BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
199 subscribers
6.46K photos
1.19K videos
153 files
3.67K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Bugun 14-dekabr 2021-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro maymunlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Alabama shtati kuni.
🏳️ Abxaziya - Lat fojeasi qurbonlari xotirasi kuni.
🇧🇩 Bangladesh - Qatl qilingan intellektuallar kuni.
🇲🇼 Malavi - Daraxt ekish kuni.
🇷🇺 Rossiya, Boshqirdiston - Boshqird tili kuni.
🇹🇲 Turkmaniston - Neft va gaz sanoati va geologiya sohasi xodimlari kuni.
🇺🇦 Ukraina - Chernobil avariyasi oqibatlarini tugatish ishtirokchilarini sharaflash kuni.

👉 VOQEALAR:

- 835 - Tan imperiyasida “Totli shudring fitnasi" muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
- 1542 - Mariya Styuart tugilganiga atigi 6 kun bo'lganida Shotlandiyaning qirolichasi deb elon qilindi.
- 1799 - AQShning birinchi yetakchisi Jorj Vashington hayotdan ko’z yumdi.
- 1896 - Glazgoda metropoliten ishga tushdi.
- 1900 - Kvant mexanikasi ta’limoti nashrdan chiqdi..
- 1911 - Amundsen Janubiy qutbga yetib bordi.
- 1913 - Gretsiya Krit orolini rasman anneksiya qildi.
- 1918 - Karl Fridrix Finlyandiya taxtidan voz kechdi.
- 1939 - SSSR Millatlar Ligasidan chiqarildi.
- 1942 - Toshkent yaqinida ANT-20 halokatga uchradi. 36 ta qurbon.
- 1943 - SSSR Davlat ("Stalin") madhiyasi Butunittifoq Kommunistik partiyasi (bolsheviklar) MK Siyosiy byurosi qarori bilan tasdiqlandi.
- 1955 - Avstriya, Albaniya, Bolgariya, Iordaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kambodja, Laos, Liviya, Nepal, Portugaliya, Ruminiya, Finlandiya, Seylon, Vengriya BMT ga qabul qilindi.
- 1960 - Istanbul bo’g’ozida yunon va Yugoslav neft tankerlari to’qnashib ketdi. Fojiada 52 kishi halok bo’ldi. Dengizga to’kilgan tonnalarcha neft 52 kun davomida yonib turdi.
- 1974 - Buxoroda Yak-40 samolyotining halokati. 7 ta qurbon.
- 1988 - Ispaniyada 24 soatlik ommaviy ish tashlash.
- 1990 - 1936-yildan O’zbekiston tarkibida bo’lgan Qoraqalpog’iston o’z davlat suverenitetini e’lon qildi.
- 1995 - Deyton kelishuvi imzolandi.
- 2004 - Dunyodagi eng baland transport ko‘prigi - Miyo Viadugi ochiodi.
- 2008 - Moskva va Sankt-Peterburgda "Dissidentlar marshi" bo'lib o'tdi.
- 2012 - Sandi-Xuk maktabidagi ommaviy qotillik.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1503 - Nostradamus (1566) - fransuz vrachi, olim, shoir, astrolog va bashoratchi.
- 1546 - Tixo Brage (1601) - daniyalik astronom, munajjim va Uyg'onish davri kimyogari.
- 1789 - Zinaida Volkonskaya - rus yozuvchi, shoira, adabiy salon bekasi.
- 1821 - Nikolay Sherbina (1869) - rus shoiri.
- 1895 - Ejen Emil Pol Grendel (1952) - fransuz shoiri. Vafotidan soʻng unga Xalqaro Tinchlik mukofoti berilgan (1953).
- 1895 - Georg VI (1952) - Buyuk Britaniyaning qiroli (1936-1952).
- 1909 - Edvard Tatum (1975) - amerikalik biokimyogar va genetik, Nobel mukofoti sohibi (1958).
- 1914 - Zoxidov Voxid (1983) - Adabiyotshunos olim, faylasuf, publitsist, O’zbekiston FA akademigi (1966). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964).
(https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi kanalidan olindi)
- 1922 - Nikolay Basov (2001) - sovet fizigi, akademik, Nobel mukofoti sohibi (1964).
- 1924 - Radj Kapur (1988) - mashhur hind aktyori, kinorejissyor.
- 1925 - Fayzullo Karomotov - san'atshunoslik fanlari doktori, professor, musiqashunos, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi.
- 1979 - Maykl Ouen - ingliz futbolchisi.
- 1984 - Jamila Abdullayeva - o‘zbek aktrisasi va modeli.
- 1988 - Vanessa Enn Hadjens - amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.
Manbaa: Shuhratjon Xasanov blogi
BIZ BILAN QOLING! https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
2021 йил 15 декабрдан Далварзин Касб хунар мактабида Иқтисодиёт Вазирлиги томонидан тадбиркорлик қилиш истагида бўлганлар учун 10 кунлик ўқиш бошланади ўқиш якунида сертификат берилади ушбу сертификат орқали 100 мл дан 300 мл гача кредит (МФЙлардаги хоким ёрдомчилари хулосаси) орқали ажратилади уқиш 12 00 да бошланади шошилинг имкониятдан фойдаланинг
Диққат, танлов!

Ёшлар ишлари агентлиги, “Ёшлар кундалиги” лойиҳаси, Тошкент вилояти Маданият бошқармаси ҳамда бир қатор ташкилотлар ҳамкорликда ЁШ ИҚТИДОР эгаларини кашф этишда давом этади.

Ёшларнинг иқтидорларини юзага чиқариш, замонавий ўзбек маданиятини кенг тарғиб этиш, устозлар ижодини келажак авлодларга етказиш мақсадида ташкил этилаётган кўрик-танлов 16-30 ёшгача бўлганлар ўртасида қуйидаги йўналишларда ўтказилади:

🎤Анъанавий хонандалик;
🎸Эстрада хонандалик йўналиши;
🪕Халқ чолғулари
🎼Beatbox

🔘 Юқорида келтирилган йўналишлардан бирини танлаб, 2 дақиқадан ошмаган видеолавҳа тайёрланг (видеолавҳа ҳажми 20 мбдан ошмаслиги шарт) ва
@Yoshlar_aloqada_bot га жўнатинг.

❗️Ижодий ишлар тажрибали ҳакамлар томонидан баҳоланади.

⚠️Эслатма: Кўрик-танловда ижро маҳорати, профессионал тайёргарлиги ва репертуар савияси юқорилиги ғолибликни таъминловчи бош омил бўлади.

Видеолавҳалар жорий йилнинг 17 декабрь соат 24:00гача қабул қилинади.

🎁Танлов ғолиблари Янги йил байрами арафасида тақдирланади.


Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Диққат, сўровнома!

📌Ҳеч нарса мамлакатни спортчалик тез дунёга танита олмайди. Тошкент вилоятидан ҳам юртимиз байроғини жаҳон ареналарида баланд тутган кўплаб маҳоратли спортчилар - чемпионлар етишиб чиққан ва жараён давом этмоқда. Ёшларнинг зафарли одимларида эса Болалар-ўсмирлар спорт мактабларининг ўз ўрни ва ҳиссаси бор.

⚡️Бугунги сўровномамиз вилоятда ўз ўрнига эга, намунали фаолият юритаётган Болалар-ўсмирлар спорт мактаблари раҳбарлари ўртасида ўтказилади.

📌Сизнингча, қайси мутасадди раҳбарлик қилаётган БЎСМ йилнинг энг яхшиси деган эътирофга лойиқ? Овоз беринг.

Сўровнома эртага соат 16:00 гача давом этади.

⚠️Турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.

🎁Эслатиб ўтамиз, сўровномалар ғолиблари йил якунида тантанали тарзда тақдирланади.

Овоз беришда иштирок этиш учун ушбу каналга уланинг:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Диққат, танлов!

Ёшлар ишлари агентлиги, “Ёшлар кундалиги” лойиҳаси, Тошкент вилояти Маданият бошқармаси ҳамда бир қатор ташкилотлар ҳамкорликда ЁШ ИҚТИДОР эгаларини кашф этишда давом этади.

Ёшларнинг иқтидорларини юзага чиқариш, замонавий ўзбек маданиятини кенг тарғиб этиш, устозлар ижодини келажак авлодларга етказиш мақсадида ташкил этилаётган кўрик-танлов 16-30 ёшгача бўлганлар ўртасида қуйидаги йўналишларда ўтказилади:

🎤Анъанавий хонандалик
🎸Эстрада хонандалик йўналиши
🪕Халқ чолғулари
🎼Beatbox

🔘 Юқорида келтирилган йўналишлардан бирини танлаб, 2 дақиқадан ошмаган видеолавҳа тайёрланг (видеолавҳа ҳажми 20 мбдан ошмаслиги шарт) ва
@Yoshlar_aloqada_bot га жўнатинг.

❗️Ижодий ишлар тажрибали ҳакамлар томонидан баҳоланади.

⚠️Эслатма: Кўрик-танловда ижро маҳорати, профессионал тайёргарлиги ва репертуар савияси юқорилиги ғолибликни таъминловчи бош омил бўлади.

Видеолавҳалар жорий йилнинг 17 декабрь куни соат 24:00гача қабул қилинади.

🎁Танлов ғолиблари Янги йил байрами арафасида тақдирланади.


Каналга уланиш:
https://t.me/+tcc8Accr_k80OGNi
Bugun 15-dekabr 2021-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Zamengof kuni (esperantochilar bayrami).
🌏 Xalqaro choy kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - “Huquqlar to‘g‘risidagi bill” kuni.
🇳🇱 Niderlandiya - Qirollik kuni.
🇷🇺 Rossiya - Harbiy havo kuchlarining radiotexnika qo‘shinlari tashkil etilgan kun.
🇰🇿 Qozog'iston - Energetika kuni.
🇺🇦 Ukraina - Sud xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Xizmat burchida halok bo'lgan jurnalistlarni xotirlash kuni.
🇬🇷 Gretsiya - NKVDning "Yunon operatsiyasi" qurbonlarini xotirlash kuni.
🇸🇿 Esvatini - “Inkvala” - birinchi meva bayrami.

👉 VOQEALAR:

- 1055 - Xalifa al-Qoimning rasmiy roziligi bilan To‘g‘rul bek boshchiligidagi saljuqiy turklar Bag‘dodga tantanali ravishda kirib keldilar.
- 1256 - Xulagu qo'shini Alamutga hujum boshladi.
- 1762 - Yekaterina II Rossiyaga yahudiylardan tashqari chet elliklar va qochib ketganlarning kirishiga ruxsat beruvchi manifestni imzoladi.
- 1791 - AQSh Konstitutsiyasiga dastlabki 10 ta tuzatish kirituvchi "Huquqlar to'g'risidagi" qonun kuchga kirdi.
- 1821 - “Fransiya geografiya jamiyati” tashkil topdi.
- 1875 - Jyul Vernning «Sirli orol» romani nashr etildi.
- 1899 - Kolenso yonidagi jang.
- 1905 - Sankt-Peterburgda Pushkin uyi tashkil etildi.
Kishinyovda Moldaviya Xalq Respublikasi (MXR) e’lon qilindi.
- 1923 - "Skoda" avtomobil kompaniyasining emblemasi ro'yxatga olindi.
- 1930 - Ispaniyada hukumatga qarshi harbiy to'ntarish muvaffaqiyatsiz tugadi.
- 1937 - NKVDning yunon operatsiyasining boshlanishi - Sovet Ittifoqi yunonlariga qarshi ommaviy qatag'onlar.
- 1939 - "Shamollarda qolgan hislarim" filmi premyerasi.
- 1941 - Xolokost: Drobiy Yarda minglab yahudiylar otib tashlandi.
- 1966 - Fransuz astronomi Oduen Dolfus Saturnning 10-yo‘ldoshini kashf qildi va unga Yanus nomini berdi.
- 1972 - BMT ning atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti (YUNEP) tashkil etilgan kun.
- 1976 - Mustaqil Samoa davlati BMTga qabul qilindi.
- 1989 - Ruminiyada inqilobning boshlanishi.
- 1990 - Qirg‘iziston SSR Oliy Soveti Qirg‘iziston suveriniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiyani qabul qildi.
- 2000 - Chernobil AESning 3-energetika bloki yopildi. Chernobil atom elektr stansiyasi butunlay tugatildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 37 - Neron (68) - qadimgi Rim imperatori (54-68).
- 1793 - Genrix Charlz Keri - amerikalik iqtisodchi.
- 1802 - Yanosh Boyyai (1860) - vengriyalik matematik, noyevklid geometriyaning kashshoflaridan biri.
- 1832 - Gyustav Eyfel (1932) - Eyfel minorasi, ko‘plab ko‘priklar va po‘lat konstruksiyalar ixtirochisi.
- 1852 - Antuan Anri Bekkerel (1908) - radioaktiv nurlanishni kashf etgan fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1903).
- 1859 -Lyudovik Lazar Zamenxof (1917) - polshalik shifokor va tilshunos, esperanto tilining yaratuvchisi.
- 1860 - Nils Ryuberg Finzen (1904) - farera va daniyalik fizioterapevt, Nobel mukofoti sohibi (1903).
- 1907 - Nikolay Nikitin (1973) - sovet arxitektori, Ostankino minorasi proekti muallifi.
- 1913 - Sodiqov Obid (1987) - kimyogar olim, jamoat arbobi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi (1960).
- 1916 - Uilkins Moris (2004) - ingliz biofizigi, London Qirollik jamiyati a'zosi (1959), Nobel mukofoti laureati (1962).

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi kanalidan olindi

- 1919 - Oke Seyfart (1998) - shved konkida uchish ustasi, Olimpiya chempioni (1948), jahon rekordchisi.
- 1921 - Nizomxo’jayev Jamol (1992) - opera xonandasi (bariton), O’zbekiston xalq artisti (1964).
- 1925 - Saodat Qobulova (2007) - opera xonandasi, ashulachi, O'zbekiston xalq artisti (1957), SSSR xalq artisti (1959).
- 1927 - Kommuna Ismailova (2003) - xonanda, O'zbekiston xalq artisti (1964).
- 1936 - Dadayev Qahramon - sozanda (doira), O‘zbekiston xalq artisti (1977).
- 1949 - Don Jonson - amerikalik aktyor va qo'shiqchi.
- 1950 - Boris Griyzlov - rus siyosat va davlat arbobi.
- 1952 - Andrey Razbash (2006) - rus televideniye boshlovchisi, rejissyor, prodyuser.
- 1971 - Shashmaz Muhammed Nedjati - turk aktyori.
Manbaa:
https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
#QQS #EHF

Ijaraga beruvchi tomonidan yetkazib beruvchilardan olingan elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari ijaraga beruvchilar tomonidan ijaraga oluvchilarga xarajatlarni qoplash EHFsi sifatida rasmiylashtiriladi (VM-489, Nizom).

Xarajatlarni qoplash turi bo'yicha EHF faqatgina quyida nomlari keltirilgan MXIK kodlari tanlanganida shakllantirish imkoni yaratilgan.

QQS bilan:
09901001001000000 – Suv taʼminoti xizmatlari;
09902001001000000 – Kanalizatsiya xizmatlari;
09904001001000000 – Chiqindilarni utilizatsiya qilish xizmatlari;
09905001001000000 – Elektr energiya xizmatlari;
09903001001000000 – Gaz taʼminoti xizmatlari;
09906001001000000 – Issiqlik energiyasi xizmatlari;
09907001001000000 – Shahar telefon aloqa xizmatlari;
09908001001000000 – Turar-joy binosining mol-mulkini saqlash uchun to‘lov;
09909001001000000 – Turar-joy bo‘lmagan binolarni saqlash uchun to‘lov.

QQS siz:
10713001001000000 – Kanalizatsiya xizmatlari tariflariga maxsus qo‘shimcha to‘lov;
10713002001000000 – Ichimlik suvi taʼminoti xizmatlari tariflariga maxsus qo‘shimcha to‘lov.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
"YANGI YIL ARCHASI" Zafar shaharchasidagi xiyobonda qad rostlamoqda...
 Bugun 16-dekabr 2021-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Balandlikarni zabt etish kuni.
🌏 Jahon ovozsizlik va jimlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇧🇭 Baxrayn - Milliy kun.
🇧🇩 Bangladesh - G‘alaba kuni.
🇿🇦 JAR - Kelishuv kuni.
🇰🇿 Qozog'iston - Mustaqillik kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kuni.
🇮🇷 Eron - Tadqiqotlar kuni.
🇬🇹 Gvatemala, Kuba, Meksika - “Las Posadas” festivali.
🇹🇭 Tailand - Sport kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1237 - Botuxon Ryazanni qamal qilishni boshladi.
- 1431 - Angliya qiroli Genrix VI Parijda Fransiya qiroli taxtiga o‘tirdi.
- 1598 - Imjin urushida Li Sunsin yapon flotini yakson qildi.
- 1631 - Vezuviy vulqoni otilishi.
- 1641 - Jiulio Mazarini Papa Urban VIII dan kardinal unvonini oldi.
- 1773 - "Boston choyxo‘rligi" nomi bilan tarixga kirgan Amerika mustamlakachilarining norozilik namoyishi.
- 1809 - Napoleon I Senatni Jozeffina Bogarnedan ajrashishi uchun ruxsat berishga majbur qildi.
- 1838 - Burlarning Nkome daryosi bo‘yida zuluslar bilan jangi (Qonli jang).
- 1880 - Birinchi Ingliz-Bur urushining boshlanishi.
- 1899 - "Milan" futbol klubi tashkil etildi.
- 1931 - "Romen" lo'li teatr - studiyasi professional teatr maqomini oldi.
- 1946 - Kristian Dior Parijda modalar uyini ochdi.
- 1948 - Kambodja mustaqilligi e’lon qilindi.
- 1986 - Almatida yoshlar namoyishlari.
- 1991 - Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
- 1992 - O'zbekiston Respublikasi Xalqaro Futbol Federatsiyasiga (FIFA) a'zo bo'ldi.
- 2002 - Ashxabadda O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirildi.
- 2011 - Janaozen (Qozog‘iston) shahridagi tartibsizliklar.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1770 - Lyudvig Van Betxoven (1827) - nemis bastakori, pianinochi, dirijyor.
- 1775 - Jeyn Osten (1817) - ingliz yozuvchisi.
- 1866 - Vasiliy Kandinskiy (1944) - rus rassomi, mavhum san'atning asoschilaridan biri.
- 1882 - Koday Zoltan (1967) - Venger kompozitori, pedagog, zamonaviy venger kompozitorlik maktabi asoschilaridan.
- 1883 - Maks Linder (1925) - fransuz komediyachisi, ssenariynavis va ovozsiz filmlar rejissyori.
- 1897 - Galina Benislavskaya - Sovet jurnalisti, Sergey Yeseninning do'sti va adabiy kotibi.
- 1928 - Erkli Malikboyeva - aktrisa, O`zbekiston xalq artisti.
- 1932 - Rodion Shchedrin - sovet va rus bastakori, pianinochi, o'qituvchi, SSSR xalq artisti.
- 1935 - Svetlana Drujinina - sovet va rus aktrisasi, rejissyor, ssenariynavis, Rossiya xalq artisti.
- 1946 - Benni Andersson - shved bastakori, musiqachi, prodyuser, ABBA guruhining a'zosi.
- 1948 - Yuriy Nikolaev - sovet va rus teleboshlovchisi, aktyor, Rossiya xalq artisti.
- 1956 Abdujabbor Abduvohidov - oʻzbek davlat arbobi, olim va diplomat, tarix fanlari nomzodi.
- 1964 - Salim Ashur - shoir.
- 1988 - Mats Xummels - nemis futbolchisi.
- 1997 Zara Mariya Larsson - shved qoʻshiqchisi.

BIZ BILAN QOLING!


https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talaba bo'lishga hali ham kech emas!

🌍 O'zbekistondan turib, xorijiy universitetlarda o'qishni istovchilar diqqatiga!

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Avstriyaning Krems AFU hamkorligidagi qo'shma ta'lim dasturiga 2022-o'quv yili uchun qishgi qabul boshlandi!

Qanday afzalliklari bor?
• Darslar ingliz tilida olib boriladi;
• Xorijiy professor-o'qituvchilardan ta'lim olasiz;
• 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyati!

Kimlarga mo’ljallangan?
▪️maktab va kollej bitiruvchilari;
▪️akademik litsey bitiruvchilari;

🎓 Ta'lim yo'nalishlari:
• Eksportga yo'naltirilgan menejment;
• Turizm va dam olish menejmenti.

📌Qabul ichki imtihon asosida o'tkaziladi. IELTS 4.5+ bo'lgan talabalar ingliz tili imtihonidan ozod qilinadi.

🤗 Biz sizlarni o'z talabalarimiz safida ko'rishdan mamnunmiz! Qabul uchun ushbu havola orqali hujjat topshirishingiz mumkin:

👉Ro'yxatdan o'tish

📞 +99890 393 90 99
📞 +99890 969 10 11
Reklama
#Бекобод_тумани

Қарор ва ижро

🏘Ўзбекистон Республикаси Президентининг Етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни давлат томонидан қўллаб-қувватлашнинг янги тизимини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисидаги 2021 йил 9 августдаги ПҚ-5216-сонли қарорига асосан, ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган Чирчиқ шаҳридаги 14-Меҳрибонлик уйида тарбияланган Бекобод туман фарзанди Юлдошев Диёрбекга туманнинг “Истиқлол” маҳалласида жойлашган кўп қаватли турар жойдан барча шароитларга эга бўлган хонадоннинг ордери ва калитини туман прокурори Д.Абдурахмонов, туман ҳокими ўринбосари Д.Мирзакулов топширилди.

✍️Бекобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
📖 Черчилль нутқ сўзлаётганида, шуларни айтган экан: "Мен кимгадир, соғлиқ ёки бойлик тилашдан чекланаман, барчангизга фақат омад тилашим мумкин! Негаки, "Титаник" чўкаётганда аксарият инсонлар соғлом ва бой бўлишган. Aммо улардан жуда камчилигининг омади чопган..."

Сизлардан AҚШда 2001 йили 11 сентябрда содир бўлган мудхиш воқеалардан сўнг, газеталардан бирида чоп этилган ушбу қисқа эслатмани ўқишингизни сўраб қолардим. Aйниқса, ишдаги ва бошқа маиший муаммолардан тез-тез асабийлашадиган инсонларга бир неча маротаба ўқиш тавсия этилади.

"Балки сиз бу ҳақда эшитгандурсиз, йирик ташкилот раҳбарларидан бири айнан ўша куни ўғлини илк бор боғчага олиб боргани учун талафотдан омон қолган.

Бошқа бир ишчи эса шунчаки дўконга чиқиш унинг навбати бўлгани учун омон қолган.

Яна бир аёл будильник сигнали вақтида чалинмагани учун ишга кечиккан.

Ўша куни кимдир Нью-Джерсидаги автострадада тирбандликда қолиб кетти.

Яна бири автобусга кеч қолди.

Бир аёл уст-бошига қаҳва тўкиб юборгани учун уйга қайтиб боришга мажбур бўлди.

Кимнингдир автомобили ўт олмаган, яна кимдир телефон қўнғироғига жавоб бериш учун уйга қайтиб киргани тайин.

Яна бир ҳайрон қолдирган жиҳати шуки, бир ишчи янги пойафзал сотиб олиб, биринчи маротаба уни кийиб ишга отланган бўлади. Пойабзал ноқулайлиги туфайли унинг оёғида яра ҳосил бўлди, шунинг учун у йўл-йўлакай дорихонага кирган эди. Мана нима учун у ҳозир тирик.

Энди мен тирбандликда қолиб кетсам, лифтга улгурмасам...шунга ўхшаш асабни тирнайдиган майда ҳолатларга дуч келсам, Мен ўзим ҳақимда ўйлашни бошлайман. Балки ҳаммаси яхшиликкадир”.

Бизни кузатиб боринг!👇

Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Томорқа ер эгаларига кредит ажратилади

“Томорқадан фойдаланиш самарадорлигини ошириш, шунингдек, аҳолининг тадбиркорлик ташаббусларини молиявий қўллаб-қувватлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–54-сон, 16.12.2021 й.) қабул қилинди.

💰 Қарорга кўра, Фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгаларини қўллаб-қувватлаш жамғармасига 100 миллион АҚШ доллари эквиваленти миқдоридаги қарз маблағлари босқичма-босқич 4 йиллик имтиёзли давр билан 9 йил муддатга йиллик 2 фоиз ставкада йўналтирилади.

🔘 Шу асосда томорқа ер эгаларига:

● қоида тариқасида, 100 бош парранда, 5-10 бош курка, 20 бош қуён, 5-6 бош қўй ва эчки, 5 та асалари уяси, интенсив усулда балиқ боқишни йўлга қўйиш, шунингдек, ихчам иссиқхоналар, “дала дўконлари” қуриш, артезиан қудуқларини қазиш;
● кичик интенсив боғдорчилик, лимончилик ва узумчилик;
● полиз, дуккакли, мойли экинлар, картошка етиштириш ва сабзавотчилик учун кредит ажратилади.

🔰 2026 йил 1 январгача:

👉 томорқа ер эгалари билан кооперация асосида иш ташкил этган тадбиркорларга омборхоналарни жиҳозлаш, шунингдек, қуритиш, саралаш ва қадоқлаш ускуналари харид қилиш харажатларининг 30 фоизи миқдорида, бироқ 150 млн сўмдан ортиқ бўлмаган ҳажмда субсидия берилади;

👉 сув таъминоти оғир томорқа ерлари ва фойдаланишдан чиққан майдонларни суғориш учун вертикал суғориш қудуқларини бурғулаш, дарёлар, каналлар ва бошқа сув объектларидан сув чиқариш воситаларини сотиб олиш ва ўрнатиш харажатларининг бир қисмини қоплаш тартиби амал қилади.

☑️ Қарорга кўра, 2022 йилда сув таъминоти оғир ҳудудлардаги аҳоли томорқаларини суғориш учун жами 113 та туманда 2 150 та вертикал суғориш қудуқлари ишга туширилади.

🗓 2022 йил 1 апрелгача фуқаролар учун мўлжалланган, аҳоли томорқаларида етиштирилган қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини маркетплейс усулида сотишни йўлга қўйиш, қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари етиштириш бўйича онлайн маслаҳатлар кўрсатувчи махсус платформа фаолияти йўлга қўйилади.

➡️ Платформага уланиш ва хизматлардан фойдаланиш бепул бўлади.

📍Lotin alifbosida o‘qing

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Bugun 17-dekabr 2021-yil, juma

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Tonggi illyuziya bayrami.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Aka-uka Raytlar kuni.
🇺🇸 AQSh - Panamerika aviatsiyasi kuni.
🇧🇾 Belarussiya - Belarus kinosi kuni.
🇧🇹 Butan — Butan milliy bayrami.
🇨🇺 Kuba — Avliyo Lazar kuni.
🇮🇶 Iroq - Kurdiston bayrog‘i kuni.
🇷🇺 Rossiya - Strategik raketa qo‘shinlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari kuni.
🇺🇦 Ukraina - Davlat ijroiya xizmati xodimilari kuni.
🇹🇳 Tunis - Xalqaro Sahroi Kabir festivali kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1637 - Amakusa Siro boshchiligida yapon nasroniylari qo'zg'oloni ko'tarildi.
- 1777 - Fransiya AQSH mustaqilligini tan oldi.
- 1837 - Sankt-Peterburgdagi Qishki saroy yonib ketdi.
- 1881 - Londonda Oskar Vildning "Imon yoki nigilistlar" pyesasining ilk premyerasi bekor qilindi.
- 1903 - Aviatsiya otalari aka-uka Raytlar samolyotining ilk parvozi.
- 1918 - Riga (Latviya) da Sovet hokimiyati o‘rnatilgani e’lon qilindi.
- 1926 - Birinchi butunittifoq aholini ro‘yxatga olish o‘tkazildi.
- 1959 - SSSR hukumatining qarori bilan Strategik raketa qo‘shinlari tashkil etildi.
- 1962 - Monakoning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
- 1989 - AQShda "Simpsonlar" multfilmining birinchi seriyasi namoyish etildi.
- 1993 - Major League Soccer tashkil topdi.
- 1995 - Ikkinchi chaqiriq Davlat Dumasiga saylovlar bo'lib o'tdi.
- 1998 - AQSh va Buyuk Britaniya Iroqqa qarshi “Sahrodagi tulki” harbiy operatsiyasini boshlashdi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1778 - Xamfri Devi (1829) - ingliz kimyogari va fizigi, elektrokimyo asoschilaridan biri.
- 1797 - Jozef Genri (1878) - oʻz-oʻzini induksiyalash hodisasini kashf etgan amerikalik fizik.
- 1809 - Ogahiy (to’liq ism-sharifi Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li) (1874) - shoir, tarixchi, tarjimon.
- 1830 - Jyul Gonkur (1870) - fransuz yozuvchisi.
- 1859 - Nikolay Dubovskiy (1918) - rus rassomi, o'qituvchi.
- 1866 - Konrad Shteyeli (1931) - Shveytsariyalik mergan, uch karra Olimpiya chempioni.
- 1908 - Uillard Frank Libbi (1980) - amerikalik fizik va kimyogar, radiouglerod analiz uslubi asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1960).
(https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi kanalidan olindi)
- 1917 - Boymirza Hayit (2006) - Turkiston va Oʻrta Osiyo boʻyicha tarixchi va sharqshunos olim.
- 1923 - Vladimir Blagix (1997) - Sovet ekologi, elektrotexnigi va energetigi.
- 1925 - Hamza Umarov (1987) - aktyor, rejissyor, O'zbekiston xalq artisti (1967).
- 1925 - Konstantin Vanshenkin (2012) - sovet va rus shoiri, nasriy yozuvchi.
- 1928 - Nonna Bodrova (2009) - Sovet televideniesi boshlovchisi, Markaziy televidenie diktori, Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist.
- 1928 - Leonid Bronevoy (2017) - sovet va rus kino va teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
- 1929 - Alieva Iroda (1989) - aktrisa, O’zbekiston xalq artisti (1967).
- 1932 - Xudoyberdi To'xtaboyev (2021) - o‘zbek bolalar adibi, O'zbekiston Xalq yozuvchisi.
- 1936 - Fransisk - Rim-katolik cherkovining rahbari (2013 yil mart oyidan beri), 266-Papa.
- 1944 - Vyacheslav Ganelin - Sovet va Isroil bastakori, pianinochi, jazz musiqachisi.
- 1975 - Milla Yovovich - Amerikalik aktrisa va fotomodel.
- 1977 - Oksana Fyodorova - rossiyalik teleboshlovchi, aktrisa, model, "Dunyo go'zali 2002" tanlovi g'olibasi.
- 1988 - Yann Zommer - shveycariyalik futbolchi, darvozabon.
- 1988 - Devid Rudisha - keniyalik sportchi, 800 metrga yugurish bo'yicha ikki karra Olimpiya chempioni (2012, 2016).
Manbaa: Shuhratjon Xasanov blogi
BIZ BILAN QOLING!

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Forwarded from SOLIQ YANGILIKLARI
#YaTT

YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari

Vazirlar Mahkamasining 22.11.2021 yildagi 707-son qaroriga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzadi.

👉Mehnat shartnomasi namunasi

▫️Mehnat shartnomasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

▫️Mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorda, ikkinchisi xodimda qoladi.

▫️Mehnat shartnomasida quyidagilar talab qilinmaydi:
✖️yakka tartibdagi tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash;
✖️ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish.

✔️Xodimning mehnat stajini hisoblash uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

❗️Yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodimlarni yollash huquqiga ega

soliqnews