BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
199 subscribers
6.46K photos
1.19K videos
153 files
3.68K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Yurtimizni “Yashil makon”ga aylantiramiz!

⚡️Kuni kecha Bekobod tumanida Yoshlar ishlari agentligi Bekobod tumani bo'limi va mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan birga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 1000 tup daraxt ko’chatlari ekilib Yoshlar bog'i yaratildi .

🤝Aziz yoshlar, Siz ham borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etishda faol ishtirok eting!

▶️Batafsil lavhamizda👆

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Bilimli yoshlar endi bir oyda 1 mln so‘m qo‘lga kiritishlari mumkin!

Yoshlar ishlari agentligi va “Mening yurtim” telekanali hamkorligidagi “Mavzu” onlayn olimpiadasini taqdim etadi. Endilikda fanlar kesimida – matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan @mavzubot Telegram botida onlayn olimpiadada ishtirok etish mumkin.

Olimpiadaning birinchi mavsumi 2-apreldan 30-aprelga qadar o‘tkaziladi. Bunda ishtirok etishni istagan barcha @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tadilar va o‘zlariga mos fonni tanlaydilar. Bitta ishtirokchi bir mavsumda faqatgina bitta fanni tanlashi va shunda ishtirok etib, g‘olib bo‘lishi mumkin.

Har bir mavsum 4 ta turdan iborat bo‘lib, har dushanba kuni soat 00:00 da yangi tur savollari @mavzubot Telegram botida avtomatik e’lon qilinadi va bu shu haftaning yakshanba kuni soat 23:59 gacha faol bo‘ladi. Ya’ni hafta davomida ishtirokchilar o‘zlariga qulay paytda test ishlashlari imkoni bor.

Har bir ishtirokchi bitta fanni tanlagach bir oy davomida (4 ta turda) aynan shu fandan taqdim etilgan testlarni ishlaydilar va ball yig‘ib boradilar, oy oxirida natijasi eng yuqori bo‘lgan ishtirokchilar, ya’ni har bir fandan 5 tagacha g‘oliblar aniqlanadi va ularning har biriga 1 mln so‘mdan mukofot beriladi.

Barcha yoshlarga omad tilaymiz. Olimpiadaning 1-turida hoziroq @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishni boshlang!

@alisher_sadullaev
#Ozbekobod_MFY
#Besh_tashabbus
#shaxmat_shashka

🖐 Shashka va shaxmat musobaqalariga start berildi

O'zbekobod mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shashka va shaxmat musobaqasining mahalla bosqichi o‘tkazildi.

🏆Ushbu musobaqalarda o‘g‘il -qizlarimiz qatnashib, g‘olib bo‘lgan yoshlar sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

📝 Eslatib o’tamiz, “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etish uchun, loyihalar o‘tkaziladigan kunning o’zida ham
5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Bekobod tumanida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida "Yoshlar ovozi" tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

🎤 Bu bosqich tumandagi
4 ta sektor g‘oliblari o‘rtasida o‘tkazildi va 10-15, 16-22 va 23-30 yosh toifasida
🪕baxshichilik,
🪈an’anaviy ijro,
🎼opera va estrada
yo'nalishida o‘z iqtidorlarini namoyon qilishdi. Gʻoliblar tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi
.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#trend

Tanlovda qatnashish mumkin, o’tkazvorish mumkinmas!

30 yoshdan kichiklarga mumkin, kattalarga mumkinmas;
20-maygacha yuborish mumkin, undan keyin mumkinmas.

Ushbu videoda “Yoshlar ovozi” tahririyatining umumiy sovrin jamg‘armasi 60 million so‘mlik tanlovi haqida barcha savollaringizga javob topasiz.

📝 Tanlovda qatnashish uchun ijodiy ishlaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yuboring.

Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/8944

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Forwarded from Muslim.uz
🌙 РАМАЗОН ҲАЙИТИ ТЎҒРИСИДА

🌐Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар Кенгашининг навбатдаги онлайн мажлиси бўлиб ўтди. Унда Рамазон ҳайитини кўтаринки руҳда ўтказишга оид кун тартибидаги бир қатор масалалар муҳокама қилинди.

💬Йиғилишда уламолар ва соҳа мутахассислари томонидан Рамазон ҳайити қайси кунга тўғри келиши ва ҳижрий 1445 йил Шаввол ойи ҳилолини кузатиш бўйича қилинаётган ишлар ҳамда фалакий ҳисоб-китоблар атрофлича таҳлил қилинди.

🔭 Шунингдек, дунёдаги йирик фатво идоралари ва нуфузли астрономия институтлари ахборотлари батафсил кўриб чиқилди. Туркий давлатлар диний идоралари масъуллари билан ҳам ушбу масала кенг муҳокама қилинди.

🗣Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар Кенгаши фиқҳий қоидалар, фалакий ҳисоб-китоблар ва астрономик кузатишларга таянган ҳолда жорий йилда диёримизда Рамазон ҳайити 2024 йил 10 апрель, чоршанба кунига тўғри келиши кутилаётганини маълум қилди.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
#Ramazon #hayit
MUSLIM.UZ GA 😎 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM