CAD&BIM&CODE
174 subscribers
18 photos
41 videos
22 files
98 links
Download Telegram
BIM KOORDINATORLAR BILISHI KERAK BO'LGAN TOP 10 TA MAVZU

BIM bu shunchaki "chiroyli 3D rasm" chizish emas, bu stroykada soqqa va vaqtni tejaydigan jiddiy soha. Va bu soqqani tejash uchun ham BIM Koordinator shu 10 ta narsani bilishi kerak.
1. Bog'langan Model (Linked Model)
Arxitektor, konstruktor (betonchilar) va santexniklarning chizmalarini bir joyga yig'ib, kim qayerda xato qilganini tutib olish uchun.
2. Nusxalash / Kuzatish (Copy/Monitor)
Arxitektor bitta devorni surib qo'ysa, avtomat tarzda "devor surildi, trubangni to'g'irla" deb signal kelishi uchun.
Aks holda, Arxitektor potolokni 20 sm pasaytiradi, bexabar yuraveramiz.
3. Ko'rinish Shabloni (View Template)
"Ctrl+C / Ctrl+V ni oldini oladi" Yuzlab chizmalarni bitta usulda bir xil fason (rang, chiziq qalinligi) qilish uchun.
Aks holda, Har bir varaqni bittalab, qo'lda to'g'irlab o'tiramiz. Oqibatda vaqt ketgani qoladi.
4. Ish To'plami (Workset)
Bitta og'ir faylda 5-6 kishi urishmasdan, kompyuterni qotirmasdan tinchgina ishlashi uchun.
Aks holda, Fayl shunaqa qotib qoladiki, sichqonchani bitta qimirlatishga kompyuter yig'lab yuboradi. Butun ofis navbatma-navbat faylga kirib ishlashga majbur bo'ladi.
5. Dizayn Variantlari (Design Options)
Kliyentga "Mana bunaqasiyam bor, xohlasangiz bunaqasiyam bor" deb bitta faylning o'zida bir nechta variantni ko'rsatish uchun kerak.
Aks holda, Loyiha_1, Loyiha_FINAL, Loyiha_VAAPSHE_FINAL degan o'nlab fayllar ko'payib ketib, oxiri o'ziz ham chalkashib ketasiz.
6. Filtrlar (Filters)
Korinishlarni boshqarish uchun juda kuchli vosita
Qaysi truba issiq suv, qaysinisi sovuq ekanini ranglarga bo'yab, ko'zga tashlanadigan qilib ajratish uchun.
7. Bosqichlar (Phases)
Qaysi devor eski (buziladi), qaysisi yangi qurilyapti — shuni vaqtiga qarab mantiqiy ajratish.
8. Qamrov Qutisi (Scope Box)
Katta obyektlarni (masalan, yirik turar-joylarni) bloklarga qirqib, osonroq ishlash uchun.
9. Tizimlar (Systems)
Trubalarni shunchaki temir bo'lagi emas, ichidan suv oqadigan "sistema" qilib ulash uchun. Dastur rasxodlarni va boshqa raschetlarni o'zi sanab berishi uchun ishlatiladi.
10. Varaqlar va Izohlar (Sheets & Annotations)
Chizilganlarni qog'ozga tushirib, razmerlarini aniq yozib, chiqarish uchun ishlatiladi.
 
Bu mavzularning qaysi birini amaliyotda o'rganish siz uchun qiziq?

#BIM, #coordinators, #bimcoordination, #uz
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi ish jarayonidan qisqa lavha Revit + AI / Краткий обзор текущего рабочего процесса: Revit + ИИ.

Revit -MCP-Claude
1
central_vs_local_ru_1.png
975.7 KB
Revitda Markaziy (Central) va Mahalliy (Local) modelning farqi nimada?

В чём разница между Центральной моделью и Локальной моделью в Revit?

Telegram | YouTube

#RevitUz #BIMUzbekistan #BIMKoordinator #CentralModel #LocalModel #RevitDarslari #Arxitektura #QurilishLoyihasi #JamoaviyIsh #Worksharing #BIMtexnologiyalari
1
Revitda Markaziy (Central) va Mahalliy (Local) modelning farqi nimada?

Jamoa bo'lib ishlaganda bitta loyihada qanday qilib hamma urishmasdan, faylni qotirmasdan ishlash mumkin?
Buning siri — Worksharing (Jamoaviy ishlash) tizimida!

Markaziy Model (Central Model)
Bu loyihaning asosiy bazasi va "yuragi". U serverda yoki bulutda (BIM 360) saqlanadi. Hamma ma'lumotlar shu yerda yig'iladi.
🚫 Muhim qoida: Unga to'g'ridan-to'g'ri kirib ishlash umuman mumkin emas! Agar bu faylga zarar yetsa, butun jamoaning ishi to'xtab qolishi mumkin.

Mahalliy Model (Local Model)
Bu Markaziy modelning kompyuteringizga ko'chirib olingan nusxasi. Barcha chizish, to'g'rilash va kundalik ishlarni faqat shu yerda qilish kerak.
Mahalliy modelda ishlaganda, tez-tez Sinxronizatsiya (Sync) qilib turish kerak. Sync bosilganda, biz chizgan ob’ektlar Markaziy modelga borib qo'shiladi va boshqa hamkasblarimiz ham ularni ko'ra oladi.

Oltin qoida: Hech qachon Markaziy faylni oddiy papkadan (Explorer'dan) ikki marta bosib ochmang! Doim Revit dasturiga kirib, "Create New Local" (Yangi mahalliy nusxa yaratish) orqali ochishingiz shart.

Loyihada jamoa bo'lib ishlashda yana qanday muammolarga duch kelgansiz? Izohlarda yozing!

Telegram | YouTube

#RevitUz #BIMUzbekistan #BIMKoordinator #CentralModel #LocalModel #RevitDarslari #Arxitektura #QurilishLoyihasi #JamoaviyIsh #Worksharing #BIMtexnologiyalari
1❤1👍1
scope-box-infografika-uz.png
1.4 MB
Revitda Scope Box o'zi nima va nega u muhim?

Telegram | YouTube
scope-box-infografika-ru.png
1.5 MB
Revitda Scope Box o'zi nima va nega u muhim?

Har bir chizmani (reja, kesim, fasad) alohida qirqib, varaqda (sheet) to'g'rilab chiqishdan charchadingizmi? Chizmalaringiz qog'ozda har xil joylashib qolyaptimi?
Unda sizga Scope Box yordamga keladi!
Scope Box — bu modeldagi yashirin 3D chegaraviy quti bo'lib, u bir nechta ko'rinishlarning chegaralarini bir xilda standartlashtirish va boshqarish uchun ishlatiladi.
Uning asosiy afzalliklari:
Chizmalarni varaqda ideal tarzda bir chiziqqa keltirish (alignment).
Barcha o'xshash ko'rinishlarda izchil va bir xil chegaralarni saqlash.
Loyiha standartlarini oshirib, asab va vaqtni tejash!
Muhim: Scope Box modelning o'ziga (elementlarga) ta'sir qilmaydi, u faqatgina ko'rinish chegarasini (crop region) boshqaradi xolos.
Eslab qoling: Yaxshi boshqarilgan ko'rinish kengaytmasi = Sifatli chizmalar va professional loyiha!
Loyihada Scope Box'dan foydalanasizmi?

#RevitUz #BIMUzbekistan #ScopeBox #BIMKoordinator #RevitDarslari #Arxitektura #Qurilish #BIMtexnologiyalari
BIMda tez-tez quloqqa chalinadigan LOD o'zi nima?

LOD (Level of Development) — bu modelingiz qanchalik "pishganligini", ya'ni uning ichidagi geometriya va ma'lumotlar qanchalik aniq va ishonchli ekanligini ko'rsatuvchi o'lchovdir.
Model shunchaki taxminiy "kubik"mi yoki barcha detallarigacha o'ylangan tayyor obyektmi? Buni aynan LOD darajalari belgilab beradi:
LOD 100 (Konseptual): Shunchaki g'oya, xomaki eskiz va massalar.
LOD 200 (Sxematik): Taxminiy o'lcham va joylashuv (gabaritlar).
LOD 300 (Loyiha bosqichi): Aniq geometriya, miqdorlar va koordinatsiya.
LOD 400 (Qurilish uchun): Ishlab chiqarish, montaj va qurilish uchun to'liq detallar.
LOD 500 (Ekspluatatsiya): "As-built" (qanday qurilgan bo'lsa shunday) — tayyor binoni boshqarish va xizmat ko'rsatish (FM) uchun.
(Bi'zni asisoy loyihalash jarayonimiz "Ishchi loyiha" LOD 350 ga to'gri keladi ).

Muhim farq (LOD vs LOI): LOD modelning shakli va ma'lumotlari qanchalik chuqurlashganini bildirsa, LOI (Level of Information) faqat grafik bo'lmagan axborotlar (pasportlar, texnik xususiyatlar) darajasini bildiradi. Sifatli BIM uchun ikkalasi ham shart!

Yanada batafsil bilmoqchi bol'sangiz bu mavzu haqida youtubeda dars bor

Agar vaqtiz yoq bo'lsa pastdagi inforgrafikani ko'rib qo'yarsiz )

#RevitUz #BIMUzbekistan #LOD #LevelOfDevelopment #BIMKoordinator #Arxitektura #QurilishLoyihasi #BIMtexnologiyalari #RevitDarslari #LODnima #LODvsLOI
7❤1👍1
CAD va BIM: Shunchaki chizishmi yoki aqlli boshqaruv? Har birini asosiy go’yasi nimada? Qaysi birida vaqt tejaladi?

Haliyam oddiy chiziqlar bilan loyihalayapsizmi?
Keling, nima uchun butun dunyo loyihalashda CAD'dan BIM'ga o'tayotganini sodda qilib tushunib olamiz.

CAD (Computer-Aided Design) — bu "elektron qog'oz" U asosan 2D chizmalar va shakllardan iborat. Siz devor chizganingizda, dastur uchun u shunchaki ikkita parallel chiziq. Loyihada biror narsa o'zgarsa, hamma plan, fasad va kesimlarni bittalab, qo'lda to'g'rilab chiqishingiz kerak bo'ladi.

BIM (Building Information Modeling) — bu "aqlli model" BIM'da siz shunchaki chizmaysiz, balki binoni virtual qurasiz! Undagi devor o'zining qalinligi, issiqlik o'tkazuvchanligi, materiali va hatto narxini ham "biladi".
Mayda detallarni chizish uchun — CAD dan foydalaning, ayniqsa BIM boshlangich etapida. Keyinchalik ham aslida vaqt pul kesimida detallarni CADdan olib qoygan afzal dib o’ylayman, buning uchun vaqt sarflab BIMda qilish o’zini oqlarmikin, nima dib oylaysizlar?

Ha, katta ma'lumotlarni boshqarish, jamoa bilan birga ishlash va soqqani tejash uchun — albatta BIM ni tanlang!
Vaqtni ham degan bo’lardimki, lekin BIMni asosiy g‘oyasi vaqt tejashda masda, asosiy g‘oya to’gri va sifatli loyihada, aslo vaqtda emas!!!

Aytishiz mumkin BIMda Speslar o’zi bo’ladi kerakli Vidlar o’zi generatsiya bo’ladi va hoqazo shuni hisobiga u tez deb. Lekin CADda ham yillar davodmida o’zini shablonlari va bloklari bilan shunday tezlikda chiqara olishadi.

BIMda sifat ham vaqt uygunligiga olib kelish uchun standartlar, shablonlar va avtomatizatsiya orqali erishshish mumkin.
Lekin kim sizga birdan «BIMda ishla loyihalarin tezroq chiqadi» deyatgan bo’lsa bu unchlaiq haqiqatga mos kelmaydi. BIMga o’tmang demayman, o’tish kerak, lekin ular tasvirlagandek tez bo’lmasliga tayor turing!

Siz nima deb oylaysiz? Jamoangiz asosan qaysi birida va qanday usulda ishlaydi? Izohlarda yozing! Bahslashaylik !))_

#RevitUz #BIMUzbekistan #CADvsBIM #BIMKoordinator #Arxitektura #QurilishLoyihasi #BIMtexnologiyalari #RevitDarslari #AutoCAD #Loyihalash #QurilishLoyihasi
2
bim-vs-cad-uz.png
981.9 KB
CAD va BIM: Shunchaki chizishmi yoki aqlli boshqaruv?
3
CAD и BIM: Просто черчение или умное управление? В чем посыл каждого, который из них экономит время?

Вы все еще чертите обычными линиями?
Давайте проясним, почему весь мир в проектировании переходит от CAD к BIM.

CAD (Computer-Aided Design) — это «электронная бумага». Она состоит в основном из 2D-чертежей и форм. Когда вы чертите стену, для программы это просто две параллельные линии. Если в проекте что-то меняется, вам приходится исправлять все планы, фасады и разрезы по отдельности и вручную.

BIM (Building Information Modeling) — это «умная модель». В BIM вы не просто чертите, а виртуально строите здание! Стена в ней «знает» свою толщину, теплопроводность, материал и даже стоимость.
Для прорисовки мелких деталей — используйте CAD, особенно на начальных этапах внедрения BIM. Я считаю, что и в дальнейшем, с точки зрения соотношения времени и денег, узлы и детали лучше брать из CAD. Оправдано ли тратить время на их детальное моделирование в BIM, как вы считаете?

Да, для управления большими объемами данных, командной работы и экономии бюджета — однозначно выбирайте BIM! Я бы добавил «и для экономии времени», но главная философия BIM заключается не в экономии времени, а в создании правильного и качественного проекта, дело вовсе не в скорости!!!

Вы можете сказать, что в BIM спецификации формируются сами, нужные виды генерируются автоматически и так далее, и за счет этого работа идет быстрее. Но и в CAD, благодаря годами наработанным шаблонам и блокам, проекты могут выдавать с такой же скоростью.

В BIM баланса качества и скорости можно достичь только через внедрение стандартов, шаблонов и автоматизации.
Но если кто-то вам говорит: «Сразу переходи на BIM, проекты будут выходить быстрее», то это не совсем правдоподобно. Я не отговариваю переходить в BIM — переходить нужно, но будьте готовы к тому, что это будет далеко не так быстро, как они описывают!

А что думаете вы? В какой программе и какими методами в основном работает ваша команда? Пишите в комментариях! Подискутируем !))

#RevitUz #BIMUzbekistan #CADvsBIM #BIMKoordinator #Arxitektura #QurilishLoyihasi #BIMtexnologiyalari #RevitDarslari #AutoCAD #Loyihalash #Qurilish
❤1
CAD и BIM: Просто черчение или умное управление?

Telegram | YouTube
❤1
BIM faqat 3D model emas: 3D dan 10D gacha nima degani?
 
Ko'pchilik BIM deganda faqatgina binoning 3D modelini tushunadi. Lekin loyihalash va qurilish dunyosida BIM o'lchamlari ancha uzoqqa, 10D gacha yetib boradi. Keling, bu ma'lumotlar qatlamlari aslida nima ekanligini ko'rib chiqamiz.

3D (Geometriya) Bu poydevor. Bino va uning barcha elementlarini vizual, uch o'lchamli fazoda yaratish. Bu yerda hamma tizimlar va konstruksiyalar fazoviy koordinatsiyalanadi, to'qnashuvlar tekshiriladi, vizualizatsiya qilinadi.

4D (Vaqt va Jadval) Tasavvur qiling, 3D modelga vaqt o'lchami qo'shildi. Qurilish jarayoni qachon boshlanadi, qaysi oyda qaysi qavat bitadi? 4D orqali siz bino qurilishining bosqichma-bosqich ketma-ketligini oldindan ko'rishingiz va qurilish grafigini nazorat qilishingiz mumkin.

5D (Narx va Smeta) Modeldagi har bir detal ma'lumotga ega. 5D bosqichida model byudjet va smetaga ulanadi. Agar loyihada devor qalinligi o'zgarsa, qancha qo'shimcha material ketishi va loyiha narxi qanchaga o'zgarishi avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.

6D (Samaradorlik va Barqarorlik) Bino qanchalik energiya tejamkor bo'ladi? Yoritish va isitish tizimlari qanday ishlaydi? 6D o'lchami binoning ekologik barqarorligi va kelajakdagi energiya samaradorligini tahlil qilish uchun ishlatiladi.

7D (Obyektni boshqarish va Ekspluatatsiya) Qurilish bitdi, bino foydalanishga topshirildi. Endi nima bo'ladi? 7D qatlami bino menejerlari (Facility Management) uchun xizmat qiladi. Qachon qaysi nasosni ta'mirlash kerak, chiller uskunasining kafolat muddati qachon tugaydi - barcha ekspluatatsiya ma'lumotlari aynan shu model ichida saqlanadi, ya’ni binoni butun umri davomida undan samarali foydalanish va boshqarish uchun xizmat qiladi.

Ma'lumot o'rnida BIMning eng yangi va kengaytirilgan o'lchamlari:

8D (Xavfsizlik) Modelga xavf-xatarlarni baholash va xavfsizlikni rejalashtirish ma'lumotlarini qo'shadi. Bu qurilish maydonida xavfsizlikni yaxshilash va xatarlarni kamaytirishga yordam beradi.

9D (Tejamkor qurilish - Lean Construction) Hosildorlik, ish jarayonlari va resurslarni optimallashtirish ma'lumotlarini qamrab oladi. Ortiqcha chiqindilarni kamaytirish va ish samaradorligini oshirish uchun ishlatiladi.

10D (Sanoatlashtirish) Prefabrikatsiya (zavodda oldindan tayyorlanadigan qismlar), modulli qurilish va avtomatlashtirish ma'lumotlarini o'zida saqlaydi. Loyihani tezroq topshirish va jarayonlarni standartlashtirish imkonini beradi.
 
Qisqa qilib aytganda, BIM o'lchamlari - bu alohida chizmalar emas, balki bitta 3D modelga bosqichma-bosqich qo'shiladigan aqlli axborot qatlamlaridir.
Sizning jamoangiz hozir qaysi darajada ishlamoqda? Faqat 3D dami yoki 4D va 5D gacha chiqa oldingizmi?

#RevitUz #BIMUzbekistan #BIMolchamlari #BIMKoordinator #Arxitektura #QurilishLoyihasi #BIMtexnologiyalari #RevitDarslari #Loyihalash #Qurilish #Smeta
❤1
BIM O'lchamlari Infografika.png
1.8 MB
BIM faqat 3D model emas: 3D dan 10D gacha nima degani?

Telegram | YouTube
BIM — это не только 3D-модель: что означают измерения от 3D до 10D?

Многие понимают под BIM только 3D-модель здания. Но в мире проектирования и строительства измерения BIM заходят гораздо дальше, достигая 10D. Давайте разберем, что на самом деле представляют собой эти информационные слои.

3D (Геометрия) Это фундамент. Визуальное создание здания и всех его элементов в трехмерном пространстве. Здесь все системы и конструкции проходят пространственную координацию, проверяются на коллизии и визуализируются.

4D (Время и График) Представьте, что к 3D-модели добавилось измерение времени. Когда начнется процесс строительства, в каком месяце будет завершен тот или иной этаж? С помощью 4D вы можете заранее увидеть поэтапную последовательность возведения здания и контролировать график строительства.

5D (Стоимость и Смета) Каждая деталь в модели содержит информацию. На этапе 5D модель связывается с бюджетом и сметой. Если в проекте изменится толщина стены, автоматически рассчитается, сколько потребуется дополнительных материалов и как изменится стоимость проекта.

6D (Эффективность и Устойчивость) Насколько энергоэффективным будет здание? Как будут работать системы освещения и отопления? Измерение 6D используется для анализа экологической устойчивости здания и его будущей энергоэффективности.

7D (Управление объектом и Эксплуатация) Строительство завершено, здание сдано в эксплуатацию. Что дальше? Слой 7D служит для управляющих зданием (Facility Management). Когда нужно ремонтировать какой насос, когда заканчивается гарантийный срок чиллера — вся эксплуатационная информация хранится именно в этой модели. То есть она служит для эффективного использования и управления зданием на протяжении всего его жизненного цикла.

В качестве справки приведем новейшие и расширенные измерения BIM:

8D (Безопасность) Добавляет в модель данные по оценке рисков и планированию безопасности. Это помогает повысить уровень безопасности на строительной площадке и снизить риски.

9D (Бережливое строительство - Lean Construction) Охватывает данные по производительности, рабочим процессам и оптимизации ресурсов. Используется для сокращения лишних отходов и повышения эффективности работы.

10D (Индустриализация) Содержит данные о префабрикации (деталях, предварительно изготавливаемых на заводе), модульном строительстве и автоматизации. Позволяет быстрее сдавать проект и стандартизировать процессы.
Говоря кратко, измерения BIM — это не отдельные чертежи, а умные информационные слои, которые поэтапно добавляются к единой 3D-модели.

На каком уровне сейчас работает ваша команда? Только в 3D, или вы уже дошли до 4D и 5D? Напишите в комментариях.

#RevitUz #BIMUzbekistan #BIMolchamlari #BIMKoordinator #Arxitektura #QurilishLoyihasi #BIMtexnologiyalari #RevitDarslari #Loyihalash #Qurilish #Smeta
❤2
BIM O'lchamlari Infografika RU.png
1.9 MB
BIM — это не только 3D-модель: что означают измерения от 3D до 10D?

Telegram | YouTube
BIMda LOI nima va u nega chiroyli 3D modeldan muhimroq?

BIM loyihasida bino faqatgina geometrik shakllardan iborat bo'lmaydi. Agar model ichidagi elementlarda ma'lumotlar bazasi bo'lmasa, u shunchaki chiroyli "o'lik" 3D rasm hisoblanadi. Aynan shu yerda loyihaga jon kirituvchi LOI tushunchasi o'yinga ko’shiladi.

1. LOI o'zi nima? LOI (Level of Information — Axborot darajasi) — bu model elementiga biriktirilgan grafik bo'lmagan axborotlar to'plami. Ya'ni, masalan bu uskunaning qanday ko'rinishda ekanligi emas, balki uning ortida qanday ma'lumotlar yashiringanligidir.
Masalan, loyihadagi bitta nasosni olaylik. LOI orqali biz uning tashqi ko'rinishini emas, balki quyidagi aniq raqamlar va faktlarni bilib olamiz:
Texnik xususiyati (masalan, 150 m3/soat quvvat).
Ishlab chiqaruvchi korxona nomi.
Ishlash ko'rsatkichi va samaradorligi.
Kafolat muddati (masalan, 24 oy) va ID raqami.

2. Amaliyotda bu qanday ishlaydi? Loyiha vaqt o'tishi bilan rivojlangani sari, LOI darajasi ham ortib boradi. Dastlabki konsept bosqichida asbob-uskunaning faqat turi va taxminiy talablari kiritiladi. Qurilish va loyihani topshirish (ekspluatatsiya) bosqichiga kelib esa, unga aniq zavod modellari, seriya raqamlari, kafolat talonlari va texnik xizmat ko'rsatish yo'riqnomalari qo'shiladi.

3. Haqiqiy loyihadan misol. Tasavvur qiling, maktab loyihasi qilinmoqda. Boshida faqat arxitektura va xonalar joylashuvi chiziladi. Keyinchalik muhandislik ( isitish, suv, elektr) tizimlari qo'shiladi. Qurilish bitib, bino buyurtmachiga topshirilayotganda esa har bir uskuna o'zining barcha hujjatlari va texnik xizmat jadvallari bilan model ichida tayyor turadi.
Qurilish bitgach, binoni ventilyatsiya yoki gaz tizimini ta'mirlashi kerak bo'lib qoldi. Shunda qog'oz arxivlarini titkilab o'tirilmaydi. BIM modelga kirib, uskunaning ustiga bosish orqali uning elektron pasporti, servis jadvali va ulanish texnik xaritalarini bir zumda topib oladi, hammasi modelda tayyor bo'ladi va ular istalgan obyektni tanlab u haqida ma’lumot olism imkoniga ega bo’lishadi.

4. Asosiy qoidalar
LOI asosan geometriya haqida emas, ma'lumot haqida.
Qaysi bosqichda qanday axborotlar kiritilishi kerakligi doim loyihaning BIM ijro rejasida (BEP) qat'iy belgilanadi.
Ishonchli LOI binoni kelajakda boshqarish xarajatlarini keskin kamaytiradi.
 
Hulosa
"LOI — bu BIM elementlariga biriktirilgan grafik bo'lmagan axborot. U loyihalash, xaridlar, qurilish va ayniqsa binoni ekspluatatsiya qilish jarayonlarida asqotadigan aniq ma'lumotlarni o'z ichiga oladi."
Sizning jamoangizda elementlarga ma'lumot kiritish (LOI) masalasiga qanchalik jiddiy e'tibor qilinadi? Odatda ma'lumotlar to'liq kiritiladimi yoki asosan geometriya (3D) ustunlik qiladimi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Maqolani ruscha versiyasi

#RevitUz #BIMUzbekistan #LOI #BIMAxborot #BIMKoordinator #Arxitektura #QurilishLoyihasi #BIMtexnologiyalari #RevitDarslari #Loyihalash #QurilishStandartlari
👍2
LOI Infografika.png
1.2 MB
BIMda LOI nima va u nega chiroyli 3D modeldan muhimroq?

ruscha versiya

Telegram | YouTube
👍1