CAD&BIM&CODE
174 subscribers
18 photos
41 videos
22 files
98 links
Download Telegram
MCP nimaligi haqida bilasizmi?

Kecha hamkasbimga Claude + Civil3d ishlashi uchun MCP ulabdik. GitHub'dan qidirish, yuklab olish, arxivdan chiqarish va Claude bilan bog'lashga jami bo'lib atigi 10 daqiqacha vaqt ketdi. Keyin esa u xursand bo'lib, Civil'dagi obyektlarini qurish uchun sun'iy intellektga buyruqlar berishni boshlab yubordi.

O'rnatib bo'lgach, bir narsa esimga tushdi: bir necha kun oldin qaysidir kanalda muallifdan u ishlatayotgan MCP haqida so'rashgandi. Uning javobi shunday bo'ldiki, bu uning "ko'p yillik mehnati mahsuli" emish va yaqinda pulli versiyasini chiqarmoqchi ekan. Ochig'i, bundan hayratga tushdim, chunki Claude'ning avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish uchun imkoniyat ochilganiga uncha ko'p vaqt bo'lgani yo'q.

Shundan so'ng menda bu bo'yicha qo'llanma tayyorlash g'oyasi tug'ildi va shu masalani ko'taryapman.

Nima uchun odamlar ochiq manbalarda tekin turgan narsalarni topib, o'rnata olishmaydi? Tekin-ku axir, olgin-u ishlataver!
Balki o'rnatish instruksiyalari qo'rqitar? Hamma ham GitHub terminal buyruqlarini tushunavermaydi-ku, to'g'rimi?
Shuning uchun, ehtimol, bir video olaymikin dedim: avval bu nima ekanligi va nimaga kerakligini tushuntirib, keyin qanday o'rnatishni ko'rsatib beraman.

Xullas, odamlarni bu borada xabardor qilishga qaror qildim. Odatda video qo'llanmalarimdan keyin ko'p savollar qolib ketadi, shuning uchun onlayn strim (jonli efir) qilsak qanday bo'larkin, deb o'ylab qoldim. Bunga qanday qaraysizlar?

Kimga Claude + MCP + Revit (yoki boshqa istalgan dastur) qiziq bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Claude + MCP + Revit
Tanishtiruv va qisqa instruksiya
👍3
Bepul MCP'lar uchun havolalar

Revit uchun MCP: https://github.com/mcp-servers-for-revit/mcp-servers-for-revit Men o'zim shundan foydalanaman, hozircha muammo yoki kamchilik sezmadim.

Qo'shimcha MCP havolalari:
AutoCAD uchun: https://github.com/bimwright/dwg-mcp, https://github.com/puran-water/autocad-mcp
Civil 3D uchun: https://mcpservers.org/servers/barbosaihan/civil3d-mcp

Shuningdek, yana bir platforma bor — https://huskybim.com/. Turli dasturlar uchun ko'plab tayyor MCP'lar bor. Yozishlaricha, bitta foydalanuvchi uchun mutlaqo bepul, faqat email orqali ro'yxatdan o'tish talab qilinadi. Men Revit va Navisworks uchun o'rnatib qo'yganman, lekin ochig'ini aytsam, hali to'liq sinab ko'rishga imkon bo'lmadi.
Bemalol o'rnatib, sinab ko'rish mumkin.
❤1🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1