BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
193 subscribers
6.39K photos
1.18K videos
152 files
3.64K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Ижтимоий_акция

Пенсия ёшига тўлган педагог кадрлар навбатдаги аттестацияга жалб этилмайди, аттестациядан ўтганлик муддати тугашидан қатъи назар уларнинг амалдаги малака тоифаси (лавозими) сақлаб қолинади ҳамда мазкур малака тоифаси (лавозими) бўйича уларга ҳақ тўланади.

❗️Шунингдек, навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган ходимлар рўйхати билан низомнинг 6-бандида батафсил танишишингиз мумкин.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Forwarded from Соғлом ҳаёт
📍Очлик - мўъжиза яратади

🌀1 кунлик очликка асосланган илмий иши учун япон олими Ёшинори Оҳсуми Нобел мукофотини олган. У очлик вақтида ҳужайралар ўзида тўплайдиган қолдиқ моддаларни парчалашини исботлаган.

✔️ Қисқа вақт давом этадиган очлик организм захирасини фаоллаштиради ва қариш жараёнида терида йиғиладиган пигментлар, эскирган ҳужайралар парчаланишни бошлайди. Парчаланган қисмларнинг оқсил заррачаларидан янги ҳужайралар пайдо бўлади.

🔷 Очлик даврида организмда яллиғланишни фаоллаштирадиган медиаторлар камаяди. Юздаги ҳуснбузар, псориаз, аллергия каби касалликлар кескин қисқаради.

🚨Онкологик ҳужайралар одам организмида доим мавжуд. Улар кун давомида пайдо бўлади ва йўқолади. Бундай ҳужайраларнинг парчаланиши очлик давомида жадаллашади.

🟣 Очлик даврида нерв тўқималарининг ўсиш фактори ажралади. Нерв ҳужайралари тармоқланишни бошлайди. Яъни нерв тўқималари ўсади. Нерв ҳужайрасининг бошқа ҳужайралар билан алоқалари кўпаяди.

👉 Батафсил

👨‍⚕️«Соғлом ҳаёт» каналига аъзо бўлинг
Bugun 6-aprel 2022-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Tinchlik va ezgulikni rivojlantirish yo’lida Xalqaro sport kuni.
🌎 Butunjahon stol tennisi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇿🇦 JAR - Asoschilar kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Baliqchilar kuni.
🇰🇮 Kiribati - Sog‘liq kuni.
🇵🇱 Polsha - Milliy xavfsizlik agentligi kuni.
🇷🇺 Rossiya - Tergov idoralari xodimlari kuni.
🇰🇬 Qirg'iziston - Jismoniy tarbiya va sport xodimlari kuni.
🇹🇭 Tailand - Chakri sulolasi kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1199 - Fransiya bilan urushda ingliz qiroli Richard Sheryurak halok bo‘ldi.
- 1327 - Franchekco Petrarka oʻz ilhom parisini uchratdi.
- 1362 - Yuz yillik urush: Brinye jangi.
- 1384 - Portugaliya qirolliklar davri: Atoleyrush jangi portugal qo'shinlarining g'alabasi bilan yakunlandi.
- 1580 - Britaniyada yer silkinishi ba'zi London ibodatxonalarini, shu jumladan eski Avliyo Pavel soborini vayron qildi.
- 1652 - Jan van Ribek Keyptaunga asos soldi.
- 1712 - Nyu-Yorkda qullar qo‘zg‘oloni boshlandi.
- 1748 - Pompey (Italiya) xarobalari topildi.
- 1793 - Fransiyada jamoat xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etildi.
- 1814 - Fransiyada Burbonlar sulolasi qayta tiklandi.
- 1818 - Parijda baron Karl Drez ilk bor ikki g‘ildirakli velosipedni namoyish qildi.
- 1897 - Zanzibarda qullik taqiqlandi.
- 1899 - Moskvada birinchi elektr tramvay ishga tushirildi.
- 1903 - Kishinyov qirg‘ini boshlandi.
- 1909 - Rossiya va Turkiya o‘rtasida Bolgariya mustaqilligi to‘g‘risida bitim imzolandi.
- 1917 - AQSH Birinchi jahon urushiga kirdi.
- 1924 - Italiyadagi saylovlarda fashistlar mutlaq g'alaba qozondi.
- 1930 - SSSR MIK ning farmoni bilan “Lenin” ordeni va “Qizil Yulduz” ordeni ta'sis etildi.
- 1938 - Kimyogar Roy Plunkett politetrafloroetilen yoki teflonni kashf etdi.
-1945 - Koenigsberg operatsiyasi boshlandi.
- 1965 - AQShda geostatsionar orbitada ishlaydigan dunyodagi birinchi tijorat aloqa sun'iy yo'ldoshi - "Early Bird" uchirildi.
- 1984 - Kokos orollari aholisi Avstraliyaga to'liq qo'shilish uchun ovoz berdi.
- 1985 - Amerikalik Uilyam Shryoder sun’iy yurak bilan kasalxonadan chiqarilgan birinchi odam bo‘ldi.
- 1994 - Ruanda va Uganda prezidentlarining aviahalokati: Ruandadagi genotsidning boshlanishi.
- 1999 - Aleksisda (Yugoslaviya) NATO bombalari tufayli tinch aholi kvartali vayron bo'ldi.
- 2010 - Qirg'izistonda davlat to'ntarishining boshlanishi. Aprel voqealari. Sababi: Qurmanbek Bakiyev rejimining qarindosh-urug‘chilik boshqaruvi.
- 2012 - Azavad o‘z mustaqilligini e’lon qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1483 - Rafael Santi (1520) - mashhur Italiyalik rassom va me'mor. (26 yoki 28-mart ham bo‘lishi mumkin)
- 1671 - Jan-Batist Russo (1741) - taniqli fransuz hajvchi-shoiri.
- 1810 - Filip Genri Gosse (1888) - ingliz tabiatshunosi, akvarium ixtirochisi.
- 1812 - Aleksandr Gertsen (1870) - rus jamoat arbobi va yozuvchisi, faylasuf, inqilobchi.
- 1836 - Nikolay Sklifosovskiy (1904) - rus shifokori, jarroh, professor, pedagog.
- 1892 - Donald Uills Duglas (kattasi) (1981) - amerikalik aviamuhandis, yo‘lovchi, yuk va harbiy samolyotlar quruvchisi.
- 1911 - Feodor Feliks Konrad Linen (1979) - nemis biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1964).
- 1928 - Jeyms Uatson (1928) - amerakalik biokimyogar, molekulyar biologiya asoschilaridan, Nobel mukofoti sohibi (1962).
- 1969 - Pol Rad - amerikalik aktyor, komediyachi, ssenariy muallifi va film prodyusseri.
- 1973 - Rumiana Neykova - bolgariyalik eshkak eshuvchi, Olimpiya chempioni (2008).
- 1975 - Otabek Murodov - Oʻzbekiston Respublikasi 5-Bosh prokurori (2018-2019).
- 1975 - Zak Braff - amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariy muallifi, produsyer.
- 1978 - Tatyana Naynik - rossiyalik qoʻshiqchi, aktrisa, model va produser.
- 1987 - Nilufar Usmonova - oʻzbek qoʻshiqchisi vaaktrisasi.
- 1992 - Asal Shodiyeva - oʻzbek kino aktrisasi va qoʻshiqchisi.
- 1998 - Peyton Roy List - amerikalik aktrisa.
Manbaa: Shuhratjon Xasanov blogi
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati (Мамадалиев Акрам)
ДХХ раиси кубоги учун туман саралаш босқичи давом этмоқда

⚡️Ёшлар қудрати давлатимизнинг эртанги куни, янги Ўзбекистонимизнинг пойдевори саналади. Зеро, уларнинг соғлом ва комил инсон бўлиб вояга етишлари мамлакат истиқболини белгилаб беради.

⚽️Бугун футбол туманимизнинг барча маҳаллаларида ўтказилмоқда, жумладан Янгибозор ҳамда Зиёли маҳалласидаги 16-30 ёш оралиғидаги ёшлар ўртасида бўлиб, ДХХ раиси кубоги учун ўзаро бахслар қизғин даражада давом этиб, 4:3 ҳисоби билан янгибозорлик ёшлар ғалаба қозонди.
Шунингдек, “Энг яхши ўйинчи”, “Энг яхши тўп урар”, “Энг яхши дарвозабон” ва “Энг яхши мураббий” номинациялари бўйича ғолиблар ҳам аниқланади.

💠Таъкидлаш лозимки, ДХХ кубогини ўтказишдан кўзланган мақсад ёшлар орасида спортни оммалаштириш ва соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, шунингдек, уларни ватанга садоқат руҳида тарбиялашдан иборатдир.

✍️Бекобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Bugun 7-aprel 2022-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Ruanda genotsidi qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni.
🇺🇳 Butun jahon sog'liqni saqlash kuni.
🦫 Xalqaro qunduzlar kuni.
🏈 Regbining tug'ilgan kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇲 Armaniston – Onalik va go‘zallik kuni.
🇨🇿 Chexiya - Ma’rfat kuni.
🇯🇴 Iordaniya - Muhandislar kuni.
🇲🇿 Mozambik – Ayollar kuni.
🇷🇺 Rossiya - Halok bo‘lgan suvosti dengizchilarini xotirlash kuni.
🇷🇺 Rossiya - Internet segmentiga asos solingan kun.
🇷🇼 Ruanda - Genotsidni xotirlab milliy motam kuni.
🇺🇸 AQSh, Nyu-York shtati - Verassano kuni.
🇰🇬 Qirg'iziston - Aprel inqilobi kuni.
🇰🇷 Janubiy Koreya - O‘qitvchilar va murabbiylar kuni.
🇸🇮 Sloveniya - Bayroq kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1311- Voplavka jangi.
- 1348 - Pragada Karlov universiteti tashkil topdi.
- 1789 - Salim III Usmonli imperiyasining sultoni bo‘ldi.
- 1795 - Metr va kilogramm Fransiyada oʻlchov birligi sifatida qabul qilindi.
- 1805 - Venada Lyudvig van Betxovenning Uchinchi simfoniyasining premyerasi bo'lib o'tdi.
- 1823 - Fernando VII ning monarxiya rejimini tiklash uchun Ispaniyada fransuz qurolli aralashuvi boshlandi.
- 1826 - Myunxendagi Pinakotek binosi qurildi.
- 1827 - Angliyalik farmatsevt Jon Uoker o‘zi ilgari ixtiro qilgan oltingugurtli gugurtlarni sotuvga chiqardi.
- 1831 - Pedro II otasi Pedro I taxtdan voz kechganidan keyin Braziliya imperatori bo'ldi.
- 1926 - Italiya diktatori Mussoliniga suiqasd uyushtirildi.
- 1939 - Fashistlar Italiyasining Albaniyaga hujumi.
- 1948 - Butunjahon sog‘likni saqlash tashkilotining nizomi kuchga kirdi. Bugungi kunda bu kun Butunjahon sog‘liqni saqlash kuni sifatida nishonlanadi.
- 1957 - Nyu-Yorkdagi oxirgi trolleybusning so‘nggi safari amalga oshirildi.
- 1964 - IBM afsonaviy System/360 ni ishlab chiqardi.
- 1994 - .ru domeni ishga tushdi.
- 1994 - Ruandada genotsidning boshlanishi.
- 1999 - Toshkent Islom universiteti tashkil topdi.
- 2003 - Iroq urushi: AQSh qo‘shinlari Bagʻdodni egallashdi.
- 2010 - Qirg‘izistonda ikkinchi inqilob.
- 2014 - DXRning e'lon qilinishi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1613 - Gerard Dou (1675) - gollandiyalik portretchi rassom, Rembrandtning shogirdi.
- 1730 - Gubert Paskal Amelon (1811) - fransuz kutubxonachi olimi, tarixchi va misrshunos.
- 1899 - Gabriyela Mistral (1957) - chililik shoira, Nobel mukofoti sohibasi (1945).
- 1908 - Mixail Somov (1973) -
okeanolog, qutb tadqiqotchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1951).
- 1926 - Otaxonov Ochilxon - xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (1992).
- 1939 - Frensis Koppola - Amerikalik rejissyor, ssenariynavis, prodyuser, biznesmen.
- 1944 - Gerxard Shryoder - nemis siyosatchisi, Germaniya federal kansleri (1998-2005).
- 1946 - Mark Rudinshteyn - kino prodyuseri, kinofestivallar tashkilotchisi.
- 1949 - Valentina Matviyenko - Sovet va Rossiya davlat arbobi, siyosatchi, diplomat.
- 1954 - Chan Kong-sang - Jeki Chan nomi bilan tanilgan gongkonglik aktyor, kinorejissyor, produser, ssenariychi va qoʻshiqchi.
- 1959 - Chingiz Abdullayev - ozarbayjon yozuvchisi.
- 1962 - Mixail Krug (2002) - sovet va rossiyalik qo‘shiqchi, shoir va bard.
- 1964 - Rassel Krou - avstraliyalik kinoaktyor, rejissyor.
- 1977 - Shermatov Sherzod - Oʻzbekiston davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri (2018-2021), Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri (2021-yildan).
- 1983 - Frank Riberi - fransuz futbolchisi.
- 1989 - Teddi Riner - fransuz dzyudochisi, ikki karra Olimpiya chempioni (2012, 2016), ko'p karra jahon va Yevropa chempioni.
Manbaa: Shuhratjon Xasanov blogi
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mahalla yoshlari oʻrtasida ilk marotaba “Besh tashabbus” olimpiadasi boshlanmoqda!

Joriy yilning aprel, may, iyun oylarida “Yoshlar ovozi”, “Yosh kitobxon oila”, “Mushoira”, “Zukko kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar” respublika tanlovlari; yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan mini-futbol, futbol, voleybol, yengil atletika, streetball, shaxmat, shashka, stol tennisi va street workout boʻyicha respublika sport musobaqalari; kibersport musobaqasi hamda “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkaziladi!

Gʻoliblar 30-iyun — Yoshlar kuni arafasida munosib taqdirlanadilar! Roʻyxatdan oʻtish uchun: @beshtashabbusbot. Oʻz iqtidor va iste’dodingizni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat!

Telegram
sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati (Мамадалиев Акрам)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ДХХ раиси кубоги учун туман саралаш босқичи давом этмоқда

⚡️Ёшлар қудрати давлатимизнинг эртанги куни, янги Ўзбекистонимизнинг пойдевори саналади. Зеро, уларнинг соғлом ва комил инсон бўлиб вояга етишлари мамлакат истиқболини белгилаб беради.

⚽️Бугун футбол туманимизнинг барча маҳаллаларида ўтказилмоқда, Шу ўринда барча гурухларда бринчи тур баҳслари якунига етказилди.

🏵Шунингдек, “Энг яхши ўйинчи”, “Энг яхши тўп урар”, “Энг яхши дарвозабон” ва “Энг яхши мураббий” номинациялари бўйича ғолиблар ҳам аниқланади.

💠Таъкидлаш лозимки, ДХХ кубогини ўтказишдан кўзланган мақсад ёшлар орасида спортни оммалаштириш ва соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, шунингдек, уларни ватанга садоқат руҳида тарбиялашдан иборатдир.

✍️Бекобод тумани Ёшлар ишлари агентлиги
#LIVE

Миразиз Мирсултонов:

- Келгуси ҳафтада маъмурий жиҳатдан катта бўлган 403 та маҳалланинг етакчиларига велосипедлар тарқатилади. Ушбу велосипедлар учун  вилоят ҳокимлигидан 806 млн. сўм маблағ ажратилган.

Бу ҳақда айни дамда Ёшлар марказида Ёшлар ишлари агентлиги Тошкент вилояти бошқармаси фаолиятининг 1-чорак якунларига бағишланиб ўтказилаётган матбуот анжуманида айтиб ўтилди.

Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Forwarded from Baxrom Soxibovich
#Yoshlar_ovozi

🎼Bekobod tumani Guliston mfy Madaniyat markazida
🎤,,YOSHLAR OVOZI" BO'ZATO'V FEST tanlovining sektor bosqichiga start berildi. Tanlov Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi va Madaniyat bo'limi hamkorligida tashkillashtirildi. Tanlovda g'olib bo'lgan ishtirokchilarga Bekobod tumani hokimi o'rinbosari
D. Mirzakulov tomonidan munosib taqdirlanishdi va tuman bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Bekobod tumani Yoshlar ishlari agentligi

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from Xushnudbek.uz
‼️“Ташаббусли бюджет”да 2 мингдан ортиқ овоз олган барча лойиҳа ғолиб деб топилди

Президентнинг тегишли қарорига (ПҚ-197, 07.04.2022й) мувофиқ, 2022 йилнинг февраль-март ойлари давомида ўтказилган ташаббусли бюджет жараёнларида фуқароларимизнинг фаол иштирокини инобатга олган ҳолда ҳар бири 2 мингдан ортиқ овоз тўплаган, лекин ғолиб деб топилмаган 139 та лойиҳаларни амалга ошириш учун қўшимча равишда республика бюджетидан 85,4 млрд сўм маблағ ажратилиши белгиланди. Бу ҳақда @uzauz хабар бермоқда.

Эслатиб ўтамиз, яқинда эълон қилинган натижаларга кўра, 2215 та ташаббус ғолиб деб топилган ва умумий бюджет 1,1 трлн сўмни ташкил қилганди. Энди улар сафига яна 139 та ташаббус ҳам қўшилади.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun 8-aprel 2022-yil, juma.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro lo‘lilar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇳🇱 Niderlandiya - Muzeylar bayrami.
🇰🇬 Qirg'iziston - Giyohvand moddalarni nazorat qilish idorasi xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Rossiya animatsiyasi kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇧🇾 Belorussiya - Harbiy komissariat xodimlari kuni.
🇹🇭 Tailand - Mudofaa vazirligi kuni.
🇹🇯 Tojikiston - Iqtisodchilar kuni.
🇭🇷 Xorvatiya - “Plitvisk ko‘li” milliy bog‘i kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Xana Matsuri - gullar festivali.

👉 VOQEALAR:

1185 yil - Vizantiya imperatori Ishoq II Angel o'z ukasi Aleksey tomonidan taxtdan ag'darilgan.
- 1271 - Mamluklar sultoni Beybars Krak de Shevalye qal’asini zabt etdi.
- 1378 - Urban VI Rim papasi etib saylandi.
- 1480 - Katolik cherkovi Otrantoni (Janubiy Italiya) musulmonlardan qaytarib olish uchun salib yurishini e'lon qildi.
- 1525 - Krakovda Polsha va Tevton ordeni Prussiyani dunyoviy davlatga aylangani to‘g‘risidagi tinchlik shartnomasini imzolashdi.
- 1766 - AQShda ilk bor yong‘in o‘chirishda ishlatiladigan pillapoya patentlandi.
- 1782 - Yekaterina II Rossiyaning barcha shaharlarida davlat maktablari ochish haqida qaror chiqardi.
- 1820 - Venera Milos haykali yer ostidan chiqarib olindi.
- 1853 - Rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan birinchi shaxmat klubi ochildi.
- 1879 - Germaniyalik elektrik-muhandis Ernst fon Simens elektropoyezdni namoyish qildi
- 1902 - Manchjuri haqida Rossiya-Xitoy shartnomasi tuzildi, unga ko‘ra Rossiya o‘z qo‘shinlarini Manchjuridan bosqichma-bosqich olib chiqib ketishi kerak edi.
- 1904 - Buyuk Britaniya va Fransiya Antanta shartnomasini imzolashdi.
- 1911 - Heike Kamerling Onnes simobning o‘ta o‘tkazuvchanlik holatini isbotladi.
- 1918 - Rossiyaning uch rangli bayrog‘i qizil bayroq bilan almashtirildi.
- 1921 - Italiya qo‘shinlari Labinsk respublikasiga barham berishdi.
- 1966 - Leonid Brejnev KPSS Markaziy qo‘mitasining bosh kotibi etib saylandi.
- 1967 - Gretsiya va Turkiya Limasol (Kipr) yaqinida urush harakatlarini tiklashdi.
- 1971 - London yaqinida Butunjahon lo‘lilarining 1-kongressi bo‘lib o‘tdi.
- 1992 - Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi bilan Shvetsiya Qirolligi o‘rtasida diplomatik munosabatlarni o‘rnatish to‘risidagi Bitim imzolandi.
- 1994 - "Toshkent" Respublika fond birjasi tashkil etildi.
- 1994 - Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashkil etildi.
- 2004 - Latviya poytaxti Riga shahrida Alisher Navoiy haykali ochildi.
- 2008 - Bahraynda Xalqaro savdo markazi binosi ishga tushdi.
- 2010 - Qirg‘iziston prezidenti Kurmanbek Bakiyev hokimiyati ag‘darildi (70 ta qurbon).
- 2010 - Rossiya va AQSh prezidentlari Pragada strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha yangi shartnomani imzoladilar.
- 2014 - Windows XP ning texnik ta’minoti to‘xtatildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1792 - Vasiliy Davidov (1855) - rus zobiti, shoir, dekabrist.
- 1859 - Edmund Gusserl - nemis faylasufi, fenomenologiya asoschisi.
- 1892 - Meri Pikford (1979) - amerikalik kinoaktrisa.
- 1896 - To‘xtasin Jalilov (1966) - bastakor, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1904 - Jon Richard Xiks (1988) - ingliz iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1972).
- 1911 - Melvin Kalvin (1997) - amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1961).
- 1937 - Shamsiddinxon Boboxonov (2003) - diniy va jamoat arbobi, 1982-89 yillarda - Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi.
- 1838 - Kofi Annan (2018) - BMT ning 7-bosh kotibi (1997–2007).
- 1944 - Maykl Ashbaxer - amerikalik matematik.
- 1952 - Darvishbek Rahmonov - "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari va Oʻzbekistonning taniqli sirk sanʼati аrbobi.
- 1966 - Robin Rayt - amerikalik aktrisa va rejissyor.
- 1968 - Patrisiya Arkett - amerikalik kinoaktrisa.
- 1983 - Anastasiya Yermakova - rossiyalik sportchi (sinxron suzish), to'rt karra Olimpiya chempioni.
- 1996 - Bektemir Meliqoʻziyev - Oʻzbekistonlik havaskor bokschi, olimpiya o‘yinlari sovrindori.
Manbaa: Shuhratjon Xasanov blogi
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi