🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT
1.76K subscribers
19.9K photos
2.3K videos
2.05K files
4.24K links
O‘z.Res. MMTV va MV HChT bo‘yicha OAV matbuot kanali
Respublikadagi barcha harbiy-vatanparvarlik bo‘yicha VRYOTBDO‘-HChTR lariga yordam berish. Barcha turdagi tadbirlar va ish hujjatlari bo‘yicha beminnat yordam. Fikringizni qoldiring 👇
👉@beminnatCHQBT
Download Telegram
#So`ngi_qo`ng`iroq
#Baxmal_ixtisoslashtirilgan_maktab

Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlug‘ va muborak bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!

⚡️Baxmal ixtisoslashtirilgan maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi, bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari, faxriy ustozlar, oʻqituvchilar ham ishtirok etishdi.

✔️Tadbirni tuman hokimi A. Ergashev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining davlat Madhiyasi yangradi.

❇️ Tadbirda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

✳️ Tadbirda o'qishi, xulqi va jamoat tadbirlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritgan o'quvchilarning ota-onalari e'tirof etilib taqdirlanishdi.

📲Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
🌐Telegram | Facebook | Instagram| Youtube
#Angren_shahar
#MMTB_ChQBT
#Vatan_Tayanchi
#Mahorat_darsi

🇺🇿Angren shahar MMTBga qarashli umumta'lim maktablarining CHQBT rahbari hamda " Vatan tayanchi " bollalar va o'smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati rahbarlari bilan bir kunlik "Mahorat darslari " 4-IDUMda o'tkazildi.

♻️Tadbirda Angren shahar Mudofaa ishlari bo'limining T va MIBO' QKX S.Muradov, CHQBT fani o'qituvchilari ishtirok etishdi.

🔘Tadbir damomida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 8-noyabr kunidagi 591-sonli qaroriga asosan CHQBT xonalarini 2024-2028 yillar davomida jihozlash, o'quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qism hamkorligida ochiq eshiklar kunini tashkil qilish, harbiy kasbga qiziqishini oshirish maqsadida harbiy dala o'quv polegoniga kunlik amaliy mashg'ulotga chiqarish, CHQBT fani o'qituvchilari bilan 5 kunlik dala o'quv yig'inini tashkil etish, " Vatan himoyasini qo'riqlash sharafli burch " shiori ostida Faxŕiylar bilan uchrashuvlar o'tkazish bo'yicha tushuncha berildi.
**Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar! Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2024-2025-o'quv yilida barcha tumanimizdagi o'quvchilarni o'qishga taklif qiladi.
Bu yil maktabimizga quyidagi sinf va yo'nalishlarga qabul bo'ladi.
Aniq fanlar yo'nalishiga:
1. 4-sinfni bitirganlar(ingliz tili va matematikadan imtihon bo'ladi);
2. 6-sinfni bitirganlar (ingliz tili va matematikadan imtihon bo'ladi);
3. 7-sinfni bitirganlar;
8. 8-sinfni bitirganlar;
9. 9-sinfni bitirganlar;
10. 10-sinfni bitirganlar (7-10-sinfni bitirgan o'quvchilarga aniq fanlar yo'nalishiga matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan imtihon bo'ladi);

Tabiiy fanlar yo'nalishiga:
1. 6-sinfni bitirganlar (tabiiy fan va ingliz tilidan imtihon bo'ladi)
2. 9-sinfni bitirganlar ( kimyo, biologiya va ingliz tili fanlaridan imtihon bo'ladi)


Hujjatlar onlayn tarzda
ariza.piima.uz saytida 1-20-iyun kunlari bo'ladi. (Maktabimizga kelsangiz,hujjat topshirishda yordam beramiz. Manzil: Boysun tumani, "Tuzbozor" mahallasi, "Istiqlol" ko'chasi 82-uy. Mo'ljal: 25-maktab yonida, eski bolalar uyi binosida)

Imtihon iyul oyida Termiz shahrida bo'lib o'tadi.
Kerakli hujjatlar:
1. Tabelining oxirgi o'quv yilidagi baholari direktor tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
2. Guvohnoma;
3. Oxirgi 3 oyda tushgan rasmi;
4. Ota yoki onasining pasporti.

Maktabimizda o'qish, yotoqxona va ovqatlanish bepul. Qo'shimcha fan va sport to'garaklari tashkil qilingan.
Jumladan, robototexnika, IELTS to'garaklari bor.


Murojaat uchun tel:
90 375 77 67,
77 003 23 66


Telegram:
@PTMABOYSUN**
Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2024-yil 31-may 22-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.

Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz Telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📌O‘qish uchun https://online.anyflip.com/dwalh/xmgd/mobile/index.html

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV