Biologiya Pastdarg'om
458 subscribers
1.07K photos
802 videos
2.41K files
3.12K links
Bu kanal Ta'lim sohasiga qiziquvchilar uchun, yangicha testlar kanali.Qo'shimcha tarzda:
👉Kunlik ob-havo ma'lumotlari
👉Qiziqarli testlar
👉Yurtimizga oid ma'lumotlar

Admin: @Bioadminpastdargom
Download Telegram
BILIB QOʻYING.
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

Allel va allel boʻlmagan genlar.

📚 Allel genlarning oʻzaro taʼsir etish xillari quyidagilar...
1) Dominantlik
2) Retsessivlik
3) Oʻta dominantlik
4) Chala dominantlik
5) Kodominantlik


📚 Allel boʻlmagan genlarning oʻzaro taʼsir etish xillari quyidagilar...
1) Komplementar
2) Epistaz
3) Polimer
irsiylanish

T.me/biologiya_pastdargom
KOMPLEMENTAR irsiylanish
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥


🎲 Komplenentar irsiylanishda (lotincha complement-toʻldiruvchi) — bir asosiy gen ikkinchi toʻldiruvchi gen tasir qiladi.

Masalan.

🎯 Xoʻrozlar toj shakli...(F² 9:3:3:1)
Yongʻoqsimon — A-B-
Gulsimon — A-bb
Noʻxatsimon — aaB-
Oddiy — aabb

🎯 Xoldor toʻti pat rangi.(F² 9:3:3:1)
Yashil — A-B-
Havorang — A-bb
Sariq — aaB-
Oq — aabb

🎯 Noʻxat guli... (F² 9:7)
Qizil — A-B-
Oq — A-bb, aaB-, aabb

🎯 Qovoq mevasi.. (F² 9:6:1)
Yumaloq (sharsimon) - A-bb, aaB-
Gardishsimon — A-B-
Uzunchoq — aabb

🎯 Komplementar irsiylanishda F² da ajralish 9:7, 9:3:3:1, 9:3:4, 9:6:1 nisbatlarida boʻladi.

🎲 Komplementar irsiylanishning eng xarakterli tomoni ota-onaga oʻxshmagan organizmlarni rivojlanishi birinchi va ikkinchi avlodlarda kuzatiladi.
POLIMER irsiylanish
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥


📌 Polimer irsiylanish — Allel boʻlmagan bir nechta genning bitta belgini rivojlanishiga oʻxshash taʼsir etishidir. Polimer hodisasini shved olimi Nilson Ele birinchi boʻlib oʻrgangan.

📌 Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ polimeriyaga ajratiladi.

📌 Kumulyativ polimeriya miqdor belgilarni nokumulyativ polimeriya esa sifat belgilarining irsiylanishini namoyon etadi.

🔎 Bugʻdoy don rangi...
4 ta dominant gen - qizil
3 ta dominant gen - och qizil
2 ta dominant gen - pushti
1 ta dominant gen - och pushti
Dominant gen boʻlmasa - oq

🔎 Bugʻdoy doni rangini irsiylanishi kumulyativ polimeriyaga misol boʻladi. F² da fenotipik nisbat 1:4:6:4:1

📚 Kumulyativ polimeriyada F² da fenotipik nisbatlar...

Diduragayda
5 xil - 1:4:6:4:1

Triduragayda
7 xil - 1:6:15:20:15:6:1

Tetraduragayda
9 xil - 1:8:28:56:70:56:28:8:1


📚 Nokumulyativ polimeriyada F² da fenotipik nisbatlar...

Diduragayda
2 xil - 15:1

Triduragayda
2 xil - 63:1

Tetraduragayda
2 xil - 255:1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat masalasida vazirlik mas'uli javobi

Xabaringiz bor, milliy sertifikat uchun natijalarini hisoblashda Rash modeliga o'tilganligi sababli o'qituvchilarga ustama to'lab berishda ko'plab tushunmovchiliklar kuzatilyapti.

Bu kabi muammoli savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan bugungi jonli muloqotda to'liq ma'lumot berilgani haqida avvalroq ham ma'lum qilgandik.

Demak Rash modelida A+ , A , B+ darajalariga ustamalar berilishi taklifi kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda.

Manba: #BIOLOGIYA_OLIMPIADA_MAKTABI  kanali.

T.me/biologiya_pastdargom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkin

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilangan.

Yangi Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimi jonli muloqotda maʼlum qildi.

Ayni vaqtda amaldagi hujjatlariga oʻzgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
ВМҚ-263.pdf
684.6 KB
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6 -maydagi 263-son qarori bilan Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy urta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM tasdiqlandi.

T.me/biologiya_pastdargom
🥚Тухумнинг фойдаси ва зарари.

Тухумнинг сариғи кучли қувватга эга у иссиқлик, оқи эса совуқликдир.

Тухум сариғи чала пиширилса тòйимли овқат бòлади.Юрак ва мияни
бақувват қилиб, баданга куч беради.

Тухум сариғини хомлигича ютиб юрилса қовуқ яллиғланганига
фойда қилади ва овозни очади.

Тухум сариғининг ёғини суртиш соч ва соқолни òстиришга ёрдам беради.

Аммо тухумнинг кўп истеъмоли
буйракда тош ва терида доғлар пайдо қилиши мумкин.

Kasalliklar tv - dan

T.me/biologiya_pastdargom
Haftalik ob-havo
Samarqand, Pastdarg'om tumani

Payshanba, 9-may
🌧 +27° ... +16° Yomg'ir
Namgarchilik: 39%

Juma, 10-may
🌧 +18° ... +11° Yomg'ir
Namgarchilik: 81%

Shanba, 11-may
☁️ +19° ... +9° Ba'zi joylarda bulutli
Namgarchilik: 60%

Yakshanba, 12-may
☀️ +24° ... +12° Ochiq havo
Namgarchilik: 39%

Dushanba, 13-may
☀️ +29° ... +16° Ochiq havo
Namgarchilik: 32%

Seshanba, 14-may
☁️ +33° ... +20° Bulutli
Namgarchilik: 25%

Chorshanba, 15-may
☁️ +26° ... +22° Bulutli
Namgarchilik: 39%


Foydali deb bilgan bo'lsangiz yaqinlaringizga ham ulashing
Doimiy ob-havo ma'lumotlari
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi
#abituriyent

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA.

Bunda:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.


👉 @xushnudbek 👈
Nerv sistemasi filogenezi(11-sinf)

🔴BIRINCHI BOSQICH

👉 To'rsimon yoki diffuz tipidagi nerv sistema

✔️Masalan : Bo'shliqichlilar nerv sistemasi

🔵IKKINCHI BOSQICH

👉 Stvol tipidagi nerv sistema

✔️ Masalan : Kiprikli chuvalchanglarning nerv sistemasi

🟡UCHINCHI BOSQICH

👉 Zanjir tipidagi nerv sistema.

✔️Masalan : Halqali chuvalchanhlar, molluskalar va bo'g'imoyoqlilarda

🟢TO'RTINCHI BOSQICH

👉 Naysimon nerv sistemasi

✔️ Masalan : Xordalilarda



T.me/biologiya_pastdargom
oziq zanjiri.docx
21.7 KB
Озик занжири буйича ДТМ2019 да берилган айрим масалалар ечими ва уларнинг шархи.
Oziq_zanjiriga_doir_masalalar_yechish_metodikasi1_qism@nambiolog.ppsx
8.1 MB
#Masala.

Oziq zanjiriga doir masalalar yechish metodikasi(1-qism).

Mualliflar
: Sheraliyev Obidjon
🗂 QO'LLANMA

🔗1.Suvo'tlar:30000tur(Algalogiya)bir va ko'p hujayrali
Ko'p hujayrali:Dengizda va Chuchuk suvda yashovchi bo'linadi.

🔗2.Yo'sinlar:20000 ortiq tur bir uylik jinsiy bo'g'in ustunlik qiladi

🔗3.Qirqbo'g'imlar:30 dan ko'p
2ta turi(🇺🇿)

🔗5.Qirqquloqlar:10000 tur bor

🔗6.Ochiqurug'li o'simliklar:700ga yaqin tur bor.
Archa ikki uylik tabiiy o'sadi.
Qarag'ay bir uylik Tabiiy o'smaydi.

🔗7.Ikkiurug'pallalilar (Magnoliyasimonlar):340ta oila 175000dan ortiq tur bor

🔗8.Ra'nodoshlar 3000 ga yaqin.Oilani gul formulasi:Gk5Gt5Ch∞U1­∞
Bargi:yonbargchali murakkab
To'pguli:Shingil,qalqon,soyabon;
Mevasi:1 danakli va ko'p danakli
Qizil kitob:Olga sorbaryasi va O'rta Osiyo noki

🔗9.Karamdoshlar:3000ga yaqin tur.
Oilaning gul formulasi:
Gk4Gt4Ch4+2U1
To'pgul:Shingil(to'g'ri 2 jinsli)
Mevasi:qo'zoq va qo'zoqcha
Qizil kitob:8 ta tur


➥Yaqinlarga ulashing

T.me/biologiya_pastdargom
6-SINF TABIIY FANLAR NAZORAT ISHI TO'PLAMI.pdf
2.7 MB
6-sinf Tabiiy fanlar
Nazorat ishi to'plami (1 - 8-nazorat ishlari).

©geography_method

Tabiiy fanlar «SCIENCE»

T.me/biologiya_pastdargom
Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun telegram boti yangilandi!

Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMning bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirilgan.

📝 Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

📚Talabgorlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida bot savollar tarkibi yangilandi hamda uning ishlash funksiyasi takomillashtirildi.

🛠 Ushbu botning yangilangan variantini /start buyrug‘i orqali faollashtirish mumkin!

👉🏻 @BMB_Quiz_bot 👈🏻
Pastdargom_biologiya

Odam tanasidagi eng issiq organni toping ???
Anonymous Quiz
40%
Yurak
10%
Buyrak
3%
O'pka
25%
Jigar
8%
Oshqozon
15%
Muskullar