ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
1.12K subscribers
35 photos
5 videos
322 links
«Baxtlilar jannatdadirlar. Unda mangu qoluvchidirlar»
{11:108}

Ayollar uchun blogim: @modestka
Download Telegram
Hech bir rohat bir burchakda jimgina Rabbing bilan suhbat qilishingga yeta olmaydi.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
136
Odamlar seni yoqtirsa nima-yu, yoqtirmasa nima? Bu hech narsani o‘zgartirmaydi. Chunki ularning qo‘lida na senga jannat berish bor, na undan mahrum qilish. Shuning uchun qalbingni odamlarning roziligiga emas, Rabbingning roziligiga bog‘la.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
143
Nasib bo‘lmasa, duo ham qila olmaysan. Agar duo qilayotgan bo‘lsang, bilgin u qalbingga yozilgan.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
151
Allahim, men aqlim yetgani qadar so‘rayman, Sen himmating qadar ber…

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
149
Bir kuni butun umringiz ko‘z oldingizdan o‘tganida, ko‘rishga arzigulik lahzalari bo‘lsin…

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
145
— Necha yoshdasan?

— Ko‘nglimni toliqtiradigan joylardan asta chekinadigan yoshdaman. Muhabbatni so‘zlardan ko‘ra amallarda izlaydigan yoshdaman. Ba’zi eshiklarni faqatgina ochish emas, yopish ham kerakligini o‘rgangan yoshdaman. Noto‘g‘ri joyda bo‘lishdan ko‘ra, to‘g‘ri joyda yolg‘iz qolishni afzal ko‘radigan yoshdaman.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
127
Modomiki, hech narsaga muhtoj bo‘lmagan Zot seni yuksaltirishda davom etar ekan, o‘zingga o‘xshagan, Rabbisiga muhtojlardan nega ranjiysan?!

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
122
Dunyo qanchalar keng bo‘lmasin, ba’zan Allahning huzuridan boshqa hech qayerga sig‘maysan.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
101
Qur’on hofizlari oilasida tug‘ilmagan bo‘lsam ham, Qur’on hofizlari oilasini barpo etishimdan umidvorman.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
165
Allahim, Sendan sevgingni, Seni sevganlarning sevgisini hamda Sening sevgingga eltadigan narsalar bilan amal qilishni so‘rayman. Allahim, sevgingni menga jonimdan, oilamdan va sovuq suvdan ham sevimli qil.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
115
Yillar o‘tgan sari shuni anglayapman, baxt bu sokin tonglar, o‘qish uchun kitoblar, tinch uy, yonimizda to‘g‘ri odamlar va shoshilinchsiz, osoyishta hayot ekan.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
127
O‘qi, ey sharq go‘zali. «Sharqdagi ayollar faqat xizmat qilish uchun tug‘ilgan, o‘qish uchun emas», deganlarning og‘ziga ilming bilan urish uchun ham o‘qi.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
129
Ularga tushuntirma, shunchaki ko‘rsat: bu hayotda yeb-ichish, kiyinish va uy ishlarini qoyillatib qilishdan ham muhimroq maqsadlaring borligini.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
113
Valla ben istiyorum ki, Allah’ı sevsin. En çok Allah’ı sevsin. Sonra bana gelip desin ki: «Sen bana Allah’ın emanetisin»

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
111
Allah bize doğru kişiyi sevmeyi ve onun tarafından sevilmeyi nasip etsin.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
101
Ota-Onang uchun duoni ko‘paytir, chunki Allah sen uchun ulardanda mehribonroq birini yaratmagan.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
126
U Zot meni hech ham adashtirmadi, doim kerakli manzillarda muqim qildi. Har bir ishi hikmatli. Illo, nafsim dunyo bilan chalg‘itadi.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
149
Ba'zan bo'lmagani, bo'lganidan ko'ra xayrliroqdir. Biz bilmaymiz, Allah biladi.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
118
Ey Rabbim! Xayolimga ham gunoh kirmasin. Menga pokiza zehn va pokiza qalb ber.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
124
Saviyali va dunyoqarashi to‘q insonni seving. Sababi, ko‘zi ochning qornini osh bilan, nafsi ochning qalbini muhabbat bilan to‘ydira olmaysiz.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
93
Inson iffatini asrasa, nasibasi ham uni asraydi. «Allahim menga hayrli bir qulingni juft o‘laroq nasib qilgin» deyishning eng go‘zal yo‘li o‘zining olamida ham hayrli bir qul bo‘lmoqdir.

ʙᴇʟɪᴇᴠᴇʀ
109