BEKOBODLIK YOSHLAR OVOZI
200 subscribers
6.52K photos
1.21K videos
156 files
3.74K links
Бекобод тумани ёшлар хаётида юз бераётган жараёнлар билан таништирамиз...

https://youtube.com/channel/UCJO0uICjgJ47F9bObXZrUwA
Download Telegram
⚡️Maxalla yoshlari o'rtasida o'tkazilayotgan Besh tashabbus olimpiadasi doirasida Gimnastrada sport turidan 14-30 yosh oralig'idagi yoshlar o'rtasida bugun tuman bosqichi o'tkazildi.

🎗Tuman bosqichida g'olib bo'lgan Qora-qo'yli maxallasi yoshlari viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
ДУНЁ МАМЛАКАТЛАРИДА ДАВЛАТ ТИЛИ ВА УНГА БЎЛГАН МУНОСАБАТ

🌎Биласизми, дунёда салкам 7000 га яқин тил мавжуд. Бугунга келиб уларнинг 300 га яқини йўқ бўлиб, бутунлай мулоқот жараёнидан чиқиб кетган. Маълумотларга қараганда, 1.35 миллиард сўзлашувчиси борлиги билан инглиз тили дунёда биринчи ўринда турар экан.

😇 Мамлакат қанчалик катта ёки кичик бўлмасин тил миллатнинг фахри, унинг асл ўзлиги ҳисобланади. Ушбу мақолада бугун дунёнинг энг ривожланган мамлакатларида давлат тили ва унга бўлган эътибор ҳақида сўз боради.

🇫🇷 Франция

Мамлакатда фақат битта тил - француз тили тан олинади. Тўғри, ҳукумат фуқароларини айнан шу тилида мулоқот қилишга мажбурламайди, аммо тижорат, таълим ёки расмиятчиликка алоқадор барча ҳужжат ишлари француз тилида бўлиши қатъий талаб қилинади. Франция ҳукумати давлат тилини нафақат мамлакат, балки бутун Европа Иттифоқи учун ҳам тарғиб қилишга бел боғлаган. Аҳолининг 88% соф француз тилида мулоқот қилади.

🇬🇧 Буюк Британия

Инглиз тили Буюк Британиянинг асосий ва расмий тилидир. Мамлакат ишлари фақат инглиз тилида олиб борилади. Қироллик аҳолиси шотланд, ирланд, уэлс тилларидан ташқари яна 300 га яқин тилларда мулоқот қилишади. Аммо мактаб ва университетларда инглиз тили биринчи, қолганлари иккинчи тил сифатида ўқитилади.

🇨🇳 Хитой

Хитой халқи тилга маданиятнинг асосий омили сифатида эътибор беради. Мандарин (Putonghua) давлат тили сифатида тан олинган бўлиб, нафақат Хитой Халқ Республикаси, балки Тайван аҳолиси учун ҳам асосий сўзлашув тили ҳисобланади. Республиканинг барча ўқув даргоҳлари хитой тилида бўлиб, нашриётлар ҳам асосан ушбу тилда китоб, журнал, газета чоп этади. Мамлакатда бошқа тилда гаплашиш тақиқланмаган, аммо ҳукумат аҳолини фақат давлат тилида мулоқот қилишига психологик даъват қилади.

🇯🇵 Япония

Мамлакат аҳолисининг 99 фоизи фақат япон тилида сўзлашади. Улар учун ватани ҳудудида ўзга тилда мулоқот қилиш уят ва ориятсизлик саналади. Инглиз тилини ўрганиш бўйича Япония дунёда етакчи ўринда туради. Деярли барча мактаб ўқувчилари мактабнинг ўзидаёқ инглиз тилида бемалол мулоқот қила оладиган бўлиб чиқишади. Аммо япон халқи ҳаттоки мамлакатига ташриф буюрган туристлардан ҳам япон тилида гапиришларини талаб қилади.

🇦🇪 Бирлашган Араб Амирлиги

Амирликда 200 дан ортиқ миллат вакиллари истиқомат қилади. Мамлакатда давлат тили араб тили бўлишига қарамай, аҳолининг катта қисми инглиз тилида сўзлашади. Ва амалда араб тили инглиз тилидан кейинги поғонага тушиб қолган. Аммо мамлакат идоралари ёки баландроқ ерга ишга кирмоқчи бўлган барча номзодлардан араб тилини мукаммал билиш талаб этилади.

🇷🇺 Россия

Давлат тили рус тилидир. Аҳолининг деярли барчаси фақат рус тилида сўзлашишади. Умуман олганда дунё бўйлаб рус тилида сўзлашувчилар сони 258 миллиондан ошиб, рейтингда 7-ўринда туради. Сир эмаски, Собиқ Совет Иттифоқи таркибида бўлган давлатлар, яъни Марказий Осиё мамлакатларида ушбу тил ҳанузгача иккинчи расмий тил ҳисобланади. Халқаро космик станциясидаги иккинчи асосий тил ҳам айнан рус тилидир.

Yoshlar kundaligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Til – millat ko‘zgusi va ma’naviy boyligidir. Til bor ekan, millat barhayot! Bugun dunyoning qadimiy va go‘zal tillaridan biri sanaluvchi hamda kundan-kunga shuhrati ortib borayotgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to‘ldi.

💐Yoshlar ishlari agentligi jamoasi yurtdoshlarimizni o‘zligimizni anglatuvchi—Ona tilimiz bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Istagimiz, xalqimizni birlashtirib, milliy urf-odat, an’ana va madaniyatimizni  saqlab kelayotgan ona tilimizning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni, nufuzi ortib boraversin!

#ona_tilim_faxrim

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
#live

Ayni daqiqalalarda tuman sport maktabida besh tashabbus olimpiadasi doirasida valeybol sport turidan tuman bosqichi bo'lib o'tmoqda.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
O‘zbek tili deganda eng avvalo ko‘z oldimizga dunyodagi eng boy va go‘zal tillardan biri keladi. Buni jahon ahliga ko‘rsatish, anglatish esa bizning ona tilimiz oldidagi eng mas’uliyatli vazifamizdir.

Shu o‘rinda, Is’hoqxon Ibratning: “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu Vataniy ishdir”, degan hikmatli so‘zlarini eslab o’tishni o’rinli deb bilaman.

So‘nggi yillarda yurtimizda tilimizni rivojlantirish, uning biz, yoshlar hayotidagi o‘rni va mavqeyini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi. Bu yo‘lda yoshlarimiz ham faollik ko‘rsatayotgani quvonarli holat.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Ibrat academy” loyihasi, “WikiStipendiya” marafoni kabi tashabbuslar ona tilimizga befarq bo‘lmagan yoshlar maydoniga aylana oldi. “WikiStipendiya” loyihasi boshlangan vaqtda Vikipediyada 140 000 ta oʻzbekcha maqola bor edi, ayni paytda 245 mingdan oshdi. O‘zbek tili esa 62-oʻrindan 43-o‘ringa chiqqan.

Albatta, biz bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Barcha yoshlar birlashgan holda o‘zbek tilining nufuzini dunyo darajasiga chiqarishimizga ishonaman! Ona tilimizning ulkan merosi ongu shuurimizni boyitgan holda porloq kelajagimizga mash’ala bo‘lib xizmat qilsin!

Aziz yoshlar, hurmatli vatandoshlar, barchamizga o‘lmas va boqiy oʻzbek tili bayrami qutlug‘ boʻlsin!

@alisher_sadullaev
"Besh tashabbus olimpiadasi" ning 2-mavsumi doirasida Ichki ishlar vaziri kubogi uchun "Valeybol" sport turi bo'yicha Bekobod tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

⚡️Musobaqa 16-21 hamda 22-26 yosh toifasidagi yigit-qizlar o'rtasida tashkil etildi.

📊Musoboqaning yakuniy natijalari quyidagicha bo'ldi.

16-21 yosh toifasida (o'g'il bolalar)
🥇o'rin 2-sektor Qushchi MFY jamoasi
🥈o'rin 1-sektor Farhod MFY jamoasi
🥉o'rin 4-sektor Qorg'on MFY jamoasi

16-21 yosh toifasida (qizlar)
🥇o'rin 1-sektor Savrak mfy jamoasi
🥈o'rin 4-sektor Yangi ovul MFY jamoasi
🥉o'rin 3-sektor Qo'rg'on MFY jamoasi

22-26 yosh toifasida (erkaklar)
🥇o'rin 1-sektor Bog'ishamol MFY jamoasi
🥈o'rin 2-sektor Pastki kerayit MFY jamoasi

Musoboqada g'olib deb topilgan jamoalar hududiy bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi
🏆 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida g‘oliblar aniqlandi!

Keskin kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇1-o‘rin - Pop tumanidagi 67-IDUM jamoasi;
🥈2-o‘rin - G‘ijduvon tumanidagi 47-sonli maktab jamoasi;
🥉3-o‘rin - Ishtixon tumanidagi 48-sonli maktab jamoasi.

Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovg‘a qilindi!

Endilikda ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi!

https://t.me/bekobodlik_yoshlar_ovozi