BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
192 subscribers
6.5K photos
1.2K videos
153 files
3.7K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Forwarded from SocialPolluz 🇺🇿
Toshkent vil. / Ташкентская обл.

🇺🇿Siz O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha Referendumda ishtirok etasizmi? 🇷🇺Примите ли вы участие в Референдуме о внесении изменений в Конституцию Республики Узбекистан?
Final Results
52%
Ha / Да
35%
Yo’q / Нет
13%
Bir qarorga kelmadim / Не определился
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bo'lgan yoshlar o'rtasida "Besh tashabbus paralimpiadasi”ga start berilmoqda.

Xabaringiz bor, o'tgan yildan boshlab mamlakatimizda ilk marotaba mahallalardagi 16-30 yosh nogironligi bo'lgan yoshlar o'rtasida "Besh tashabbus paralimpiadasi" sport musobaqalari o'tkazilib kelinmoqda.

🏆 Paralimpiada quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

• para yengil atletika;
• para shaxmat va shashka;
• para stol tennisi;
• kibersport bo‘yicha musobaqalarida ishtirok eting.

Arizalar beshtashabbus.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

- Barcha rahbarlar bir narsani bilib olsin: ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi! Biz yoshlarga bugundanoq sharoit qilib bermasak, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inqilobiy tashabbuslarni ilgari surmasak, Yangi O‘zbekistonni qanday barpo qilamiz? – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

O‘tgan davrda yoshlar siyosati bo‘yicha ishlarni mahallada tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 400 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor o‘g‘il-qizlardan iborat yoshlar yetakchilari tanlab olindi. Mahallada bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyat yaratildi. O‘tgan yilning o‘zida:

- yoshlar tadbirkorligi uchun 4 trillion so‘m kredit ajratilib, 150 mingta loyiha ishga tushdi, 325 mingta ish o‘rni yaratildi;

- 43 ming gektar ekin maydoni ajratilib, 435 ming yoshlar bandligi taʼminlandi;

- 32 mingdan ziyod yoshlarga subsidiya ajratilib, ularga asbob-uskuna, mehnat qurollari va kompyuter olib berildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
#Bekobod_tumani

"Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalari davom etmoqda!

🏵O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-201-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bekobod tumanida 7-30 yoshgacha mahalla yoshlari o’rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalarining mahalla bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

⚽️Bugun Bekobod tumani Istiqlol mahallasida musobaqa yuqori kayfiyatda
rejaga asosan 11-15, 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifalar bo’yicha Mini Futbol sport turidan musobaqalar o’tkazildi.

Kanalga ulanish
https://t.me/Bekobodtumanihokimligi
Ижтимоий қўллаб-қувватлаш бўйича ҳам сезиларли ишлар амалга оширилди. Жумладан:

- 130 минг талаба ёшларга 1,7 триллион сўм таълим кредити берилди, хотин-қизларнинг магистратурада ўқиши бепул бўлди;

- 53 минг нафар эҳтиёжманд талабаларга ўқиш учун контракт пуллари тўланди;

- 81 минг талабага уй-жой ижара тўлови ажратилди, 15,5 минг ёшларга ҳарбий хизмат учун маблағ тўлаб берилди;

- 13 минг ёшларга чет тиллари бўйича сертификат олиш харажати тўлаб берилди;

- “Ёшлар дафтари” орқали 300 минг ёшларга қарийб 600 миллиард сўмлик ёрдам кўрсатилди.

Шунча шароит яратилганига қарамасдан, айрим ҳокимлар ва вазирлар ёшлар масалалари билан жиддий шуғулланмаётгани, айниқса Термиз шаҳри, Чироқчи, Касби, Ургут, Шеробод, Ангор, Узун, Музработ, Амударё, Деҳқонобод, Олтинсой, Шароф Рашидов, Асака, Қамаши, Тахиатош ва Пешку туманларида ёшларнинг бандлигини таъминлаш оқсаётгани танқид қилинди.

Facebook|Instagram|Twitter
⚡️Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi ta’kidlandi. Bunda:

• yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;

• turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “o‘rta” toifaga;

• davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olindi.

@alisher_sadullaev
Yoshlarni ishga qabul qilish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘tgan yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagan. Yoki grantda o‘qigan 3 ming talaba ham ishga kirmagan. Professional taʼlimda ham, o‘tgan yili kollej va texnikumlarni 143 ming nafar yoshlar bitirgan bo‘lsa, shundan 30 ming nafari ish topa olmagan.

Shu munosabat bilan bundan buyon har bir vazir tarmog‘idagi kasblarga malaka talabini o‘zi belgilashi, bunda 70 foiz kasblarga o‘rta maxsus, 30 foiziga oliy maʼlumot talab etiladigan tizim bo‘lishi taʼkidlandi.

Shuningdek, vazirliklar oliygoh va kollej-texnikumlarga buyurtma berish bilan birga ularning o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Har bir vazir va viloyat hokimi yil boshida o‘zining Yoshlar bandligi dasturlarini ishlab chiqib, aholiga eʼlon qilishi va yil yakunida natijalari bo‘yicha jamoatchilikka hisobot berishi belgilandi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Ёшларнинг бўш вақтини мазмунли ташкил этиш бўйича ҳам янги тизим бўлади.

Чет тилини ўқитишга эътибор туфайли хусусий тил марказлари сони 6 мингдан ортди. Бугунги кунда 1,5 миллион ёшларимиз бўш вақтини чет тилини ўрганишга бағишламоқда.

Лекин шу билан бирга, яқинда 100 минг нафар ёшлар ўртасида ўтказилган сўровномада ёшлар футбол, волейбол, стол тенниси ва бадминтон каби спорт турлари билан шуғулланишга қизиқиши, бўш вақтини киберспорт билан ўтказишини, китобхонлик, мусиқа, рақс, караоке, театр ва кино бўйича инфратузилмага эҳтиёж борлигини айтган, оилавий айланиш учун хиёбон ва сайилгоҳлар ташкил этилишини сўраган.

Шу муносабат билан вилоят марказларида, кейинчалик туманларда бутун ҳафта кечаю кундуз ишлайдиган “Ёшлар сайилгоҳлари”ни ташкил этиш топширилди.

Бу жойларда киберспорт, спорт ва интеллектуал ўйингоҳлар, караоке клублари, театр, мода подиумлари, бук-кафе, коворкинглар ва бошқа кўнгилочар жойлар ташкил этилиши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Истироҳат боғлари, хиёбонларда ижодий ва кино кечалари, рақслар, дискотекалар, викториналар, “Қувноқлар ва зукколар” ва бошқа билимга чорлайдиган ва кўнгилочар, томошабинлар талабига мос тадбирларни йўлга қўйиш топширилди.

Facebook|Instagram|Twitter
#Bekobod_tumani
#Yoshlar_qudratli

Yoshlar, eshitmadim demanglar ! 📣📣📣

💥13-aprel kuni soat 16:30 dan boshlab, tuman markaziy o‘yingohida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi 🏆 uchun tuman saralash bosqichiga start beriladi!

Mavsumning ilk o‘yinida Guliston mahallasi yoshlari Turon mahallasi yoshlari bilan bellashadi.
Shuningdek yoshlarimiz uchun tumanimiz san'atkorlari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

💥Barchangizni ushbu sport bayramida kutib qolamiz!
Bekobod tumani
DXX kubogi⚽️

🔷 Bekobod tumanida har bir sektorda Sport maktabi rahbari hamda Yoshlar ishlari agentligi bo'limi va 51 ta MFY yetakchilari bilan "DXX kubogi" musobaqasi uchun qura tashlash marosimi oʻtkazildi
.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumi yakuni bo’yicha Bekobod tumanida ovoz ko’p to’plab g’olib dep topilgan 6 ta loyiha va 2 ta qo’shimcha loyiha jami 8 ta loyihani amalga oshirish tadbirlari.

🟢“Qo’rg’on” MFYda joylashgan 3 oilaviy poliklinikaga 9066 ta ovoz bilan 800,0 mln. so’mlik binoga kirish kismini kapital ta’mirlash va tom kismini 100 % yangilash. Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish. 👉📍Joylashgan manzili

🟢“Nayman” MFY Jasorat ko’chasidagi 2 ta bo’lakka bo’lingan ko’chaning umumiy uzunligi 1 220 metr va Kamolat ko’chasidagi 4 ta bo’lakka bo’lingan ko’chaning umumiy uzunligi 1 390 metr qismiga 7567 ta ovoz bilan 1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik jami 2,6 km asfalt qoplamasi yotqizish.
👉📍Joylashgan manzili

🟢“Nayman” MFY Navqiron ko’chasiga 6462 ta ovoz bilan 1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik jami 2,0 km asfalt qoplamasi yotqizish.
👉📍Joylashgan manzili

🟢“Qushtamg’ali” MFY Me’mor kuchasi 15 sonli maktabgacha ta’lim muassasasi yonidan Me’mor kuchasi 36 uygacha 1,4 km masofa va Birlashgan kuchasi asosiy ko’cha boshidan 0,6 km qismiga 6011 ta ovoz bilan
1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik jami 2,0 km asfalt qoplamasi yotqizish.
👉📍Joylashgan manzili

🟢“UYaS” MFY ko’chalari 5860 ta ovoz bilan 1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik na’munaviy shag’allashtirish (20 sm shag’al, 5sm klines) Qirovul va Maqsad ko’chalarini bog’lovchi piyodalar ko’prigi qurish xamda tungi chiroqlar o’rnatish.
👉📍Joylashgan manzili

🟢“Oq tepa” MFYda joylashgan 28 sonli umumta’lim maktabiga 3770 ta ovoz bilan 1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik qo’shimcha o’quv sinfxonalar qurish.
👉📍Joylashgan manzili

Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-117-sonli qaroriga asosan tumanda 2 mingdan ortiq ovoz to’plagan jami 2 ta loyiha.

🟢“Xos” MFYdagi Shodlik ko’chasiga 150 metr, Taraqqiyot ko’chasiga 350 metr, Gulzor ko’chasiga 900 metr, Mustaqillik ko’chasiga 485 metr, Ma’rifat ko’chasiga 120 metr, Ma’naviyat ko’chasiga 150 metr jami 2,2 km qismiga 2167 ta ovoz bilan 1 mlrd. 200,0 mln. so’mlik asfalt qoplamasi yotqizish.
👉📍Joylashgan manzili

🟢“Pastki kerayit” MFYda joylashgan 3-DMTTiga 2107 ta ovoz bilan 350 mln. so’mlik ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari.
👉📍Joylashgan manzili

👉Kanalga ulanish👈🏻
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Futbol. DXX kubogi uchun yangi mavsumi Bekobod tumani saralash bosqichiga start berildi!

🏵Davlat xavfsizlik xizmati hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash hamda qo‘llab-quvatlash maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy Davlat xavfsizlik xizmati kubogi start olganini e’lon qilngan edik.

🏆 Jumladan Bekobod tumanidagi yoshlarini ham ushbu musobaqa bosh sovrini uchun muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida tuman hududida joylashgan 51 ta mahalla yoshlari o‘rtasida futbol musobaqasining tuman saralash bosqichiga start berildi.

⚽️ Bekobod tumani markaziy o‘yingohidabo‘lib o‘tgan ochilish marosimida tegishli tashkilot mutasaddilari va mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etib, musobaqaga start berildi.

Kanalga ulanish👉 https://t.me/Bekobodtumanihokimligi
⚡️Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning stol tennisi turi bo'yicha musobaqaning sektor bosqichlari
15-aprel
kuni boʻlib oʻtadi.

Musobaqalar yakkalik tarzda (11-15; 16-21; 22-26; 27-30 yosh toifasida) erkaklar va ayollar o'rtasida o’tkaziladi.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
⚡️“Yosh kitobxon” tanloviga roʻyxatdan oʻting!

Millionlab yoshlarni birlashtirib, kitobxonlarni kashf etayotgan “Yosh kitobxon” uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Kitobxonlarning takliflari asosida adabiyotlar ro‘yxati 10-14 yosh toifasida 50 tadan 40 taga, 15-19 yosh toifasida 60 tadan 50 taga, 20-30 yosh toifasida 70 tadan 50 taga kamaytirildi va mazmunan qaytadan ko‘rib chiqildi. 10-14 yosh toifasida gazeta va jurnallar ro‘yxatdan olib tashlandi.

Barcha kitobxon yoshlarga omad tilaymiz!

Ro‘yxatdan o‘ting: 👇
@yoshkitobxon_bot

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi