayerda?
Cho'lpon bu asarni yozayotganda, xalqning jaholatda, zulm ostida, ko'zi yumuq yashayotgan davrini «Kecha» (Tunda) deb atagan. Uning orzusi yorug'lik, ma'rifat va ozodlik — ya'ni «Kunduz» edi. Eng fojiali joyi shundaki, qator tarixchilar va adabiyotshunoslarning qat'iy ishonchi va ba'zi zamondoshlarining xotiralariga ko'ra, Cho'lpon ikkinchi kitobni, ya'ni «Kunduz»ni yozib tugatgan!
Ammo 1937-yilning mash'um tunlaridan birida u hibsga olinganda, uning barcha qo'lyozmalari NKVD xodimlari tomonidan musodara qilingan. Ehtimol, o'sha yorug' kelajak haqidagi «Kunduz» qatag'on olovlarida yondirib yuborilgandir yoki hanuzgacha qandaydir arxivlarning chang bosgan javonlarida yotgandir.

❤2✍1🔥1
Kumushning qalini qancha bo'lgan yoxud XIX asrda to'y qilish necha pulga tushgan? 💰💍
Otabek va Kumushning sevgisiga qoyil qolamiz. Ammo keling, masalaga biroz moliyaviy tomondan qaraylik. Otabek — Toshkentning eng oldi, boy savdogarlaridan birining o'g'li. Kumushning otasi ham Marg'ilondagi obro'li, o'ziga to'q inson.
Xo'sh, ikki boy oila farzandining to'yi o'sha davr o'lchovida qanchaga tushgan?
XIX asr o'rtalarida Turkistonda asosiy valyuta — kumush tanga va tilla (tilla tanga) edi.
Bitta tilla taxminan 21-22 kumush tangaga teng bo'lgan. O'sha davrda bitta yaxshi ot yoki butun boshli sog'in sigir 2-3 tilla (taxminan 40-60 tanga) turgan. Endi tasavvur qiling: Kumushga qilingan sarpolar, xolis Marg'ilon ipaklari, tilla qosh-u uzuklar va butun shaharga berilgan nahorgi oshlar yuzlab, balki minglab tillalarga tushgan!
Bu degani, zamonaviy tilda aytganda, Otabekning to'yi hozirgi dabdabali, "lyuks" to'yxonalardagi eng qimmat to'ylardan ham bir necha barobar qimmatroq va miqyosliroq bo'lgan.

👏1