BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
200 subscribers
6.52K photos
1.21K videos
156 files
3.74K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
⚡️2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.

Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi. 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.

@alisher_sadullaev
#qonunchilikdagi_yangiliklar #JShODS #ijtimoiy_soliq

JShODS va ijtimoiy soliq boʻyicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

1.Saqlab qolindi
▫️soliq toʻlovchilarning toifasi,
▫️soliqlarning stavkalari,
▫️soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash (shu jumladan, ShJBPHGA 0,1% oʻtkazish) tartibi.

2. Jismoniy shaxslar oʻz daromadlarini ipoteka kreditlarini soʻndirishga yoʻnaltirganda, bir vaqtning oʻzida turar joy qiymati (bugungi kunda 300 mln soʻm) boʻyicha talabni bekor qilgan holda, JShODS boʻyicha soliq solinmaydigan daromad summasi 15 mln soʻmdan MHTEKMning 80 baravarigacha (yoki 920 000х80=73,6 mln soʻm) oshirildi.

3.Bekor qilindi 2023-yil 1-apreldan jismoniy shaxslarning hayotini uzoq muddatga sugʻurtalash haqini toʻlashga yoʻnaltiriladigan jismoniy shaxslarning daromadlari qismida JShODS boʻyicha imtiyozlar.

4.Qatʼiy belgilangan miqdorlarda soliqni toʻlovchi jismoniy shaxslar (YaTT) uchun JShODS stavkasi 10%ga indeksatsiya qilindi.

5. JShODS va ijtimoiy soliq boʻyicha yillik soliq hisobotini taqdim etish muddatlariga oʻzgartirish kiritildi. 2022-yil yakunlariga koʻra yillik soliq hisobotini 2023-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etish zarur.

6. JShODSni hisoblab chiqarish maqsadida jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

❗️2023-yil yanvar oyi uchun avval e’lon qilingan soliq to‘lovchi taqvimiga tuzatishlar kiritildi:

🔸2022-yil yakunlari boʻyicha AOS hisobotini taqdim etish va to‘lash 2023-yil 16-yanvardan emas, 15-fevraldan kechiktirmay amalga oshiriladi.
__________
#календарь_налогоплательщика

❗️Внесены исправления в опубликованный ранее календарь налогоплательщика на январь 2023 года:

🔸представление налоговой отчетности и уплата по налогу с оборота по итогам 2022 года осуществляется не 16 января, а не позднее 15 февраля 2023 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i boʻyicha o‘zgarishlar

🔸2022-yilda amal qilgan soliq stavkalari Soliq kodeksining 422-moddasi 1-qismi 1-3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha oʻrtacha 10%ga indeksatsiya qilindi. 2018-yilda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan belgilangan jismoniy shaxslar uchun soliq solish obyektlarining kadastr qiymati miqdori (soliq bazasi) saqlanib qolishi shuni taqozo etdi.

🔸2023-yilda turar joy fondi obyektlariga (shu jumladan, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan mashina turar joylariga) ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq summasini oʻtgan yildagiga nisbatan oshirishga cheklov qoʻllash amaliyoti saqlab qolindi.

Xususan
, 2023-yilda 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblab chiqarilgan soliq summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan oshishi mumkin emas.

Bunda 2023-yildan boshlab yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari qismida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasini oʻtgan yildagiga nisbatan cheklashni qoʻllash amaliyoti bekor qilindi. Ushbu norma koʻchmas mulk obyektlari jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli ekanidan qatʼi nazar, ularning funksional vazifasiga (noturar joylar) qarab soliq solishning teng sharoitlarini yaratish maqsadida joriy etilgan.

Yer soligʻi boʻyicha cheklov jismoniy shaxslar tomonidan 2022-yildan boshlab tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan qoʻllanmaydi.

🔸2022-yilning 1-iyulidan boshlab qonunchilikda yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin boʻlgan koʻchmas mulk obyektlariga soliq solish tartibi bekor qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan.
#Тезкор
⚡️Боғчалар ҳам эртага 11- январдан ёки ундан кейин ишлаши мумкин, қишки таътил муддатини ҳал қилиш ҳокимларга юклатилди

Қўшимча таътил кунларида мактабгача таълим ташкилотларининг фаолияти ҳудуд ҳокимликлари зиммасига юклатилди.

Бунда ҳудуд ҳокимияти мактабгача таълим ташкилотининг иситиш тизими, шунингдек, яна бошқа шароитларни инобатга олган ҳолда ташкилотнинг фаолиятига рухсат беради ёки аксинча, 18 январгача унинг фаолиятини тўхтатади.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgaztaʼminot” AJning rasmiy xabari

Hurmatli isteʼmolchilar!

Kutilayotgan havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilarni tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, ventilyatsiya tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligini eslatib o‘tadi.

“Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yo’qishdan oldin gaz hidi yo’qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishini eslatib o’tadi.

Ta‘kidlash joizki, “Hududgaztaʼminot” AJ ning 16 mingdan ortiq jamoasi, kechayu kunduz tabiiy va suyultirilgan gazni mamlakatning har bir iste‘molchiga yetkazib berib, jamiyatimizning farovonligi yo‘lida mehnat qilmoqdalar. Shuning uchun ham “Hududgaztaʼminot” AJ favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida va fuqarolardan tabiiy gaz isteʼmoliga ongli ravishda yondashishlarini va undan zarur ehtiyojlar uchun foydalanishlarini so‘raydi. Faqatgina undan oqilona foydalanish barcha isteʼmolchilarni bir maromda gaz bilan taʼminlash imkoniyatini beradi hamda havo haroratining pasayishi davrida uning yetishmovchiligini keltirib chiqarmaydi.

Fursatdan foydalanib “Hududgaztaʼminot” AJ iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tadi. To‘lovlarni tuman gaz taʼminoti bo‘limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkinligini eslatib o’tadi.

Ma'lumot uchun: Tabiiy gaz ta’minotini qaytadan boshlash uchun toʻlovni amalga oshirish va hisoblagich bloklanib qolmasligini oldini olish maqsadida, uni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini oʻchirib qoʻyish lozim. Koʻk rangli “Enter” tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi ta’minotini davom ettirishga imkon beradi. Notoʻgʻri yoqilganligi sababli “aqlli” hisoblagich blokirovka boʻlib qolgan holda 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish kerak boʻladi va “Hududgaztaʼminot” Сall-markazi operatorlari hisoblagichni tizimga ulashda yordam berishadi.

“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati
#foydali

@eduuz tavsiya etadi

Talabalar uchun mustaqil bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan quyidagi onlayn loyihalar tavsiya etiladi.

👉 Onlayndarslar.uz — IT va dasturlash, kompyuter grafikasi, moliya va biznes hamda xorijiy tillar yo‘nalishlarida kurslar jamlanmasi https://onlinedars.uz/;

👉 e-kasb.uz kasb-hunar platformasi — 24 ta mutaxassislik bo‘yicha bepul onlayn darslar https://e-kasb.uz;

👉 Millionga yaqin elektron kitoblarni jamlagan “Kutubxona” ilovasi. Ushbu ilova orqali kitob o‘qigan holda pul topish imkoniyatlari ham mavjud https://play.google.com/store/apps/details?id=com.uzxteam.kutubxona;

👉 “Google education” — individual ta’lim olish imkoniyatini beruvchi platforlarma https://edu.google.com;

👉 “Men kimman” — kasblar to‘g‘risida eng qiziqarli ma’lumotlar beruvchi loyiha https://www.youtube.com/watch?v=RUw2ZVkg9P0&list=RDCMUCISTK0a6OXQcNREzF82XRaA&index=12.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bildirish

Toshkent viloyatida ertaga, 12 yanvar kuni faoliyatini boshlayotgan maktablar ro‘yxati

Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari birgalikda maktablardagi issiqlik ta’minoti holati o‘rganib, faolitini boshlashga ruxsat berilmoqda.

Olmaliq shahr
i: 1-IDUM, 2, 3, 4, 5, 6-YOIM, 7, 8, 9, 10-maktablar;

Ohangaron shahri: 3, 4, 5, 6-maktablar;

Nurafshon shahri: 1-IDUM, 4-IDUM, 9-IDUM, 10,
13, 19, 25, 26, 32, 48, 57, 62, 73-maktablar;

Chirchiq shahri: 2, 3, 5, 7, 8, 9, 12, 15, 20, 21, 24, 26-maktablar;

Yangiyo‘l shahri: 3, 5, 6, 9, 10-maktablar;

Bekobod tumani: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 10, 11, 12, 15, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 32, 34, 38, , 39, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 50, 51, 53, 54, 56,, 58, 59, 60-maktablar;

Bo‘ka tumani: 7, 8, 10, 12, 13, 18, 24, 26, 27, 29, 32-maktab, 33, 35, 36, 37, 40, 43, 50-maktablar;

Bo‘stonliq tumani: 7, 12, 13, 14, 19, 32, 39, 41, 42, 44, 49-maktablar;

Zangiota tumani: 5, 13, 14- IDUM; 16, 31, 32, 34, 35, 37, 40-maktablar;

Qibray tumani: 12, 16, 17, , 20, 22, 26, 31, 34, , 40, 48, 49-maktablar;

Quyi Chirchiq tumani: 6, 9, 13, 14, 15, 20, 23, 25, 26, 27, 29, 32, 34, 36, 38, 42, 43, 44, 45, 46 maktablar;

Oqqo‘rg‘on tumani: 2, 4, 7, 10, 12, 19, 25, 31, 36, 41, 42, 43, 45 maktablar;

Ohangaron tumani: 3, 8, 11, 12, 13, 14, 15, 17, 18, 19, 38, 47, 59 maktablar;

Parkent tumani: 2, 18, 21, 25, 27, 28, 31, 35, 39, 40 maktablar;

Piskent tumani: 2, 7, 13, 16, 17, 18, 21, 25, 30, 33, 39 maktablar;

O‘rta Chirchiq tumani: 5, 6, 27,29, 30, 34, 42, 67-maktablar;

Toshkent tumani: 3, 8, 11, 17, 18, 23, 24, 25, 27-maktablar;

Chinoz tumani: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 15, 16, 19, 21, 22, 23, 24, 26, 34, 42-maktablar;

Yuqori Chirchiq tumani: 2, 3, 11, 12, 14, 15, 16, 18, 19-IDUM, 20, 21, 23, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36-maktablar;

Yangiyo‘l tumani: 27, 31, 42, 47, 48-maktablar.

Eslatib o‘tamiz, ertadan keyin faoliyatini boshlaydigan maktablarning to‘liq ro‘yxati hududlar kesimida soat 14:00 da viloyat hokimligining rasmiy veb saytiga yuklandi.

👉BATAFSIL
#Bekobod_tumani
#Jarayon

🛠 Kuch-vositalar shay holatda

Bekobod tumani “Tezkor shtab”

⚡️Tuman aholisi tomonidan kommunal sohadagi muammolar, nosozliklar bo’yicha kelib tushgan murojaatlarni tezkorlik bilan ko’rib chiqish, yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida sohaviy xizmatlarning barcha kuch-vositalari shay holatga keltirilgan.

💥Shu o’rinda tumanimizning Ilg’or mahallasidan o’tgan D325 yuqori bosimli gaz quviri chokidan yorilganligi bo’yicha tuman ishchi guruxi joyning o’zida bartaraft etish choralari ko’rilmoqda tez fursatlarda aholiga gaz yetkaziladi.
Aynidamda tuman hokimi F.Xudoyberdiyev hamda sektor rahbarlari vaziyatni o’z nazoratlariga olgan holda fuqarolardan gaz istish tizimlaridan bohabar bo’lishlarini so’raydi.
Yoshlar ishlari agentligi Bekobod tumani bo'limi rahbari A.Karimov hamda yoshlar yetakchilari bilan birgalikda sovuq kunlarda hamyurtlarimizga madadkor bo'lish maqsadida, qolaversa, yurtimizda inson qadri naqadar ulug' ekanligini har bir inson his qilishi uchun "Mehr ulashing" aksiyasini e'lon qildi.

Ushbu sovuq kunlarda halqimiz farovonligi uchun o'zlarini mehnatlarini ayamay xizmat qilayotgan insonlar holidan habar olindi va ularga issiq kofe va shirinliklar ulashildi.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi