BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
202 subscribers
6.52K photos
1.21K videos
156 files
3.74K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Бекобод туман ёшлари сиёсий жараёнда фаол иштирок этмокда.
Мен оила аъзоларим билан узим танлаган номзодга овоз бердим. Сизчи ?
#сайлов_2021

Тошкент вилояти ҳудудида ташкил этилган сайлов участкаларида сайловда биринчи маротаба иштирок этаётган ёшлар — ўзлари муносиб деб билган номзодга овоз бермоқда

Сиз-чи? 🤔

Yoshlar kundaligi
Каналга уланиш:
https://t.me/joinchat/ybNAkRBzr25kMWMy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#сайлов_2021

Ҳар бир танловимиз учун ўзимиз масъулмиз. Сиз ушбу танловга тайёрмисиз?

Yoshlar kundaligi
Каналга уланиш:
https://t.me/joinchat/ybNAkRBzr25kMWMy
#saylov2021
#kelajak_uchun_tanlov
103-saylov uchastkasida õz fuqarolik huquqlarimdan foydalanib õzim tanlagan munosib nomzodga ovoz berdim!!!
Bugun 24-oktabr 2021-yil, yakshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni.
🇺🇳 Butunjahon poliomiyelitga qarshi kurash kuni.
🇺🇳 Rivojlanish va taraqqiyot maqsadlarida jahon axborot kuni 

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston - Prezident saylovi kuni.
🇪🇬 Misr - Ommaviy qarshilik kuni, Suvaysh kuni.
🇵🇰 Pokiston - Ozod Kashmir kuni.
🇩🇪 Germaniya - Kutubxonalar kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Diplomatik xodimlar kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston - Halok bo‘lgan kosmik kashshoflarni xotirlash kuni.
🇨🇳 Xitoy - Dasturchilar kuni.
🇿🇲 Zambiya - Mustaqillik bayrami. 
🇷🇺 Rossiya - Halok bo‘lgan raketachilarni xotirlash kuni (1960, 1963).
🇷🇺 Rossiya - Maxsus qo‘shinlar kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1147 - Rekonkista: Lissabon xiristian ritsarlari tomonidan egallandi.
- 1648 - Vestfaliya sulhi: Oʻttiz yillik urush yakunlandi.
- 1658 - Molyer Lyudovik XIV bilan uchrashdi.
- 1929 - Qora payshanba - 1929-yilgi fond bozori inqirozining boshlanishi.
- 1935 - Moskvadagi Kreml minorasiga yulduz o'rnatildi.
- 1939 - neylon paypoqlar birinchi marta bozorga chiqarilib, xaridor ayollarning e'tiborini tortdi.
- 1945 - BMT ning Ustavini 51 ta davlat imzoladi.
- 1947 - Uolt Disney hibsga olindi.
- 1947 - musulmon ayirmachilari Hindistonning Kashmir viloyatini mustaqil davlat deb e'lon qilishdi.
- 1960 - Baykonur halokati (1960): Qitʻalararo ballistik raketa portlab ketdi.
- 1962 - SSSR AQShning Kubani qamal qilishiga qarshi norozilik bildirdi.
- 1963 - Baykonur kosmodromida R-9 raketa siloslaridan birida yong'in. 7 kishi halok bo'ldi.
- 1964 - Shimoliy Rodeziya mustaqilligini e'lon qildi va nomini Zambiya deb o'zgartirdi.
- 1969 - aktyor Richard Berton aktrisa Elizabet Teylorga 1 million dollarlik olmosli uzuk sovg'a qildi.
- 1977 - birinchi sovet keng flyuzajli Il-86 samolyoti sinov parvozini yakunladi.
- 1991 - Toshkent Agrosanoat birjasi tashkil etildi.
- 1995 - O’zbekiston tijorat Bank uyushmasi tashkil topdi.
- 1998 - Farg’ona viloyatida Ahmad Farg’oniy tavalludining 1200 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimlar bo’lib o’tdi.
- 2000 - Misrda Kleopatraning dastxati topildi.
- 2021 - O‘zbekistonda prezident saylovi kuni.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1546 - Tixo Brage (1601) - daniyalik astronom, munajjim va Uyg'onish davri alkimyogari.
- 1632 - Levenguk Antoni van (1723) - golland tabiatshunosi, ilmiy mikroskopiya asoschisi.
- 1775 - Bahodir Shoh II (18620 - Hindistondagi Boburiylar sulolasining oxirgi hukmdori.
1784 - Bove Osip Ivanovich (1834) - rus me'mori, Ampir namoyandasi.
- 1819 - Nikolay Xanikov (1878) - maxsus topshiriq bilan1841-42 yillarda Buxoro amirligiga yuborilgan rus geografi, sharqshunosi va diplomati. 
- 1862 - Daniel Swarovski (1956) - avstriyalik tadbirkor “Swarovski” billur imperiyasining asoschisi.
- 1880 - Abdulaziz ibn Abdurrahmon Al Faysal as-Saud (1953) - Saudiya Arabistoni qiroli (1932-53), u tuzgan markazlashgan davlat 1932-yildan Saudiya Arabistoni deb atala boshladi.
- 1895 - Aleksandr Frumkin (1976) - sovet fizik-kimyogari, akademik, elektrokimyoviy kinetika asoschisi.
- 1908 - Aleksey Isayev (1971) - rus konstruktori, aviatsiya va raketa dvigatellari mutaxassisi.
- 1911 - Raykin Arkadiy Isaakovich (1987) - aktyor, estrada artisti, SSSR Xalq artisti (1968).
- 1914 - Sergey Starodubsev (1967) - fizik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964).
- 1932 - Pyer Jill de Jenn (2007) - fransuz fizigi, Nobel mukofoti sovrindori (1991).
- 1941 - Mo'minov Ramizulla - fizik olim, O'zbekiston FA akademigi (2000).
- 1960 - Nikolay Petrov (2002) - sovet va rus gitarachisi, "Nautilus Pompilius" rok guruhining a'zosi.
- 1966 - Roman Abramovich - rus va isroillik tadbirkor, “Chelsea” futbol klubi egasi.
- 1973 - Vensan Kandela - fransuz futbolchisi, jahon chempioni (1998) va Yevropa chempioni (2000).
- 1985 - Ueyn Runi - ingliz futbolchisi, sardor va Angliya to'purari.
- 1987 - Charli Uayt - amerikalik figurali uchish (muz ustida raqs) ustasi, Olimpiya chempioni (2014), ikki karra jahon chempioni.

#saylovda_qatnashing
Bugun 25-oktabr 2021-yil, dushanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Xalqaro tinchlik uchun xotin-qizlar kurashi kuni.
🇪🇺 Yevropa fuqarolik odil sudlovi kuni.
🌏 Xalqaro maktab kutubxonalari kuni.
🌏 Butunjahon opera kuni.
🌏 Xalqaro rassomlar kuni.
🌏 Butunjahon makaron kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O'zbekiston - Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni.
🇬🇩 Grenada - Minnatdorchilik kuni.
🇱🇹 Litva - Konstitutsiya kuni.
🇷🇺 Rossiya - Bojxona kuni.
🇷🇺 Rossiya - Rossiya kabel sanoati xodimlari kuni.
🇧🇾 Belorussiya - Tegirmonchilar kuni.
🇳🇴, 🇸🇪, 🇫🇮 Skandinaviyada qish kuni. Bu bayram ba'zida “Qish tunlari” deb ham ataladi.
🇵🇼 Qozog'iston - Ijtimoiy ishchilar kuni.
🇷🇴 Ruminiya - Qurolli kuchlar kuni.
🇸🇮 Sloveniya - Suverenitet kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1415 - Yuz yillik urush: Azenkur jangida Fransiya magʻlub boʻldi.
- 1495 - Manuel I Portugaliya taxtiga o'tirdi.
- 1825 - AQShda Buyuk ko'llarni Gudzon daryosi orqali Nyu-York bilan bog'lovchi Eri kanali ochildi.
- 1854 - Qrim urushi: Yengil kavaleriya brigadasining hujumi.
- 1875 - Bostonda Pyotr Chaykovskiyning fortepiano uchun Birinchi kontserti premyerasi bo‘lib o‘tdi.
- 1900 - Angliya Janubiy Afrikadagi Transvaal (Burlar davlati) ni anneksiya qildi.
- 1944 - Leyte oroli yaqinidagi jang.
- 1955 - AQShning Tappan Company kompaniyasi birinchi mikroto'lqinli pechni namoyish qildi.
- 1971 - Xitoy Respublikasi BMTda Xitoy Xalq Respublikasi deb ataldi.
- 1990 - Vlad Listyevning "Mo''jizalar maydoni" kapital shousi boshlandi.
- 1991 - Andijon viloyat televideniesi tashkil etildi.
- 2001 - Microsoft Windows XP tizimi chiqarildi.
- 2003 - Mixail Xodorkovskiy qamoqqa olindi.
- 2009 - Bag'doddagi eng yirik teraktda 160 dan ortiq odam halok bo'ldi.
- 2020 - Ozarbayjon armiyasi Gubadli shahrini arman istilosidan ozod qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1623 - Ramo Jan Filipp (1764) - fransuz kompozitori va musiqashunos. Zamonaviy garmoniya nazariyasining asoschisi.
- 1825 - Shtraus Iogann-o’g’li (1899) - ommaviy raqs musiqasi va operetta janri ustasi, vals qiroli..
- 1827 - Bertelo - Fransuz kimyogari.
- 1864 - Toʻqtagʻul, Sotilgʻonov Toʻqtagʻul (1933) - qirgʻiz xalq oqini va bastakor, qirgʻiz adabiyoti asoschilaridan biri.
- 1865 - Pryanishnikov Dmitriy (1948) - rus agrokimyo asoschisi.
- 1881 - Pikasso Pablo (1973) - fransuz rassomi, jamoat arbobi, kelib chiqishi ispan.
- 1907 - Quddus Muhammadiy (1999) – bolalar shoiri, O'zbekiston xalq yozuvchisi (1982).
©yoshlarovozi_new kanalidan olindi
- 1908 - Maqsud Shayxzoda (1967) - shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog.
- 1912 - Abdullayev Lutfulla - rangtasvir ustasi, O’zbekiston xalq rassomi (1950).
- 1917 - Samig‘ Abdullayev (1998) - rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1975).
- 1918 - Rahimov Matyoqub (1993) - xonanda, (lirik - dramatik tenor) va aktyor, O'zbekiston xalq artisti (1967).
- 1927 - Ismoil Ibodov (1998) - xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980
- 1928 - Pirimqul Qodirov (2009) - yozuvchi, adabiyotshunos olim, O'zbekiston xalq yozuvchisi (1988).
- 1930 - Jabborov Jumaniyoz - O'zbekiston xalq shoiri (1977).
- 1984 - Keyti Perri - amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa.

Manbaa: Shuhratjon Xasanov blogi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga BEKOBODdan saylangan deputat Davron Aripov tabrigi
Forwarded from Xushnudbek.uz
Сайлов натижалари:

Шавкат Мирзиёев — 80,1%
Мақсуда Ворисова — 6,6%
Алишер Қодиров — 5,5%
Нарзулла Обломурадов — 4,1%
Баҳром Абдуҳалимов — 3,4%


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from my.gov.uz
👨‍🎓Талабалар учун талабгир қулайлик

💰Энди сиз ўз контракт пулингизни электрон тарзда тўлаш имкониятига эгасиз.

👨‍💻 Ушбу қулайлик Ягона интерактив давлат хизматлари порталида жорий этилган бўлиб, уни “Тўловлар” модулидан осон топасиз.

🏢 Янги тўлов имконияти «Олий таълим муассасаларида давлат таълим тўловлари» номи билан қайд этилган.

👉 Хизматдан фойдаланиш учун қуйидаги ҳаволага ўтинг: https://my.gov.uz/uz/e-pay
Forwarded from my.gov.uz
​​🔴 Эслатма! 1 январдан аҳолидан талаб қилинмайдиган маълумот ва ҳужжатлар рўйхати

📝 2022 йил 1 январдан бошлаб давлат органлари, хўжалик бирлашмалари, маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари ва давлат ташкилотларининг аҳоли, шу жумладан, тадбиркорлик субъектларидан қуйидаги маълумот ва ҳужжатларни сўраши бекор қилинади:

▪️тадбиркорлик субъекти давлат рўйхатидан ўтказилганлиги тўғрисидаги гувоҳнома маълумотлари;
▪️лицензия, рухсат этиш хусусиятига эга ҳужжатлар ва хабарномалар қабул қилинганлиги тўғрисида тасдиқнома мавжудлиги;
▪️ давлат божи, йиғимлар ва бошқа тўловлар тўланганлиги;
▪️қимматли қоғозларга эгалиги, қимматли қоғозлар билан операциялар амалга оширилганлиги, дивидендлар олинганлиги;
▪️кам таъминланган оила ёки оила аъзоси сифатида рўйхатга олинганлиги;
▪️жисмоний шахслар томонидан алиментлар тўланганлиги ва олинганлиги;
▪️олий маълумот тўғрисидаги диплом маълумотлари;
▪️жисмоний шахс томонидан ўрта махсус, профессионал (касб-ҳунар) таълим муассасаси тугатилганлиги;
▪️жисмоний шахс томонидан умумий ўрта таълим муассасаси (11-синф негизида) тугатилганлиги;
▪️фуқаро «Ёшлар дафтари» ёки «Аёллар дафтари»да мавжудлиги;
▪️ ўзини ўзи банд қилган шахслар тўғрисида маълумотлар;
▪️олий таълим муассасаларига ўқишга кириш учун имтиёзга эга бўлган абитуриентларнинг имтиёз ҳуқуқини тасдиқловчи ҳужжат тўғрисида маълумотлар;
▪️молиявий ҳисоботлар нусхалари;
▪️жисмоний шахсларнинг охирги 12 ойдаги иш ҳақини тасдиқловчи маълумотномалар;
▪️ижтимоий нафақа ва пенсиялар тўланганлиги тўғрисидаги маълумотномалар.

💁🏻‍♂️ Бунда, давлат органи ва ташкилотлари жисмоний шахсларга давлат хизматларини кўрсатиш, ишга қабул қилиш жараёни ва бошқа маъмурий тартиб-таомилларни амалга оширишда рўйхатда келтирилган ҳужжат ва маълумотларни Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 24 июлдаги ПФ-6269-сон Фармонинг 4-иловасида белгиланган масъул давлат органлари ва ташкилотларидан мустақил равишда – «Электрон ҳукумат» тизими идоралараро интеграциялашув платформаси орқали сўраб олади.

👨🏻‍💻 Ҳозирги кунда Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги ахборот хавфсизлиги талабларига риоя этган ҳолда вазирлик ва идоралар билан биргаликда 2022 йил 1 январга қадар идоравий ахборот тизимлари, ресурслари ва маълумотлар базаларида мавжуд бўлган ахборот ва маълумотларнинг «Электрон ҳукумат» тизими идоралараро интеграциялашув платформасига интеграция қилиш ишларини олиб бормоқда.

👉@MyGovUz