BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
202 subscribers
6.52K photos
1.21K videos
156 files
3.74K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
#Yoshlar_kuni

30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Bekobod tuman Yoshlar ishlari agentligi yetakchilari Nurafshon shahridagi viloyat bayram tadbirda ishtirok etishmoqda.

Bekobod tuman yoshlar ishlari agentligi

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент таъкидлаганидек, 1 июлдан бошлаб:

- автомобилнинг орқа ён ойналарини қорайтириш тўловлари бекор қилинади, яъни бепул бўлади;

- олд ва орқа ён ойналарни тўлиқ қорайтириш тўловлари 6 баробаргача арзонлаштирилади;

- ишлаб чиқарилганига 10 йилдан кўп бўлмаган енгил машиналарни мажбурий техник кўрикдан ўтказиш тартиби бекор бўлади.

Энди, 10 йилдан 15 йилгача бўлган енгил машиналар – икки йилда, 15 йилдан ортиқ бўлганлари эса бир йилда бир марта техник кўрикдан ўтказилади.

"Бу ҳали бошланиши. Мен Президент маслаҳатчилари, Бош вазир ўринбосарлари ва вазирларга топшириқ берганман.

Одамларимизни қийнаётган, аҳамиятини йўқотган тартиб ва чекловларни бекор қилиш бўйича Ишчи гуруҳи барча йўналишларда мунтазам ишлаяпти.

Жойлардан тушган асосланган таклифлар ва ечимлар бўйича доимий тарзда халқимизнинг фойдасига хизмат қиладиган қарорлар қабул қилиб борилади”, деди Президент йиғилиш якунида.
ОГОҲЛАНТИРАМИЗ!!!

Бекобод туманида “Янги Ўзбекистон ёшлари бирлашайлик” ёшлар фестивальини юқори савияда ва кўтаринки руҳда ўтказиш, зарурий хавфсизлик чораларини қўллаш, шунингдек фестиваль давомида транспорт ҳаракатини тартибга келтириш мақсадида, “Янги Ўзбекистон ёшлари бирлашайлик” ёшлар фестивальи ўтказилиши муносабати билан Гулистон маҳалласи Мустақиллик кўчаси 2022 йил 29 июнь куни соат 17:00 дан соат 22:00 гача транспорт ҳаракати чекланишини маълум қиламиз.
Forwarded from MINENERGY.UZ
Ҳурматли истеъмолчилар!

Ҳозирда жамоатчилик муҳокамасига қўйилган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ёқилғи-энергетика ресурслари нархларини ўзгартириш тўғрисида”ги қарори лойиҳаси ишчи гуруҳ томонидан ўрганилаётганини маълум қиламиз.

Мазкур лойиҳа доирасида фуқаролардан мингдан ортиқ мурожаат келиб тушган бўлиб, айни пайтда Энергетика, Молия, Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирликлари мутахассислари томонидан ўрганилиб, таҳлил қилинмоқда.

Қабул қилинган таклифлар бўйича барча хулосалар ва мутахассисларнинг хулосалари тақдим этилгандан сўнг, ушбу масала бўйича якуний ва тегишли қарор қабул қилинади.

Қабул қилинган меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатларга кўра, тарифларнинг ўзгариши ҳукумат қарори қабул қилинган кундан бошлаб 15 кундан кейин кучга киради.

Шу муносабат билан, 2022 йил 1 июлдан электр ва газ тарифларига ўзгартиришлар киритилмаслигини маълум қиламиз.

—————

Уважаемые потребители!

Сообщаем, что проект постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан «Об изменении цен на топливно-энергетические ресурсы», который проходил общественное обсуждение, в настоящее время изучается рабочей группой.

По данному проекту получено более тысячи обращений граждан, которые в настоящее время изучаются и анализируются специалистами Министерства энергетики, Министерства финансов, Минэкономразвития страны.

После представления всех выводов по поступившим предложениям и заключениям специалистов, будет принято окончательное решение и соответствующее постановление по данному вопросу.

Согласно принятым нормам, изменение тарифов вступят в силу, спустя 15 дней после принятия такого постановления.

В этой связи уточняем, что никаких изменений тарифов на электроэнергию и газ с 1 июля 2022 года не предусматривается.

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Forwarded from my.gov.uz
⚡️“Tonirovka” ham arzonlashib, ham bepul bo‘lyapti!

🚘 1-iyuldan ruxsatnomani
my.gov.uz orqali navbatlarsiz olishga shoshiling❗️

📑 Prezident topshirig‘i bilan 1-iyuldan rasman:

🔸 avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilinib (bepul),
old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtirilmoqda;

🏃🏻 Demak, ushbu xizmatga bo‘lgan talab yanada oshadi.

💁🏻‍♂️ Ayni kunlardagi jazirama issiqda hujjat ishlari bilan ko‘chada yurish, navbatlarda turish hech kimga yoqmasa kerak-a?! Aslida bunga hojat ham yo‘q.

👨🏻‍💻 Siz, yaxshisi, “tonirovka” uchun ruxsatnomani 1-iyuldan my.gov.uz orqali hech qanday navbatlarsiz onlayn rasmiylashtiring.

❗️Yana 10 foizlik chegirmani ham qo‘lga kiriting.

Eslatma!

👉🏻 Mazkur o‘zgarishlar 1-iyuldan kuchga kirishini inobatga olib, my.gov.uz da ushbu xizmatdan 1-iyuldan to‘laqonli foydalanishingiz mumkin.

🔖Ruxsatnomani ko‘cha-ko‘yda pul evaziga rasmiylashtiraman deb, shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalar qo‘liga topshirib qo‘ymang.

🚗 Xavfsizligingizni o‘ylang! Ruxsatnomani shaxsan o‘zingiz rasmiylashtirib ko‘ring.

Aslida bu siz o‘ylagandan ham oson, qulay va ishonchli!

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Bugun 29-iyun 2022-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT -- Xalqaro tropiklar kuni.
🌏 Xalqaro sanoat dizayni kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇻🇪 Venesuela, 🇨🇴 Kolumbiya, 🇨🇷 Kosta-Rika, 🇲🇹 Malta, 🇵🇪 Peru, 🏳 Rim, 🇮🇴 San-Paulu, Chili, 🇪🇸 Ispaniya - Sharob jangi.
🇬🇩 Grenada - Baliqchilar kuni.
🇪🇨 Ekvador - Muhandislar kuni.
🇵🇫 Fransiya Polineziyasi - Muxtoriyat kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Oila kuni.
🏳 Tog‘li Qorabog‘ - Vatan uchun halok bo‘lganlar kuni.
🇷🇺 Rossiya - Partizanlar va yashirin kurashganlar kuni.
🇷🇺 Rossiya - Kemasozlar kuni.
🇸🇨 Seyshel orollari - Mustaqillik kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1174 - Poltava birinchi marta Ipatyev yilnomasida Ltava nomi bilan tilga olingan. Poltava nomi 1430-yilda paydo bo'lgan.
- 1540 - Fryubottin, Prista, jodugar ovining qurboni ustunda yondirildi.
- 1613 - Londonda Globus teatri yonib ketdi.
- 1855 - The Daily Telegraph gazetasi nashr etila boshlandi. 
- 1880 - Fransiya Taitini qo‘shib oldi.
- 1871 - Birinchi kasaba uyushmasi qonuni Buyuk Britaniya parlamentida tasdiqlandi.
- 1881 - Sudanlik mulla  Muhammad al-Mahdiy mahdiylar inqilobini boshqardi.
- 1888 - Saqlanib qolgan eng qadimiy ovoz yozuvlaridan biri yozib olingan.
- 1913 - Ikkinchi bolqon urushi boshlandi.
- 1916 - Amerikada “Boing” ning birinchi parvozi.
- 1922 - Fyodor Shalyapin  xorijga gastrolga ketib, qaytib kelmadi.
- 1925 - amerikalik Marvin Pipkin xira rang qoplangan lampochkaga patent oldi.
- 1945 - Chexoslovakiya  SSSRga Karpat yerlarini berdi.
- 1946 - “Agata” operatsiyasi: Falastinda 2,7 ming yahudiy qamoqqa olindi.
- 1958 - Braziliya birinchi marta futbol boʻyicha jahon chempioni boʻldi.
- 1964 - Televizorni masofadan boshqarish pulti yaratildi.
- 1973 - Chilida “tankaso” nomi bilan mashhur bo‘lgan harbiy to‘ntarishga urinish bo‘ldi.
- 1976 - Seyshel orollari mustaqil deb e’lon qilindi.
- 1982 - Jenevada SSSR va AQSh o'rtasida strategik qurollarni cheklash bo'yicha muzokaralar boshlandi.
- 1986 - Argentina terma jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempioniga aylanishdi.
- 1991 - Sloveniya va Xorvatiyaning mustaqilliklarini e’lon qilishi ortidan Yugoslaviyada ichki urush boshlandi.
- 1996 - Abu Salim (Liviya) qamoqxonasidagi g'alayonni bostirish paytida 1200 ga yaqin mahbuslar o'ldirildi.
- 2001 - Kofi Annan ikkinchi muddatga BMT Bosh kotibi etib qayta saylandi.
- 2007 - Apple kompaniyasi  iPhone taqdim etdi.
- 2008 - Homilador erkak  Thomas Beety qiz tugʻdi.
- 2012 - Xo‘tanda xitoy avialaynerini olib qochishga urinish.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1326 - Murod I (1451) - Usmonlilar imperiyasining 3-sultoni (1362-1389).
- 1397 - Xuan II (1479) - Aragon qiroli (1458-1479), Navar qiroli (1425-1479).
- 1516 - Rembert Dodoens (1585) - Flamand botanigi, shifokor, geograf, astronom.
- 1798 - Jakomo Leopardi (1837) - Italiyalik shoir, faylasuf.
- 1888 - Aleksandr Fridman (1925) - rus matematigi va geofizigi.
- 1894 - Pavel Viktorovich Gan -
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, haykaltarosh-rassom.
- 1895 - Mixail Zoshchenko (1958) - rus yozuvchisi, hajvchi.
- 1900 - Antuan de Sent-Ekzyuperi (1944) - fransuz yozuvchisi va uchuvchisi.
- 1926 - Oriana Fallachi (2006) - italyan yozuvchisi.
- 1957 - Mariya Konchita Alonso - amerikalik aktrisa va qo'shiqchi.
- 1957 - Gurbanguli Berdimuhamedov - Turkmaniston Prezidenti (2007-2022).
- 1964 - Soso Pavliliashvili - Rossiya va Gruzin estrada qo’shiqchisi, aktyori.
- 1968 - Zafar Hoshimov - oʻzbek tadbirkori, tarkibiga "Korzinka.uz", "korzinka.uz diskont", smart doʻkonlari kiruvchi „Anglesey Food“ MChJ asoschisi
- 1969 - Mahmudov Mahtumquli - kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, "Oʻzbekiston iftixori" (2000). 
- 1972 - Samanta Smit (1985) - amerikalik o'quvchi - "yaxshi niyat elchisi".
- 1979 - Artur Avila - braziliyalik matematik. 
- 1980 - Teya Gregorin - sloveniyalik biatlonchi.
- 1991 - Eddison Timlin - amerikalik kinoaktrisa.
- 1995 - Eldor Shomurodov - oʻzbek futbolchisi, hujumchi!
Manbaa Shuhratjon Xasanov blogi
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#Bilasizmi
Kimlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmasligini bilasizmi?

🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

🔹 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔹 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
🔹 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
🔹 Imtihonlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kunduzgi-2022 (tillar kesimida).pdf
2.5 MB
#Qabul2022 #Kvota
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sirtqi-2022 (tillar kesimida).pdf
882.4 KB
#Qabul2022 #Kvota
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kechki-2022 (tillar kesimida).pdf
390.4 KB
#Qabul2022 #Kvota
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Masofaviy-2022 (tillar kesimida).pdf
303.8 KB
#Qabul2022 #Kvota
Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #Kvota2022
2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Sirtqi ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Kechki ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Masofaviy ta’lim shakli — yuklab olish.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun 30-iyun 2022-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Xalqaro astroid kuni.
🇺🇳 Xalqaro parlamentchilik kuni.
🌏 Butunjahon ijtimoiy tarmoqlar kuni
🌏 Iqtisodchilar kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston - Yoshlar kuni.
🇩🇴 Dominikan - O'qituvchilar kuni.
🇬🇹 Gvatemala - Armiya kuni.
🇧🇾 Belarus - Iqtisodchilar kuni.
🇮🇱 Isroil - Harbiy dengiz floti kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Sevishganlar kuni.
🇳🇮 Salvador - Bank xodimlari kuni.
🇸🇩 Sudan - Inqilob kuni.
🇨🇩 Kongo DR - Mustaqillik kuni.
🇩🇰 Daniya - Malika Aleksandraning tavallud kuni.
🇷🇺 Rossiya - Grushin mualliflik qo'shiqlari festivali.

👉 VOQEALAR:

- 1520 - Ispan istilochilarining Tenochtitlandan chekinishi, "Qayg‘u kechasi" nomi bilan mashhur.
- 1736 - Azov turk garnizonining taslim bo'lishi, shaharning Rossiyaga butunlay qo'shib olinshi.
- 1859 - Charlz Blonden  Niagara sharsharasidan dorda oʻtdi.
- 1860 - Vatikanda 1-rasmiy gazeta "L'Osservatore Romano" ning ilk soni nashr etildi.
- 1876 - Serbiya va Chernogoriya Turkiyaga qarshi urush e’lon qilishdi.
- 1889 - Parij Tinchlik Konferentsiyasida Parlamentlararo Ittifoq tashkil qilindi.
- 1893 - "EKSELSIOR" nomli olmos topildi. Og‘irligi: 995 karatga teng.
- 1894 - Butun dunyoga mashhur London ko‘prigi — Tauer Bridj ochildi.
- 1894 - Koreya Xitoydan mustaqilligini e'lon qildi.
- 1908 - Tungus meteoritining  Sibirga tushishi oqibatida 2150 km² oʻrmon yer bilan yakson boʻldi.
- 1913 - Ikkinchi Bolqon urushining boshlanishi.
- 1934 - Germaniyada "uzun pichoqlar tuni".
- 1941 - Pepsi-Cola kompaniyasi “Loft” qandolat kompaniyasi bilan birlashtirildi.
- 1945 - SSSR da mehnat ta‘tillari qayta tiklandi.
- 1960 - SSSR va Xitoy mafkuraviy bo'linishni e'lon qilishdi.
- 1960 - Yangi tashkil etilgan sobiq Belgiya mustamlakasi o'zini Kongo Respublikasi deb e'lon qildi.
- 1964 - Oyning yaqin masofadan birinchi fotosuratlari olindi.
- 1970 - Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya va Irlandiya Lyuksemburgda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga qo'shilish bo'yicha muzokaralarni boshladi.
- 1971 - "S-11" kosmik kemasi halokati.
- 2005 - Ispaniyada LGBT  qonuniy tus oldi.
- 2017 - O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil topdi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1470 - Karl VIII (1498) - Fransiya- qiroli (1483-1498), Valualar sulolasidan.
- 1685 - Jon Gey (1732) - angliyalik shoir va dramaturg.
- 1722 - Yirji Berda (1795) - mashhur chexiyalik bastakor.
- 1791 - Savart Feliks (1841) fransuz fizigi.
- 1887 - Yevgeniy Betger (1956) - tarixshunos va sharqshunos olim, kitobshunos, bibliograf.
- 1914 - Kalonov Saidjon (1971) - sozanda (nay), bastakor, O’zbekiston xalq artisti (1966).
- 1917 - Syuzan Heyvord (1975) - amerikalik kinoaktrisa.
- 1920 - Zeno Kolo (1993) -- italiyalik sportchi, olumpiada chempioni (1952).
- 1926 - Pol Berg - amerikalik bioximik, Nobel mukofoti sohibi (1980).
- 1933 - Lea  Massari - italiyalik kinoaktrisa.
- 1939 - Yanis Peters - latviyalik shoir.
- 1941 - O‘lmas Alixoʻjayev (2015) - aktyor, O‘zbekiston xalq artisti (1983). 
- 1941 - Pol Anka - kanadalik qo‘shiqchi.
- 1954 - Serj Sarkisyan - Armaniston Prezidenti (2008-2018).
- 1966 - Andrey Abduvaliyev - sovet, tojik va o'zbek yengil atletikashisi, Olimpiya chempioni (1992), ikki karra jahon chempioni.
- 1966 - Mayk Tayson - amerikalik bokschi, sobiq jahon chempioni.
- 1969 - Anastasiya Nemolyayeva - rossiyalik aktrisa. 
- 1977 - Xusto Vilyar - Paragvay terma jamoasi darvozaboni .
- 1982 - Otis Xarris - amerikalik yengil atlet, olimpiada chempioni (2004).
- 1982 - Sevinch Moʻminova - oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. 
- 1983 - Cheryl Ann Tweedy - ingliz qoʻshiqchisi, raqqos va teleboshlovchi.
- 1985 - Maykl Felps - amerikalik suzuvchi, 23 karra Olimpiya chempioni, 26 karra jahon chempioni.
Manbaa Shuhratjon Xasanov blogi
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Bugun 30-iyun - O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil topgan kun.

🔹 1996-yilda tashkil etilgan  Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati negizida, 2017-yili tashkil topgan.

🔹 Ittifoqning rahbar organlariga quyidagilar kiradi
— Qurultoy;
— Markaziy Kengash;
— Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi;
— Markaziy nazorat-taftish komissiyasi.
🔹 Ittifoqning tuzilmasiga quyidagilar kiradi
— Ittifoqning Markaziy apparati;
— Ittifoqning hududiy tuzilmalari;
— Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;
— Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari;
— Ittifoqning to‘liq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.
🔹 Shuningdek, Ittifoq va uning alohida bo‘linmalari qoshida tegishli ravishda bolalar yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi „Kamalak“ shoʻbalari tashkil qilinadi. Ular Ittifoq va uning alohida bo‘linmalarining sho‘basi hisoblanadi.
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_табриги

Азиз ёшлар!

Сизларни севимли байрамингиз, азму шижоат, гўзаллик ва камолот айёмиЁшлар куни билан самимий муборакбод этамиз.

Сизларнинг чуқур мушоҳадали, вазиятни атрофлича таҳлил қила оладиган, муаммоларга қонун доирасида ечим топишга интиладиган кенг фикрли инсонлар бўлиб камол топишингизда тилакдошмиз.

Барчангизга сиҳат-саломатлик, бахт ва омад тилаймиз. Эзгу интилишларингизни рўёбга чиқариш йўлида бошлаган ҳар бир ишингизда улкан зафарлар ҳамиша ҳамроҳ бўлсин!

Ҳурмат билан,
Адлия вазирлиги жамоаси

Каналга уланиш👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Forwarded from my.gov.uz
🤩 🎉 My.gov.uz – yoshlar bilan birga!

🥳 Bugun, 30-iyun – serquyosh, farovon o‘lkamizda Yoshlar kuni. Yurtimizdagi har bir yoshning chinakam bayrami.

❗️💁🏻 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda yoshlar soni (14 – 30 yoshdagi) 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.

🎊👏🏻Mamlakatimizni rivojlanishning yangi pog‘onasiga olib chiqishda qudratli to‘lqin, mustahkam ustun, suyanchimiz bo‘lgan yoshlarimizni go‘zal bayram – yoshlar kuni bilan chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va ulkan zafarlar tilaymiz.

📹 🙋🏻‍♂️My.gov.uz – yurtimiz yoshlariga yana bir bor omad tilab, bir talay qulay imkoniyatlarni taqdim etadi:

https://www.youtube.com/watch?v=U4A2enrdFm0
Ёшлари куни муносабати бир гурух ёшлар тақдирланди

⚜️Куни кеча тумани ҳокимлиги фаоллар залида туман ҳокими ва сектор раҳбарлари, Ёшлар куни муносабати билан тумандаги энг фаол ёшлар билан учрашув ўтказди.

Шу ўринда туманимиз ёшлари барча жабҳаларда фаол иштирок этаётгани ҳамда вилоят Республика, жахон ареналарида юқори ўринларни қўлга киритиб келган ёшларни туман ҳокими ва сектор раҳбарлари табриклаб эсталик совғаларини топшириш баробарида “Ёшлар дафтари”даги 30 нафар олий ўқув юрти талабаларини тўлов шартномаси тўлаб берилди, 9 нафар ёшларни ҳарбий хизмат билан боғлиқ шартномаси ва 12 нафар ҳайдовчиликда таълим олиши билан боғлиқ тўловлари тўлаб берилиди
.

✍️Бекобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати