BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
199 subscribers
6.43K photos
1.18K videos
152 files
3.66K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
🥩🥚🧅🥔 #Нарх_наво

Айрим турдаги озиқ-овқат маҳсулотларининг минимал-максимал нархлари

🏢 Давлат статистика қўмитаси томонидан ҳудудий марказий деҳқон бозорларида ўтказилган кузатув натижалари бўйича алоҳида турдаги озиқ-овқат маҳсулотларининг минимал-максимал нархлари

🗓 2022 йил 28 сентябрь ҳолатига

🥩 Суякли мол гўшти (1 кг) 49 500 – 78 000 сўм

🍗 Қўй гўшти (1 кг) 58 000 – 91 000 сўм

🥔 Картошка (1 кг) 2000 – 6000 сўм

🧅 Пиёз (1 кг) 1500 – 5000 сўм

🥕 Сабзи (1 кг) 1 500 – 5 000 сўм

🥚 Тухум (10 дона) 7000 – 16 000 сўм

🍚 Гуруч (1 кг) 5000 – 25 000 сўм

🌻 Ўсимлик ёғи (1 л) 16 000 – 30 000 сўм

🍚 Шакар (1 кг) 12 000 – 17 000 сўм

👉 @BIRINCHI_UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Расмий_муносабат

Ижтимоий тармоқларда Оққўрғон тумани ИИБ ходимига тегишли деб изоҳланган
аудио ёзув тарқалиб жамоатчилик муҳокамасига сабаб бўлмоқда.

Мазкур ҳолат ИИББ томонидан ўрганилди, маълум бўлишича аудио ёзув тегишли экани айтилаётган фуқаро, 1992 йилда туғилган А.Сулаймонов, 2022 йилда Оққўрғон тумани ИИБ Профилактика инспектори лавозимига қабул қилинган.

Ёш ходим кўп ўтмай хизмат фаолияти давомида ўзини салбий томондан кўрсатганлиги ва ноўрин хатти-ҳаракатлари сабабли ички ишлар органларидан бўшатилган.

Фуқаро А.Сулаймоновга нисбатан 02.10.2022 йил Оққўрғон туман прокуратураси томонидан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 277-моддаси 3-қисми "г" банди билан қўзғатилиб, гумон қилинувчи сифатида ЖПКнинг 221-моддаси тартибида ушланди.

Шу ўринда ҳурматли фуқароларимизга, ҳолат тўлиқ назоратга олинганлигини ва қонуний тартибда чора кўрилишини маълум қиламиз.

@BB_Tulyaganov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 3-oktyabr 2022-yil, dushanba.

👉 BAYRAMLAR:


🌏 Xalqaro vrachlar kuni.
🌏 Butunjahon alkogolizmga qarshi kurash kuni.
🌏 Butunjahon qo'ziqorin yig'ish kuni.
🌏 Viruslardan xabardorlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇷🇺 Rossiya - OMON kuni.
🇩🇪 Germaniya - Germaniya birligi kuni.
🇮🇶 Iroq - Mustaqillik kuni.
🇰🇷 Janubiy Koreya - Davlat tashkil topgan kun.
🇰🇷 Janubiy Koreya - Foundation  kuni.
🇦🇲 Armaniston - Milliy sharob festivali.
🇭🇳 Gonduras - Askarlar kuni (Morasan kuni).
🇲🇩 Moldova - Sharob kuni.

👉 VOQEALAR:

- 382 - Rim imperatori Feodosiy Vestgotlarga Frakiya yerlarini ajratdi.
- 1828 - Rossiya va Braziliya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.
- 1866 - Vena shartnomasiga binoan Avstriya Venetsiyani Italiyaga berdi.
-1906 - dengizda SOS falokat signali tasdiqlangan kun.
- 1929 - Buyuk Britaniya va SSSR diplomatik aloqalarni o'rnatdilar.
- 1929 - Serb, xorvat va sloven qirolligi Yugoslaviya rasmiy nomini oldi.
- 1932  - Iroq Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
- 1932 - The New York Times gazetasi nashrdan chiqa boshladi.
- 1935 - Benito Mussolini Efiopiyaga urush eʻlon qildi.
-1942 - «Fau-2» raketasi uchirildi.
- 1945 - Butunjahon kasaba uyushmalari federatsiyasi tuzildi.
- 1952 - Buyuk Britaniya birinchi yadro sinovini o'tkazdi.
-1986 - «K-219» kreyseri halokati.
- 1990 - GDR va GFR birlashuvi.
- 1993 - Rossiyada Oq uyning o'qqa tutilishi.
- 1993 - AQSH va Somali harbiylari toʻqnashuvi.
- 2003 - Tibetliklar o'zlarining go'zallik tanlovini o'tkazdilar.
- 2009 - Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida Naxchivon shartnomasi orqali, Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar hamkorlik kengashi (Turk Kengashi) tuzildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1800 - Jorj Bankroft (1891) - amerikalik olim, Amerika tarixining "otasi".
- 1824 - Ira Krou -  ingliz rassomi.
- 1873 - Vyacheslav Yakovlevich Shishkov (1945) - rus yozuvchisi.
- 1873 - Ivan Sergeyevich Shmelev (1950) - rus yozuvchisi.
- 1895 - Sergey Yesenin - taniqli rus sovet shoiri.
- 1889 - Karl fon Ossеtskiy (1938) - nemis jurnalisti, Nobel mukofoti sovrindori (1935).
- 1898 - Pavel Chelishchev -  rus rasomi, rus Dalisi laqabini olgan.
- 1900 - Tomas Vulf - amerikalik yozuvchi.
- 1935 - Armen Jigarxanyan - rus sovet aktyori.
- 1981 - Zlatan Ibragimovich - shved futbolchisi.
- 1988 - Alisiya Vikander - amerikalik kinoaktrisa.
- 1997 - Djin Boyang - xitoylik yakkalik konki uchuvchisi, to'rt qit'aning chempioni (2018).
Manbaa Shuhratjon Xasanov blogi
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
⚡️⚡️Интернетда чет эл фуқаролари, жумладан, Марказий Осиё давлатларидан келган меҳнат мигрантларининг Россия Федерациясида ҳарбий хизматга мажбурий чақирилиши ҳақидаги миш-мишлар ҳақиқатга тўғри келмайди.

Россия Федерацияси ИИВнинг сохта буйруғига таяниб, Россияда вақтинча бўлиб турган Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғизистон фуқаролари қисман сафарбар қилиниши, агар шартнома тузишдан бош тортса, гўёки уларнинг ишлашга рухсатномалари бекор қилиниши ва депортация қилиниши ҳақидаги нотўғри хабарлар тарқатилмоқда. 

Россия Федерацияси ҳудудида бўлиб турган Ўзбекистон фуқароларини турли даъватларга эргашмасликка, фақат расмий маълумотларга эътибор қаратишга чақирамиз.

Россиянинг Ўзбекистондаги элчихонаси

Каналга уланиш:
@uzauz
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#sektor_bosqichi
#shahmat_shashka

📌Bekobod tumanida Besh tashabbus olimpiadasi 2-mavsumi, sektor bosqichi, Shaxmat-shashka musoboqalari start oldi.

Ushbu bosqichda o'z mahallalarida g'olib bo'lgan ishtirokchilar tuman bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib bordilar.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#Rasmiy

Bugun ertalab taxminan 08:30 lar atrofida Chirchiq shahridagi “Maksam Chirchiq” AJ qarashli 5-zavodda yongʻin sodir boʻlgan, uning oqibatida ishlab chiqarish obyektida portlash vujudga kelgan.

Toshkent viloyati fuqaro muhofazasi boshligʻi – viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli mutasaddilarga vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha topshiriq berdi.

Holat FVV va huquq-tartibot idoralari tomonidan darhol nazoratga olingan. Hozirgi paytda zavodda yongʻinni qurshab olish va oʻchirish chorasi koʻrilmoqda.

Mazkur vaziyatni keltirib chiqargan sabablar va oqibatlari yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi.

Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 4-oktabr 2022-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:


🇺🇳 Butunjahon koinot haftaligi.
🇺🇳 Butunjahon hayvonot olamini himoya qilish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇱🇸 Lesoto - Mustaqillik kuni.
🇲🇿 Mozambik - Tinchlik va milliy kelishuv kuni.
🇷🇺 Rossiya - Rossiya kosmik kuchlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Favqulodda vaziyatlar kuni.
🇸🇪 Shvetsiya - Dolchinli bulochka kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1535 - birinchi ingliz tilidagi Injil nashr etildi.
- 1582 - Papa  Grigoriy XIII Grigorian kalendarini qabul qildi. 
- 1614 - Yevropaga Yaponiyadan „elchilar guruhi“ keldi.
- 1830 - Belgiya Gollandiyadan mustaqilligini e'lon qildi.
- 1853 - Usmonli imperiyasi Rossiyaga qarshi urush e'lon qilidi.
- 1910 - Portugaliya respublika deb e'lon qilindi, qirol Manuel II mamlakatdan qochib ketdi.
- 1934 - Enriko Fermi neytronlarning sekinlashuvi ta'sirini kashf etdi.
- 1938 - Tariximizning eng mash’um kunlaridan biri. Bir guruh adabiyot namoyandalari, madaniyat, harbiy va davlat arboblari qatog‘onlik siyosati qurboniga aylanishdi.
- 1948 - Ashxobod zilzilasi 110.000 kishini halok qildi.
- 1957 - Yerning birinchi sun'iy yo'ldoshi «Sputnik I» uchirildi.
- 1962 - The Beatles birinchi singlni chiqardi.
- 1966 - Lesoto qirolligi e’lon qilingan.
- 1994 - Shveytsariyada “Quyosh ma'badi ordeni” a'zolarining 48 nafari o'zlarini yoqib yuborishdi.
- 1995 - O’zbekiston jamg’arma banki Xalq bankiga aylantirildi.
- 2000 -Yugoslaviyadagi inqilob natijasida Slobodan Miloshevich hokimiyati agʻdarildi.
- 2005 - adabiyotshunos olim, tanqidchi, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov 76 yoshida vafot etdi.
- 2007 - openSUSE 10.3 versiyasi chiqdi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1720 - Jovanni Battista Piranezi (1778) - italiyalik arxeolog, me'mor va grafik rassom, me'moriy landshaftlar ustasi.
- 1800 - Mixail Bestujev (1871) - rus harbiy xizmatchisi, yozuvchi, dekabrist.
- 1816 - Ejen Potye (1887) - fransuz shoiri va inqilobchisi, "International" muallifi.
- 1822 - Rezerford Burchard Xeys (1893) - harbiy va siyosiy rahbar, AQShning 19-prezidenti (1877-1881).
- 1895 - Rixard Zorge (1944) - nemis jurnalisti va Sovet razvedkasi xodimi, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
- 1903 - Jon Vinsent Atanasov (1995) - amerikalik fizik, matematik, elektr muhandisi, birinchi elektron kompyuter ixtirochilaridan biri.
- 1916 - Vitaliy Ginzburg (2009) - sovet va rus fizigi, SSSR Fanlar akademiyasining akademigi, Nobel mukofoti sovrindori (2003).
- 1918 - Kenichi Fukui (1998) - yapon kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1981).
- 1938 - Kurt Vyutrix - shveytsariyalik kimyogar, Nobel mukofoti sovrindori (2002).
- 1942 - Yohanna Sigurdardottir - Islandiyaning birinchi ayol Bosh Vaziri (2009-yil 1-fevraldan).
- 1944 - Xudoyshukurov Otajon (1994) - xonanda, O'zbekiston (1977) va Qoraqalpog'iston (1970) xalq artisti. 
- 1962 - Mavludaxon Xoʻjaeva - oʻzbek pediatri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi III va IV chaqiriqlari deputati. 
- 1976 - Alisa Silverstoun - amerikalik aktrisa va modeler.
- 1988 - Melissa Mari Benoist - amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va produser.
- 1996 - Ella Balinska - ingliz aktrisasi.
Manbaa Shuhratjon Xasanov blogi
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from my.gov.uz
🔴 DIQQAT❗️

👨🏻‍💻Shu kunlarda bizga yetib kelayotgan xabarlar orasidan ijtimoiy tarmoqlarda aholi uchun kompyuter xizmatlari tashkil qilinib, davlat xizmatlarini onlayn ko‘rsatish bo‘yicha takliflar bo‘layotgani haqidagi ma’lumot e’tiborimizni tortdi.

Siz ASLO bu kabi usullardan foydalanmang! Begonalarga shaxsiy ma’lumotlaringizni yoki identifikatsiya tizimlaridagi login va kalit so‘zlaringizni bera ko‘rmang!

My.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlaridan shaxsan o‘zingiz yoki faqat oila a’zolaringiz ko‘magida foydalaning.

📲 Muammo yoki tushunmovchiliklar kelib chiqsa, 24/7 tartibida ish olib boruvchi “1242” qisqa raqamli ☎️ Call-markazimiz bilan bog‘lang.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Bugun 5-oktabr 2022-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:


🇺🇳 Xalqaro o‘qituvchilar kuni.
🌏 Qushlarni kuzatish kuni.
🌏 Xalqaro fohishalikka qarshi kurash kuni.
🌏 Butun dunyoda havo sharlari uchirish kuni.
🌏 Xalqaro maktabga xavfsiz yo'l kuni.
🌏 Butunjahon Jeyms Bond kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇺 Avstraliya - Mehnat kuni.
🇧🇴 Boliviya - Muhandislar kuni.
🇮🇷 Eron - Huquqni muhofaza qilish organlari kuni.
🇲🇨 Indoneziya - Qurolli kuchlar kuni.
🇰🇮 Kiribati - Milliy tuzilish kuni.
🇵🇹 Portugaliya - Respublika kuni.
🇷🇺 Rossiya - Jinoyat qidiruv xodimlari kuni.
🇹🇭 Tailand - Vegetarianlar festivali.
🇹🇯 Tojikiston - Davlat tili kuni.
🇭🇷 Xorvatiya - Xorvat temir yo‘llari kuni.
🇰🇬 Qirg'iziston - Jinoyat qidiruv xodimlari kuni.
🇻🇺 Vanuatu - Konstitutsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

- mil. av. 105 - Arauzion jangi.
- 1462 - Temuriyzoda Abu Said (1451-1469) Ulug‘bekning nabirasi Muhammad Jo‘giy tomonidan egallab olingan Shohruxiyani Xo‘ja Ahrorning yordami bilan qayta egallab, isyonni bostirishga muvaffaq bo‘ldi.
- 1502 - Xristofor Kolumb Kosta-Rikani kashf etdi.
- 1793 - Milliy konvent dekreti asosida Fransiya respublikasi kalendari qabul qilindi
- 1831 - Ksentem jangi.
- 1864 - Hindistonning Kalkutta shahrida yuz bergan kuchli bo'ron 60 ming kishining hayotiga zomin bo'ldi.
- 1908 - Bosniya inqirozi: Avstro - Vengriya Bosniya va Gersegovinani anneksiya qildi.
- 1910 - Portugaliya Respublika deb e’lon qilindi.
- 1915 - Bolgariya Germaniya va Avstriya tomonida turib Birinchi Jahon urushiga kirdi.
- 1927 - „Jazz kuychisi“ filmi katta ekranga chiqdi.
- 1938 - O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tashkilotchisi bo‘lgan Hidoyat Inoyatov Moskvada o‘tkazilgan fizkulturachilar kunida Stalinga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan, deb ayblandi va otib tashlandi. U 1958-yilda oqlandi.
- 1970 - Anvar Sadat Misr davlat rahbari etib saylandi.
- 1973 -  Misr va Suriya Isroilga hujum qildi.
- 1993 - Boris Yelsin Rossiyada muxolif partiyalar va gazetalar faoliyatini taqiqladi.
- 2003 - Ahmad Qodirov - Checheniston Respublikasi prezidenti etib saylandi.
- 2008 - Qirg'izistondagi zilzila, 75 kishi halok bo'ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1609 - Paul Fleming (1640) - nemis shifokori va shoiri.
- 1713 - Deni Didro (1784) - fransuz yozuvchisi, faylasuf, ma’rifatparvar, entsiklopedist.
- 1781 - Bernard Bolsano (1848) - chex matematigi va faylasufi.
- 1829 - Chester Alan Artur (1886) - AQShning 21-prezidenti (1881-1885).
- 1864 - Lyumyer Lui Jan (1948) - fransuz kinematografiya ixtirochisi, Fransuz FA a'zosi (1919).
- 1879 - Frensis Rous (1970) - birinchi onkogen virusni kashf etgan amerikalik patolog, Nobel mukofoti sovrindori (1966).
- 1915 - Hakim Nazir (2008) - bolalar yozuvchisi, O’zbekiston xalq yozuvchisi 1984). 
- 1921 - Qodir Tojiyev (2001) - diktor, Oʻzbekiston xalq artisti (1990). 
- 1936 - Nodirov Turdi - kinorejissyor - operator, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi (1973).
- 1936 - Vatslav Gavel (2011) - chexiyalik siyosatchi, Chexiya Prezidenti (1989-2003).
- 1937 - Najmiddin Komilov (2012) - adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (1975), professor (1991).
- 1943 - Inna Churikova - teatr va kino aktrisasi, SSSR xalq artisti.
- 1952 - Mir-Akbar Raxmanqulov - oʻzbek davlat arbobi, yuridik fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.
- 1952 - Imomali Rahmonov, Tojikiston Prezidenti (1992-yildan).
- 1972 - Asliddin Xudoyberdiyev - yunon-rum kurashchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi (1999). "Oʻzbekiston iftixori" (2002).
- 1973 - Sedrik Villani - fransiyalik matematik. 
- 1975 - Keyt Uinslet - britaniyalik aktrisa, “Oskar”, “Oltin globus”, “BAFTA” va boshqalar sohibasi.
- 1976 - Ramzan Qodirov - Checheniston prezidenti (2007 yildan).
- 1981 - Chjan Iniin - xitoylik sportchi, stol tennisi bo‘yicha 4 karra olimpiya chempioni.
- 1982 - Saori Yosida - yaponiyalik erkin kurashchi, 3 karra olimpiya, 13 karra jahon chempioni.
Manbaa Shuhratjon Xasanov blogi
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Yengil_atletika
#sektor_bosqichi

Bugun Bekobod tumanida Besh tashabbus olimpiadasi 2-mavsumi doirasida, Yengil atletika sport turidan sektor bosqichi musoboqalari bo'lib o'tdi.
📊To'rtta yosh toifasida estafeta yo'nalishida o'tkazilgan musoboqada g'oliblikni qo'lga kirgan o'g'il qizlar tuman bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi