Internetdan istalgan faylni tezda yuklab olish uchun qulay vosita
Torlink imkoniyatlari:
Havola
@bigbrainlab
Torlink imkoniyatlari:
• Bir vaqtning o‘zida bir nechta manbani tekshiradi va ishlayotgan oynalarni (mirror serverlarni) avtomatik tanlaydi;
• Fayl hajmi, seedlar soni va boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatib, yuklab olishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri terminal orqali boshlaydi;
• To‘liq ochiq kodli (open source) va mutlaqo bepul;
• Ro‘yxatdan o‘tish, cheklovlar yoki qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatishni talab qilmaydi.
Havola
@bigbrainlab
🔥1
Suratlardan fonni olib tashlash uchun eng zo‘r servisni topildi
Cut It Out eng murakkab obyektlarni ham muammosiz ajratib oladi — sochlar, jun, tutun va boshqa mayda detallarni ham aniq kesib chiqadi.
Imkoniyatlari:
Sayt — Havola
GitHub — Havola

• Zamonaviy sun’iy intellekt modellari asosida ishlaydi;
• Obyektni fonidan yuqori aniqlikda ajratadi;
• To‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerda yoki GitHub orqali kompyuterda ishga tushirish mumkin;
• Surat sifatini yo‘qotmagan holda saqlab beradi.
Sayt — Havola
GitHub — Havola
@bigbrainlab
🔥1
Anthropic olimlari Claude modelining “miyasi” borligini aniqlashdi
Yangi tadqiqot model ichida yashirin “ongli fikrlash qatlami” shakllanganini ko‘rsatdi. Bu jarayon ma'lum ma'noda inson tafakkuriga o‘xshaydi.
Qizig‘i shundaki, ushbu fikrlash qatlami modelni o‘qitish jarayonida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan — uni hech kim ataylab loyihalashtirmagan. Sun'iy intellekt aynan shu qatlam orqali vazifalarni mazmunan tahlil qilib, ularga ongli ravishda javob qaytaradi.
Agar bu qatlam o‘chirib qo‘yilsa, model grammatik jihatdan to‘g‘ri gaplarni tuzishda davom etadi, ammo javoblar mantiqiy izchillikni yo‘qotadi. Bu holat insondagi ongli va avtomatik jarayonlar o‘rtasidagi farqqa o‘xshatilmoqda.
Shuningdek, aynan shu qatlam tufayli Sonnet 4.5 xavfsizlik sinovlari vaqtida o‘zini tekshirayotganlarini anglab, tadqiqotchilarga mos ravishda javob bergan. Nazorat bo‘lmagan holatlarda esa modelning xatti-harakati boshqacha bo‘lishi mumkin.

👍1🥰1
Sun’iy intellekt agentlari endi videolar bilan ham ishlay oladi
Endilikda SI istalgan videoni tasviri va ovozi bilan birgalikda tahlil qila oladigan yangi funksiyaga ega bo‘ldi.
Bu imkoniyat YouTube’dagi uzun ma’ruzalar, TikTok’dagi trend videolar yoki filmlarni batafsil tahlil qilishda yordam beradi. Agent videodagi har bir kadrni taymkodlar bo‘yicha “o‘qib”, mazmunini tahlil qiladi.
U Claude Code, Cursor, Codex, Gemini va o‘nlab boshqa SI agentlari bilan ishlaydi.

🔥1🥰1
NASA “Marsga parvoz” simulyatsiyasi uchun ko‘ngillilarni qidirmoqda
Ishtirokchilar bir yil davomida Xyustondagi maxsus bazada yashab, Qizil sayyora sharoitiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan muhitda ishlaydi.
Ishtirokchilar oziq-ovqatni mustaqil ravishda yetishtirishi, Mars roverini boshqarishi va ochiq koinotga chiqishning simulyatsiya qilingan mashqlarini bajarishi kerak bo‘ladi. Bularning barchasi cheklangan resurslar hamda Mars vaqti bo‘yicha tashkil etilgan sharoitda amalga oshiriladi.
Talablar: yoshi 30–55 orasida bo‘lishi, ingliz tilini bilishi va yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Tanlov yakunida atigi 4 nafar ishtirokchi saralab olinadi.

GitHub endi Android ilovalari uchun Google Play do’koniga o‘xshash platformaga aylandi
RepoStore xizmati ishga tushirildi. Servis GitHub repozitoriylari orasidan APK-fayllarni qulay tarzda qidirishga yordam beradi. Har bir ilova uchun tavsif, reyting va toifalar bo‘yicha qulay saralash tizimi mavjud.

Android uchun SMS-spam va keraksiz qo‘ng‘iroqlarni bloklaydigan ochiq kodli (open-source) vosita topildi
Xizmat telefon raqamini mamlakat, mobil operator, qo‘ng‘iroqlar soni va boshqa mezonlar asosida tekshiradi. Kuryerlar hamda yetkazib berish xizmatlarining qo‘ng‘iroqlarini esa imkon qadar bloklamaslikka harakat qiladi.
Nimalarni qila oladi:

• Telefon raqamlarini katta spam bazasi bilan solishtiradi;
• Bazani avtomatik ravishda yangilab boradi;
• Bloklash qoidalarini qo‘lda sozlash imkonini beradi;
• “8800” bilan boshlanuvchi raqamlar, “kredit”, “aksiya”, “chegirma” kabi so‘zlar uchraydigan va shunga o‘xshash keraksiz qo‘ng‘iroqlarni bloklay oladi.
Havola
🔥1🥰1
Telegram GIF qidiruv tizimini yangiladi
Endi GIF animatsiyalarni avvalgidek @gif orqali istalgan qurilmadan osongina yuborish mumkin.
Yangi qidiruv algoritmi 350 milliondan ortiq animatsiya orasidan 36 ta tilda aniqroq natijalarni topadi. Shuningdek, endi xizmat Tenor API o‘chirib qo‘yilganidan so‘ng uchinchi tomon servislariga bog‘liq emas.
Yangilanish Telegram messenjerining eng so‘nggi versiyasida ishlaydi.

GTA Online o’yinida GTA 6 chiqishidan oldingi so‘nggi yirik talonchilik yangilanishi chiqdi
Rockstar kompaniyasi The Kortz Center Heist nomli yangi yangilanishni taqdim etdi. Unda o‘yinchilar muzeyni “o’marish” vazifasini bajarishadi: avval razvedka o‘tkazish, operatsiyani puxta rejalashtirish va eng qimmat eksponatlarni olib chiqish kerak bo‘ladi.
Yangilanish bilan birga o‘yinga yangi avtomobillar ham qo‘shildi. Ular orasida superkarlar, drift uchun maxsus sozlangan mashinalar hamda Hao’s Special Works yaxshilanishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan modellar ham mavjud.

Instagram endi postlardagi musiqani almashtirishga ruxsat berdi
Instagram foydalanuvchilarga avval e’lon qilingan postlar va karusellardagi audio trekni almashtirish imkoniyatini taqdim etdi. Avvallari postdagi musiqani o‘zgartirish uchun uni o‘chirib, qayta joylash talab qilinar edi.
Endilikda foydalanuvchilar kontentini keyinchalik ham dolzarb trendlarga moslashtira oladi. Biroq Instagram marketing bo‘limi vakillarining ta’kidlashicha, audioni almashtirish postga algoritm tomonidan qo‘shimcha tavsiya yoki ustunlik bermaydi. Ya’ni, tizim yangi audio qo‘shilgan postni mutlaqo yangi post sifatida qabul qilmaydi.
Postdagi musiqani almashtirish bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q. Buning uchun kerakli postni ochib, Tahrirlash (Edit) menyusiga kirish kifoya.
O‘tgan oy Instagram profil sahifasidagi postlar joylashuv tartibini ham o‘zgartirish imkoniyatini taqdim etgan edi.

🗿1
Sun’iy intellekt tanqidiy fikrlashni susaytirmoqda
Neyrotarmoqlardan foydalangan odamlar uch baravar ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ygan, biroq o‘z javoblariga ikki baravar ko‘proq ishongan.
Ushbu natija uchta nufuzli universitet olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot orqali aniqlangan. Tadqiqot ishtirokchilariga filmlardagi tafsilotlar bo‘yicha savollar berilgan. Ularning bir qismiga Step 3.5 Flash modelidan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan (aynan shu model ushbu testlarda eng past natijani ko‘rsatgan).
Natijada, sun’iy intellektsiz qatnashganlarning 27% savollarga to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, SI tavsiyalaridan foydalangan guruhda bu ko‘rsatkich atigi 9% tashkil etgan. Bundan tashqari, birinchi guruhdagi ishtirokchilarning qariyb yarmi (44%) murakkab savollarga halol tarzda “Bilmayman” deb javob bergan. Sun’iy intellektdan foydalangan guruhda esa bunday javobni atigi 3% ishtirokchi bergan.
Shunday ekan, mustaqil fikrlashni unutmang!

❤1
Yigit o‘zining raqamli nusxasini yaratish orqali kamera qarshisiga chiqmasdan videoblogerga aylandi
Eng qizig‘i, bunda sun’iy intellektdan umuman foydalanmagan, aksincha alohida animatsiya dvigatelini ishlab chiqqan.
Bloger Adobe After Effects ustida ishlovchi JavaScript skriptini yaratgan. Unga shunchaki matnli senariy va ovoz yozuvini yuklash kifoya — dastur esa mimika, imo-ishoralar va vizual elementlar bilan deyarli tayyor videoni avtomatik ravishda yig‘ib beradi.
Muallif maqolada ushbu tizimni yaratish bo‘yicha yo‘riqnoma va kod namunalarini ham ulashgan.

❤1🤝1
Claude Opus 5 taqdim etildi — model ko‘p vazifalarda Fable 5 modelidan ustun chiqdi
Opus 5 agentlik (AI agent) vazifalarini ancha samarali bajaradi va kod yozish bo‘yicha deyarli Anthropic kompaniyasining eng kuchli modeli darajasiga yetgan. Opus 5 yangi GPT-5.6 Sol modelini ham deyarli barcha testlarda ortda qoldirdi.
Shu bilan birga, Opus 5 narxi Opus 4.8 bilan bir xil darajada qolgan.
Modelni hozirdanoq Claude Code va Anthropic chat-boti orqali sinab ko‘rish mumkin.

Anthropic Opus 5 uchun prompt yozish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qildi
Yangi modelga imkon qadar kamroq “harakat qilishni” so‘rash tavsiya etiladi, aks holda u barcha tokenlarni tez sarflab yuboradi.
Endilikda so‘rovlarning qisqa va lo‘nda bo‘lishi muhim. Opus 5 o‘z ish jarayonini batafsil izohlashni va qo‘shimcha subagentlarni ishga tushirishni yoqtiradi.
Shuningdek, “yana bir bor tekshir” kabi promptlarni ishlatmaslik tavsiya etiladi. Chunki model buni standart rejimda (default) allaqachon o‘zi bajaradi.

Vibe-koder atigi bitta prompt yordamida Opus 5 orqali Call of Duty o’yinining klonini yaratdi
Takrorlab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun prompt:
Sun’iy intellekt allaqachon o‘yin darajalari (level) va asosiy o‘yin mexanikalarini yaratishni yaxshi uddalayapti. Assetlarni esa Blender MCP serveri orqali tayyorlash mumkin.

I want you to build a first-person shooter at the level of the most recent Call of Duty games. It should be utterly perfect, visually beautiful, with every single thing done at AAA quality—from textures to physics to anything you could think of.
Fan out sub-agents and have sub-agents tackle each one individually so that the game is utterly perfect. You should /loop on each item and have a separate sub-agent check it visually to ensure it looks triple A. That separate sub-agent should be a really harsh critic, and if it doesn't look triple A, it should keep going.
Don't stop until each sub-agent is utterly wowed with the quality when compared with the actual Call of Duty game. It should literally compare them side by side blind and say which one looks better. Do this in ThreeJS. /loop until it's utterly perfect. Fan out sub-agents and ultracode.
Sun’iy intellekt allaqachon o‘yin darajalari (level) va asosiy o‘yin mexanikalarini yaratishni yaxshi uddalayapti. Assetlarni esa Blender MCP serveri orqali tayyorlash mumkin.
👍1
Xitoyda videokartalar narxi bir kechada 15–30 foizga oshib ketdi
Narxlarning keskin oshishi NVIDIA, AMD va Intel videokartalariga ta’sir qildi. Shu bilan birga, Taobao, Pinduoduo va JD kabi yirik savdo platformalarida ham narxlar bir vaqtning o‘zida ko‘tarildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunga yana xotira chiplari bozoridagi inqiroz sabab bo‘lgan. So‘nggi bir oy ichida GDDR6 va GDDR7 xotira chiplari narxi har bir dona uchun taxminan 20 dollarga qimmatlashgan.
Agar vaziyat o‘zgarmasa, narxlarning bunday o‘sishi yaqin orada boshqa mamlakatlar bozorlariga ham ta’sir qilishi mumkin.

Telegram messenjerining desktop versiyasi katta yangilanish oldi
Endi sozlamalar orqali veb-proksini yoqish mumkin. Shundan so‘ng Telegram trafigi oddiy HTTPS trafigi sifatida niqoblanadi va uni filtrlash qiyinlashadi.
Bundan tashqari, yangilanish doirasida quyidagi imkoniyatlar ham paydo bo‘ldi:
• To‘liq funksional video muharriri;
• Markdown formatlash yaxshilandi;
• Xabarlar uchun o‘chib ketish taymerlari qo‘shildi;
• Musiqa fayllarini yuborish imkoniyati takomillashtirildi.

GTA VI chiqadigan kuni butun dunyoda “ish bo‘yicha blekaut” yuz beradi — WSJ prognozi
Odamlar 19-noyabrni norasmiy dam olish kuni deb e’lon qilmoqda. Ko‘plab ish beruvchilar allaqachon bu vaziyatdan xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun foydalanmoqda. Hatto AQSh armiyasi ham bu tashabbusga qo‘shildi: u yerda xodimlarga birdaniga to‘rt kunlik dam olish berilmoqda.
Ushbu postni rahbaringizga vyuboring.

Qozog‘iston 16 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi
Mamlakat hukumati bunday qarorni o‘smirlarning salomatligi va hissiy barqarorligi haqida qayg‘urish bilan izohlamoqda. Qonun loyihasi allaqachon tayyor va agar qonun qabul qilinsa, bolalarga shunchaki akkaunt yaratish taqiqlanadi.
Yoshni tekshirish majburiy bolalar SIM-kartalarini joriy etish orqali amalga oshirilishi mumkin.

ChatGPT Telegram uchun stikerlar yaratishni o‘rgandi
Endi chatbot messenjerlar uchun PNG formatidagi rasmlarni generatsiya qila oladi.
Shaxsiy stikerlar to’plamini qanday yaratish mumkin:
ChatGPT’da “Images” bo‘limini oching → “Stickers”’ni tanlang → promptni o‘zingizga moslab yozing → rasmlaringizni qo‘shing → natijadan zavqlaning.
Shundan so‘ng tayyor stikerlar to‘plamini alohida fayllarga bo‘lib, Telegram’ga yuklashning o‘zi kifoya.

👍1👾1