BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
199 subscribers
6.46K photos
1.19K videos
153 files
3.67K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Forwarded from Alisher Sadullaev
​​3-mart kuni oliy ta’lim muassasalari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish yuzasidan o‘tkazgan ovozli muloqotimizda ishtirok eta olmaganlar uchun suhbatning yozib olingan shaklini YouTube kanalimizga joyladik. Marhamat: 👉🏻 https://youtu.be/0pEGYZVJA1o

Endilikda YouTube tarmog‘idagi kanalimni ham faol holatda yuritib borishga harakat qilaman. Nasib bo‘lsa, yoshlar uchun foydali kontentlarni berib boramiz. Quyidagi havola orqali siz ham obuna bo‘lib, kuzatib boring: 👉🏻 youtube.com/c/alishersadullayevzafarovich

@alisher_sadullaev
#Zakovat
Bekobod tumani Qushchi MFY 26-maktab zalida Qushchi, Xamza va Oqtepa mahallalari o'rtasida yoshlar yetakchilari va Bekobod tumani Madaniyat bo'limi hamkorligida Zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#яшилйиллик
#бугуннинггапи

Кўчат экиш — халқимизга хос эзгу фазилат, олижаноб қадрият

👉
Батафсил

➡️
Каналга уланиш: https://t.me/Mirzayev_Zoyir

Facebook | Instagram
Bugun 5-mart 2022-yil, shanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏Butunjahon energiya samaradorligi kuni.
🌏 Butunjahon axborot arxitekturasi kuni.
🌏 Steplerning tug'ilgan kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇳 Hindiston - Mahalliy o‘zini boshqaruv kuni.
🇨🇦 Kanada, 🇺🇸 AQSh, 🇬🇧 Buyuk Britaniya - Xodimlarga minnatdorlik kuni.
🇮🇷 Eron - Daraxt ekish kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Jismoniy tarbiya va sport kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Sud tizimi xodimlari kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Oq qalpoq kuni.
🇹🇭 Tailand - Jurnalistlar kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1770 - Boston tartibsizliklari.
- 1705 - Pyotr I ning xizmatga chaqirish to'g'risidagi farmoni qabul qilindi, bu Rossiya imperiyasida muntazam armiya shakllanishining boshlanishi edi.
- 1764 - Yekaterina II cherkov yerlarini Rossiya tojining mulkiga o'tkazishni e'lon qildi.
- 1774 - Parij Adliya saroyi hovlisida qirollik jallodi Per Bomarshening sud hokimiyatining o'zboshimchaliklari haqidagi xotiralarini yoqib yubordi.
- 1844 - Kanada poytaxti Kingston shahridan Monrealga ko‘chirildi.
- 1861 - Kechirimlilik yakshanbasida Aleksandr II ning krepostnoylikni bekor qilish va dehqonlarni ozod qilish to'g'risidagi 1861-yil 19-fevraldagi farmoni barcha rus cherkovlarida o'qil eshittirildi.
- 1868 - Angliyada stepler kashfiyoti uchun patent berildi.
- 1940 - Katin qirg'ini: NKVD tomonidan amalga oshirilgan Polsha fuqarolarini ommaviy qatl qilishning boshlanishi.
- 1943 - Ingliz reaktiv samolyoti Gloster Meteor birinchi parvozni amalga oshirdi.
- 1944 - O‘zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi dastlabki metall mahsulotlarini bera boshladi.
- 1946 - Uinston Cherchill Fulton nutqida Sovuq urush boshlanishi haqida gapirdi.
- 1953 - SSSR rahbari Iosif Stalin vafot etdi.
- 1958 - Yak-28 tovushdan tez ko'p maqsadli samolyotning birinchi parvozi.
- 1960 - Fotograf Alberto Korda Che Gevarani suratga oldi, bu surat butun dunyoga tarqalib ketdi.
- 1966 - Inglizlarning Boeing 707 samolyoti Yaponiyaning Fudzi shahrida halokatga uchradi. 124 nafar odam halok bo‘ldi.
- 1970 - Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnoma kushga kirdi.
- 1979 - „Voyager-1“ Yupiterga yetdi.
- 1997 - Shimoliy va Janubiy Koreya vakillari muzokaralar uchun uchrashishdi.
- 2000 - angliyalik olimlar dunyoda birinchi marta cho‘chqani klonlashtirishdi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1326 - Buyuk Layosh I (1382) - Vengriya qiroli (1342-yildan), Polsha qiroli (1370-yildan).
- 1512 - Merkator Gerard (1594) - flamand xaritashunosi, aniq optik asboblar tayyorlash va xaritalar nashr qilishi bilan shug’ulangan.
- 1696 - Jovanni Battista Tepolo (1770) - Italiyalik rassom.
- 1703 - Vasiliy Trediakovskiy (1768) - rus yozuvchisi.
- 1737 - Pak Chi Von (taxallusi Yanam) (1805) - koreys yozuvchisi, qomusiy olim. Sirxak (aniq fanlar) oqimining yirik nomoyondalaridan biri. 
- 1830 - Eten-Jyul Mare (1904) - Fransuz fiziologi va ixtirochisi, xronofotografiya apparati va fotomiltiqni ishlab chiqqan.
- 1835 - Nikolay Mayev (1896) - etnograf, geograf, Oʻzbekistonda ilmiy oʻlkashunoslik ishlarining tashkilotchisi. 
- 1857 - Bax Aleksey (1946) - rus biokimyogar olimi, biokimyogarlar maktabining asoschisi.
- 1915 - Loran Moiz Shvarts (2002) - fransiyalik matematik. Schwartz umumiy funksiyalar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 
- 1927 - Ibrohimov Shukur (1927) - seleksioner, genetik olim, qishloq xo’jalik fanlari doktori (1974), professor. (1976), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan agronom (1972).
- 1934 - Daniel Kaneman - amerika-isroillik psixolog va iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (2002).
- 1949 - Tal’at Nigmatullin (1985) - sovet aktyori va kaskadyori.
- 1961 - Boir Xolmirzayev - kino, teatr va dublyaj aktyori. Muqumiy teatrining bosh rejissori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist.
- 1969 - Shuhrat Qayumov (2020) - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
- 1974 - Yeva Mendes - amerikalik aktrisa.
- 1996 - Roman Repilov - rossiyalik chanada tushuvchi, uch karra jahon chempioni.
- 1996 - Teylor Xill - amerikalik top-model.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Bugun, 5-mart kuni soat 21:00 da professional ta’lim muassasalari, xususan, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va litseylar vakillari hamda yoshlar yetakchilari bilan “Zakovat” intellektual oʻyinini tashkil etish yuzasidan ovozli suhbat oʻtkazamiz.

Ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
​​Муросасиз ўйин: олмалиқлар аламли мағлубиятга учради, испаниялик мураббий эса...

🗓 Кеча Тошкент вилояти дербисида Бекободга сафар уюштирган ОКМК (Олмалиқ кон-металлургия комбинати) жамоаси катта қийинчиликка дуч келди.

💭 Дастлабки дақиқаларда олмалиқликлар ўзини яхши жиҳатини намоён этди. Аммо, йигирманчи дақиқага келиб, ҳимоячиларнинг қўпол хатосидан сўнг олмалиқликлар дарвозасига 11 метрли жарима белгиланди. Жамоа таркибида сардорлик боғичи билан ҳаракат қилган Сардор Раҳмоновга эса қизил карточка билан майдондан четлатилди.


⚠️ Шундан сўнг, "Металлург"га қайтган Шоҳназар Норбеков пенальтидан унумли фойдаланиб ҳисобни очди. "Металлург" голдан сўнг эркинроқ ҳаракат қилди.

🔺 Олмалиқликлар катта куч билан олдинга ўтиши оқибатида бир қанча хавфли ҳужумлар остида қолди. "Металлург" жамоаси бундай вазиятларни кўкка совирди. Олмалиқликлар голга яқин келган вазиятда дарвозабон Александр Лобанов яхши ўйнади. Учрашувнинг 89-дақиқасида ҳакам Шоҳрух Гадоевга иккинчи сариқ карточка кўрсатиб майдондан четлатди.

❗️Натижада, олмалиқликлар Бекободдан мағлубият билан қайтди. Қайд этиш керак, учрашув қўполликлар билан эсда қолди: Миржалол Қосимов "Биз ҳали кучли бўлиб қайтамиз", деб изоҳ берган бўлса, "Металлург" бош мураббийи испаниялик Луисма Эрнандес учрашувдан кўнгли тўлганлигини айтган.

✍️ Бегзод Тўхтабоев

Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Forwarded from Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati (Мамадалиев Акрам)
#Бекобод_тумани

🔰Бугун Республика Маънавият ва маърифат маркази Тошкент вилояти бўлими томонидан берилган топшириқ юзасидан маҳаллаларда ўз фаолиятини бошлаган ёшлар етакчилари иштирокида семинар ташкил этилди.

💠Семинарни туман ҳокимининг ўринбосари Д. Мирзакулов очиб берди. Шундан сўнг туман маънавият ва маърифат бўлинмаси раҳбари Н. Жалилов "Маҳаллаларда маънавий-маърифий тадбирларни ташкил қилишда ёшлар етакчиларининг ўрни" мавзусида маъруза қилди.
Семинар сўнггида туман ёшлар агентлиги раҳбари А. Каримов ёшлар етакчиларига керакли топшириқ ва кўрсатмалар берди.

✍️Бекобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати