BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
190 subscribers
6.5K photos
1.2K videos
154 files
3.71K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
#Бекобод_тумани

Ахоли мурожати Тошкент вилояти ИИББ назоратида

📈Бекобод тумани 3-сектор худуди Ачамайли маҳалласининг фуқаролари билан Тошкент вилояти ИИББ бошлиғининг ўринбосари полковник Д.Худжақулов, 3- минтақавий мувофиқлаштириш маркази бошлиғи полковник И.Худойбергенов ҳамда тумани ИИБ бошлиғи Д.Назаров сайёр қабул ташкил этди.

▶️Батафсил👈

✍️Бекобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Bugun 4-mart 2022-yil, juma.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro muhandislar kuni.
🌏 Butunjahon semirishga qarshi kurash kuni.
🌏 Butunjahon ibodat kuni.
🌏 Xalqaro ko'zoynak taquvchilar kuni.
🌏 Mikrofon tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston - Ichki Ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari kuni.
🇧🇾 Belarussiya - Militsiya xodimlari kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya, 🇮🇪 Irlandiya - Kitoblar kuni.
🇱🇹 Litva - Kazyukas yarmarkasi.
🇹🇼 Tayvan - Daraxt ekish festivali.
🇨🇳 Xitoy - “Ajdaho boshini ko'targanda” bayrami(Zhonghe festivali).

👉 VOQEALAR:

- 1152 - Fridrix I Barbarossa Germaniya qiroli boʻldi.
- 1238 - Siti daryosi yonidagi jang.
- 1726 - Rossiyada birinchi gimnaziya ochildi.
- 1733 - Anna Ionovna “Shaharlarda politsiya tashkil etish to‘g‘risida” farmon chiqardi.
- 1789 - AQSh Konstitutsiyasi kuchga kirdi; Birinchi AQSh Kongressi Nyu-Yorkda ish boshladi.
- 1791 - Vermont AQShning 14-shtatiga aylandi.
- 1818 - Moskvada Kuzma Mininin va knyaz Pozarskiy haykali ochildi.
- 1848 - Fransiyada erkaklar uchun umumiy ovoz berish huquqi joriy qilindi.
- 1849 - Avstriyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1857 - Buyuk Britaniya Afg‘onistonning mustaqilligini tan oldi.
- 1877 - "Bolshoy teatr" da Chaykovskiyning "Oqqush ko'li" baletining premyerasi bo‘ldi.
- 1877 - amerikalik ixtirochi Emil Berliner mikrofon yaratdi.
- 1890 - Edinburgda Ford-Brij koʻprigi ochildi.
- 1918 - "Siklop" harbiy kemasi Bermud uchburchagi suvlarida g'oyib bo'ldi.
- 1919 - Moskvada Komintern tashkil topdi.
- 1936 - “Gindenburg” dirijabli o‘zining birinchi parvozini amalga oshirdi.
- 1955 - ’’Sony’’ firmasi cho‘ntak radiopriyomniklari ishlab chiqarishni boshladi.
- 1975 - Charli Chaplinga ritsarlik unvoni berildi.
- 1977 - Karpat zilzilasi, Ruminiyada qurbonlar soni 1578 kishiga yetdi.
- 1977 - AQSHda megaflop tezlikda ishlaydigan Cray-1 133 superkompyuteri yaratildi.
- 1988 - Luvrda oynali piramida qurildi.
- 1992 - Oʻzbekiston va Turkiya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- 1993 - «Sog'lom avlod uchun» ordeni ta'sis etildi.
- 1996 - O‘zbekistonda Favqulodda Vaziyatlar vazirligi tashkil topdi.
- 1999 - Ichki Ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari tashkil etildi.
- 2006 - Rossiya “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog'i yaratildi.
- 2012 - Vladimir Putin Rossiya Prezidenti etib saylandi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1394 - Genrix Dengizchi (1460) - Portugaliya qiroli Juan I ning o‘g‘li, dengiz sayohatlari tashkilotchisi.
- 1678 - Antonio Lucio Vivaldi (1741) - italyan bastakori, ruhoniyi va skripkachisi.
- 1859 - Popov Aleksandr (1905) - rus fizigi va elektrotexnigi, radio ixtirochisi, elektr-magnit to’lqinlarni amaliy maqsadlarda qo’llash asoschilaridan biri.
- 1879 - Bernxard Kellerman (1951) - nemis shoiri va yozuvchisi.
- 1883 - Krachkovskiy Ignatiy (1951) - rus sharqshunosi, zamonaviy rus sharqshunosligining asoschilaridan biri.
- 1891 - Orif Garmon Toshmatov (1944) - aktyor, sozanda (garmonchi), O’zbekiston xalq artisti (1941).
- 1910 - Oʻrinboy Rahmonov (1980) - Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi, badiiy rahbari, artist va shoir.
- 1933 - Joʻra Teshaboyev - kinoshunos, ssenariychi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989).
- 1938 - Do’spanov O’raqboy - qoraqalpoq tilshunosi, Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi.
- 1965 - Xolid Husayniy -
amerikalik afg‘on yozuvchisi va shifokor.
- 1979 - Vyacheslav Malafeyev - rossiyalik futbolchi, darvozabon.
- 1990 - Andrea Bouen - amerikalik aktrisa.
- 1990 - Draymond Grin - amerikalik basketbolchi, uch karra NBA chempioni, ikki karra Olimpiya chempioni.
- 1998 - Safina Saʼdullayeva - Oʻzbekiston sportchisi, balandlikka sakrash boʻyicha ixtisoslashgan sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi.

Manbaa: Shuhratjon Xasanov blogi
BIZ BILAN QOLING!
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Камалакдасумалак

💐Бугун Нурафшонда ёшлик ва баҳор уйғунлашди. Бир ёнда қозонларда сумалак қайнамоқда. Бир ёнда жамалаксоч қизлару азамат ўғлонлар миллий қадриятларни намойиш этишмоқда. Алпкелбат паҳлавонлар тош ўйнатиб куч синашмоқда.

☺️Қувлашмачоқ ўйнаётган атлас кўйлакли қизалоқларнинг бахтиёр чеҳрасидаги табассумни кўриб кайфиятинг кўтарилади, ҳаёт кўзингга янада гўзал кўринади ва секин пичирлайсан:

"СЕН БАҲОРГА ЎХШАЙСАН, СИНГЛИМ..."

😍Бу ҳаммасимас, қолганини лавҳалар сўзлайди. Сиз ҳам келинг, завқланинг.

Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Forwarded from Soliq qo‘mitasi
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytga kirib "Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Уй-жойга субсидия олиш учун қандай ҳужжатлар керак?

🏘 Ипотека кредитлари бўйича субсидия олиш учун
шахслар ариза билан исталган туман (шаҳар) Давлат хизматлари марказига ўзи келиб мурожаат этади ёки Ягона интерактив давлат хизматлари порталида рўйхатдан ўтади.

🔘 Анкета-ариза электрон тарзда тўлдирилади ва унга қуйидагилар электрон тарзда илова қилинади ёки маълумотлар тақдим этилади:

● жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами маълумотлари;
● оила аъзоларининг (жисмоний шахснинг) шахсий идентификация рақами маълумотлари ва никоҳ қайд этилганлиги гувоҳномаси (тўлиқ оила ва никоҳ ҳамда вояга етган фарзандлар мавжуд бўлган тақдирда) ва (ёки) фарзандлар туғилганлиги ҳақидаги гувоҳномалар (вояга етмаган фарзандлар бор бўлган тақдирда) нусхалари;
● белгиланган тартибда никоҳ бекор қилинганлиги ҳақидаги гувоҳнома ёки никоҳ ҳақиқий эмас деб тан олинганлиги тўғрисида суд қарори (никоҳ қайд этилган ҳолатда) ёки оилавий ҳолати тўғрисида ФҲДЁ архивидан маълумотнома нусхаси (никоҳ қайд этилмаган ҳолатда);
● доимий яшаш жойи бўйича рўйхатга олинган жойидан кадастр рақами ва турига тегишли маълумотлар (агар турар жойи доимий яшаш жойи бўйича рўйхатга олинган жойи билан тўғри келса);
● доимий яшаш жойи бўйича рўйхатга олинган жойидан уй дафтарининг ёки квартиралар бўйича карточканинг нусхаси (агар турар жойи доимий яшаш жойи бўйича рўйхатга олинган жойи билан тўғри келса);
● ариза берувчи ва биргаликда қарз олувчиларнинг даромади ва ушлаб қолинган даромад солиқлари тўғрисидаги маълумотнома (қўшимча даромадлар бўлса солиқ декларацияси).

❗️Юқоридагилардан ташқари маълумот ва ҳужжатларни талаб қилиш қатъиян тақиқланади.

⚠️ Шунингдек, субсидия олиш учун мурожаат қилган ариза берувчидан “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри” АТ орқали олиш мумкин бўлган ҳужжатларни (маълумотларни) талаб қилиш ман этилади.

Бундан ташқари, меҳнат мигрантлари номидан ипотека кредитлари бўйича субсидия олиш тўғрисидаги аризани унинг оила аъзолари бериши мумкин.

☑️ Хизматлар ариза берувчиларга бепул амалга оширилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Forwarded from Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati (Мамадалиев Акрам)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Бекобод тумани Интенсив балиқчилик: ярим сотих майдондан 6 ойда 20 миллион сўм даромад
#3mar #uzbekiston24
Forwarded from Alisher Sadullaev
​​3-mart kuni oliy ta’lim muassasalari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish yuzasidan o‘tkazgan ovozli muloqotimizda ishtirok eta olmaganlar uchun suhbatning yozib olingan shaklini YouTube kanalimizga joyladik. Marhamat: 👉🏻 https://youtu.be/0pEGYZVJA1o

Endilikda YouTube tarmog‘idagi kanalimni ham faol holatda yuritib borishga harakat qilaman. Nasib bo‘lsa, yoshlar uchun foydali kontentlarni berib boramiz. Quyidagi havola orqali siz ham obuna bo‘lib, kuzatib boring: 👉🏻 youtube.com/c/alishersadullayevzafarovich

@alisher_sadullaev
#Zakovat
Bekobod tumani Qushchi MFY 26-maktab zalida Qushchi, Xamza va Oqtepa mahallalari o'rtasida yoshlar yetakchilari va Bekobod tumani Madaniyat bo'limi hamkorligida Zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#яшилйиллик
#бугуннинггапи

Кўчат экиш — халқимизга хос эзгу фазилат, олижаноб қадрият

👉
Батафсил

➡️
Каналга уланиш: https://t.me/Mirzayev_Zoyir

Facebook | Instagram