Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kolliziyalarni qanday bartaraf etasizlar?
Kolliziyalar haqida bilsalarin kerak a?
BIM texnologiyasining asosiy strategik maqsadlaridan biri sifatida ularni bartaraf etish jarayonining muhimligini hamham bilsalarin kerak, a?
Lekin, bu onasini emsin to'qnashuvlar ko'p bo'lsachi?
Hali ham berilgan hisobotdan ID ni ko'chirib, to'qnash bo'lgan obyektni qidirishga vaqt ketkazayapsizmi?
Agar to'qnashuvlar ko'p bo'lsa, unda nima qilasiz? Har safar Id ko'chirasimi? Voy vooo, qiyinku...
Yechim quyidagi videoda.
#bim, #bimmanagement, #bimcoordination, #coordinators, #clashes

👍3
BIM ≠ Revit
Shu haqida quyida 👇
#BIM #Revit #Qurilish #Arxitektura #LoyihaBoshqaruvi #BIMtexnologiyalari #QurilishSanoati

Revit modeliga ega bo'lish loyihaning BIM'da qilinganligini ANGLATMAYDI.
Ko'p aytaman, bu qurilish sohasidagi eng katta yanglishmovchiliklardan biridir.
Ko'p tashkilotlarda, ayniqsa "eng oldi" davlat tashkilotlarida g'urur bilan: "Biz BIM'da ishlayapmiz, chunki loyihalarimizni Revit'da qilamiz", deyishadi. Loyihani ko'rsangiz, Revit'dan AutoCAD kabi foydalanilgan bo'ladi, hamma o'z xohlagancha ishlagan bo'ladi. Ya'ni instrument o'zgargan, fikrlash o'zgarmagan. Natija olib kelayotgandan keyin buni noto'g'ri ham deb bo'lmaydi, lekin instrumentdan (shuni o'zbekcha tarjimasini hech ishlatgim kelmaydi-da 😄) bundan-da yaxshiroq va unumliroq foydalanish mumkin.
Endi sizlarni hayron qoldiraman: Revit — bu vosita, instrument. BIM esa — metodologiya, jarayon.
Revit'da ishlashning o'zi BIM'ning to'liq qiymatini ko'rsata olmaydi. Haqiqiy BIM'da quyidagilar bo'lishi kerak:
✅ BIM'ni amalga oshirish rejasi (BEP)
✅ Umumiy ma'lumotlar muhiti (CDE)
✅ Detallashtirish darajasi (LOD) talablari
✅ Mutaxassisliklar (bo'limlar) o'rtasidagi uzluksiz muvofiqlashtirish
✅ Loyihaning butun hayot sikli davomida ishonchli ma'lumotlarni boshqarish
Bu jarayonlarsiz tashkilotda 3D model bo'lishi mumkin — ammo BIM jarayoni bo'lmaydi. Model — bu natija. BIM esa loyiha natijalarini yaxshilash uchun odamlar, jarayonlar va ma'lumotlarni o'zaro bog'laydigan strategiyadir.
Qurilish sanoati o'zining raqamli transformatsiyasini davom ettirayotgan bir paytda, bu farqni anglash har qachongidan ham muhimroq hisoblanadi.
Sizningcha, BIM haqidagi eng katta yanglishmovchilik nima? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

👍2
BIM-koordinatorsiz kolliziyalarni aniqlash va hal qilish mumkinmi?
OLDIN
Har hafta koordinatsiya modelini qo'lda yig'ardim: har bir bo'limning eng so'nggi versiyasini yuklab olish, kimdir eski faylni qo'shib qo'ymaganiga ishonch hosil qilish, NWF faylini yangilash, Clash Detective'ni ishga tushirish, natijani kutish, ko'rib chiqish, bo'limlar bo'yicha ajratish, vazifalar yozish, javobgarlarni belgilash — xullas, yarim-bir kunlik zerikarli ish.
Navisworks'ning Batch Utility'sini ishlatib ko'rdim, lekin undan ham tezda zerikdim, baribir qoniqish hosil qilmayotgandim.
Keyin telegram guruhimizda modelchilarimiz kolliziyalar rasmini tashlab, bartaraf etishni so'rashgandi. Rasm orqali topish qiyin, "HTML formatda tashlanglar, ID'sini bilishlari kerak" dedim-u, "ee, ID ko'chirib o'tirish ham bosh og'rig'i-ku" deb o'ylab qoldim — va shu payt xayolimga ClashNavigator keldi.
ClashNavigatorni kanalda taqdimot qilgandim, Forma Design Collaboration'ni eslatishdi.
Tadaam, birdan xayolga keladi-yu — shunaqa qilsam bo'lmaydimi" deb, va "to'xta, biz ham xuddi Forma kabi, faqat mustaqil va bepul yechim qilsak bo'ladi-ku" dedim-da, ClashTracker'ga qo'l urdim.
HOZIR
Endi bir marta kerakli papkani ko'rsatish kifoya — qolgan hammasini ClashTracker o'zi bajaradi:
- har bir bo'limning WIP papkasidagi eng so'nggi modelini oladi va BIM-standart bo'yicha "Shared" papkaga joylashtiradi.
-rvt formatini nwc ga konvertatsiya qiladi
- kerakli papkada nwf fayl hosil qiladi va unga barcha nwc fayllarni ulaydi
- qidiruv to'plamlari (SearchSet) va clash testlarini import qiladi
- testlarni ishga tushiradi va har bir kolliziyaning skrinshotini oladi.
- natijani serverga jo'natishdan oldin, fayl nomidan loyiha, obyekt va bo'limni aniqlab, shu bo'limga mas'ul xodimlarni topadi va veb-dashboardga yuboradi.
Har bir kolliziya haqida batafsil ma'lumot serverga jo'natiladi — test nomi va elementlar juftligidan hosil qilingan xesh (hash) bilan birga. Shu tufayli konveyer qayta ishga tushirilganda bir xil kolliziyaning dublikati yaratilmaydi: ma'lumotlar bazasida qaysi kolliziya o'tgan haftadan qolgani, qaysi biri yangi ekani darhol ko'rinadi, o'zgargan bo'lsa esa statusi avtomatik yangilanadi.
Statuslar ham o'z hayoti bilan yashaydi: yangi, aktiv, kelishilgan, bartaraf etilgan — kim va qachon o'zgartirgani tarixi bilan bazaga yoziladi.
Bo'limlar uchun javobgar xodimlar Windows guruhlaridan avtomatik olinadi: BIM-standartda belgilangan Umumy Ma'lumotlar Muhiti (CDE) asosida tashkil etilgan WIP papkasida, qaysi papkaga qaysi guruh kirish huquqiga ega bo'lsa, ro'yxat o'shandan shakllanadi.
Masalan, WIP'dagi ARC papkasiga, Windows serverda faqat ARC guruhi kirishi mumkin qilinadi, bu bilan bir o'q bilan ikki quyon uriladi: ham papka faqat arxitektorlarga ko'rinadi, ham aynan shu arxitektorlar ro'yxatini aniqlashda ishlatiladi.
Shu ro'yxatdagi har bir ijrochiga, unga tegishli kolliziyalar bo'yicha Asana'da avtomatik vazifa yaratiladi — ya'ni har kim butun obyekt bo'yicha emas, faqat o'ziga tegishli qism bo'yicha topshiriq oladi.
Yakuniy bosqich esa — loyihachi navigatorni to'g'ridan-to'g'ri Revit ichida ochadi. Endi kolliziyalar faylini qo'lda qidirib yurish yoki bir joydan boshqasiga ko'chirib yurish shart emas.
"Serverdan yuklash" tugmasi orqali kerakli ma'lumot yuklanadi, loyihachi model bo'ylab kolliziyalar orasida harakatlanadi va ularning statusini o'zgartiradi. Status shu zahoti serverga qaytadi; kolliziyani bartaraf etib faylni saqlasa, ClashTracker keyingi tekshiruvda buni avtomatik aniqlab, statusni "bartaraf etildi"ga o'zgartiradi. Faqat bitta sharti bor: loyihachi ishlayotgan fayl BIM-standart asosida bo'lishi talab etiladi.
Xulosa
Shuni aytmoqchimanki: bu avtomatlashtirishni standartsiz amalga oshirib bo'lmas edi. Shuning uchun:
- Standartni joriy qiling.
- Standartlarni joriy qilish uchun xodimlaringizfa "qant" bering, faqat buyruqlar bilan standart joriy qilish qiyin, hodimlarga engillik berish kerak!
#BIM #Navisworks #Revit #Avtomatlashtirish #ClashDetection #Qurilish

👍1
P.S. E'tibor bersangiz, g'oyalar ko'pincha kimningdir kommenti, izohi va xabaridan keyin tug'iladi — ya'ni bu ham kimningdir bilan bo'lgan kommunikatsiya mahsuli. Shuni yaxshilashimiz kerak, ayniqsa o'zbek segmentida.
Yanada batafsil videoda ))
Yanada batafsil videoda ))
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BIM-koordinatorsiz kolliziyalarni aniqlash va hal qilish mumkinmi?
ClashTrecker bilan iloji bor
ClashTrecker bilan iloji bor
👍2🔥2
BIM KOORDINATORLAR BILISHI KERAK BO'LGAN TOP 10 TA MAVZU
BIM bu shunchaki "chiroyli 3D rasm" chizish emas, bu stroykada soqqa va vaqtni tejaydigan jiddiy soha. Va bu soqqani tejash uchun ham BIM Koordinator shu 10 ta narsani bilishi kerak.
1. Bog'langan Model (Linked Model)
Arxitektor, konstruktor (betonchilar) va santexniklarning chizmalarini bir joyga yig'ib, kim qayerda xato qilganini tutib olish uchun.
2. Nusxalash / Kuzatish (Copy/Monitor)
Arxitektor bitta devorni surib qo'ysa, avtomat tarzda "devor surildi, trubangni to'g'irla" deb signal kelishi uchun.
Aks holda, Arxitektor potolokni 20 sm pasaytiradi, bexabar yuraveramiz.
3. Ko'rinish Shabloni (View Template)
"Ctrl+C / Ctrl+V ni oldini oladi" Yuzlab chizmalarni bitta usulda bir xil fason (rang, chiziq qalinligi) qilish uchun.
Aks holda, Har bir varaqni bittalab, qo'lda to'g'irlab o'tiramiz. Oqibatda vaqt ketgani qoladi.
4. Ish To'plami (Workset)
Bitta og'ir faylda 5-6 kishi urishmasdan, kompyuterni qotirmasdan tinchgina ishlashi uchun.
Aks holda, Fayl shunaqa qotib qoladiki, sichqonchani bitta qimirlatishga kompyuter yig'lab yuboradi. Butun ofis navbatma-navbat faylga kirib ishlashga majbur bo'ladi.
5. Dizayn Variantlari (Design Options)
Kliyentga "Mana bunaqasiyam bor, xohlasangiz bunaqasiyam bor" deb bitta faylning o'zida bir nechta variantni ko'rsatish uchun kerak.
Aks holda, Loyiha_1, Loyiha_FINAL, Loyiha_VAAPSHE_FINAL degan o'nlab fayllar ko'payib ketib, oxiri o'ziz ham chalkashib ketasiz.
6. Filtrlar (Filters)
Korinishlarni boshqarish uchun juda kuchli vosita
Qaysi truba issiq suv, qaysinisi sovuq ekanini ranglarga bo'yab, ko'zga tashlanadigan qilib ajratish uchun.
7. Bosqichlar (Phases)
Qaysi devor eski (buziladi), qaysisi yangi qurilyapti — shuni vaqtiga qarab mantiqiy ajratish.
8. Qamrov Qutisi (Scope Box)
Katta obyektlarni (masalan, yirik turar-joylarni) bloklarga qirqib, osonroq ishlash uchun.
9. Tizimlar (Systems)
Trubalarni shunchaki temir bo'lagi emas, ichidan suv oqadigan "sistema" qilib ulash uchun. Dastur rasxodlarni va boshqa raschetlarni o'zi sanab berishi uchun ishlatiladi.
10. Varaqlar va Izohlar (Sheets & Annotations)
Chizilganlarni qog'ozga tushirib, razmerlarini aniq yozib, chiqarish uchun ishlatiladi.
Bu mavzularning qaysi birini amaliyotda o'rganish siz uchun qiziq?
#BIM, #coordinators, #bimcoordination, #uz

🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi ish jarayonidan qisqa lavha Revit + AI / Краткий обзор текущего рабочего процесса: Revit + ИИ.
Revit -MCP-Claude
Revit -MCP-Claude
1
central_vs_local_ru_1.png
975.7 KB
Revitda Markaziy (Central) va Mahalliy (Local) modelning farqi nimada?
В чём разница между Центральной моделью и Локальной моделью в Revit?
Telegram | YouTube
#RevitUz #BIMUzbekistan #BIMKoordinator #CentralModel #LocalModel #RevitDarslari #Arxitektura #QurilishLoyihasi #JamoaviyIsh #Worksharing #BIMtexnologiyalari

Jamoa bo'lib ishlaganda bitta loyihada qanday qilib hamma urishmasdan, faylni qotirmasdan ishlash mumkin?
Buning siri — Worksharing (Jamoaviy ishlash) tizimida!
Markaziy Model (Central Model)
Bu loyihaning asosiy bazasi va "yuragi". U serverda yoki bulutda (BIM 360) saqlanadi. Hamma ma'lumotlar shu yerda yig'iladi.
🚫 Muhim qoida: Unga to'g'ridan-to'g'ri kirib ishlash umuman mumkin emas! Agar bu faylga zarar yetsa, butun jamoaning ishi to'xtab qolishi mumkin.
Mahalliy Model (Local Model)
Bu Markaziy modelning kompyuteringizga ko'chirib olingan nusxasi. Barcha chizish, to'g'rilash va kundalik ishlarni faqat shu yerda qilish kerak.
Mahalliy modelda ishlaganda, tez-tez Sinxronizatsiya (Sync) qilib turish kerak. Sync bosilganda, biz chizgan ob’ektlar Markaziy modelga borib qo'shiladi va boshqa hamkasblarimiz ham ularni ko'ra oladi.
Oltin qoida: Hech qachon Markaziy faylni oddiy papkadan (Explorer'dan) ikki marta bosib ochmang! Doim Revit dasturiga kirib, "Create New Local" (Yangi mahalliy nusxa yaratish) orqali ochishingiz shart.
Loyihada jamoa bo'lib ishlashda yana qanday muammolarga duch kelgansiz? Izohlarda yozing!

Telegram
CAD&BIM&CODE
#BIM
#CAD
#Autocad
#Revit
#AutocadAPI
#RevitAPI
#BIM_Management
#hacks
#CAD
#Autocad
#Revit
#AutocadAPI
#RevitAPI
#BIM_Management
#hacks
1❤1👍1
scope-box-infografika-ru.png
1.5 MB
Revitda Scope Box o'zi nima va nega u muhim?
Har bir chizmani (reja, kesim, fasad) alohida qirqib, varaqda (sheet) to'g'rilab chiqishdan charchadingizmi? Chizmalaringiz qog'ozda har xil joylashib qolyaptimi?
Unda sizga Scope Box yordamga keladi!
Scope Box — bu modeldagi yashirin 3D chegaraviy quti bo'lib, u bir nechta ko'rinishlarning chegaralarini bir xilda standartlashtirish va boshqarish uchun ishlatiladi.
Uning asosiy afzalliklari:
Chizmalarni varaqda ideal tarzda bir chiziqqa keltirish (alignment).
Barcha o'xshash ko'rinishlarda izchil va bir xil chegaralarni saqlash.
Loyiha standartlarini oshirib, asab va vaqtni tejash!
Muhim: Scope Box modelning o'ziga (elementlarga) ta'sir qilmaydi, u faqatgina ko'rinish chegarasini (crop region) boshqaradi xolos.
Eslab qoling: Yaxshi boshqarilgan ko'rinish kengaytmasi = Sifatli chizmalar va professional loyiha!
Loyihada Scope Box'dan foydalanasizmi?
#RevitUz #BIMUzbekistan #ScopeBox #BIMKoordinator #RevitDarslari #Arxitektura #Qurilish #BIMtexnologiyalari

BIMda tez-tez quloqqa chalinadigan LOD o'zi nima?
LOD (Level of Development) — bu modelingiz qanchalik "pishganligini", ya'ni uning ichidagi geometriya va ma'lumotlar qanchalik aniq va ishonchli ekanligini ko'rsatuvchi o'lchovdir.
Model shunchaki taxminiy "kubik"mi yoki barcha detallarigacha o'ylangan tayyor obyektmi? Buni aynan LOD darajalari belgilab beradi:
LOD 100 (Konseptual): Shunchaki g'oya, xomaki eskiz va massalar.
LOD 200 (Sxematik): Taxminiy o'lcham va joylashuv (gabaritlar).
LOD 300 (Loyiha bosqichi): Aniq geometriya, miqdorlar va koordinatsiya.
LOD 400 (Qurilish uchun): Ishlab chiqarish, montaj va qurilish uchun to'liq detallar.
LOD 500 (Ekspluatatsiya): "As-built" (qanday qurilgan bo'lsa shunday) — tayyor binoni boshqarish va xizmat ko'rsatish (FM) uchun.
(Bi'zni asisoy loyihalash jarayonimiz "Ishchi loyiha" LOD 350 ga to'gri keladi ).
Muhim farq (LOD vs LOI): LOD modelning shakli va ma'lumotlari qanchalik chuqurlashganini bildirsa, LOI (Level of Information) faqat grafik bo'lmagan axborotlar (pasportlar, texnik xususiyatlar) darajasini bildiradi. Sifatli BIM uchun ikkalasi ham shart!
Yanada batafsil bilmoqchi bol'sangiz bu mavzu haqida youtubeda dars bor
Agar vaqtiz yoq bo'lsa pastdagi inforgrafikani ko'rib qo'yarsiz )
#RevitUz #BIMUzbekistan #LOD #LevelOfDevelopment #BIMKoordinator #Arxitektura #QurilishLoyihasi #BIMtexnologiyalari #RevitDarslari #LODnima #LODvsLOI

YouTube
BIM yetuklik darajalari - BIM maturity levels - Уровни зрелости BIM
BIM yetuklik darajalari
Ushbu darsda BIM texnologiyasining nafaqat mavjudligi, balki qanchalik chuqur va tizimli joriy etilgani qanday baholanishini ko‘rib chiqamiz.
1. BIM yetuklik darajalari tushunchasi
BIM yetukligi — bu tashkilot yoki davlat miqyosida…

7❤1👍1
CAD va BIM: Shunchaki chizishmi yoki aqlli boshqaruv? Har birini asosiy go’yasi nimada? Qaysi birida vaqt tejaladi?
Haliyam oddiy chiziqlar bilan loyihalayapsizmi?
Keling, nima uchun butun dunyo loyihalashda CAD'dan BIM'ga o'tayotganini sodda qilib tushunib olamiz.
CAD (Computer-Aided Design) — bu "elektron qog'oz" U asosan 2D chizmalar va shakllardan iborat. Siz devor chizganingizda, dastur uchun u shunchaki ikkita parallel chiziq. Loyihada biror narsa o'zgarsa, hamma plan, fasad va kesimlarni bittalab, qo'lda to'g'rilab chiqishingiz kerak bo'ladi.
BIM (Building Information Modeling) — bu "aqlli model" BIM'da siz shunchaki chizmaysiz, balki binoni virtual qurasiz! Undagi devor o'zining qalinligi, issiqlik o'tkazuvchanligi, materiali va hatto narxini ham "biladi".
Mayda detallarni chizish uchun — CAD dan foydalaning, ayniqsa BIM boshlangich etapida. Keyinchalik ham aslida vaqt pul kesimida detallarni CADdan olib qoygan afzal dib o’ylayman, buning uchun vaqt sarflab BIMda qilish o’zini oqlarmikin, nima dib oylaysizlar?
Ha, katta ma'lumotlarni boshqarish, jamoa bilan birga ishlash va soqqani tejash uchun — albatta BIM ni tanlang!
Vaqtni ham degan bo’lardimki, lekin BIMni asosiy g‘oyasi vaqt tejashda masda, asosiy g‘oya to’gri va sifatli loyihada, aslo vaqtda emas!!!
Aytishiz mumkin BIMda Speslar o’zi bo’ladi kerakli Vidlar o’zi generatsiya bo’ladi va hoqazo shuni hisobiga u tez deb. Lekin CADda ham yillar davodmida o’zini shablonlari va bloklari bilan shunday tezlikda chiqara olishadi.
BIMda sifat ham vaqt uygunligiga olib kelish uchun standartlar, shablonlar va avtomatizatsiya orqali erishshish mumkin.
Lekin kim sizga birdan «BIMda ishla loyihalarin tezroq chiqadi» deyatgan bo’lsa bu unchlaiq haqiqatga mos kelmaydi. BIMga o’tmang demayman, o’tish kerak, lekin ular tasvirlagandek tez bo’lmasliga tayor turing!
Siz nima deb oylaysiz? Jamoangiz asosan qaysi birida va qanday usulda ishlaydi? Izohlarda yozing! Bahslashaylik !))_
#RevitUz #BIMUzbekistan #CADvsBIM #BIMKoordinator #Arxitektura #QurilishLoyihasi #BIMtexnologiyalari #RevitDarslari #AutoCAD #Loyihalash #QurilishLoyihasi

2