CAD&BIM&CODE
Revit'da teshiklar отверстия uchun topshiriqlar: chizmalar va yozishmalardan server orqali almashinuvga qanday o'tdik? Muhandislar va AR/KR (Arxitektura/Konstruksiya) bo'limlari o'rtasida teshiklarni kelishish jarayoni haqiqiy bosh ogriqqa aylangan edi: muhandislar…
YouTube
Openings Requests: How We Moved from Sheets and Emails to Server-Based Exchange
How we killed PDF sheets and emails for MEP opening coordination in Revit
If you work in BIM, you know the struggle: engineers manually place opening requests, issue PDF sheets, and wait for the architect's approval via email. But routes constantly change.…

BIM o’zi bilan olib keladigan muammolar
BIM haqida gapirilganda odata faqat maxtashadi: loyihani xatosiz qiladi, to'qnashuvlarni yo'qotadi va hokazo. Lekin BIMga o'tishning o'ziga yarasha og'riqli nuqtalari va cheklovlari ham bor. Kurs sotuvchilari odatda aytmaydigan, ammo har bir rahbar va mutaxassis bilishi shart bo'lgan jihatlar haqida gaplashamiz.
BIM shunchaki kompyuterga bitta dastur o'rnatib, ertadan boshlab mo'jizaviy tarzda loyihalariz behato va tez bo’lib qolmaydi. Uning amaliyotda uchraydigan asosiy muammolari bor:
1. Boshlang'ich xarajatlar
Kuchli kompyuterlar, qimmat litsenziyali dasturlar va jamoani o'qitish uchun boshida ancha katta investitsiya talab etiladi. Bu arzon jarayon emas.
2. Malakali kadrlar taqchilligi
Bozorda haqiqiy tajribaga ega BIM koordinatorlar va mutaxassislarni topish qiyin. O'z xodimlaringizni noldan o'qitish esa loyiha topshirish muddatlariga ta'sir qiladi.
3. Joriy etish uchun vaqt kerak
BIMni to'liq yo'lga qo'yish, standartlar yaratish va jamoani moslashtirish uchun oylab vaqt ketadi. Dastlabki loyihalarda tezlik oshmaydi, aksincha, odatdagidan ko'proq vaqt sarflanadi.
4. Dasturlar orasida nomuvofiqlik muammolari
Har xil dasturlarda ishlangan modellarni (masalan, arxitektura Revitda va konstruksiya Teklada) biriktirishda ma'lumotlar almashinuvida xatoliklar yoki to'liq mos kelmaslik holatlari yuzaga keladi.
5. Ma'lumotlarni boshqarish qiyinligi
Katta hajmdagi model fayllarini saqlash, boshqarish va xavfsizligini ta'minlash IT infratuzilmasiga qo'shimcha yuklama beradi.
6. O'zgarishlarga qarshilik
Eng qiyin va og’riqli to'siqlardan biri — yillar davomida AutoCADda an'anaviy usulda chiziqchalar chizgan va shunday ishlashga o'rganib qolgan xodimlarning yangicha formatga, boshqacha fikrlab loyiha yaratisgfa o'tish qiyin masala.
Xo'sh, bu muammolar BIMdan voz kechishga sabab bo'ladimi?
Mutlaqo yo'q. Bu cheklovlar BIMning qadrini tushirmaydi. Shunchaki, loyihani boshlashdan oldin xomxayollarga berilmasdan, real reja tuzish kerakligini ko'rsatadi. Bu to'siqlarni yengish uchun rahbariyat jamoani o'qitishga jiddiy e'tibor qaratishi, qat'iy standartlar ishlab chiqishi va dasturlararo muammolarni hal qilishi kerak bo’ladi.
BIMni joriy qilish — bu qisqa masofaga yugurish emas, uzoq muddatli marafon.
Sizning jamoangiz BIMga o'tish jarayonida qaysi to'siqlarqa duch kelgan?
#RevitUz #BIMUzbekistan #BIMtroubles

❤1🔥1
Savol: BIM muvofiqlashtirish (koordinatsiya) nima?
Anonymous Quiz
0%
Arxitektura va dizayn modellarini birlashtirib, avtomatik ravishda yakuniy renderlarni yaratish.
25%
Loyiha smetasini hisoblash va elementlarni qurilish kalendar rejasiga bog'lash jarayoni.
75%
Turli soha modellarini birlashtirib, to'qnashuvlar, bo'shliqlar va qurish imkoniyatini tekshirish.
0%
Revitda xatolarni yashirish uchun elementlarni joyini avtomatik ravishda siljitish va o'zgartirish.
Revitda paketli eksport: BatchExporter
Har bir varaq va jadvallarni bittalab eksport qilishdan charchadingizmi? BatchExporter bilan tanishing — hujjatlarni butun boshli paket qilib yuklab beruvchi qulay va bepul Revit plagini. G'oya ProSheets'dan olingan bo'lib, tajribali muhandis-koordinator Odil Xodjamovning tavsiyalari bilan boyitilgan. Plagin mutlaqo bepul va hujjatlarni eksport qilishdagi barcha asosiy ehtiyojlarni yopadi.
U varaqlar (sheets), ko'rinishlar (views) va jadvallarni (schedules) ommaviy eksport qila oladi. Revit 2023–2027 versiyalari qo'llab-quvvatlanadi.
Formatlar va ularning xususiyatlari:
PDF: Revit'ning o'ziga o'rnatilgan eksport funksiyasidan foydalanadi hamda masshtab, rang va fayl nomlarini sozlash bo'yicha keng imkoniyatlar beradi.
DWG: Loyihangizda avvaldan saqlangan eksport sozlamalari (Export Setups) asosida ishlaydi.
DGN: O'ziga xos jihati shundaki, u loyihada oldindan yaratilgan sozlamalar to'plamini talab qiladi. Plaginda Revit'ning kerakli oynasiga tez o'tish uchun maxsus tugma mavjud.
DWF / DWFx: Element xususiyatlari, teksturalar va qirqish chegaralarini (crop regions) to'liq saqlab qoladi.
Tasvirlar (PNG, JPG, TIFF, BMP): Sifatni 72 dan 600 dpi gacha sozlash, shuningdek, fonsiz (shaffof) saqlash va eksport chegaralarini aniq belgilash imkonini beradi.
Hali ham chizmalarni pdfga alohida, dwfga alohida o'rkazib vaqt ketkizyapsilarmi??

👍2
YMPlugins-1.0.0-SingleUser.msi
32 MB
Skrinshotlar va o'rnatish fayllari. O'rnatish uchun bitta faylni yuklab olishning o'zi yetarli.
SingleUser — agar o'zingizning shaxsiy kompyuteringizda ishlayotgan bo'lsangiz va administrator huquqlari bilan ovora bo'lishni xohlamasangiz;
MultiUser — agar kompyuter umumiy bo'lsa yoki dasturni bir nechta ish joylariga markazlashtirilgan holda o'rnatmoqchi bo'lsangiz.

👍3
BIM Ish Jarayoni (Workflow): Loyihada ma'lumotlar qanday harakatlanadi?
BIM aslida bilsalarin kerak, bitta dasturda ishlash degani emas, ya’ni BIM faqat Revit emas. Bu butun boshli jamoa, standartlar va ma'lumotlarni biriktiruvchi qat'iy tizilgan jarayon. Agar ish jarayoni noto'g'ri qurilsa, eng qimmat, eng zo’r dasturlar ham loyihani palapartishlikdan qutqarib qololmaydi.
Amaliyotda bu qanday ishlaydi? Arxitektura, Konstruksiya va muhandisliklar o'z modellarini Umumiy Ma'lumotlar Muhitida(UMM), inglizchasiga - Common Data Environment(CDE) da yuklanadi va yig'iladi.
Jarayonning asosiy zanjiri:
1. Model yaratish
2. Axborotni CDE orqali almashish
3. Muvofiqlashtirish (Koordinatsiya)
4. To'qnashuvlarni tekshirish (Clash detection)
5. Hujjatlashtirish (Chizmalar va spetsifikatsiyalar generatsiyasi)
6. Qurilishga topshirish
U qat'iy kelishilgan modellashtirish standartlari, fayllarni nomlash qoidalari va tekshirish tartiblariga asoslanadi. Muvofiqlashtirish va to'qnashuvlarni tekshirish, barcha xatolar bartaraf etilguncha takrorlanaveradi.
Natijada qurilish maydoniga "eskizlar" emas, balki xatosiz chizmalar, aniq smetalar va yagona muvofiqlashtirilgan model yetib boradi.
BIMning o’zi eng asosiy maqsadlaridan biri bu qurilishdagi xatolarni, qayta ishlashni oldini olish, ko’pchilik o’ylaganidek tezlik emas, asosiysi sifat.
CDE nimaligi haqida savol tu'gilgan bolsa, youtube da alohida o'zbekcha video bor. Hatto 2ta video bor )
CDE orqali bitta tizimda ishlab ko’rganmizis? Yoki haligacha fayllar, fleshka(yo tovba) va messenjerlar orqali alishlarmi ma’lumotlarni?
#RevitUz #BIMUzbekistan #BIMWorkflow #BIMKoordinator #Arxitektura #Loyihalash #CDE #Qurilish #QurilishStandartlari
Telegram | YouTube

Asosiy qoida: BIM – bu dastur emas, BIM bu jarayonlar.

👍1
BIM loyihasida kim nima ish qiladi? Yoki nega bitta mutaxassis hamma narsaga ulgurolmaydi?
Kechagina bir tashkilotda bo’ldim, hozirgi holatni audit qilgani borgandim. Tashkilotda BIM level darajasi 2Ddan saaal balandroq, qisqasi odatdagidek, bir hil. BIM kerak tezda va hozir, bu ham o’sha holat. Ya’na etmaganidek dokumentooborot uchun ham tizim sotib olingan (qanday mezonlar asosida tanlangan — bu alohida katta savol), lekin uni kimdir joriy qilishi kerak. Ya’ni odatda BIMga o'tayotganda bitta xodim yollansayu (agar yollansa, kimga ham kerak chizma chiqarmaydigan hodim), undan hamma narsani talab qilinadi: umumiy strategiyani tuzish, 3D model bazasini yaratish, chizmalar chiqarish va UMM boshqarish.
Deyarli hamma joyda shunaqa holat. Rahbarlarning fikri odatda quyidagicha: "Iye, BIMchingiz loyiha qilmaydimi?"
Unda kompyuter administratori ham loyiha qilsin, nimaga u qilmayapti? BIM ham alohida tizimku, texnologiya, uni ham qo'llab-quvvatlovchi mutaxassislar zarur.
Xullas, tashkilotga bu shaxslarning alohida vazifalarini tushuntirib keldim. Oldindan ogohlantirib qo'yay, bu ideal holatdagi taqsimot, "shuncha bekorchini jalb qilish kerakmi" deb qo'rqmanglar yana.
Hullas, BIM jamoa a'zolarining mas'uliyatlarini ajratib olamiz:
BIM Menejer: BIMda eng asosiy figura, aniq bir loyiha uchun, “ma’lumotlarni GIPi” desak ham boladi. Strateg va boshqaruvchi. U loyiha qoidalarini (BEP - BIM Execution Plan) va standartlarni ishlab chiqadi. Dasturda detal chizib o'tirmaydi, balki butun jamoaning to'g'ri ishlashini va buyurtmachi talablari bajarilishini nazorat qiladi.
BIM Koordinator: Jarayonning taktik yetakchisi. Har kungi modellar muvofiqligi, axborot almashinuvi va to'qnashuvlarni nazorat qiladi. U xatolarni qurilish maydoniga yetib bormasdan oldin aniqlaydi.
BIM Modelchi: Yaratuvchi( kichik BIM hodimi). Tashkilotlarda uni vazifasi 2 hil sifatida bo’lishi mumkin.
Ba’zi tashkilotlarda qo’l vazifasini bajaradi, ya’ni loyihachilarni qoli. Arxitektura, konstruksiya yoki muhandislik tarmoqlarini BIM menejer belgilagan standartlar asosida modellashtiradi, ma'lumotlarni kiritadi chizmalar, shakllantiradi.
Ba’zi tashkilotlarda agar loyihachilar BIMga o’tgan bo’lsa ular uchun BIM baza shakillantiradi, Revitni misolida semeystvalar qiladi
BIM Sifat Nazoratchisi (QA/QC): Modellarning BEP va standartlarga mosligini tekshiradi va sifat hisobotlarini tayyorlaydi. Bu vazifani BIM koordinator yoki alohida proramma ham bajarishi mumkin
BIM Ma'lumotlar Menejeri (Information Manager): UMM (Umumiy ma'lumotlar muhiti) admini. Fayllarni nomlash qoidalari, versiyalar nazorati, huquqlar va axborot xavfsizligiga javob beradi. Fayllar arxividagi tartibsizlikning oldini oladi. Hullas shu UMMni qo’llab quvvatlaydi.
Bu vazifalar loyiha hajmiga qarab, qisman birlashtirilishi mumkin. Biroq, bu holatda vazifalar chegarasini tushunmaslik jamoada xaosni keltirib chiqarishi mumkin. Tartibli ish jarayoni doim standartlarni belgilashdan boshlanadi.
BIMni joriy qilishda, boshlanishda (bizni holatda) BIMni darajasi yuqorida aytganimdek bo’lsa, hech bo’lmasa bitta odam bilan boshlab turish tavsiya qilgan bo’ladim. U menedjer/koordinator/modeler vazifalarini bajarishi mumkin. Lekin modelerlik ham qisman, asabga tegadi. Unga yana UMMni aministratorligihi topshirish ... overhead bo’ladi.
Eng asosiysi: o’qitish masalasi alohida bo’lishi kerak, yangi BIMchiga yuklamaslik kerak, aslo, orada savol bo’lib qo’lsaku mayli. Iloji bo’lsa har bir bo’lim uchun alohida ustoz jalb qilinishi shart, joriy qilish tezroq bo’ladi.
Shun iloji bo'lsa rahbarlarga yetkazib qo'yinglar, iltimos, ranmat).
Savollar bo’lsa bemalol, tortinmaymiz.
p.s. Keyingi postlarda shu rollarni alohida ko'rib chiqamiz. Kuzatishda davom eting.
#BIM #BIM_Management #BIMKoordinator #BIMMenejer #Revit #Autocad #CDE #Loyihalash #BIMLevels

YMPlugins-1.0.0-MultiUser.msi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BatchExporter da faylni to'g'ridan-to'g'ri ochish shart emas, u bog'langan fayllarni ham istalgan formatga chiqarishi mumkin!
Demo.
Demo.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Batch Exporter endi vaqt bo'yicha eksport qiladi
Demo:
Vaqt bo'yicha chop etish;
bir nechta fayldan chop etish;
bitta faylga birlashtirish, loyihalar yoki formatlar bo'yicha saqlash – umuman olganda, formatlarni saqlashning turli xil opsiyalari mavjud.
O'ylaymanki, hammasini batafsil yozib o'tish shart emas, videoning o'zidan qanday saqlash turlari borligi tushunarli.
Ikkinchi marta ishga tushirilganda interfeys sekinroq yuklandi, chunki u barcha fayllardagi listlar /vidlar / jadvallarni qaytadan o'qib chiqdi.

BIM Modellashtiruvchi (BIM Modeler): Loyihada asosiy ma’lumot yaratuvchisi o'zi nima ish qiladi?
BIM modelerni shunchaki 3D model yaratuvchi xodim yoki oddiy chizmachidek tassavvur qilamiz. Aslida u chizmalar va texnik talablarni aqlli, axborotga boy modelga aylantiruvchi asosiy mutaxassislardan biridir. Yaxshi BIM modelersiz hech qanday koordinator yoki menejer sifatli loyiha yig'a olmaydi, loyihani asosiy “qo’li” xisoblanadi.
Bu mutaxassisning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Qat'iy standartlar asosida model yaratish.
2D chizmalar va spetsifikatsiyalar asosida 3D modelni ko'taradi. Lekin buni o'zboshimchalik bilan emas, balki loyihaning BIM ijro rejasi (BEP) talablariga, fayllar va elementlarni to'g'ri nomlash qoidalariga qat'iy amal qilgan holda bajaradi.
2. Ma'lumotlarni boshqarish (LOI).
Geometriya — bu ishning yarmi. Modeler elementlarga kerakli axborotlarni (parametrlar, texnik xususiyatlar) aniq va to’liq kiritib chiqishi kerak, aks holda, model oddiy "o'lik" shaklga aylanib qoladi.
3. Sifat nazorati va Muvofiqlashtirish (Koordinatsiya).
Yaratilgan modelni birinchi navbatda o'zi ichki tekshiruvdan o'tkazadi. So'ngra BIM koordinator tomonidan aniqlangan to'qnashuvlar (Clash Detection) va fikr-mulohazalar asosida modelga o'zgartirishlar kiritadi va uni yangilab boradi.
4. Natija materiallarni shakllantirish.
Model tayyor bo'lgach, aynan shu yerdan aniq ishlangan chizmalar, materiallar ro'yxati (spetsifaksiya) va hajmlarni chiqarib oladi hamda loyiha versiya (reviziya) larini yuritadi.
Lekin, agar tashkilot BIMga to’liq otgan bo’lsa va barcha hodimlar BIM programmalarida to’liq ishlashsa, BIM modelerni ishi kamayib qolmaydi va bu hodimni bo’shatishga shoshilmaslik kerak. Sababi u loyihachilar uchun asosiy material etkazib beruvchi sifatida, ular uchun ma’lumotlarga toyingan va sifatli detallashtitilgan modellar yaratib, loyihachilar uchun baza hosil qilishi mumkin bo’ladi. Bu bilan loyihachilarni vaqti tejaladi va ular bevosita o’zlarini asossiy vazifalari bilan shug’ulanishga imkon beradi.
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, "BIM modeler loyiha standartlari (BEP) asosida aniq va ma'lumotlarga to’la model yaratadi. U modelning aniqligini, ma'lumotlar izchilligini ta'minlaydi hamda muvofiqlashtirilgan modeldan qurilish uchun sifatli chizmalar va spetsifikatsiyalar tayyorlaydi. Va bularga qo’shimcha ravishda, standard tipik modellar asosida baza hosil qiladi."
Lekin, bizda, O’zbekistonda bunday vaizifani bajaruvchi hodimni hali ko’rganim yoq, tashilotlarinda modelerlar bormi? Yoki hamma o’zi xohlagan model bilan xohlaganicha ishlash yo’lga qo’yilganmi? Izohlarda fikr almashamiz.
#BIM #BIM_Management #BIMModeler #BIMKoordinator #RevitUz

BIM Modellashtiruvchi Infografika.png
1.2 MB
BIM Modellashtiruvchi (BIM Modeler): Loyihada asosiy ma’lumot yaratuvchisi o'zi nima ish qiladi?
Telegram | YouTube
Telegram | YouTube
👍1
BIM Koordinator: Nega O'zbekistonda bu kasb deyarli yo'q va buni oqibatlari sezilarlimi?
BIM haqida gap ketganda, loyiha BIMda bararilsa yana bir qo’shimcha mutaxassisga ehtiyoj sezilishi mumkin, bu - BIM Koordinator. “Kitobida” yozilishicha loyihadagi barcha mutaxassisliklar (arxitektura, konstruksiya, muhandislik tarmoqlari) modellarini birlashtiruvchi, to'qnashuvlarni aniqlovchi va axborot almashinuvini boshqaruvchi markaziy shaxs hisoblanadi.
Kelinglar oldin tushinib olaylik Koordinatorni asosiy vazifalari nima va bu vazifalarga bizda zarurat bormi o’zi:
Modelni muvofiqlashtirish: Barcha bo'limlar modellarini bitta umumiy (federated) modelga yig'ish va ularning o'zaro to'g'ri joylashuvini ta'minlash. Bu jarayon chetlab o’tilsa, keyinchalik birlashtirishda muammolar yuzaga chiqad, modellar bir biriga mos kelmaydi, biri erda biri osmonlarda uchib yuradi.
To'qnashuvlarni aniqlash (Clash Detection): Arxitektura, konstruksiya va muhandislik tarmoqlari o'rtasidagi to’qnashuvlarni aniqlash, ularni hal qilish uchun tegishli ma’sullarga biriktirish va to'g'rilanganligini tekshirish. Bu jarayonsiz sifatli loyiha olish mumkin emas.
Sifat nazorati va Axborot boshqaruvi: Fayllarni to'g'ri nomlash, versiyalarni boshqarish va modelning BEP (BIM Execution Plan) standartlariga mosligini ta'minlash. Masalan, fayllarni nomi ma’lum bir standard asosida nomlanishi avtomatlashtirish jarayonida bu fayl qaysi obyekt qaysi bo’lim va qaysi bosqichdaligi haqida ma’lumot olish mumkin bo’ladi.
Hujjatlashtirish: To'qnashuvlar bo'yicha hisobotlar tayyorlash va jarayonni kuzatib borish. Bu tsikl to’qnashuvlar topilmaguncha davom etadi.
O'zbekiston realligidagi muammo
Ho’p yuqorida keltirilgan jarayonlar tashkilotlarga kerakmi? Bizdagi hozirgi holatga karasak nima deb o’ylaysiz BIM koordinatorlar kerakmi o’zi?
Axir BIMda ishlayapmiz, chizmalar chiqaryapmizku, obyemlarni olyapmiz, qurilishlar davom etyapti? Nima kerak ortiqcha sarf qilib koordinator yollab, unga oylik to’la to’grimi? Nech yillardan beri kerak bo’maganku, biz har doim shunaqa islagamizku a?
O’ylashimcha eng asosiy muammo aynan shunda, “biz har doim shunaqa qilganmizu” deyish. Zamon o’zgaryapti, jarayonlar o’zgaryapti lekin loyihalash jarayoni o’sha o’shaligicha qolmoqda. Qolimizdagi telfondi yangi versiyasi chiqsa darrov alishtirishga shoshlamizu, lekin shu telefonni olishimizga hizmat qiluchi jarayondi o’zgartirishga shoshilmaymiz, aniqrog’i istamaymiz, ee yog’e ich-ichimizdan qarshiliq qilamiz.
Shuning uchun haligacha qurilishda hatolar oddatiy holga aylangan, quruvchi loyihachini so’kib to’grilab ketoradi, loyihachi esa quruvchini. Va holanki BIMni birinchi bo’lib Buyurtmachi talab qilmas ekan jarayon o’zgarmaydi, chunki BIMni asosiy foydasi qurilishda.
Koordinatorsiz BIM jarayoni oddiy 3D chizmachilikka aylanib qoladi. Texnologiyadan kutilgan asosiy iqtisodiy samaradorlik — xatolarning oldini olish qismi umuman ishlamaydi.
Ungacha eas bizni mehnat bozorda, "BIM Koordinator" yoki "BIM menejer" vakansiyalarni uchratmaymiz, to’gri tushunasizlar, ishiz qolib ketganim yoq, zamonga hamnafas mazligimiz alam qilyapti, qoshnilardan qolib ketyatganimiz …)
Rahbarlar ham BIM shunchaki uch o'lchamli chizma emas, balki qat'iy boshqaruv va koordinatsiya jarayoni ekanligini tushunmas ekan, loyihalar doimiy ravishda qurilish maydonidagi muammolar bilan to'qnashaveradi.
Savol: O’zbekistonda koordinatorlar bormi?
#BIM #BIM_Management #BIMKoordinator #ClashDetection #Revit #Navisworks #Loyihalash #Qurilish #BIMStandartlari

GPT-6 Astra: "Men bilan gaplashyatganda ko'zimga qara"
GPT-6 Astra AI agenti yordamida OBS dasturini (ekran yoki kamerani yozuchi dastur) sozlayotgan yigit shu Astradan so'kish eshtishiga sal qoldi.
U sozlash jarayonini o'rtasida chalg'ib, javob bermay qo'ygan. Agent kamera orqali kelayotgan videoni tahlil qilib, inson ekranga qaramayotganini payqagan. E'tiborni tortish uchun AI mustaqil ravishda Mac kompyuterida ovozni balandlatgan va ekranga katta so'roq belgisini chiqarib qo'ygan.
Shunaqa, bular yaqinda urib tashlamasa bo'ldi!

😁4