🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT
1.8K subscribers
20.5K photos
2.36K videos
2.05K files
4.32K links
O‘z.Res. MMTV va MV HChT bo‘yicha OAV matbuot kanali
Respublikadagi barcha harbiy-vatanparvarlik bo‘yicha VRYOTBDO‘-HChTR lariga yordam berish. Barcha turdagi tadbirlar va ish hujjatlari bo‘yicha beminnat yordam. Fikringizni qoldiring 👇
👉@beminnatCHQBT
Download Telegram
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRI 21 NAFAR SAMARQANDLIK O‘QITUVCHILARNI TAQDIRLADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bugun Samarqand shahridagi 71-umumta’lim maktabida bo‘ldi.

❗️ Vazir ta’lim maskanida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tashkil etilgan pazandachilik to‘garagi a’zolari bilan uchrashdi.

Ushbu to‘garak maktabda joriy yilning fevral oyida tashkil topgan bo‘lib, o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlari pazandachilik va qandolatchilik sirlarini o‘rganmoqda.


Hozirda to‘garak a’zolarining soni 45 nafardan yetgan.

Tashrif davomida vazir bir guruh samarqandlik faol ustozlar bilan uchrashdi. 

📍Uchrashuvda keyingi yillarda  ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar haqida gapirar  ekan, o‘qituvchilarni mavqeini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.

-“Muhtaram Yurtboshimiz o‘zining har chiqishlarida  Imom Buxoriy bobomizning  o‘n ikki asr avval aytgan “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan fikrlarini  bot-bot takrorlaydilar. Shu o‘rinda, bir narsani yoddan chiqarmaslik zarur, ilmni yetkazishda ustozlarimizning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ham yurtimizda o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayapti. Jumladan, o‘qituvchilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida turli qaror va qonunlarni ishlab chiqilishi, Vazir jamg‘armasi ustamasining tashkil etilishi fikrimiz dalilidir”-, dedi Hilola Umarova.

✔️ Uchrashuvda ustozlar bilan kelgusi rejalar haqida suhbatlashildi. Tadbir so‘nggida Hilola Umarova  21 nafar o’qituvchiga ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg’alarni topshirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Navoiy_viloyati
#Xatirchi_tumani
#165_maktab
#Vatan_tayanchi

🇺🇿Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari “Vatan tayanchi "harakati bo‘limi boshlig‘i tomonidan "18-may Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan Navoiy shahridagi ma’naviyat-ma’rifat markazida joylashgan Navoiy viloyati o‘lkashunoslik davlat muzeyida Xatirchi tumani 65-sonli o‘rta ta’lim maktabi "Vatan tayanchi" harkatiga a’zo bo‘lgan otryad o‘quvchi yoshlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
🔰 Muzeyda direktor o‘rinbosari, tarixshunos olimlar o‘quvchi-yoshlarga Navoiy viloyatining tarixiy o‘tmishdagi davrlar muzeyda saqlanayotgan eksponatlar to‘g‘risida tushuntirib berdilar.
🔰 O‘quvchi - yoshlar muzeydagi ko‘rgazmalar eksponatlar, tarixiy ko‘rgazmalarni ko‘rib ularda yanada tariximizga bo‘lgan qiziqishlari shakllandi.
🇺🇿Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. O‘quvchi - yoshlar tadbir davomida harbiy qismning hayoti bilan tanishdilar.

🔰Ochiq eshiklar kuni doirasida Qurolli kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Faxriylar yoshlarga hayotiy kechinmalari, faoliyati  haqida aytib berdi.