Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|🇺🇿
2.68K subscribers
58.8K photos
4.15K videos
32 files
13.3K links
Ushbu kanal ma'lumotlaridan foydalanilganida manba sifatida ko'rsatilishi shart!
Manba sifatida ko’rsatilmagan taqdirda davlatimiz qonunchiligiga asosan javobgarlikka tortiladi!
https://bekobodsh.uz/
Download Telegram
#sayyor_yig'ilish

⚡️Bugun erta tongdam Bekobod shahar hokimi N.Babayev hokimlik hovlisida sharimizdagi barcha okrug rahbarlari ishtirokida aholi bandligini ta'minlash, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, kuz-qish mavsumiha puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda energiya tejamkorligiga erishish maqsadida  korxona-tashkilotlar, aholi xonadonlariga quyosh panellarini ornatish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi to‘g‘risida kengaytirilgan sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kuz_qish_mavsumiga_puxta_tayyorgarlik

📚Bugun Bekobod shahar hokimi N.Babayev shahar hokimligi maydonida hokim o‘rinbosarlari,  sektor rahbarlari,  FVV shahar bo‘limi yong‘in havfsizligi bo‘linmasi,  kommunal xizmatlar tizimida faoliyat olib boruvchi korxona-tashkilot rahbarlari,  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, boshqaruv servis kompaniyalari hamda  mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida amaliy seminar-yig‘ilish o‘tkazdi. Bunda korxona-taskilot,  ta'lim muassasalari,  ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazish, elektroenergiya,  tabiiy gaz va ichimlik suvidan tejamkorlik bilan foydalanish,  obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlarida "Yashil makon"  umummilliy loyihasi doirasida ekilgan mevali va manzarali daraxtlarni muntazam parvarish qilib borish hamda kompleks masalalar tanqidiy tahlil qilinib,  amaliy ko‘rsatmalar berildi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#bekobod_shahar

”Bekobod yangiliklari, Новости Бекабада” gazetasining 2024 yil 13-sentabrdagi 33-sonida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasi rahbari M.M.Qo’zibayevning Parijdagi Paralimpiada o'yinlarida ishtirok etgan O'zbekiston delegasiyasi tarkibidagi sportchimiz Asadbek Toshtemirovni kotarinki ruhda kutib olinganligi to'g'risida “Shavkatli Temuriylar keldi, Boburiylar keldi!” rukni ostida maqolasi chop etildi.

🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahar
#profilaktika

Joriy yilning 13-sentabr kuni Bekobod shahar 8-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktab oʻquvchilari orasida Jinoyatchilik va Huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha Bekobod shahar IIB boshlig'i o'rinbosari va Milliy gvardiya Bekobod shahar bolalar bilan ishlash bo'limi inspektor psixologlari xamda maktab ma'muriyati bilam xamkorlikda o'quvchilarga oʻtkir tigʻli jismlar ularni turlari,sovuq qurol hisoblanadigan ashyolar va Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgrisidagi kodeksining 185-prim-2 moddasida nazarda tutilgan “Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish” huquqbuzarligi va ushbu huquqbuzarlik uchun javobgarlik haqida tushunchalar ularni salbiy xolatlari xaqida oʻquvchilarga tushunchalar berildi.


🌐 Web sayt 🌐 YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram