Best Education_2019
1.46K subscribers
11.5K photos
465 videos
311 files
746 links
BEST EDUCATION o‘quv markazi
TODAY'S READER IS TOMORROW'S LEADER

BIZNING MANZIL:ISHTIXON SHAHRIDA CHORRAHADA.MITAN SHAHARCHASIDA
Shukrona to‘yxonasi old tomonida
BURGER HOUSE yonida
Download Telegram
Ona tili-Biologiya
Ona tili-Rus tili
📖Dars #74 Ingliz tilida fe'lning noaniq shakllari (gerundiy)

▪️Ingliz tilida gerundiy (gerund) - bu fe'lga -ing qoʻshimchasi qoʻshilgan fe'l shaklidir. Fe'lga -ing qoʻshimchasi qoʻshilganda, u endi ot (noun)ga o'xshab qoʻllanila boshlaydi. Masalan, to smoke -chekmoq fe'lidan gerundiy hosil qilamiz: to smoke (fe'l)- smoking (gerundiy).
🔸Smoking is bad for you. (Chekish siz uchun zararli)

▪️Gerundiyni oʻzbek tilidagi harakat nomi sifatida tushunish mumkin. Gerundiy gapda ega, toʻldiruvchi va boshqa gap boʻlaklari sifatida qoʻllanishi mumkin.

✳️Gerundiy qoʻllanishi mumkin boʻlgan holatlar:

1️⃣ Gapda ega yoki kesim sifatida keladi:
🔸Smoking is bad for you. (ega)
🔸Seeing is believing.(ega va kesim)

2️⃣Ba'zibir fe'llardan keyin toʻldiruvchi sifatida (enjoy/like/suggest/can't stand+gerund…):
🔸Do you enjoy cooking?
🔸I can't stand being told what to do.

3️⃣ Predlogdan (koʻmakchidan) keyin qoʻllaniladi:
🔸She is very good at listening to people.
🔸Why did you take my bike without asking?
🔸He improved his English by reading books in the original.

4️⃣ Ba'zibir ibora va birikmalardan keyin (it is no use/it is no good/it's worth/be busy/have difficulty/have fun…+gerund)
🔸It's no use worrying about it. There is nothing you can do.
🔸You should go and see the film. It's really worth seeing.
🔸When I saw Tom, he was busy washing his car.
🔸I had difficulty finding a place to live.

5️⃣ How about/what about…? birikmalaridan keyin taklif kiritish uchun:
🔸How about going out for a meal tonight?
🔸What about me(my) coming to see you tomorrow?

✳️ Gerundiy ham aslida fe'l boʻlgani uchun uning inkor shaklini hosil qilish mumkin. Bunday hollarda gerundiy oldidan not soʻzi qoʻllaniladi. Inkor shakldagi gerundiy oʻzbek tiliga -maslik qoʻshimchasi bilan tarjima qilinadi.
🔸It's nice not being at work. (Ishda boʻlmaslik yaxshi)
🔸When I am on holiday, I enjoy not having to get up early. (Ta'tildaligimda erta turish shart emasligidan zavqlanaman.)

✳️ Agar gerundiy bilan ifodalangan ish-harakat tugallangan yoki ancha oldin sodir boʻlganligini koʻrsatmoqchi boʻlsak, Perfect Gerund -having+V3(ed) qoʻllaniladi. Bunday holat to admit/deny/regret fe'llaridan keyin uchraydi.
🔸He admitted having stolen the money. (U pulni o'g'irlaganini tan oldi)
🔸They regret having got married.
🔸She denied having drunk alcohol. (U spirtli ichimlik ichganini tan olmadi)
📖Dars #75 Gerundiy bilan ishlatiladigan fe'llar

▪️Quyida keltirilgan fe'llardan keyin agar fe'l qo'llaniladigan bo'lsa, fe'lning gerundiy shakli qoʻllaniladi. Oʻzbek tiliga bunday holatda gerundiy toʻldiruvchi sifatida tarjima qilinadi.
▫️stop* - toʻxtatmoq ▫️avoid - saqlanmoq ▫️ dislike* - yomon koʻrmoq ▫️finish - tugatmoq ▫️consider - oʻylamoq ▫️hate* - nafratlanmoq ▫️delay - kechiktirmoq ▫️involve - ichiga olmoq ▫️love* - sevmoq ▫️enjoy - zavqlanmoq ▫️practise - mashq qilmoq ▫️can't stand* - toqat qilolmaslik ▫️mind - qarshi boʻlmoq ▫️miss - sog'inmoq ▫️can't bear - chiday olmaslik ▫️suggest - taklif qilmoq ▫️postpone - keyinga surmoq ▫️discuss - muhokama qilmoq▫️can't help - oʻzini tiyolmaslik ▫️fancy - yoqtirmoq, xohlamoq ▫️ risk - tavakkal qilmoq ▫️can't face - xohlamaslik ▫️imagine - tasavvur qilmoq ▫️give up - tashlamoq ▫️can't resist - oʻzini tiyolmaslik ▪️admit* - tan olmoq ▫️go on* - davom ettirmoq ▫️put off - keyinga surmoq ▫️deny* - inkor etmoq ▫️complete - tugatmoq ▫️keep (on) - davom ettirmoq ▫️regret* - pushaymon boʻlmoq ▫️like* - yoqtirmoq ▫️recall - eslamoq
▫️mention - tilga olmoq ▫️carry on - davom ettirmoq ▫️appreciate - yuqori baholamoq ▫️anticipate - kutmoq ▫️quit - tashlamoq, tark etmoq ▫️recollect - eslamoq

⚠️ Yuqori yulduzcha* bilan belgilangan fe'llarga keyingi mavzularda ham toʻxtalib oʻtaman.

🔸Stop talking! (Gaplashishni toʻxtating!)
🔸I don't fancy going out this evening. (Bugun kechqurun koʻchaga aylangani chiqish yoqmayapti.)
🔸I can't imagine George riding a motor-bike. (Men Jorjning moped haydashini tasavvur qilolmayman.)
🔸She couldn't resist laughing at him in those clothes. (U uning anavi kiyimlari ustidan kulishdan oʻzini tiyolmadi.)
🔸She often misses being with her friends . ( U tez-tez do 'stlari bilan birga boʻlishni sog'inadi.)
🔸If you use the shower, avoid splashing water on the floor. (Dushdan foydalansangiz, polga suv sachratishdan saqlaning
📖Dars #76 Gerundiy shakllari

▪️ Gerundiy gapdagi mazmuni va qoʻllanishiga koʻra 4 shaklda kelishi mumkin. Misol sifatida to do - bajarmoq fe'lining gerundiy shakllarini koʻrib chiqamiz. Qavs ichida ularning qaysi nisbatda ekanligi ko'rsatilgan.
1️⃣ Simple gerund (active) - doing (bajarish)
2️⃣ Perfect gerund (active) - having done - (bajarganlik)
3️⃣ Simple gerund (passive) - being done - (bajarilish)
4️⃣ Perfect gerund (passive) - having been done - (bajarilganlik)

▪️Oddiy aniq nisbatdagi gerundiy (simple gerund) gapda oddiy to'ldiruvchi sifatida qo'shimcha ma'nolarsiz ishlatiladi.
🔸I enjoy running in the morning. (Men ertalab yugurishdan zavqlanaman)

▪️ Perfekt gerundiy ish-harakatning tugallanganligi yoki ancha oldin sodir boʻlganligini bildiradi.
🔸He denied having stolen the money. (having stolen - oʻg'irlaganlik, U pulni oʻg'irlaganini inkor qildi.)

▪️Majhul nisbatdagi gerundiy esa gerundiyda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisi noma'lum yoki ahamiyatsiz ekanligini koʻrsatadi.
🔸I don't mind being told what to do. ( being told - aytilish, Men nima qilish aytilishiga qarshi emasman.)
🔸The coat showed evident signs of having been worn on the preceding night. (having been worn - kiyilganlik, Paltoda oʻtgan tunda kiyilganlikning ochiq-oydin belgilari bor edi.)
🔸I remember having been shown the letter. (Menga xat koʻrsatilganini eslayman.)