BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
199 subscribers
6.46K photos
1.19K videos
153 files
3.67K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
💡 #Тезкор #Байрам_билан

⚡️ Бугун 22 декабрь – Энергетика ходимлари куни, яъни свет ўчмайдиган кун❗️

Тезроқ яқинлардан суюнчи олинг ва ушбу хабарни барча группаларга тарқатинг 😅

P.S.: Агар, кимнингдир уйида свет ўчса, билингки ўша ҳудудда байрам зўр бўлаяпти.
Bugun 22-dekabr 2021-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro bard qo‘shiqlari kuni.
🌏 Energeriklar kuni.

🔹 MILLY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Ingliz mustamlakachilari kelib tushgan kun.
🏳️‍🌈 Armaniston, 🇧🇾 Belorussiya, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇷🇺 Rossiya, 🇺🇦 Ukraina - Energeriklar kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Onalar kuni.
🇮🇳 Hindiston - Matematika kuni.
🇨🇺 Kuba - O‘qituvchilar kuni.
🇺🇦 Ukraina - Diplomatik xizmat xodimlari kuni.
🇻🇳 Vetnam - Qurolli kuchlar kuni.
🇿🇼 Zimbabve - Birdamlik kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1317 - Bortena jangi.
- 1603 - Ahmad I Usmonlilar imperiyasining yangi hukmdori bo‘ldi.
- 1790 - Rus qo‘shinlari Izmail qal’asini egallashdi.
- 1807 - AQSH Kongressi boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini taqiqladi.
- 1808 - Venadagi teatrda Betxovenning beshinchi simfoniyasi qoʻyildi.
- 1847 - Abdul Qodir Fransiyaga taslim boʻldi.
- 1857 - Rossiyada birinchi pochta markasi chiqarildi.
- 1894 - Dreyfus ishi boshlandi.
- 1919 - SSSRga AQSHdan 249 kishi surgun qilindi.
- 1978 - Il-86 samolyotining sinov parvozi bo‘lib o‘tdi.
- 1989 - Germaniya birlashuvi sifatida 28 yildan so‘ng Berlindagi Bradenburg darvozasi yana ochildi.
- 2009 - Serbiya Yevropa Ittifoqiga kirish uchun ariza berdi.
- 2015 - AQSh 1959-yilda SSSR, Sharqiy blok mamlakatlari va Xitoyga qarshi AQShning yirik yadroviy zarbasi uchun mo'ljallangan nishonlarning maxfiylashtirilgan ro'yxatini e'lon qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1702 - Jan Etyen Liotar (1789) - Mashhur shveytsar rassomi.
- 1723 - Karl Fridrix Abel (1787) - nemis bastakori va musiqachisi, viola da gamba chalishning virtuozi.
- 1765 - Iogann Fridrix Pfaff (1825) - nemis matematigi.
- 1856 - Frenk Billings Kellog (1937) - AQShning 45-davlat kotibi, Nobel mukofoti sohibi (1929).
- 1858 - Jakomo Puchchini (1924) - kompozitor, italyan mumtoz operasining so'ngi vakili.
- 1887 - Srinivas Ramanudjan Ayengor (1920) - hind matematigi.
- 1890 - Ahmad Zaki Validiy (1970) - boshqird milliy-ozodlik harakatining rahbari, turkshunos, falsafa doktori.
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi kanalidan olindi.
- 1903 - Xolden Keffer Xartlayn - (1983) - amerikalik fiziolog va biofizik, Nobel mukofoti laureati (1967).
- 1911 - Grout Reber (2002) - amerikalik havakor astronom, radioastronomiya asoschilaridan biri.
- 1948 - Nikolaye Timofti - moldovan siyosatchisi, Moldova prezidenti (2012-2016).
- 1972 - Vanessa Paradi - fransuz aktrisasi, qo‘shiqchi, model
- 1987 - Ozoda Abdullayeva - xonanda.
Manbaa: Shuhratjon Hasanov blogi
BIZ BILAN QOLING!
Ёш тадбиркорларга 540 млн сўмгача кредитлар ажратилади

«Ёшларни тадбиркорликка жалб этиш ва уларнинг бизнес ташаббусларини қўллаб-қувватлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги Ҳукумат қарори (765-сон, 21.12.2021 й.) қабул қилинди

☑️Президентнинг 2021 йил 13 июлдаги ПФ–6260-сон Фармонига асосан Тикланиш ва тараққиёт жамғармаси томонидан ТИФ Миллий банкка 100 млн доллар пул ажратилган.

☑️Қарорга асосан, мазкур маблағлардан 2022-2024 йилларда ёш тадбиркорларнинг янги бизнес лойиҳалари учун кредитлар қуйидаги шартларда ажратилади:

▪️кредит миқдори БҲМнинг 1000 бараваридан 2 минг бараваригача;

▪️муддати 7 йил, имтиёзли давр – 3 йил;

▪️фоиз ставкасиМарказий банкнинг асосий ставкасида (ҳозирда 14 %).

☑️Кредитлар ажратиш учун Ёшлар ишлари агентлиги, Савдо саноат палатаси ва банклар томонидан тадбиркорлик билан шуғулланиш истагидаги ёшлар рўйхати шакллантирилади.

Ёшлар ўртасида бизнес кўникмаларини шакллантириш ва тадбиркорликка ўқитиш бўйича ўқув амалий курслари, шу жумладан “онлайн” тарзда бепул ташкил этилади.

☑️Мазкур курсларни муваффақиятли тугатган ёшларга сертификат тақдим этилиб, улар томонидан ўз бизнесини ташкил этиш учун юқоридаги шартларда кредитлар ажратилади.

☝️🏻Лойиҳани амалга ошириш учун ёшлар ТИФ миллий банк филлиалларига ариза беради ва унга мувофиқ кредит ажратилади ёки асослантирилган ҳолда рад этилади.

👉 @bankirkundaligi 👈
#Бекобод_тумани
#Қарор_ва_ижро

Абдулла
янги уйга эга бўлди

🏘Ўзбекистон Республикаси Президентининг Етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни давлат томонидан қўллаб-қувватлашнинг янги тизимини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисидаги 2021 йил 9 августдаги ПҚ-5216-сонли қарорига асосан, ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган Бўка туманидаги 15-Меҳрибонлик уйида тарбияланган Бекобод туман фарзанди Абдурахмонов Абдуллага туманнинг “Бобур Мирзо” маҳалласида жойлашган кўп қаватли турар жойдан барча шароитларга эга бўлган хонадоннинг ордери ва калитини туман ҳокими Ф.Худойбердиев, туман прокурори Д.Абдурахмонов, топширди.

✍️Бекобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Bugun 23-dekabr 2021-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro snoubording kuni (World Snowboard Day).

🔹 MillIY BAYRAMLAR:

🇮🇳 Hindiston - Fermerlar kuni.
🇪🇬 Misr - G‘alaba (Port-Saidning ozod qilinish) kuni.
🇲🇽 Meksika - Rediska kuni.
🇸🇩 Sudan - Bolalar kuni.
🇸🇪 Shvetsiya - Qirolchaning tug‘ilgan kuni.
🇷🇺 Rossiya - Qurolli kuchlarning uzoqqa uchuvchi aviatsiyasi kuni.
🇺🇦 Ukraina - Shtab mutaxassislari va maxsus aloqa qo‘shinlari kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Imperatorning tug'ilgan kuni.

👉 VOQEALAR:

- 484 - Gunerixning o'limidan so'ng Guntamund vandallar qiroliga aylandi.
- 558 - Xlotar I Frank qirolligini o‘z qo‘l ostida birlashtirishni yakunladi.
- 962 - Halab qamali.
- 1672 - Italyan astronomi Jovanni Kassini Saturnning navbatdagi yo‘ldoshi - Reyani kashf qildi.
- 1876 - Usmonlilar imperiyasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1888 - Vincent van Gog o’z qulog’ini kesdi.
- 1913 - AQShda bir nechta yirik banklardan Federal zahira tizimi tashkil etildi.
- 1938 - London muzeyiga Latimeriya balig’i olib kelindi.
- 1953 - SSSRda L. P. Beriya, V. N. Merkulov, B. Z. Kobulov, S. A. Goglidze, P. Ya. Meshik, V. G. Dekanozov va L. E. Vlodzimirskiy otib tashlandi.
- 1947 - Amerikalik fiziklar Ulyam Shokli, Djon Bardin va Uolter Brateyn Bell Labs labaratoriyasida tranzistorning rasmiy taqdimoti o’tkazishdi. Shu kun tranzistor ixtiro etilgan kun hisoblandi.
- 1972 - Managua zilzilasi.
- 1979 - Afg'oniston urushi: Sovet qo'shinlari Kobulni egallashdi.
- 1990 - Sloveniyaning Yugoslaviyadan ajralib chiqishi to‘g‘risidagi referendum. Qatnashganlarning 95%i rozilik bildirishgan
- 2007 - Nepalda monarxiya tugatildi.
- 2007 - Islom Karimov 7 yil muddatga uchinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1722 - Aksel Kronstedt (1765) - nikelni kashf etgan shved kimyogari va mineralogi.
- 1777 - Aleksandr I (1825) - Rossiya imperatori (1801-1825).
- 1790 - Jan-Fransua Shampolyon (1832) - fransuz tarixchi sharqshunosi va lingvisti, misrshunoslik asoschisi.
- 1799 - Karl Bryullov (1852) - Mashhur rus rassomi. 
- 1810 - Karl Rixard Lepsius (1884) - nemis arxeologi va misrshunosi.
- 1881 - Xuan Ramon Ximenes - Ispan shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1956).
- 1911 - Niels Kaj Jerne (1994) - ingliz immunologi, Nobel mukofoti sohibi (1984).
- 1918 - Gelmut Shmidt (2015) - nemis siyosatchisi, GFR ning 5-federal kansleri (1974-1982).
- 1920 - Asqad Muxtor (1997) - Atoqli shoir va yozuvchi.
- 1931 - Lev Durov (2015) - teatr va kino aktyori, SSSR xalq artisti.
- 1933 - Akixito - Yaponiyaning 125-imperatori (1989-2019).
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi kanalidan olindi denglar
- 1943 - Najimatdin Ansatboyev - qoraqalpoq aktyori va rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1974). 
- 1953 - Mariya Romanova - Rossiya imperatorlik uyining rahbari.
- 1976 - Sevarа  Nazarxonova - xonanda, “Nihol” mukofoti sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (2002).
Manbaa: Shuhratjon Xasanov blogi

BIZ BILAN QOLING!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бекобод тумани ҳокими Фурқат Ҳудойбердиев 2021 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича амалга оширилган ишлар сарҳисоби ҳамда 2022 йилдаги устувор вазифалар юзасидан аҳолига мурожаати тингланди.
ТОШКЕНТ 24 телеканали нигохида
Bugun 24-dekabr 2021-yil, juma.

👉 BAYRAMLAR:

🇱🇾 Liviya - Mustaqillik kuni.
🇪🇸 Ispaniya, 🇲🇽 Meksika - Yaxshi tun bayrami.
🇫🇲 Mikroneziya - Konstitutsiya kuni.
🇫🇮 Finlandiya - Rojdestvo sulhi to‘g‘risidagi Deklaratsiya kuni bayrami.
🇷🇺 Rossiya - Harbiy shon-shuhrat kuni - Izmail qal’asining egallanishi.
🇺🇦 Ukraina — Arxiv xodimlari kuni.
🏳 Dnestrbo‘yi — Konstitutsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1777 - Jeyms Kuk Rojdestvo orolini kashf etdi.
- 1801 - ingliz mexanigi Richard Trevitik bug‘ bilan ishlovchi birinchi avtomobilni namoyish qildi.
- 1865 - Ku-klus-klan tashkil topdi.
- 1900 - Xorijda «Искра» gazetasining birinchi soni chiqdi.
- 1914 - Birinchi jahon urushidagi yangi yil kelishuvi.
- 1924 - Albaniya respublikaga aylandi.
- 1942 - RSFSR Narkomprosi «Ё» harfini majburiy ishlatilishi to‘g‘risida buyruq chiqardi.
- 1961 - Liviya mustaqil davlat deb e‘lon qilindi.
- 1968 - Yer koinotdan suratga olindi.
- 1979 - “Arian” fransuz tashuvchi raketasining muvaffaqiyatli uchirilishi.
- 1982 - An-124 “Ruslan” harbiy transport samoliyotining birinchi sinov parvozi.
- 1991 - Rossiya BMTda SSSRni almashtirdi.
- 1994 - Jazoirda bortida 232 kishi bo'lgan Air France samolyoti o'g'irlab ketildi. Ikki kundan so'ng, Marselda samolyot hujum orqali egallandi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1167 - Jon Lendless (Yersiz) (1216) - Angliya qiroli (1199-1216).
- 1761 - Salim III (1808) - Usmonlilar imperiyasi sultoni (1789-1807).
- 1798 - Miskevich Adam (1855) - Polyak shoiri, polsha milliy harakati arbobi.
- 1856 - Tomson - Ingliz fizigi, metallarning elektron nazariyasi asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1937). 
- 1867 - Tavfiq Fikrat (1915) - Turk shoiri, ma'rifatparvar, jurnalist.
- 1868 - Emanuel Lasker (1941) - nemis shaxmatchisi va matematigi, shaxmat bo‘yicha ikkinchi jahon chempioni (1894-1921).
- 1901 - Aleksandr Fadeev (1956) - rus sovet yozuvchisi, tanqidchi, adabiyot nazariyotchisi, jamoat arbobi.
- 1906 - Jeyms Hedle Cheyz (1985) - angliyalik detektiv yozuvchi.
- 1918 - Turob To’la (taxallusi, familyasi To’laxo’jayev (1990) - shoir dramaturg va kinodramaturg. O’zbekiston xalq shoiri (1988).
- 1922- Po'lat Mo'min - O'zbekiston xalq yozuvchisi.
- 1925 - Nazarova Tamara (1998) - O’zbekiston xalq artisti (1969).
- 1926 - Halima Komilova (1984) - balet artisti, raqqosa, O'zbekiston xalq artisti.
- 1928 - Salimov Oqil - texnika sohasidagi olim, davlat arbobi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1994-1998)
- 1937 - Rixsi Ibrohimova - Iste'dodli teatr aktrisasi, “O‘zbekiston хalq artisti” (1979).
- 1942 - Joʻrabek Murodov - taniqli tojik qoʻshiqchisi, bastakori va shoiri, Tojikiston xalq artisti (1974) va SSSR xalq artisti (1979).
- 1943 - Tarya Halonen -  Finlandiyaning birinchi ayol prezidenti (2000-2012) .
- 1947 - Nadim Norxojayev - Xalqimizning sevimli bastakori.
- 1958 - Doni Ilyosov - Bastakor, dirijiyor va musiqiy bezakchi.
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi kanalidan olindi.
- 1957 - Xamid Karzay - Afgʻonistonning 4-chi prezidenti (2004-2014).
- 1961 - Ilhom Aliyev - Ozarbayjonning 4-prezidenti (2003-yildan).
- 1961 - Gulxatsha Ayimbetova - xonanda, Qoraqalpogʻiston (1999) va Oʻzbekiston (2000) xalq artisti.
- 1989 - Moʻminjon Abdullaev - oʻzbek yunon-rum kurashchisi.

BIZ BILAN QOLING!


https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#Бекобод_тумани

Янги йил сайлига старт берилди.

🌲Бекобод тумани 2022 йилни муносиб қарши олиш ҳамда янги йилни кўтаринки кайфиятда ўтказиш мақсадида, “Мустақиллик” кўчасига баланлиги 15 метр бўлган арча безатилди.

💥Куни кеча янги йил байрам сайилига старт берилди, ҳамда туманнинг жажи болажонлари учун байрам тадбири ташкил этилди.

🎷Байрам тадбирида туман маданият бўлими ходилари куй-қўшиқлари янгради, шу ўринда ДХХ чегара қуўинлари ҳарбий ансабили кечага ўзгача илиқлик берди.

🔹Байрам тадирини туман ҳокими ўринбосари Д.Мирзакулов очиб берар экан болажонларга янги йил байрами эртакладагидек сеҳрли ўтишини тилаб қолди.

⚡️⚡️Байрам сўнгида болажонлар билан Мустақиллик кўчасида янги йил сайли ташкил этилди.

@bekobodhayoti
Bugun 26-dekabr 2021-yil, yakshanba.

🔹 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro krupyelar kuni.
🌏 Orzularni ovlash kuni.
🌏 Sovg‘alar ulashish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇺 Avstraliya, 🇬🇧 Buyuk Britaniya, 🇳🇿 Yangi Zelandiya, 🇨🇦 Kanada, 🇰🇮 Kiribati, 🇳🇷 Nauru - Sovg‘alar ulashish kuni.
🇧🇬 Bolgariya - Otalar kuni.
🇳🇦 Namibiya - Oila kuni.
🇸🇮 Sloveniya - Mustaqillik kuni.
🇸🇧 Solomon orollari - Minnatdorchilik kuni.
🇷🇺 Rossiya - Harbiy havo mudofaasi qo‘shinlari kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1606 - «Qirol Lir»ning ilk postanovkasi.
- 1790 - Lyudovik XVI „Dinning fuqarolikka taʼsiri“ haqida qaror chiqardi.
- 1792 - Ingliz kashfiyotchi Charlz Babbage hisoblash mashinasini ixtiro qildi.
- 1805 - Presburg sulhi imzolandi.
- 1806 - Plutsk jangi.
- 1825 - Dekabristlar senat oldida qoʻzgʻolon uyushtirdilar.
- 1898 - Per va Mariya Kyuri, radiy elementini kashf etishdi.
- 1941 - Kerch operatsiyasi.
- 1974 - “Salyut-4” kosmik stansiyasi uchirildi.
- 1975 - Tovushdan tez ichuvchi Tu-144 yo‘lovchi samolyoti foydalanishga topshirildi.
- 1991 - SSSR rasman tugatildi.
- 1991 - Oʻzbekiston va Avstraliya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- 2003 - Bam (Eron) zilzilasi.
- 2004 - Hind okeanida zilzila sodir bo‘lishi oqibatida dahshatli sunamini keltirib chiqardi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1194 - Fridrix II Gogenshtaufen (1250) - Muqaddas Rim imperatori (1220-yildan).
- 1716 - Tomas Grey (1771) - ingliz shoiri.
- 1791 - Charlz Bebbij (1871) - britaniyalik matematik, birinchi analitik hisoblash mashinasi ixtirochisi.
- 1893 - Mao Szedun (1976) - Xitoy sotsialistik inqilobi dohiysi.
- 1909 - Ulanova Galina (1998) - balet artisti, SSSR xalq artisti (1951), zamonaviy eng taniqli balerinalardan.
- 1910 - Boboev Qurbonali - geolg, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1974), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1962), professor (1963). 
- 1920 - Yodgor Nasriddinova (2006) - sovet partiya ba davlat arbobi.
- 1928 - Muhammadjonov Abdulahad - sharqshunos va arxeolog olim. O’zFA akademigi (2000), Tarix fanlari doktori (1973), professor (1989).
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi kanalidan olindi.
- 1949 - Mixail Boyarskiy - kino va teatr aktyori, qo‘shiqchi, RSGSR xalq artisti.
- 1963 - Baxtiyor Toʻrayev - teatr rassomi, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1999).
- 1977 - Muzaffar Abduazimov - xonanda.
- 1986 - Ugo L’oris - fransuz futbolchisi, darvozabon, jahon chempioni.

BIZ BILAN QOLING!
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#фото_челленж

😊Дам олиш кунига ажойиб сюрприз!!!

Қор ёғмоқда, азизлар!.. Янги йил шукуҳи қор билан янада жозиба касб этди, тўғрими?

Хўш, сизнинг ҳудудингиздаги қиш манзараси қандай?

Ҳозироқ суратга олинг ва 99 813 47 96 манзилига юборинг. Энг яхши фотолар каналимизда эълон қилиб борилади.
Қани бошладик ''Қордан завқ олиб, "фото челленж"га қўшилинг.

Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
#тезкор

⚡️⚡️⚡️⚡️

27 декабрдан «Ёш китобхон» танловига старт берилади!


«Ёш китобхон» танловининг саралаш босқичлари ўтказиладиган манзиллар рўйхати билан қуйидаги ҳавола орқали ўз ҳудудингизни танлаган ҳолда танишиб чиқишингиз мумкин:

• Тошкент вилояти

❗️Эслатиб ўтамиз, «Ёш китобхон» танловининг саралаш босқичи:

27 декабрь - 10-14 ёш тоифаси (2007-2011 йиллар оралиғида туғилганлар) учун;
28 декабрь - 15-19 ёш тоифаси (2002-2006 йиллар оралиғида туғилганлар) учун;
29 декабрь - 20-30 ёш тоифаси (1991-2001 йиллар оралиғида туғилганлар) учун бўлиб ўтади.

Танлов соат 10:00дан 17:00га қадар ўтказилади.

Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#огоҳлик
#расмий

📣 ИИБ ЙПХ қорли, қировли кунларда ҳайдовчилар ва барча йўл ҳаракати иштирокчиларини огоҳликка чақирди.

📌 Кимга жўнатиб қўйишни биларсиз!..

Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Forwarded from Huquqiy axborot
#2022_йил_1_январдан

Қонунчиликка кўра, пенсиялар, ижтимоий нафақалар, компенсациялар ва бошқа тўловлар (пенсия ва нафақалар)ни тўлаш ҳар уч йилда Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри бўйича алоҳида ўтказиладиган тендер асосида танланган тижорат банки ва бошқа ихтисослашган ташкилотлар томонидан амалга оширилади.

Бунда пенсия ва нафақаларни нақд пулда маҳалла фуқаролар йиғинларига, фуқароларнинг яшаш манзилларига етказиб бериш мажбурияти юклатилади.

📍Lotin alifbosida o‘qing

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Bugun 27-dekabr 2021-yil, dushanba.

BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro epidemiyaga qarshi tayyorgarlik ko‘rish kuni.
❄️ Qog'ozdan qor parchasi yasash kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Mevali pirog kuni
🇷🇺 Rossiya - Qutqaruvchilar kuni.
🇰🇵 KXDR - Sotsialistik konstitutsiya kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Pasport va viza xizmati xodimlari kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1513 - Burgoss qonunlari kuchga kirdi.
- 1831 - Charliz Darvin dunyo bo’ylab sayohatga chiqdi.
- 1842 - Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi oʻrtasida “Majburiyatlar akti” deb ataluvchi shartnoma imzolandi.
- 1845 - Amerikalik shifokor Krouford Lang dunyoda birinchi marta tug'ruq paytida og'riqsizlantirishni qo'lladi.
- 1903 - Dublindagi Abbat teatri ochilishi.
- 1918 - Germaniyada polyaklar qo‘zg‘oloni boshlandi.
- 1932 - SSSRda yagona pasport tizimi joriy qilindi.
1932 - Nyu-Yorkda dunyodagi eng katta "Radio City Music Hall" kinoteatri (5945 o'rinli) ochildi.
- 1945 - Xalqaro Valutya fondi tashkil topdi.
- 1949 - Niderlandiya Indoneziyaning mustaqilligini tan oldi.
- 1960 - Bitliz guruhining Angliyadagi ilk konserti.
- 1978 - Ispaniyada Fransisko Franko diktaturasi tugatilganini bildiruvchi yangi konstitutsiya kuchga kirdi.
- 1979 - Afgʻon urushi (1979-1989): Amin saroyi qurshab olindi.
- 1990 - Rossiya qutqaruvchilar korpusi tashkil qilindi.
- 1991- Mozambik Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Oʻzbekiston suverenitetini tan oldi.
- 1996 - “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”, “Oʻqituvchi va murabbiylar kunini belgilash toʻgʻrisida” Qonunlar qabul qilindi.
- 2005 - “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida”gi qarori qabul qilindi.
- 2007 - Pokistonning sobiq bosh vaziri Benazir Butto saylov oldi tashviqotlari doirasida Ravalpindi shahriga safari chog’ida suiqast qurboni bo’ldi.
- 2008 - G'azo sektorida Isroil armiyasining HAMASga qarshi aksilterror harbiy operatsiyasi boshlandi. Operatsiyaning kod nomi - Cast Lead.
- 2014 - Quyoshdan 50 000 yorug‘lik yili masofada sverxyangi yulduz portlashi qayd qilindi.
- 2019 - Almati shahri yaqinida samolyot qulab tushdi. 12 ta qurbon va 49 kishi jarohatlandi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1571 - Kepler Iogann (1630) - nemis astronomi va matematigi.
- 1773 - Jorj Keyli (1857) - ingliz olimi va ixtirochisi, aerodinamika fani asoschilaridan biri.
- 1822 - Paster (Pasteur) Lui (1895) - fransuz kimyogari, mikrobiologi, hozirgi zamon mikrobiologiyasi va immunologiyasi asoschilaridan biri.
- 1832 - Pavel Tretyakov (1898) - rus tadbirkori, Tretyakov galereyasining asoschisi.
- 1901 - Marlen Ditrix (1992) - nemis va amerikalik aktrisa, qo‘shiqchi.
- 1915 - Tilovbergan Jumamuratov (1990) - Oʻzbekiston (1969) va Qoraqalpogʻiston (1967) xalq shoiri.
- 1926 - Mahmudjon Ahmedov - jarroh, Oʻzbekistonda xiz-mat koʻrsatgan fan arbobi (1990).
- 1934 - Larisa Latiynina - sovet gimnastikachisi, 9 karra jahon va olimpiada chempioni, 7 karra Yevropa chempioni.
- 1937 - Ibrohim Gʻofurov - yozuvchi, tarjimon, tanqidchi "O'zbekiston Qahramoni" (2021)
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi kanalidan olindi.
- 1946 - Tohir Malik (2019) - yozuvchi, «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» (2000).
- 1948 - Jerar Depardye - fransuz teatr va kino aktyori.
- 1965 - Salmon Xon - hind kinoaktyori, produser, qoʻshiqchi va teleboshlovchi.
- 1971 - Sergey Bodrov (2002) - sovet va rus kinoaktyori, kinorejissyor, ssenariynavis.
- 1974 - Alyena Vinnitskaya - ukrainalik pop-rock uslubidagi qoʻshiqlar ijrochisi.
- 1978 - Pelin Batu - turk yozuvchisi, aktrisa va tarixchi.
- 1989 - Yekaterina Lagno - ukrain va rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster.

BIZ BILAN QOLING!

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#тезкор_иш_бор

📣📣📣📣📣
Диққат ишга марҳамат!

🧾Олий маълумотли, меҳнат тажрибасига эга, креатив фикрлайдиган, Тошкент вилояти атмосферасидан хабардор, маҳоратли журналистларни ишга таклиф этамиз.

🌐 Иш – интернет сайти ва ижтимоий тармоқлар учун қизиқарли контент тайёрлаш.

📍Иш жойи: Тошкент вилояти Нурафшон шаҳри

Шароит: шинам студия, энг замонавий техник имкониятлар мавжуд, ажойиб жамоа ва бепул тушлик ҳамда муҳими ёш ва аҳил жамоа...

💰Маош: Бошланишига 4 милиондан 8 милион сўмгача. Фаолият самарадорлигига қараб, яна ошириб борилади.

❗️Диққат! Масофадан ишлаш ёки иккинчи иш жойи сифатида кўриш бизга тўғри келмайди. Асосий штатга ишлайдиган ходимлар керак. Хорижий тил билиш устуворлик бериши тайин. Иш вақти соат 9:00дан 18:00га қадар.

☎️Алоқа: Илтимос, ўзингиз ҳақингиздаги маълумотларни @Yoshlar_aloqada_bot манзилига юборинг. Ўрганиб чиқамиз ва сизга қўнғироқ қиламиз.

Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi