BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
197 subscribers
6.36K photos
1.17K videos
152 files
3.63K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Forwarded from Soliq qo‘mitasi
#lekin_bu_fakt

Xaridorlar chekini ro‘yxatdan o‘tkazib 16,5 mln keshbek to‘plagan "uddaburon kassir"

Fuqaro B.R aprel oyida 443 ta 1,8 mlrd so‘mlik cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazib 18 183 656 so‘m keshbek to‘plagan. Shundan, 1,6 mlrd so‘mlik 152 ta cheklar "AA" korxonasidan olingan bo‘lib, ularga 16 485 000 so‘mlik keshbek hisoblangan.

Buni qarangki, o‘rganish natijasida ushbu fuqaro "AA" korxonasida kassir lavozimida ishlashi ma'lum bo‘ldi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar shubhali bo‘lgani sababli hisoblangan 16 485 000 so‘mlik keshbek summalari bekor qilindi.

Ma'lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12-maydagi 255-son qaroriga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasi onlayn nazorat kassa texnikasi chekini soliq organlarining mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to‘g‘risidagi tasdig‘ini so‘rab olishga, xarid haqiqatda ushbu jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirganligi shubhali bo‘lgan taqdirda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram