BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
195 subscribers
6.53K photos
1.21K videos
156 files
3.75K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
Vazir oʻrinbosari Bekobod tumanida.

Bugun Sport vaziri oʻrinbosari D.Raximova Bekobod tumanida boʻlib mahallalarda oʻtkazilayotgan sport tadbirlari, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, aholini sportga qiziqishlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Bekobod tumanida boʻldi. Tumanda sportga qaratilayotgan e'tbor va yaratilgan shart sharoitlar yuzasidan Bekobod tumani hokim o'rinbosari D.Mirzakulov va sportaktabi direktori A.Kamolxonovlar tanishtirib chiqdilar.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#kun_tarixi
Bugun 27-mart haftaning chorshanba kuni.Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.


🌏 Butunjahon teatr kuni.
27-mart - Xalqaro teatr kuni 1961-yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bolib otgan IX kongressida ta’sis etilgan edi.
Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27-mart kuni teatr sanati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
🌏 Hujjat erkinligi kuni.


🔹Ispan tadqiqotchisi Xuan Ponse de Leon Floridani kashf qildi (1513).
🔹Otga qo‘shilgan birinchi bug'li o‘t o‘chirish mashinasi sinovdan o'tkazildi (1841).
🔹 AQShda Abraxam Gessner kerosinni patentladi (1854).
🔹 Londonda Sherlok Xolms muzeyi ochildi (1990).
🔹Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ochildi (1992).
🔸Nemis fizigi, ionni kashf qilgan Iogann Gittorf tavallud topgan kun (1824).
🔸Ingliz sanoatchisi, Rolls-Roys kompaniyasi asoschisi Ser Genri Roys tavallud topgan kun (1863).
🔸 Amerikalik o‘qituvchi ayol, “Happy Birthday to You” qo‘shig‘ining muallifi Patti Smit Xill tavallud topgan kun (1868).

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Премьера
#Ижтимоий_ролик

⚡️Халқ хизматчиси

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги "Халқ хизматчиси" номли ижтимоий роликни тақдим этади.

Роликда оғир ижтимоий муҳитдан илми ва меҳнати билан чиқиб, давлат хизматига ишга кирган, одамларнинг дуосини олаётган халқ хизматчиси ички кечинмалари, оғриқлари, армонлари ва мақсадлари акс этган.

Бугун давлат хизматида қаҳрамонимизга ўхшаган кадрлар жуда кўп. Ҳар бирингизни қадрлаймиз.Токи бугун давлат хизматчиси бўлиш қанчалик шарафли йўл эканлигини англаган экансиз, Ўзбекистон тараққиёт йўлидан дадил боради. 

◽️Ёшларимизга, давлат хизматчиларимиз ва кенг жамоатчиликка томоша қилиш тавсия этилади.

📌
Full формат.

Каналга уланиш — @argos_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 15-aprel kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari ushbu manzillarda test shaklida oʻtkaziladi.

Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

👉 Test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

👉 Malaka sinovlarining:

1️⃣ birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

2️⃣ ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7 yoshdan 70+ yoshgacha bo‘lgan barcha uchun

🖐 Joriy yilning 1-4 aprel kunlari “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Shaxmat” musobaqasining mahalla bosqichiga start beriladi. Musobaqalarda 7 yoshdan 70+ yoshgacha bo’lgan barcha ishtirokchilar qatnashishi mumkin.

📝 Ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz saytidan ro’yxatdan o’ting.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
⚡️⚡️⚡️

Мактаб битирувчилари учун давлат аттестацияси ўтказиш тартиби тасдиқланди

Унга кўра, 11-синф ўқувчиларининг якуний давлат аттестацияси:

🔸Она тили ва адабиёти фанидан — ёзма (иншо);
🔸Математика фанидан — ёзма;
🔸Ўзбек тили фанидан — ёзма ва оғзаки;
🔸Чет тили фанидан  — ёзма/оғзаки;
🔸Ўзбекистон тарихи фанидан — ёзма/оғзаки;
🔸(Ўқувчининг танлови бўйича) Кимё, Физика, Давлат ҳуқуқ асослари, География фанларидан — ёзма шаклда ўтказилади.

9-синф ўқувчилари учун эса она тили ва адабиёти, давлат тили, математика, ўзбекистон тарихи ва жисмоний тарбиядан ўтказилади.

Yoshlar kundaligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Yurtimizni “Yashil makon”ga aylantiramiz!

⚡️Kuni kecha Bekobod tumanida Yoshlar ishlari agentligi Bekobod tumani bo'limi va mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan birga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 1000 tup daraxt ko’chatlari ekilib Yoshlar bog'i yaratildi .

🤝Aziz yoshlar, Siz ham borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etishda faol ishtirok eting!

▶️Batafsil lavhamizda👆

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Bilimli yoshlar endi bir oyda 1 mln so‘m qo‘lga kiritishlari mumkin!

Yoshlar ishlari agentligi va “Mening yurtim” telekanali hamkorligidagi “Mavzu” onlayn olimpiadasini taqdim etadi. Endilikda fanlar kesimida – matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan @mavzubot Telegram botida onlayn olimpiadada ishtirok etish mumkin.

Olimpiadaning birinchi mavsumi 2-apreldan 30-aprelga qadar o‘tkaziladi. Bunda ishtirok etishni istagan barcha @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tadilar va o‘zlariga mos fonni tanlaydilar. Bitta ishtirokchi bir mavsumda faqatgina bitta fanni tanlashi va shunda ishtirok etib, g‘olib bo‘lishi mumkin.

Har bir mavsum 4 ta turdan iborat bo‘lib, har dushanba kuni soat 00:00 da yangi tur savollari @mavzubot Telegram botida avtomatik e’lon qilinadi va bu shu haftaning yakshanba kuni soat 23:59 gacha faol bo‘ladi. Ya’ni hafta davomida ishtirokchilar o‘zlariga qulay paytda test ishlashlari imkoni bor.

Har bir ishtirokchi bitta fanni tanlagach bir oy davomida (4 ta turda) aynan shu fandan taqdim etilgan testlarni ishlaydilar va ball yig‘ib boradilar, oy oxirida natijasi eng yuqori bo‘lgan ishtirokchilar, ya’ni har bir fandan 5 tagacha g‘oliblar aniqlanadi va ularning har biriga 1 mln so‘mdan mukofot beriladi.

Barcha yoshlarga omad tilaymiz. Olimpiadaning 1-turida hoziroq @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishni boshlang!

@alisher_sadullaev
#Ozbekobod_MFY
#Besh_tashabbus
#shaxmat_shashka

🖐 Shashka va shaxmat musobaqalariga start berildi

O'zbekobod mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shashka va shaxmat musobaqasining mahalla bosqichi o‘tkazildi.

🏆Ushbu musobaqalarda o‘g‘il -qizlarimiz qatnashib, g‘olib bo‘lgan yoshlar sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

📝 Eslatib o’tamiz, “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etish uchun, loyihalar o‘tkaziladigan kunning o’zida ham
5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook