BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
198 subscribers
6.53K photos
1.21K videos
156 files
3.74K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
#Бекобод_тумани
#Ҳоким_ва_ёшлар_учрашуви
#Ёшлар_дастури_амалда

⚡️Бекобод тумани "Деҳқонобод" маҳалласида жойлашган 36-сонли умумтаълим мактабида "Ҳоким ва ёшлар учрашуви бўлиб ўтди.

🔹 Учрашувда туман ҳокими ўринбосарлари, тижорат банк бошқарувчилари, корхона-ташкилот раҳбарлари ва ёшлар иштирок этдилар.

🔖 Учрашув давомида ёшлар ўзларини қизиқтирган ва қийнаётган муаммо ва масалалар юзасидан савол беришиб мутасаддилардан жойнинг ўзида жавоб олишди.
#Бекобод_тумани
#Ватанпарвар_ойлиги

❇️ Бекабод тумани 23, 36-сонли умумтаълим мактабларида МКТ "Ватанпарвар" ташкилоти билан ҳамкорликда "Ватанга содиқ фарзандлар бўлайлик" шиёри остида тадбир ўтказилди.

💠 Тадбир мактаб ўқувчилари ва уюшмаган ёшлар ўртасида бўлиб турлича спорт ўйинлари ва ҳарбий хизматчилар билан давра суҳбат ташкил этилди.

Тадбир кўтаринки руҳ ва юқори кайфиятда ташкил қилинди. Шу билан биргаликда унда ёшлар ўзларини қизиқтирган барча саволларига ҳарбийлардан жавоб олдилар.
#foydali

Uz: Kulgi xotirani yaxshilaydi va ma’lumot qabul qilishni oshiradi.

Ru: Смех увеличивает объём памяти и повышает обучаемость.

Eng: Laughing increases memory and gaining information.

Telegram | Instagram | Facebook | Manba
#Бекобод_тумани
#Спорт
#Ёшлар_келажагимиз

🏸 Бекобод тумани "Бўстон" маҳалласида "Спортни сев, спорт билан яша" шиори остида махалла ёшлари ҳамда аҳолиси ўртасида спортнинг "Бадминтон" тури бўйича туман худудий босқичи мусобақаси ўтказилди.

❇️ Ғолиб бўлган ёшлар диплом ва сертификатлар билан тақдирланди. Шунингдек туман финал босқичига йўлланма олдилар.
Зангиота туманида қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари етиштириш учун ёшларга ажратилган 0.25 сотих ерга кўз тиккан учар раислар билан танишинг.

“Хўжамозор”, “Ҳаракат” ва “Фаробий” маҳаллалар раислари ҳамда уларнинг ўринбосарлари ишлаб турган ўғллари ёки қариндошлари “Ёшлар дафтари”га кирмаган бўлса-да, ерга талабгорлар рўйхатига тиркаб қўйган.

“Найман” маҳалласи раиси бир эмас икки фарзанди ерли бўлишини истаган. Ваҳоланки оила ўзига тўқ, обрўли.

“Хонобод” МФЙ раиси ҳамкасбларидан қоламанми деб ҳарбийдаги ўғлига ер олиш ҳаракатини қилган.
Зангиотанинг айрим маҳалла раислари эса “ўзбекчи”ликка тўн кийбириб ташлабди вапше.

Қаранг? Хонобод, Боғишамол, Найман, Номданак, Намуна, Боғзор, Жалойир, Қушбеги ва Қиргузар маҳаллалари раислари ўзига тўқ, тадбиркорлик билан шуғлланадиган, ҳатто ер олиш истаги бўлмаган ёшларни ҳам рўйхатга киритган.

Бундан мақсад нима? Раҳбарият ёшларни иш билан банд қиламан, ерга меҳр бердираман, қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари тан-нархини арзонлаштириб, оиласи даромадини оширишни кўзлаётган-да маҳалла раислари қилиб юрган ишларни қаранг.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Бекобод_тумани
#Спорт
#Ёшлар_келажагимиз

🏸 Бекобод тумани "Бўстон" маҳалласида "Спортни сев, спорт билан яша" шиори остида махалла ёшлари ҳамда аҳолиси ўртасида спортнинг "Бадминтон" тури бўйича туман худудий босқичи мусобақаси ўтказилди.

❇️ Ғолиб бўлган ёшлар диплом ва сертификатлар билан тақдирланди. Шунингдек туман финал босқичига йўлланма олдилар.

видео лавҳа шу ҳақида👆

✍🏻Бекобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Bugun 17-fevral 2021-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌐 Xalqaro mehribonlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇷🇺 Rossiya - Rossiya talabalar otryadlari kuni.
🇷🇺 Rossiya qurolli kuchlari yoqilg'i xizmati kuni.
🇮🇸 Islandiya - Ayollar kuni.
🇬🇷 Gretsiya - Apokris karnavali.
🇽🇰 Kosovo - Mustaqillik kuni.
🇱🇧 Liviya - Inqilob kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1370 - Rudaudagi jang.
- 1600 - Jordano Bruno Rimda gulxanda yoqildi.
- 1776 - Qoʻshma Shtatlarda ilk bor tabiiy gaz orqali ommaviy yoritish Baltimor shahrida boshlandi.
- 1852 - Ermitaj keng ommaga ochildi.
- 1863 - Jenevada Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi tashkil topdi.
- 1878 - AQSHning San-Fransisko shahrida ilk bor 18 ta telefondan iborat telefon tarmogʻi ishga tushirildi.
- 1880 - Aleksandr II ga beshinchi muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirildi.
- 1938 - Londonda shotlandiyalik Jon Berd rangli televizorni ommaga namoyish qildi.
- 1947 - "Amerika Ovozi" radiostansiyasi rus tilida eshittirishni boshladi.
- 1956 - Clare D’Assisi televideniye afsonasi deb taʼriflandi.
- 1959 - Ilk bor ob-havoni kuzatuvchi “Vankard-2” sunʼiy yoʻldoshi uchirildi.
- 1972 - Britaniya Parlamenti Yevropaning umumiy bozoriga qoʻshilish uchun ovoz berdi.
- 1979 - Xitoy-Vyetnam urushi boshlandi.
- 1993 - Rossiya Gazprom aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
- 1996 - Indoneziyaning Irian Jaya mintaqasida 8.2 balli zilzila yuz berishi natijasida 108 kishi halok boʻldi va yuzlab odamlar yaralandi.
- 2008 - Kosova Serbiyadan ajrab, mustaqil boʻlganini eʼlon qildi.
- 2011 - Liviyada Liviya inqilobi rahbari va jamahiriya boshlig’i Muammar Qazzofiy hokimiyatiga karshi norozilik chiqishlari boshlandi.
- 2011 - Bahrayndagi Al-Xalifa xavfsizlik kuchlari Luʼlua maydoniga yigʻilgan namoyishchilarni majburiy ravishda tarqatib yubordi. Bu hodisada 4 kishi halok boʻldi va 250 kishi tan jarohati oldi.
- 2012 - Germaniya prezidenti Kristian Volf prezidentlik lavozimni egallashdan oldin moliya janjaliga aloqadorligi sababli lavozimidan isteʼfoga chiqdi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1653 - Korelli Arkanjello (1713) - italyan skripkachisi, kompozitor, dirijyor, pedagog.
- 1723 - Tobias Mayer (1762) - nemis kartografi va astronomi.
- 1807 - Longfello Genri Uodsuort (1882) - amerikalik shoir, tarjimon.
- 1867 - Piter Shmidt (1906) - rus dengiz zobiti, inqilobchi.
- 1888 - Otto Stern (1969) - nemis fizik olimi, Nobel mukofoti sohibi(1943).
- 1906 - Agnia Barto (1981) - rus yozuvchisi, bolalar uchun she'rlar muallifi.
- 1924 - Gevorg Vartanyan - sovet va arman razvedkachisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
- 1928 - Anvar Aʼzamxoʻjayev (1994) - huquqshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978).
- 1955 - Mo Yan - xitoylik yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (2012).
- 1963 - Maykl Jordan - amerikalik basketbolchi.
- 1967 - Yevgeniy Grishkovets - rus yozuvchisi, aktyor, musiqachi, rejissyor.
- 1991- Bonni Rayt - britaniyalik aktrisa.

Kanalga ulanish⤵️

👉 http://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Bugun 18-fevral 2021-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌐 Butunjahon axborotlarni boshqarish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇬🇲 Gambiya - Mustaqillik kuni.
🇮🇶 Iroq - Kurd talabalari ittifoqi kuni.
🇳🇵 Nepal - Demokratiya kuni.
🇸🇱 Syerra-Leone - Qurolli kuchlar kuni.
🇷🇺 Rossiya - Transport politsiyasi kuni.
🇹🇲 Turkmaniston - Diplomatik xizmat xodimlari kuni.
🇨🇭 Shveytsariya - Bern festivali.

👉 VOQEALAR:

- 1762 - Pyotr III qiynoqlarni bekor qildi.
- 1814 - Montro jangi.
- 1861 - Viktor Emmanuil II Italiya qiroli boʻldi.
- 1885 - Mark Tvenning «Gekelberi Fin sarguzashtlari» asari nashr etildi.
- 1911 - Pomirda koʻl hosil boʻldi.
- 1918 - Moskvada Kiyev vokzali ishga tushdi.
- 1929 - “Oskar” mukofoti birinchi sohiblariga topshirildi.
- 1913 - Frederik Soddi “izotop“ atamasini taklif qildi.
- 1930 - Klayd Tombo Quyosh sistemasidagi 9-sayyora - Plutonni kashf qildi.
- 1965 - Gambiya mustaqillikka erishdi.
- 1979 - Sahroi Kabirda qor yogʻdi.
- 1992 - Oʻzbekiston va Birlashgan Qirollik o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi.
- 1995 - Toshkentda Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining birinchi taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.
- 2003 - Janubiy Koreyaning Tegu shahrida yongʻin sodir boʻldi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1201 - Nasir ad-Din Tusiy (1274) - fors matematigi va astronomi.
- 1404 - Leon Battista Alberti (1472) - italiyalik gumanist, yozuvchi, olim.
- 1745 - Alessandro Volta (1827) - italyan fizigi va fiziologi, elektr asboblari (elektrofor, elektrometr, kondensator, elektroskop va b.)ni ixtiro qilgan.
- 1838 - Ernst Max (Mach) (1916) - avstriyalik faylasuf, fizik va mexanik.
- 1898 - Enzo Ferrari - italiyalik konstruktor, avtomobil kompaniyasining asoschisi
- 1921 - Oskar Feltsman (2013) - sovet va rus bastakori, Rossiya xalq artisti.
- 1932 - Toni Morrison (2019) - amerikalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1993).
- 1933 - Yoko Ono Lennon - yaponiyalik va amerikalik rassom, qo'shiqchi, Jon Lennonning bevasi.
- 1938 - Ishtvan Sabo - vengriyalik kinorejissyor, ssenariynavis va yozuvchi.
- 1940 - Husan Amirqulov - O‘zbekiston xalq artisti (1997), Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati (1993).
- 1950 - Mirmahmud Rahmatov - ganchkor usta, Oʻzbekiston xalq ustasi (2002).
- 1952 - Aleksandr Barikin - sovet va rus qo'shiqchisi, bastakor, gitarachi.
- 1953 - Arkadiy Ukupnik - rus bastakori, pop qo'shiqchisi va prodyuseri, Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist.
- 1954 - Jon Travolta - amerikalik aktyor, raqqos va qo'shiqchi.
- 1974 - Yevgeniy Kafelnikov - rossiyalik tennischi, olimpiya chempioni (2000).
- 1975 - Igor Dodon - moldaviyalik siyosiy arbob, Moldaviya prezidenti (2016-yildan).

Kanalga ulanish http://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
Recording #223.wav
18.4 MB

🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃

#Ижтимоий_бекат


"Келгин, баҳор соғиндим сени!"


Абдулла Орипов
🎙 Гулноза Йўлдошева


👉 @Choli_qushim
#Бекобод_тумани
#Ёшлар_дастури_амалда
#Ватанпарвар_ойлиги

▫️ Бекобод тумани Халқ таълими бўлими тасарруфидаги 34- сонли умумтаълим мактабида "Ким юртига содиқ бўлса мендурман ўша!" шиори остида давра суҳбати ташкил этилди.

👉 @Bekobodtumanihokimligi
Forwarded from Dildagi bitiklar (Gulnoza Yo'ldosheva)
​​#cоҳир_сатрлар

Ёз бўлдим, ёндирди-куйдирди чиллам,
Куз бўлдим, хазонга белаб дилларни.
Ҳа, менман қахратон қолдирган алам,
Баҳор бўлолмадим аяб гулларни.

©️ Жаҳонгир АҲМЕДОВ.

👉
@Choli_qushim
Mahsulot yorlig‘idagi “Xitoyda tayyorlangan” (Made in China) so‘zlar birikmasi nafaqat bizda, balki butun dunyoda ham uning sifatiga nisbatan shubha uyg‘otuvchi omillardan biri ekan.

Ishbilarmon xitoyliklar esa, Made in China so‘zlari o‘rniga Made in PRC (Peoples Republic of China) so‘zlar birikmasini yozib, o‘z mahsulotlariga nisbatan yo‘qotilgan ishonchni qayta tiklash yoki uning Xitoyda ishlab chiqarilganligini yashirish orqali savdo hajmini oshirishning arzon va oddiy, eng muhimi qonuniy yo‘lini topishgan.
Forwarded from Dildagi bitiklar (Gulnoza Yo'ldosheva)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shoshiling_vaqt_oz_qoldi

⚡️“Oʼzbekiston belgisi” — vatan taraqqiyotiga qoʼshayotgan hissangiz uchun munosib eʼtirof

🔰Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi “Oʼzbekiston belgisi” koʼkrak nishoniga hujjatlar qabuli davom etayotganini maʼlum qiladi.

Turli sohalarda qator muvaffaqiyatlarga erishdingizmi? Vatanga daxldorlik va uning taraqqiyoti uchun munosib hissangiz qoʼshilyaptimi... Tengdoshlaringizni oʼz ortingizdan ergashtira olyapsizmi? Unda ushbu mukofot aynan siz uchun.

🔰"Oʼzbekiston belgisi" qalbida vataniga sadoqati, taraqqiyotiga daxldor, vatanparvar yoshlar koʼksiga taqiladigan eʼtirofdir.

☝️Hujjatlar Oʼzbekiston yoshlar ittifoqining viloyat, tuman va shahar Kengashlarida joriy yilning 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

Qoʼshimcha maʼlumot uchun tel: 71-241-08-09

⚡️🔥🤝Аziz yoshlar, orangizda ushbu mukofotga loyiq doʼstlaringiz, sinfdoshlaringiz, kursdoshlaringiz va hamkasblaringiz bordir... Xabarni ularni ham ulashishni unutmang!

👉 @Choli_qushim