Best Education_2019
1.46K subscribers
11.5K photos
465 videos
311 files
746 links
BEST EDUCATION o‘quv markazi
TODAY'S READER IS TOMORROW'S LEADER

BIZNING MANZIL:ISHTIXON SHAHRIDA CHORRAHADA.MITAN SHAHARCHASIDA
Shukrona to‘yxonasi old tomonida
BURGER HOUSE yonida
Download Telegram
​IELTS va boshqa ingliz tili imtihonlarining insholar (writing) qismida tez-tez yo'l qo'yiladigan xatolar.
✍✍✍

❗️ Memorized sentences [yodlab olingan, tayyor gaplar]
❌ In this essay, I will discuss both opinions and give my own thoughts towards this matter.
❌ This essay will discuss both sides and give my opinion.
❌ I will show both sides of the question and end with my opinion on the topic.
👆👆 Shu va shu kabi tayyor gaplardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Imtihonlar uchun insholar bu ijodiy hisoblanib, sizning muayyan mavzuda shaxsiy fikrlaringizni ingliz tilida yozma bayon qila olish mahoratingizni tekshiradi.
Bu turdagi gaplar insholarimizni tekshiruvchi ekspertlar tomonidan yodlangan, shunchaki 250ta so'z yozish shartini bajarish uchun gaplar qo'shish deb topiladi.
Bu turdagi gaplar inshoga mazmun bermaydi!

❗️ Word order - ko'pchilik imtihon topshiruvchilar ingliz tili gaplarida so'z tartibini yaxshi bilmaydilar. Bunday gaplar ham nima demoqchi ekanimizni aniq ifoda qilib bera olmaydi.
Grammatika darslar yordamida so'z tartibini yaxshi o'zlashtirish muhim.
The government the roads should repair. ❌
The government should repair the roads. ✅

❗️L1 impact - Insho yozganda va shuningdek, og'zaki nutqda ko'pchilik avval o'z tillarida o'ylab, keyin buni ingliz tiliga tarjima qiladilar.
Bu juda ham katta va qo'pol xato hisoblanadi.
Students do a lot of mistakes. ❌
Students make a lot of mistakes. ✅
O'zbek tilida biz xato qilmoq deymiz, va ko'pchilik qilmoq ma'nosidagi so'zlarni do bilan berishadi.
Qanday qilib inglizcha fikrlashni o'rganish mumkin?
● Learn collocations - ingliz tilida tabiiy qo'llanuvchi so'z birikmalarni muntazam o'rganib boring.
● Listen to podcasts and watch English shows - ingliz tilida ko'proq eshiting va ko'rsatuvlar ko'ring.

❗️Avoid informal language - norasmiy va ko'cha so'zlari, qisqartmalar inshoda yozilmasligi kerak.
Insho bu rasmiy uslubda yoziladi.
Ko'pchilik imtihon topshiruvchilar isn't, don't, aren't, gonna, wanna ❌ kabi norasmiy so'zlardan foydalanishadi va bu xato hisoblanadi.
To'liq holatda yo'zing!

Practice makes perfect - Har kuni ingliz tilida nimadir yozishga odatlaning.
Masalan, kundalik tuting (keep a diary) 📒🖊
Har kuni shu kundalikka ingliz tilida nimadir yozishga odatlaning.
https://t.me/JamshidBEC
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IELTS speaking test band score 9 with feedback
IELTS Speaking Part 1 sample answers 🔗

• How well do you know your next-door neighbours?
I know my neighbours quite well. They're really nice people, and I always stop to talk whenever I see them. I think it's important to get on well with the people who live next door.

• How often do you see them?
I see my neighbours at least a few times a week. We usually see each other when we're leaving for work in the morning or coming home in the evening.

• What problems do people sometimes have with their neighbours?
I think the most common problem is probably noise. It's difficult to live next to people who have a dog that barks at night, or who play loud music or have too many parties.
- SIMON
⚡️ https://t.me/JamshidBEC👈
1.) By the way - Aytgancha
2.) Take a seat - o'tiring
3.) Catch up - yetib olish
4.) for what? - Nimaga
5.) Get down - tushir
6.) Hold іt - ushlab tur
7.) knock off -To'xtat(yo'q qil)

1.) It depends on - Vaziyatga qarab.
2.) Thіѕ аnd thаt - u, bu..
3.) Yes, please! - ha, iltimos
4.) Certainly! - Albatta
5.) Right you are! - Mutlaqo xaqsiz
6.) How muсh (is it)? Buni narxi qancha
7.) Here you аrе.-Marhamat

1) What it takes to - Aynan mana shu
2.) What about - Buchi
3.) That is why - Shunga ko'ra 4.) Such as - Misol uchun
5.) That's the whole story - Xullas mana shunaqa gaplar
6.) Suсh аnd ѕuсh - Shunaqa shunaqa7.) So... аѕ tо - shunchalikki...

1) And how! - Mutlaqo xaqsiz
2.) Anything but - Faqat shu emas
3.) Exactly! - Aniq
4.) Far frоm іt - Umuman bunaqa emas.
5.) For сеrtаin /For sure - to'g'ri 6.) Have had enough – yetarli
7.) Have something against - qarshi bo'lmoq

#Vocabulary
Cambridge_Advanced @IELTS_8.rar
503.7 MB
Cambridge Advanced Learner's Dictionary - (For PC 💻)

The most popular dictionary
✅ Over 140,000 words & phrases
✅ Smart thesaurus and examples
✅ UK & US pronunciations
✅ Collocations & transcripts


⚡️ https://t.me/JamshidBEC👈
📖 Dars #204 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (M)

✅ made FROM sth - tayyorlangan
✅ made OF sth - yasalgan
✅ make fun OF sb - ustidan kulmoq
✅ make OFF WITH sth (ph.v) - o'g'irlamoq, o'marmoq
✅ make OUT sth/sb (ph.v) - qiyinchilik bilan tushunmoq/eshitmoq/ko'rmoq
✅ make OUT sth (ph.v) - yolg'on ma'lumot bermoq, o'zidan yasamoq
✅ make sth UP (ph.v) - toʻqimoq (bahoha, hikoya)
✅ make UP (ph.v) - tashkil etmoq
✅ make UP FOR sth (ph.v) - o'rnini bosmoq
✅ make UP one's mind - qaror qilmoq
✅ make use OF sth - foydalanmoq
✅ manner (IN a) - tarzda
✅ many ways (IN) - koʻp hollarda, koʻpincha
✅ market (ON the) - bozorda
✅ married FOR love/money - sevib/pul uchun turmush qurgan
✅ married TO sb -…ga turmushga chiqqan/uylangan
✅ married WITH (children) - oilali
✅ marry ... sb (v) - uylanmoq/turmushga chiqmoq
✅ matter WITH (what's the…) -nima boʻldi?
✅ mean BY + gerund -…orqali nazarda tutmoq
✅ mean FOR sb - uchun ahamiyatga ega boʻlmoq
✅ means OF (BY) - vositasida
✅ meantime (IN the) - hozircha
✅ message FOR sb FROM sb -…dan…ga xabar
✅ middle OF sth (IN the) - oʻrtasida
✅ migrate TO swh -…ga koʻchmoq
✅ minister's (AT the) - vazir huzurida
✅ mistake (BY) - adashib
✅ mistake sb FOR sb - adashtirmoq
✅ mix UP people/things (ph.v) - adashtirmoq, chalkashtirmoq
✅ monument TO sb -…ga haykal
✅ move IN (ph.v) - koʻchib oʻtmoq
https://t.me/JamshidBEC
🔰Bahs va munozaralar uchun aqlli iboralar

🔸 Ask me another - Osonroq narsa so‘ra!
🔸Eat one's words - gapini qaytib olmoq
🔸 Enough of it - Bu yetarli bo‘ldi
🔸 go into details - tafsilotlarga urg‘u bermoq
🔸 I don’t care - Menga ahamiyati yo‘q
🔸 I have no idea - Men tushunmayapman
🔸 I mean it! - Men jiddiy gapirdim!
🔸 I wish I knew - Buni bilishni xohlardim!
🔸 It doesn’t matter - Bu muhim emas
🔸 It doesn't make sense - Bunda ma'no yo‘q
🔸 It doesn't prove a thing - Bu hech narsani isbotlamaydi
🔸 It' s none of your business - Bu sizning ishingiz emas
🔸 It's a lie - Bu yolg‘on
🔸 It's all the same to me - Menga farqi yo‘q
🔸 It's beside the point - Buning dahli yo‘q
🔸 It's new to me - Birinchi marta eshitishim
🔸 It's out of place - Bu o‘rinsiz
🔸 It's up to you - O‘zing hal qil
🔸 It's waste of time - Bu vaqtni bekorga sarflash
🔸 Let's clear it up - Keling oydinlashtirib olamiz
🔸 Let's drop the subject - Keling mavzuni o‘zgartiramiz
🔸 Mind one's own business - Birovning ishiga aralashmaslik
🔸 no matter - ahamiyati yo‘q
🔸 point of view - nuqtai nazar
🔸 pro and con - rozi va norozi
🔸 say one's say - fikrini bildirmoq
🔸 side against - qarshi tomonni qo‘llamoq
🔸 So what? - Nima bo‘libdi?
🔸 speak one's mind - fikrini bildirmoq
🔸 Stand one's ground - o‘z fikrida qolmoq
🔸 Stand to reason - ma'noga ega bo‘lmoq
🔸 Take a side - bir tomonni (gapni) qo‘llamoq
🔸 Take a stand - muhim o‘rinni egallamoq
🔸 Take into account - diqqatga kirmoq
🔸 That's not the point - Gap bu haqda emas
🔸 That's very well, but - Bu juda yaxshi, lekin...
🔸 to one's face - yuziga (ochiqcha aytish)
🔸 up against - qarshilik qilmoq
🔸 Use your own judgement - O‘zing hal qil
🔸 What are you driving at? - Nimaga sha'ma qilyapsan?
🔸 What are you talking about? - Nima demoqchisiz o‘zi!
🔸 What for? - Nega?
🔸 What of it? - Bundan nima foyda?
🔸 You can take it from me - Menga ishonishing mumkin
https://t.me/JamshidBEC
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Interview of Foreign Minister of Uzbekistan Abdulaziz Komilov with "This is America TV" https://t.me/JamshidBEC
✳️Bilib qo'ygan yaxshi 👌

✳️ Bugungi postimda 'died', 'dead' va 'death' so'zlarining qo'llanishini o'rganamiz.

1️⃣ dead - (sifat) o'lgan, vafot etgan, jonsiz
🔸Mrs McGinty is dead.
🔸That idea has been dead for years.
🔸Police are trying to contact the family of the dead man.

⚠️ the dead sifat otlashib kelib 'o'lganlar, vafot etganlar' ma'nosida ishlatiladi va ko'plikdagi fe'l bilan ishlatiladi.
🔸Most of the dead and injured had been passengers on the bus.

2️⃣ died - (fe'l) vafot etgan, o'lgan (to die fe'lining o'tgan zamon va sifatdosh (past participle) shakli)
🔸Shakespeare died in 1616.
🔸She died in a car crash.
🔸So far 50 people have died in the fighting.

⚠️ Yuqoridagi dead va died so'zlarini adashtirib yubormaslik lozim. die fe'li o'timsiz fe'l bo'lib, to be fe'li bilan ishlatilmaydi va majhul nisbatda qo'llanilmaydi. to be fe'li bilan dead sifati ishlatilishi lozim. Demak:
🔸The man was already died.. (noto'g'ri)
🔸The man was already dead. (to'g'ri)

3️⃣ death - (ot) o'lim
🔸The death of his mother came as a tremendous shock.
🔸After his death his wife went to live in Canada.
@JamshidBEC
🌴List of Prepositional Phrases "AT"


☘️ at (a) high speed
☘️ at (the) risk (of)
☘️ at / by one’s side
☘️ at / for a fraction of
☘️ at / from the outset
☘️ at / in the end
☘️ at / on sight
☘️ at / on the double
☘️ at a / one time
☘️ at a disadvantage
☘️ at a discount
☘️ at a distance
☘️ at a glance
☘️ at a guess
☘️ at a loose and
☘️ at a loss
☘️ at a low ebb
☘️ at a moment’s notice
☘️ at a price
☘️ at a rate of
☘️ at a speed of
☘️ at a standstill
☘️ at all costs
☘️ at all events
☘️ at an advantage
☘️ at any cost
☘️ at any rate
☘️ at breakfast
☘️ at ease (with)
☘️ at face value
☘️ at fault
☘️ at full strength
☘️ at hand
☘️ at heart
☘️ at home (with)
☘️ at issue
☘️ at large
☘️ at least
☘️ at length
☘️ at liberty
☘️ at most
☘️ at night
☘️ at noon
☘️ at odds with
☘️ at once
☘️ at one’s best
☘️ at one’s discretion
☘️ at one’s disposal
☘️ at one’s leisure
☘️ at one’s request
☘️ at peace / war (with)
☘️ at play
☘️ at present
☘️ at random
☘️ at sea
☘️ at the / in front of
☘️ at the age of
☘️ at the beginning
☘️ at the expense of
☘️ at the foot of
☘️ at the hands of
☘️ at the height of
☘️ at the latest
☘️ at the mercy of
☘️ at the peak of
☘️ at the same time
☘️ at the thought of
☘️ at the time of
☘️ at the top of
☘️ at this juncture
☘️ at times
☘️ at war with
☘️ at work

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

🚀 Do'stlarga ulashishni unutmang!

🔝🇬🇧 @https://t.me/JamshidBEC🔝
📖Dars #60 Introduction to Active and passive voice (Aniq va majhul nisbatdagi gaplarga kirish darsi)

1️⃣ Ingliz tilida asosiy ikkita nisbat mavjud boʻlib, ish-harakatning bajaruvchisi gapda ega boʻlib qatnashgan gaplar (active voice-aniq nisbat) va ish-harakatning bajaruvchisi noma'lum yoki ikkinchi darajaga tushib qolgan (passive voice-majhul nisbat) nisbatdagi gaplardir.

2️⃣ Majhul nisbatlarda ish-harakat bajaruvchisi noma'lum boʻladi yoki ikkinchi darajaga tushib qoladi. Qiyoslash uchun misol:
🔸Tom cleans the room every day. (Tom har kuni xonani tozalaydi….ish-harakatning bajaruvchisi, ya'ni Tom gapning egasi va ish-harakat bajaruvchisi aniq - aniq nisbat)
🔸The room is cleaned every day. (Xona har kuni tozalanadi….ish-harakatning bajaruvchisi gapda noma'lum - majhul nisbat)
⚠️Yuqoridagi misoldan ma'lum boʻladiki, majhul nisbatdagi gaplarda ish-harakatning bajaruvchisiga emas, bajarilishiga asosiy e'tibor qaratiladi.

3️⃣Barcha majhul nisbatdagi gaplarda to be + V3 (ed) qurilmasi boʻlishi shart. Bu yerda to be fe'li shaxsga va zamonga qarab oʻzgaradigan qism, V3 (ed) shakli esa oʻzgarmas qism hisoblanadi.
🔸Football is played all over the world.
🔸Latin was taught at universities in the Middle Ages.
🔸We will be taught Japanese next year.

⚠️Eslatma: DTM tomonidan tuziladigan testlarning ba'zilarida gaplarni aniq nisbatdan majhul nisbatga oʻgirish misollari beriladi. Buning uchun aniq nisbatdagi gap quyidagi shartlarga javob bera olishi lozim.
✅Gapdagi fe'li oʻtimli (transitive) boʻlishi lozim.
✅Gapda toʻldiruvchi (object) qatnashgan boʻlishi lozim.
💡Fe'lning oʻtimli yoki oʻtimsiz ekanligini lug'atlardan bilib olishingiz mumkin. Oʻtimli fe'llar toʻldiruvchi talab qiladi va qarshisiga [T], oʻtimsiz fe'llar toʻldiruvchi talab qilmaydi va qarshisiga [I] belgisi qoʻyiladi.
✅Oʻtimli fe'llarga misollar: to read, to bring, to kill, to tell…
✅Oʻtimsiz fe'llarga misollar: to cry, to rain, to sleep, to nod off

4️⃣ Aniq nisbatdagi gapni majhul nisbatga o'girishga misol:
Bunda aniq nisbat gapdagi toʻldiruvchi majhul nisbatdagi gapda ega oʻrniga chiqadi.
🔸Tom cleans the room every day. ( Tom -gapning egasi, the room - toʻldiruvchi)
🔸The room is cleaned every day. (The room - gapning egasi)

▪️Yuqorida aytib oʻtilganidek aniq nisbatdagi gapda toʻldiruvchi boʻlmasa yoki fe'l oʻtimsiz boʻlsa, bu gapdan majhul nisbat hosil qilib boʻlmaydi.
🔸It's raining. (Yomg'ir yog’moqda.)
🔸He came. (U keldi)

5️⃣ Majhul nisbatdagi gaplarda ish-harakatni qabul qiluvchi predmet yoki shaxs gapning egasi sifatida qoʻllanilgani bois, ish- harakatning bajaruvchisi ikkinchi darajaga tushib qoldi. Ish-harakatning bajaruvchisi kimligini bildirish uchun by - tomonidan soʻzini qoʻllashimiz mumkin.
🔸Tom watered the flowers. (Tom gullarni sug'ordi-aniq nisbat)
🔸The flowers were watered by Tom. (Gullar Tom tomonidan sug'orildi - majhul nisbat)
@https://t.me/JamshidBEC
📖Dars #61 Majhul nisbatning o'ziga xosliklari

▪️Avvalgi darsda aytib oʻtilgandek, aniq nisbatdagi(active voice) gaplarda toʻldiruvchilar majhul nisbatdagi gaplarda ega oʻrniga chiqadi. Ingliz tilida shunday fe'llar borki, ular ikkita toʻldiruvchi qabul qiladi. Bunday gaplardan ikkita majhul nisbatdagi gap hosil qila olamiz. Bu fe'llar misollar: to give , ask, offer, show, tell, owe…
🔸I gave Tom the book. (Men Tomga kitobni berdim. toʻldiruvchilar - Tom va the book)
1️⃣Tom was given a book.
2️⃣The book was given to Tom.

🔸They offered Ann the job. (Ular Annaga ish taklif qildilar...ikkita toʻldiruvchi - Ann va the job)
1️⃣Ann was offered the job.
2️⃣The job was offered to Ann.

▪️to be born - tug'ilmoq fe'li aniq bir shaxsning qachon va qayerda tug'ilganligi bildirib kelgan holatlarda faqat oʻtgan zamonda qoʻllaniladi, ya'ni 'were/was born' shaklida.
🔸Alisher Navoi was born in 1441.
🔸Where were you born? I was born in Tashkent.
⚠️Ammo to be born fe'li oddiy voqea (tug'ilish)ni bildirib kelgan holatlarda boshqa zamonlarda ham qoʻllanishi mumkin.
🔸Two babies are born in the world every second.

▪️Majhul nisbat qurilmasi boshqa fe'llardan keyin ham kela oladi. Bu holat oʻzidan keyin gerundiy yoki fe'lning infinitiv shaklini talab qiladigan fe'llardan keyin uchraydi (to like, to succeed in, to seem….).
🔸I don't like being told what to do. (Menga nima qilish kerakligi aytilishi yoqmaydi....majhul nisbat gerundiy sifatida ifodalangan.)
🔸He only succeeded in being taken for a bore.
🔸Your bag seems to have been stolen.

▪️Majhul nisbat ma'nosini berish uchun to be fe'li oʻrniga to get fe'li ham qoʻllanishi mumkin.
🔸The window got broken (was broken) by the children.
▪️to get fe'li bilan ifodalanuvchi majhul nisbatlarning savol va inkor shakllari do/does/did/will… va boshqa yordamchi fe'llar yordamida yasaladi.
🔸How often do you get paid? (How often are you paid?)
🔸I am surprised why Liz didn't get offered the job. (Liz wasn't offered the job)

⚠️Ammo to get fe'li faqat bir necha fe'llar bilangina majhul nisbat yasab kela oladi. Quyidagi birikmalar esa majhul ma'noda qoʻllanilmaydi:
▫️get married - uylanmoq, turmushga chiqmoq ▫️get dressed - kiyinmoq ▫️get lost - adashib qolmoq
▫️get divorced - ajrashmoq (nikohdan) ▫️get changed - kiyimni almashtirmoq
https://t.me/JamshidBEC
📖Dars #62 Majhul nisbatning zamonlarda qo'llanishi

▪️Ingliz tilida deyarli barcha zamonlarda majhul nisbatdagi gapni hosil qilishimiz mumkin. Oldingi darsda ta'kidlab oʻtilganidek, majhul nisbatdagi gaplarda zamonga va shaxslarga qarab oʻzgaradigan qism to be fe'li hisoblanadi:

1️⃣ Present simple tense: Ega+ am/is/are + V3(ed)
🔸The plants are watered every week. (Gullar har hafta sug'oriladi.)
🔸Jack is not often invited to the parties. (Jek ziyofatlarga tez-tez taklif qilinmaydi.)
🔸She is looked after by her grandparents.

2️⃣ Past simple tense: Ega+ was/were + V3(ed)
🔸The plants were watered last week. (Gullar o'tgan hafta sug'orildi)
🔸I was told to wait in the hall. (Menga zalda kutib turish aytildi.)
🔸She was brought up by her grandparents.

3️⃣ Future simple tense: Ega + will be + V3(ed)
🔸The plants will be watered next week. (Gullar keyingi hafta sug'oriladi)
🔸The students will be examined next week. (Talabalar keyingi hafta imtihon qilinadi.)
🔸This book will be published in a few days.

4️⃣ Present continuous: Ega + am/is/are being + V3(ed)
🔸The plants are being watered now. (Gullar ayni paytda sug'orilyapti)
🔸The students are being examined at the moment. (Talabalar hozir imtihon qilinmoqdalar.)
🔸A famous pop-singer is being interviewed at the moment.

5️⃣Past continuous tense: Ega+was/were being+ V3(ed)
🔸The plants were being watered at this time yesterday. (Gullar sug'orilayotgan edi)
🔸There was an explosion when the experiment was being carried out. (Tajriba oʻtkazilayotganda portlash sodir boʻldi.)
🔸She was being questioned at the police station.

6️⃣ Present perfect tense: Ega + have/has been + V3(ed)
🔸The plants have just been watered. (Gullar hozirgina sug'orildi)
🔸All the questions have been answered. (Hamma savollarga javob berildi.)
🔸They have been invited to the party.

7️⃣ Past Perfect simple tense: Ega + had been + V3(ed)
🔸The plants had been watered. (Gullar sug'orilgan edi)
🔸He had been asked some questions before the police came.
🔸The doctor had been sent for when Tom arrived.

8️⃣ Future perfect tense: Ega +will have been + V3(ed)
🔸The plants will have been watered. (Gullar sug'orilgan bo'ladi)
🔸The letters will have been typed by the time the manager comes.
🔸We will have been examined four times by the end of the year.

9️⃣going to: Ega+am (is, are) going to + be + V3(ed)
🔸The plants are going to be watered.
🔸The concert is going to be conducted by a famous artist.

✅ Advanced Grammar in Use (Martin Hewings) kitobida majhul nisbatda juda kam qoʻllaniladigan yana bir zamon berilgan bu - Present Perfect Continuous zamonidir.
1️⃣0️⃣ Present Perfect Continuous tense: Ega+have/has been being + V3(ed)
🔸John has been telling me for ages that you are leaving. (active voice)
🔸I have been being told (by John) for ages that you are leaving. (passive voice)
https://t.me/JamshidBEC
📖Dars #63 Modal fe'llarning majhul nisbatda qo'llanishi

▪️Koʻpgina modal fe'llar (can/could/should/may/might/must/need/ought to) bilan ham majhul nisbat hosil qilish mumkin.

1️⃣Hozirgi zamonda yuqoridagi modal fe'llardan keyin be + V3(ed) shaklini keltirish yoʻli bilan majhul nisbat hosil qilinadi.
🔸You must clean the room. (active voice) ➡️ The room must be cleaned. (passive voice)
🔸Somebody may break the window. (active voice) ➡️ The window may be broken. (passive voice)

2️⃣Oʻtgan zamonda yuqoridagi modal fe'llardan keyin have been + V3(ed) shaklini keltirish yoʻli bilan majhul nisbat hosil qilinadi.
🔸The room looks nice. You must have cleaned it. (active voice) ➡️ The room must have been cleaned. (passive voice)
🔸Somebody may have broken the window. (active voice) ➡️ The window may have been broken. (passive voice)

⚠️ Yuqoridagi oʻtgan zamonda istisno holati have to modal fe’lida koʻrinadi. Oʻtgan zamondaga majhul nisbatdagi gaplarda bu modal fe’l had to+be+V3(ed) qurilmasida ishlatiladi.
🔸I had to clean the room ➡️ The room had to be cleaned.
https://t.me/JamshidBEC
📖Dars #64 Majhul nisbat qurilmasi bilan axborot berish

▪️Tasdiqlanmagan xabarlar (mish-mish) yoki rasmiy yangiliklar haqida majhul nisbat qurilmasi to be +V3(ed) orqali ma'lumot berishimiz mumkin. Bunday gaplar it is said that..., it is reported that... so'zlari bilan boshlanadi.
🔸It is said that George has been married six times. (Aytishlaricha, Jorj olti marta uylanganmish.)
🔸It is believed that the Earth is the only planet to support life. (Ishoniladiki, yer hayot mavjud boʻlgan yagona planetadir.)
🔸It is reported that two people were arrested by the police. (Xabar berilishicha, ikki nafar shaxs politsiya tomonidan hibsga olingan)

⚠️Yuqoridagi misollarda It olmoshi gapda nominal ega boʻlib kelmoqda. Bu gaplarni quyidagicha yozishimiz ham mumkin:
🔸It is said that George has been married six times ➡️ George is said to have been married six times.
🔸It is believed that the Earth is the only planet to support life ➡️ The Earth is believed to be the only planet to support life.
🔸It is reported that two people were arrested by the police ➡️Two people are reported to have been arrested by the police.

▪️Quyidagi fe'llar ham axborot/xabar berish maqsadida majhul nisbat qurilmasida kela oladi.
▫️(to be) thought - o'ylashlaricha ▫️alleged - gumon qilinishicha ▫️understood - tushunishlaricha▫️considered - o'ylashlaricha ▫️supposed - taxmin qilinishicha ▫️presumed - taxmin qilinishicha
🔸It is alleged that he kicked the policeman ➡️ He is alleged to have kicked the policeman.

▪️Yuqoridagi qoidalarga qoʻshimcha tarzda ma'lumot berish uchun There + majhul nisbat qurilmasi ning qoʻllanishi mumkinligini aytib oʻtish lozim.
🔸There are believed to be thousands of homeless teenagers living on the streets of the capital.

▪️Xabar yoki axborot berish ma'nosidan tashqari to be supposed to iborasi boshqa ma'noda ham qoʻllanadi.
Qiyoslash uchun:
🔸George is supposed to have six wives. (Jorjning oltita xotini bor emish.)
🔸You are supposed to eat more vegetables. (Siz koʻproq sabzavotlardan tanovul qilishingiz kerak.)
⚠️Ikkinchi misoldan ham koʻrinadiki, be supposed to+V1 ba'zan should modal fe'li ma'nosida qoʻllanishi mumkin.
🔸You are supposed to eat more vegetables. (=You should eat)
🔸You aren't supposed to leave yet. (= You shouldn't leave yet)

▪️Oʻtgan zamonda esa be supposed to+V1 - kelishilgan/rejalashtirilgan ish amalga oshishi kerak edi degan ma'noda qoʻllaniladi. Ko’pincha bu ish-harakat amalga oshmagan boʻladi.
🔸The train was supposed to arrive at 10 oʻclock but it was an hour late. (The train wasn't on time)
🔸You weren't supposed to do this exercise. Why did you do it?@JamshidBEC
📖Dars #65 have something done qurilmasi (causatives)

1️⃣ Ingliz tilida majhul nisbatga oʻxshash yana bir qurilma mavjud boʻlib, u oʻzbek tilidagi orttirma nisbat mavzusiga mazmunan toʻg'ri keladi. Bu qurilmaga binoan ish - harakatni gapning egasi bajarmaydi, balki boshqa bir shaxsga bajartiradi.
▫️Qurilmasi: Ega + have + something+ V3(ed)
▫️Qiyoshlash uchun misol:
🔸Jill repaired the roof. (Jil tomni tuzatdi ….oʻzi)
🔸Jill had the roof repaired. (Jil tomni tuzattirdi, ya'ni usta kelib, tomni tuzatdi.)

⚠️Yuqoridagi misolda koʻrinyaptiki, bu qurilmada shaxsga va zamonga qarab tuslanadigan qism to have fe'lidir. Bu qurilma deyarli hamma zamonlarda qoʻllanadi va modal fe'llardan keyin ham kela oladi. Eng asosiysi, to have fe'li va fe'lning uchinchi shakli orasida har doim toʻldiruvchi boʻlishi shart.
🔸Tom is having his hair cut. (Tom sochini tekislatmoqda)
🔸Jill has just had a central heating installed. (Jil hozirgina markaziy isitish tizimi o'rnattirdi -Present Perfect simple zamonida qoʻllanishi)
🔸You should have your eyes tested. (Ko'zlaringni tekshirtirishing kerak - modal fe'l should dan keyin qoʻllanishi)
🔸How often do you have your car serviced? (Present Simple tense zamonida qoʻllanishi)
🔸I don't like having my photograph taken. (gerundiy sifatida ifodalanishi)

2️⃣ Yuqorida koʻrib oʻtilgan misollarda biz biror shaxsga oʻz xohishimizga koʻra biror ishni bajartiramiz degan ma'no chiqyapti. Lekin ba'zan ish-harakat bizning xohishimizga qarshi, biz xohlamasak ham sodir boʻlishi mumkin.
🔸Tom had all his money stolen on the train. (Tom hamma pulini poyezdda oʻg'irlatdi - Albatta, Tom bu ishni birovga bajartirmagan, lekin shu ish uning xohishiga qarshi boʻlsa ham, sodir boʻldi)
🔸Tom had his nose broken in the fight last night. (Kecha tundagi urushda Tomning burnini sindirishdi)

3️⃣ Orttirma nisbatni yana boshqa qurilmalar orqali ma'noda ozgina oʻzgarish bilan qoʻllash mumkin. Bu qurilmalar quyidagilardir:
▫️Ega+ get/want+something V3(ed)
▫️get smth done - ish - harakat oldindan rejalashtirib yoki tayinlanib bajartirilganini bildiradi.
🔸I got my car serviced yesterday. (Kecha mashinamni tuzattirdim…rejalashtirgan edim va tuzattirdim)
▪️want smth done - ish- harakatni bajartirishni xohlashimizni bildiradi.
🔸I want my car serviced, please. (Mashinamni tuzattirishni xohlayman.)
@JamshidBEC
📖 Dars #205 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (N,O)

✅ name AFTER smb -…ning nomiga qoʻymoq
✅
name OF (IN the) -…ning nomidan
✅
natural FOR sb -…uchun tabiiy
✅
nature (BY) - tabiatan
✅
necessity (OUT OF) - muhtojlikdan
✅
need FOR sth - …ga zaruriyat
✅
need OF sth (IN) -…ga muhtoj
✅
negotiation FOR sth -…uchun muzokaralar
✅
nervous ABOUT sth -…dan asabiy
✅
next TO - yonida
✅
no avail (OF) - foydasiz
✅
nod OFF (ph.v) - uxlab qolmoq
✅
notice (WITHOUT) - ogohlantirmasdan
✅
notorious FOR sth - …bilan yomonotliq (yomon narsa bilan)
✅
now (BY) - hozirgacha
✅
object TO gerund/sth (v) -…ga qarshi boʻlmoq
✅
objection TO sth (n)-…ga qarshilik
✅
obliged TO sb/sth – … ga qarzdor (minnatdor)
✅
occasion FOR laughter - kulish uchun vaziyat
✅
office environment (IN an) - ofis muhitida
✅
once (AT) - darhol
✅
one hand (ON the) - bir tarafdan
✅
open air (IN the) - ochiq havoda
✅
opposite TO sth -…ga qarama qarshi
✅
option (AT) - tanlov boʻyicha, tanlab
✅
order (IN) - tartibli, ishlayapti
✅
order (OUT OF) - tartibsiz, ishlamayapti
✅
origin OF sth -...ning kelib chiqishi
✅
owe … sb … sth - qarzdor boʻlmoq
✅
owe sth TO sb -…ga..ni qarzdor boʻlmoq
✅
owing TO sth -…sababli
✅
own (ON my/your...) - yolg'iz
https://t.me/JamshidBEC
Diqqat! E'lon!
4.07.2021 yakshanba kuni soat 8:00da Best Education o‘quv markazi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi DTM standartlari asosida 5 blokli sinov tashkil etadi.
Barcha abituriyentlarni ushbu sinovda ishtirok etish uchun chorlaymiz.
Kirish imtixoniga ham juda oz vaqt qoldi. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

3.07.2021 shanba kuni soat 18:00 gacha sinov topshiruvchilar ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
✳️Bilib qo'ygan yaxshi 👌

✳️ Bugungi postimizda ingliz tilida televizor orqali uzatiladigan ko'rsatuvlar turlari qanday nomlanishini o'rganamiz. Ularning hammasini o'zbekcha tarjimasi yo'q yoki ular tarjima qilinmay o'zbek tiliga o'zlashtirilgan, lekin deyarli barchasi hozirgi kunda o'zbek televideniyasida mavjud.

1️⃣ Game show – a TV programme in which contestants play a game.
2️⃣ Reality show – a show with real people (not actors).
3️⃣ Weather forecast – (ob-havo ma'lumoti) a programme that tells you about the weather.
4️⃣ Series – (turkum ko'rsatuvlar) a TV programme with several episodes.
5️⃣
Sitcom – (situation comedy) a comedy series with the same group of characters.
6️⃣
Soap opera – a romantic or melodramatic series about the problems of a group of people.
7️⃣
Talk show – a show where a host interviews guests (who are often famous people).
8️⃣
The news – (yangiliklar) a programme that tells you about current events.
9️⃣
Drama series – a serious show about the events in characters' lives.
🔟 Documentary – (hujjatli film) a factual programme about nature/history, etc.
1️⃣1️⃣ Sports programme – a programme about sport.
1️⃣2️⃣ Docudrama – a dramatised version of a real event.
1️⃣3️⃣ Talent show – a programme where real people compete against one another by performing (singing, dancing, etc.).
1️⃣4️⃣ Hidden camera show – a programme where real people are filmed doing funny things without knowing that they’re being filmed.
1️⃣5️⃣ Makeover show – a show that helps people change their image or lifestyle.https://t.me/JamshidBEC
❤1
👍1
Testga qatnashmoqchi bòlganlar 3- iyul soat 6 gacha ròyxatga yozdirib ketishlariz shart