CAD&BIM&CODE
174 subscribers
18 photos
41 videos
22 files
97 links
Download Telegram
bim-koordinator-uz.png
2.3 MB
BIM KOORDINATOR
👍1
GPT-6 Astra: "Men bilan gaplashyatganda ko'zimga qara"

GPT-6 Astra AI agenti yordamida OBS dasturini (ekran yoki kamerani yozuchi dastur) sozlayotgan yigit shu Astradan so'kish eshtishiga sal qoldi.
U sozlash jarayonini o'rtasida chalg'ib, javob bermay qo'ygan. Agent kamera orqali kelayotgan videoni tahlil qilib, inson ekranga qaramayotganini payqagan. E'tiborni tortish uchun AI mustaqil ravishda Mac kompyuterida ovozni balandlatgan va ekranga katta so'roq belgisini chiqarib qo'ygan.

Shunaqa, bular yaqinda urib tashlamasa bo'ldi!
😁4
BIM-menejer: Loyihaning miyasimi yoki rahbarlar ko'zidagi "bekorchi xarajat"mi?

Oldingi postlarimizda "qora mehnatkashlar" — BIM-modelerlar va ularga vazifa beruvchi BIM-koordinatorlar vazifalarini ko’rib chiqqandik. Endi navbat o'yinning "yakuniy bossi" -BIM-menejerga!
Xo'sh, bu odam o'zi nima ish qiladi, loyihaga rostdan ham kerakmi yoki shunchaki oylik olib o'tiradigan yana bir kadrmi?

BIM-menejer asosan nimalar qiladi?

BIM maqsadlari va standartlarini belgilash: Loyiha nega umuman BIMda qilinyapti? Shu savolga aniq javob va qoidalarni yozadigan odam.

Buyurtmachi bilan "til topishish": Majlisma-majlis yurib, buyurtmachiga BIM nimaligini, nima kutish kerakligini asablarini asragan holda tushuntirish.

EIR (Buyurtmachi talablari) va BEP (BIM ijro rejasi): Bular shunchaki qog'ozdagi chiroyli va tushnarsiz, lekin bimchilar ishlatilishi shart bo’lgan so'zlar emas, model haqiqatan ham bularda yo’zilgan talablarga javob beryaptimi yoki yo'qmi — shuni nazorat qilishi kerak.

Standartlar va CDE (Umumiy ma'lumotlar muhiti): Shablonlar yaratish, semeystvalar kutubxonasini yig'ish, fayllarni to'g'ri nomlash (“Proekt_Final_Oxirgisi_Tochna.rvt” - bo’ldida endi ) va CDE jarayonlarini sozlash.

Koordinatalar va ma'lumot almashinuvi: Hamma bitta joyda, bitta "tilda" va bitta umumiy koordinatada ishlashini ta'minlash strategiyasi.

Sifat: Model holati, Sifat-Nazorati (QA/QC) va to'qnashuvlar (clash management) jarayonlarini global darajada nazorat qilish.
Yuqorida asosiy va standard vazifalar keltirilgan, bu royhatga raqamlashtirishga oid ko’plab vazifalar ham bo’lishi mumkin.

Shu joyda koordinatorni vazifalari bilan kesishgan joylari bo’r. Farqni tushunib olish juda muhim:
BIM-menejer raqamlashtirish degan baloni amalda ishlashi uchun nima kerak bo'lsa, hammasini strategiyasini aynan u tuzib chiqadi.
BIM-menejer strategiyani yozadi, Koordinator esa shu strategiya bo'yicha ishlaydi.

Muhim jihat: Menejer modelda qancha grafik va atributiv (matnli) ma'lumot bo'lishini belgilaydi. Sifatli mahsulot degani bu — modelni keraksiz ma'lumotlar bilan to'ldirib tashlash degani emas. Oz ham, ko'p ham bo'lmasligi kerak. "Oltin o'rtalikni" topish kerak!!
Yana shuni ta’kidlash kerakki, bizni sharoitda, “bekorchilarga ortiqcha harajat” sifatida tushuniladihan holatda, ham koordinator ham menejer yollash shart emas deb oylayman. Boshlab olib uchun koordinator va menejer vazifalarini bir hodim bajarib tursa ham bo’ladi.

Bizning reallik: BIM menejerlar bizda bormi o’zi?
Bilishimcha bor, sanoqli, barmoq bilan sanash darajasida, bitta qo’lni barmoqlari etarli.
Nega bunday?
Oy’lashimcha, hali ham standard va odatiy, biz o’rganib qolgan muammolar – odatiy holligida. Boshqacha bo’lishi, kamroq tushunmovchiliklar va xatolar bo’lishi mumkinligi haqida oylab ko’rmaganimizda!!!

Bizning sevimli "qadrdon" muammolarimiz:

Xaos – “norma”:
Hamma o'z bilganicha ishlaydi, oddiy hol. Fayllar, parametrlar va elementlar nomlanishida yagona tartib bo'lmaydi, natijada modelni yig'ish katta muammoga aylanadi. Avtomatlashtirish-ku, biz uchun fantastika.

Ma'lumot yo'qotilishi – “Biz doim shunaqa ishlaganmiz”
Aktual mas ma’lumorlar bilan ishlash va UMMsiz ishlash – norma, oddiy hol. “Qaysi fayllar, qaysi versiyasi ohirgisidi?”, “Nima o’zgarganidi, nimaga o’zgarganidi?”  degan savollarga javob topa olmay boshni qashib otiraveramiz. Telegramdan fayl tashlash amaliyoti yashasin! Telegram bo’rku nima muammo?

Qurilishga ma’lumotni tekshiruvsiz jo’natilish – “hamma shunday qiladi-ku”:
Fayllar tayyor bo’lishi bilan, bir ko’z yugurtamizda, jo’natib yuboraveramiz, tekshirilmaydi. ompyuterda, issiqqina ofisda hal qilinishi kerak bo'lgan xatolar to'g'ridan-to'g'ri qurilish maydoniga (pul va asablar yonadigan joyga) yetib boradi. Go'yoki BIMda ishlayapmiz, lekin stroykada peredelka va xatolar o'sha-o'sha.

Shu holatda, BIM-menejer modelni buyurtmachiga topshirishdan oldin auditdan o'tkazishi orqali qurilishdagi fojialarning oldi olishi mumkin.
👍1
Ko'p ta’kidlayman va yana aytaman: BIMning asosiy "fishkasi" loyihalash bosqichida emas, qurilishda ish beradi.
Loyihani tezroq chiqarish BIMning yagona maqsadi emas!
Loyiha nima u ja bolsa qurilishni 3%mi yoki 8%mi?  Asosiy pullar qurilishda "yonadi" va aynan shu yerda pulni iqtisod qilish kerak,aynan shu erda asosiy profit, afsus shuni esdan chiqarib qoyamizda.

Xo'sh, nima deb o'ylaysizlar, o'zgarish vaqti kelmadimikin?

Yoki yana o'sha sevimli ashulamiz bo’rku, nimaydi "biz hamisha shunaqa qilganmiz"ni aytib, xatolar ichida suzib yurishda davom etaveramizmi?

Shu postni rahbarlagra jo’natib qoyinglar - e.

Biz esa bu vazifalarni alohida yana ko’rib chiqamiz. Kamlik qilgan bo’lsa, youtube kanalimda ham BIMchilarni vazifalari haqida alohida video bor.

Kuzatishda davom eting, soha rivoji uchun postni ulashib qo'yish esdan chiqmasin! Rahmat!
#BIM #BIM_Management #BIMMenejer #BIMKoordinator #BEP #CDE #Revit
👍1
MCP nimaligi haqida bilasizmi?

Kecha hamkasbimga Claude + Civil3d ishlashi uchun MCP ulabdik. GitHub'dan qidirish, yuklab olish, arxivdan chiqarish va Claude bilan bog'lashga jami bo'lib atigi 10 daqiqacha vaqt ketdi. Keyin esa u xursand bo'lib, Civil'dagi obyektlarini qurish uchun sun'iy intellektga buyruqlar berishni boshlab yubordi.

O'rnatib bo'lgach, bir narsa esimga tushdi: bir necha kun oldin qaysidir kanalda muallifdan u ishlatayotgan MCP haqida so'rashgandi. Uning javobi shunday bo'ldiki, bu uning "ko'p yillik mehnati mahsuli" emish va yaqinda pulli versiyasini chiqarmoqchi ekan. Ochig'i, bundan hayratga tushdim, chunki Claude'ning avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish uchun imkoniyat ochilganiga uncha ko'p vaqt bo'lgani yo'q.

Shundan so'ng menda bu bo'yicha qo'llanma tayyorlash g'oyasi tug'ildi va shu masalani ko'taryapman.

Nima uchun odamlar ochiq manbalarda tekin turgan narsalarni topib, o'rnata olishmaydi? Tekin-ku axir, olgin-u ishlataver!
Balki o'rnatish instruksiyalari qo'rqitar? Hamma ham GitHub terminal buyruqlarini tushunavermaydi-ku, to'g'rimi?
Shuning uchun, ehtimol, bir video olaymikin dedim: avval bu nima ekanligi va nimaga kerakligini tushuntirib, keyin qanday o'rnatishni ko'rsatib beraman.

Xullas, odamlarni bu borada xabardor qilishga qaror qildim. Odatda video qo'llanmalarimdan keyin ko'p savollar qolib ketadi, shuning uchun onlayn strim (jonli efir) qilsak qanday bo'larkin, deb o'ylab qoldim. Bunga qanday qaraysizlar?

Kimga Claude + MCP + Revit (yoki boshqa istalgan dastur) qiziq bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Claude + MCP + Revit
Tanishtiruv va qisqa instruksiya
👍3
Bepul MCP'lar uchun havolalar

Revit uchun MCP: https://github.com/mcp-servers-for-revit/mcp-servers-for-revit Men o'zim shundan foydalanaman, hozircha muammo yoki kamchilik sezmadim.

Qo'shimcha MCP havolalari:
AutoCAD uchun: https://github.com/bimwright/dwg-mcp, https://github.com/puran-water/autocad-mcp
Civil 3D uchun: https://mcpservers.org/servers/barbosaihan/civil3d-mcp

Shuningdek, yana bir platforma bor — https://huskybim.com/. Turli dasturlar uchun ko'plab tayyor MCP'lar bor. Yozishlaricha, bitta foydalanuvchi uchun mutlaqo bepul, faqat email orqali ro'yxatdan o'tish talab qilinadi. Men Revit va Navisworks uchun o'rnatib qo'yganman, lekin ochig'ini aytsam, hali to'liq sinab ko'rishga imkon bo'lmadi.
Bemalol o'rnatib, sinab ko'rish mumkin.
❤1🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3