Best Education_2019
1.46K subscribers
11.5K photos
465 videos
311 files
746 links
BEST EDUCATION o‘quv markazi
TODAY'S READER IS TOMORROW'S LEADER

BIZNING MANZIL:ISHTIXON SHAHRIDA CHORRAHADA.MITAN SHAHARCHASIDA
Shukrona to‘yxonasi old tomonida
BURGER HOUSE yonida
Download Telegram
📖Dars #48 should va ought to modal fe'llarining asosli taxmin, ehtimollik va boshqa ma'nolarda qo'llanishi

1️⃣ should
va ought to modal fe'llari maslahat qilish ma'nosidan tashqari hozirgi va kelajak zamonda asosli taxmin (assumption) qilish uchun ham qoʻllaniladi. Bunday vaziyatlarda kutilgan narsa sodir boʻlishini taxmin qilinadi, oʻzbek tiliga -sa kerak, -shi kerak deb tarjima qilinadi.
🔸She has been studying very hard, so she should pass her examination. (U juda qattiq tayyorgarlik koʻrayapti, shuning uchun imtihondan oʻtsa kerak.)
🔸The sun's been shining all day, so the sea should be quite warm now. (Quyosh kuni bilan charaqlab turdi, shuning uchun dengiz ancha iliq boʻlishi kerak.)

2️⃣ If qatnashgan gaplarda should modal fe'li gapda ifodalangan ish-harakat sodir boʻlish ehtimoli kamligini bildirish uchun qoʻllaniladi. Oʻzbek tilida bunday if li gap "Mabodo…" deb boshlangani ma'qul.
Ikkita gapni qiyoslaymiz:
🔸If you see Tom this evening, can you tell him to phone me? (Agar Tomni koʻrib qolsang… ehtimollik oʻrtacha)
🔸If you should see Tom this evening, can you tell him to phone me? (Mabodo Tomni koʻrib qolsang….. ehtimollik kam)

⚠️Bunday gaplarda If boʻglovchisi gapda tushib qolishi ham mumkin, bunday vaziyatlarda should modal fe'li egadan oldinga chiqadi va inversiya sodir boʻladi.
🔸Should it rain, bring the washing into the house. (If it should rain..)
🔸Should you see Tom this evening, can you tell him to phone me? (If you should see...)

3️⃣ should modal fe'li ba'zi taklif, buyruq, istakni bildiruvchi fe'llardan keyingi gapda qoʻllanishi mumkin. Bu fe'llar quyidagilar:
▫️suggest - taklif qilmoq ▫️propose - taklif qilmoq ▫️recommend - tavsiya qilmoq ▫️insist - qat’iy turib olmoq ▫️demand - talab qilmoq ▫️order - buyurmoq
🔸They insisted that we should have dinner with them. (Ular biz ular bilan tushlik qilishni juda qat'iy iltimos qilishdi)
🔸He suggested that I should buy a house. (U menga uy sotib olishimni taklif qildi.)
🔸She demanded that I should apologise.

4️⃣ should modal fe'li ba'zi sifatlardan keyin kelgan gaplarda ham qoʻllanadi. Bu sifatlar quyidagilar:
▫️important▫️ essential ▫️strange ▫️odd ▫️surprised▫️funny ▫️typical ▫️natural ▫️interesting ▫️surprising
🔸It's strange that he should be late. He is usually on time. (Uning kech qolishi g'alati. U odatda vaqtida keladi)
🔸I was surprised that he should say such a thing.
🔸It's important that he should be on time.

💡American English (AmE) da yuqoridagi holatda should modal fe’li tushib qoʻlib, fe’lning tuslanmagan birinchi shakli (infinitiv) qoʻllaniladi.
🔸He suggested that I buy a house.
🔸It's important that he be on time.

❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing

https://t.me/JamshidBEC
📖Dars #49 must va can't modal fe'llarining mantiqiy xulosa ma'nosida qo'llanishi

▪️Mazkur mavzuda bu modal fe'llarning hozirgi zamonda biror-bir vaziyatdan mantiqiy xulosa (logical conclusion) chiqarishda qoʻllanishini koʻrib chiqamiz.

1️⃣ must modal fe'li hozirgi va oʻtgan zamonda ishonch bilan biror voqea-hodisa aniq sodir bo'lishi yoki bo'lganligini bildirish uchun qoʻllaniladi. Bunday vaziyatda must '-sa kerak' deb tarjima qilinadi va faqat darak shaklda qoʻllaniladi.
▫️Hozirgi zamon uchun shakli: Ega+must+V1
▫️Hozirgi davomiy zamon uchun shakli: Ega+must be+Ving
🔸It's 4 oʻclock and you haven't eaten anything since morning. You must be hungry. (Soat toʻrt boʻlibdi va siz ertalabdan buyon hech harsa yemadingiz. Siz och boʻlsangiz kerak.)
🔸Sara knows a lot about films. She must go to the cinema a lot. (Sara kinolar haqida koʻp narsa biladi. U kinoga koʻp borsa kerak.)
🔸You must be joking ! No-one enjoys taking exams. (Siz hazillashayotgan boʻlsangiz kerak! Hech kim imtihon topshirishdan zavqlanmaydi.)

2️⃣ Hozirgi zamonda biror-bir vaziyatdan mantiqiy xulosa chiqarishda can modal fe'li inkor shaklida qoʻllaniladi. Bunday vaziyatda can't '-masa kerak, -ishi mumkin emas' deb tarjima qilinadi va faqat inkor shaklda qoʻllaniladi, chunki xulosa inkor hisoblanadi.
▫️Hozirgi zamon uchun shakli: Ega+can't+V1
▫️Hozirgi davomiy zamon uchun shakli: Ega+can't be+Ving
🔸You have just had lunch. You can't be hungry already. (Siz hozirgina ovqatlandingiz, siz och boʻlishingiz mumkin emas.)
🔸It's 11 oʻclock. Ann said that she would be here by 10.30. She can't be coming. (Soat oʻn bir boʻlibdi. Anna oʻn yarimda kelaman degan edi. U kelmayotgan boʻlsa kerak.)
🔸They can't be getting married! They have never liked each other. (Ular turmush qurayotgan boʻlishlari mumkin emas. Ular hech qachon bir-birini yoqtirishmagan.)

3️⃣ Oʻtgan zamonda must modal fe'li biror bir voqeadan '-gan boʻlsa kerak' deb boʻlishli xulosa chiqarishda qoʻllaniladi va quyidagi qurilmani hosil qiladi.
▫️O'tgan zamon uchun shakli: Ega+must have+V(ed)
▫️O'tgan davomiy zamon uchun shakli: Ega+must have been+Ving
🔸Your test results are high. You must have studied very hard. (Sizning test natijalaringiz yuqori, siz juda qattiq tayyorlangan boʻlsangiz kerak.)
🔸Jack didn't answer the phone yesterday. He must have been sleeping.
🔸He was very tired. He must have been working hard all day. (U qattiq charchagan edi. U kuni bilan tinmasdan ishlagan bo'lsa kerak)

4️⃣Oʻtgan zamonda biror voqeadan '-magan boʻlsa kerak, -ishi mumkin emas edi' deb inkor xulosa chiqarishda quyidagi qurilma qoʻllaniladi.
▫️O'tgan zamon uchun shakli: Ega+can't have+V(ed)
▫️O'tgan davomiy zamon uchun shakli: Ega+can't have been+Ving
🔸She passed me in the street without speaking. She can't have seen me. (U koʻchada meni yonimdan gapirmasdan oʻtib ketdi, u meni koʻrmagan boʻlsa kerak.)
🔸Tom walked straight into the wall. He can't have been looking where he was going.
🔸The driver can't have seen the red light that's why the accident happened. (Haydovchi qizil chiroqni ko'rmagan bo'lsa kerak, shuning uchun yo'l hodisasi sodir bo'ldi)

❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
https://t.me/JamshidBEC
📖Dars #50 can/could/may/might/would modal fe'llarining iltimos, ruxsat, taklif ma'nolarida qo'llanishi

1️⃣ Ingliz tilida iltimos qilishda can/could modal fe'llari qoʻllanadi. Bunday vaziyatlar har doim hozirgi zamonda boʻlgani uchun bu yerda mazkur modal fe'llar teng ma'noda qoʻllanadi. Umum qabul qilgan qoidaga ko'ra could modal fe'li can modal fe'liga qaraganda yumshoqroq ma'no beradi.
🔸Can you lend me some money? (Menga biroz pul qarzga berib turolmaysizmi?)
🔸Could you do me a favour? (Menga yordamlashib yuborolmaysizmi?)
🔸Could you open the door, please?

2️⃣Narsa yoki buyumni soʻrab olishda Can I have ... ? /Could I have … ? /May I have … ? qurilmalari qoʻllaniladi. Bu yerda can eng norasmiy, may rasmiy ohangga ega.
🔸Can I have the salt, please?
🔸May I have some sugar? (rasmiy)

3️⃣ Ruxsat soʻrash uchun can/could/may/might modal fe'llari qoʻllaniladi. Bunday vaziyatlarda ham can eng norasmiy ohangga, may/might ancha rasmiy ohangga ega hisoblanadi.
🔸Can I come in? (Tom Annadan xonaga kirishga ruxsat soʻramoqda)
🔸May I come in? (maktabda oʻquvchi sinfga kirishga ruxsat soʻramoqda)
Yes, please do.
🔸May I use your bike this evening?

⚠️ Ruxsat so'rash uchun ishlatilganda May ... ? va majhul nisbatda be allowed to qurilmasi bilan kelgan gaplardagi farqni bilib oling.
🔸May I use your phone? (Telefoningdan foydalansam bo'ladimi, ruxsat berasanmi?)
🔸Are we allowed to use the office phone? (Tartib qoidalarga ko'ra, telefondan ishlatishga bizga ruxsat beriladimi?)

⚠️Ammo ruxsat berish uchun faqat can/may modal fe'llari qoʻllaniladi.
🔸You can go home if you want.
🔸You may smoke here. (e'lon)

4️⃣ may modal fe'li inkor shaklda taqiqni bildiradi.
🔸You may not smoke here. (Bu yerda chekish mumkin emas.)

5️⃣ Avvaldan (umuman) ruxsat qilingan yoki ruxsat qilinmagan ish-harakatlar uchun can/can't modal fe'llari qoʻllaniladi.
🔸You can drive for a year in Britian with an international licence. (haydashingizga ruxsat bor)
🔸You can't drive a car in Britian if you are under 17. (haydashingizga ruxsat yoʻq)

6️⃣ Taklif qilishda can/would modal soʻzlari qoʻllaniladi.
🔸Can I get you some water? (Sizga suv olib kelaymi?)
🔸Can I help you ?
🔸Would you like some coffee? (Kofe ichasizmi?)
🔸Would you like to sit down?

❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing

☝️Yuqorida Modal verbs Modal fe'llar mavzusi bo‘yicha to‘liq ma'lumot berildi.
Diqqat bilan o‘qib o‘rganib chiqing. Siz bilmagan ma'lumotlar bor.

https://t.me/JamshidBEC
✳️Bilib qo'ygan yaxshi 👌

✳️ Bugungi postimizda ingliz tilida eng mashhur so'zlarda biri bo'lgan 'well' so'zining ma'nolarini va u bilan ishlatiladigan iboralarni o'rganib olamiz. Demak, 'well' so'zi quyidagi ma'nolarda ishlatiladi.

1️⃣ well (ravish) - yaxshi, muvaffaqiyatli tarzda, yaxshilab, ancha
🔸 Did you sleep well? (yaxshi)
🔸 All the team played very well today. (omadli, muvaffaqiyatli tarzda)
🔸 The concert went very well.(omadli, muvaffaqiyatli tarzda)
🔸 Mix the flour and butter well.(yaxshilab)
🔸 I’m well aware of the problems involved. (ancha)

✅ Birikmalar (ancha ma'nosida):
▪️ well before - ancha oldin
🔸She’s been up since well before dawn.
▪️well after - ancha keyin
🔸It was well after ten o'clock when we arrived.
▪️well above - ancha yuqori
🔸The school’s performance was well above average.
▪️well below - ancha past
🔸They earn well below $5 an hour.

2️⃣ well (tasdiq, taklif so'z gaplar) - xo'sh, endi, xo'p
🔸Well, I think it’s a good idea anyway.
🔸Well, let’s see now, I could meet you on Thursday.
🔸Well, I did my best – I can’t do any more than that.

3️⃣ well (sifat) - sog'lig'i joyida, yaxshi
🔸You’re looking very well.
🔸I don’t feel very well.
🔸I hope you get well again soon.

4️⃣ well (ot) - quduq
🔸She lowered her bucket into the well.

5️⃣ well (fe'l) - to'lmoq (yoshga, suvga, g'azabga)
🔸I felt tears well up in my eyes.
🔸Anger welled up within him.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post
@JamshidBEC
✳️Bilib qo'ygan yaxshi 👌

✳️ Kanalda foydalanuvchilar tomonidan beriladigan savollardan biriga mazkur postda javob bermoqchiman. Savol ingliz tilidagi 'life' - hayot so'zi haqida, ya'ni mazkur so'z sanaladigan ot yoki sanalmaydigan ot sifatida ishlatilishi haqida edi. Demak:

1️⃣ life - hayot degan yoki yashash tarzi degan ma'nolarda qo'llanilganda sanalmaydigan ot hisoblanadi va har doim birlikda ishlatiladi.
🔸 Life is complicated. (Hayot murakkab)
🔸 Ann enjoys life. (Anna hayotdan zavqlanadi)
🔸 I think I would enjoy city life. (Menimcha, menga shahar hayoti (yashash tarzi) yoqadi ... a city life emas)

2️⃣ life - so'zi muayyan inson hayoti (turmush, umr) degan ma'noda sanaladigan ot hisoblanadi va birlik yoki ko'plikda ishlatilishi mumkin.
🔸My grandmother had a hard life. (Mening buvim qiyin hayot (umr) kechirgan ... had hard life emas)
🔸My mother's parents lived interesting lives. (Onamning ota-onalari hayotlari zavqli bo'lgan)

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post
@JamshidBEC
✳️Bilib qo'ygan yaxshi 👌

✳️ Bugungi postda DTM testlarda juda ko'p xatoliklarga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan so'zlar (as well as, along with, together with, accompanied by, in addition to, coupled with, not to mention) so'zlari ishlatilganda ega va kesim munosabati qanday bo'lishi kerakligi haqida o'rganamiz.

✳️ Ingliz tilida biz egaga kesim tanlayotganda odatda fe'lga yaqin turgan otga qarab yoki bittadan ortiq otga qarab tanlaymiz. Masalan:
🔸 Either Jane or his brothers are going to London next week. (fe'lga yaqin ko'plikdagi ot turibdi)
🔸 You and I are good friends. (gap egasi ikkita)

✳️ Ammo yuqoridagi so'zlar (as well as, along with, together with, accompanied by, in addition to, coupled with, not to mention) ishlatilganda bunday holat sodir bo'lmaydi, ya'ni bu so'zlarning ishlatilishi ega va kesim munosabatiga ta'sir qilmaydi. Masalan quyidagi gap mantiqan to'g'ri tuyulsa ham, grammatik jihatdan xato hisoblanadi.
🔸 Jack, as well as his brother, are working in the garden. ❌

✳️ Mazkur gapni grammatik jihatdan to'g'ri shakli quyidagicha bo'ladi.
🔸 Jack, as well as his brother, is working in the garden. ✅
⚠️ Mazkur misolda 'as well as his brother' birikmasi gapning egasi 'Jack' va fe'l 'is working' munosabatiga ta'sir qilmaydi, ya'ni fe'lning ko'plik bo'lishiga olib kelmaydi.

✳️ Huddi shunday qoida along with, together with, accompanied by, in addition to, coupled with, not to mention birikmalariga ham amal qiladi.
🔸 He, together with Bill Dunn, have decided to climb out of the canyon.❌
🔸He, together with Bill Dunn, has decided to climb out of the canyon.✅
🔸The President, accompanied by his bodyguards, are arriving at the museum. ❌
🔸The President, accompanied by his bodyguards, is arriving at the museum. ✅
🔸The CEO not to mention the 25 board members have decided to scrap the project.❌
🔸The CEO not to mention the 25 board members has decided to scrap the project.✅

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post
@JamshidBEC
📖 Dars #188 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (B)

✅ back TO -…ga qaytmoq
✅
back…home -uyga qaytmoq
✅
bad AT sth - …da yomon, uquvsiz
✅
bad TO sb - yomon munosabatda bo'lmoq
✅
bank (ON the) of a river - daryo qirg'og'ida
✅
be DOWN WITH illness – kasal bo’lmoq
✅
be IN FOR sth – kutmoq (yomon xabar)
✅
be OFF sth– yoqtirmay qolish
✅
be OFF TO smwh - …ga ketmoq
✅
be ON – televizorda yoki teatrda qo’yilmoq
✅
be UP – bedor bo’lmoq
✅
because OF sth/sb - sababli
✅
begin WITH sth -…bilan boshlanmoq
✅
beginning (IN the) - dastlab
✅
beginning (AT the) - boshida
✅
behalf OF sb (ON) - …ning nomidan
✅ believe ... sb/sth - (gapiga) ishonmoq,
✅
believe IN sth - (biror narsa mavjudligiga) ishonmoq
✅
belong TO sb/sth - …ga tegishli
✅
birthday (receive FOR the) - tug'ilgan kuni uchun olmoq
✅ birthday (ON) - tug'ilgan kunida
✅
blame… sb FOR sth - birovni biror narsada ayblamoq
✅
blame … sth ON sb - biror narsani birovga to'nkamoq
✅
blind TO sth - …ni koʻrmaslik (ayb)
✅
blow OUT sth - oʻchirmoq
✅
board a ship/plane (ON) - kema/samolyot bortda
✅
border ON sth (ph.v) - o'xshamoq
✅
border ... sth - umumiy chegaraga ega bo'lmoq
✅
bored WITH sth/sb -…dan zerikkan
✅
borrow sth FROM sb -…ni…dan qarzga olmoq
✅
bottom (AT) -…ning pastida, tubida

⚠️
Ro'yxat yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post

@JamshidBEC
📖 Dars #189 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (B)

✅ break AWAY – qochishga ulgurmoq, ajralib chiqmoq
✅ break DOWN (ph.v) – buzilib qolmoq, asabiylashmoq
✅
break IN – gapini bo’lmoq
✅
break INTO (ph.v) - oʻg'irlikka tushmoq
✅
break OFF (ph.v) – to’xtatmoq, munosabatni tugatmoq
✅
break OUT (ph.v) - boshlanmoq (epidemiya, urush)
✅
break OUT OF (ph.v) - qochmoq (turmadan)
✅
break THROUGH (ph.v) – yorib o’tmoq
✅
break TO sb (ph.v) – sirlarini aytmoq
✅
break UP - (telefonda) ovozi eshitilmay qolmoq
✅
break UP WITH sb (ph.v) - munosabatni tugatmoq
✅
break WITH sth (ph.v) - biror ish qilishni to'xtatmoq
✅
breakfast (AT) - nonushta payti
✅
breakfast (FOR) - nonushtaga (ovqat)
✅
breath (OUT OF) - halloslab qolgan
✅
brilliant AT sth - …da tengsiz
✅
bring sth ABOUT (ph.v) - sabab bo'lmoq
✅
bring sb AROUND (ph.v) - hushiga keltirmoq
✅
bring DOWN the price - narxni tushirmoq
✅
bring sth IN (ph.v) - yangilik kiritmoq
✅
bring sth IN (ph.v) - foyda keltirmoq
✅
bring INTO contact WITH sb - …bilan aloqaga chiqmoq
✅
bring UP a child (ph.v) - tarbiyalamoq
✅
bring UP a topic (ph.v) - mavzu olib kirmoq
✅
baffled BY sth - chalkashgan, adashgan
✅
bump INTO sth (ph.v)- borib urilmoq
✅
busy WITH sth - bilan band
✅
buy FROM - -dan sotib olmoq
✅
buy ... sth - biror narsa sotib olmoq

⚠️
Ro'yxat yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post

@JamshidBEC
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IELTS Simon👨‍💼: Speaking
Lesson 4: Part 2 - "Describe a place..".

✅ How to work on good ideas and vocabulary for the most common topic areas.


⚡ @JamshidBEC👈 #simon
✳️Bilib qo'ygan yaxshi 👌

✳️ Bugungi postimizda ingliz tilida eng mashhur so'zlardan biri bo'lgan 'will' so'zining ma'nolari va u bilan ishlatiladigan iboralarni o'rganib olamiz.
✅ Demak, 'will' so'zi quyidagi ma'nolarda ishlatiladi.

1️⃣ will (yordamchi fe'l) - kelajak zamonni,ayrim hollarda modal fe'l manosi va odatni ifodalash uchun:
🔸A meeting will be held next Tuesday at 3 p.m. (kelajak zamonni ifodalash uchun)
🔸This car will hold five people comfortably. (can modal fe'li ma'nosida)
🔸Trish will keep asking silly questions. (odat)

2️⃣ will (ot) - iroda, qat'iyat
🔸Children sometimes have strong wills.
🔸strong-willed - kuchli irodaga ega, qat'iyatli
🔸weak-willed - irodasiz

3️⃣ will (ot) - vasiyatnoma
🔸Have you made a will yet?

▪️ in somebody’s will - (kimningdir) vasiyatnomasida
🔸My grandfather left me some money in his will.

▪️ make a will - vasiyatnoma tuzmoq
🔸It is always advisable to make a will.

▪️leave a will - vasiyat qilmoq
🔸Who will inherit my property if I don't leave a will?

▪️change your will - vasiyatni o'zgartirmoq
🔸Marius had decided to change his will in her favour.

▪️cut somebody out of your will - vasiyatdan mahrum qilmoq
🔸His father cut her out of his will.

4️⃣ will (ot) - xohish, istak
🔸He accused her of trying to impose her will on others.

▪️against your will - xohishi, istagiga qarshi
🔸Collier claims the police forced him to sign a confession against his will.

▪️at will - xohlagan paytda, xohlagan tarzda
🔸He can't just hire and fire people at will, can he?

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post
@JamshidBEC
📖 Dars #190 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (C)

✅ call sb IN (ph.v) - yordam soʻramoq
✅
call IN ON sb (ph.v) - kirib oʻtmoq
✅
call ON/UPON (ph.v) - taklif qilmoq
✅
call sb BACK (ph.v) - qaytib telefon qilmoq
✅
call FOR sth (ph.v) - arzirli bo'lmoq, talab qilmoq, loyiq bo'lmoq
✅
call FOR sb (ph.v) - olib o'tmoq
✅
call sb UP (ph.v) - telefon qilmoq
✅
call sth OFF (ph.v) - bekor qilmoq
✅
call…sb - telefon qilmoq
✅
calm sb DOWN - tinchlanmoq
✅
capable OF sth - iqtidorli, qobiliyatli
✅
care ABOUT sth - muhim deb oʻylamoq
✅
care FOR sth - xohlamoq, yoqtirmoq
✅
care FOR sb/sth - g'amxoʻrlik qilmoq
✅
carry ON WITH sth (ph.v) - davom ettirmoq
✅
carry ON+gerund - davom ettirmoq
✅
carry OUT (ph.v) - bajarmoq, amalga oshirmoq
✅
case OF (IN) - holatida
✅
cash (pay IN…) - naqd toʻlamoq
✅
cash (pay…) -naqd toʻlamoq
✅
catch ON (ph.v) - modaga kirmoq, ommalashmoq
✅
catch sb UP (ph.v) - yetishib olmoq
✅
catch UP WITH sb (ph.v) - yetishib olmoq
✅
cause OF sth -…ning sababi
✅
celebration OF sth -…ning nishonlanishi
✅
centre OF (IN the) - markazda
✅
certain OF/ABOUT sth -…ga ishongan
✅
change FOR the better - yaxshilanmoq
✅
change INTO sth - oʻzgarmoq, aylanib qolmoq
✅
charge OF (IN) - …ga javobgar
✅
charge OF (ON a) - …da ayblab
✅
charge … sb WITH sth - ...da ayblamoq
✅
check IN a hotel/airport (ph.v) - roʻyhatdan oʻtmoq
✅
check OUT (ph.v) - tekshirmoq
✅
check OUT a hotel - joʻnab ketmoq
✅
cheer UP (ph.v) - hursand boʻlmoq


⚠️
Ro'yxat yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post

@JamshidBEC
📖 Dars #191 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (C)

✅ cheque FOR sum OF money - … miqdordagi pulga chek
✅
choice BETWEEN two things - ikk narsa orasida tanlov
✅
choice OF sth -…ning tanlovi
✅
classes (AFTER) - darslardan keyin
✅
clean UP sth (ph.v) -tozalamoq
✅
clear UP (ph.v) - ochilib ketmoq (osmon)
✅
clear UP sth (ph.v) - tozalamoq, kasallik belgilarini yo'qotmoq, biror tushunarsiz holatni aniqlashtirmoq
✅
clever AT sth -…da usta, mohir
✅
close DOWN sth (ph.v) - yopmoq
✅
collide WITH sth - toʻqnashmoq
✅
come ACROSS sb/sth (ph.v) - uchratmoq, duch kelmoq
✅
come BACK (ph.v)- qaytib kelmoq
✅
come INTO force (ph.v) - kuchga kirmoq
✅
come ROUND (ph.v) - oz'iga kelmoq
✅
come UP (ph.v) - suhbat davomida yuzaga chiqmoq
✅
come UP TO sb (ph.v) - yoniga kelmoq
✅
come UP WITH an idea (ph.v)- g'oya bilan chiqmoq
✅
comment ON sth - izoh bermoq
✅
compare sth WITH sth - taqqoslamoq
✅
compared WITH (AS) - …ga qiyoslaganda
✅
comparison WITH (IN) - …ga qiyoslaganda
✅
complain ABOUT sth/sb -…dan shikoyat qilmoq
✅
complain OF a pain -oʻg'riqdan shikoyat qilmoq
✅
compliment sb ON sth - hushomad qilmoq
✅
composed OF sth/sb -…dan tashkil topgan
✅
concentrate ON sth -…ga fikrini jamlamoq
✅
conclusion (IN) - xulosa sifatida
✅
condition (IN) - sharoitda
✅
confess TO sth - tan olmoq
✅
conformity WITH (IN) -…ga mos ravishda, muvofiq
✅
congratulate…sb ON sth - bilan tabriklamoq
✅
connection WITH (IN) -…ga aloqador
✅
conscious OF sth -…dan boxabar,…dan tashvishda
✅
consequence OF (IN) -…ning oqibatida
✅
consist OF sth/sb - …dan tashkil topmoq

⚠️
Ro'yxat yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post

@JamshidBEC
📖 Dars #192 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (C)

✅ contact...sb (verb) - aloqaga chiqmoq
✅
contact WITH sb (IN) (noun) - aloqada, tanish
✅
contents OF sth (a book) - mundarija
✅
content WITH sb/sth - -dan koʻng’li toʻq
✅
continuation OF sth -…ning davomi
✅
contrary (ON the) - aksincha
✅
control (OUT OF) - nazoratdan tashqarida
✅
control (UNDER) - nazoratda, nazorat ostida
✅
convicted OF sth - …da ayblangan
✅
convince…sb OF sth -…ni…ga ishontirmoq
✅
count ON sb/sth (ph.v) - suyanmoq
✅
crash INTO sth - borib urmoq (mashinani)
✅
credit card (pay BY…) - kredit karta orqali toʻlamoq
✅
critical OF sth - …ga tanqidiy munosabatda
✅
cross sth OUT (ph.v) - oʻchirib tashlamoq
✅
cross WITH sb -…dan jahli chiqqan
✅
crossing (AT the) - oʻtish joyida
✅
crossroads (AT the) - chorrahada
✅
crowded WITH (people) -...ga toʻla
✅
cure FOR sth - biror narsaga davo
✅
cure sb OF illness - birovni kasallikdan davolamoq
✅ curiosity (OUT OF) - qiziqib
✅
cut sth DOWN (ph.v)- kesib tashlamoq (daraxt)
✅
cut DOWN ON sth (ph.v) - kamaytirmoq
✅
cut INTO pieces - boʻlaklamoq
✅
cut sth OUT (ph.v) - kesib olmoq

⚠️ Ro'yxat yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post

@JamshidBEC
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IELTS speaking full band 9 interview
Candidate from Kazakstan.
@JamshidBEC
IELTS-Simon-Speaking-Describe-a-place-worksheet-part4.pdf
43.6 KB
Speaking Lesson 4. Describe a place

@JamshidBEChttps://t.me/JamshidBEC
📖 Dars #193 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (D)

✅ damage (pay FOR) - zarar uchun toʻlamoq
✅
damage TO sth -…ga zarar
✅
danger (IN) - havfda
✅
danger (OUT OF) - havfdan xoli
✅
date (OUT OF) - eskirgan
✅
date (UP-TO) - zamonaviy
✅
day AFTER day - kundan kunga
✅
day/date (ON) -…da (kun/sana)
✅
deal IN sth (ph.v) - olib sotmoq
✅
deal WITH sth (ph.v) - ish koʻrmoq, munosabatda bo'lmoq
✅
debt (IN) - qarzda
✅
decide AGAINST sth/gerund - …ga qarshi qaror qilmoq
✅
decorated WITH sth -…bilan bezatilgan
✅
decrease IN sth - …da kamayish
✅
dedicated TO sth - …ga bag'ishlangan
✅
defend FROM sb/sth -…dan himoya qilmoq
✅
degrees (AT) -..darajada
✅
delighted WITH sth -…dan vaqti chog'
✅
delivery OF (IN) -…ning yetkazilishida
✅
demand (IN) - bozori chaqqon
✅
demand (ON) - so'rovga/talabga koʻra
✅
demand FOR sth -…ni talab qilmoq, …ga talab
✅
demand FROM sb -…dan talab qilmoq
✅
depend ON sth - bog'liq boʻlmoq
✅
dependent ON sb/sth - …ga qaram/bog'liq
✅
deprive sb OF sth - ... dan mahrum qilmoq
✅
describe sth TO sb - …ga…ni tasvirlamoq
✅
description OF sth/sb -…ning tasviri
✅
desire FOR sth -…ga xohish, istak
✅
detail (IN) - atroflicha, har taraflama
✅
details OF sth - biror narsa haqida ma'lumot
✅
devoted TO sb/sth -…ga bag'ishlangan
✅
devoid OF - … dan mahrum
✅
die FROM (a loss of blood) -(ko'p qon yo'qotishdandan vafot etmoq
✅
die OF (heart attack) - yurak xurujidan oʻlmoq
✅
differ FROM sth -…dan farq qilmoq
✅
difference BETWEEN two things - ikki narsa orasidagi farq
✅
different FROM/TO sth -…dan farqli

⚠️
Ro'yxat yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post


https://t.me/JamshidBEC
📖 Dars #194 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (D)

✅ difficult FOR sb -…uchun murakkab, qiyin
✅
dinner (AT) - kechki ovqat paytida
✅
dinner (FOR) - kechki ovqatga
✅
direction OF (IN the) - …ning yoʻnalishida
✅
disappointed IN sb - birovdan hafsalasi pir boʻlmoq
✅
disappointed WITH sth - biror narsadan hafsalasi pir boʻlmoq
✅
disapprove OF sb/sth -…ni tanqid qilmoq
✅
discourage sb FROM sth - …dan sovutmoq, koʻnglini qoldirmoq
✅
discuss sth WITH sb - …bilan…muhokama qilmoq
✅
discuss…sth - muhokama qilmoq
✅
discussion ABOUT sth - …ning haqida muhokama
✅
displeased WITH sth - ... dan norozi, qoniqmagan
✅
disposal (AT) - ixtiyorida
✅
distance (IN the) - uzoqda
✅
distinguish sth FROM sth - ..ni…dan farqlamoq
✅
divide INTO sth -…ga boʻlmoq
✅
do sth ABOUT sth - …ni yaxshilashga urinmoq
✅
do UP a building, room (ph.v) - ta'mirlamoq
✅
do UP a coat, buttons (ph.v) - taqmoq
✅
do well IN sth - yaxshi bajarmoq
✅
do WITHOUT sth (ph.v) - amallamoq
✅
doors (OUT OF) -tashqarida, ochiq havoda
✅
doubt (WITHOUT) - shubhasiz
✅
doze OFF (ph.v) - uxlab qolmoq
✅
dozens (IN) - oʻn ikkitadan
✅
dream ABOUT sth/sb - tush koʻrmoq
✅
dream OF sth - orzu qilmoq
✅
dream OF sth (wouldn't) - hayolimga ham kelmaydi
✅
dress IN sth - kiyinmoq
✅
drink TO sb - sharafiga ichmoq
✅
drive IN - haydab kirmoq
✅
drive OFF (ph.v) - haydab ketmoq
✅
drop IN (ph.v) - kirib oʻtmoq
✅
drop OFF (ph.v) - uxlab qolmoq
✅
drop OUT OF college/school etc. (ph.v) - o'qishdan qolib ketmoq
✅
due TO sth - sababli
✅
duty (ON) - navbatchi, vazifada

⚠️
Ro'yxat yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post


https://t.me/JamshidBEC
📖 Dars #195 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (E)

✅ ear (have an ear FOR) - qobiliyatli boʻlmoq
✅
ear (play BY) - vaziyatga qarab hal qilmoq
✅
eat OUT (ph.v) - ko'chada ovqatlanmoq
✅
effect ON sth -..ga ta'siri
✅
email (contact sb BY…) - email orqali aloqa qilmoq
✅
emigrate TO smwh - …ga koʻchib ketmoq
✅
end up IN - …bilan tugamoq
✅
end OF sth (AT the) -…ning oxirida
✅
end UP (ph.v) - oxiri...bilan tugamoq (yomon)
✅
end WITH a quarrel - janjal bilan tugamoq
✅
engaged IN sth -…bilan band
✅
engaged TO sb - ...ga unashtirilgan
✅
enter ... smwh (a building) – kirmoq
✅
enter INTO (agreement) – muzokaralarga kirishmoq
✅
envious OF sb/sth -...ga hasad/havas qilmoq
✅
equal TO sth - …ga teng
✅
estimate AT sth -…da baholamoq
✅
event OF (IN the) - …sodir boʻlganida
✅
example (FOR) - misol uchun, masalan
✅
example OF sth -…ning namunasi
✅
excellent AT sth - …da a'lo, benazir
✅
exception OF (WITH the) -…dan tashqari
✅
exchange…sth FOR sth - …ga almashtirmoq
✅
excited ABOUT/AT sth - …dan zavqlangan/hayajonda
✅
excitement (WITH/IN) - hayajon bilan
✅
excuse FOR sth - …ga sabab/bahona
✅
expedition (ON) - ekspeditsiyada
✅
experience OF sth (n)-…ning tajribasi
✅
experience … sth (v)- boshdan kechirmoq
✅
expert AT/ON/IN sth -…da mutaxassis
✅
explain sth TO sb -…ni…ga tushuntirmoq
✅
extend FOR sometime -…ga uzaytirmoq

⚠️
Ro'yxat yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post


https://t.me/JamshidBEC
📖 Dars #196 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (F)

✅ face UP TO sth (ph.v) - biror qiyin vaziyatni qabul qilmoq, rozi bo'lmoq
✅
face (WITH) sth/sb - duch kelmoq
✅
fact ( as a matter OF) - aslida
✅
fact (IN) - aslida
✅
fail (WITHOUT) - muvaffaqiyat bilan, xatosiz
✅
fall BEHIND (ph.v) - orqada qolmoq
✅
fall DOWN - pastga tushib ketmoq, qulamoq
✅
fall FOR sth - aldanmoq, ishonmoq
✅ fall IN love WITH sb -…ni sevib qolmoq
✅
fall OFF - yiqilib tushmoq
✅
fall OUT WITH sb (ph.v) - munosabatni tugatmoq
✅
fall to sb (army/enemy) - ... ga taslim bo'lmoq
✅
familiar WITH sth - ... bilan tanish
✅
familiarise yourself WITH sth - bilan tanishmoq
✅
famous FOR sth -…uchun/bilan mashhur
✅
fashion (OUT OF) -modadan chiqqan
✅
favour OF (IN) -..ga moyil, yoqlaydi
✅
favour OF sb (May I ask…) - yordam soʻrasam boʻladimi
✅
fax (contact sb BY…) - faks orqali aloqa qilmoq
✅
fear FOR sb/sth -…dan tashvishlanmoq
✅
feature OF sth -…ning xususiyati
✅
fed UP WITH sth - …dan toʻygan
✅
feed ON sth - ovqatlanmoq
✅
feel LIKE sth/gerund - xohlamoq
✅
feel sorry FOR sb - achinmoq
✅
Fifth Avenue (ON) - Beshinchi Avenyuda
✅
fight AGAINST sth (bad) -…ga qarshi kurashmoq
✅
fight BETWEEN two people -orasida kurash
✅
fight FOR sth (good) -…uchun kurashmoq
✅
figure OUT sth (ph.v) - tushunmoq
✅
fill IN a form (ph.v) - toʻldirmoq (BrE)
✅
fill OUT a form (ph.v) - toʻldirmoq (AmE)

⚠️
Ro'yxat yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post


https://t.me/JamshidBEC
📖 Dars #197 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (F)

✅ fill sth UP -…ni toʻldirmoq
✅
fill sth WITH sth -…bilan toʻldirmoq
✅
find OUT sth (ph.v) - bilmoq, oʻrganmoq
✅
first person (IN the) - birinchi shaxsda
✅
first sight (AT) - birinchi koʻrishda
✅
first time (FOR the) - birinchi marta
✅
first year (IN the) - birinchi kursda
✅
fit FOR work - ishga mos
✅
fix the date FOR sth - …ning sanasini belgilamoq
✅
fix UP a meeting (ph.v) - tashkillashtirmoq
✅
flow INTO - quyilmoq
✅
fond OF sth/sb -…ni yoqtirmoq
✅
forgive sb FOR sth -…ni..uchun kechirmoq
✅
frank WITH sb -…bilan samimiy
✅
freezing point (BELOW) - 0 gradusdan past
✅
frightened OF sth/sb -…dan qoʻrqadi
✅
front OF sth (IN) -…ning oldida
✅
full (IN) - butunlay, toʻla
✅
full OF sth -…ga toʻla
✅
fun (IN/FOR) - hazillashib, hazil uchun
✅
furious ABOUT sth -…dan jahli chiqqan
✅
furious WITH sb FOR doing sth -…dan…uchun jahli chiqqan
✅
future (IN the) - kelajakda

⚠️
Ro'yxat yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post


https://t.me/JamshidBEC
📖 Dars #198 Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (G)

✅ game OF tennis/cricket - kriket/tennis oʻyini
✅
gaze AT sb/sth -…ga tikilmoq
✅
general (IN) - umuman
✅
get at sb (ph.v) - tinmasdan tanqid qilmoq
✅
get at sth (ph.v) - qiyinchilik bilan olmoq, nazarda tutmoq
✅
get AWAY (ph.v) - qochmoq, uzoqlarga dam olishga ketmoq
✅
get AWAY WITH sth (ph.v) - qutulib qolmoq
✅
get ALONG WITH sb – yaxshi chiqishmoq
✅
get BACK (ph.v) - qaytib kelmoq
✅
get BACK TO sb (ph.v) - telefonda qayta murojaat qilmoq
✅
get BY (ph.v) - amallamoq
✅
get sb DOWN (ph.v) - koʻnglini qoldirmoq
✅
get DOWN TO sth (ph.v) - biror ish qilishni boshlamoq
✅
get IN (ph.v) - amallab kirmoq, yetib kelmoq
✅
get IN/INTO a car -mashinaga kirmoq
✅
get INTO habit - odatlanmoq
✅
get ON (ph.v) - bajarmoq (imtihonni)
✅
get ON (ph.v) - rivojlanmoq, ketmoq (ish)
✅
get ON WITH sb (ph.v) - chiqishmoq
✅
get ON WITH sth (ph.v) - qaytadan davom ettirmoq
✅
get OUT OF doing sth (ph.v) - biror narsa qilishdan qochmoq, qutulib qolmoq
✅
get OVER sth (ph.v) - tuzalmoq
✅
get rid OF sb/sth -…dan qutulmoq
✅
get ROUND TO sth - biror ish qilishga vaqt topmoq
✅
get THROUGH sth - …ni tugatmoq
✅
get TO (a place) - yetib bormoq
✅
get ... home - uyga yetib bormoq
✅
get UP - oʻrnidan turmoq
✅
give AWAY (ph.v) - sotmoq/hiyonat qilmoq
✅
give IN (ph.v) - taslim boʻlmoq
✅
give sth AWAY (ph.v) - berib yubormoq
✅
give sth OUT (ph.v) - bermoq, tarqatmoq

⚠️
Ro'yxat yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.

❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post


https://t.me/JamshidBEC