Sun’iy intellekt tanqidiy fikrlashni susaytirmoqda
Neyrotarmoqlardan foydalangan odamlar uch baravar ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ygan, biroq o‘z javoblariga ikki baravar ko‘proq ishongan.
Ushbu natija uchta nufuzli universitet olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot orqali aniqlangan. Tadqiqot ishtirokchilariga filmlardagi tafsilotlar bo‘yicha savollar berilgan. Ularning bir qismiga Step 3.5 Flash modelidan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan (aynan shu model ushbu testlarda eng past natijani ko‘rsatgan).
Natijada, sun’iy intellektsiz qatnashganlarning 27% savollarga to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, SI tavsiyalaridan foydalangan guruhda bu ko‘rsatkich atigi 9% tashkil etgan. Bundan tashqari, birinchi guruhdagi ishtirokchilarning qariyb yarmi (44%) murakkab savollarga halol tarzda “Bilmayman” deb javob bergan. Sun’iy intellektdan foydalangan guruhda esa bunday javobni atigi 3% ishtirokchi bergan.
Shunday ekan, mustaqil fikrlashni unutmang!

❤1
Yigit o‘zining raqamli nusxasini yaratish orqali kamera qarshisiga chiqmasdan videoblogerga aylandi
Eng qizig‘i, bunda sun’iy intellektdan umuman foydalanmagan, aksincha alohida animatsiya dvigatelini ishlab chiqqan.
Bloger Adobe After Effects ustida ishlovchi JavaScript skriptini yaratgan. Unga shunchaki matnli senariy va ovoz yozuvini yuklash kifoya — dastur esa mimika, imo-ishoralar va vizual elementlar bilan deyarli tayyor videoni avtomatik ravishda yig‘ib beradi.
Muallif maqolada ushbu tizimni yaratish bo‘yicha yo‘riqnoma va kod namunalarini ham ulashgan.

❤1🤝1
Claude Opus 5 taqdim etildi — model ko‘p vazifalarda Fable 5 modelidan ustun chiqdi
Opus 5 agentlik (AI agent) vazifalarini ancha samarali bajaradi va kod yozish bo‘yicha deyarli Anthropic kompaniyasining eng kuchli modeli darajasiga yetgan. Opus 5 yangi GPT-5.6 Sol modelini ham deyarli barcha testlarda ortda qoldirdi.
Shu bilan birga, Opus 5 narxi Opus 4.8 bilan bir xil darajada qolgan.
Modelni hozirdanoq Claude Code va Anthropic chat-boti orqali sinab ko‘rish mumkin.

Anthropic Opus 5 uchun prompt yozish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qildi
Yangi modelga imkon qadar kamroq “harakat qilishni” so‘rash tavsiya etiladi, aks holda u barcha tokenlarni tez sarflab yuboradi.
Endilikda so‘rovlarning qisqa va lo‘nda bo‘lishi muhim. Opus 5 o‘z ish jarayonini batafsil izohlashni va qo‘shimcha subagentlarni ishga tushirishni yoqtiradi.
Shuningdek, “yana bir bor tekshir” kabi promptlarni ishlatmaslik tavsiya etiladi. Chunki model buni standart rejimda (default) allaqachon o‘zi bajaradi.
Havola

Vibe-koder atigi bitta prompt yordamida Opus 5 orqali Call of Duty o’yinining klonini yaratdi
Takrorlab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun prompt:
Sun’iy intellekt allaqachon o‘yin darajalari (level) va asosiy o‘yin mexanikalarini yaratishni yaxshi uddalayapti. Assetlarni esa Blender MCP serveri orqali tayyorlash mumkin.

I want you to build a first-person shooter at the level of the most recent Call of Duty games. It should be utterly perfect, visually beautiful, with every single thing done at AAA quality—from textures to physics to anything you could think of.
Fan out sub-agents and have sub-agents tackle each one individually so that the game is utterly perfect. You should /loop on each item and have a separate sub-agent check it visually to ensure it looks triple A. That separate sub-agent should be a really harsh critic, and if it doesn't look triple A, it should keep going.
Don't stop until each sub-agent is utterly wowed with the quality when compared with the actual Call of Duty game. It should literally compare them side by side blind and say which one looks better. Do this in ThreeJS. /loop until it's utterly perfect. Fan out sub-agents and ultracode.
Sun’iy intellekt allaqachon o‘yin darajalari (level) va asosiy o‘yin mexanikalarini yaratishni yaxshi uddalayapti. Assetlarni esa Blender MCP serveri orqali tayyorlash mumkin.
👍1
Xitoyda videokartalar narxi bir kechada 15–30 foizga oshib ketdi
Narxlarning keskin oshishi NVIDIA, AMD va Intel videokartalariga ta’sir qildi. Shu bilan birga, Taobao, Pinduoduo va JD kabi yirik savdo platformalarida ham narxlar bir vaqtning o‘zida ko‘tarildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunga yana xotira chiplari bozoridagi inqiroz sabab bo‘lgan. So‘nggi bir oy ichida GDDR6 va GDDR7 xotira chiplari narxi har bir dona uchun taxminan 20 dollarga qimmatlashgan.
Agar vaziyat o‘zgarmasa, narxlarning bunday o‘sishi yaqin orada boshqa mamlakatlar bozorlariga ham ta’sir qilishi mumkin.

Telegram messenjerining desktop versiyasi katta yangilanish oldi
Endi sozlamalar orqali veb-proksini yoqish mumkin. Shundan so‘ng Telegram trafigi oddiy HTTPS trafigi sifatida niqoblanadi va uni filtrlash qiyinlashadi.
Bundan tashqari, yangilanish doirasida quyidagi imkoniyatlar ham paydo bo‘ldi:
• To‘liq funksional video muharriri;
• Markdown formatlash yaxshilandi;
• Xabarlar uchun o‘chib ketish taymerlari qo‘shildi;
• Musiqa fayllarini yuborish imkoniyati takomillashtirildi.

GTA VI chiqadigan kuni butun dunyoda “ish bo‘yicha blekaut” yuz beradi — WSJ prognozi
Odamlar 19-noyabrni norasmiy dam olish kuni deb e’lon qilmoqda. Ko‘plab ish beruvchilar allaqachon bu vaziyatdan xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun foydalanmoqda. Hatto AQSh armiyasi ham bu tashabbusga qo‘shildi: u yerda xodimlarga birdaniga to‘rt kunlik dam olish berilmoqda.
Ushbu postni rahbaringizga vyuboring.

Qozog‘iston 16 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi
Mamlakat hukumati bunday qarorni o‘smirlarning salomatligi va hissiy barqarorligi haqida qayg‘urish bilan izohlamoqda. Qonun loyihasi allaqachon tayyor va agar qonun qabul qilinsa, bolalarga shunchaki akkaunt yaratish taqiqlanadi.
Yoshni tekshirish majburiy bolalar SIM-kartalarini joriy etish orqali amalga oshirilishi mumkin.

ChatGPT Telegram uchun stikerlar yaratishni o‘rgandi
Endi chatbot messenjerlar uchun PNG formatidagi rasmlarni generatsiya qila oladi.
Shaxsiy stikerlar to’plamini qanday yaratish mumkin:
ChatGPT’da “Images” bo‘limini oching → “Stickers”’ni tanlang → promptni o‘zingizga moslab yozing → rasmlaringizni qo‘shing → natijadan zavqlaning.
Shundan so‘ng tayyor stikerlar to‘plamini alohida fayllarga bo‘lib, Telegram’ga yuklashning o‘zi kifoya.

👍1👾1
The New York Times XXI asrning eng yaxshi 100 ta serialini jamladi
Reyting rejissyorlar, senariynavislar, prodyuserlar, aktyorlar va boshqa kino sohasi vakillarining baholari asosida tuzilgan.
Ro‘yxatda epik jangovar sahnalarni yoqtiradiganlar va qo‘rqinchli filmlar muxlislari uchun alohida tanlovlar, bir kunda tomosha qilib tugatish mumkin bo‘lgan seriallar hamda noodatiy eksperimental loyihalar ham bor.
To‘liq ro‘yxatni havola orqali saqlab qo‘yishingiz mumkin. Suratdagi usul esa ko‘rgan seriallaringizni belgilab borish uchun qulay.

Telefonlar va quloqchinlar 30 metr masofadan ham tinglash imkonini beruvchi hujumga zaif bo‘lishi mumkin — ma’lumotlarni hatto devor ortidan ham olish ehtimoli bor.
Xitoylik olimlar InjectEave deb nomlangan yangi usulni aniqladi. Elektromagnit ta’sir yordamida ular qurilmaga ta’sir ko‘rsatib, kuchsiz signalni shunday modulyatsiya qilishganki, uni aniqlash va ushlab qolish osonlashgan.
Tinglash uchun maxsus jihozlar talab qilinmagan: uzatish va qabul qilish antennalari, USRP B210 radiotizimi hamda Siglent SSA3075X Plus spektr analizatoridan foydalanilgan. Tadqiqotchilar 11 ta quloqchin va boshqa turdagi qurilmalarda ushbu hujumni sinab ko‘rgan.
Dastlab bunday ta’sirni atigi 1–6 metr masofada amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Biroq radiochastota kuchaytirgichi qo‘shilgach, hujumning masofasi 30 metrgacha oshgan.\

ChatGPT bilan yozishmalarni begona odamlar o‘qiydi
OpenAI bot javoblarini baholash uchun yuzlab pudratchilarni jalb qiladi. Ular foydalanuvchilarning real so‘rovlari asosida ChatGPT javoblarini tekshiradi.
Tekshiruvchilarga shaxsiy ma’lumotlar keltirilgan butun suhbatlar ham ko‘rsatilishi mumkin. Akkaunt nomlari yashiriladi, biroq OpenAI tan olishicha, suhbatlarni tekshiruvchilarga yuborishdan oldin maxfiy yoki nozik ma’lumotlarni har doim ham to‘liq olib tashlashning imkoni bo‘lmaydi.

Mayami rasman Vays-Siti shahriga aylanadi: shahar ma’muriyati GTA VI uchun marketing kampaniyasini ma’qulladi.
Yil oxirigacha shaharning turli nuqtalarida “Vays-Sitiga xush kelibsiz” kabi yozuvlar paydo bo‘ladi. Biroq reklamalarda o‘yinning o‘zini tilga olish taqiqlangan.
Mahalliy politsiya bunga qarshi chiqqan, ammo ko‘rinishidan, meriyada o‘yin muxlislari ko‘proq ekan. Bundan tashqari, Rockstar shaharga qariyb 4 million dollar to‘laydi.
Floridada o‘yin relizini kutib olish qiziqarli bo‘ladi.

👍1😁1
Tesla kompaniyasi SpaceX bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va taqdimoti kechiktirilgan yangi Roadster modelini namoyish etib, ikki kompaniya oʻrtasidagi ehtimoliy qoʻshilish haqidagi taxminlarni kuchaytirdi. Yangi elektromobilga oʻrnatilgan SpaceX reaktiv dvigatellari avtomobilning 0 dan 60 milya/soat tezlikka 1 soniyadan kamroq vaqt ichida erishishini taʼminlaydi.
(kechikkan habar)
❤1👍1