This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPT O‘zbekistonda yondirmoqda
Ba’zida O‘zbekistonda qaysidir ilova trendga chiqib, ko‘p yuklab olina boshlaydi.
Masalan, Prisma bilan shunday bo‘lgan edi, hozir Blink bilan shunday bo‘lyapti.
Trend o‘tib ketgach, ilovaga bo‘lgan qiziqish yana pasayadi.
Ammo ChatGPT — bu butunlay boshqa masala.
O‘tgan yil oxirida ilova birinchi marta O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar o‘ntaligiga kirdi, bahorda beshtalikka ko‘tarildi va hozir ikkinchi o‘rindan pastga tushmayapti.
Ya’ni, bu vaqtinchalik qiziqish emas, balki bir necha oydan beri davom etayotgan barqaror e’tibordir.
O‘zbekistonda bunday holat juda kam kuzatiladi.
Muhim jihat — birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, ChatGPT’ga egalik qiluvchi OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda 9 milliard so‘m, ikkinchi chorakda esa deyarli 15 milliard so‘m daromad oldi.
Ya’ni O‘zbekistonda ChatGPT uchun pul to‘layotganlar tobora ko‘payib bormoqda.
Holbuki, yurtimizda pullik obuna talab qiladigan ilovalar kamdan-kam hollarda ommaviy muvaffaqiyatga erishadi. Hatto yirik jahon xizmatlari ham ko‘pincha tor doirada qolib ketadi.
ChatGPT bilan vaziyat boshqacha: u talabalar, tadbirkorlar va ilgari bunday texnologiyalardan deyarli foydalanmagan odamlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi.
Kimdir u bilan maishiy masalalarni hal qilsa, kimdir ish yozishmalarini tayyorlaydi, yana kimdir esa referatlar va kurs ishlarini yozadi.
Biz O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellektdan foydalanish uchun muntazam to‘lov qilishga tayyor bo‘lgan barqaror auditoriya shakllanayotganini kuzatmoqdamiz.
Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, ChatGPT shunchaki mashhur ilova bo‘lib qolmasdan, balki o‘zbek foydalanuvchisi nimaga pul sarflashga tayyor ekanligini o‘zgartiradigan burilish nuqtasiga aylanishi mumkin.
@beshtorr
#mobayl #texnologiyalar

🔥29❤4👍2
ICT Week’ka ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. U yerga nima uchun borish kerak
23-26-sentyabr kunlari ICT Week Uzbekistan haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Ilgari barcha tadbirlar O‘zekspomarkazda o‘tkazilardi, ammo so‘nggi yillarda ular CAEX va Raqamli texnologiyalar vazirligi (IT Park) binosiga ko‘chdi.
U yerga nima uchun borish kerak
Tashrif buyurish yoki ishtirok etish uchun bir nechta sabablar bor.
⏺ Birinchidan, xalqaro aloqalar o‘rnatish.
50 dan ortiq mamlakatdan 20 ming ishtirokchi, yuzlab startaplar va kompaniyalar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Agar yangi bozorlarga chiqish yoki hamkorlar topish kerak bo‘lsa, bu ularning o‘zlari Toshkentga keladigan noyob imkoniyatlardan biridir.
⏺ Ikkinchidan, bilim almashish.
Hafta davomida autsorsing va IT-xizmatlar eksporti bo‘yicha sammit, Game GAP (o‘yin ishlab chiqaruvchilar hamjamiyati uchun maydoncha), startaplar va venchur fondlari sammiti hamda boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
⏺ Uchinchidan, hafta doirasida Global Startup Awards’ning mintaqaviy finali bo‘lib o‘tadi.
Bu xalqaro ro‘yxatga kirish va mintaqadan tashqaridagi investorlar e’tiborini jalb etish imkoniyatidir.
Umuman olganda, ICT Week bir necha kun ichida O‘zbekiston IT-sektorining qay yo‘nalishda rivojlanayotganini: xizmatlar eksportidan tortib startaplar ekotizimini rivojlantirishgacha bo‘lgan jarayonlarni chuqurroq tushunish imkonini beradi.
Ya’ni, bu shunchaki "keldik, gaplashdik, ketdik" qabilidagi anjuman emas, balki butun sohaning ko‘zgusidir. Unda taqdimotlar, interaktiv tadbirlar, mahorat darslari, real holatlar tahlili o‘tkaziladi.
Agar IT sohasiga qiziqsangiz, bu uzoq safarlar va uzoq muzokaralarsiz ko‘plab ma’lumot to‘plash hamda aloqalar o‘rnatish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda yaxshi an’ana shakllandi — yirik kompaniyalar ICT Week uchun muhim e’lonlarni tayyorlab kelmoqdalar.
O‘tgan yili, masalan, Yandex Ultima’ni ishga tushirdi, Alif esa turizm sohasidagi bo‘lib to‘lash xizmati haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, bir nechta startaplar tadbir davomida investitsiya jalb qilishga erishdi.
Bu yil ham shunchalik samarali va mazmunli bo‘lishi kutilmoqda.
Batafsil ma’lumotni mana bu yerdan olishingiz, ro‘yxatdan o‘tishni esa — mana bu yerda amalga oshirishingiz mumkin.
@beshtorr
#texnologiyalar

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3💯1
O‘zbekistonda yangi neobank ishga tushirilmoqda
Nomi — Tezbank.
Qizig‘i shundaki, bu Britaniyaning Fintech Farm startapi va Hamkorbank’ning qo‘shma loyihasidir.
Bank litsenziyani taqdim etsa, startap — texnologiya va mahsulotni: mobil ilova, kredit algoritmlari, marketing, UX, tahlil va hokazo.
Bu sinovdan o‘tgan sxema — Fintech Farm shu tarzda Ozarbayjon (Leobank), Vetnam (Liobank), Hindiston (Roarbank) va Qirg‘izistonda (Simbank) neobanklar ochgan.
Endi bu ro‘yxatga O‘zbekiston ham qo‘shildi.
Bu qanday ishlaydi
Fintech Farm britaniyalik startap, ammo uni ukrainaliklar asos solgan.
Ularning maqsadi 50 dan ortiq mamlakatda neobanklar tashkil etish va 100 million mijozni qamrab olishdir.
Har bir mamlakatda bank litsenziyasini olish o‘rniga (bu uzoq va qimmatga tushadi), kompaniya oddiy bankka "yopishib oladi" va birgalikda mahsulot yaratadi.
Natijalar yaxshi. Masalan, Ozarbayjonda neobank tez orada 1 million mijozga yetib, foyda keltira boshladi.
Startap hamkori, Unibank, xursand — axir litsenziya unga tegishli, shuning uchun foizlar va komissiyalarni ham u oladi.
Fintech Farm esa texnologik va marketing hamkori sifatida o‘z ulushini oladi. Taqsimot taxminan 80 ga 20.
O‘zbekistonda ularga oson bo‘lmaydi
Tezbank’ning biznes modeli BaaS (Banking-as-a-Service) deb nomlanadi. Raqamli banking yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarda bu zo’r mavzu.
Misol uchun, Ozarbayjonni olaylik — 2021-yilda Leobank u yerda birinchi mobile-only bank sifatida ish boshlab, tez orada muvaffaqiyatga erishdi.
Agar Tezbank o‘sha paytda O‘zbekistonda ham ishga tushganida, gap bo’lish mumkin mas edi.
Ammo hozir 2025-yil va raqamli banklar bilan bizni hayratga solish qiyin.
Butun boshli bank bitta ilovada? Barcha amaliyotlar navbatsiz va qog‘ozsiz? Zo‘r, rahmat, lekin biz bundan besh yildan beri foydalanib kelmoqdamiz, TBC Bank bu yerga kelganidan beri )
Shunday bo‘lsa-da, raqobat hech qachon ortiqcha bo‘lmaydi, O‘zbekistonda esa bank xizmatlaridan kamdan-kam foydalanadigan odamlar talaygina.
Tezbank’da istiqbollar bor, endi ulardan to‘g‘ri foydalansa bo’ldi.
@beshtorr
#banklar #fintech #kompaniyalar

👍17❤8🔥1
Bitim quyidagicha tashkil etilgan: TBC Bank Group va Titan Investments xalqaro investitsiya xolding kompaniyasi qo‘shma korxona tashkil etdi.
Ushbu korxona OLX Uzbekistan’ning 100 foizini sotib oladi. TBC 50 foiz + 1 ta aksiyani (nazorat paketi), Titan Investments esa qolgan ulushni qo‘lga kiritadi.
Bitim tartibga soluvchi organlar tomonidan ma’qullangandan so‘ng, OLX TBC Uzbekiston ekotizimiga qo‘shiladi. OLX brendi saqlanib qoladi.
@beshtorr
#tbc #bitim #kompaniyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🤯7🔥6👎2❤1
Besh Qozon logotipini yangiladi
Chapda — eskisi, o‘ngda — yangisi. O‘zgarishlar juda katta.
Kompaniya aytishicha, yangi logotip beshta qozon, besh xil osh va turli insonlarni birlashtiruvchi Besh Qozon’ni ramziy ifodalaydi.
Bilmadim, juda bahsli qadam bo‘pti…
Bir tomondan, eski logotip juda batafsil bo‘lib, kichik o‘lchamda tushunarsiz ko‘rinardi.
Boshqa tomondan, teleminora, shahar va qozon siluetlari Besh Qozon’ning o‘ziga xosligini yaxshi aks ettirgan edi.
Nima bo‘lganda ham, kompaniya murakkab tasvirlardan universal va zamonaviy uslubga o‘tdi. Bu hozir O‘zbekistonda umumiy tendensiyadir.
Besh Qozon’ning ishlari qanday ketyapti
Yaxshi. Kompaniya 1999-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va hozirda to‘rtta filialga ega.
Eng mashhuri, albatta, teleminora yonidagisi — haqiqiy osh markazi, sayyohlar tashrif buyuradigan Toshkentning diqqatga sazovor joylaridan biri.
Bundan tashqari, Besh Qozon Glinka, Ko‘kcha va Sergelida ham bor.
Kompaniya umumiy ovqatlanish sohasidagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi: 2024-yilda uning daromadi 17 foizga o‘sib, 83 milliard so‘mni tashkil etdi.
So‘nggi yillarda Besh Qozon o‘z ustida ko‘proq ishlamoqda — saytini yangiladi, yetkazib berish xizmatlari bilan hamkorlik o‘rnatdi, marketingga sarmoyalarni ko‘paytirdi.
Yangi logotip, ehtimol, ana shu o‘zgarishlarning davomidir.
@beshtorr
#kompaniyalar #brending

👍33👎22👏4❤2😢2🔥1
Nima uchun OLX egasini o‘zgartirdi, TBC nega uni sotib oldi va endi nima bo‘ladi
Xo‘sh, kechagi bitimga aniqlik kiritish vaqti keldi — bu O‘zbekiston biznesi uchun katta voqea bo‘lgani sababli, uni chuqurroq tushunishimiz kerak.
⏺ Avvalo, nima uchun OLX sotuvga qo‘yilganini ko‘rib chiqaylik.
O’zbekistondagi OLX 2015 yildan beri Prosus Niderlandiya kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Barcha muvaffaqiyatli investorlar kabi, Prosus ham juda moslashuvchan — u doimiy ravishda turli bizneslarga kirib-chiqib turadi. Sotib oladi, sotadi va yana sotib oladi — strategiyasi shunaqa.
Masalan, bir necha yil oldin kompaniya OLX Hindiston va OLX Indoneziyani sotgan edi, endi esa navbat OLX O‘zbekistonga keldi.
Prosus bir necha oy davomida xaridor izlab, oxir-oqibat TBC Bank Group va Titan Investments qo‘shma korxonasini topdi.
⏺ Endi TBC ga o‘tamiz. Uning maqsadi oddiy va tushunarli — ekotizim.
OLX’da xaridorlar ham, sotuvchilar ham, bitimlar ham ko‘p. TBC’ning moliyaviy va to‘lov xizmatlari bu yerga ayni mos keladi.
Eng oddiy misol: kimdir OLX’da iPhone’ni sotuvga qo‘ydi. Kimdir boshqa sotib olmoqchi, lekin puli yetmayapti. Mana bu yerga "payme nasiya orqali bo‘lib to‘lashga sotib olish" tugmasini qo‘shish mumkin.
Bunday imkoniyatlar juda ko‘p: odamlar va kompaniyalar uchun kreditlar, sug‘urta, tahlil va boshqalar. Imkoniyatlar dengiz kabi cheksiz.
⏺ Albatta, OLX endi o’zgaradi.
TBC Bank, payme, TBC Sug‘urta, BILLZ, payme nasiya — bu xizmatlarning har biri OLX bilan uyg‘unlashadi. Ularning har biri OLX’ni yaxshilashi va qulayroq qilishi mumkin.
Endi OLX’dagi xaridorlar, sotuvchilar va kompaniyalar ko‘proq sotish, yanada foydaliroq xarid qilish va xavfsizroq bitimlar tuzish imkonini beruvchi yangi moliyaviy va to‘lov vositalariga ega bo‘ladilar.
Qisqasi, OLX’da uzoq vaqtdan beri talab qilinayotgan o‘zgarishlar yuz beradi, chunki TBC shunchaki mulkdorgagina emas, balki OLX’ning rivojlanishiga katta mablag‘ kiritadigan strategik investorga aylandi.
Olingan foydani O‘zbekistonga qayta investitsiya qilayotgani uchun TBC’ga respect. Shunaqa kompaniyalar ko‘paysin.
P.s. Bitim summasi oshkor etilmagan, lekin OLX’ning tushumi va foydasidan kelib chiqib, men kompaniyani $25-35 million atrofida baholagan bo‘lardim.
@beshtorr
#kompaniyalar #bitimlar #tbc #olx

🔥30👍15👏6❤3🤔1💯1
Issiqni yumshoq bilan solishtirib bo‘lmaydi
Bugun Way II kreditlar va investitsiyalarni taqqoslaydigan reklama e’lon qildi.
Bu juda g‘alati, chunki kreditlar va investitsiyalar butunlay farqli tushunchalardir.
Kredit — bu majburiyat: siz birovning pulini olasiz va uni foiz bilan qaytarishingiz kerak.
Investitsiya esa aktiv: o‘z pulingizni tikasiz va daromad (yoki zarar) ko‘rishingiz mumkin.
Ularni umuman solishtirib bo‘lmaydi )
Ehtimol, Way II shuni aytmoqchi bo‘lganki, agar sizga yangi telefon, avtomobil yoki uy uchun pul kerak bo‘lsa, uni kreditga olishdan ko‘ra, investitsiya qilib topish afzalroq.
Fikr tushunarli, biroq uni butunlay boshqa-boshqa, taqqoslab bo‘lmaydigan narsalarni solishtirib yetkazish noto‘g‘ri.
Investitsiya va omonatni taqqoslashsa, tushunardim, lekin bu ham to‘g‘ri bo‘lmas edi, chunki birinchisida daromadlilik bashorat qilinadi, ikkinchisida esa haqiqiy bo‘ladi.
Qisqasi, kredit va investitsiyalar turli maqsadlarga xizmat qiladi. Ular bir-birining o‘rnini bosa olmaydi, lekin birgalikda samarali ishlashi mumkin.
Shunaqa gaplar.
@beshtorr
#investitsiyalar

💯17👍12🔥2❤1👎1
Mana nima uchun pulni shunchaki dollarda saqlamaslik kerak
Bu yil g‘ayrioddiy — O‘zbekistonda doimo qimmatlashib borgan dollar arzonlashmoqda.
Hozirda banklar uni 12 300 so‘mdan sotib olmoqda, yaqindagina esa 13 000 so‘m edi.
Buning sababi oddiy:
⏺ bir tomondan, dollarning o‘zi zaiflashdi — uning global indeksi (DXY) yil boshidan beri taxminan 10-11 foizga pasaydi (AQSh iqtisodiyoti kutilganidek yaxshi o‘smayotgani tufayli);
⏺ boshqa tomondan, so‘m dollarga nisbatan qimmatlashdi, chunki bu yil O‘zbekistonga ko‘proq valyuta kirib kelmoqda (buning uchun mehnat muhojirlariga va oltinning yuqori narxlariga rahmat).
Natijada, hozirgi kurs 2023-yil oxiridan beri eng past darajada. O‘shandan keyin dollar sotib olganlar ayni paytda minusda.
Masalan, agar siz bir yil oldin dollar sotib olgan bo‘lsangiz va bugun uni sotsangiz, 3-5 foiz atrofida zarar ko‘rasiz.
Kimdir "Bu vaqtinchalik, odatda dollarda saqlash juda foydali" deb aytishi mumkin, lekin bu aslida unday emas.
2020-2024-yillarda O‘zbekistonda narxlar 63 foizga, dollar esa 36 foizga oshdi.
Ya’ni, dollar hatto inflyatsiyani qoplamadi, qandaydir foyda haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Agar pulni dollarda saqlamoqchi bo‘lsangiz, buni bankda amalga oshirganingiz ma’qul.
Valyuta omonatlari bo‘yicha foizlar uncha yuqori emas, ammo ular hech bo‘lmaganda pulingizni qadrsizlanishdan saqlashga yordam beradi.
Undan ham yaxshiroq usul — so‘mda omonat ochib, uni yopgandan so‘ng so‘mlarni dollarga almashtirish.
Shunday qilib yanada ko‘proq daromad olish mumkin. Bu haqda batafsil ma’lumot va aniq misol mana bu yerda keltirilgan edi.
Agar omonatlar yoqmasa, obligatsiyalar, oltin quymalari yoki boshqa turdagi aktivlarni ko‘rib chiqish kerak.
Eng muhimi, pulni naqd pul shaklida saqlash yaxshi fikr emasligini esda tutish lozim.
@beshtorr
#investitsiyalar
Bu yil g‘ayrioddiy — O‘zbekistonda doimo qimmatlashib borgan dollar arzonlashmoqda.
Hozirda banklar uni 12 300 so‘mdan sotib olmoqda, yaqindagina esa 13 000 so‘m edi.
Buning sababi oddiy:
Natijada, hozirgi kurs 2023-yil oxiridan beri eng past darajada. O‘shandan keyin dollar sotib olganlar ayni paytda minusda.
Masalan, agar siz bir yil oldin dollar sotib olgan bo‘lsangiz va bugun uni sotsangiz, 3-5 foiz atrofida zarar ko‘rasiz.
Kimdir "Bu vaqtinchalik, odatda dollarda saqlash juda foydali" deb aytishi mumkin, lekin bu aslida unday emas.
2020-2024-yillarda O‘zbekistonda narxlar 63 foizga, dollar esa 36 foizga oshdi.
Ya’ni, dollar hatto inflyatsiyani qoplamadi, qandaydir foyda haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Agar pulni dollarda saqlamoqchi bo‘lsangiz, buni bankda amalga oshirganingiz ma’qul.
Valyuta omonatlari bo‘yicha foizlar uncha yuqori emas, ammo ular hech bo‘lmaganda pulingizni qadrsizlanishdan saqlashga yordam beradi.
Undan ham yaxshiroq usul — so‘mda omonat ochib, uni yopgandan so‘ng so‘mlarni dollarga almashtirish.
Shunday qilib yanada ko‘proq daromad olish mumkin. Bu haqda batafsil ma’lumot va aniq misol mana bu yerda keltirilgan edi.
Agar omonatlar yoqmasa, obligatsiyalar, oltin quymalari yoki boshqa turdagi aktivlarni ko‘rib chiqish kerak.
Eng muhimi, pulni naqd pul shaklida saqlash yaxshi fikr emasligini esda tutish lozim.
@beshtorr
#investitsiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍8👎2
Yoq, "Toshkentda endi ikkita aeroport" emas
Kecha prezident yangilangan "Toshkent - Sharqiy" aerodromiga tashrif buyurganidan keyin, ko‘pchilik negadir shaharda endi ikkita aeroport bo‘ladi, deb o‘ylabdi.
Go‘yoki Moskvadagidek — ba’zan Domodedovoga, ba’zan Vnukovoga uchib boriladi, endi bizda ham shunday bo‘ladi, degan xulosaga kelishdi.
Yo‘q, unday bo‘lmaydi. Qandaydir favqulodda vaziyatda "Sharqiy" yo‘lovchi reyslarini qabul qila oladi, lekin ularga to‘liq va muntazam xizmat ko‘rsata olmaydi.
Bu aeroport butunlay boshqa maqsadga — prezident va yuqori martabali xorijliklar, ayniqsa biznes-jetlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Masalan, kelajakda "Lukoyl" rahbari Vagit Alekperov O‘zbekistonga tashrif buyurganida, ehtimol, "Sharqiy" aeroportiga qo‘nadi.
Bunday misollar tobora ko‘payib bormoqda, chunki O‘zbekistonga xorijiy prezidentlar, vazirlar, yirik kompaniyalar rahbarlari va egalari tez-tez tashrif buyurishni boshladilar.
"Sharqiy" aeroporti aynan shu toifadagi shaxslarga xizmat ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
Qolgan barcha yo‘lovchilar esa "Toshkent" aeroporti orqali ilgarigidek parvoz qilishda davom etaveradi.
Shunday ekan, yangi aeroport orqali uchmoqchi bo‘lsangiz, biznes-jet sotib olishga tayyor turing )
Foto: prezident matbuot xizmati
@beshtorr
#avia

😁30👍12🤬9🔥6❤4🤯1🦄1
Diversifikatsiya qiling. Bugun buning ahamiyati o‘z tasdig‘ini topdi
Taxminan soat 13:00 da Uzcard tizimida keng miqyosli nosozlik yuz berdi.
Men bu paytda Parkent bozorida edim.
Atrofdagi odamlar nima qilishni bilmay qolishdi: to‘lovlar o‘tmayapti, pul o‘tkazmalar ishlamayapti, hatto bankomatlardan naqd pul ham yechib bo‘lmayapti.
Bahslar, janjallar, yomon kayfiyat.
Ammo meni bu chetlab o‘tdi, chunki yonimda nafaqat Uzcard, balki Humo va Visa kartalari ham bor edi — men ataylab pullarimni turli karta va hamyonlarga taqsimlab qo‘yaman.
Bu diversifikatsiya deyiladi va O‘zbekistonda juda muhim ahamiyatga ega. Faqat kartadagi pullargagina emas, balki umuman hamma narsaga taalluqlidir.
Masalan, jamg‘armalarni faqat dollarda yoki faqat so‘mda, yoxud faqat omonatda yoki faqat naqd pul ko‘rinishida saqlash yaramaydi.
Bu juda xavfli, chunki qaram qilib qo‘yadi. Agar jamg‘armalaringizni turli ko‘rinish va shakllarga (naqd pul, oltin, omonat, dollar, yevro va hokazo) taqsimlasangiz, xotirjam uxlaysiz.
Dollar kursi tushyaptimi? Hechqisi yo‘q, axir u jamg‘armangizning atigi 20 foizini tashkil etardi-ku.
So‘m qadrsizlanyaptimi? Bundan ham tashvishlanmang, chunki u jamg‘armangizning faqat 30 foizini tashkil qilgan edi-da.
Diversifikatsiya hamma joyda muhim, ayniqsa, har qanday voqea sodir bo‘lishi mumkin, bashorat qilish qiyin bo‘lgan mamlakatlarda.
O‘zbekiston shular qatorida.
@beshtorr
#vaziyat

👍54❤19🔥7👏3
O‘zbekistondagi birinchi ML o‘quv markaziga qabul ketyapti. Dastur bepul
Hozirda Yandex ML School Uzbekistan — ML o’rganish bo‘yicha mamlakatdagi birinchi o‘quv markaziga qabul ketyapti.
Dastur ikki semestr davomida Toshkentda offlayn shaklda o‘tkaziladi. Haftalik yuklama 20-30 soat atrofida.
Nimani o‘rgatishadi:
⏺ matematika, statistika, chiziqli algebra;
⏺ machine learning, deep learning, NLP, LLMs, MLOps;
⏺ Yandex keyslarida amaliyot.
Dastur bepul. Barchasi ingliz tilida.
Arizalar 10-sentyabrgacha qabul qilinadi.
Tavsiya etaman, chunki O‘zbekistonda ML-muhandislari kam, oylik esa 15-40 million so‘m atrofida.
Batafsil: https://mlschool.yandex.uz/
@beshtorr
#texnologiyalar
Hozirda Yandex ML School Uzbekistan — ML o’rganish bo‘yicha mamlakatdagi birinchi o‘quv markaziga qabul ketyapti.
Dastur ikki semestr davomida Toshkentda offlayn shaklda o‘tkaziladi. Haftalik yuklama 20-30 soat atrofida.
Nimani o‘rgatishadi:
Dastur bepul. Barchasi ingliz tilida.
Arizalar 10-sentyabrgacha qabul qilinadi.
Tavsiya etaman, chunki O‘zbekistonda ML-muhandislari kam, oylik esa 15-40 million so‘m atrofida.
Batafsil: https://mlschool.yandex.uz/
@beshtorr
#texnologiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yandex ML School Uzbekistan
A yearlong educational program focused
on machine learning for anyone who wants
to be an ML engineer. Created with the support of the Yandex School of Data Analysis.

👍8🔥5❤2
O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar. Endi boshqacha
Yanvardan boshlab kanalda har oy O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar ro‘yxati e’lon qilinmoqda.
Bu odamlarni hozirda nima qiziqtirayotganini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Ammo tez orada ma’lum bo‘ldiki, ro‘yxatning yuqori qismi deyarli har doim bir xil jahon gigantlaridan iborat — Instagram, WhatsApp, ChatGPT va boshqalar.
Zo‘r, lekin mahalliy bozorimizni ko‘proq o‘rgansak yaxshiroq bo‘lardi.
Shuning uchun endi reyting ikki qismga bo‘linadi:
⏺ birinchisi umumiy bo‘lib qoladi — dunyo trendlari O‘zbekistonga ta’sir qilayotgani yoki yo‘qligini bilish uchun;
⏺ Ikkinchisida esa faqat O‘zbekistonda va o‘zbekistonliklar uchun yaratilgan ilovalar bo‘ladi.
Natijada biz umumiy manzarani ham, milliy kompaniyalarning ahvolini ham ko‘rib turamiz.
Masalan, e’tibor bering, avgust oyi yakunlari bo‘yicha eng ko‘p yuklab olingan ilova imo bo‘ldi — biz xuddi 2015-yilga qaytgandekmiz )
Aslida, buning sababi juda oddiy — O‘zbekistondagi ko‘plab odamlarning Rossiyada ishlab yurgan qarindosh-urug‘lari bor.
Ilgari ular bilan Telegram yoki WhatsApp orqali gaplashsa bo’lardi, ammo avgust oyi o‘rtalarida Rossiya bu ilovalardagi video qo‘ng‘iroqlarni blokladi.
Odamlar o‘rinbosar ilova qidirib, imo borligini eslab, o‘sha yerga o‘tishdi.
Milliy ilovalar haqida gapiradigan bo‘lsak, Uzum Market ilgarigidek eng ko‘p yuklab olinayotgan ilova bo‘lib qolmoqda.
Bu yangilangan ko‘rinishdagi birinchi reyting bo‘lgani uchun, hozircha tahlil bo‘lmaydi, ammo sentyabrning yakunida qaysi ilovalar o‘sib borayotgani va qaysilari pasayib ketayotganini ko‘rib chiqamiz.
Stay tuned.
@beshtorr
#mobayl
Yanvardan boshlab kanalda har oy O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar ro‘yxati e’lon qilinmoqda.
Bu odamlarni hozirda nima qiziqtirayotganini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Ammo tez orada ma’lum bo‘ldiki, ro‘yxatning yuqori qismi deyarli har doim bir xil jahon gigantlaridan iborat — Instagram, WhatsApp, ChatGPT va boshqalar.
Zo‘r, lekin mahalliy bozorimizni ko‘proq o‘rgansak yaxshiroq bo‘lardi.
Shuning uchun endi reyting ikki qismga bo‘linadi:
Natijada biz umumiy manzarani ham, milliy kompaniyalarning ahvolini ham ko‘rib turamiz.
Masalan, e’tibor bering, avgust oyi yakunlari bo‘yicha eng ko‘p yuklab olingan ilova imo bo‘ldi — biz xuddi 2015-yilga qaytgandekmiz )
Aslida, buning sababi juda oddiy — O‘zbekistondagi ko‘plab odamlarning Rossiyada ishlab yurgan qarindosh-urug‘lari bor.
Ilgari ular bilan Telegram yoki WhatsApp orqali gaplashsa bo’lardi, ammo avgust oyi o‘rtalarida Rossiya bu ilovalardagi video qo‘ng‘iroqlarni blokladi.
Odamlar o‘rinbosar ilova qidirib, imo borligini eslab, o‘sha yerga o‘tishdi.
Milliy ilovalar haqida gapiradigan bo‘lsak, Uzum Market ilgarigidek eng ko‘p yuklab olinayotgan ilova bo‘lib qolmoqda.
Bu yangilangan ko‘rinishdagi birinchi reyting bo‘lgani uchun, hozircha tahlil bo‘lmaydi, ammo sentyabrning yakunida qaysi ilovalar o‘sib borayotgani va qaysilari pasayib ketayotganini ko‘rib chiqamiz.
Stay tuned.
@beshtorr
#mobayl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏4❤1
ChatGPT bilan ehtiyot bo‘ling — u ko‘proq alday boshladi
Xabaringiz bor, ChatGPT bizda juda ommalashib ketdi — mana bir necha oydirki, ilova O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinganlar qatorida.
Bu ajablanarli emas — ChatGPT o‘zbek tilini yaxshi tushunadi, kerakli ma’lumotni tezda topadi, ishda va hayotda yordam beradi.
Hammasi zo‘r, lekin sun’iy intellekt ham xato qiladi. Va bu tobora ko‘proq sodir bo‘lmoqda.
Yaqinda NewsGuard tadqiqotchilari ChatGPT, Perplexity va boshqa chat-botlar ikki barobar ko‘p noto‘g‘ri javob bera boshlaganini aniqladilar.
Tadqiqotchilar o‘nta yetakchi chat-botni tanladilar.
Ularga kompaniyalar, brendlar yoki ijtimoiy-siyosiy voqealar haqida ataylab noto‘g‘ri ma’lumot berildi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 2024-yildan beri javoblardagi yolg‘on ma’lumotlar ulushi o‘rtacha deyarli ikki baravarga — 18 foizdan 35 foizga oshgan.
Eng ko‘p aldaydigan Pi chat-boti bo‘ldi — u 57 foiz holatda soxta xabarlarni haqiqat deb ko‘rsatdi. Ikkinchi o‘rinda Perplexity — 47 foiz.
ChatGPT haqida gapiradigan bo‘lsak, u uchinchi o‘rinni egalladi — 40 foiz. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 33 foiz edi.
Bunday o‘sishning sabablaridan biri — botlar endi tegishli ma’lumotni topa olmasalar ham, savollarga javob berishdan bosh tortmayaptilar.
Shuning uchun ehtiyotkor bo‘ling.
Ha, sun’iy intellekt juda foydali, ammo uning javoblariga tanqidiy yondashing: faktlarni tekshiring, manbalarni taqqoslang va hamma narsaga ko‘r-ko‘rona ishonmang.
To‘g‘ri xulosalar chiqarish mas’uliyati baribir sizning zimmangizda qoladi.

❤14💯11👍6
Uy-joy bozori sovidi: xaridorlar uchun bu nimani anglatadi
Grafikka e’tibor bering — bu O‘zbekistonda ko‘chmas mulk narxining yildan-yilga qanday o‘sganini ko‘rsatadi.
Bunda ham yangi qurilishlar, ham eski uylar ko‘rsatilgan. Foizlar dollarda.
2023-yil yozidan 2024-yil bahorigacha g‘ayritabiiy yuqori raqamlar bo‘lgani aniq ko‘rinib turibdi.
2024-yilning yozida pasayish boshlandi va bu hozirga qadar davom etmoqda.
Qisqacha aytganda, xaridorlar soni kamayib, qurilishlar ko‘paydi. Natijada, bozor sovidi.
Bu xaridorlar uchun nimani anglatadi
Bu qanday xaridor ekaningizga bog‘liq.
⏺ Agar o‘zingiz uchun xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, hozir qulay payt — narxlar o‘sishi deyarli to‘xtagan, tanlash imkoniyati keng, ipoteka kreditlari ko‘p (u bir yil ichida 36 foizga o‘sgan).
Ilgari kechikish qimmatga tushardi: 100 ming dollarlik uy bir yildan so‘ng 120 ming dollar va undan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin edi.
Hozir vaziyat boshqacha, shuning uchun xotirjam holda tanlash, savdolashish, turli variantlarni izlash mumkin.
⏺ Agar investitsiya uchun bo‘lsa, vaziyat o‘zgacha.
Joriy yillik daromadlilik bilan "sotib olasan → tezda qayta sotasan → ko‘p pul topasan" modeli ishlamaydi.
Endi bu ko‘proq "sotib olasan → uzoq kutasan → balki pul toparsan" ko‘rinishiga keldi.
Ijara masalasida ham xuddi shunday: ilgari dollarda yiliga 8-9 foizgacha daromad olish imkoni bor edi, hozir esa atigi 3-4 foizga tushib qoldi.
Bu hatto valyuta omonatlaridan keladigan daromaddan ham kamroq (o‘rtacha 5 foiz).
Albatta, bularning barchasi "kasalxonadagi o‘rtacha harorat" kabi gap — eski kvartira bilan yangi binodagi pentxausning butunlay boshqa-boshqa narsa ekanligini yaxshi bilamiz. Ularning likvidligi va daromadliligi ko‘rsatkichlari mutlaqo farq qiladi.
Gap shundaki, O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori kamroq spekulyativ va ko‘proq tarkibiy tus oldi. Agar uy sotib olishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, buni e’tiborga olishingiz kerak.
@beshtorr
#bozor #kuchmasmulk
Grafikka e’tibor bering — bu O‘zbekistonda ko‘chmas mulk narxining yildan-yilga qanday o‘sganini ko‘rsatadi.
Bunda ham yangi qurilishlar, ham eski uylar ko‘rsatilgan. Foizlar dollarda.
2023-yil yozidan 2024-yil bahorigacha g‘ayritabiiy yuqori raqamlar bo‘lgani aniq ko‘rinib turibdi.
2024-yilning yozida pasayish boshlandi va bu hozirga qadar davom etmoqda.
Qisqacha aytganda, xaridorlar soni kamayib, qurilishlar ko‘paydi. Natijada, bozor sovidi.
Bu xaridorlar uchun nimani anglatadi
Bu qanday xaridor ekaningizga bog‘liq.
Ilgari kechikish qimmatga tushardi: 100 ming dollarlik uy bir yildan so‘ng 120 ming dollar va undan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin edi.
Hozir vaziyat boshqacha, shuning uchun xotirjam holda tanlash, savdolashish, turli variantlarni izlash mumkin.
Joriy yillik daromadlilik bilan "sotib olasan → tezda qayta sotasan → ko‘p pul topasan" modeli ishlamaydi.
Endi bu ko‘proq "sotib olasan → uzoq kutasan → balki pul toparsan" ko‘rinishiga keldi.
Ijara masalasida ham xuddi shunday: ilgari dollarda yiliga 8-9 foizgacha daromad olish imkoni bor edi, hozir esa atigi 3-4 foizga tushib qoldi.
Bu hatto valyuta omonatlaridan keladigan daromaddan ham kamroq (o‘rtacha 5 foiz).
Albatta, bularning barchasi "kasalxonadagi o‘rtacha harorat" kabi gap — eski kvartira bilan yangi binodagi pentxausning butunlay boshqa-boshqa narsa ekanligini yaxshi bilamiz. Ularning likvidligi va daromadliligi ko‘rsatkichlari mutlaqo farq qiladi.
Gap shundaki, O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori kamroq spekulyativ va ko‘proq tarkibiy tus oldi. Agar uy sotib olishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, buni e’tiborga olishingiz kerak.
@beshtorr
#bozor #kuchmasmulk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33❤11😁5🤔1
O‘zbekiston startaplari uchun Qozog‘istonga "yashil" yo‘lak ochildi
IT Park va Astana Hub "Market Entry" qo‘shma dasturini ishga tushirdi.
U Qozog‘istonga kengayishga tayyor bo‘lgan O‘zbekiston startaplari uchun mo‘ljallangan.
Agar startap bo‘lsa, unda ishtirok etishni tavsiya qilaman, chunki sharoitlar va imkoniyatlar zo’r:
⏺ trekerlar bilan ishlash, ekspertlar va mentorlar bilan maslahatlashish;
⏺ pilotlarni tayyorlash va ishga tushirishda qo‘llab-quvvatlash, mahsulotni mahalliy auditoriyada sinovdan o‘tkazish;
⏺ kompaniyani Astana Hub’da ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq imtiyozlari va subsidiyalaridan foydalanish;
⏺ Qozog‘istonlik investorlar va venchur fondlari uchun taqdimot.
Dastur bepul va dekabr oyigacha davom etadi.
Bu vaqt davomida Qozog‘istonda bo‘lish kerak (tashkilotchilar ofis va yashash joyini taqdim etadi).
Arizalar 20-sentyabrgacha mana bu yerda qabul qilinadi.
Shunchaki Qozog‘istonga sayohat emas
IT Park va Astana Hub 2024-yilning kuzida o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirishga qaror qilishdi. Shunday qilib, Central Asian Innovation Hubs paydo bo‘ldi.
Uning g‘oyasi ikki mamlakatni yagona mintaqa va yagona bozor sifatida taqdim etishdir — bu mahalliy startaplarni jahon bozorida targ‘ib qilishda samaraliroq bo‘ladi.
"Market Entry" dasturi bu jarayonning bir qismidir, chunki O‘zbekiston startaplari birinchi marta Qozog‘istonga "yashil" yo‘lakka ega bo‘lmoqda.
Shunday ekan, bu shunchaki Qozog‘istonga sayohat yoki bir martalik qo‘llab-quvvatlash emas, balki yangi bozorga chiqishning tayyor sxemasi.
Agar u ishlasa, xuddi shu mexanizmni boshqa mamlakatlarda ham qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Olg‘a )
@beshtorr
#startaplar
IT Park va Astana Hub "Market Entry" qo‘shma dasturini ishga tushirdi.
U Qozog‘istonga kengayishga tayyor bo‘lgan O‘zbekiston startaplari uchun mo‘ljallangan.
Agar startap bo‘lsa, unda ishtirok etishni tavsiya qilaman, chunki sharoitlar va imkoniyatlar zo’r:
Dastur bepul va dekabr oyigacha davom etadi.
Bu vaqt davomida Qozog‘istonda bo‘lish kerak (tashkilotchilar ofis va yashash joyini taqdim etadi).
Arizalar 20-sentyabrgacha mana bu yerda qabul qilinadi.
Shunchaki Qozog‘istonga sayohat emas
IT Park va Astana Hub 2024-yilning kuzida o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirishga qaror qilishdi. Shunday qilib, Central Asian Innovation Hubs paydo bo‘ldi.
Uning g‘oyasi ikki mamlakatni yagona mintaqa va yagona bozor sifatida taqdim etishdir — bu mahalliy startaplarni jahon bozorida targ‘ib qilishda samaraliroq bo‘ladi.
"Market Entry" dasturi bu jarayonning bir qismidir, chunki O‘zbekiston startaplari birinchi marta Qozog‘istonga "yashil" yo‘lakka ega bo‘lmoqda.
Shunday ekan, bu shunchaki Qozog‘istonga sayohat yoki bir martalik qo‘llab-quvvatlash emas, balki yangi bozorga chiqishning tayyor sxemasi.
Agar u ishlasa, xuddi shu mexanizmni boshqa mamlakatlarda ham qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Olg‘a )
@beshtorr
#startaplar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏13❤4👍2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Zapravkalar” — bu yangi servis. Hozircha Yandex Go va Yandex Fuel ilovalarida ishlaydi, tez orada Yandex Xarita va Yandex Navigatorda ham paydo bo‘ladi.
Unda eng yaqin yonilg‘i shoxobchasini topish, narxlarni solishtirish va bevosita telefondan kontaktsiz to‘lash mumkin.
Hozircha servis Toshkent shahri va viloyatida, shuningdek Samarqand va Qashqadaryoda bor. Vaqt o‘tishi bilan hududlar soni kengayadi.
Videoda qisqacha ko‘rsatilgan: nafaqat shoxobchani, balki aniq kolonka, kerakli yoqilg‘i miqdori va to‘lov usulini tanlash mumkin.
Xizmatni o‘zingizga moslab sozlash ham mumkin. Masalan, sizga AI-95 kerak bo‘lsa, xaritada faqat shu benzin mavjud bo‘lgan shoxobchalar chiqadi.
Raqamlashtirish hamma narsani o‘zgartiradi
Bungacha shoxobchalar va narxlarni kartalar, guruhlar yoki avtomobil ilovalaridan izlash, to‘lov uchun esa biror bank yoki fintex ilovasidan foydalanish kerak edi.
Bu noqulay edi, ammo iloj yo‘q — O‘zbekistondagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarini kimdir raqamlashtirishini kutishga majbur edik.
O‘sha "kimdir" Yandex bo‘ldi. Bunga bir necha yillar ketdi, ammo endi O‘zbekistonda ham qidiruv, ham yoqilg‘i to‘lovini birlashtirgan ilova bor.
Buning natijasida kompaniyaning ekotizimi kengaydi.
Masalan, Yandex Plus foydalanuvchilari yoqilg‘i quyishda 8% gacha keshbek olishadi, Yandex Taxi haydovchilari esa ilova orqali to‘laganda 5% chegirma olishadi.
Masalan, Yandex Plus xarid qilganlar yoqilg‘i quyishda 8% gacha keshbek, Yandex Taxi hamkor haydovchilari esa ilova orqali to‘lov qilganda 5% chegirma olishlari mumkin.
Ya’ni, hammasi o‘zaro bog‘langan: bir kompaniyaning xizmatlari bir-birini to‘ldirib, foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulaylik beradi.
Yoqilg‘i quyish shoxobchalari egalari ham, avtomobil egalari ham bundan manfaatdor, chunki birinchilari yangi mijozlar oqimiga, ikkinchilari esa vaqt va mablag‘ni tejovchi xizmatga ega bo‘lishdi.
Bu O‘zbekistonda raqamlashtirish orqali takomillashtirish mumkin bo‘lgan sohalar hali ko‘pligining yaqqol misoli. Gap faqat kim birinchi bo‘lib buni sezib, ishga tushirishida.
P.S. Aytgancha, Yandex Go‘ga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shoxobchalar qonuniy va shaffof ishlashi kerak.
Iqtisodiyot mana shunday qilib soyadan chiqariladi.
@beshtorr
#kompaniyalar #avto #yandex #fintex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥13❤3
Nima uchun O‘zbekistonda dollar pasaymoqda, narxlar esa yo‘q
O‘tgan yil sentyabrdan beri O‘zbekistonda dollar kursi 2,1 foizga pasaygan bo‘lsa, narxlar 8,8 foizga ko‘tarildi.
Tabiiyki, bu savollar tug‘diradi, chunki biz "dollar ko‘tarilsa — narxlar oshadi" degan fikrga o‘rganib qolganmiz.
Aslida hammasi oddiy — dollardan tashqari yana bir talay omillar bor. Va ular anchagina kuchliroq.
⏺ Masalan, elektr quvvati va gaz tariflarining oshishi qolgan barcha narsalar narxining oshishiga olib keladi va ta’siri juda uzoq, ba’zan yillab davom etadi.
Buni xizmatlar inflyatsiyasi joriy yil boshida 26,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, sentyabr oyiga kelib 16,2 foizgacha pasayganida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Ya’ni, o‘tgan yilgi tariflar oshishining ta’siri kamaydi, lekin hali tugamadi.
⏺ Yana bir misol, joriy yilda kreditlar 40 foizga oshgani.
Bu yerda ham hammasi raqamlarda yaqqol ko‘rinib turibdi: odamlar ko‘proq kreditga uy sotib olishni boshladi ➝ ipoteka 37 foizga oshdi ➝ remontlar ko‘paydi ➝ qurilish materiallari 5 foizga qimmatlashdi.
Shunaqa misollar ko‘p: zaif raqobat, qimmatlashgan logistika yoki hatto ob-havo (bu yil yomg‘ir kam bo‘ldi, kartoshka hosili pasayib ketdi, narx bir yilda 32 foizga oshdi).
"Dollarning pasayishi hech narsaga ta’sir ko‘rsatmabdi-da shunda?”
Yo‘q, ta’sir ko‘rsatdi.
Dollarning pasayishi import inflyatsiyasining pasayishiga olib keldi.
Bu texnika, mebel va kiyim-kechak narxlariga ta’sir qildi — ularning qimmatlashishi sekinlashdi (yillik 6,6 foiz).
“Narxlar sekin yoki tez ko‘tarilishi o‘rniga, pasayib borishi iloji yoq-mi?”
Bor, lekin buning uchun:
⏺ davlat monopoliyalari o‘z xarajatlarini istagancha iste’molchiga yuklay olmasligi uchun raqobat kerak;
⏺ gaz va elektr quvvati uchun oldindan aytib beriladigan tariflar kerak;
⏺ sabzavotlarni daladan bozorgacha yetkazishning qimmatlashib ketmasligi uchun logistika va saqlashga sarmoya kerak;
Va boshqa ko‘p narsalar.
Eng muhimi, Markaziy bankka, tizimga, davlatga ishonch kerak.
Odamlarda narxlar o‘sishini jilovlash mumkinligiga ishonch paydo bo‘lgach, bozorning o‘zi ham xotirjam bo‘ladi.
Hozir buning ustida ish olib borilmoqda, vaziyat o‘zgarmoqda, shunchaki hammamiz xohlaganimizdek tez emas.
@beshtorr
#vaziyat #iqtisodiyot
O‘tgan yil sentyabrdan beri O‘zbekistonda dollar kursi 2,1 foizga pasaygan bo‘lsa, narxlar 8,8 foizga ko‘tarildi.
Tabiiyki, bu savollar tug‘diradi, chunki biz "dollar ko‘tarilsa — narxlar oshadi" degan fikrga o‘rganib qolganmiz.
Aslida hammasi oddiy — dollardan tashqari yana bir talay omillar bor. Va ular anchagina kuchliroq.
Buni xizmatlar inflyatsiyasi joriy yil boshida 26,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, sentyabr oyiga kelib 16,2 foizgacha pasayganida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Ya’ni, o‘tgan yilgi tariflar oshishining ta’siri kamaydi, lekin hali tugamadi.
Bu yerda ham hammasi raqamlarda yaqqol ko‘rinib turibdi: odamlar ko‘proq kreditga uy sotib olishni boshladi ➝ ipoteka 37 foizga oshdi ➝ remontlar ko‘paydi ➝ qurilish materiallari 5 foizga qimmatlashdi.
Shunaqa misollar ko‘p: zaif raqobat, qimmatlashgan logistika yoki hatto ob-havo (bu yil yomg‘ir kam bo‘ldi, kartoshka hosili pasayib ketdi, narx bir yilda 32 foizga oshdi).
"Dollarning pasayishi hech narsaga ta’sir ko‘rsatmabdi-da shunda?”
Yo‘q, ta’sir ko‘rsatdi.
Dollarning pasayishi import inflyatsiyasining pasayishiga olib keldi.
Bu texnika, mebel va kiyim-kechak narxlariga ta’sir qildi — ularning qimmatlashishi sekinlashdi (yillik 6,6 foiz).
“Narxlar sekin yoki tez ko‘tarilishi o‘rniga, pasayib borishi iloji yoq-mi?”
Bor, lekin buning uchun:
Va boshqa ko‘p narsalar.
Eng muhimi, Markaziy bankka, tizimga, davlatga ishonch kerak.
O‘zbekistonda hamma "narxlar doim faqat ko‘tariladi" deb ishonar ekan, O‘zbekistonda narxlar doim faqat ko‘tariladi (bu inflyatsion kutilmalar deyiladi).
Odamlarda narxlar o‘sishini jilovlash mumkinligiga ishonch paydo bo‘lgach, bozorning o‘zi ham xotirjam bo‘ladi.
Hozir buning ustida ish olib borilmoqda, vaziyat o‘zgarmoqda, shunchaki hammamiz xohlaganimizdek tez emas.
@beshtorr
#vaziyat #iqtisodiyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤12💯10🤯3😁1
O‘zbekistonda dunyoni o‘zgartirgan obligatsiyalar paydo bo‘ladi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi "UMRC SPV" kompaniyasini kapital bozori sohasidagi tartibga solish qumdoni ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.
"Qumdon" — bu O‘zbekistonda hali mavjud bo‘lmagan modellarni sinovdan o‘tkazish mumkin bo‘lgan maxsus rejim. Ushbu holatda - ipoteka obligatsiyalari.
Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu ipoteka bilan ta’minlangan obligatsiyalardir. Qiyin tuyulishi mumkin, lekin hammasi oddiy.
Aytaylik, beshta do‘stingiz uy sotib olish uchun kredit oldi.
Bank bu kreditlarni oladi va UMRC SPVga o‘tkazadi, u esa ularni birlashtiradi, obligatsiyalarga "qadoqlaydi" va sotuvga qo‘yadi.
Siz obligatsiya sotib olasiz va endi har safar do‘stlaringiz ipoteka kreditini to‘laganida, siz foiz olasiz.
Natijada hamma yutadi: do‘stlaringiz uy-joy egasi bo‘lishadi, bank obligatsiyalarni sotishdan tez foyda ko‘radi, siz esa barqaror daromadga ega bo‘lasiz.
Ammo bu jarayonning salbiy tomoni ham bor edi: vaqt o‘tishi bilan banklar hammaga ipoteka bera boshladi.
Ularni odam pulni qaytara oladimi-yo‘qmi qiziqtirmay qo‘ydi, chunki ipoteka baribir obligatsiyalarga qadoqlanib, butun dunyo bo‘ylab sarmoyadorlarga sotilardi.
Bu bomba edi. 2008-yilda u portlab ketdi va jahon iqtisodiy inqirozi boshlandi.
Bu ipoteka obligatsiyalari xavfli degani emas. Aksincha, bu butun O‘zbekistonni o‘zgartira oladigan zarur va kuchli vositadir.
Shunchaki "O‘zbekistonda hammaning ikkitadan uyi bo‘lishi kerak" qabilidagi populizm bilan emas, to‘g‘ri regulyatsiya bilan shug‘ullanish kerak.
Shunda hammasi yaxshi bo’ladi.
P.S. Agar bu mavzu sizni qiziqtirsa, "The Big Short" filmini ko‘ring. Unda Kristian Beyl, Bred Pitt, Rayan Gosling va boshqa ajoyib aktyorlar ishtirok etgan. Juda ibratli va foydali film.
@beshtorr
#iqtisodiyot

O‘z vaqtida ipoteka obligatsiyalari AQSh va Yevropani butunlay o‘zgartirib yubordi: banklar tezroq va ko‘proq ipoteka berish imkoniyatiga ega bo‘ldi, buning natijasida millionlab odamlar uy sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ammo bu jarayonning salbiy tomoni ham bor edi: vaqt o‘tishi bilan banklar hammaga ipoteka bera boshladi.
Ularni odam pulni qaytara oladimi-yo‘qmi qiziqtirmay qo‘ydi, chunki ipoteka baribir obligatsiyalarga qadoqlanib, butun dunyo bo‘ylab sarmoyadorlarga sotilardi.
Bu bomba edi. 2008-yilda u portlab ketdi va jahon iqtisodiy inqirozi boshlandi.
Bu ipoteka obligatsiyalari xavfli degani emas. Aksincha, bu butun O‘zbekistonni o‘zgartira oladigan zarur va kuchli vositadir.
Shunchaki "O‘zbekistonda hammaning ikkitadan uyi bo‘lishi kerak" qabilidagi populizm bilan emas, to‘g‘ri regulyatsiya bilan shug‘ullanish kerak.
Shunda hammasi yaxshi bo’ladi.
P.S. Agar bu mavzu sizni qiziqtirsa, "The Big Short" filmini ko‘ring. Unda Kristian Beyl, Bred Pitt, Rayan Gosling va boshqa ajoyib aktyorlar ishtirok etgan. Juda ibratli va foydali film.
@beshtorr
#iqtisodiyot
👍14👎6❤4🤬1💯1
O‘zbekistonda ICTWeek haftaligi boshlandi.
U yerda ko‘p narsalar sodir bo‘ladi, lekin men faqat eng qiziqarli va muhim narsalar haqida post qilaman.
Birinchi kunning o‘zidayoq katta yangilik — Yandex Uzbekistan o‘zbek tilini tushunadigan va gaplasha oladigan "Alisa"ni taqdim etdi.
Bu haqiqatan ham katta voqea, chunki virtual yordamchiga yangi tilni o‘rgatish juda ko‘p vaqt va resurs talab etadi.
Yandex Uzbekistan "Alisa"ni o‘zbek tilida gapirtirish uchun bir necha oy sarfladi - buning uchun katta til modelini (LLM) professional muharrirlar va filologlar o‘qitdi.
Katta hajmdagi ma’lumotlar - minglab qo‘lda tarjima qilingan dialoglar va yuzlab soatlik audioyozuvlar ishlatilgan.
O‘zbekistonda turli hududlarda turlicha so‘zlashilgani uchun "Alisa"ni turli shevalarni tushunishga o‘rgatishgan.
Ushbu katta ish natijasida virtual assistent endi o‘zbek tilida tabiiy muloqot qila oladi.
Men "aqlli" kolonkadan 6 yildan beri foydalanaman
O‘zbek tilidagi "Alisa" barcha "aqlli" kolonkalarda mavjud: "Layt", "Mini", "Midi", "Strit", "Maks".
Birinchi kolonkam "Layt" edi - 2019-yilda uni chet eldan, tanishlarim orqali buyurtma qilishga majbur bo‘lgandim. Rubl bilan to‘lash va uzoq kutishga to‘g‘ri kelgandi.
Hozir hammasi osonlashdi — istalgan qurilmani Yandex Market Go orqali so‘mda, tez yetkazib berish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan sotib olsa bo‘ladi.
Kichkina bolalaringiz bo‘lsa, juda ham tavsiya etaman, chunki kolonka ancha qo‘l keladi — ham musiqa qo‘yib beradi, ham ertak aytib beradi.
"Alisa" o‘zbek tilida gapira boshlagandan keyin bu yanada dolzarbroq bo‘ldi.
@beshtorr
#texnologiyalar #yandex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍13🔥3👏1
💲Yandex O‘zbekistonda venchur fondini ishga tushirmoqda
ICTWeek’dan yana bir katta yangilik — Yandex O‘zbekistonning istiqbolli startaplarini qo‘llab-quvvatlash uchun venchur fondini taqdim etdi.
Nomi Yango Ventures.
U Yandex Uzbekistan asoschisi bo‘lgan xalqaro Yango Group tarkibiga kiradi.
Fond asosan O2O, B2B SaaS va FinTech sohalarida faoliyat yuritayotgan dastlabki bosqichdagi loyihalarga (Seed bosqichidan B seriyasigacha) e’tibor qaratadi.
Hozircha kapitali $20 millionni tashkil etadi, kelajakda uni oshirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston mezonlari bo‘yicha $20 million ham zo’r — bizning o‘rtacha investitsiya miqdorimizni hisobga olsak, bu 100 ta startapga yetadi.
Pul yaxshi-ku, lekin undan ham muhimroq narsalar bor
Yandex Uzbekiston rahbari Izzat Shukurov fond nafaqat mablag‘, balki tajriba, aloqalar va ekspertiza ham taqdim etishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Bu aynan kerak bo‘lgan narsa, chunki bizda faqat pul bera oladigan venchur fondlar yetarli.
Endi bizga loyihalarni qanday kengaytirishni biladigan va bu bilimlarni ulashishga tayyor bo‘lgan fondlar kerak.
Yango Ventures aynan shunaqa, chunki uning ekspertlar kengashida platformalar va mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha haqiqiy tajribaga ega mutaxassislar bor.
Bundan tashqari, bu xalqaro fond bo‘lgani uchun, uni tanlagan startaplar butun dunyo bo‘ylab keng aloqalar tarmog‘iga ega bo‘ladilar.
Yana bir e’tiborli jihati, Yandex Uzbekiston venchur fondiga bir martalik loyiha sifatida emas, balki mamlakatimizdagi uzoq muddatli strategiyasining bir qismi sifatida qarayotganidir.
Mantiq oddiy: O‘zbekistonda tadbirkorlik qanchalik kuchli rivojlansa, ekotizimning barcha ishtirokchilari, shu jumladan Yandex’ning o‘zi ham shunchalik ko‘p naf ko‘radi.
Hammasi to‘g‘ri.
Fond haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.
@beshtorr
#startaplar #venchur #yandex

👍24❤2🔥1