BFAUZ
10.5K subscribers
2.64K photos
406 videos
51 files
1.64K links
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan

LEARN, CHANGE, BE THE LEADER!

Мурожаат учун: https://t.me/bfa_bma

www.bfa.uz
Download Telegram
🤝 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Bank-moliya akademiyasi o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv davomida moliya sohasida zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirish, xususan, FinTech yo‘nalishida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.


Tomonlar tomonidan kelgusida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish hamda raqamli moliya ekotizimi uchun zarur mutaxassislarni yetishtirish bo‘yicha dastur belgilab olindi.

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍115🎉1
🌸 Bank-moliya akademiyasida Navro‘z shukuhi

Bugun, 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida yangilanish va ezgulik timsoli bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.

Bayram munosabati bilan Akademiya binosi milliy an’analar ruhida bezatilib, samimiy va ko‘tarinki muhit yaratildi. Tadbir davomida xodimlar va professor-o‘qituvchilar beqasam, adras va atlasdan tikilgan milliy liboslarda ishtirok etib, bayramga alohida joziba bag‘ishlashdi.

Ishtirokchilarga hududlarga xos milliy taomlar, jumladan osh va bahoriy ne’matlar tortiq etildi. Шунингдек, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida shaxmat va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, g‘oliblar taqdirlandi.

Tadbir yakunida jamoat ishlarida faol bo‘lgan hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etishda ibrat ko‘rsatgan xodimlar "Faxriy yorliq" va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.


Navro‘z bayrami Akademiya jamoasining ahilligi, o‘zaro hurmat va milliy qadriyatlarga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi.

🎉 Barcha yurtdoshlarimizni Navro‘zi olam bilan muborakbod etamiz!


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👏15😁1
📢 Invitation to the International Scientific & Practical Conference

🎓 Organized by the Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan on the occasion of its 30th Anniversary.

💡 Conference Topic:
Sustainable Finance in the Age of FinTech and Artificial Intelligence: Transforming the Future of Banking and Financial Systems

The conference will bring together scholars and practitioners to discuss the impact of FinTech, Artificial Intelligence, and ESG‑driven sustainable finance on modern banking and financial systems. 🌍💻

📅 Conference Date: April 30, 2026
📄 Paper Submission Deadline: April 25, 2026
📚 Selected papers will be published in a special electronic scientific collection dedicated to the Academy’s 30th anniversary.

🔎 Key Sections
• Sustainable Finance and Green Financial Systems: ESG Integration and Climate-Responsible Policies 🌱
• FinTech in Banking and Financial Services: Digital Platforms and Emerging Technologies 💳
• FinTech Ecosystems and Smart Accounting Systems: Technology-Driven Financial Management 🤖
• Capital Markets and Financial Stability: Investment Strategies and Market Development
📊

📍 Venue:
16 Movarounnakhr Street, Mirzo Ulugbek District, Tashkent

📞 Phone: (+998 55) 515‑54‑27 (ext. 1108)
📱 Telegram: @BFA_conf_bot

Researchers, academics, and professionals are warmly invited to participate!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
15👍2🔥1
📝 Internship Selection for Japan 2026 has Started!

The Ministry of Finance of Japan (Policy Research Institute, PRI) invites eligible students of the Banking and Finance Academy (BFA), to participate in the Seminar on Economic Policies 2026, which will be held from August 21 to September 11, 2026 in Tokyo, Japan.
Language: English

Objective
To share knowledge and experience in the field of economics and finance, develop policy recommendations, and build professional connections with Japanese counterparts.

Target Participants
• Masters of the BFA under the Fall 2025 intake (under 40 years old).

Eligibility Criteria
Work experience: At least 4 years (priority given to applicants working at the Ministry of Economy and Finance, the Central Bank, other ministries, government agencies, or institutions).
Academic record: Strong performance at the Academy.
English proficiency: Sufficient to participate in lectures, discussions, and presentations (TOEFL ≥79, TOEIC ≥760, IELTS ≥6.5, or equivalent).
Health: Physically and mentally able to fully participate in the seminar.
Availability: Able to stay in Tokyo for the full three-week period.

Program Includes
Lectures on Japanese economy, finance, and culture
Japanese language classes
Group studies and Group Policy Presentation
Field trips in Tokyo, Hiroshima, and Osaka/Kyoto/Kobe
Covered by PRI
Accommodation and transportation
Health insurance
Per diem
(Meals and visa expenses are the responsibility of participants)

Submit applications by April 6, 2026
Completed Application Form
Appendix form
Reference form
Reference letter
CV (Obyektivka)

Don’t miss the opportunity to expand your professional horizons, gain insight into Japanese economic policies, and build valuable international connections!

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍41
✍️ O‘zbekistonda “yashil” davlat xaridlari istiqbollari

Bank-moliya akademiyasida “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida davlat xaridlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan mahorat darsi yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbirda sohaning yetakchi mutaxassislari, amaliyotchilar va ilmiy doira vakillari ishtirok etib, O‘zbekistonda yashil davlat xaridlarini joriy etishning dolzarb jihatlari, imkoniyatlari va ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan mazmunli fikr almashdilar.

Mahorat darsida davlat xaridlari tizimini modernizatsiya qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni jadallashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.

Toshkent shahar G‘aznachilik xizmati boshqarmasining “Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish bo‘limi” boshlig‘i Oybek Fayzimatov davlat xaridlarida huquqiy majburiyatlarni ro‘yxatga olish mexanizmlari, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash masalalariga to‘xtalib, yashil xaridlar budjet mablag‘laridan samarali foydalanishning muhim instrumenti ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi katta o‘qituvchilari Sanjar Boltayev va Bahodir Muhammad tomonidan xalqaro tajriba asosida ekologik standartlarni tender jarayonlariga integratsiya qilish, barqaror rivojlanishni davlat xaridlari orqali qo‘llab-quvvatlash masalalari yoritildi.

Mutaxassislar fikricha, yashil davlat xaridlari atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, milliy ishlab chiqaruvchilarni ekologik texnologiyalarga o‘tishga rag‘batlantirish va davlat xarajatlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida amaliy keyslar muhokama qilinib, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish va axborot tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Yakunda bildirilgan fikr va tavsiyalar sohani yanada takomillashtirish hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy etishga xizmat qilishi qayd etildi.



✍️ Ўзбекистонда “яшил” давлат харидлари истиқболлари

Банк-молия академиясида “яшил иқтисодиёт” тамойиллари асосида давлат харидларини такомиллаштиришга бағишланган маҳорат дарси юқори савияда ўтказилди. Тадбирда соҳанинг етакчи мутахассислари, амалиётчилар ва илмий доира вакиллари иштирок этиб, Ўзбекистонда яшил давлат харидларини жорий этишнинг долзарб жиҳатлари, имкониятлари ва устувор йўналишлари юзасидан мазмунли фикр алмашдилар.

Маҳорат дарсида давлат харидлари тизимини модернизация қилиш, экологик барқарорликни таъминлаш ҳамда “яшил иқтисодиёт”га ўтишни жадаллаштиришга қаратилган илмий-амалий ёндашувлар муҳокама қилинди.

Тошкент шаҳар Ғазначилик хизмати бошқармасининг “Юридик мажбуриятларни рўйхатга олиш бўлими” бошлиғи Ойбек Файзиматов давлат харидларида ҳуқуқий мажбуриятларни рўйхатга олиш механизмлари, шаффофлик ва ҳисобдорликни таъминлаш масалаларига тўхталиб, яшил харидлар бюджет маблағларидан самарали фойдаланишнинг муҳим инструменти эканини таъкидлади.

Шунингдек, Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги Ўқув маркази катта ўқитувчилари Санжар Болтаев ва Баҳодир Муҳаммад томонидан халқаро тажриба асосида экологик стандартларни тендер жараёнларига интеграция қилиш, барқарор ривожланишни давлат харидлари орқали қўллаб-қувватлаш масалалари ёритилди.

Мутахассислар фикрича, яшил давлат харидлари атроф-муҳитга таъсирни камайтириш, миллий ишлаб чиқарувчиларни экологик технологияларга ўтишга рағбатлантириш ва давлат харажатлари самарадорлигини оширишга хизмат қилади.

Тадбир давомида амалий кейслар муҳокама қилиниб, норматив-ҳуқуқий базани такомиллаштириш, кадрлар салоҳиятини ошириш ва ахборот тизимларини модернизация қилиш бўйича таклифлар ишлаб чиқилди. Якунда билдирилган фикр ва тавсиялар соҳани янада такомиллаштириш ҳамда “яшил иқтисодиёт” тамойилларини кенг жорий этишга хизмат қилиши қайд этилди.


🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4🎉1
✍️ 9-aprel — Amir Temur tavallud topgan kun

Sohibqiron, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan yurtimizda uning boy merosi, davlatchilik an’analari va yuksak strategik tafakkuri yana bir bor keng yodga olinmoqda.

Amir Temur nafaqat zabardast qo‘mondon, balki kuchli davlat boshqaruvi, adolatli qonun ustuvorligi va iqtisodiy barqarorlikka asos solgan ulkan tarixiy shaxs sifatida ham jahon tamaddunida o‘chmas iz qoldirgan. Uning “Kuch adolatda” degan shiori bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida Sohibqiron merosi — ayniqsa, strategik fikrlash, tizimli boshqaruv, intizom va mas’uliyat tamoyillari davlat va jamiyat rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bank-moliya akademiyasi jamoasi ushbu muborak sana munosabati bilan barchani Sohibqiron Amir Temur merosini chuqur o‘rganish, uning ibratli hayoti va faoliyatidan ilhom olishga chorlaydi.

Meros — bu faqat o‘tmish emas, balki kelajak uchun mustahkam poydevordir.

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Aziz yurtdoshlar va hurmatli tinglovchilar!

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan.

Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi, adolat va ishonchni yemiruvchi xavfli illatdir. Shu bois Akademiyada ta’lim jarayonlari, qabul, baholash hamda moliya-xo‘jalik faoliyatida qonuniylik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillariga qat’iy amal qilinmoqda.

🔹 Byurokratik to‘siqlar kamaytirilmoqda
🔹 Raqamli tizimlar keng joriy etilmoqda
🔹 Korrupsion xavflarning oldi olinmoqda

Biz nafaqat bilimli mutaxassislar, balki halol va vijdonli kadrlarni tarbiyalashni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz.

❗️ Agar siz Akademiyada korrupsion holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang — tegishli tashkilotlarga murojaat qiling.

Sizning har bir murojaatingiz ochiq va adolatli muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Halollik — bizning bosh qadriyatimiz!
Korrupsiyaga murosasizlik — qat’iy pozitsiyamiz!

#halollik #korrupsiyagaqarshi #BMА #shaffoflik

🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
11👍6🔥2