BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
202 subscribers
6.33K photos
1.16K videos
151 files
3.62K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Йиллик тўлов-контракт.pdf
138.2 KB
⚡️2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bir nafar talabaning to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdori.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бу йил ўқишга кира олмаган
қизлар
😁

https://t.me/Yoshlar_hayoti_Rasmiy
Forwarded from Miraziz Mirsultonov
Энг катта қашшоқлик бу-илмсизликдир.

@miraziz_mirsultonov
БАЙРАМ КОНЦЕРТ ДАСТУРЛАРИГА МАРҲАМАТ!!!

Ҳурматли Бекобод тумани аҳолиси ва туманимиз меҳмонлари!

Жорий йил 29 август куни соат 18:00 да Бекобод тумани марказий ўйингоҳида Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 31 йиллиги муносабати билан байрам концерт дастури бўлиб ўтади.

Концерт дастурига Ўзбекистонда эл суйган бир гуруҳ санъаткорлар, сўз усталари ташриф буюришади. Шунингдек, концерт дастурида эстрадамиз ёрқин юлдузларидан бири сирли меҳмон сифатида иштирок этади.

Концерт дастурларига ташриф буюриб, мароқли хордиқ олинг ва байрам тантаналарини биз билан нишонланг!

БАРЧАНИ БАЙРАМ КОНЦЕРТ ДАСТУРИГА ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Futbol va mini-futbol bo’yicha Davlat Xavfsizlik Xizmati kubogi eng chekka hududlardan minglab yosh iqtidorlarni kashf qildi. Yakunda Chempion Bo’ka tumaning “Do’stlik”, mini futbol bo’yicha Baliqchi tumanining “Ko’l” jamoalari bo’lishdi. G’alabalar muborak bo’lsin!

P.S. Davlat Xavsizlik Xizmati, Futbol Assotsatsiyasiga yuqori saviyadagi va eng muhimi adolatli tashkil etilgan turnir uchun yoshlar nomidan alohida tashakkur bildiraman. Stadion to’lib toshgani ham buning isboti bo’lsa kerak, sharhlovchimiz @Davron_Fayziev akaga ham katta rahmat, finalga alohida kayfiyat bag’ishladilar.

@alisher_sadullaev
#Bekobod_tumani
#Qora_qoyli_mahallasi
#Bilimli_yoshlarimiz

Bekobod tumani Qora-qo'yli mahallasida Talabalik bahtiga muyassar bo'lgan yoshlarimiz:
Shodmonova Zarnigor Xamroqul qizi(davlat grandi asosida),
Muxammatova Yodgora Akram qizi (davlat grandi asosida),
Fayzimuratova Volida Dilovar qizi(davlat grandi asosida),
O'ktamjonova Parvina Umid qizi(davlat grandi asosida),
Raxmatullayev G'anisher Kamol o'g'li(davlat grandi asosida),
Jo'raqulov Samandar Xaydar o'g'li (to'lov kontrakt shartnoma asosida),
Turg'unov Uchqunbek Yaxyoqul o'g'li (to'lov kontrakt shartnoma asosida),
Muxammedova Munisa G'ayrat qizi(to'lov kontrakt shartnoma asosida), talabalik baxtiga muyassar bo'lishdi. Ushbu yoshlarni chin yurakdan tabriklaymiz ularga omad hamisha hamroh bo'lishini tilab ota onalariga minnatdorchilik izhor etamiz.👏👏👏👏👏👏👏Omad yoshlarimizga.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Jaloliddin Manguberdi el-yurt istiqloli uchun kurashgan, bunga o‘z hayotini bag‘ishlagan ajdodlarimizning buyuk namoyandasidir. Ona yurtga muhabbat va sadoqat, or-nomus va shon-sharaf bobida unga teng keladigan ulug‘ shaxslar dunyoda kamdan-kam uchraydi”.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Бекобод_тумани

📍“Янги Ўзбекистонда Эл азиз, инсон азиз”

@Bekobodtumanihokimligi
Kanalga ulanish:👇
🌏 https://t.me/Bekobodtumanihokimligi
Талабаликка тавсия этилганлар тўлов-контракт шартномаларини онлайн олиши мумкин

📁Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги хабарига кўра, биринчи босқичга тавсия этилган талабалар янги ўқув йилининг биринчи кунидан бошлаб тўлов-шартномаларни электрон шаклда, kontrakt.edu.uz платформаси орқали онлайн юклаб олишлари мумкин.

📩Шунингдек, белгиланган ўтиш балини тўплай олмаган, аммо табақалаштирилган тўлов-шартнома асосида ўқиш истагини билдирган талабгорлар учун ҳам мазкур платформа орқали онлайн ариза бериш ва шартномани онлайн расмийлаштиришга янги ўқув йилининг биринчи кунидан бошлаб имконият берилади.

📍2022 йил 5 сентябрдан бошлаб барча босқич талабалари (бакалавр, магистр, суперконтракт) тўлов-шартномани онлайн юклаб, тўловни амалга оширишлари мумкин.

Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Bugun 29-avgust 2022-yil, dushanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Xalqaro yadro sinovlariga qarshi kurash kuni.
🌏 Mototsikl tug'ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇸🇰 Slovakiya - Slovakiya milliy qo'zg'oloni kuni (1944).
🇺🇦 Ukraina - Halok bo'lgan Ukraina himoyachilarini xotirlash kuni.
🇷🇺 Rossiya - Rossiya IIV ichki ishlar qo'shinlari maxsus bo'linmalari kuni.
🇵🇭 Filippin - Milliy qahramonlar kuni.
🇮🇳 Hindiston - Milliy sport kuni.
🇦🇷 Argentina - Advokatlar kuni (Dia del Abogado).
🇰🇿 Qozog'iston - Semipalatinsk yadro poligonining yopilish kuni.
🇸🇸 Janubiy Sudan - Otalar kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1030 - Boku yaqinida ruslar Shirvan shohi Manuchix I ibn Yazidning lashkarini mag'lubiyatga uchratishdi.
- 1191 - Angliya qiroli Richard I ning buyrug'i bilan Akre shahrida (Falastin) salibchilar asirlikda bo'lgan uch ming musulmonni qatl qildilar.
- 1526 - Turklar Vengriyani bosib oldilar.
- 1533 - Ispanlar oxirgi Inka imperatori Atahualpani bo'g'ib o'ldirdilar.
- 1698 - Buyuk Pyotr o'z fuqarolariga soqollarini olishni va Yevropa kiyimlarini kiyishni buyurdi.
- 1756 - Buyuk Fridrix Saksoniyaga bostirib kirdi.
- 1758 - Nyu-Jersida birinchi hind rezervatsiyasi tashkil etildi.
- 1793 - Santo-Domingoda qullik bekor qilindi.
- 1825 - Portugaliya qiroli Djon VI Braziliyaning mustaqilligini tan oldi.
- 1831 - Ingliz fizigi Maykl Faradey elektromagnit induktsiya hodisasini kashf etdi.
- 1842 - Nankin shartnomasi
Birinchi afyun urushini yakunlab berdi.
- 1883 - kanadalik ixtirochi va tadbirkor Tomas Ahern Ottavada birinchi elektroplitani namoyish qildi.
- 1885 - Gotlib Daymler mototsikl uchun patent oldi.
- 1897 - Bazelda yahudiylar kengashi bo’ldi.
- 1905 - Portsmut shartnomasi imzolandi (1904-1905 yillardagi Rus-Yapon urushi tugadi).
- 1907 - Kvebek koʻprigi qulab tushdi.
- 1910 - Koreya yapon koloniyasiga aylandi.
- 1926 - Nepalda qullik bekor qilindi.
- 1946 - Shvetsiya, Afg'oniston va Islandiya BMTga qabul qilindi.
- 1949 - SSSRda atom bombasi sinovi.
- 1967 - 150 ga yaqin misrlik ofitserlar Misr prezidenti Nosirni ag'darishga tayyorlanishda ayblanib hibsga olindi.
- 1975 - Oqqush yulduz turkumida yangi supeyulduz paydo bo'ldi.
- 1982 - Darmshtadt (G'arbiy Germaniya) olimlari Mendeleyev davriy sistemasining 109-elementi - meytneriy topilganligi haqida xabar berishdi.
- 1991 - Qozog'istondagi Semipalatinsk yadro poligoni yopildi.
- 1996 - «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi.
- 2003 - «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1632 - Jon Lokk (1704) - ingliz faylasufi va ma’rifatparvari, bilimning empirik nazariyasi muallifi.
- 1780 - Jan Avgust Dominik Engr (1867) - fransuz rassomi.
- 1862 - Mauris Maeterlink (1949) - belgiyalik yozuvchi, dramaturg, Nobel mukofoti sovrindori (1911).
- 1876 - Charlz Kettering (1958) - amerikalik muhandis, ixtirochi va tadbirkor.
- 1904 - Verner Forsmann (1979) - nemis jarrohi va urologi, yurak kateterizatsiyasi usuli mualliflaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori (1956).
- 1907 - Lyudmila Glazova (1981) - sovet kinoaktrisasi.
- 1915 - Ingrid Bergman (1982) - shved kinoaktrisasi, uchta Oskar mukofoti sovrindori.
- 1934 - Joʻldosbek Quttimurodov - haykaltarosh, qoraqalpoq haykaltaroshligi asoschisi, Oʻzbekistonda (1982) va Qoraqalpogʻistonda (1970) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi.
- 1958 - Maykl Jekson (2009) - amerikalik qo'shiqchi, raqqos, bastakor, "pop qiroli".
- 1958 - Olga Zarubina - rus sovet qo'shiqchisi va aktrisasi.
- 1971 - Karla Gudjino - amerikalik aktrisa.
- 1976 - Abduqodir Toshqulov - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri.
- 1982 - Marina Aleksandrova - rus teatr va kino aktrisasi.
- 1989 - Rustam Sultonov - yunon-rum kurashchisi, 82 kg gacha vazn toifasida.
- 1994 - Firuza Sharipova - qozogʻistonlik professional bokschi, WIBA chempioni (2019).
- 2000 - Nilufar Yoqubboeva - oʻzbekistonlik shaxmatchi. Xalqaro darajadagi ayol master (2020).
Manbaa Shuhratjon Xasanov blogi

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati (Мамадалиев Акрам)
БАЙРАМ КОНЦЕРТ ДАСТУРЛАРИГА МАРҲАМАТ!!!

Ҳурматли Бекобод тумани аҳолиси ва туманимиз меҳмонлари!

Бугун 29 август куни соат 18:00 да Бекобод тумани марказий ўйингоҳида Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 31 йиллиги муносабати билан байрам концерт дастури бўлиб ўтади.

Концерт дастурига Ўзбекистонда эл суйган бир гуруҳ, Райхон Ғаниева, Бахриддин Зухриддинов, Аида қўшиқчилар ҳамда сўз усталари ташриф буюришади. Шунингдек, концерт дастурида эстрадамиз ёрқин юлдузларидан бири сирли меҳмон сифатида иштирок этади.
Концерт дастурларига ташриф буюриб, мароқли хордиқ олинг ва байрам тантаналарини биз билан нишонланг!

БАРЧАНИ БАЙРАМ КОНЦЕРТ ДАСТУРИГА ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!