BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
196 subscribers
6.53K photos
1.21K videos
156 files
3.74K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Qadrli yoshlar! Shoshiling, yoshlarforumi.uz platformasi orqali taklif va tashabbuslar 12-dekabr, soat 00:00 gacha qabul qilinadi! Eng yaxshi taklif egalari 18-25-dekabrda bo‘lib o‘tadigan «O‘zbekiston yoshlari forumi»ga taklif etiladi va ularga elektron tarzda taklifnoma yuboriladi. Sizda hali imkon bor!

Bizni kuzatib boring: 👉🏻 @yoshlarforumi
"Yosh kitobxon" tanlovi bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar:

• Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot 👈orqali yoki 1093 qisqa raqami orqali ro‘yxatdan o‘tiladi;

• Tanlovda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqing;

• Tanlov nizomini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin;

• Tanlovning saralash bosqichlari joriy yilning 14-16-dekabr kunlari barcha tuman(shahar)larda bo‘lib o‘tadi;

• "Yosh kitobxon" bo‘yicha barcha yangiliklarni @yoshkitobxonuz sahifasi orqali kuzatishingiz mumkin.

#savoljavob #1qism

Yosh kitobxon tanlovining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
TelegramInstagramFacebookYoutube
Bugun 12-dekabr 2021-yil, yak.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Xalqaro betaraflik kuni.
🇺🇳 BMT - Butunjahon sog'liqni saqlash ishlari bilan qamrab olish kuni.
🌏 Butunjahon xor san’ati kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇰🇪 Keniya - Mustaqillik kuni.
🇰🇬 Qirg'iziston - Milliy adabiyot kuni.
🇰🇿 Qozog'iston - Bojxona xodimlari kuni.
🇨🇭 Shveytsariya - Bayroq kuni.
🇺🇦 Ukraina - Quruqlik qo‘shinlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Konstitutsiya kuni.
🇭🇷 Xorvatiya - Harbiy havo kuchlari kuni.
🇹🇲 Turkmaniston - Betaraflik kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Ierogliflar kuni.

👉 VOQEALAR:

- 627 -  Nineviyadagi jang.
- 1408 - Sigizmund Ajdaho ordenini taʼsis etdi.
- 1787 - Pensilvaniya shtati AQSh konstitutsiyasini ratifikatsiya qildi.
- 1875 - Rossiyada regulyatorsiz yoysimon chiroq - elektr "sham" ixtiro qilindi
- 1911 - Hindiston poytaxti Kalkuttadan Dehliga koʻchirildi.
- 1911 - Buyuk Britaniyada stol tenisi assotsatsiyasiga asos solindi. 
- 1913 - Florensiyada „Mona Liza“ kartinasi topildi.
- 1925 - Rizo Pahlaviy rasman Eron shohi taxtiga o‘tirdi.
- 1936 - Chan Kayshi qoʻga olindi.
- 1939 - Finlyandiya armiyasi Tolvayarvi jangida Sovet qo'shinlarini mag'lub etdi.
- 1961 - AQShda dunyoda birinchi radio havaskor sun'iy yo'ldosh - OSCAR-1
orbitaga chiqarildi.
- 1963 - Keniya mustaqillikni qo‘lga kiritdi.
- 1979 - KPSS Markaziy Qo'mitasining Siyosiy byurosi Sovet qo'shinlarini Afg'onistonga yuborishga qaror qildi.
- 1993 - Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi loyihasi asosida referendum oʻtkazildi; Davlat Dumasiga deputatlar saylandi. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 2008 - Shveysariya Shengen zonasiga qo‘shildi.
- 2012 - Notr-Dam cherkovining 850 yilligi munosabati bilan tantanalar boshlandi (Notre Dam de Parij).

👉 TAVALLUDLAR:

- 1766 - Nikolay Karamzin (1826) - rus yozuvchisi, publitsist, tarixchi, Peterburg fanlar akademiyasining faxriy a'zosi.
- 1777 - Aleksandr I (1825) - Rossiya imperatori (1801–25).
- 1799 - Bryullov Karl (1852) - rus rassomi.
- 1821 - Gyustav Flober (1880) - fransuz realist yozuvchisi.
- 1863 - Edvard Munk (1944) - norveg rassomi, ekspressionizm asoschilaridan biri.
- 1905 - Mulk Raj Anand (2002) - hind yozuvchisi va jamoat arbobi. 
- 1909 - Hamid Olimjon (1944) - shodlik va baxt kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi.
- 1915 - Frank Sinatra (1998) - Amerikalik qo'shiqchi va aktyor.
@yoshlarovozi_new kanalidan olindi
- 1925 - Ahmad Shomlu (2000) - XX asr Eron adabiyotining zabardast shoirlaridan biri.
- 1928 - Chingiz Aytmatov (2008) - Sovet va qirg'iz yozuvchisi, davlat arbobi.
- 1932 - Karimov Naim - adabiyotshunos olim, jamoat arbobi, Ozbekiston Respublikasi fan arbobi (1996).
- 1941 - Vitaliy Solomin (2002) - sovet va rus kino va teatr aktyori, Rossiya xalq artisti.
- 1944 - Shavkat Solihov - kimyogar olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998).
- 1946 - Klara Novikova - sovet va rus qo'shiqchisi, aktrisa, Rossiya xalq artisti.
-1963 - Yulduz Usmonova - xonanda, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1982 - Dmitriy Tursunov - rossiyalik tennischi, Devis kubogi sovrindori.
- 1983 - Dilshod Mansurov - erkin kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi. "Oʻzbekiston iftixori" (2001). 
Manbaa: Shuhratjon Xasanov

BIZ BILAN QOLING!

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from my.gov.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi

“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–33-son, 09.12.2021-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga muvofiq, 2021-yil 10-dekabrdan:

daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;

dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qatʼiy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi;

subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;

fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi beriladi.

🔄 Shuningdek, farmonga ko‘ra, elektron onlayn-auksion g‘oliblariga yer uchastkasi qiymatining 30 foizini auksion yakunlangan kundan boshlab 5 ish kunidan kechiktirmay, qolgan qismini 12 oy davomida teng miqdorda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.

📌 2022-yil 1-yanvardan pudrat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qurilishi tugallanmagan, tom yopish ishlari bajarilgan ko‘p kvartirali uy-joylarni kredit taʼminoti sifatida garovga taqdim etishi mumkin.

➡️ 2023-yil 1-yanvargacha sement mahsuloti (TIF TN kodi 2523) va energiya tejamkor bazalt qoplamalari (TIF TN kodi 6806 1000 08) importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

🏘 Bundan tashqari, 2022-yilda xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 1 000 ta kvartira sotib olish choralari ko‘riladi.

🏦 Farmonga ko‘ra, 2022-yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun jami 43 mingta ipoteka kreditlari ajratiladi.

📲 @MyGovUz
Bugun 13-dekabr 2021-yil, dushanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Skripka kuni.
🇧🇷 Braziliya - Dengizchilar kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Nusantara kuni.
🇲🇹 Malta - Respublika kuni.
🇺🇦 Ukraina - Mehr-muruvvat kuni.
🇵🇱 Polsha - Harbiy holat qurbonlari xotirasi kuni.
🇱🇨 Sent-Lyusiya - Qayta tiklanish va olov festivali.
🇷🇺 Rossiya - Ayiqlar kuni.
🇨🇳 Xitoy - Nankin qirg‘ini qurbonlarini xotirlash kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1476 - Uilyam Kekston birinchi bo’lib tipografda kitob chop etdi.
- 1545 - Reformatsiyaga qarshilar Trent ibodatxonasida namoyishlar oʻtkazishdi.
- 1577 - Frensis Dreyk o'zining birinchi katta ekspeditsiyasiga jo'nadi.
- 1642 - Gollandiyalik dengizchi Abel Tasman yevropaliklar orasida birinchi bo'lib Yangi Zelandiyani kashf etdi.
- 1742 - Yelizaveta Petrovnaning buyrug'i bilan yahudiylarni zudlik bilan chet elga chiqarib yuborish va bundan buyon ularni Rossiyaga qo'ymaslik buyurilgan.
- 1864 - Paragvay Braziliya imperiyasiga urush e'lon qildi. Paragvay urushining boshlanishi.
- 1917 - Toshkentning eski shahar aholisi “ Muxtor Turkiston uchun” shiori ostida tinch namoyish o‘tkazdilar.
- 1937 - Nankin qirgʻini boshlandi.
- 1938 - Germaniyaning shimoli-g'arbiy qismidagi eng yirik kontslager - Neuengammening ochilishi.
- 1943 - Kalavritada qirg'in sodir bo'ldi, bir yarim minggacha odam halok bo'ldi.
- 1967 - AQShda Pioneer-8 kosmik kemasining parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
- 1971 - Moskvada "Omadli jentelmenlar" komediyasining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
- 1981 - Polshada harbiy holat joriy qilindi.
- 1989 - SSSRda Liberal - demokratik partiya tashkil topdi.
- 1996 - Kofi Annan BMT Bosh kotibi etib saylandi.
- 2003 - Tikrit (Iroq) shahri yaqinida Saddam Husayn asir olindi.
- 2006 - Xitoyda daryo delfinlari yoʻq boʻlib ketganligi aytildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1553 - Buyuk Genrix IV (1610) - Fransiya qiroli (1589-1610), Burbonlar sulolasining asoschisi.
- 1720 - Karlo Gotsi (1806) - italyan dramaturgi va yozuvchisi.
- 1797 - Genrix Geyne (1856) - nemis shoiri, publitsist, tanqidchi.
- 1816 - Verner fon Simens (1892) - nemis muhandisi, olim, ixtirochi, “Siemens” asoschisi.
- 1873 - Valeriy Bryusov (1924) - rus shoiri, nasr yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos.
- 1878 - Adriana Budevskaya (1955) - bolgar aktrisasi, Bolgariya xalq artisti.
(https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi kanalidan olindi deyishni unutmang)
- 1890 - Bertels Yevgeniy (1957) - sharqshunos olim, O'zbekiston FA a’zosi (1956).
- 1908 - Rostislav Plyatt (1989) - sovet kino va teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
- 1923 - Filipp Uorren Anderson (2020) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1977).
- 1930 - Nikolay Ribnikov (1990) - Sovet teatr va kino aktyori, RSFSR xalq artisti.
- 1947 - Rustambek Abdullayev - musiqashunos, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2002).
- 1961 - Ural Rahimov - Rossiyalik yirik tadbirkor, sobiq deputat, „Bashneft“ kompaniyasining sobiq rahbari, milliarder.
- 1984 - Santyago Kasorla Gonsales - ispan futbolchisi, Yevropa chempioni (2008, 2012).
- 1989 - Teylor Elison Svift - amerikalik pop-qoʻshiqchi, shoira, musiqachi va aktrisa.
Manbaa: Shuhratjon Xasanov blogi
BIZ BILAN QOLING!

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#Қишлоқни_яёв_кезганда #Қорахитой

"Ёшлар кундалиги" доимгидек "Қишлоқни яёв кезганда" лойиҳаси билан вилоятимизнинг машҳур қишлоқларини кезишда давом этади.

📌Ушбу лойиҳанинг аввалги қисмларида Бўстонлиқ ва Паркентнинг сўлим қишлоқларига бориб, қишлоқ одамларининг турмуш тарзи, маданияти ва урф-одатлари ҳақида ҳикоя қилган эдик.

🔺Бу гал Оҳангарон туманидаги машҳур Қорахтой қишлоғига сафар уюштирдик. Очиғини айтиш керак, кўрсатув зўр чиқди, қишлоқнинг меҳнаткаш инсонлари, таниқли тадбиркорлари, ёшлари билан суҳбатлашдик.

🔸Ва бизни Қорахтойнинг йигитлари қувиб ҳайдашди. Аввалига буни оддий ҳазил, деб ўйладик. Лекин, кейин билсак Мусиқа ва санъат мактаби директори, таниқли юморист Ҳасан Тоир "бу қишлоқ ҳақида фақат мен видео чиқараман, санларга бало борми", деган мазмунда атай буларни уюштирган экан.

💭Майли, бўлар иш бўлди. Биз ҳеч кимдан хафа эмасмиз. Карвон кўп, ризқи бўлак. Зотан, биз Ҳасан Тоирнинг нонини яримта қилгани бормагандик. Кўп мушоҳада қилиб кўргач, бўлиб ўтган воқеа ҳақида ИИБга мурожаат қилмасликка қарор қилдик. Ғоявий рақибларимиз алам ўтида куйиб кетсин, биз эса ўз йўлимизда давом этаверамиз.

📽Ютуб саҳифамизга видеонинг қисқа вариантини юкладик. "Лайк" ва "подписка" босиб қўйинглар. Эртага можаро аслида қандай бўлганини батафсил ёритамиз. Қорахтойнинг ажойиб кишилари, урушқоқ йигитлари ҳақидаги кўрсатув сизга ҳам ёқади, деган умиддамиз.

Видео бу ерда:

👉https://www.youtube.com/watch?v=iBVGRQ1JhNA
Диққат, сўровнома!

📌Хориж тилини билиш, ўрганиш - замон талаби, бугунги кун эҳтиёжи. Юртимизда ёшларнинг чет тилини ўзлаштиришига катта имкониятлар яратилган. Тилни яхши билган мутахассисларга имтиёзлар, рағбатлар берилмоқда.

⚡️"Ёшлар кундалиги" бу гал вилоятимиздаги хорижий тиллардан дарс берувчи энг зўр ёш ўқитувчилар иштирокида сўровнома ўтказади.

📌Қани ёшлар, сизнингча "Йилнинг энг яхши чет тили ўқитувчиси" ким? Овоз беринг.

Сўровнома эртага соат 16:00 гача давом этади.

⚠️Турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.

🎁Эслатиб ўтамиз, сўровномалар ғолиблари йил якунида тантанали тарзда тақдирланади.

Овоз беришда иштирок этиш учун ушбу каналга уланинг:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi muddati o‘zgardi❗️

Ko‘plab yoshlarning takliflarini inobatga olgan xolda arizalarni qabul qilish muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi.

“O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida butun mamlakat bo‘ylab keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilayotgan loyihalarda tanlovga ariza yuborgan yoshlarning aksariyati qatnashayotganligi, qolaversa yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida tanlovning saralash bosqichi 27-28-29–dekabr sanalariga ko‘chirganligini ma’lum qilamiz.

O‘ylaymizki bu vaqt yosh kitobxonlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim etadi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Bugun 14-dekabr 2021-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro maymunlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Alabama shtati kuni.
🏳️ Abxaziya - Lat fojeasi qurbonlari xotirasi kuni.
🇧🇩 Bangladesh - Qatl qilingan intellektuallar kuni.
🇲🇼 Malavi - Daraxt ekish kuni.
🇷🇺 Rossiya, Boshqirdiston - Boshqird tili kuni.
🇹🇲 Turkmaniston - Neft va gaz sanoati va geologiya sohasi xodimlari kuni.
🇺🇦 Ukraina - Chernobil avariyasi oqibatlarini tugatish ishtirokchilarini sharaflash kuni.

👉 VOQEALAR:

- 835 - Tan imperiyasida “Totli shudring fitnasi" muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
- 1542 - Mariya Styuart tugilganiga atigi 6 kun bo'lganida Shotlandiyaning qirolichasi deb elon qilindi.
- 1799 - AQShning birinchi yetakchisi Jorj Vashington hayotdan ko’z yumdi.
- 1896 - Glazgoda metropoliten ishga tushdi.
- 1900 - Kvant mexanikasi ta’limoti nashrdan chiqdi..
- 1911 - Amundsen Janubiy qutbga yetib bordi.
- 1913 - Gretsiya Krit orolini rasman anneksiya qildi.
- 1918 - Karl Fridrix Finlyandiya taxtidan voz kechdi.
- 1939 - SSSR Millatlar Ligasidan chiqarildi.
- 1942 - Toshkent yaqinida ANT-20 halokatga uchradi. 36 ta qurbon.
- 1943 - SSSR Davlat ("Stalin") madhiyasi Butunittifoq Kommunistik partiyasi (bolsheviklar) MK Siyosiy byurosi qarori bilan tasdiqlandi.
- 1955 - Avstriya, Albaniya, Bolgariya, Iordaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kambodja, Laos, Liviya, Nepal, Portugaliya, Ruminiya, Finlandiya, Seylon, Vengriya BMT ga qabul qilindi.
- 1960 - Istanbul bo’g’ozida yunon va Yugoslav neft tankerlari to’qnashib ketdi. Fojiada 52 kishi halok bo’ldi. Dengizga to’kilgan tonnalarcha neft 52 kun davomida yonib turdi.
- 1974 - Buxoroda Yak-40 samolyotining halokati. 7 ta qurbon.
- 1988 - Ispaniyada 24 soatlik ommaviy ish tashlash.
- 1990 - 1936-yildan O’zbekiston tarkibida bo’lgan Qoraqalpog’iston o’z davlat suverenitetini e’lon qildi.
- 1995 - Deyton kelishuvi imzolandi.
- 2004 - Dunyodagi eng baland transport ko‘prigi - Miyo Viadugi ochiodi.
- 2008 - Moskva va Sankt-Peterburgda "Dissidentlar marshi" bo'lib o'tdi.
- 2012 - Sandi-Xuk maktabidagi ommaviy qotillik.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1503 - Nostradamus (1566) - fransuz vrachi, olim, shoir, astrolog va bashoratchi.
- 1546 - Tixo Brage (1601) - daniyalik astronom, munajjim va Uyg'onish davri kimyogari.
- 1789 - Zinaida Volkonskaya - rus yozuvchi, shoira, adabiy salon bekasi.
- 1821 - Nikolay Sherbina (1869) - rus shoiri.
- 1895 - Ejen Emil Pol Grendel (1952) - fransuz shoiri. Vafotidan soʻng unga Xalqaro Tinchlik mukofoti berilgan (1953).
- 1895 - Georg VI (1952) - Buyuk Britaniyaning qiroli (1936-1952).
- 1909 - Edvard Tatum (1975) - amerikalik biokimyogar va genetik, Nobel mukofoti sohibi (1958).
- 1914 - Zoxidov Voxid (1983) - Adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist, O’zbekiston FA akademigi (1966). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964).
(https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi kanalidan olindi)
- 1922 - Nikolay Basov (2001) - sovet fizigi, akademik, Nobel mukofoti sohibi (1964).
- 1924 - Radj Kapur (1988) - mashhur hind aktyori, kinorejissyor.
- 1925 - Fayzullo Karomotov - san'atshunoslik fanlari doktori, professor, musiqashunos, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi.
- 1979 - Maykl Ouen - ingliz futbolchisi.
- 1984 - Jamila Abdullayeva - o‘zbek aktrisasi va modeli.
- 1988 - Vanessa Enn Hadjens - amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.
Manbaa: Shuhratjon Xasanov blogi
BIZ BILAN QOLING! https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
2021 йил 15 декабрдан Далварзин Касб хунар мактабида Иқтисодиёт Вазирлиги томонидан тадбиркорлик қилиш истагида бўлганлар учун 10 кунлик ўқиш бошланади ўқиш якунида сертификат берилади ушбу сертификат орқали 100 мл дан 300 мл гача кредит (МФЙлардаги хоким ёрдомчилари хулосаси) орқали ажратилади уқиш 12 00 да бошланади шошилинг имкониятдан фойдаланинг
Диққат, танлов!

Ёшлар ишлари агентлиги, “Ёшлар кундалиги” лойиҳаси, Тошкент вилояти Маданият бошқармаси ҳамда бир қатор ташкилотлар ҳамкорликда ЁШ ИҚТИДОР эгаларини кашф этишда давом этади.

Ёшларнинг иқтидорларини юзага чиқариш, замонавий ўзбек маданиятини кенг тарғиб этиш, устозлар ижодини келажак авлодларга етказиш мақсадида ташкил этилаётган кўрик-танлов 16-30 ёшгача бўлганлар ўртасида қуйидаги йўналишларда ўтказилади:

🎤Анъанавий хонандалик;
🎸Эстрада хонандалик йўналиши;
🪕Халқ чолғулари
🎼Beatbox

🔘 Юқорида келтирилган йўналишлардан бирини танлаб, 2 дақиқадан ошмаган видеолавҳа тайёрланг (видеолавҳа ҳажми 20 мбдан ошмаслиги шарт) ва
@Yoshlar_aloqada_bot га жўнатинг.

❗️Ижодий ишлар тажрибали ҳакамлар томонидан баҳоланади.

⚠️Эслатма: Кўрик-танловда ижро маҳорати, профессионал тайёргарлиги ва репертуар савияси юқорилиги ғолибликни таъминловчи бош омил бўлади.

Видеолавҳалар жорий йилнинг 17 декабрь соат 24:00гача қабул қилинади.

🎁Танлов ғолиблари Янги йил байрами арафасида тақдирланади.


Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Диққат, сўровнома!

📌Ҳеч нарса мамлакатни спортчалик тез дунёга танита олмайди. Тошкент вилоятидан ҳам юртимиз байроғини жаҳон ареналарида баланд тутган кўплаб маҳоратли спортчилар - чемпионлар етишиб чиққан ва жараён давом этмоқда. Ёшларнинг зафарли одимларида эса Болалар-ўсмирлар спорт мактабларининг ўз ўрни ва ҳиссаси бор.

⚡️Бугунги сўровномамиз вилоятда ўз ўрнига эга, намунали фаолият юритаётган Болалар-ўсмирлар спорт мактаблари раҳбарлари ўртасида ўтказилади.

📌Сизнингча, қайси мутасадди раҳбарлик қилаётган БЎСМ йилнинг энг яхшиси деган эътирофга лойиқ? Овоз беринг.

Сўровнома эртага соат 16:00 гача давом этади.

⚠️Турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.

🎁Эслатиб ўтамиз, сўровномалар ғолиблари йил якунида тантанали тарзда тақдирланади.

Овоз беришда иштирок этиш учун ушбу каналга уланинг:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Диққат, танлов!

Ёшлар ишлари агентлиги, “Ёшлар кундалиги” лойиҳаси, Тошкент вилояти Маданият бошқармаси ҳамда бир қатор ташкилотлар ҳамкорликда ЁШ ИҚТИДОР эгаларини кашф этишда давом этади.

Ёшларнинг иқтидорларини юзага чиқариш, замонавий ўзбек маданиятини кенг тарғиб этиш, устозлар ижодини келажак авлодларга етказиш мақсадида ташкил этилаётган кўрик-танлов 16-30 ёшгача бўлганлар ўртасида қуйидаги йўналишларда ўтказилади:

🎤Анъанавий хонандалик
🎸Эстрада хонандалик йўналиши
🪕Халқ чолғулари
🎼Beatbox

🔘 Юқорида келтирилган йўналишлардан бирини танлаб, 2 дақиқадан ошмаган видеолавҳа тайёрланг (видеолавҳа ҳажми 20 мбдан ошмаслиги шарт) ва
@Yoshlar_aloqada_bot га жўнатинг.

❗️Ижодий ишлар тажрибали ҳакамлар томонидан баҳоланади.

⚠️Эслатма: Кўрик-танловда ижро маҳорати, профессионал тайёргарлиги ва репертуар савияси юқорилиги ғолибликни таъминловчи бош омил бўлади.

Видеолавҳалар жорий йилнинг 17 декабрь куни соат 24:00гача қабул қилинади.

🎁Танлов ғолиблари Янги йил байрами арафасида тақдирланади.


Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Bugun 15-dekabr 2021-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Zamengof kuni (esperantochilar bayrami).
🌏 Xalqaro choy kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - “Huquqlar to‘g‘risidagi bill” kuni.
🇳🇱 Niderlandiya - Qirollik kuni.
🇷🇺 Rossiya - Harbiy havo kuchlarining radiotexnika qo‘shinlari tashkil etilgan kun.
🇰🇿 Qozog'iston - Energetika kuni.
🇺🇦 Ukraina - Sud xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Xizmat burchida halok bo'lgan jurnalistlarni xotirlash kuni.
🇬🇷 Gretsiya - NKVDning "Yunon operatsiyasi" qurbonlarini xotirlash kuni.
🇸🇿 Esvatini - “Inkvala” - birinchi meva bayrami.

👉 VOQEALAR:

- 1055 - Xalifa al-Qoimning rasmiy roziligi bilan To‘g‘rul bek boshchiligidagi saljuqiy turklar Bag‘dodga tantanali ravishda kirib keldilar.
- 1256 - Xulagu qo'shini Alamutga hujum boshladi.
- 1762 - Yekaterina II Rossiyaga yahudiylardan tashqari chet elliklar va qochib ketganlarning kirishiga ruxsat beruvchi manifestni imzoladi.
- 1791 - AQSh Konstitutsiyasiga dastlabki 10 ta tuzatish kirituvchi "Huquqlar to'g'risidagi" qonun kuchga kirdi.
- 1821 - “Fransiya geografiya jamiyati” tashkil topdi.
- 1875 - Jyul Vernning «Sirli orol» romani nashr etildi.
- 1899 - Kolenso yonidagi jang.
- 1905 - Sankt-Peterburgda Pushkin uyi tashkil etildi.
Kishinyovda Moldaviya Xalq Respublikasi (MXR) e’lon qilindi.
- 1923 - "Skoda" avtomobil kompaniyasining emblemasi ro'yxatga olindi.
- 1930 - Ispaniyada hukumatga qarshi harbiy to'ntarish muvaffaqiyatsiz tugadi.
- 1937 - NKVDning yunon operatsiyasining boshlanishi - Sovet Ittifoqi yunonlariga qarshi ommaviy qatag'onlar.
- 1939 - "Shamollarda qolgan hislarim" filmi premyerasi.
- 1941 - Xolokost: Drobiy Yarda minglab yahudiylar otib tashlandi.
- 1966 - Fransuz astronomi Oduen Dolfus Saturnning 10-yo‘ldoshini kashf qildi va unga Yanus nomini berdi.
- 1972 - BMT ning atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti (YUNEP) tashkil etilgan kun.
- 1976 - Mustaqil Samoa davlati BMTga qabul qilindi.
- 1989 - Ruminiyada inqilobning boshlanishi.
- 1990 - Qirg‘iziston SSR Oliy Soveti Qirg‘iziston suveriniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiyani qabul qildi.
- 2000 - Chernobil AESning 3-energetika bloki yopildi. Chernobil atom elektr stansiyasi butunlay tugatildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 37 - Neron (68) - qadimgi Rim imperatori (54-68).
- 1793 - Genrix Charlz Keri - amerikalik iqtisodchi.
- 1802 - Yanosh Boyyai (1860) - vengriyalik matematik, noyevklid geometriyaning kashshoflaridan biri.
- 1832 - Gyustav Eyfel (1932) - Eyfel minorasi, ko‘plab ko‘priklar va po‘lat konstruksiyalar ixtirochisi.
- 1852 - Antuan Anri Bekkerel (1908) - radioaktiv nurlanishni kashf etgan fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1903).
- 1859 -Lyudovik Lazar Zamenxof (1917) - polshalik shifokor va tilshunos, esperanto tilining yaratuvchisi.
- 1860 - Nils Ryuberg Finzen (1904) - farera va daniyalik fizioterapevt, Nobel mukofoti sohibi (1903).
- 1907 - Nikolay Nikitin (1973) - sovet arxitektori, Ostankino minorasi proekti muallifi.
- 1913 - Sodiqov Obid (1987) - kimyogar olim, jamoat arbobi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi (1960).
- 1916 - Uilkins Moris (2004) - ingliz biofizigi, London Qirollik jamiyati a'zosi (1959), Nobel mukofoti laureati (1962).

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi kanalidan olindi

- 1919 - Oke Seyfart (1998) - shved konkida uchish ustasi, Olimpiya chempioni (1948), jahon rekordchisi.
- 1921 - Nizomxo’jayev Jamol (1992) - opera xonandasi (bariton), O’zbekiston xalq artisti (1964).
- 1925 - Saodat Qobulova (2007) - opera xonandasi, ashulachi, O'zbekiston xalq artisti (1957), SSSR xalq artisti (1959).
- 1927 - Kommuna Ismailova (2003) - xonanda, O'zbekiston xalq artisti (1964).
- 1936 - Dadayev Qahramon - sozanda (doira), O‘zbekiston xalq artisti (1977).
- 1949 - Don Jonson - amerikalik aktyor va qo'shiqchi.
- 1950 - Boris Griyzlov - rus siyosat va davlat arbobi.
- 1952 - Andrey Razbash (2006) - rus televideniye boshlovchisi, rejissyor, prodyuser.
- 1971 - Shashmaz Muhammed Nedjati - turk aktyori.
Manbaa:
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#QQS #EHF

Ijaraga beruvchi tomonidan yetkazib beruvchilardan olingan elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari ijaraga beruvchilar tomonidan ijaraga oluvchilarga xarajatlarni qoplash EHFsi sifatida rasmiylashtiriladi (VM-489, Nizom).

Xarajatlarni qoplash turi bo'yicha EHF faqatgina quyida nomlari keltirilgan MXIK kodlari tanlanganida shakllantirish imkoni yaratilgan.

QQS bilan:
09901001001000000 – Suv taʼminoti xizmatlari;
09902001001000000 – Kanalizatsiya xizmatlari;
09904001001000000 – Chiqindilarni utilizatsiya qilish xizmatlari;
09905001001000000 – Elektr energiya xizmatlari;
09903001001000000 – Gaz taʼminoti xizmatlari;
09906001001000000 – Issiqlik energiyasi xizmatlari;
09907001001000000 – Shahar telefon aloqa xizmatlari;
09908001001000000 – Turar-joy binosining mol-mulkini saqlash uchun to‘lov;
09909001001000000 – Turar-joy bo‘lmagan binolarni saqlash uchun to‘lov.

QQS siz:
10713001001000000 – Kanalizatsiya xizmatlari tariflariga maxsus qo‘shimcha to‘lov;
10713002001000000 – Ichimlik suvi taʼminoti xizmatlari tariflariga maxsus qo‘shimcha to‘lov.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
"YANGI YIL ARCHASI" Zafar shaharchasidagi xiyobonda qad rostlamoqda...
 Bugun 16-dekabr 2021-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Balandlikarni zabt etish kuni.
🌏 Jahon ovozsizlik va jimlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇧🇭 Baxrayn - Milliy kun.
🇧🇩 Bangladesh - G‘alaba kuni.
🇿🇦 JAR - Kelishuv kuni.
🇰🇿 Qozog'iston - Mustaqillik kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kuni.
🇮🇷 Eron - Tadqiqotlar kuni.
🇬🇹 Gvatemala, Kuba, Meksika - “Las Posadas” festivali.
🇹🇭 Tailand - Sport kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1237 - Botuxon Ryazanni qamal qilishni boshladi.
- 1431 - Angliya qiroli Genrix VI Parijda Fransiya qiroli taxtiga o‘tirdi.
- 1598 - Imjin urushida Li Sunsin yapon flotini yakson qildi.
- 1631 - Vezuviy vulqoni otilishi.
- 1641 - Jiulio Mazarini Papa Urban VIII dan kardinal unvonini oldi.
- 1773 - "Boston choyxo‘rligi" nomi bilan tarixga kirgan Amerika mustamlakachilarining norozilik namoyishi.
- 1809 - Napoleon I Senatni Jozeffina Bogarnedan ajrashishi uchun ruxsat berishga majbur qildi.
- 1838 - Burlarning Nkome daryosi bo‘yida zuluslar bilan jangi (Qonli jang).
- 1880 - Birinchi Ingliz-Bur urushining boshlanishi.
- 1899 - "Milan" futbol klubi tashkil etildi.
- 1931 - "Romen" lo'li teatr - studiyasi professional teatr maqomini oldi.
- 1946 - Kristian Dior Parijda modalar uyini ochdi.
- 1948 - Kambodja mustaqilligi e’lon qilindi.
- 1986 - Almatida yoshlar namoyishlari.
- 1991 - Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
- 1992 - O'zbekiston Respublikasi Xalqaro Futbol Federatsiyasiga (FIFA) a'zo bo'ldi.
- 2002 - Ashxabadda O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirildi.
- 2011 - Janaozen (Qozog‘iston) shahridagi tartibsizliklar.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1770 - Lyudvig Van Betxoven (1827) - nemis bastakori, pianinochi, dirijyor.
- 1775 - Jeyn Osten (1817) - ingliz yozuvchisi.
- 1866 - Vasiliy Kandinskiy (1944) - rus rassomi, mavhum san'atning asoschilaridan biri.
- 1882 - Koday Zoltan (1967) - Venger kompozitori, pedagog, zamonaviy venger kompozitorlik maktabi asoschilaridan.
- 1883 - Maks Linder (1925) - fransuz komediyachisi, ssenariynavis va ovozsiz filmlar rejissyori.
- 1897 - Galina Benislavskaya - Sovet jurnalisti, Sergey Yeseninning do'sti va adabiy kotibi.
- 1928 - Erkli Malikboyeva - aktrisa, O`zbekiston xalq artisti.
- 1932 - Rodion Shchedrin - sovet va rus bastakori, pianinochi, o'qituvchi, SSSR xalq artisti.
- 1935 - Svetlana Drujinina - sovet va rus aktrisasi, rejissyor, ssenariynavis, Rossiya xalq artisti.
- 1946 - Benni Andersson - shved bastakori, musiqachi, prodyuser, ABBA guruhining a'zosi.
- 1948 - Yuriy Nikolaev - sovet va rus teleboshlovchisi, aktyor, Rossiya xalq artisti.
- 1956 Abdujabbor Abduvohidov - oʻzbek davlat arbobi, olim va diplomat, tarix fanlari nomzodi.
- 1964 - Salim Ashur - shoir.
- 1988 - Mats Xummels - nemis futbolchisi.
- 1997 Zara Mariya Larsson - shved qoʻshiqchisi.

BIZ BILAN QOLING!


https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talaba bo'lishga hali ham kech emas!

🌍 O'zbekistondan turib, xorijiy universitetlarda o'qishni istovchilar diqqatiga!

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Avstriyaning Krems AFU hamkorligidagi qo'shma ta'lim dasturiga 2022-o'quv yili uchun qishgi qabul boshlandi!

Qanday afzalliklari bor?
• Darslar ingliz tilida olib boriladi;
• Xorijiy professor-o'qituvchilardan ta'lim olasiz;
• 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyati!

Kimlarga mo’ljallangan?
▪️maktab va kollej bitiruvchilari;
▪️akademik litsey bitiruvchilari;

🎓 Ta'lim yo'nalishlari:
• Eksportga yo'naltirilgan menejment;
• Turizm va dam olish menejmenti.

📌Qabul ichki imtihon asosida o'tkaziladi. IELTS 4.5+ bo'lgan talabalar ingliz tili imtihonidan ozod qilinadi.

🤗 Biz sizlarni o'z talabalarimiz safida ko'rishdan mamnunmiz! Qabul uchun ushbu havola orqali hujjat topshirishingiz mumkin:

👉Ro'yxatdan o'tish

📞 +99890 393 90 99
📞 +99890 969 10 11
Reklama
#Бекобод_тумани

Қарор ва ижро

🏘Ўзбекистон Республикаси Президентининг Етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни давлат томонидан қўллаб-қувватлашнинг янги тизимини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисидаги 2021 йил 9 августдаги ПҚ-5216-сонли қарорига асосан, ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган Чирчиқ шаҳридаги 14-Меҳрибонлик уйида тарбияланган Бекобод туман фарзанди Юлдошев Диёрбекга туманнинг “Истиқлол” маҳалласида жойлашган кўп қаватли турар жойдан барча шароитларга эга бўлган хонадоннинг ордери ва калитини туман прокурори Д.Абдурахмонов, туман ҳокими ўринбосари Д.Мирзакулов топширилди.

✍️Бекобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати