"BILLI" bolalar akademiyasi🏢
395 subscribers
4K photos
2.42K videos
72 files
447 links
"BILLI" bolalar akademiyasining rasmiy telegram kanali.

- Maktab
- Bogʻcha
- Oʻquv markaz

Murojaat uchun:
☎️ +998939109988
@billiuz
Download Telegram
Yosh bolalar tanasining asosiy a'zolari(bosh miya, ko'z, quloq, asab va suyak tizimlari) o'sishda hali to'la shakllanmagan bo'ladi. Smartfonlar aqliy qobiliyatni kamaytirib, ko'p asabiylashishga va boshqa kongilsizliklarga olib keladi.Telefon o'quvchini va uning atrofidagilarni mashg'ulotlardan chalg'itadi.
Qolaversa, u bolaning tashki dunyoga bolgan qiziqishini sondirishi mumkin. Boglanib qolish natijasida bola telefonisiz ozini xech kimga kerak emasdek, endi dostlari u bilan gaplashmay qoyadigandek his qiladi.Bola odamovi bolib qolishi mumkin, kompyuter, internet, mobil telefon uni odamlar bilan jonli muloqotda bolishdan chegaralab qoyadi.
Bundan kelib chikadiki, siz virtual autist, ya’ni tashqi dunyodan ajralib qolayotgan odamni tarbiyalayotgan bolasiz.
@billi_uz
Bolaga telefon olib berayotganda ota-ona farzandiga quyidagilarni uqtirishi maqsadga muvofiq :
— «Mobil telefondan kattalar foydalanishadi, sen ulgayding, shuning uchun xam senga telefon sovga qilyapmiz. Bundan togri foydalanib, ishonchimizni oqlashingga ishonamiz». shuningdek quyidagilarni ta’kidlab otish xam foydadan xoli bolmaydi:
— musiqa eshitib xayolni boshqa narsalar bilan band qilib, kuchada yurmaslik zarurligini, bu esa noxush oqibatlargi olib kelishini;
— tanish-notanish odamlar oldida telefonni maqtamaslik lozimligini;
— ko'chada ketayotib telefonda gaplashmaslik darkorligini;
— maktabda,darsda telefonni o'qituvchiga topshirish zarurligini tushuntirib qoyish lozim.
Telefonga xuddi avtomobildek qarang: "U juda ham foydali va shuningdek juda ham xavfli ham bolishi mumkin”. Shunday ekan, farzandiga qachon smartfon olib berishni har bir ota ona o'zi belgilar ekan.
Chunki o`z farzandini ota-onasidan tashqari kim ham yaxshi bilardi.😁
@billi_uz
🌨❄️ Bugun, adashmasam butun O'zbekiston bo'ylab qalin qor yog'di!

🧤Bolalikni eslab, chana yoki suratdagi holatni takrorlab xotirlash uchun ajoyib imkoniyat☺️


⭐️ BILLI– farzandingiz tarbiyasida eng yaxshi yordamchi!
@billi_uz
ҚОР ЁҒАВЕР...

Қор ёғавер, ёғавер тинмай,
Босиб кетгин ғубор, гардларни,
Оппоқ бўлиб ювилсин манглай,
Босиб кетгин алам, дардларни.

Қор ёғавер кўнгил қаърига,
Тоғларга ёғ,ёғ қирларига,
Одамлар ҳам тошлар ўрнига,
Қорлар отсин бир -бирларига.

Қор ёғавер,ёғавергин қор,
Йўқликларга кўмилсин рўё,
Аламлардан куйган кўзларга,
Оппоқ бўлиб кўринсин дунё.

Қор ёғавер,ёғавер тинмай...

ХУРШИД КАРИМ.


•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
@billi_uz