CAD&BIM&CODE
174 subscribers
18 photos
41 videos
22 files
98 links
Download Telegram
BIMda LOI nima va u nega chiroyli 3D modeldan muhimroq?

BIM loyihasida bino faqatgina geometrik shakllardan iborat bo'lmaydi. Agar model ichidagi elementlarda ma'lumotlar bazasi bo'lmasa, u shunchaki chiroyli "o'lik" 3D rasm hisoblanadi. Aynan shu yerda loyihaga jon kirituvchi LOI tushunchasi o'yinga ko’shiladi.

1. LOI o'zi nima? LOI (Level of Information — Axborot darajasi) — bu model elementiga biriktirilgan grafik bo'lmagan axborotlar to'plami. Ya'ni, masalan bu uskunaning qanday ko'rinishda ekanligi emas, balki uning ortida qanday ma'lumotlar yashiringanligidir.
Masalan, loyihadagi bitta nasosni olaylik. LOI orqali biz uning tashqi ko'rinishini emas, balki quyidagi aniq raqamlar va faktlarni bilib olamiz:
Texnik xususiyati (masalan, 150 m3/soat quvvat).
Ishlab chiqaruvchi korxona nomi.
Ishlash ko'rsatkichi va samaradorligi.
Kafolat muddati (masalan, 24 oy) va ID raqami.

2. Amaliyotda bu qanday ishlaydi? Loyiha vaqt o'tishi bilan rivojlangani sari, LOI darajasi ham ortib boradi. Dastlabki konsept bosqichida asbob-uskunaning faqat turi va taxminiy talablari kiritiladi. Qurilish va loyihani topshirish (ekspluatatsiya) bosqichiga kelib esa, unga aniq zavod modellari, seriya raqamlari, kafolat talonlari va texnik xizmat ko'rsatish yo'riqnomalari qo'shiladi.

3. Haqiqiy loyihadan misol. Tasavvur qiling, maktab loyihasi qilinmoqda. Boshida faqat arxitektura va xonalar joylashuvi chiziladi. Keyinchalik muhandislik ( isitish, suv, elektr) tizimlari qo'shiladi. Qurilish bitib, bino buyurtmachiga topshirilayotganda esa har bir uskuna o'zining barcha hujjatlari va texnik xizmat jadvallari bilan model ichida tayyor turadi.
Qurilish bitgach, binoni ventilyatsiya yoki gaz tizimini ta'mirlashi kerak bo'lib qoldi. Shunda qog'oz arxivlarini titkilab o'tirilmaydi. BIM modelga kirib, uskunaning ustiga bosish orqali uning elektron pasporti, servis jadvali va ulanish texnik xaritalarini bir zumda topib oladi, hammasi modelda tayyor bo'ladi va ular istalgan obyektni tanlab u haqida ma’lumot olism imkoniga ega bo’lishadi.

4. Asosiy qoidalar
LOI asosan geometriya haqida emas, ma'lumot haqida.
Qaysi bosqichda qanday axborotlar kiritilishi kerakligi doim loyihaning BIM ijro rejasida (BEP) qat'iy belgilanadi.
Ishonchli LOI binoni kelajakda boshqarish xarajatlarini keskin kamaytiradi.
 
Hulosa
"LOI — bu BIM elementlariga biriktirilgan grafik bo'lmagan axborot. U loyihalash, xaridlar, qurilish va ayniqsa binoni ekspluatatsiya qilish jarayonlarida asqotadigan aniq ma'lumotlarni o'z ichiga oladi."
Sizning jamoangizda elementlarga ma'lumot kiritish (LOI) masalasiga qanchalik jiddiy e'tibor qilinadi? Odatda ma'lumotlar to'liq kiritiladimi yoki asosan geometriya (3D) ustunlik qiladimi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Maqolani ruscha versiyasi

#RevitUz #BIMUzbekistan #LOI #BIMAxborot #BIMKoordinator #Arxitektura #QurilishLoyihasi #BIMtexnologiyalari #RevitDarslari #Loyihalash #QurilishStandartlari
👍2
LOI Infografika.png
1.2 MB
BIMda LOI nima va u nega chiroyli 3D modeldan muhimroq?

ruscha versiya

Telegram | YouTube
👍1
BIM qurilish maydonida qanday ishlaydi? Shunchaki ofisdagi chizmami yoki haqiqiy nazorat?

Ko'pchilik BIM faqat ofisda o'tirib chiroyli 3D loyiha chizish deb o'ylaydi. Lekin uning haqiqiy kuchi qurilish maydonida bilinadi. BIM - bu oddiy chizmalarga emas, aniq va ishonchli ma'lumotlarga tayangan holda ishni rejalashtirish, muvofiqlashtirish va topshirish usulidir.

Xo'sh, amalda BIM qurilishda qanday vazifalarni bajaradi?

1. Muvofiqlashtirish(Koordinatsiya) va to’qnasuvlarni aniqlash (Clash detection): Arxitektura, konstruksiya va MEP (muhandislik) tarmoqlari bitta umumiy muhitda (CDE) yig'iladi. Ventilyatsiya kanali beton ustunga urilmayaptimi? Quvurlar va kabellar bir-biriga xalaqit bermayaptimi? Bu muammolar stroykada ustalarni so'kingan holatda emas, balki qurilish boshlanishidan oldin kompyuterda aniqlanadi va hal qilinadi.

2. Aniq miqdor hisobi: Qancha beton, qancha armatura yoki kabel kerak? Barchasi modeldan aniq chiqarib olinadi. Bu smeta tuzish va material xarid qilish jarayonida ortiqcha xarajatlarning oldini oladi.

3. 4D Rejalashtirish (Plan grafik): Qurilish jarayoni vaqt jadvaliga bog'lanadi. Kim qachon ishga kirishishi va montaj navbatma-navbatligi aniq reja asosida quriladi.
4. Hujjatlashtirish va Ekspluatatsiyaga topshirish: Qurilish bitgach, buyurtmachiga shunchaki taxlam qog'ozlar emas, balki butun binoning raqamli ma'lumotlar bazasi topshiriladi. Aktivlar, kafolatlar va texnik xizmat ko'rsatish yo'riqnomalari aynan shu model orqali boshqariladi.

BIM – bu maydondagi takroriy ishlar (rework) va asabbuzarliklardan qochish, ofis va qurilish maydoni o'rtasidagi aloqani mustahkamlash usulidir. Lekin unutmang, BIM darhol qurilishni tezlashtirib yuboradigan sehrli tayoqcha emas. U avvalo tartib, sifat va aniqlik beradi. Sifatli va xatosiz loyiha esa oxir-oqibat byudjet va asabni tejaydi.

Sizning loyihalaringizda qurilish maydoniga chizmalar qanday yetib boradi? Ziddiyatlar oldindan tekshiriladimi yoki ishchialr amallab loyihachini so’kib, o'zi yechim topib ketadimi? Izohlarda fikr almashamiz.

Maqolani ruscha versiyasi

#RevitUz #BIMUzbekistan #Qurilish #BIMKoordinator #Arxitektura #Loyihalash #Smeta #MEP #QurilishStandartlari #BIMtexnologiyalari
❤1👍1
Revit'da teshiklar отверстия uchun topshiriqlar: chizmalar va yozishmalardan server orqali almashinuvga qanday o'tdik?

Muhandislar va AR/KR (Arxitektura/Konstruksiya) bo'limlari o'rtasida teshiklarni kelishish jarayoni haqiqiy bosh ogriqqa aylangan edi: muhandislar topshiriqlar uchun elementlarni (semeystvolarni) qo'lda joylashtirar, ularni alohida listga oformleniye qilib, chizmalarda berishar edi. Buning ustiga, tarmoqlar (trassalar) siljishi mumkin edi, natijada topshiriq chizmalari qaytadan chiqarilar, Asana'dagi vazifa yangilanar, nima va nima uchun kelishilgani haqidagi tarix esa messenjerlar, pochta yoki Asana izohlarida butunlay izsiz yo'qolib ketardi.

Endi biz jarayonni to'liq qayta qurdik, og'ir bog'langan modellardan voz kechdik va butun ma'lumot almashinuvini serverga o'tkazdik.

Jarayon qanday ishlaydi:

Chizmalarsiz darhol almashinuv. Topshiriqlar bitta tugmani bosish orqali serverga uchib ketadi, arxitektor esa to'g'ridan-to'g'ri o'z modeliga faqatgina yengil o'lcham-elementlarni yuklab oladi.
Aqlli qidiruv. Plagin o'tish joylarini haqiqiy geometriya bo'yicha qidiradi (nishab va fitinglarni to'g'ri ko'radi), devorlarning yaqin qatlamlarini o'zi birlashtiradi va kichik (15 mm dan kam) tegib o'tishlarni chetlab o'tadi.
O'chirib bo'lmaydigan tarix. Qarorlar serverda yashaydi. Agar arxitektor teshikni rad etsa — u sababini ko'rsatishi shart va bu tarixda mangu saqlanib qoladi.
Dublikatlardan himoya (kalitni meros qilib olish). Agar muhandis topshiriqni o'chirib, 50 mm radiusda yangisini qo'ysa (ya'ni quvurni biroz siljitsa), plagin avtomatik ravishda uning eski ID raqamini saqlab qoladi. Arxitektorga bitta teshikni ikki marta tasdiqlashga to'g'ri kelmaydi!
Nazorat ostida kesish. Tasdiqlangan topshiriq bitta bosish orqali toza kesuvchi element (semeystvo) bilan almashtiriladi.

Xulosa: Jarayonning to'liq shaffofligi va chizmalarni rasmiylashtirish uchun umuman vaqt sarflanmasligi.
Balki orangizda shunday jarayonni allaqachon yo'lga qo'yganlar bordir, sizda barchasi qanday sozlangan? Balki biz nimadir e'tibordan chetda qoldirgandirmiz, bizda hammasi hozircha test rejimida ishlamoqda, fikrlaringiz bilan o'rtoqlashing. Rahmat.

Jarayon haqida batafsil bu yerda o'qing: https://telegra.ph/Zadaniya-na-otverstiya-kak-my-ushli-ot-listov-i-perepisok-k-servernomu-obmenu-09-03
Sizning jamoangizda teshiklar uchun topshiriq berish jarayoni hozir qanday yo'lga qo'yilgan — Revit'ning standart vositalaridan foydalanasizmi yoki boshqa plaginlardanmi?
👍1
BIM o’zi bilan olib keladigan muammolar

BIM haqida gapirilganda odata faqat maxtashadi: loyihani xatosiz qiladi, to'qnashuvlarni yo'qotadi va hokazo. Lekin BIMga o'tishning o'ziga yarasha og'riqli nuqtalari va cheklovlari ham bor. Kurs sotuvchilari odatda aytmaydigan, ammo har bir rahbar va mutaxassis bilishi shart bo'lgan jihatlar haqida gaplashamiz.

BIM shunchaki kompyuterga bitta dastur o'rnatib, ertadan boshlab mo'jizaviy tarzda loyihalariz behato va tez bo’lib qolmaydi. Uning amaliyotda uchraydigan asosiy muammolari bor:

1. Boshlang'ich xarajatlar
Kuchli kompyuterlar, qimmat litsenziyali dasturlar va jamoani o'qitish uchun boshida ancha katta investitsiya talab etiladi. Bu arzon jarayon emas.

2. Malakali kadrlar taqchilligi
Bozorda haqiqiy tajribaga ega BIM koordinatorlar va mutaxassislarni topish qiyin. O'z xodimlaringizni noldan o'qitish esa loyiha topshirish muddatlariga ta'sir qiladi.

3. Joriy etish uchun vaqt kerak
BIMni to'liq yo'lga qo'yish, standartlar yaratish va jamoani moslashtirish uchun oylab vaqt ketadi. Dastlabki loyihalarda tezlik oshmaydi, aksincha, odatdagidan ko'proq vaqt sarflanadi.

4. Dasturlar orasida nomuvofiqlik muammolari
Har xil dasturlarda ishlangan modellarni (masalan, arxitektura Revitda va konstruksiya Teklada) biriktirishda ma'lumotlar almashinuvida xatoliklar yoki to'liq mos kelmaslik holatlari yuzaga keladi.

5. Ma'lumotlarni boshqarish qiyinligi
Katta hajmdagi model fayllarini saqlash, boshqarish va xavfsizligini ta'minlash IT infratuzilmasiga qo'shimcha yuklama beradi.

6. O'zgarishlarga qarshilik
Eng qiyin va og’riqli to'siqlardan biri — yillar davomida AutoCADda an'anaviy usulda chiziqchalar chizgan va shunday ishlashga o'rganib qolgan xodimlarning yangicha formatga, boshqacha fikrlab loyiha yaratisgfa o'tish qiyin masala.

Xo'sh, bu muammolar BIMdan voz kechishga sabab bo'ladimi?
Mutlaqo yo'q. Bu cheklovlar BIMning qadrini tushirmaydi. Shunchaki, loyihani boshlashdan oldin xomxayollarga berilmasdan, real reja tuzish kerakligini ko'rsatadi. Bu to'siqlarni yengish uchun rahbariyat jamoani o'qitishga jiddiy e'tibor qaratishi, qat'iy standartlar  ishlab chiqishi va dasturlararo muammolarni hal qilishi kerak bo’ladi.

BIMni joriy qilish — bu qisqa masofaga yugurish emas, uzoq muddatli marafon.
Sizning jamoangiz BIMga o'tish jarayonida qaysi to'siqlarqa duch kelgan?

#RevitUz #BIMUzbekistan #BIMtroubles
❤1🔥1
BIM Infografika.png
1.2 MB
BIM o’zi bilan olib keladigan muammolar

Telegram | YouTube
Revitda paketli eksport: BatchExporter
Har bir varaq va jadvallarni bittalab eksport qilishdan charchadingizmi? BatchExporter bilan tanishing — hujjatlarni butun boshli paket qilib yuklab beruvchi qulay va bepul Revit plagini. G'oya ProSheets'dan olingan bo'lib, tajribali muhandis-koordinator Odil Xodjamovning tavsiyalari bilan boyitilgan. Plagin mutlaqo bepul va hujjatlarni eksport qilishdagi barcha asosiy ehtiyojlarni yopadi.
U varaqlar (sheets), ko'rinishlar (views) va jadvallarni (schedules) ommaviy eksport qila oladi. Revit 2023–2027 versiyalari qo'llab-quvvatlanadi.

Formatlar va ularning xususiyatlari:
PDF: Revit'ning o'ziga o'rnatilgan eksport funksiyasidan foydalanadi hamda masshtab, rang va fayl nomlarini sozlash bo'yicha keng imkoniyatlar beradi.
DWG: Loyihangizda avvaldan saqlangan eksport sozlamalari (Export Setups) asosida ishlaydi.
DGN: O'ziga xos jihati shundaki, u loyihada oldindan yaratilgan sozlamalar to'plamini talab qiladi. Plaginda Revit'ning kerakli oynasiga tez o'tish uchun maxsus tugma mavjud.
DWF / DWFx: Element xususiyatlari, teksturalar va qirqish chegaralarini (crop regions) to'liq saqlab qoladi.
Tasvirlar (PNG, JPG, TIFF, BMP): Sifatni 72 dan 600 dpi gacha sozlash, shuningdek, fonsiz (shaffof) saqlash va eksport chegaralarini aniq belgilash imkonini beradi.

Hali ham chizmalarni pdfga alohida, dwfga alohida o'rkazib vaqt ketkizyapsilarmi??
👍2
YMPlugins-1.0.0-SingleUser.msi
32 MB
Skrinshotlar va o'rnatish fayllari. O'rnatish uchun bitta faylni yuklab olishning o'zi yetarli.
SingleUser — agar o'zingizning shaxsiy kompyuteringizda ishlayotgan bo'lsangiz va administrator huquqlari bilan ovora bo'lishni xohlamasangiz;
MultiUser — agar kompyuter umumiy bo'lsa yoki dasturni bir nechta ish joylariga markazlashtirilgan holda o'rnatmoqchi bo'lsangiz.
👍3
BIM Ish Jarayoni (Workflow): Loyihada ma'lumotlar qanday harakatlanadi?

BIM aslida bilsalarin kerak, bitta dasturda ishlash degani emas, ya’ni BIM faqat Revit emas. Bu butun boshli jamoa, standartlar va ma'lumotlarni biriktiruvchi qat'iy tizilgan jarayon. Agar ish jarayoni noto'g'ri qurilsa, eng qimmat, eng zo’r dasturlar ham loyihani palapartishlikdan qutqarib qololmaydi.

Amaliyotda bu qanday ishlaydi? Arxitektura, Konstruksiya va muhandisliklar o'z modellarini Umumiy Ma'lumotlar Muhitida(UMM), inglizchasiga - Common Data Environment(CDE) da yuklanadi va yig'iladi.

Jarayonning asosiy zanjiri:
1. Model yaratish
2. Axborotni CDE orqali almashish
3. Muvofiqlashtirish (Koordinatsiya)
4. To'qnashuvlarni tekshirish (Clash detection)
5. Hujjatlashtirish (Chizmalar va spetsifikatsiyalar generatsiyasi)
6. Qurilishga topshirish

Asosiy qoida: BIM – bu dastur emas, BIM bu jarayonlar.

U qat'iy kelishilgan modellashtirish standartlari, fayllarni nomlash qoidalari va tekshirish tartiblariga asoslanadi. Muvofiqlashtirish va to'qnashuvlarni tekshirish, barcha xatolar bartaraf etilguncha takrorlanaveradi.
Natijada qurilish maydoniga "eskizlar" emas, balki xatosiz chizmalar, aniq smetalar va yagona muvofiqlashtirilgan model yetib boradi.

BIMning o’zi eng asosiy maqsadlaridan biri bu qurilishdagi xatolarni, qayta ishlashni oldini olish, ko’pchilik o’ylaganidek tezlik emas, asosiysi sifat.

CDE nimaligi haqida savol tu'gilgan bolsa, youtube da alohida o'zbekcha video bor. Hatto 2ta video bor )

CDE orqali bitta tizimda ishlab ko’rganmizis? Yoki haligacha fayllar, fleshka(yo tovba) va messenjerlar orqali alishlarmi ma’lumotlarni?

#RevitUz #BIMUzbekistan #BIMWorkflow #BIMKoordinator #Arxitektura #Loyihalash #CDE #Qurilish #QurilishStandartlari

Telegram | YouTube
👍1
BIM Ish Jarayoni Infografika.png
1.2 MB
BIM Ish Jarayoni (Workflow)

Telegram | YouTube
👍2
BIM loyihasida kim nima ish qiladi? Yoki nega bitta mutaxassis hamma narsaga ulgurolmaydi?

Kechagina bir tashkilotda bo’ldim, hozirgi holatni audit qilgani borgandim. Tashkilotda BIM level darajasi 2Ddan saaal balandroq, qisqasi odatdagidek, bir hil. BIM kerak tezda va hozir, bu ham o’sha holat. Ya’na etmaganidek dokumentooborot uchun ham tizim sotib olingan (qanday mezonlar asosida tanlangan — bu alohida katta savol), lekin uni kimdir joriy qilishi kerak. Ya’ni  odatda BIMga o'tayotganda bitta xodim yollansayu (agar yollansa, kimga ham kerak chizma chiqarmaydigan hodim), undan hamma narsani talab qilinadi: umumiy strategiyani tuzish, 3D model bazasini yaratish, chizmalar chiqarish va UMM boshqarish.

Deyarli hamma joyda shunaqa holat. Rahbarlarning fikri odatda quyidagicha: "Iye, BIMchingiz loyiha qilmaydimi?"
Unda kompyuter administratori ham loyiha qilsin, nimaga u qilmayapti? BIM ham alohida tizimku, texnologiya, uni ham qo'llab-quvvatlovchi mutaxassislar zarur.

Xullas, tashkilotga bu shaxslarning alohida vazifalarini tushuntirib keldim. Oldindan ogohlantirib qo'yay, bu ideal holatdagi taqsimot, "shuncha bekorchini jalb qilish kerakmi" deb qo'rqmanglar yana.

Hullas, BIM jamoa a'zolarining mas'uliyatlarini ajratib olamiz:

BIM Menejer: BIMda eng asosiy figura, aniq bir loyiha uchun, “ma’lumotlarni GIPi” desak ham boladi. Strateg va boshqaruvchi. U loyiha qoidalarini (BEP - BIM Execution Plan) va standartlarni ishlab chiqadi. Dasturda detal chizib o'tirmaydi, balki butun jamoaning to'g'ri ishlashini va buyurtmachi talablari bajarilishini nazorat qiladi.

BIM Koordinator: Jarayonning taktik yetakchisi. Har kungi modellar muvofiqligi, axborot almashinuvi va to'qnashuvlarni nazorat qiladi. U xatolarni qurilish maydoniga yetib bormasdan oldin aniqlaydi.

BIM Modelchi: Yaratuvchi( kichik BIM hodimi). Tashkilotlarda uni vazifasi 2 hil sifatida bo’lishi mumkin.
Ba’zi tashkilotlarda qo’l vazifasini bajaradi, ya’ni loyihachilarni qoli. Arxitektura, konstruksiya yoki muhandislik tarmoqlarini BIM menejer belgilagan standartlar asosida modellashtiradi, ma'lumotlarni kiritadi chizmalar, shakllantiradi.
Ba’zi tashkilotlarda agar loyihachilar BIMga o’tgan bo’lsa ular uchun BIM baza shakillantiradi, Revitni misolida semeystvalar qiladi

BIM Sifat Nazoratchisi (QA/QC): Modellarning BEP va standartlarga mosligini tekshiradi va sifat hisobotlarini tayyorlaydi. Bu vazifani BIM koordinator yoki alohida proramma ham bajarishi mumkin

BIM Ma'lumotlar Menejeri (Information Manager): UMM (Umumiy ma'lumotlar muhiti) admini. Fayllarni nomlash qoidalari, versiyalar nazorati, huquqlar va axborot xavfsizligiga javob beradi. Fayllar arxividagi tartibsizlikning oldini oladi. Hullas shu UMMni qo’llab quvvatlaydi.

Bu vazifalar loyiha hajmiga qarab, qisman birlashtirilishi mumkin. Biroq, bu holatda vazifalar chegarasini tushunmaslik jamoada xaosni keltirib chiqarishi mumkin. Tartibli ish jarayoni doim standartlarni belgilashdan boshlanadi.

BIMni joriy qilishda, boshlanishda (bizni holatda) BIMni darajasi yuqorida aytganimdek bo’lsa,  hech bo’lmasa bitta odam bilan boshlab turish tavsiya qilgan bo’ladim. U menedjer/koordinator/modeler vazifalarini bajarishi mumkin. Lekin modelerlik ham qisman, asabga tegadi. Unga yana UMMni aministratorligihi topshirish ... overhead bo’ladi.

Eng asosiysi: o’qitish masalasi alohida bo’lishi kerak, yangi BIMchiga yuklamaslik kerak, aslo, orada savol bo’lib qo’lsaku mayli. Iloji bo’lsa har bir bo’lim uchun alohida ustoz jalb qilinishi shart, joriy qilish tezroq bo’ladi.

Shun iloji bo'lsa rahbarlarga yetkazib qo'yinglar, iltimos, ranmat).
Savollar bo’lsa bemalol, tortinmaymiz.

p.s. Keyingi postlarda shu rollarni alohida ko'rib chiqamiz. Kuzatishda davom eting.
#BIM #BIM_Management #BIMKoordinator #BIMMenejer #Revit #Autocad #CDE #Loyihalash #BIMLevels
👍1