BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
196 subscribers
6.49K photos
1.19K videos
153 files
3.69K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Bugun 21-fevral 2021-yil, yakshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌐 YUNESKO - Xalqaro ona tili kuni.
🇧🇿 Xalqaro ekskursovodlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇲 Armaniston - Ona tili kuni.
🇧🇾 Belarussiya - Yer tuzish va kartogrfiya-geodeziya xizmati xodimlari kuni.
🇧🇹 Butan - Qirolning tug'ilgan kuni.
🇫🇷 Fransiya - Fransuz Qarshilik harakatining ajnabiy ishtirokchilarini xotirlash kuni.
🇩🇪 Germaniya - Bremenda Samba karnavali.
🇳🇴 Norvegiya - Qirolning tug‘ilgan kuni.
🇿🇼 Zimbabve - Yoshlar kuni.

👉 VOQEALAR:


- 1784 - Sevastopol shahriga asos solindi.
- 1804 - Uelsda Rishard Trevitik parovozni namoyish qildi.
- 1811 - Gemfri Devi o‘zi kashf qilgan gaz - xlorning xossalarini bayon qildi.
- 1848 - Karl Marks va Fridrix Engelsning „manifest“i eʼlon qilindi.
- 1872 - Aleksandr II Moskva Davlat tarix muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
- 1918 - Cincinatti hayvonot bogʻida oxirgi karolin toʻtiqushi oʻlib qoldi.
- 1935 - Moskvada SSSRdagi birinchi xalqaro kinofestival ochildi.
- 1953 - Jeyms Uotson va Frensis Krik DNK ning ikki spiralli modelini taklif qilishdi.
- 1973 - Vyantyan shartnomasi imzolanib, Laosda fuqarolar urushi tugadi.
Sara kitoblar kanalidan olindi.
- 1995 - Estoniyada til to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
- 1992 - O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. 
- 1992 - Oʻzbekiston Malayziya davlati bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
- 1995 - Steve Fossett Tinch okeanini Aerostatda bosib oʻtdi.
- 2006 - ”Xabbl” teleskopi SCP 06F6 obyektini qayd etdi.
- 2008 - To‘liq Oy tutilishi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1835 - Mayev Nikolay (1896) - etnograf, geograf.
- 1836 - Delib Kleman Filiber Leo (1891) - fransuz kompozitori, balet janri islohotchisi.
- 1895 - Dam Xenrik Karl Peter (1976) - daniyalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1943).
- 1924 - Robert Gabriel Mugabe (2019) - Zimbabve Prezidenti (1987-2017). 
- 1927 - Jo‘ra Abdullayev (2020) - energetik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980).
-1937 - Xarald V - Norvegiya qiroli (1991-yildan).
- 1946 - Alan Rikman (2016) - britaniyalik aktyor va rejissyor.
- 1957 - Nikolay Rastorguyev - rossiyalik qo‘shiqchi, Rossiya xalq artisti.
- 1962 - Chak Palаnik - zamonaviy amerikalik yozuvchi, jurnalist. 
- 1965 - Evair Aparekido Paulino - braziliyalik futbolchi.
- 1980 - Jigme Kesar Namgyel Vangchuck - Butan qiroli (2008-yildan).
- 1987 - Ellen Payj - kanadalik aktrisa va prodyuser.
- 1996- Sofi Tyorner - Ingliz aktrisasi.

Kanalga ulanish📲📲📲 http://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#Бекобод_тумани
#Спорт
#Ҳудудий_босқич

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 30 октябрдаги “Соғлом турмуш тарзини ҳаётга кенг татбиқ этиш оммавий спортни янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-6099-сонли Фармонига мувофиқ Тошкент вилояти ёшлари ўртасида турли спорт тадбирлари ўтказилмоқда.

✔️Жумладан жорий йилнинг 20 феврал куни Бекобод шаҳар Мустақиллик МФЙ ҳудудида жойлашган 17-умумий ўрта таълим мактабнинг спорт залида ёшлар ўртасида «Спортни сев, спорт билан яша» шиори остида бадминтон спорт мусобақаларининг Тошкент вилояти ҳудудий босқичи ўтказилди.

❇️Унда Бекобод шаҳар, Бекобод, Бўка, Пискент ва Ўрта чирчиқ туманларидан келган туман саралаш мусобақаларида ғолиб бўлган ёшлар иштирок этдилар.

🔰Ҳудудий босқич мусобақалари якунларига кўра:

1-ўрин Бекобод тумани
2-ўрин Бекобод шаҳар
3-ўрин Ўрта Чирчиқ тумани

💠Шу тариқа Бекобод тумани ёшлари вилоят босқичига йўл олдилар.
#эълон #объявление

❗️Диққат: ПРОФИЛАКТИКА

Жорий йил 🗓21 февраль соат 19:00 дан 22 февраль соат 07:00 га қадар Давлат солиқ қўмитаси ахборот тизимларида профилактика ишлари олиб борилади.

Профилактика ишлари давомида электрон хизматлар тизимида вақтинчалик узилишлар кузатилиши мумкин.

❗️Юзага келган ноқулайлик учун узр сўраймиз!
_____________________________

❗️Внимание: ПРОФИЛАКТИКА

Государственным налоговым комитетом 🗓с 19:00 21 февраля по 7:00 22 февраля текущего года в информационных системах будут проводиться профилактические работы.

В ходе профилактических работ могут наблюдаться временные сбои.

❗️Приносим извинения за неудобства!

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
Bugun 22-fevral 2021-yil, dushanba

👉 BAYRAMLAR:

🇧🇿 Xalqaro jinoyat qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇪🇬 Misr - Birdamlik kuni.
🇪🇬 Misr - Abu-Simbelda Quyosh festivali kuni (Ramses II foj kiyish kuni sharafiga).
🇮🇳 Hindiston - Onalar kuni.
🇶🇦 Qatar - Amir taxtga chiqqan kun.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Yer tuzish va geodeziya - kartogrfiya xizmati xodimlari kuni.
🇲🇽 Meksika - Milliy motam kuni.
🇲🇳 Mongoliya - Subaatar kuni.
🇱🇨 Sent-Lyusiya - Mustaqillik kuni.
🇺🇸 AQSh - Jorj Vashington tug‘ilgan kun.
🇨🇫 Markaziy Afrika Respublikasi - Prezident tug'ilgan kun.
🇯🇵 Yaponiya - Mushuklar kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1495 - Fransiya qiroli Karl VIII Neapolni jangsiz egalladi.
- 1632 - Galelio Galiley o‘zining “Dunyoning ikki yetakchi - Ptolemey va Kopernik sistemalari to‘g‘rida dialog” asarini chop etdi.
- 1714 - Sankt-Peterburgda Botanika bog‘i tashkil etildi.
- 1744 - Avstriya merosxo‘ri uchun urushda Tulon jangi boshlandi.
- 1819 - Ispaniya Floridani AQShga 5 million dollarga sotdi.
- 1828 - Rossiya va Eron o‘rtasida Turkmanchoy shartnomasi imzolandi.
- 1848 - Parijda burjua-demokratik inqilobi boshlandi.
- 1901 - “Rio-de-Janeyro” yo‘lovchi kemasi halokati: 128 ta qurbon.
- 1913 - Meksika inqilobi: to‘ntarish natijasida prezident Fransisko Madero o‘ldirildi.
- 1945 - Urugvay Germaniyaga urush e‘lon qildi.
Sara kitoblar kanalidan olindi.
- 1946 - Doktor Zelman Vaksman streptomitsin antibiotinini kashf qildi.
- 1958 - Misr va Suriya prezidentlari ikki davlat birlashishi to‘g‘risidagi aktni imzolashdi.
- 1966 - “Kosmos-110” yo‘ldoshi bortida Veterok va Ugolok itlari bilan kosmosga uchirildi.
- 1968 - sovet antarktika stansiyasi - “Bellensgauzen” ishga tushdi.
- 1979 - Sent-Lyusiya Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
- 1990 - Angliya hukumati “Jinoyat qurbonlari Xartiyasi” ni e’lon qildi.
- 1993 - Ganjada ozarbayjon zobiti Surat Guseynov hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi.
- 1995 - “Adolat” gazetasi chiqa boshladi.
- 2015 - Xarkovda terakt sodir etildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1403 - Karl VII Muzaffar (1461) - Valualardan bo‘lgan Fransiya qiroli (1422-yildan).
- 1732 - Jorj Vashington (1799) - Amerika davlat arbobi va harbiy rahbari, AQShning birinchi Prezidenti (1789-1797).
- 1788 - Artur Shopengauer (1860) - nemis faylasufi, irratsionalizm maktabi ilk namoyondalaridan.
- 1800 - Anna Kern (1879) - rus zodagon ayoli, memuarist.
- 1810 - Shopen Friderik (1849) - polyak kompozitori, pianinochi, musiqiy romantizmning yirik vakili, milliy kompozitorlik maktabi asoschisi.
- 1850 - Fedor Vasilyev (1873) - rus peyzaj rangtasvirchisi.
- 1857 - Gers Genrix Rudolf (1894) - nemis fizigi, elektrodinamikaning asoschilaridan biri, elektromagnit to’lqinlarni kashf etgan (1888).
- 1914 - Renato Dulbekko (2012) - amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi (1975).
Sara kitoblar kanalidan olindi.
- 1917 - Yo'ldoshev Sadriddin - biolog olim, akademik (1978), O'zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a'zosi (1968).
- 1921 - Jan-Bedel Bokasso (1996) - Markaziy Afrika respublikasining prezidenti (1966-1976) va imperatori (1976-1979).
- 1969 - Xoakin Kortes - ispan aktyori, balet raqqosi, YI da lo‘lilar vakili.
- 1975 - Dryu Berrimor - amerikalik aktrisa.
- 1975 - Olga Budina - rossiyalik aktrisa, romanslar ijrochisi.
- 1988 - Ximena Navarrete - meksikalik model, ”Dunyo go‘zali 2010“ konkursi g‘olibasi.

Kanalga ulanish 👉👉👉https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from Соғлом ҳаёт
Исмалоқ нима учун фойдали?

🌱Исмалоқ таркибида оқсил, ёғ, углевод, тўйинган ва тўйинмаган ёғли кислоталар, витаминлар, крахмал, шакар, микроэлементлар (натрий, калий, кальций, магний, фосфор, рух, темир) мавжуд.

🍃У танани моддалар билан бойитади, токсинлардан тозалайди. Исмалоқ таркибидаги кўп миқдордаги темир моддаси ҳужайраларни кислород билан таъминлашга ёрдам беради ва моддалар алмашинувини яхшилайди.

Манба

👨‍⚕️«Соғлом ҳаёт» каналига аъзо бўлинг
#qiziqarli #foydali

Uz: Bodom dunyodagi eng foydali yong‘oq sifatida tan olingan.

Ru: Миндаль признан самым полезным орехом в мире.

Eng: Almonds are recognized as the healthiest nut in the world.

Telegram | Instagram | Facebook | Manba
#psixologiya

Uz: Agar siz biror bir ishni qilishni rejalashtirib, 72 soat ichida bajarmasangiz, 86 foiz holatda u ishni hech qachon bajarmaysiz.

Ru: Если вы решили что-тот сделать и не начали в течении 72 часов, то в 86% случаев вы не сделаете это никогда.

Eng: If you decide to do something and do not start within 72 hours, then in 86% of cases you will never do it.

Telegram | Instagram | Facebook | Manba
Germaniyada ishlashni xohlaysizmi? “GfM Gruppe” agentligi 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan yoshlarni ishga taklif etadi.

Taklifga labbay deganlar ish beruvchining talablari bilan yaxshilab tanishib oling:

maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan boʻlishi;

nemis tilini kamida V1, yaʼni mustaqil muloqot qilish darajasida bilishi;

Germaniyada kamida 3 yil muddat davomida mehnat faoliyatini amalga oshirishga tayyor boʻlishi;

odamlarga nisbatan ochiqkoʻngil va tez muloqotga kirishuvchan boʻlishi;

sogʻlom va sudlanmagan boʻlishi kerak.

Ish vaqti: 3 smenada 8 soatdan;

📆Sinov muddati: 6 oy.

📁Ishlash istagida boʻlganlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin.

☎️Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: 1282 (qisqa raqami) yoki 71 202-33-55, 71 200-00-61.
Toshkent viloyati – (55) 900-33-10.

Кanalga ulanish: 👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
Президент Шавкат Мирзиёев Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Инсон ҳуқуқлари бўйича кенгашининг 46-сессиясида нутқ сўзлайди.

Нутқни бугун соат 13:00 да қуйидаги телеканаллар ва ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларда томоша қилинг:

"O'zbekiston", "O'zbekiston 24", "Zo'r TV", "Sevimli TV", “MY 5” (ўзбек тилида)
"Yoshlar", "Toshkent" (рус тилида)
"Uzreport TV", “Dunyo bo’ylab” (инглиз тилида)

Президент Матбуот хизматининг Facebook ва YouTube'даги саҳифалари

Президент Шавкат Мирзиёев выступит на 46-й сессии Совета по правам человека ООН.

Смотрите выступление сегодня, в 13:00 часов на следующих телеканалах и страницах в соцсетях:

"O'zbekiston", "O'zbekiston 24", "Zo'r TV", "Sevimli TV", “MY 5” (на узбекском языке)
"Yoshlar", "Toshkent" (на русском языке)
"Uzreport TV", “Dunyo bo’ylab” (на английском языке)

Страницы Пресс-службы Президента в Facebook и Youtube

#Mirziyoyev #nutq #BMT #insonhuquqlari

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Соғлом ҳаёт
📌1918 йилда Нью-Йоркдаги барча фаррошларга грипп эпидемиясига қарши ниқоб кийиш буюрилган. Ўша пайтда шундай шиор машҳур бўлиб кетганди: "Ўлгандан кўра кулгили кўриниш яхшироқдир".

👨‍⚕️«Соғлом ҳаёт» каналига аъзо бўлинг
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ahad Qayum "Qalpoq"chilarga 1000 pochka "qogʻoz"ni qayerga sarflashini gullab qoʻyibdi.😄

Bizda yangiliklar mo’l. Yoshlar kundaligini kuzating👇👇

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Бекобод_тумани
#Ватанпарвар_ойлиги
#Ёшлар_дастури_доирасида

💠 Бекобод тумани ҳокимлиги Фавқулодда вазиятлар туман бўлинмаси билан ҳамкорликда Зафар шахарчаси "Бўстон" маҳалласида жойлашган 6-сонли умумтаълим мактабида ёшларни харбий ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, шунингдек, фавқулодда ҳолатлар пайтида амал қилиниши керак бўлган қоидаларни жамоатчиликка кенг тарғиб қилиш, айниқса ёшлар онгига сингдириш мақсадида кўргазмали чиқишлар ва самимий давра суҳбати ташкил қилинди.
#эълон

📣📣Бекобод туман ёшлари ДИҚҚАТИГА!!!

📌 23 февраль куни Бекобод туман Маллабой МФЙдаги 8-умумтаълим мактаби биносида туман сектор раҳбарлари, Бандликка кўмаклашиш маркази директори, тижорат банк бошқарувчилари, саноат корхоналари вакиллари иштирокида ёшлар билан очиқ мулоқот ташкил этилади.

Унда иштирок этиб кредит олиш, тадбиркорликни йўлга қўйиш, ишга жойлашиш ва бошқа масалалар юзасидан ўзингизни қизиқтирган саволларга жавоб олишингиз ва муаммоларга ечим топишингиз мумкин.

Учрашув соат 11:00 да бошланади.

Ёшлар ишлари Агентлиги Бекобод туман бўлими.


Kаналга уланиш :👇
🌏https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Bugun 23-fevral 2021-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌐 Xalqaro tinchlik va o‘zaro tushunish kuni.
Dizel dvigateli kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇧🇾Belarussiya, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇷🇺 Rossiya, 🇹🇯 Tojikiston, Janubiy Osetiya, Dnestrbo‘yi - Vatan himoyachilari kuni.
🇧🇳 Bruney - Milliy kun.
🇬🇾 Gayana - Respublika kuni.
🇪🇸 Ispaniya - Salamanka shahrida Buqalar karnavali.
🇯🇵 Yaponiya - Imperator tug‘ilgan kun.

👉 VOQEALAR:

- 1280 - Gozlitsa jangi.
- 1874 - ingliz mayori Uolter Uingfild yangi o'yinga, ya'ni tennis o'yiniga patent oldi.
- 1876 - Kanada (Ottava) Parlamenti kutubxonasi ochildi.
- 1893 - Rudolf Dizel ichki yonuv dvigatelini patentladi.
- 1903 - Kuba Guantanamo bazasini AQShga doimiy ijaraga berdi.
- 1918 - Sovet Rossiyasi Kayzer Germaniyasidan ultimatum oldi.
- 1941 - Birinchi marta plutoniy olindi.
- 1944 - Sovetlarga qarshi inqilob oqibatida chechenlarning Oʻrta Osiyoga deportatsiyasi boshlandi.
- 1947 - Xalqaro Standat tashkiloti (ISO) tuzildi.
- 1958 - Moskvadagi Poklonnaya gorada G‘alaba monumenti qurildi.
- 1991 - O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tuzilgan kun.
- 1993 - Rubu til dasturi yaratildi.
- 2001 - Shvedcha Vikipediya eʼlon qilindi.
- 2004 - “O‘zarxiv” agentligi tashkil etilgan.
- 2008 - Ugandada fuqarolar urushi tugadi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1685 - Gendel Georg Fridrix (1759) - nemis kompozitori.
- 1744 - Mayer Amshel Rotshild (1812) - xalqaro tadbirkor Rotshildlar sulolasi asoschisi.
- 1868 - Dyuba, Dyu Boys Uilyam Eduard Byorkxard (1963) – amerika yozuvchisi, tarixchisi, jamoat arbobi, AQSh dagi zamonaviy negr adabiyotining asoschilaridan.
- 1900 - Asqarali Hamroali o’g’li Charxiy (1979) - O’zbekiston xalq shoiri (1975).
- 1903 - Yulius Fuchik (1943) - chex jurnalisti, tanqidchi, publisist.
- 1924 - Allan Kormak (1988) - janubiyafrikalik va amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1979).
- 1944 - Oleg Yankovskiy (2009) - teatr va kino aktyori, rejissyor, SSSR xalq artisti.
- 1952 - Qodirov Rashid - Oʻzbekiston Bosh prokurori (2000-2015).
- 1954 - Viktor Yushchenko - Ukrainaning 3-prezidenti (2005-2010).
- 1960 - Naruxito - Yaponiya imperatori.
- 1987 - Denisov Vitaliy - Oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a'zosi.

Kanalga ulanish 👉👉👉 https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from Dildagi bitiklar (Ko'hinur)
Yaponiyada kitobsevarlar uchun "kitobli" choy paketlari ishlab chiqariladi

▪️Bunday choy paketlarda turli yangi asarlardan parchalar bo‘ladi. Choy ichayotgan odam ularni o‘qishi mumkin. Agar to‘liq variantini o‘qishni xohlovchilar bo‘lsa, choy paketdagi QR-kodni skanerlab, asarni tugatib qo‘yishi mumkin.
@OzJOKU_ARM_online_baza
Siz kutgan format
#Diqqat_kasting

Siz Jurnalist yoki bloger boʻlmoqchimisiz?
Yoki yaxshi reklamalar orqali foyda topishni istarsiz?
Unda bizning kurslarda oʻqing!
Bizda...
Jurnalistika
Teleboshlovchilik
Blogerlik
Mobil montaj
Mobil muxbirlik
Reklama roliklar tayyorlash
Kabi yo'nalishlarda 5 oy muddatda (oyiga 200 mingdan) mahorat darslarida saboq ol.
Va oʻzing uchun yangi imkoniyatlarni kashf et.

Shoshil, joylar cheklangan!

Kasting 28-fevral 10:00 da Bekobod tumani Yoshlar Ittifoqida boʻlib oʻtadi. Moʻljal Pedagogik kolleji

Hamkorlarimiz: "Qashqadaryo Ommaviy axborot vositalari agentligi" "Dastyor info" gazetasi "Bekobodlik yoshlar ovozi" Telegram kanali va "Someday NEWS" Youtube kanali

Maʼlumot uchun:
+998909560658
+998339221898
Имтиёзли кредит маблағларини талон-тарож қилинганлиги юзасидан Тошкент вилоят прокуратурасининг расмий баёноти.

“Soadat-Ishonch-Xamkor” МЧЖ раҳбари З.К. “Агро банк” Бекобод филиали томонидан ажратилган 400 млн. сўм имтиёзли кредит маблағларини “Doniyor Orzu Omad” МЧЖга ўтказишга эришиб, мазкур жамиятдан 240 млн. сўмлик ускуналарини сотиб олиб, ушбу имтиёзли кредит маблағи эвазига олинган ишлаб чиқариш ускунасини Тошкент шаҳридаги “Янгиобод” бозорига олиб бориб 150 млн. сўмга сотиб юборганлиги ҳамда “Doniyor Orzu Omad” МЧЖ ўтказиб берилган қолган 160 млн. сўм кредит маблағлари ҳисобига ускуна олмасдан нақдлаштирганлиги натижасида жами 400 млн. сўм миқдоридаги кредит маблағларини ўзлаштириш йўли билан талон-тарож қилганлиги аниқланган. Дастлабки тергов ҳаракатлари Бекобод шаҳар прокуратураси томонидан олиб борилмоқда.

📲Тошкент вилоят прокуратурасининг ижтимоий тармоқлардаги расмий саҳифалари:

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | Youtube | Tvp.uz